tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Qalbim O`G`RISI...

MUHABBAT JILG`ALARI: Qalbim O`G`RISI...

RASM

Uydan chiqar ekanman, devordagi kattakon ramkadagi surat oldida birdan to`xtab turaman. Har kuni bu suratdan, to`lqinlanib ko`tarinki kayfiyat va yashashga zavq olaman...

Uni birinchi bor, hamkasiblarimiz uchun uyushtirilgan Navro`z bayramida ko`rgandim. Hamkasibimiz emas, nima uchun bu bayramga kelganini bilmayman. Bilishni qizig`i ham yo`q edi. Muhimi men ko`nglimdagi, Sanamni uchratgandim. U juda o`zgacha, ishxonadagi ayollardan butkul ajralib turardi, uni yoniga borib tanishisam deya, qalb istagiga quloq tutib u tomon yurdim...

Olifta bashang kiyingan, tilla taqinchoqlarga burkanib olgan, boshlig`ning erkatoy sekretari Zarifa behos o`sha qizga urilib ketdi. Men deyarli besh qadam berida hammasini ko`rib turgandim. Zarifa o`zi uruldi, ammo qimmat libosiga to`kilgan ichimlik dog`ida o`sha qizni ayibdor bilib shovqin ko`tardi.

- Ahmoq nima qilding! -dedi Zarifa ko`zlarini katta katta ochib.

- O`ziz kelib urudiz-u! -qiz ham dog` bo`lgan koftasini ko`rsatdi. - Qarang menika ham dog` bo`ldi!

- Nima! Sen bu ko`ylagim qancha turishini bilasanmi? -dedi hammani e`tiborini qaratib. Zarifa kiymlarini dollardagi narhlarini sanab o`tarkan, mensimaygina qizni usti boshiga nazar tashladi. - Sen liboslarni farqiga borasanmi? -dedi labini qiyshaytrib.

Zarifani tili o`tkir, u bilan baxislashgan har kimni yeb qo`yishi mumkun! ``Hozir bechora qizni sharmanda qilmasa bo`lgani!`` deb havotirda turgandim. Amma qiz men o`ylagandan ancha dadil ekan.

U balant ovozda kulvordi. Sumkachasini qo`lida o`ynatgancha Zarifani atrofida masxaraomus aylandi.

- Honimcha, balki ich kiyimlarizni narhini ham aytarsiz? -dedi.

Atrofda kulgu ovozlari eshitildi. Zarifa qizarib ko`zlari ola-kula bo`lib ketdi.

- Sen... Sen qattan kelding o`zi, namucha osmondagi oymisan?

- Ha, o`sha yerdan tushdim! -dedi qiz barmoqlari bilan yuqorini ko`rsatib, hotirjamlikda.

Hammani ko`zi qizlarda ularni bu baxisi nima bilan tugashiga qiziqib jim turishibdi.

Qiz o`zini oyga tenglashtirdi. Bu gapdan keyin Zarifa kuldi.

- Qarang-aa! Oyni o`zlar kelibdi-yu ro`dopo liboslarda!

Ayollar tomondan, Zarifani qo`llaganlar chiqib bir-ikkita kulib qo`ydi.

- Oppog`im! Olmos botqoqda tushsa ham olmos! -qiz Zarifani bo`ynidagi hirir sharif rumol uchidan ushlab bir silkidi! - Eshshakka yo`l-yo`l chiziq chizgani bilan u Zebra bo`lib qolmaydi!

Guv etib, kulgu ovozlari eshitildi. Zarifa chiroyli ayol ammo hudbin va o`ziga bino qo`yga. Ishxonada boshliqqa ko`z suzib, pinjiga kirib olgani. Buni ustiga ko`pchilikka nishini sanchgani uchunmi, uni hamma ham yoqtiravermasdi. Balki shungadur, bu qizni Zarifadan ustin kelgani ko`pchilikka yoqib, uni ustidan kulushgandur...

