tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Begonalar...

MUHABBAT JILG`ALARI: Begonalar...

Har tong sening isming bilan uyg`onaman..!

Hatto seni ko`zlarimdan qizg`onaman..!

Bugun yana rashkkim bilan yonaman..!

Sevaman-u ammo senga BEGONAMAN!!!

MUQADDIMA...

Yaqindagina ymg`ir yog`ib o`tgan. Asfaltdan dimog`ga yoqimli yomg`ir isi kelmaqda. Yo`l chetida 24 yoshlardagi yigit va 20 yoshlardagi qiz bir-biridan ko`z uzmay tikilib turishibdi. Ulardan biroz narida, qizning orqa tomonida oq rangdagi mashina qizni kutmoqda. Yigitdan 4, 5 merlar orqasida, yigitni o`ziga tegishli mashina. Ichida horg`in ranglari oqargan yoshgina juvon yigitni intizor kutmoqda...

LOLA:

- Uyumizga dadamning hizmatdosh do`stlari, oylasi bilan mehmonga kelgandi. Shu kuni ancha o`tirib qolishdi.

Bobur akam shaharda qandaydur katta tadbirkorni qo`lida ishlardi. Ayni shu bugun qishloqqa kelishibdi. Diydor sog`inchi qalbimni yodirayotgan bir mahalda, sabirsiz Bobur akam, u yoqda o`tsa ham, bu yoqqa o`tsa ham derazamni oynasini taqqillatib o`tmoqda edi!

- Nima u Lola?! -dedilar oyim sergak tortib.

- Bilmadim, chumchuq bo`lsa kerak!

- O`lsin, hech chumchuqqa o`xshamaydiya! -dedi bir nimani sezgandek, manoli qarab.

- Qaydam balki bolalar o`ynashayotgandur! -deb qo`yaqoldim hotirjamlikni saqlab.

Aksiga olib, mehmonlar ham ketay demaydi. Baxtimga qo`shni qizcha elak so`rab chaqib qoldi. Ko`nglim allanimani sezgandi. U Bobur akamdan telifoni yo`qlar jo`natadigan SMS olib kelibdi.

- Opa bu sizga Bobur akadan! -dediyu qo`limga to`rt buklangan, qog`oz tutqazdi.

Oshxonaga kirib qog`zoni yoydim.

Bunday ishlar Bobur akamni qo`lidan keladi.

``SMS Majnuntol yonida kutaman... Tezda chiq... BOBUR!``

Onam ko`rib qolmasliklari uchun qog`ozga yozib yuborilgan SMS ni o`choq tagiga tashladim. O`zim esa mehmonlar oldidan ketolmasligimdim hafa bo`ldim.

Amallab kech ham tushdi, har tugul mehmonlar ``Ketamiz-ketamizga!`` tushib qolishdi. Biram quvondim, yaxshiyam yotib qolishmadi. Oyimlar mehmonlarni kuzatgani chiqqanidan foydalanib, dugonamni ko`rib kelish boxonasida majnuntollar tomon shoshildim. Kun qaytganiga qaramay, majnuntol panisida Bobur akam ko`rindi. Yaqinlashar ekanman o`zimni panaga tortdim. Uning jahli chiqqan, asabi buzulib qovog`ini soldi.

- Erga tegib ketdingmi debman!

- Hovotir olmang, uydagilar rozi endi tegsam bo`ladi... -dedim rashkini qo`zgab.

- Nima... Nima! Rost gapiryabsanmi? -dedi havotirdan ko`zlarini katta-katta ochib.

Biroz skut saqlab, soy chekkasidan o`sib chiqqan, qari majnuntol tanasiga suyanib yuzimni yashirdim.

Ular esa savolini takrorladi:

- Rosdan sovchilarmi? Gapir Lolaaa!

Ko`p azobda qiynagim kelmadi.

- Aldadim... -dedim kulib.

- Vooy hayryatey, o`takamni yording!

- Rosdan shunday bo`lsa nima qilardiz? -kuldim, - Yoki o`g`irlab ketishsa! Burnizi tishlab qolarmidiz?

