tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Qalbim O`G`RISI... (2-bet)

chiqarvordikda!

- Heee... Kim etdi, meni sizga tega deb? -dedi yolg`ondan noz qilib.

- Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi. Bilib qo`y qizaloq menam salkam qaroqchiman. Men seni u-bu narsangni o`g`irlab o`tirmayman. O`zingni o`g`irlab ketaman!

- Qo`lizdan kelarmikin? -deb kuldi.

- Sovchilarimni qaytarib ko`r biasan.

Gaplarimni hazilga oldi, yoki bu mavzuda gapirishga uyalib gapni boshqa yoqqa burdi. Qo`lidagi uzukni ko`rsatdi.

- Qanday udalaganimga qiziqmayabsizmi?

- Qiziqqanimdan ichim yonyabdi!.

- Sizni ko`rishim hamoni kuzataman. Bugun asli sizdan avval kelgandim. Huv naridan turib sizni kuzatib turgandim. Aytingchi necha, marta uzugni qo`lizga olib ko`rdiz?

- Tuppa tuzuk shipiyonsan!...

- Siz bo`lsayz!...

- Ha, men o`shaman... -u ham meni qapqon qo`yishda ayblamoqchi edi, gapini cho`rt bo`ldim. - Ho`sh shipiyonkam qanday udadalaganingni ayt?

- Har galgidek bu safar ham qiyin bo`lmadi. Ammo shunga qaramay ikkinchi martasida uddaladim...

Pastda yotgan chinor bargini olish uchun engashdi va krasofkamni bog`ichini bo`shatib qo`ydi. Ammo bargni ko`rsatib e`tiborimni chalg`itdi.

Shu zahoti bir muncha vaqt avvalgi voqeani esladim.

Uchrashganimiz hamoni, pastdagi chinor bargini olgandi va

``Qarang qanday chiroyli tabiyat mo`jizasi!`` deb qo`lidagi barkga tarif berdi, so`ng oyoq kiyimimga ishora qilib, ``Voy bog`ichi bo`shab ketibdi!`` degan edi.

- Boya yechilib ketganda ham, seni qo`ling bor ekanda? -dedim.

- Ha! -deb jilmaydi. - Bog`lab olasizmi? -dedi.

Endi engashgan edim, u ham menday biroz egildi va bir qo`lini shunday bir mohirlik bilan ichki cho`ntagimga solib, qaytib oldi.

Agar diqqatim boshqayoqqa qaratilgan bo`lganida sezmagan bo`lardim ham!

Bir lahzaga tilim lol zabonsiz qoldim. U esa qoyilmaqom harakatidan, g`ururlanib, yoqimli jilmayib turardi. Uni shu lahzada, yanaham ko`proq yaxshi ko`rib ketdim. Dilimda bir istak paydo bo`ldi, har gal u meni lol qoldiradi. Bu gal men ham bir lol qoldirishim kerak edi.

- Ko`zingni yum, men ham senga ajoyib fokus ko`rsataman! -dedim.

- Ho`p! -dedida ko`zlarini yumdi.

- Yaxshilab yumdingmi?

- Himmm! -dedi ko`zlarini yumib.

Bir lahza uning g`uncha lablarida termuldim-u, bo`sa oldim.

Ko`zlari hinidan chiqqudek katta-katta ochilib ketdi. Taxtadey qotib qoldi. Bunday o`pib olishimni kutmagan edi. Bir yutib olgach, beqaror qadam tashlagancha yo`lda davom etdi. Ohista qo`lidan ushlab oldim. Bulbuligo`yo qiz, bir bo`sadan tilini yo`qatib qo`yganday gung bo`lib qoldi. Nima deyishmni bilmayman.

Ko`nglini olish uchun, o`zimcha qo`shiq hirgoya qildim.

- Bog`im bor-u, bog`im bor,

Bog`imda anorim bor.

Peshonasi sho`r yigitmannneee,

Barmoqlari kesilgan yorim bor...

Bir o`qirayib qarab qo`ydi.