Zarifa bunday sharmanda bo`lishga chidolmadi. Jahli chiqib qizga tashlandi. Qiz esa yengil harakat bilan chap berdi-yu, Zarifani o`zidan nari itarib yubordi. Pastga yeqilib, o`tirib qolgan Zarifa yuzlarini kafti bilan berkitgancha yig`lab yubordi. Qiz esa, eshik tomonga jadallagancha ketdi.

Men qizni ortidan eshik tomon, yurdim. Shu joyda boshqalar sezmay qolgan, bir narsani bilib qoldim. Qiz Zarifani itarib yuborish chog`ida, imi-jimida uning bo`ynidagi tilla zanjirni yulib oldi. Qizning ortidan chiqishimga ham aynan shu sabab edi.

U yo`ldan keshib o`tdida, o`ng tomondaga ko`chaga yurdi. Gavjum odamlar ichiga aralashib ketdi. Ammo uni ko`zdan qochirmay, piyoda uni ortidan izma-iz yurdim. Masjid eshigi yonida o`tirgan, nog`iron o`rta yoshli ayol yoniga to`xtadi, tilla zanjirdi berdi va bir nimalar haqida gapirdi. So`ng kartmonini ochib ichidagi hamma narsani ayolni etagiga to`kdi.

Bey ehtiyor ``Olaaaa, Robingut Xonim!`` deb yubordim.

Qiz yo`lida davom etdi, uni ortidan yurib, tilanchi ayol yonidan o`tarkanman. U quvonchdan yig`lagudeb bo`lib, kaftini ochgancha qizni duo qilardi. Qizga yetib olish uchun qadamimni tezlatdim. Chamasi 3, 4 metrlar qolganda chaqirdim:

- Hoy, Oy-Sanam!

Qo`lidagi kartmonni yo`l chetiga uloqtirdi. Bundan fahmladimki, boyagi ayolga bergan pullari ham Zarifadan o`g`irlangan ekan!

Tezda borib oldini to`stim va bilagidan ushladim.

- Oy-Sanam yaxshi ish qilmadiz!

Yon verimizdan o`tayotgan odam bizga qarab o`tishardi. Qiz esa ularga parvo ham qilmadi,jilmaydi qo`lini ham ushlab turishimga qarshilik qilmadi.

- Judayam sezgir ekansiz!

- Ha... Sizga maslahatim narsalarni egasiga qaytaring!

- U sizni hotinizmi?

- Hudo saqlasin... -dedim. Uni qo`lini qo`yib yubordim. - Lekin qaytarib berishiz kerak.

- Narsalari menda emas, -u ortiga qarab boyagi ayolga ishora qildi. - Hammasini o`sha ayolga berdim, faqat manabu sharf rumoldan bo`lak!

U bo`yniga tashlab olgan Zarifani rumolini ko`rsatdi.

- Oy-Sanam, bu qobilyatizga qarsak chalgan bo`lardim-u! Biroq.. -u kipriq qoqmay diqqat bilan qarab turardi. - Ha, to`g`ri ayib uni o`zida bo`laturib sizni haqorat qildi. Biroq bu uni qimmat buyumlaridan ayirishizga sabab bo`lolmaydi!

Gaplashgancha yo`l chetida, chinorlar salqinida davom etardik. Oy-Sanam, o`zining sharbatdan dog` bo`lgan koftasiga achinish bilan qaradi.

- Menga qarang, mana-bu dog`ni nima bilan yuvsam ketarkin! -dedi gaplarimga beyparvo.

- Hoy senga gapiryabman! -dedim uning beyparvoligidan jahlim chiqib, ikki yelkasidan tutib siltadim.

U shunday o`tkhr nigoh bilan qaradi-ki, huddi ko`zlarida sehir borday. Chiroyidan ko`zim qamashib ketdi. Tabassumi esa qalbimni bandi etdi. Nigohlari oldida ojiz qolib ko`zlarimni undan oldim...

- Endi sizni tinch qo`ymaydi. Attang ish qilib mendan boshqasi ko`rmagan bo`lsinda...

Kutmagandim, u asta qo`llarimdan ushladi.

- Hali menga qayg`uryabsizmi? Qanday ajoyib inson ekansiz! -qo`limni qo`yib yubordi. O`zi esa sharf rumolni beliga bog`lay boshladi, - Havotirga hojat yo`q. Tillani farqiga boraman. U tilla emasdi, sohta nari borsa 30 ming turadi. Buni boyagi ayolga ham tushuntirdim. Kartmon esa eski, shunchaki bezak toshlar bilan bezatilgan yangi bo`lanida 10 min so`m bo`lardi... Kartmon ichida 15, 20 ming so`m atrofida pul bor edi! Agar shuni hisobga olsa, o`sha xonimning ko`ylagini bir yengi ham ana o`sha pul-buyumlardan ancha qimmat turadi. Agar lop urman bo`lsa!

U kiyimini u-yer-bu yerini to`g`irlab qo`ydi.

- Aaaa bu esa! - ko`kragidan pastiga bog`lab olgan sharf rumolni ko`rsatib. - Qalay yarashdimi? -dedi.

Dog`ni berkitish uchun, sharf rumolni ko`kragidan pastiga shunday ajoyib bog`lab oldi-ki, huddi libosini bir qismiday unga yarashib, chiroyini yanada ochib yubordi.

- Qoyilmoqon... Topqirligiz taqsinga sazovar! -dedim lol bo`lib.

- Rahmat... Aaaa, bu rumol, xonimchadan menga sovga, haqorati va ko`ylagimni rasvo qilgani uchun!

- Rosti sizga yarashdi!

- Menga hamma narsa yarashadi, ayniqsa olifta xonimlarnik bo`lsa!

Gapni kulguga burdi, qiz.

Bu orada bekatga yetib kelgandik. Oy-Sanam bilan endi til topishgan edim, bir pasta aftabus kelib pussilagancha bekat qarshisiga to`xtadi. U esa boshqa yo`lovchilar ortidan, lip etib chiqvoldi. Hatto ismini so`rashga ham ulgurmadim. Jilmaygancha qo`l siltab hayrlasharkan:

- Bilaguzugim chiroylimi? -dedi hali berkilmagan aftobus eshida turib.

Hadeb silkiyotgan qo`liga qaradim, bilagida meni qo`l soatim. Be ehtiyor chap bilagimni ushladim. Rosti uni qobilyatiga tan berganim uchun, iljayib qil siltab xayrlashishdan nariga o`tolmadim...

Chamasi bir haftadan keyin edi. Ishdan uyga qaytayotgan edim. Restarandan chiqayotgan qizni ko`rdim-u, taksisdan to`xtashini iltimos qildim. Rosa paytida Oy-Sanamni oldini to`sib taksidan tushdim.

- Oy-Sanam! Qo`lga tushdingmi? -dedim.

- Assalom a`laykum! -dedi tabassum qilgancha yaqinlashib, eski tanishlarday qo`l berib so`rashdi.

- Va`alaykum assalom, Oy-Sanam... - qo`lini qo`yib yubormadim. - Saloming bo`lmaganda ikki yamlab bir yutardim. Ho`sh do`ndiqcha meni soatim qani?

Sumkachasidan soatimni oldi.

- Antiqa soat ekan, yoqimli musiqa chalarkan! Rosa qimmat bo`lsa kerag-a?

- Bobomdan meyros. Fransuzlarni soati, mukammal aniqlikda ishlaydi. To`g`ri topdiz, juda qimmat turadi. Men uchun esa beybaho!

- Unday bo`lsa mana omonatiz! Ehtiyot bo`ling yana yo`qotib qo`ymang! -deb qo`limdan qandoq epchillik bilan yechib olgan bo`lsa shunday, harakatda taqib ham qo`ydi.

- Tanishaylik meni ismim Asilbek!

Tanishmoqchi bo`lganim yoqmadi. Labini burdi-yu indamay nari ketdi. Lekin birdan ortiga qaytdi.

- Meni kechki ovqatga taklif qildizmi? -dedi ko`zlarini suzib ishshayib.

Bu gapdan biroz esankirab qoldim.

- Ha-ha... Sizni kechki ovqatga taklif qildim... -dedim dadillik bilan.

Qarshimizdagi restaran tomon ishora qildi. Ko`zlarimga qaradi.