O`z aytayotgan so`zlarimdan yoshboladay quvonardim.

Bobur akam asta yaqin kelib qo`limdan tutdi va shivirladilar.

- Lolaginam, ishon go`zalim, men tirik bo`lsam, sen hech-zohni yo`latmayman!

- Ollohni o`zi, barchamizni panohida asrasin, lekin dard kelsachi!.. Qanchadan-qancha og`ir dardlar bor... -dedim.

Bilmadim nega bu gaplarni aytdim o`zi, balki kechadan buyon boshim og`rib turgani tasirimikin!

- Sufey nafasingni yel olsin. Nima balo Eshmat tog`ani yong`og`ini tagidan o`tganmisan?

Shu payt uzoqdan tiraktir ovozi eshitildi. O`zimni yanada panaga tortdim.

- O`limdanam batta narsalar bor, bilasizmi? -dedim.

- Senga birnima bo`lganov, bugun o`zinga o`xshamayabsan! Ho`sh gapir nima ekan o`limdan battar?

- Gap so`zlar! Meni gap so`zlardan ham asray olasizmi?

Bobur akam orqasiga o`girilib, daladan qaytayotgan, kanalning kechuvidan o`tayotgan, mol, qo`y haydab kelayotgan shom pardasi ortida hira-shira ko`zga tashlanayotgan odamlar, tomon ko`z tashladilar.

- Go`zalim kech bo`lib qoldi. Tezda uyinga jo`na... -dedilar.

Meni tushunganlaridan judayam hursand bo`ldim. Yuzlaridan btta o`pib oldimu, uyga yugurdim.

``Qanday zo`r Bobur akam borlar-aaa! Men uchun har qanday sinovga tayyor!..``

Eshikimizga yaqinlashar ekanman, birdam ortimga qaradim. Uzoqdan halimam termulib turardilar. Shuncha kuttib atiga ikki daqiqagina ko`rishish nasib etdi. Biroq shu fursat ham biz uchun yetarlidir.

``Sizni sevaman!``

Sivgimni borliqqa yo`lladi. Qalbim sadosi sevgimni, sevgilim qilbiga yetqazishiga ishonib.

* * * * *

Nimalar bo`ldi, o`z? Shuna olmadim!

Bilganim kasalxonada o`zimga kelganim. Oyim esa tepamda o`ltirardi. Ranglari dokaday oqargan. Juda ko`p yig`laganidan ko`zlari qizarib ketgan.

- Oyijon menga nima bo`ldi? -dedim o`rnimdan qo`zg`alib. Ammo negadur boshim aylanib ketdi.

- Yuu, qizim o`rningdan qimirlama? -dedilar oyim yuzlarimdan silab, o`rnimga yotqizib.

Boshimda allaqanday kuchli og`riq turdi. Nima bo`lganini tushunishga idrok etishga, og`riq halal berardi. Og`riq zo`ridan boshimni changallab yig`lay boshladim.

- Dadasi! -oyim dadamni va do`ktirni chaqirdilar. - Do`ktir, do`ktir...

Uyog`i uzuq-yuluq xotiralar, dadamni: qizim deya yordam berishga oshiqqani, onamning: yig`layotgani!

Do`ktirlar ukol qilishdi, og`riq yo`qolib. Shundan keyn nima bo`lgani hoirlashga urundim...

Bobur akamning yonidan qaytgach, darvozahonada shirin hayollar og`ushida ozroq turdim.

Uyog`i ostonadan chiqayotganimda, ko`zim tinib, atrof gir aylanib ketdi. Devorga suyanib olishga chog`landimu, oyimni chaqirdim... Uyog`i, uyog`i esimda yo`q.

Dorini tasiri kuchaydi, hushimni, a`qlimni idrok qilishim susaydi...

* * * * *

BOBUR:

- Bu xabarni aytishim onson bo`lmasligini oldindan sezargandim...

- Uylanyabdi!!! -akamni yuzida hayrat va kulgu zohir bo`ldi. - Uylanyabman deysanmi?

