MUHABBAT JILG`ALARI: Do`stim UCHUN...
MUHABBAT JILG`ALARI: Do`stim UCHUN...
MUQADDIMA.
Kechki soat 19:30 yo`l adog`idagi, eski ombor oldida ikki yigit va bir qiz turishardi. Yigitlardan biri ikkinchi yigitga ishora qilib qizga dedi:
``Shu yalangoyog` bilan baxtli bo`l!``
* * * * *
SOBIR:
- O`tgan dam olish kuni saharda turib bozor-uchar qilgani ketayotgandim. Yo`l bo`yida bir yoshgina yolg`iz ayol qo`l ko`tardi. Yo`lini yaqin qilish maqsadida mashinani to`xtatdim. Avval ayolga uncha e`tibor bermabman. Mashinaga o`tirgach, horg`ir qiyofadagi bu dardmand ayol yaqin do`stimni xotini ekanligini ko`rib, nima qilarimni bilmay qoldim. U ham meni tanib o`ng`aysiz bir ahvolga tushdi. Hech bir so`z demay manziliga olib bordim. Mashinadan tushishga shoshmadi. O`z-o`zidan hiqqilab yig`lab gapirdi.
- Afsusdaman... Afsusda... Meni hudo urdi...
Nima deyishimni bilmayman. Dam rahmim keladi. Dam battar bo`lgur degim. Baribir zorlanib yig`layotgan ayolni ko`rib o`zimcha dalda berdim:
- Hammasi yaxshi bo`ladi. Chin dildan tavba qilinsa olloh kchiradi.
U eshikni ochib tusharkan, birdam manosiz tikildi.
- Do`stiz kechirarmikin?!
Indamay mashinani o`t oldirdim. U tushib qoldi men yo`limda davom etdim.
* * * * *
Mosh olgandim. Do`stimni yo`qlab, bir haltada u-bu narsa hashlab uning kivartirasiga bordim. Eshik qo`ng`irog`ini qayta-qayta bosdim.
- Kim!
Ichkaridan uning bo`g`riq ovoz keldi.
- Otash eshik och do`stim men!
Eshik ochildi. Otabek uyqusirab, g`udurladi.
- Sobir ke do`stim! -dedi.
Afti basharasini ko`rib qotib qoldim. Lablariga aji-buji qilib ko`k bo`yoq surilgan. Yuzlariga har-hil ranglarda ishlov berilgan. Sochlariga turli, sochga qistirib qo`yadigan taqinchoqlar taqilgan.
- Otash nima balo go`zallik tanloviga tayorgarlik ko`ryabsanmi?
Hayron bo`lib boshini ushladi.
- Vooy! -dedi shosha pisha sochidaga taqilganlarni olarkan, - Charchab uhlab qolibman. Qizimning qilgan ishi, sen ichkariga kir! -dedi.
Sumkani do`stimga tutqazdim.
- Otash aftini ham yuvib ol!
Vannahonaga kirib ketdi.
- Voy shumtakaye, rosa bo`yabdiyu! -dedi.
Asta dahlizga kirdim, u yerda do`stimning 4 yashar qizchasi o`ynab o`tiribdi.
- Mubinaxon kel so`rashaylik! -dedim.
O`rnidan turib yonimga keldi.
Qo`lini ko`ksiga qo`yib shiringina salomlashdi.
- Mubinaxon dadangni nima qilib qo`yding?
- Bo`yag`ichlarim bilan chiroyli qilib qo`ydim! -dedi maqtanib.
Judayam yoqimtoy shirin qizaloq, tizamga olib turli savolga tutdim. Biyron biyron gapiradi. Yoqimtoy qizaloq, ko`zim tegib qolmasin ``tuf-tuf!`` deb qo`ydim. Bu orada do`stim yuz qo`lini yuvib qaytib chiqdi...
Bir yarim yildirki, qiziga ham ota ham ona bo`laman, deb ishini ham tashlab qo`ydi.
Uyni ahvoliga bir nazar tashlab oldim.
