MUHABBAT JILG`ALARI: O`n uchunchi Palata...
MUHABBAT JILG`ALARI: O`n uchunchi Palata...
O`n uchunchi palata eshigi oldida ko`tarilgan shovqin hammani e`tiborini tortdi.
``Kuyov bo`lmay o`l. Senga gulday qizimni bergandim, umrini hazon qilding!`` Ayol kuyovini ko`ksidan itarar edi. ``Seni hudo ursin - seni hudoga soldim!``
Bosh virach o`rtaga tushmaganda, shallaqi ayol yana qancha bemorlarni oromini buzardi.
- Agar shu ablahni yana qizimni oldida ko`rsam seni sudga beraman...
Ayol bosh virachga pupisa qilib baqirdi.
- Botirjon...!
Virachni bir qarashi yigitga kifoya qildi. O`n uchunch palalata eshiga qayta-qayta qarab qo`ygan yigit, lom-mum demay ortiga qaytdi.
- Sevmay o`l go`rsuhta...
Ortidan nafrat bilan qarab qolgan ayol dung`ulladi...
Oradan bir muncha vaqt o`tib. Hamshiralarni dam olish xonasiga bosh hamshira kirib keldi.
- Matluba opa virach nima dedi?
Shohista sabirsizlik bilan so`radi.
- G`aybarov anavi yigitni palataga qo`ymay turinglar deb aytdi, -Matluba og`ir hursinib stulga o`tirdi. - Ayol degani ham shunchalar beyyuz bo`ladimi-aa?
Og`ir bosiq Matlubani bunchalar alam bilam kuyingani ko`rgan xonadagi 3, 4 ta hamshiralar, tillariga erk berib muhokama qilishni boshlab yuborishdi.
- To`g`ri... Qizi uchun bir tinyn sarf qilmagan onasini aytayotgan gapini qarang opa. Hamma harajatni shu kuyov bolani yelkasida ekan sho`rlik! -dedi kasalik varaqalarini tartibga solayotgan hamshira.
- Qachondan buyon yotadi uni ayoli? -deb so`radi kelganiga uncha ko`p bo`lmagan hamshira.
- Besh oydan oshdi...
- Haa... Bunday bemorlarni davolatishni o`zi bo`ladimi. Dori darmonni narhiyam osonda...
- Mana g`ing-ng demay, topib olib kelyabdi-yu baraka topkur...
- O`tgan kuni quygan dorilarni narxini eshitib kapalagim uchadi... -dedi, o`n uchunchi palatadagi bemorga masul hamshira.
- Ey Dilfuz qo`ysangchi... - bir chekkada turgan. O`rta bo`yli, 35 yoshlardagi. Qiyofasi anchayin jiddiy, hamshira suxbatga qo`shildi. - Boyga jin urarmidi... -dedi zardali ohangda.
- Opa yigit sizdan bizdan ortiq, boy emas, - so`zida davom etdi Dilfuza. - Qaynim shu yigit bilan birga ishlardi. Aytishicha uy-joyi mashinalarini sotganmish. Shuncha mol-mulkini nima uchun soatadi? Albatta ayolini davolatish uchunda...
- Biror aybi bor-ki, majburlikdan qaraydi Dilfuz sodda bo`lmagin singlim...
- Opajon majburlikdan emas... Sevmasa hech bir erkak majburlikdan ham bunchalik g`amho`r bo`la olmaydi. Ayolini hayotga qaytishi gumon bo`lgan bir paytda esa, bilmadim... -dedi Dilfuza bosh chayqab.
- Buni muhabbat deb qo`yishibdi! - dedi lablarini qip qizil qilib bo`yab olgan hali turmushga chiqmagan hamshira qiz suhbatga aralashib.
- Muhabbat insonni har narsaga qodir qilib qo`yadi, - Dilfuza jilmaydi. - Agar ho`jayinim shu yigitdaqa bo`lganida, poyini ko`zimga to`tiyo qilardim...