- Nima deyabsan o`zi Bobur? -oyim suhbatga qo`shildilar, - Hazillashyabsanmi?

- Yo`q oyi... Haqiqat ertaga to`yim! -dedim boshimni egib sekingina.

- Voy sho`rim, nimalar deyabsan?

- Oyi kechring, shunday bo`lib qoldi!

- Nima bo`ldi? nima bo`lib qoldi? Sen... Sen Bobirmisan o`zi? -dedilar oyim bu kutilmagan xabardan esankirab.

- Odinaga uylanmasan bo`lmaydi!

- Voy sho`rim, nimalar qilding beyhayolar?

Oyimning hayollariga o`ylaganim keldi.

- Oldingizda gunohkorman, kechring! -boshimni ko`tarishga ham o`zimda kuch topolmadim, - Rostdan ham erta to`yim, sizlarni to`yga aytgani keldim!

- To`y!

Akam xontaxta ustiga musht tushurdi.

Oyim yig`lay boshladilar.

- Kim u Odinaaa? -dedi oyim alam bilan.

- Boshlig`imizni qiz!

- Diydoring qurmagur... Men senga ishonib: bolam ishlayabdi kelsa to`y qilaman deb yuribman, sen esa uyoqlarda, nima sharmandaliklar qilib yuribsan yergina yutmagur!.. -dedilar alamdan yum-yum ko`zyosh to`kib.

- Yo`q... Esing joyidami, Bobur? -akam, jahil bilan o`rnidan turdi, - Hech qanaqa to`y bo`lmaydi. Hozir ostona hatlasang oyog`ingni sindiraman!

- To`y bo`ladi aka, o`ldirsez ham to`y bo`ladi! -dedim qatiy ohangda.

- Iffatsiz kelin, bizni xonadonga qadam bosmaydi uka!

- Ha albatta... Baribi otasi yolg`iz qizini qishloqqa jo`natmaydi... -yig`layotgan oyimni tinchlantirishga urundim. - Oyijon jon oyi... Sizdan yolvorib so`rayman, ertaga to`yga boring...

- Oyim hech qayerga bormaydilar... -akam baqirdi. - Yo`qol qorangni ko`rmay!

Oyimga bir, akamga bir qarayman. Ihtiyorsiz asta qo`zg`aldim.

- O`g`lim! -dedilar oyim ko`zyoshlarini artarkanlar. - Bugun qo`shni chiqgandi. Lola seni so`ratibdi...

Oyim shu damda nima uchun Lolani esladilar! Balki Lola bilan munosabatimizni bilganlari uchun, meni yo`limdan qaytarmoqchidurlar!

Lekin hech nimani bilmaydilar. Oyimni so`zlarini eshitib, eshitmaganlikga oldim.

- Oyijon men ketishim kerak...

Hali o`rnimdan turib ulgurmagan edim. Ko`kragimga teygan tepkidan ortga quladim. Akam o`rnidan sakrab turib, yoqamdan oldi.

- Lanati orsiz, sen bilan qonimiz bir emas! -dedi yuzim aralash chakkamga musht tushurib.

- Aka nega tushunmaysiz, men shunga majburman!

- Nimaga majbursan? Kimdur seni majbur qilmaydimi? - tizallab qornimga tepdi. Qornimni ushlagancha cho`kka tushdim. - O`lganing yaxshi... Bir qizni nomusiga tegib, endi oyimni yonlariga kelb: uylanmasam bo`lmay deyishga? Shunday tubanlashib ketgan ekansan, o`sha yerdan kelmay qo`yavermaysanmi!

- Men hechkimni nomusiga tegmanman aka! -akming ko`ziga qarashga ham qo`rqib boshimni egdim, - U qizni nomini oqlab beraman!

- Evaziga nima! -dedi akam ustimdan kulgandek. Shunday qaradilarki, go`yo yigitlik or, g`uruimni tepkilab tashladilar. - Izzat nafsing bormi o`zi?