- Ko`z qorachiqlariz qop-qora ekan! Judayam ma`noli, juda mehirli! Yaxshida inson ekanligiz qarashlarizdan malum! -dedi.

- Rahmat... -dedim hecham qizbolagan bunday gaplarni eshtmaganim uchun g`alati bo`lib ketdim. U qo`limdan qo`llarini o`tqazib patrushka qilib oldi. Bu esa undanda yoqimli bo`larkan! Huddi er-xotinday restaranga kirib bordik. Stolga o`tirdik.

- Heeey afetsant! -dedi o`zi keliyotgan afetsantni yana tezroq kelishga charlab. Afetsant yonimizga keldi. - Nimey baqirayasan? Zakas qabul qilmaysanmi?

Afetsant yigit lablarini qimirlatib ichida so`kdi. Har holda menga shunday tuyuldi.

Oy-Sanam esa meni o`rnimga ham bir dunyo narsa buyurtirib tashladi.

``Ha mayli pul ketsa ketsin obro ko`tmasin. Muhumi bu alomat, dilbar qiz bilan sehbatlashib, birga o`tiribman-u!`` deb o`zimni ovutdim.

U ``Oling!`` dediyu u-yoq-bu yoqqa qaramay, har narsalardan cho`qilab-cho`qilab yeyaverdi.

Men u-bu narsa chaynagan bo`lib unga, qarab qo`yaman.

- Oy-Sanam! Ismizni haligacha bilmayman! -dedim.

U yoqimli jilmaydi.

- Ismimni nima qilas? O`ziz chiroyli qilib ism qo`yvoldiz-u Oy-Sanam deb! Menga shunday chaqirishiz yoqyabdi!

- Nima ish qilasiz, yoki o`qiysizmi?

Ko`z suzib jilmaydida cho`ntagidan kalitini olib, stol chetiga qo`ydi. Dasrumolchasini olib, lablarini artib, kalitlari ustiga ularni ustidan esa salfetka bostirib qo`ydi. Asta o`rnidan qo`zg`aldi.

- Maylimi birovga tashqariga chiqib kelsam! Tez qaytaman!

Qochib ketmasmikan degan o`y ko`nglimga keldi-yu, ammo stol chetiga qo`yilgan kalt va rumolchasiga qarab ketib qolmasligiga ishonchim oshdi.

- Mayli bemalol! - dedim.

U chiqib ketdi. Men ovqatlanib bo`ldim. Lekin Oy-Sanam, ha deganda qaytavermadi. Ketib qolganiga hislarim ishonadi, ammo aqlim emas. Ahir kaliti va dasrumolchasi turubdi. Sekin salfetkani ko`tardim. Eh, rumolcha o`zimniki, buni ustiga tagida hech qanday kalit yo`q. Afsus qilgancha:

- Hissobni bering!

Afetsantni chaqirdim.

- Bizdan qancha bo`ldi?

- ... Shuncha bo`ladi!

Cho`ntagimga qo`l soldim va boshqasiga va yana boshqasiga afsuski pulim ham, qo`limdagi soatim ham yo`q. Makkora huddi sehirgarga o`xshaydi, qora ko`zlar haqida bir nimalar deb chalg`itibdiyu shilib ketibdi.

- Menga qarang, pulumni yo`qotib qo`yibman! -biroz qiyinchilik bilan, barmog`imdagi uzugimni chiqardim, - Mana-buni olib tursayz ertaga pulini to`lab olib ketardim!

- Unaqa emasda aka... -dedi afetsant biroz norozi ohangda. Uzukka qararkan tilla ekaniga ishonqiramay, - Biz gap eshitamiz! -dedi.

- Haqiqiy tilla, yeb-ichkanimizdan ancha qimmat turadi!

Afetsant boshqa bir sherigini chaqirdi. Ikkovlashib uzukni nazoratdan o`tqazib:

- Ho`p mayli! -dedishdi...