- Otash ahvolini so`ramay qo`yaqolay. Basharang aytib turibdi! - o`yinchoqlar o`ynab o`tirgan qizchasiga qaradim! - Endi yaxshimi, qizalog`ing?
- Bazi-bazida isitmasi oshib ketyabdi!
- Do`ktirlar nima deyabdi?
- Oyisiga ichikkan deyishyabdi...
- O`rtog` to`g`ri qizinga ona kerak uylan!
- Eee qo`ysangchi, qaragina uylanadigan ahvoldamanmi?
- Gap mablag`da degin! Ana ko`chada mashinam sotamiz! Uylanib olishinga yetadi!
- Qo`y o`rtog`!
Gapni kulgiga olib kuldi.
- Otash tunov kuni, ko`rdim haliham kelyabdimi?
Hotinini nazarda tutdim.
- Tez-tez kelib, uzoqdan ko`rib ketadi! -o`pkasi to`lib, uh tortdi. - Bechoraga ham qiyin!
- Eee! Battar bo`miydimi. Eee o`shani... Kechir so`kinvordim. Lekin senga hiyonat qildimi! Demak shu jazoga loyiq!
- Sobir, choy damlaymi choy ichasanmi?
Otabekka hotini haqida gap ketgani yoqmadi.
- Mayli pir piyola ichamiz!
U oshxonga kirib ketdim. Moshimni bir qismini olib, ko`rpacha qatiga tiqib qo`ydim. Ammo Otabek ko`rib qoldi.
- Sobir do`stim bu nima qilganing?
- Anchadan buyon tayinli ishlamaysan! Olaver ro`zg`orni kam ketiga...
- Sobir ahir...
- Qo`ysangchi ahir-pahirini. Qaytarib bersang uyinga umuman kelmayman!
Otash olishdan o`zga chorang yo`q, ahir do`stingni qo`lini qaytarmassan?!
U bilan uzoq gaplashdik. Bir ammallab uylanishga ko`ndirdim.
Hudo menga Otabekdek do`sni bergan, bitta o`zi mingta do`stni o`rnini bosadi. Bolalikda birga o`sganmiz! Judayam iqtidorli bola edi yoshligida ham. O`qimadi, ammo hunar o`rgandi o`rganganda ham mukammal sanat darajasida o`rgandi. Unda ajoyib qobilyat bor, hotirasi juda mustaxkam. O`zbekistonda u kabi mashina elektirik muttahasisi sanoqli topilsa kerak. Ular o`qib o`rgangan bo`lsa, Otabek ko`rib o`rgangan edi. Qaysi sim qayoqqa boradi, yoddan bilardi. O`zimiznikimi, inomarkami parqi yuq muammosini hal qilib tashlardi. Maktabda o`qib yurgan kezlaridayoq, u oyiga topadigan daromadi, o`nta oddiy ishchinikidan ko`p edi. Hulqi odobi ham havas qilgudek. Kelishgan yigit bo`lgani uchun, qizlar uni ortidan yurardi. Lekin, onasini betobligi sabab maktabni bitirishga ham ulgurmay uylanishga majbur bo`ldi. Oylasini zo`r epladi. Ishidagi yutuqlar sabab, uni katta moshli ish bilan UFA ga taklif qilishdi, ishxonasidan 2, 3 kishini. Avvaliga shu yerdagisiga qanot qilib yurgandi. Ammo hotinini ulkan orzularini deb o`sha yerga ketdi. Katta mosh ilinjida, o`sha yerlarda ishlab yuraverdi. Hotini esa bu yerda, u jo`natgan pullarga qirolichalarday yashab yurdi. Qing`ir ko`chaga oyoq bosdi. Hudoni qahri keldimi, kasalga chalinib qolibdi. Jinsiy yo`l bilan kasal yuqtirib olibdi. Buni ustiga begonadan 2 oylik homilasi ham bor ekan. Hammasini bo`yniga oldi. Otabek bir yildan oshiq UFA da ishlab qaytdi. Hotini bilan ajrashishdi. Hotinini roziligi bilan sud qizaloqlarini kasalvand onaga emas Otabekka borish haqida qaror chiqarishdi. El og`zida elak bo`lib ketishdi. Bazilar xotini aybladi. Bazi birovlar hamma aybni Otabekka yuklashdi. Anchagina boshi egilib qoldi, hiyonatkor xotini sabab. Shunda ham ko`nli bo`shlik qilib, uy joyini sotib, davolanishi uchun hamma pulni xotiniga berdi. Uyga kelguncha do`stim haqida ko`p o`yladim. Qarorim qatiy Otabekni uylab qo`yaman. Mashinani darvozaxonada qoldirib xovliga kirdim. Oyim kelida juvari tuyayotgan ekanlar.