- Yo`q, endi menda na or bor, na g`urur... -akamga tik qaradim. - Badavlat yashamoqchiman aka badavlat... Jonimga tegdi kambog`ol yashash! O`zimni sotdim, o`sha boylar sotvordim. Evaziga uy-joyli, mashinali, pulli bo`laman... Zamon qonuni bu, yashash qonuni. Men sizga o`xshab qara ishchi bo`lmoqchimasman! -dedim.

Bu so`zlanni akamni yuziga aytishga jurat etdim. Akam bir oyimga, bir shovqindan bolalarini quchoqlab burchakda o`tirgan ayoliga qaradi. Ko`zlaridagi istirobni esa so`z bilan tariflay olmasdim.

Bu hayotda men ishongan tog`im, akam edilar.

Yoshligimdan juda sho`x, erka edim. Ko`p xatolar qilardim. Dadam rahmatli juda qattiqqo`l inson edilar. Xato qilganimda ayamay urardilar. Shuni bilgan akam, dadamdan avval o`zi jazolardi. Urardi, tepardi biroq ayardi. Men juda ko`p urardi ammo akamni juda yaxshi ko`rardi. Chunki ko`zimga qarab, dilimdagini o`qiy olardi. Hozir esa u meni tushunmayotgandi. Men esa o`zim bilmay akamning dilini qattiq og`ritib qo`ydim.

Dadamizdan keyin oyla tashvishlari akamni zamma yuklandi. Halol mehnat qildi, halol ishladi. Mendan ham o`ziday bo`lishimni, ustimiz yamoq bo`lsada halol luqma yutishimiz kerakligini qatiy talab qilardi. Menga shunday tarbiya berardi. Bugun uning ko`zlaridagi namoyon bo`lgan istirobni ko`rish...

- Tushuning, meni boshqa ilojim yo`q! -dedim ko`zimda yosh bilan. Eshik tomon yo`naldim.

- Shunchalik darajada tubanlashib ketgan ekansan! Nega unda Lolani umidvor qilding? Nega bugun uni betob paytida tashlab ketyabsan?

- Lolaga ollohdan shifo so`rayman... Lekin Lolani yoniga kirolmayman!

- Yuzing chidamayabdimi?

Akamni savoliga javob bermadim.

- Oyi men duvoyingizga muhtojman, iltimos meni qarg`amang! -dedim.

Oyim esa yana ko`z yosh to`kdilar. Ortiq bardoshim yetmadi. Eshik tomon otildim. Ortimdan oyimni yig`lab aytgan so`zlari eshitildi: ona hech qachon og`lini qarmaydi!

* * * * *

ODINA:

- Olam-olam orzulari bor qiz edim. Dunyo tashvishlaridan beyhabar, dadamning qanoti ostida beg`am, betashvish yayrab yashardim.

Har bir qiz, orzu qilganidek men ham oppoq libos kiymoqchi edim, bir diyonatli, mard insonning suyukli yori, honadoni bekasi bo`lmoqchi edim.

Mana muqaddas sanalmish, chimildiqqa oyoq qo`ydim. Orzu qilganimday egnimda oppoq libos...

Lekin bu libos go`yo eginmadi kafandek. Yonimdagi turmush o`rtog`im esa, birovning baxtsizligidan manfat ko`rayotgan, manfur kimsa. O`zgalar evaziga boyimoqchi bo`lgan, kasofat. Huddi jirkanch shilliqurtdan nafratlanaman undan...

Yig`lagim kelyabdi, baxti qaro, beybaxt bo`lganimdan yig`lagim, dod solg`im kelyabdi.

* * * * *

LOLA:

- Betob bo`lib, ikki oy yotdim. Shu kunlar ota-onam uchun, qanday o`tganini so`z bilan tariflay olmayman. Ular men uchun nimalar qilishmadi. Tekshiruvlarni o`zigayoq borimizni sarflab yuborishdi.

O`shanda kasalxonadaligimda, do`ktir va ota-onamni suhbatini eshitdim. Oyim yig`ladi, dadam o`zini yo`qatayozdi.