Oy-Sanamdan hafa bo`lmadim desam, aldagan bo`laman. Chunki uyga piyoda ketishimga to`g`ri keldi. Yana bir bor uchratsam, adabini beraman deb qaror qildim. Ammo qanday? O`zini samimiy tutadi, qo`ng`iroqday ovozi quloqqa yoqimli, bir zumda jodulab oladi. Unda nima ham deyman! Qarashlari yurakka jiz-jiz etib tegib turgan bir paytdi. Ilojsizman u menga yoqadi, shuni uchun ham hafa qilish qo`limdan kelmaydi. Har qalay insofli ekaniga, narsalarimni qaytib berishiga ishonaman!

Ertasi kuni tushlik mahali, pulni to`lab, uzugimni qaytib olish maqsadida o`sha restaranga kirdim. Afetsant meni ko`rib yonimga keldi.

- Kechagini haqqini to`lagani keldim!

- Mohira to`lab qo`ydi. Mana uzugiz, man-bu ham sezga ekan! -dedi afetsant uzuk, soatni va kecha yo`qotgan pulimni bir qismini qo`limga tutqazib.

Demak Oy-Sanamni ismi Mohira ekan, afetsant uni ismini aytganidan sezdim-ki, uni taniydi.

- Mohirani o`zini qattan topsam bo`ladi?

- U hozir bant! O`zi unga kim bo`las?

- Qarindoshi!

Afetsant biroz ikkilanib turdi.

- Hov anovi honaga kiring! -dedi, bir eshikka ishora qilib.

Eshikni ikki bor taqillatib, asta ochdim.

- Kiring!

Uning ovozi. Xona ichkarisiga ko`z tashlar ekanman, yana bir bor lol qoldim. Bu Oy-Sanamni qo`llari gul ekan, u professanal karvingchi ekan!

- Assalom a`laykum! -dedi jaranglatib qo`ngiroq ovozda.

- Va`alaykum assalom!

- Ho`sh qalay? -dedi, rang-barang yaratgan ishlariga qarab.

- Zo`r qo`llariz gul ekan, qoyil qoldim!

- Rahmat... Haliga mendan jahliz chiqmadim? -dedi tarvuz yuziga allaqanday rasmlar chizar ekan.

Gapini eshitmaslikka olib, sabzavotlardan yasalgan har-hil shakillarni tomosha qildim.

- Ko`zlarizdan ko`rib turibman, siz ko`ngli ochiq insonsiz! -dedi.

Negadur shu maqtovida yuragim ``shig`!`` ettiyu bey ehtiyor pul solingan cho`ntagim va satimni ushlab qo`ydim.

Oy-Sanam ko`z qirini menga tashlarkan, iljayib kulib qo`ydi.

- Ko`zlar, qalb yana allanimalar haqida gapirishing bilan, meni bir nimalarim yo`qolib qolyabdi! -dedim, bey ehtiyor qilgan, harakatimga izoh berib.

- Iyaaa... Senlab qolibsizmi?

- Deyarli qadirdon bo`lib qoldik, mulozamatga ne hotjat! Nima senlasa yoqmaydimi Mohira?

- Ismimni bilib olibsizda... Men uchun ``Oy-Sanam!`` deb atashiz yoqimli edi!

- Unda Oy-Sanam deganim bo`lsin!

U tarvuz yuzasida judayam chiroyli Atirgul shaklini yaratdi. Qo`lida avaylab ko`tardi.

- Sizga yoqdim?

- Ha... Ammo buni chiroyini ko`rib, yeging kelarmikin?

- Yeyish shart emas, muhimi dasturxon ko`rki, -qo`lidagini avaylab qo`ydi va selafan qo`lqoplarini yechdi. - Hali tushlik qilmadizmi? Sizni mehmon qilmoqchiman.

- Kimi hisobidan? -dedim kinoyali qilib.

Boshini orqaga tashab, qiqirlab kulb yubordi.

- Meni hisobimdan!

- Keraymas!

- Yoo demang! -dedi qo`limdan ushlab tashqariga tortqilarkan. Bu safar soatimni yechil olganini sezdim.

- Makkora, soatimni qaytar!

- Ofarin hushyorligiz oshibdi! -dedi etagi ortiga yashirgan soatimni qaytararkan, - Mang dasrumolchay tushib qolibdi! -dedi uni ham qaytarib.