- Nimasini aytasiz. Meni ham shunday yigit sevganida. Jon deb uni ayoli o`rnida yotgan bo`lardim...
Matluba stol ustiga bir shapati urdi.
- Xurshida nima deyabsan ahmoq qiz? Yaxshi gap ham yomon gapga ham farishta omin deydi. Tavba qildim dee!
Matluba qizlarni hissiyotga berilayotganidan achchiqlandi.
- Senam Dilfuza...
- Ha... Nima bo`lsa menmi aybdor?
- Hadeb g`iybat qilguncha. Borib 11-palatadagi bemoringa qara, isitmasi chiqayotgandi! Senlaram bor, bemorlar uyquga ketmasdan kechki mualajalarini qillaring! - qizlarga buyurdi...
Qizlar Matlubadan hafa bo`lishsada, majburyatlarini bajarish uchun xonadan chiqib ketishdi.
Matluba boshini changallab, asabi buzulganidan boshida og`riq turganini sezdi. O`ziga-o`zi g`azabno ohongda gapirdi.
``Shallaqini qarg`ashini! Shunday kuyovi boriga shukur qilish o`rniga!``
O`zi ham qiz uzatib kuyovli bo`lganiga ko`p bo`lmagani uchun. Kuyovini urgandan battar qilib haydab chiqargan qaynonani qilgan ishi qattiq tasir qilgandi...
Soat yarim tundan oshganida. Shohista xonaga kirdi.
- Matluba opa anovi...
- Ha... Gapir tez-tez chaynalmasdan! -dedi, bosh og`rig`i tufayli asabiylashayotgan Matluba.
- Anavi... Botir aka kelibdi nima qilay?
- Hozir o`zim chiqaman!
* * * * *
Kutish zalida o`tirgan yigit Matlubani ko`rib o`rnidan turdi.
- Salom opa.
- Vaalayku. Uzur uka bizga gap tegib qoladi.
Yigit bo`shashib joyiga o`tirdi.
- Bir ilojini yo`qmi?
Yigit iltijoli ko`zlarini Matlubaga tikdi.
- Mayli... Lekin qizlar aytganda chiqib keting. Qaynonayzni qahriga duchor bo`lmaylik... - yigitni iltimosini rat qilishga vijdoni yo`l bermadi.
Yigit minnaddorona bosh qimirlatib qo`ydida, jufti yotgan o`n uchunchi palata tomon shoshib ketdi.
Matluba yigitni ortidan angrayib qolgan hamshira qiz Shohistani sal turtib qo`ydi.
- Ha opa...
- U yigitni o`z egasi bor...
- Kim ekan egasi?
- O`n uchunchi palatada yotibdi.
- Nega menga buni aytyabsiz?
- Men qizlarni ko`ziga bir qarab, qalbida nima kechayotganini bilib olaman...
- Yo`q unday emas, -dedi Shohista gap nima haqida ketayotganini tushunib.
- Unda qanday?
- Shunchaki... Rafiqasini hayoti uchun kurashayotgan, bu insonga hurmatim kundan kun oshmoqda... -dedi sir boy bermaslik uchun.
- Haqiqiy erkak ayolini ezozlashi kerak. Labzi halol deb shunday yigitlarga aytishadi. Hozurda haqiqiy yigit nomiga loyiqlar kamayib ketyabdi, - Matluba hursindi. - Afsuski bazi vijdonsizlar bu yigitni qadriga yetishmayabdi...
- Qaynonasini aytyabsizmi?
- Ha... - Matluba Shohistani ohista yelkasini siladi. - Anchadan buyon birgamiz. A`qlli hushli qizsan. Qachondur senam turmushga chiqasan. Sabrli, vafodor insonlarga hamma hurmat bilan qaraydi. Senam sabirli bo`lsang, ertami-kechmi senga ham munosib yigit uchraydi. Hozir e`tiboringni ishinga qarat, hissiyotga berilmagin...
- Sizni tushuna olmayabman!