Natijalar salbiy chiqibdi. Miyamda o`simta bor ekan, iloji boricha tezroq aperatsiya stoliga yotishim kerak ekan. Davolashni yagona yo`li, aperatsiya... Lekin bunday aperatsiyalar faqat chetelda o`tqazilar ekan. Tezroq harakat qilmasak, hayotim qil ustida qolishini aytishdi. Bu so`zlarni eshitgan dadam, hammasini topib kelishlarini aytdilar.

Biroq bunday murakkab aperatsiya uchun chetel valutasida juda katta mablag` zarur deyishdi... Borimizni sotganimizda ham birda buncha pulning o`ndan biri ham yo`q edi. Dadam qaylarga bormadilar, kimlarga yalinmadilar, ammo najot yo`q edi...

Qattiq tushkunlikka tushdim. Ota-onamning ilojsizlikda kuyushlarini, ko`rish esa, battar azoblardi.

Bora bora vaziyatni tushunib o`limimga ruhan tayyorlana boshladim. Dilim tinchlangan vaqtda faqat bir narsani Bobur akam bilan ohirgi marotaba diydorlashishgina o`ylardim. Ular ko`rish istaga yo`lida, uyatni ham chetga surib, ilijsiz oyimga yalindim. Qizlarini to`g`ri tushundilar. Qanchalik uyat bo`lmasin, Bobir akamni aytirib yubordilar... Ammo... Ammo ular ha deganda kelavermasdilar...

O`zim esa ilojsizman, kasalligim sabab ixtiyorim qo`limdan ketgan. Boshimni ko`tarishgada halim, yuragida esa milt etgan nur yo`q. Najotni nimadan kutishni ham bilmayman. Ko`zyoshlarim necha yuz karra yuzimni yuvdi. Tonglar otguncha qancha yostiqlarni yosh tomchilarimdan ivibib yubordim. Bobur akamdan esa hamon darak yo`q.

Go`yoki qalbimga iztiroblar dunyosidan bir tuynuk ochilgandek. Tushkunlik sabab, bu tuynukni bekitishning sira iloji yo`qdek tuyulaveradi.

Chiroqning birozgina shulasiham, boshimda og`riq paydo qiladi. Shuni uchun, ota-onam xonamga pardalar tutib qo`yishgan. Nimqorong`u xonamda shiftga qaragacha jim yotaman. Dard asta yengib borayotganidan, hatto xayollarimga erk berishga ham majoli qolmagandi.

Bobur akamdan esa ham darak yo`q.

Qalbdagi og`riqlarim o`yimga ayon. Har lahzam ohirgisi bo`lishi mumkunligini tuyaman. Nadqadar og`ir inson, hayot bilan bog`lovchi so`nggi tolalarning chirt-chirt uzilayotganini sezib turishi.

Yotaveraman, yotaveraman go`yoki vaqt to`xtab qolgandek. Charchab uyqu bosadi. Lekin qancha muddat yotganim, xotiriamdan o`chib ketadi. Etim junjikib tezda uyg`onib ketaveraman. Yana o`sha tuyg`ular azob bera boshlaydi.

``Ishqilib o`libqolmadimmi?``

Hadiksirab atrofini kuzataman. Yuzlarimda sezilar-sezilmas taralayotgan, titroq xayollarimni to`zg`atib yuboradi. Oyimning titrayoqgan qo`llari yuzimni qo`llarimni silayotgan ekan.

- Oyi!

- Ha, qizim! -dedilar mehir bila boqib.

- Soat necha bo`ldi?

- Tong yorishyabdi jonim!

- Nega qorong`u?

- Hozir pardalarni ochaman, xonang yorishadi! -dedilar oyim pardalarni ochishga shoshilib.

Fursatdan foydalanib, dadam yo`qliklariga ishonch hosil qilib oldim.

- Oyi...

- Ha, qizim!

- Bobur akam kelmadilar haligacha! -dedim uyalganimdan ko`zlarimni olib qochib.

- Tong endi, otmoqda balki hademay chiqib qolar...