- Mayli roziman! -dedim, baribir pulini o`zimga to`latishini his qilib. Ammo adashibman, chindan ham meni o`z hisobidan mehmon qildi. Bor yo`g`i uchinchi bor ko`rishishimiz, biroq 10 yillik qadirdonlarday gapimiz-gapimizga qovushardi.

Shu tariqa tanishib, kunda, kun ora uchrasha boshladik...

Har gal, bir narsamni o`g`irlab oladi. Bazan sezib, atay indamayman, bazan sezmay qolaman. Lekin hafa bo`lmayman, shu narsalarni qaytarish boxanasida, uchrashishimizga sabab topiladi...

* * * * *

Deyarli 6 oydan oshgandi, kuz oyi yomg`irli kun. Hiyobonda sayr qildik, so`ng kinoteatirga tushdik. Chiqsak ancha kech bo`lib qolibdi. Taksida uyga qaytdik. Avval uni uyi oldiga tushurdik.

Taksis 50 dan oshgan kishi edi. Oy-Sanam mashinadan tushdi, hamyonini oldi.

- Amaki bu kishini, elitib qo`yarsiz! Mana qaytimi kerakmas! -dedi meyoridan oshiroq pul berib. Shoshgancha cho`ntagimni ushladim. Pulimni yana olib qo`yibdi, bekor qilding degan manoda bosh chayqadim. Labini cho`chchaytirib bo`sa shamolini yo`lladida, ko`zini qisib qo`ydi.

O`ylaganim bo`ldi.

- Eh yoshlar-yoshlar! -dedi taksis estihzo bilan kularkan, past ovozda. - Zamon teskari bo`lib ketyabdi. Yigitlarda or qomadi! -dedi o`zicha g`udurlab.

Taksichi amakini bu kinoyali gaplari men tomonga yo`naltirilgan edi. Bu gaplardan keyin, yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim. Oy-Sanamni bu safargi hazili juda ham oshib ketgandi.

``Ha, makkoraaa senimi!`` dedim o`zimga o`zim, ko`nglimga bir yaxshi va yomon niyatni tugub...

* * * * *

Kechki vaqt, hiyobonda aylanib yurgandik. Uyga qaytish vaqti ham yaqinlashib qolgandi. Bugungi kun uchun boshqacha, rejalarim bor. Shunga uyga qaytishga shoshmasdim. Uni esa og`zi tinmay, qiziq voqealar haqida gapirardi. Nihoyat e`tiborimni o`zga yoqa qaratib, chalg`itishni boshladi. Atrofimda u yoqqa-bu yoqqa o`taverib, chap tomonimga o`tib oldi. Sezdimki, soatni mo`ljallagan. Ammo soatimni uyga tashlab kelgandim.

Atayin hazon barglarini ezg`ilab o`ynoqi qadam tashlab sekin yurardim. Beyparvo, bo`lib cho`ntagimga tushishiga imkon yaratardim.

``Ko`pida tuzuq, birginasida baxt...`` deb o`zimcha sirimni ochib, hirgoya qilib qo`yaman. U esa bu qisqa qo`shig`im ma`nosiga e`tibor bermaydi.

- Anovi sevishganlarni qarang! -dedi biroz naridagi skamekada bir-birini pinjiga kirguday bo`lib o`tirgan yigit qiz tomonga imlab.

Endigina ular tomonga o`grilgan edim!

- Ayyy! -dedi va qon oqa boshlagan barmog`ini ko`targancha, ``Voy-voylab!`` qoldi.

- Ajab bo`lsin cho`ntakka tushganni holi shu, -dedim astagina ehtiyotkorlik bilan cho`ntaklarimdagi lezvalarni olib tashlarkanman!

- G`irt to`nkasiz... Jinni, ahmoq... -dedi achchiqlanib, yig`laguday bo`lib haqoratlay boshladi.

Qondan qo`rqadi shekili rangi oqarib ketdi.

- Sen o`g`risan!.. -dedimda, tezda barmog`idagi qonni to`xtatish uchun og`zimga soldim.