- Assalom a`laykum.
- Va`alaykum yaxshi keldingmi o`g`lim?
- Ha... Bugun ko`chaosh ishamizakanda?
- Him bolam, achchiqqina qilib rayhon to`rg`ab ichamiz, hozir qozonga solib qo`yayin! Halizamon dadang ham kelib qolishadi...
Oyim oshxona tomon ketdilar. Kiyimimni alishtirishga ham shoshilmay suridagi ko`rchaga yon boshladim.
Qo`shni xovlida qo`shnim Shahrizodani ovozi eshitildi. Attang qilib peshonamga bir urib qo`ydim.
- Shahrizodaaaaa! Shahrizodaaaa... -deb yotgan joyimda chaqirdim.
- Huuuu! -dedi uyoqda turib.
- Kevoldingmi?
O`rnimdan turib surini tutquchi ustida chiqib devordan qaradim. U ham meni ko`rish uchun ostonaga chiqdi.
- Haaa janob qaytib kemadiz?!
Labini qishaytirib qovog`larini uydi.
- Nima men seni haydovchingmanni buyruq berasan?
- Himmm...
- Sizni musqaymoq yegiz kep qoladi goh kofe ichgiz, nima endi seni qosh qavog`inga qarab yuramanmi?
- Hadaaaa! Shahrizodani oyisi Nargiza xolam ko`rindilar. Darov ular bilan salomlashdim.
- Bolam ovqatga chiq... -dedilar.
- Ovqatni anovi qilyabdimi?
Shahrizodani nazarda tutdim.
Nargiza xolam kuldilar.
- Ha...
- Unda chiqmiman, bu qizizi qo`li biram bemazaaa!
- Nima? Hechamda, -qo`llarini beliga tiradi, - Yemasez zaharni yeng!
Nargiza holam biqinidan bir burab qo`ydilar.
- Bir shapatilab urib ham qo`ying bu shallaqini.
Nargiza holam Shahrizodani yelkasini yengil shapatiladilar.
- O`zi men o`gayman, hammalaringiz meni ho`rsaysilar! -dedi yolg`ontakan araz qilib zinadan pastga tushib ko`zgan g`oyib bo`ldi. Ammo ovozi kelib turardi, artizon shildirashidan chelakka suv olayotgani va xovliga salqinlik uchun suv sepayotgani eshitilardi.
- Bu kishim! - oyisiga arzu hol qildi, - Bizni olib ketgani kelmadi. Hozir darov kelaman dediyu g`oyib bo`ldi. O`rgildim mashinasi bor to`kisdan...
Nargiza holam kulib bir bosh chayqab qo`ydilarda uyga kirib ketdilar. Shahrizoda javranib xontaxta, dasturxon ko`tarib o`tdi. Keyin piyonali shiqirlab yuvilgani eshitildi. Kechki ovqat uchun dasturxon yozayotganini tushunardim. Hovlidan esa hamon uni ovozi kelardi. Menga teqqazib allanimalar deb javranib yurardi.
- Shahrizodaaaa... Hovv Shahrizodaaa... Zodaaa!
Chaqirdim ovozini pastlatib.
- Himmm! Nima?
Zinaga ko`tarib qoshlarini chimirdi.
- Ikkita aftabusga o`tirsang bir pasta kevolasan. Nari borsa 3 ming puling ketadi. Atiga 3 ming sarflab shuncha jiging chiqyabdimi?
- Gap pulda emas!
- Unda nimada?
- Gap vadada, vada bergandan keyin bajaradi o`g`il bola...