Oyimni so`zlaridan so`ng, derazgaga multiragan kuyi quyoshni qarshilagan bo`ldim. Jimirlayotgan ufqqa uzoq-uzoq tikilarkanman, halizamon Bobir akam chiqib qoladigandek tuyulaveradi.

Birdan yuragimni vohim bosdi.

``Ular chiqsa nima der ekanman, meni bu holat ko`rishlariga qanday bardosh qilaman!``

O`zimni tinchlantiraman-u, baribir soddadil ko`ngil sira tinchimaydi.

``Ahir shu holatida na tiriklar orasidama, na o`liklar orasida hisobda yo`qdekman. Meni boshiga uradilarmi?`` degan o`ylar ko`ngilni hira qiladi.

Taqdir o`yinlari, qalb tuyg`ulari bir-biri bilan chiqishaverarmas ekan.

Betizgin tuygkularning asiriga aylangan ojiz, umidsiz bir dardmand qizga aylangan edim.

Birdan hayotim quyoshi porladiyu, yaratgan inoyati bilan sahovatli insonlar menga o`z yordamlarini berib qo`l cho`zishdi...

Hayotdan umidimni uzgandim... Uyimizga kastum-shim kiygan, bir kishi keldi. Uyimizni nurga to`ltirdi bu inson, qadamidan.

O`zini shifoxonaning yuridik ishlar bo`yicha advakati deb tanishtirdi. Shifoxona mening aperatsiyam uchun fondidan katta mablag` ajratganmish.

Bu hushxabarni eshitgan ota-onam quvonganidan yig`ladilar. Men, esa Bobur akam chiqmaganidan, qadrimga achinib yig`ladim...

* * * * *

O`sha kuni meni Germanyada o`tqazilishi kutilayotgan murakkab aperatsiya olib ketishayotgandi.

Ayni shu kuni qishloqda tarqagan gap-so`zlarda xabar topdim.

``Ishonmayman, hech qachon bunday gaplarga ishonmayman... Go`yo Bobur akam shaxarda kimgadur uylanibdi! Bo`lmagan gap, hech qachon ishonmayman!`` dilimda shu so`zlarni qayta-qayta takrorlar edim.

Nega kelolmadilar! Menga qorong`u. Lekin. Bir narsa aniq, Bobur akam, qayerda bo`lmasin meni haqimda o`ylaydi... Buni ich-ichimdan his qilaman. Chunki biz bir-birimizni sevamiz...

Shuning uchun ham davolanib, ular yoniga sog`lom bo`lib qaytishim kerak...

* * * * *

Aperatsiya mufaqiyatli o`tdi. Ahvolim o`nglana boshladi. O`z yurtimizga qaytib, davolanishni o`zimizda davom ettira boshladim. Ahvolim juda tez tiklanib borardi. Bir necha oyda yana avvalgi hayotimga qaytdim...

Ohirgi oylarda oyim bilan sirdosh bo`lib qolgan edik. Yolg`iz qolganimizda yana Bobur akamdan so`z ochdim. Biroq oyimning qoshlari tutashib ketdi. Jahillari chiqdi.

- Haliyam o`shani o`ylab yuribsanmi? -deya koyib aerdilar. Qishloqdagi gap-so`zlarga meni ishontirishga urundilar. Ular oyim bo`lsalarda, ularga ishonaolmasdim.

Oyimning dakkilaridan qattiq hafa bo`ldim. O`sha oqshom qaror qildim. Bobur akamni yoniga boraman. Ertasi kuni: ammamnikida yotib qolaman degan boxona bilan Bobur akamni qirib ketdim. Katta shahar, izlab-izlab nihoyat kun oqqanda topib bordim. Kattakon uy, hizmatkor eshik ochdi.

Bobur akamni so`radim, ular uyda ekan, ammo meni kiritishmadi. Men esa qaysarlik bilan, fikrimdan qaytmay turaverdim, shundan keyin hovliga kiritishdi.

Birzumga yonimda paydo bo`lgan Bobur akamni taniyolmay qoldim. To`g`ri olti, yetti oylar ko`rishmadik, lekin inson shunchalik o`zgarib ketishi mumkunmi?