- Juda yaxshi tushunyabsan.. Ko`zlar qalb ko`zgusi. Qancha yashirma baribir ko`zlaring oshkor qilib qo`yadi. Yigitni yoqtirib qolganingni allaqachon fahmlaganman...
- Eeee opa...
- Eee deysan-a! Qani endi bor, qizlarni chaqir. Bemorlardan yana bir xabar olilar. Keyin navbatma-navbat dam olvolilar... -dedi Matluba shogirtini o`zi to`g`ri deb bilgan yo`l bilan to`g`ri yo`lni ko`rsatib.
Bu vaqtda yigit o`n uchunchi palatga kirib bo`lgandi. Palata kichikroq, lekin yorug` va shinam. Bir maromda ishlayotgan aparatning ovozi mudom yangrab turibdi. Kiravatga yaqinlashgan yigit ohista lablarini juftining peshonasiga tekkazdi.
- Salom Dilbar. Ish bilan bo`lib kela olmadim, jonim. -beyhush yotgan yoriga umid bilan boqdi, uning harakatsiz qo`llarini ushlab, yuziga bosdi...
Oradan ikki soatlar vaqt o`tib. Shifoxonada ishlay boshlaganiga uncha ko`p vaqt bo`lmagan xamshira Nilufar dam olish xonasiga kirdi. Stulda o`tirib daftar varoqlayotgan Matlubani cho`chitib yubordi.
- Bir kun, senlar yuragimni tushib qo`yasanlar. Eshikni seknroq ochsang, biror yering kamayib qoladimi?
- Uzur... -deb Matlubaga yaqinroq kelib. - Opa anovi yigitni esi joyidami?
- Tinchlikmi? -havotirlanib o`rnidan qo`zg`oldi Matluba.
- Tog`arachada iliq suv so`ragandi. Birozdan keyin qarasan, xotinini oyoq-qo`lini yuvib, sochlarini tarab, labiga lab bo`yoq surib qo`yibdi!
- Senlar ko`ngildagidek qaramaganlaringdan keyin nima qilsin!
- Men qaramayman-u, u bemorga Dilfuz qaraydi...
- Shu yerdayam san-sala qilasanlar. Qachon a`qllaring kiradi o`zi... - shogirtini tergab. - Dilfuz uyiga ketdimi?
- Allaqachon ketgan...
- Yigit o`tiribdimi?
- Tavba ko`rib yoqqamni ushladim. Bemorni yoniga yotvolib, ``Go`zalimsan!`` deb bir nimalar haqida gapirib yotibdi...
Matluba ko`p bora yigitning bundayin hatti-harakatiga guvoh bo`lgani uchun ajablanmadi.
- Er-xotinni yonma-yon yotishi aybmi?
- Aaaa... Yo`q...!
- Unda nega hayratga tushyabsan? Bilsang ayoliga mehir beryabdi. Qani qolgan bemorlarni yaqinlari ham shunday mehr bilan qarasa. Bizni davolashimizga hojat qolmasdi! -dedi.
Lekin shu topda, bosh virach haqida o`ylab hushi boshidan uchdi. Agar G`aybarov ko`rib qolguday bo`lsa, yigitni kiritgani uchun hayfsan olishi tayin. Devorga ilingan sotga qaradi.
- Kim navbatchilik qilyabdi?
- Shohista...
- O`tir mana-bu yerga...
Matluba Nilufarni o`z-o`rnida qoldirib, o`zi yigitni tezda xonadan chiqarib yuborish uchun shoshildi. O`n uchunchi palata oldiga yaqinlashganda, ichkaridan eshitilayotgan past ovoz qulog`iga chalindi. Dab-durisdan bostirib kirmayin degan o`yda, eshikni qiyalatib ichkariga qaradi. Yigit rafiqasini yoniga yotib olgancha, unga gapirib yotibdi. Matluba quloq tutdi.