Ohirgi gapiga biroz ohang berib gapirdi. Nafsonyatimga tegishini o`zi ham sezib darov boshqa tomonga o`zgartirdi.
- Sobir to`g`risini ayting bizni atay olib ketgani kelmadiz? -dedi.
- Otashni ko`rgani borgandim. Biroz ko`p qolib ketdim. Buncha vaqt kutib turmasdilaring, ketib bo`lgansilar deb bormadim... -dedim.
Rosti umuman yodimdan ko`tarilgandi. Otabekni oldidan chiqqanimdan keyin boshimda boshqa hayol bo`lib vadamni unitibman.
- Otabek yaxshiykanlarmi? Qizaloqlari tuzukmikan?
Shahrizoda Otabekni oldiga borganimni eshitib darrov yumshadi.
- Yaxshi ekan...
Bu orada dadam kelib qoldilar.
- Hov Zoda ertaga gaplashamiz! Ha aybimni yuvish uchun ertaga musqaymoq olib beraman... -dedimu pastga tushdim, dadam bilan salomlashish uchun.
Shahrizoda ham huddi Otabek kabi meni eng yaqin do`stim. Buni ustiga u bilan darvozamiz yonma-yon qo`shnimiz, o`rtamizni birgina 3 metrli devor ajratib turadi. Bolaligimizdan shu devor bizni aloqa vositamiz bo`lgan. Otabekni sotib yuborgan hovlisi ham ko`chani u yuzida ikki hovli narida edi. Uchalamiz, birga boxchaga so`ng maktabga borganmiz. Keyinchalik Shahrizoda bilan bir oliygohda o`qidik va bir ishxonada ishlaymiz. Biz uchalamiz qalin do`stmiz. Shahrizoda bilan tez-tez baxslashib turamiz. Ko`pda unga qattiq gapirvoraman, lekin beyg`aras. Shahrizoda o`zini hafa bo`lganday ko`rsatsada, aslida hafa bo`lmaydi. Qalbi beyg`ubor qiz, so`zlarimni o`ziga olmaydi, men eng yaxshi do`sti ekanligimni juda yaxshi biladi.
Men... Men... Men aslida Shahrizodani yaxshi ko`raman. Esimda birmarta unga ko`nglimni ochgandim. O`shanda 7 yoki 8 sinfda o`qirdik. Qanchalik jasorat to`plab sevgimni aytgan edim. U esa e`tiborsiz qoldirgandi. O`shanda tushungandimki biz do`stlik chegarasidan nari o`tolmas ekanmiz...
Lekin umid bilan yashashda kutishda davom etaman, bir kun do`stlik muhabbatga aylanishiga ishonaman...
* * * * *
Oyimning ovqatlari pishib, dasturxon yozdilar. U-yoq-bu yoqdan gaplashib dadam, oyim uchalamiz kechki ovqatni yedik. Dadam ovqatni yeb bo`lib, shukrona aytarkanlar, shirin taom pishirganlari uchun oyimni maqtab, minadorchilik bildirishdi. Odatka ko`ra dasturxon atrofida biroz suxbat quramiz, dadam hol ahvol, ishdagi yutuqlar haqida so`raydilar.
- Ho`sh o`g`lim, ishlaring qanday ketyabdi?
- A`lo... - paketdagi pulni olib damamni yonlariga qo`ydim, - Bugun maosh olgandik...
Dadam pulni olarkanlar, sog`liq-salomatlik, ishlarim rivoji, topganimga baraka so`rab duo qildilar...
Shundan keyin oraga biroz skut cho`mganidan foydalanib so`z qotdim:
- Dada, oyi mashinani soataman!
Ikkovlarini yuzlarida ham hayrat va hovotir alamotlari ko`rindi.
- Tinchlikmi?
- Ha... Dada, oyi Otabekni rahmatli dadasi, oyisi ham olamdan o`tib ketishgan. Ikkalangiz bosh bo`lib Otabekni uylab qo`ysak degandim...
Oraga yana skunat cho`kdi. Dadam o`ychan oyimga, oyim esa dadamga qarab qo`yishdi. Dadam mamnun bosh irg`adilar.
- Yaxshi o`ylabsan o`g`lim, Otabek tilla yigit, u ham o`z o`g`limizday nega endi uylab qo`ymas ekanmiz! -dadam g`urur bilan, qaddilarini ko`tardilar, - Mashinani sotaman deb yurma, ozgina yeg`ib qo`yganimiz bor yetadi... -dedilar fahir bilan yelkamga qoqib.
Oyim esa mehir bilan yelkamni siladilar.
- Men qachon kelinimni qo`lidan cho`y ichaman?
- Vaqti kelganda!
Mamnun qo`shni uy tomon qarab qo`ydim.
- Do`stiga sadoqatli o`g`lim!
Mehirlari toshib ketdimi oyim boshimni silab erkatdilar.
- Oyi. Otabek kelib ko`z ostiga olgani aytsa, tezda o`ziz sovchi bo`lib boring. O`zi zo`rg`a ko`ndirdim yana fikridan qaytib qolmasin.
* * * * *
Joyimda yotgancha o`yga tolaman. Ota onamni meni tushunganlaridan, juda baxtiyorman. O`zi shuni kutgandim. Ular ham Otabekni yaxshi ko`rishadi. Dadam aytganlariday Otabek tilla yigit, o`z xulqi, sahovati bilan ko`plarni mehrini qozongan. Oyim Otabekni bilgan odamni uyiga sovchi bo`lib borishsa, hech ikkilanmay qizini bersa kerak!
Bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Inistitutda birinchi bosqichda o`qirdim. U paytda dadam ancha dardman edilar. Oylamizni daromad manbayi butkul uzulgan. Oyim unda bunda narsa to`qib oyla tebratib turar edilar. O`zim boshqa viloyatda yotib o`qirdim. Ayni kuzni sovuq oyida dadam kasal bo`lib kasalxonaga yotdilar. Bitta buyrak butkul ishdan chiqqan. To inistututdan ruxsat olib kelgunimcha, dadamni aperatsiya qilib bitta buyraklarini olib tashlashgan ekan. Borganimda endigina ranimatsiya bo`limidan palatga olishgan. Kutush zalida oyim va Otabek kutib olishdi. Ko`p o`tmay dadam o`zlariga keldilar.
Kuchli hayjon va qo`rquvda do`ktirni oldiga kirdim. Dadamni ahvolini so`radim. Do`ktir tinchlantirdi, og`iri ortda qolibdi. Aytishicha bitta buyrak bilan ham narmal hayot kechirsa, uzoq yashasa bo`lar ekan. Do`ktirni tushuntirib berganlaridan keyin ancha ko`nglim taskin topdi.
- Do`ktir qancha to`lashim kerak?
Cho`ntagimda aytarli pul ham yo`q, lekin baribir bunday aperatsiyalar tekinga bo`lmaydi.
Do`ktir hayron bo`ldi.
- Akayz hamma dorilarni olib keldi. Haqqini to`lab qo`ygan...
Akayz deganda Otabekni nazarda tutganini darov tushundim.
- Rahmat! -dedimu, do`ktir oldidan chiqdim. Kutush zalida, Otabek oyimni yonlarida o`tirgancha onamga dalda berardi. Negadur shu topda mijjamga yo`sh quyulib ketdi. Shosha pisha ko`zyoshlarimni yashirdim.
Aytgan birgina so`zim, menga joy bo`shatayotgan do`stimga qarab hira ozovda ``Rahmat!`` deganim edi.
Dadam butkul o`zlariga kelishdi, ertasiga dadam yoniga kiritishdi. Dadam bilan oyim turib oldi, ``Bor o`qishinga.`` deb.
Dadamni bu xolatida o`qish ko`zimga ko`rinmasdi. Otabek ham ularga qo`shildi. Ohiri majbur qilishdi inistitutga qaytib ketishimga.
Otabek: - Amakimga o`zim qarab qarab turaman, sen ketaver! -dedi.
Men o`qidim, dadam tuzalib ketdilar. Ancha vaqt o`tib bir kun onam to`lib toshib, do`stimni alqab qoldilar. O`shanda Otabek har kuni ikki mahal hamshirani uyga olib kelar va do`ktir buyugan dorilarni ham topeb kelarkan. Onam pulini beraman desa, olmas ekan. Kamiga har kungilik bir oyla harajatlari uchun yetarli pulni ko`rpacha qatiga tiqib qo`yarkan...
Shundan do`st uchun nafaqat molingni balki joningni bersang ham kam...
* * * * *
Oradan salkam bir oy vaqt o`tgandi. Dushanba ertalab uyg`ondim. Jin urgur ishga kech qolibman. Shanba kuni ish abetda tugagani sabab, ishxonadagi 4, 5 ta yigitlar bilan Parda Tursunga dam olgani jo`nagandik. Bir kun o`sha yerda qolib, Yakshanba kuni shomda uyga kirib kelgandim. Dam olaman deb yo`l charchog`i ezib, uydagilarda kelganimni aytdim-u, tappa tashlabman.
Dong qotib uhlab mana ishga ham kech qolayozibman. Shosha-pisha yuz qo`limni yuvib, kiyinib, zinaga chiqdim-u baqirdim.
- Shahrizodaaa! Zoodaaa! Shah-ri-zo-daaaa! Ho`y Zodaaaa...
Doyim ikki bor chaqirganimda ``Huvvv!`` der edi.
Oshxonadan onam chiqdilar.
- Hoo`y baraka topkur, qo`noqqa chiqqan ho`rozday qichqirmasdan, hech yo`q qo`l telifoniga qo`ng`iroq qilib chaqirgin!
- Oyi unizi qo`l telifoni uyga kelganida doyim o`chirilgan bo`ladi. Nima deymiz endi odobli qizlar shunaqa telifonni o`ziga kerak payti ishlatadida... - yana devor tomonga qaradim, - Zooo-daaaaa!
- Darvozadan chaqir o`g`lim, muncha shoshmasang-aaa?
- Tezroq bo`lsin deymanda oyi...
Mashinani yurg`izish uchun shoshdim.
- Hoy choy ichmisanmi?
- Yo`q...
- Manga qara bir gap bor edi!
- Oyi shoshib turibma-u, kelganimda gaplashamiz...
Mashinani yurg`azib ko`chaga olib chiqdim. Qo`shni darvoza oldida Nargiza hola turardilar, mashinadan tushib salomlashdim.
- Qiziz qani, yasan-tusan qilib o`tiribdimi?
- Shahrizoda ``Mazam yo`q!`` deb yotibdi. Ishga borolmasa keray.
- Voy nega Shahrizoda-ya? -hayron bo`ldim, - Birormarta kasalman deganini eshitmagandim!
- Shunaqa bazida qizlar o`z-o`zidan betob bo`lib qoladi. - Nargiza holani gaplarida zarda borday tuyuldi, - Buguncha o`ziz ketaqoling Sobirjon...
* * * * *
Tush payti bo`lib qolgandi. Shahrizoda to`satdan ishxonaga kirib keldi. Hech kim bilan ko`rishmadi, gaplashmadi ham to`g`ri boshliqni xonasiga kirib ketdi. Sal o`tib qaytib chiqdi. Eshik tomon shoshib ketayotgan Shahrizodani bilaklaridan ushlab to`xtatdim.
- Shahrizoda tuzuk bo`lib qolibsan shekili-aaa?
U bir so`z demadi, faqatgina istirobga, qayg`uga botgan ko`zlarini birdam menga tikdiyu, zarda bilan qo`lini siltab oldi. Eshik tomon chopib ketdi. Bu xolatdan hoyron bo`lib turdim-u, uni ortidan yugurdim. Biroz ulgurmadim u taksiga o`tirib ketib qoldi. Hayolim kelgani, boshliq shilqimlik qildimikin degan o`y bo`ldi. Bunga sababham bor. O`rta yoshli boshliqimiz ayollarga suyagi yo`qroqlar hilidan edi. Biroz jahil bilan uni honasiga kirdim. Ammo u ham hayron, eng ishchan xodimlardan biri to`satdan bo`shashga ariza berib ketganidan. Boshliqni qo`lidagi arizani olib o`qidim.