Ularni aytgan so`zlari, meni butkul esankiratib qo`ydi.

- Ket, meni boshqa izlab kelma! -dedilar, go`yo itni quvgandek ko`chaga quvib. Bu ham yetmagandek, ortimdan ikki yigitni jo`natdi. Yigitlarni niyati buzuqligini, fahlab judaham qo`rqib ketdim. Baxtimga bir oq mashinada kelgan inson meni qutqarib qoldi...

Uyga qay ahvolda qaytganim o`zimga ayon. Sevgimiz pok, tuyg`ularimiz sof edi. Men sevgimga ishonib, gap-so`zlarni eshitmaslik uchun quloqlarimni berkitgandim. Biroq ko`zlarim bilan ko`rdim, Bobur akam haqidagi gaplar chin ekaniga ishonch hosil qildim...

Bir necha kun o`zimga kelolmay yurdim. Hayolimni birgina o`y band etgandi.

``Nahot endi bir-birimizga begona bo`lsak?``

Bobur akamdan nafratlandim, achiqlandim, qarg`adim. Lekin baribir so`zlarimni qaytib olib, baxt tiladim.

Ularga qastma-qast, usiz ham yaxshga, men ham o`z yo`limni topib ketishga dunyodagi eng baxtli qiz bo`lishga qaror qildim.

Endi ko`nika boshlagan edim, kutilmaganda bir yoshgina ayol keldi. Aytishicha Bobur akamni rafiqasi ekan...

* * * * *

BOBUR:

- Oyimni, akamni boshini egib qo`ydim. Lekin mening ham niyatlarim ezgu edi...

Odinani avvaldan tanir edim. Biroq bir-birimizga be e`tibor bo`lganmiz. To`g`ri u boshlig`imni yakka-yagona arzandasi, men esa oddi bir ishchi edim.

Boshliq bilan gaplashlashganimdan keyin, Odinani boshiga kulfat tushganini bildim. Ayni damda biz bir-birimizga yordam bera olardik. Men unga uylanib, oylasi shanini asrashim kerak edi. Evaziga boylik, ammo sevganim Lolada kechishim lozim edi...

Nima gap-so`z bo`lsa bo`ldi. Men Odinaga uylandim. Hech narsaga qaramay, uni baxtli qilishga ahd qildim.

Ammo... U meni ezgu niyatimni notog`ri tushundi...

Chimildiqqa qadam bosdim. U boshiga oq rumol tashlagancha o`ltirardi. Asta borib yuzini ochdim. Uni baxtli qilmoqchi, dardlarini artmoqchi ekanligimni aytgim kelgandi.

Afsus u, hatto menga qarashgada or qildi.

- Menga yaqinlashmeng! -dedi qatiy talab qilib.

- Endi erizman! -dedim.

- Yo`q, bizlar begonamiz! -u alamzada, nafratli bir ohangda gapirdi. - Bizlar bir-birimizga begonamiz...

Mana oradan necha oylar o`tib ketdi. Lekin zarracha ham menga bo`lgan nafratini so`ndirmadi.

Shu kunlarda kutilmaganda Lola meni izlab keldi. Hech kumagan edim, undan bu tahlit jasoratni. Ko`rib hursand bo`ldim. Shukurki jismi-joni sog` omon. Ammo u kelmasligi kerak edi. Odinani ko`ngli uchun, Lolani haydam yubordim...

Bilmadim nima tasir qildim. Shu kundan boshlab, Odinani mumilasi o`zgardi. Bir necha kun o`tib, kulimgaganda meni bir joyga olib borishimni iltimos qildi...

* * * * *

ODINA:

- Hech bir qizni boshiga, menikidek balo yog`ilmasin, deb har kun yaratgandan so`rayman.

O`sha mashum kunni eslash, men uchun azob. O`yladim deguncha yuragimni vahima bosadi.

O`sha kun o`qishdan chiqgach endi mashinamga o`ltirmoqchi edim.

O‘xshash hikoyalar