...O`shanda seni farishta deb o`ylagan edim. O`ziyat jala chunonan quygandi. Jaladan qochaman deb sirpanib orqaga yig`qilibman. Bir lahzaga hushimni yo`qolibdi. Ko`zimni ochsam tepamda, oppoq kiyimda farishtaday bo`lib turibsan. Haqiqatdan seni farishta deb o`ylabman. Qo`lida zontigiham bor farishtani! -yigit miyg`ida kuldi. - Ajoyib farishta ekan, qo`limdan ushlab o`tirg`ib qo`ydi. Harqalay, shunday o`ylagandim. Sen bo`lsang, zontigingni tashlab boshimdan oqayotgan, qonga rumolchangni boshganding. Men esa sendan ko`zimni uzolmay qolgandim. Jalani kuchliligidan, zontigingni tashlashing bilan, kiyiming bir zumda uvib tanangga chippa yopishib qolgandi. Sen esa, o`zing qolib, meni boshimdan oqayotgan qonni to`xtatish bilan ovara eding. Men esa jiqqa ho`l bo`lgan sochlaringdan oqib tushayotgan har bir tomchini jim kuzatar edim...
Matluba ortiq gap poylashni istamay, eshikni yopdi.
``Nimalar qilmoqchiman! Ahir ayolda hammadanam ko`proq erining haqqi bo`ladi-ku! Olsa ishimni olar. Lekin bu yigitni palatadan chiqarib yubormayman! Hechkimdan qo`rqmayman!``
Matluba ortiga qaytar ekan, yuragida duvyuraklik tuyg`usi uyg`ondi...
Besh oy avval, avto halokat uchragan, turmush qurganiga bir yil to`lgan kelnni og`ir ahvolda olib kelishgandi. O`shanda birinchi bor, bu yigitni ko`rgandi. Zir yugurardi, kasalxonada yo`q dorilarni topib kelardi. Rafiqasiga nima kerak bo`lsa hammasini imkonini topardi. Hatto uch kungacha, tepasida turib, uhlamaganini ko`rgan. Afsuski jiufi komaga tushdi...
Matluba, kutish zaliga yetganida qadami og`irlashdi. Hayolan o`sha kunga qaytdi...
Huddi shu yerda bo`lgandi. To`satdan hovliqib kelgan ayol, baqirib shovqin ko`targandi. Qizini shu ahvolga tushushida, kuyovini aydor qil, unga tarsaki tushurgandi...
Matluba o`sha shallaqi, beyyuz ayolni ko`z oldiga keltirdiyu yuragi orqaga tortib ketdi. Nafasi qisib, havo yetmay qolayotganday bo`ldi...
``Uni qo`lidan keladi!``
Shuncha oydan beri, u ayolni ko`rib bilgani uchun yuragiga qo`rquv oraladi. Yolg`iz ayol, yaqinda katta qizini uzatgan, uni ortidan o`g`lini uylashi, kichik qizini o`qitishi kerak. Agar ishidan ayrilsa nima bo`ladi?
O`ylashni o`zi qo`rqinchli...
Navbatchilik qilayotgan Shohista, Matluba yaqinlashishi bilan o`rnidan qo`zg`oldi.
- Tinchlikmi opa, shashtiz past. Mazayiz yo`qmi rangiz ham oqarib ketgan?
- Qizim ``Asperin`` ber, boshim yorilib ketadi hozir...
Shohista tezda tabletka bilan bir qultum suv berdi.
- Shohista, Dilfuz uyiga ketgandi. Sen o`n uchunchi palatadan, habardor bo`lib tur. G`aybarov ko`runguday bo`lsa, yigitni ogoh qilib qo`yasan. Men biroz o`zimga kelib olay!
- Ho`p bo`ladi... -dedi Shohista.
Matluba o`n uchunchi palatani ishonchli qo`lga topshirib, o`zi xonaga qaytdi. Stulga o`tirar ekan qovoqlari og`irlashib ko`zlarini bir zumga yumdi. Faqat bir on, uning o`ziga shunday tuyildi. Ko`zlarini ochganida tong yorisha boshlagan edi. O`rnidan turib o`n uchunchi palata tomon shoshdi. Shohista qiya ochilgan eshik oldida turardi. Shohistaning butun diqqati e`tiaori xona ichkarisida bo`lgani uchun, Matlubani yaqinlashganini sezmadi ham. Shogirtini, ko`zlaridagi yoshni ko`rib, Matluba ham ichkaridan eshitilayotgan so`zlarga quloq tutdi.
...Jufti halolimsan. Sensiz o`tayotgan har bir kunim manisiz. Bilsang yaratgan egamdan seni menga nasib aylashini tunlari yig`lab so`raganman. Yonimga qaytishing kerak, menga juda keraksan...
Matluba ham, Shohista ham ortlarida kimdur turganini sezib orqalariga o`grilishdi. Qarshilarida bosh virach turardi. Ikkovlari ham gap eshitishga taraddutlanib boshlarini quyi soldilar.
- Yaxshimass Matluba! -virach shivirlab gapirdi.
- Biz haligi...
- Gap poylash yaxshimass...
- Uzur...
- Mualaja qilamiz deb, sekin yotig`i bilan tushuntirib chiqarib yuboringlar. Hademay anovi zakonchi qaynonasi kelib qolishi mumkun! -dedi virach, so`ng yo`lida davom etdi.
Shohista ichiga yutgan nafasini ohista chiqardi. Ko`ksiga qo`lini qo`yib nafasini rosladi.
- Hayryat indamadilar! O`shqirib bersalar kerak deb o`ylagan edim... -qo`rquvini yashirmay.
- G`aybarov qattiqqo`l, baqirib, so`kadi. Ammo u ham inson tushunadi... Lekin uni oldida uyatga qoldik...
Bu vatda palatadan hech qanday ovoz eshitilmay qolgandi. Asta ichkariga kirishdi. Shohista qichqirib yubormaslik uchun lablarini kafti bilan to`sdi. Hursnadligidan o`zini zo`rg`a bosdi. Huddi mo`jizani o`zginasi. Besh oydirki ko`zlarini ochmagan bemor, ko`zida yosh bilan eriga termulib yotardi...
- Shohista virachni chaqir... -dedi Matluba.
Bemorning ko`zini ochishi, yaqinlaridanam ko`proq, shifoxona xodimlarini xursand qildi. Umr yo`ldoshi bo`lgan yigitning, muhabbati, sadoqati, bebaho qalbi uchun ham hursand bo`lishdi...
O`n uchunchi palataga kirgan, har bir hamshira ayolga eri u uchun nimalar qilganini to`lib to`shib aytib berardi...
Lekin ayol erining nimalar, qilgani haqida eshitgani sayin nimadandur azoblanib ezilardi. Bir necha kundan keyin, o`z feli-atvori momilasi bilan hamshiralarni yana xayratga soldi. Hammaga qo`rs momilada bo`ldi. Mualaja olishni, yo`qotgan quvvatini tiklashnini, o`kil-dorilarni qabul qilishni istamasdi. Qabul qilganda ham, otasi yoki onasining qistovi bilan. U faqat yolg`iz qolishni talab qilardi. Bir oy ichida hatto xamshiralarning ham ko`ngillarini sovutib yubordi. Faqatgina Shahista bir necha bor, ayolni yolg`iz qolib yig`laganini ko`rgani uchun, yana uning eriga pinhona ko`ngli bo`lgani, uni hurmati uchun, ayolni qo`rs momilasiga qaramay undan habardor bo`lishga, yordam berishga harakat qilardi...
* * * * *
Erta tong, ayol aravachada, oynadan tashqariga qarab o`tirardi. Ortida turgan virach muloyim ohangda gapirdi.
- Sizni tushunmayabman, qizim! Hamma yaqinlariz oldizda, sizni tuzalib ketishingiz uchun jon koyityabdi. Siz nega davolanishni istamayabsiz?
- Do`ktir tashqariga chiqgim kelyabdi, -aravachani do`ktir tomonga burdi. - Iltimos tashqariga chiqay!
- Mayli bir shart bilan ruhsat beraman, faqat keyin aytilgan mualajalarni olasiz!
- Roziman...
- Nilufar!
- Yo`q... Shohistani chaqiring, mumkun bo`lsa?
* * * * *
Dilbarni iltimosi bilan, Shohista aravachani yetalab shifoxoa orqasidagi kichikroq bog`ga olib chiqdi. Havo toza to`yimli, Dilbar to`yib-to`yib ichiga yutdi. So`ngra qo`llarini ikki yonga keng ochdi...
Shohista Dilbarni toza, havodan zavq olayotganini bir muddat jim kuzatdi.
- Yashash yaxshi-a?
Dilbar javoban, miyg`ida jilmaydi. Ammo ko`zlarida allaqanday istirob ko`rinib turardi.
- Menga suyanishiz mumkun? -dedi Shohista dardini bo`lishar degan o`yda. Dilbar Shohistani qo`lidan ohista ushlab unga ishongani bildirib jilmaydi. Ammo dilidagilarni aytishga shoshilmadi.
- Shohista turishimga yordam bering.
- Yo`q, shoshmang hali quvvatiz tiklangan yo`q!
Dilbar o`z bilganidan qolmay, aravachaning tutquchlariga tayanib oyoqqa turdi. Shohista uni bilaklaridan tutdi.
- Boshingiz aylanmayabdimi?
- Yo`q, hamma joyida!
Dilbar ikki qadam oldinga siljidi.
- O`zizni yomon his qilsayz ayting!
- Hammasi joyida opa!
- Voy nega opa deysiz? Yoshimiz teng-ku!
- Unda dugonam deyman!
Dilbar jilmayar, gaplashgani sayin Shohistaga iliqlik sezardi.
O`z navbatida, Shohista ham bu qaysar ayolni ko`ngliga yo`ltopa olayotganidan, uni labida tabassum ko`rayotganidan xursand edi...
- Shu yerda ekansizlarda?
Biroz nariroqdan, Dilabrni turmush o`rtog`i Botirni ovozi eshitildi.
- Dilbar ho`jayiniz kelishyabdi!
Dilbar erini ko`rib, homush tortib qoldi. Boyagina jilmayayotgan lablarlardan, tabassum ham g`oyib bo`ldi.
- Iltimos joyimga o`tqazib qo`ying!
Shohista Dilbarga asta aravachasiga o`tirib olishiga yordam berdi.
- Assalom a`laykum! -dedi Shohista yigit yaqin kelgbnida. Yigit esa alik olib, rafiqasi tomonga yaqinlashdi. Undan ham salom kutgandi. Ammo rafiqasi bir nuqtaga termulgancha jim o`tiraverdi.
- Salom jonim, ko`rinishing ancha yaxshi! -qo`yniga berkitib olgan birdona gulni uzatdi. - Doyimgidek go`zalsan...
Ayol gulni oldiyu o`zidan nariga uloqtirvordi.
- Gulda nima ayib jonim?
- Sizni yomon ko`raman!
- Bir kun kelolmaganimga shunchami? -dedi. Rafiqasi araz qilyabdi deb ko`ngliga olmay.
- Keting men siz bilan ajrashaman!
- Tushunmadim?
- Nimasini tushunmaysiz? Talog`imni so`rayabman!
- Azizam shuncha sinovlardan o`tdik. Mana ko`rasan hammasi joyiga tushib ketadi...
Yigit engashib xotinini qo`llaridan tutdi.
- Sen ovsar tushunmayabsan shekili. Sen bilan yashash tugul, ko`rishni ham istamayman! -dedi ayol jirkib, qo`llarini tortib oldi.
Bu hurmatsizlikdan yigitni qovog`i solinib, qoshlari tutashdi.
- Avval dadang, ota-onasiz o`sganimni yuzimga solib, nazariga ilmadi. So`ng oying, har gapida yerga urdi. Shundayam g`ururimni chetga surib, hammasiga chidadim. Sevgimiz uchun. Lekin hammasini chegarasi bor. Boshida bunaqa emasding. Senga nima jin urdi bilmayman. Mayli taloq kerak ekan...