Nimalar bo`layotganiga tushuna olmasdim. Sababini esa uyga qaytganimda oyimdan eshitdim. Eshitdim-u hoyotim, kelajagim, orzularim rangpar chizgilariga qora bo`yoq to`kilganday bo`ldi. Yurak bag`rim achishib ketdi...
* * * * *
SHAHRIZODA:
- Yakshanba kuni erta tong. Endigina ertalabgi nunushtaga choy qo`yayotgan edim. Qo`shni qiz Umida chiqdi. Mendan anchayin kichik bo`lsada, menga sirdosh singilday bo`lib qolgandi. Surida o`tirgan dadam va oyimni oliga bordida bir nimalar deb qaytib chiqib ketdi. Dadam va oyim negadur shoshib qolishdi. Shosha-pisha zinadan ko`tarilgan oyin oshxona eshigidan bosh suqdilar.
- Shahrizoda sovchilar kelayabdi ekan!
- Namuncha saharmardonlab...
Bu xabar dilimni hira qildi. Jahlim chiqqanidan kimdan ekanligini ham so`ramabman. Honamga kirib derazadan tashqariga qaradim.
Ko`zlarimga ishonmayman, sevinchdan yuragim hapqirib ketdi. Shoshib ortimga qaytdim. Uy ichidan yangi to`shak ko`tarib chiqayotgan oyimni yo`llarini to`sdim.
- Oyijon shularga hup deyaqolilar... -deb quloqlariga shivirladim.
- Hayiryatey....
Oyim jilmayib qo`ydilarda zinadan pastga tushdilar. Men esa xonamga qaytdim.
Qanchadan-qancha sovchilar quruq qaytishgandi. Erkaliklarimni ko`targan dadam, oyim qancha sovchilar ortidan g`amgin kuzatib qolishardi. Bazida oyimni jahllari chiqib urushardilar: Qachongacha tanlaysan? Nima oq otdagi shaxzodani kutyabsanmi? Yoqtirganing bo`lsa, ayt!...
Nihoyat oyim kutgan bu kun keldi. Birpas quvonib o`tirgach, choy damlash uchun oshxonaga o`tdim. Choy damladimda so`rida o`tirgan qo`shnimiz Zubayda hola bilan salomlashdim. Bitta o`zlari sovchi bo`lib chiqishibdi, bo`lajak qaynonamga o`z qo`lim bilan choy quyib uzatdim. So`ngra yana xonamga qaydim. Shunday baxtiyormanki, sevinchdan yuragim yurulgudek dupurlaydi. O`zimni qo`yarga joy topolmayman, uyoqdan buyoqqa yuraveraman. Goh oynaga qarab quvonchimdan kulgim keladi goh yostiqni quchaman. Huddi uni quchoqlaganday. O`zim bilan o`zim suxbatlashaman.
``Qaragin Shahrizoda birinchi qadamni u qo`ydi-ya, o`ziyam kutulmaganda zo`r surpiriz qildi!`` o`zimni koyiyman. ``O`lgur ersiramay, namuncha quvonmasang?``
Qo`limga telifonimni olaman. Uni no`mirini terman.
``Voooy unga nima deb murojat qilaman?`` peshonamga yengil sapatilayman. ``Tentak endi, bo`lajak turmush o`rtog`ing, albatta aka deysanda!``
Nogoh ko`k tugamani bosib yubordim.
``Eeey hudoyim nimalar qilib qo`ydim, avval uni o`zi tel qilishi kerak edi-ku!``
Qo`lim qaltirab qizil tugmacha ustida turardi. Telifondan uning ovozi eshitildi.
- ``A`lo`, ha Shahrizodaaa?``
Yonida odam ko`p shekili, odamlar kulgusi vijir-vijir ovozlar kelardi.
- ``A`lo`, Sobir akaaa!`` -dedim ovozim qaltirab ammo ovozim o`zimgaham bazo`r eshitildi.
- ``A`loo, ovozing kemayabdi... A`looo... A`looo... Antenasi bor yerga chiq...``
U zo`r berib gapirardi,