- Qon ho`r... - ko`zlari qisilib, lablarida titraq turdi, - Nima uchun? Ahir hamma narsayzi qaytib beraman-u! -dedi burnini tortib qo`yarkan.

Og`zimdagi qonni tuflab, ko`ziga tik qaradim.

- Qalbimchi! Uni ham qaytib berasanmi?

Jahildan tutashgan qoshlari yoyildi. Birdan nafos olishi ham sezitlmay, jim bo`lib qoldi. Kutilmaganda bo`lgan dil izhoridan, olam bir onga skunatga cho`mdi. Yer o`z o`qida aylanmay turib qolgandek edi. Oy-Sanamning qalbidan chiqayotgan, har sasni eshita olishga qodirday edim. Yuragi dupurida, uning ``SIZNI SEVAMAN`` deya aytayotgan dil izhori eshitayotgandek bo`ldim.

- Menga yoqasan Mohira!

Jonsiz, ammo yurakdan aytgan izhorim, uni ikki yuzini qizartirdi. Negadur qarashlari ham o`zgardi, ko`zlarini olib qochdi.

Rumolchamni olib, qo`pol qilib barmog`iga o`rab qo`ydim.

Biz hiyobon yo`lkasida turib qoldik. Bot-bot ko`z qirini tashlab qo`yardi...

- Achishyabdi! -dedi.

Buning davosi meni ichki cho`ntagimda edi. Barmoqlaridan asta tutib, uzukni taqib qo`yishga shaylandim. Asta ichki cho`ntagimga qo`l soldim. ``Lanati!`` uzuk yo`q. Ammo shu cho`ntagimga solganim aniq!

Oy-Sanam, jilmaygancha boshqa kaftini yoydi.

- Odamni jinni qilib qo`yasan! -dedimda uning kaftidagi, uzukni olib barmog`iga soldim. - Huddi sen uchun yasalgandek!

Ayni damda biz o`zga olamga tushib qolgan edik. Huddi, hissiyotlar chashmasidan, chanqog`ini qondirayotgan, oshiqlarday. Bu totli lahzalardan, uning bilan bir havodan nafas olishdan, uning hayodan qizargan yanoqlariga, hissiyotlarini jilovlashga urunayotgan ko`zlariga qarab, huzur qilardim. Bu qisqagina, lahzalarni uning, ``Voy!`` degan ovozi buzib yubordi. Beyhos uning jarohatlangan barmog`ini ushlab olibman.

- Qanday uddalaysan-a? Huddi sehirgarga o`xshaysan!

- Qo`l epchilligi, eng muhim! -dedi.

- Shunaqa qilaversang bir kuni epchil, qo`llingga kishan solishmasa bo`lgani edi!

- Voy unday sovuq niyat qimang. Bu hazil tariqasida qilaman, faqat eng yaqinlarim, tushunadigan sanoqli kishilarimga!

- Ular orasida men birinchi bo`lsam kerak-a?

So`zlarimni tastiqlab ma`noli qarab qo`ydi.

- Mayli, menga har qancha qilsang ham hafa bo`lmayman. Ammo birovdan o`ch olish uchun bu ishni qilmagin! -dedim Zarifani qalbaki zanjiri, hamyoni va sharif rumolini yodiga solib.

- Ho`p!

- Ha aytgancha, hamyonimni o`g`irlashni bas qilgin. O`tgan kungiidek, ish boshqa takrorlanmasin, g`urur bilan o`ynashma ho`p? -dedim, o`tgan kungi ishidan achchiqlanganimni namoyish qilib.

- Kechring!

- Kechirdim, - yelkasiga ohista qo`l tashlab, yo`limizda davom etdik, - Faqat bir shart bilan.

- Qanaqa shart!

- Uzukni ichki cho`ntagimdan olishni qanday uddaling? Uzuk borligini qattan bilding?

- Bu sir... -yarador barmog`ini ko`rsatdi. - Bu ishiz uchun siz bilan gaplashayotganimga rahmat deng? Haliyam achishyabdi! -dedi, qovog`larini uyib.

- Qo`yaver, hammasi yaxshilikka. To`ydan oldin bir qon chiqarvordikda!

- Heee...

O‘xshash hikoyalar