- Shaytonga hay bering! -hammasiga guvoh bo`lib turgan, Shohista yigitni to`xtatdi.
- Shohista aralashmang... -dedi Dilbar.
- Iltimos siz ketaqoling, hotiningizni asablari hali joyiga kelmagan! -Shohista o`rtaga tushib, jahil ustida taloq qilib qo`ymasin degan o`yda yigitni tinchlantirishga urundi.
- Mayli ko`rging kelmasa ketaman... -yigit ortiga qaytdi.
Ayoli tomonidan beyhurmat qilingan, yigitni bu ahvolini ko`rib Shohista suyak-suyakigacha zirqirab ketdi. Unga achinganidan ko`zlari namlandi.
- Sen... Sen yuraksiz mahluq ekansan. Seni ardoqlagan insonni, shu qadar ho`rlaysanmi? O`zing kabi qalbing ham mudroq bosgan ekan! - Dilbarga nafratini yashirmay dilidagini tiliga chiqardi. - Ming lanat senga, ming lanat...
Shohista irinchi bor hamshira bo`lganimdan afsuslanib ketdi.
Dilbar esa huddi maqtov eshitgandek jilmaydi. Qo`lini asta Shohista tomon uzotdi.
- Dugonajon... Siz farishtasiz, ha ha siz farishtasiz... -Dilbar huddi telbadek ko`zlarini Shohistaga tikdi. Yuziga qayg`u soya soldi, ko`zida yosh miltiradi, - Huddi Botir akamday farishtasiz... Judayam bir-birizga munosibsiz...
Bunday so`zlarni Dilbardan kutmagan Shohista biroz jahildan tushdi.
- Eriz o`zizga buyursin...
- Erim farishta... Ha u farishta! -Dilbar birdam Shohirtaga termuldiyu, yig`lab yuzlarini kaftlari ortiga yashirdi, - Men esa iblisman... Tushunyabsizmi dugonajon men iblisman... Iblis!!!
- Bo`ldi tinchlaning Dilbar, tinchlanging! Siz iblis emassiz siz...
Dilbar yanada telbano qiyofa kirdi.
- Siz nimani ham bilardingiz? Kechalari bola
so`rab Xudoga nola kishini ko`rganmisiz?
- Ha...
- Hotini farzand ko`rishni istamaydi. Buni bilgan eri esa hotini uchun farzand so`rab yig`lagan insonni ko`rganmisiz?
Shohisa yo`q deganday bosh qimirlatdi.
- Yo`q ko`rmagansiz. Men ikki bor homilamni oldirganman. Erimga esa bolam tushib qolgani aytganman. Ustidan kulib yolg`ondan yeg`laganman. U esa menga
qo`shilib ezilib, yuragi ado bo`lardi bechora!
Aybi nima deysizmi? Aybi mendek mahluqni sevgani. Aslida esa men uni sevmaganman. Bir badbaht ayol edim. Chimildiqqa hiyonat qilganmanman, erimni aldaganman, u faqat men nomimni oqlab olishim uchunina kerak edi! -Shohista hayratdan yoqasini usladi. Dilbar esa ko`zyoshlari tinmay, ezilib yig`lay boshladi, - Menga g`amho`rlik qilardi, ustimni butlardi, ehtiyojlarimni qondirardi. Men esa sevgisiga javoban uni aldab kelganman. Hayot ayshi ishratdan iborat deb bilganman. Men bir olloh qahriga uchragan mahluqman. O`sha kuni mashinada jazmanim bilan birga edim... -dedi Dilbar avto halokatga uchragan kunini nazarda tutib.
Shohista esa hali hanuz, joyida yog`ochday qotib turardi. Na achinishini, na nafratlanishini bilmasdi. Aytishga tiliga bir so`z kelmasdi. Dilbar orada biroz yig`lab, o`pkasini bosib oldi va yana so`zida davom etdi.
- Yashagim kelmayabdi, yuragim qattiq