- Uzur... -deb iljaydim. - Bog`im bor-u, bog`im bor,

Cho`ntagimda hamyonim bor! - har ehtimolga qarshi hamyonni tekshirib qo`ydim, joyida ekan.

- Omadi bor yigitmannneee,

Qo`llari gul yorim bor...

Boshqa tomonga qarab oldi, asta ko`z tashlasam jilmayyabdi. Hayryat yengil tortdim, ammo hali ham jim. Bu sassizlik yo`lga chiqgunizgacha davom etdi.

- Uyga ketamizmi? -dedi past ovozda.

- Hozir uyga ketmay qayoqqa ketyabmiz?! -dedim.

- Himm...

``Voy Asil, shunday uchar, shaddat qizni ahvolini qaraya! Bir bo`sadan keyin hushi o`zidan ketib, nima qilayotgani bilmay qolyabdi-ya!!!`` dedim o`zimga o`zim.

Taksi tutdik, mashina ichida ketayabmiz churq etmaydiya! Asta yelkam bilan turtdim.

- Mohira... Ho`y Oy-Sanam! -dedim shivirlab.

- Himm...

- Barmog`ingni kesganim uchun, kechir senga ozor berishni istamagan edim.

- Hechqisi yo`q... -dedi jilmayib.

So`ng barmog`idagi uzukka zavqlanib qarab qo`ydi.

Uyini oldiga kelganda taksi to`xtadi. Taksisdan biroz kutib turishini so`rab, u bilan mashinadan tushdim.

- Ertagacha yaxshi dam oling, -jilmaydi, - Tushizda meni ko`ring! -dedi.

- Mohiraa... Ertaga biznikidegilar keladi, uydagilaringni ogohlantirib, aytib qo`ygin ho`p?

Biroz uyalib ko`zlarini olib qochdi. Boshini qimirlatib, rozilik ishorasini qildi va uyiga kirib ketdi...

* * * * *

RASM

O`g`ilcham, suyukli jufti halolim va men...

Bizning baxtli onlarimiz tasvirlangan surat qarshisida bir on turib qoldim. Rafiqam qo`lida kastimimni qo`lida ko`targancha ortimda turardi.

- Dadasi! -dedi asta kiyg`azib qo`yishga shaylanib.

- Mana hozir... -dedim kastimimni kiyib. Rafiqamni peshonasidan o`pdim. - Sizlar meni quvonchim... Sizlar meni baxtim...

- Siz esa suyangan tog`imizsiz!

* * * * *

Zinadan tusharkanman, Mohira erini ishga kuzatib, hali ham eshik oldida turardi.

- Salom qo`shni, ho`jayinni ishga kuzatib qo`ydizmi? - u tanimay hayron tikildi. - Men yuqori qavatdagi qo`shniz, yaqinda ko`chib keldim. MAJNUN muallifman...

- Aaaa... Sizmi o`sha MAJNUN?

- Qaysinisini nazarda tutganizni tushunmadim! Ammo shu asar muallifi...

- Eee odam-podam emas ekansiz MAJNUN...

- Nega?

- Qalam qo`lazda bo`lsa, sizdan nima ketdi. ``Asilbek va Mohira to`ydan keyin latarya o`ynab Kaptiva yutib oldi!`` deb yozib qo`ysayz bo`lardi. Qarang ho`jayinim hali ham ishga taksida qatnamoqdalar!

- Eee qo`shni noshukur bo`lmang... Hammasiga asta sekin erishasizlar... Ana o`tgan asardagi Yodgorni qarang hammanarsasi bor, ammo baxtsiz... Sizda esa baxt bor, shukur qiling qo`shni shukur qiling! -deb zinadan asta pastga tusha boshladim...

- Hoy MAJNUN, - u kuldi, - Hazilashdim... Mang soatiz tushib qoldi!

Shundoq qo`limni ushlasam soatim yo`q. Borib soatimni oldim.

- O`zi ``Bu odatini tashladi!`` deb yozib qo`ysam bo`larkan...

U jilmaygancha uyiga kirib ketdi...

Tamom...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar