tungi.ru

[Zulmat ostonasidagi muhabbat] 4-qism. Davomini davomi..:D

- Hozir, - dedim uni tinchlantirish uchun. Lekin javob berishdan oldin barmoqlarimni qayiraverib sindirib tashlay dedim.

- Ochiq-oydin körinib turgan narsadan tashqari... Bilasanmi, ba'zida... - yana tutildim. - Aniq aytolmayman, chunki men birovlarning fikrini öqish xususiyatiga ega emasman... - nimalar deganimni özim ham tushunmadim, lekin ancha yengil tortdim.

- Juda sezgir ekansan! - töng'illadi u. Demak, adashmabman. Könglim og'ridi. - Lekin qattiq yanglishding! Ochiq-oydin körinib turgan, deganda nimani nazarda tutding? - uning közlari jahl bilan qisildi.

- Menga yaxshilab qara! - talab qildim, shundoq ham menga tikilib turgan Edvarddan. - Mening... e'tiborga loyiq hech nimam yöq. Faqat noqulay vaziyatlarga tushib qolishim, ölgudek epsiz va qöpolligimni hisobga olmaganda. Endi özinga qara! - U özining qanchalik jozibadorliligini bilmasligiga ishonmayman!

Edvard avval qovog'ini uydi, keyin kuldi.

- Bilasanmi, sen öz qadringni bilmaysan. Kamchiliklaringga öralashib qolgansan. Esingda yöqmi birinchi marta maktabga kelganingda hamma senga mahliyo bölgandi! - istar-istamas jilmaydi u.

- Bölishi mumkinmas... - kutilmagan bu gapga nima deyishni bilmay töng'illadim.

- Özing öylagandek husning örtacha emas, gapimga ishonishing mumkin!

Quvonchdan qizardim va:

- Lekin men harholda sendan qutilishga harakat qilmayapman, - dedim.

- Bu ham sening boshqalarga öxshamasligingni yana bir bor tasdiqlaydi! Mening kimligimni bila turib... - mahzun jilmaydi u. - Sening hayotingni xavfga qöymaslik uchun har narsaga tayyorman!

Keyin g'amginligi qayoqqadir yöqolib yana jilmaydi:

- Afsuski, sening xavfsizligingni ta'minlash uchun doim yoningda bölishimga tög'ri keladi!

- Bugun hech kim jonimga qasd qilishga urinmadi, - dedim men suhbat oqimi özgarganidan quvonib. Ayriliq haqida boshqa gapirgim kelmasdi. Agar ayrilishga tög'ri kelsa ham uni yonimda tutib turish uchun darrov biror xatarli narsa öylab toparman. Lekin bu shart emas, chunki u hozircha qarshimda menga tikilib ötiribdi. Yaxshiyamki, fikrimni öqiy olmaydi.

- Hozircha, - dedi u quruqqina qilib.

- Tög'ri hozircha tinchlik, - qöshildim. Har qadamda meni xavf-xatar kutib turibdi deb öylay qolsin.

- Yana bitta savolim bor, - dedi u. Ovozidan ancha özini bosib olgani bilinib turardi.

- Eshitaman.

- Sietlga borishing shartmi? Yoki bu oshiqlardan qutulish uchun bahona edimi?

Savoli yoqmadi.

- Unutma, Tayler uchun seni hali kechirganim yöq. Seni aybing bilan u bitiruv oqshomiga birga boramiz deb yuribdi.

- U mensiz ham seni taklif qilish uchun bahona topardi. Faqat rad javobini olgandagi yuzini körgim kelgandi, - qiqirladi u yosh bolaga öxshab. - Menga ham rad javobini bergan bölarmiding?

- Yöq, shekilli... Lekin baribir raqs tusholmayman, balki oyog'im og'riyapti deb bahona qilarmidim.

- Nega? - rostakamiga hayron böldi u.

- Sen meni sportzalda körmagansan- da, bölmasa tushunarding, - xörsindim.

- Yurgan yölingda töqnashib, yiqilib yurishingni aytyapsanmi?

- Aynan shuni.

- Bu muammo emas. Men raqsda yaxshi sherikman! - e'tiroz bildirmoqchi edim og'zimni ochgani qöymadi. - Savolimga javob bermading, rostdan ham Sietlga borishing shartmi balki, boshqa ish bilan band bölarmiz?

U biz deb gapirganda har narsaga tayyor edim.

- Har qanday taklifni qabul qilaman, faqat... Yaxshisi mening pikapimda boraylik.

- Nega endi?

- Chunki dadamga yolg'iz boraman deganman. Agar mashinamni tashlab ketsam, sababini aytishimga tög'ri keladi. Bundan tashqari, sen juda tez haydaysan.

- Mendan qörqishingga yagona sabab mening tez haydashimmi? - közlarini katta-katta qildi u.

Men javob bermadim.Demak kelishdik, pikapimda boramiz, - gapimni ötqazishga urindim.

- Nega dadangga tög'risini - men bilan aylanmoqchiligingni aytib qöya qolmaysan? - sinovchan tikildi.

- Hali aytadigan payt kelar. Xösh, qayerga boramiz?

- Dam olish kuni havo ochiq böladi, demak men quyoshdan berkinishim kerak. Xohlasang men bilan yur. - U tanlash huquqini yana özimga qoldirdi.

- Quyosh nurlari senga qanday ta'sir qilishini köramanmi? - dedim uni yaqinroqdan bilish imkoniyati uchun quvonib.

- Ha. Agar men bilan yolg'iz qolishni istamasang ham... iltimos Sietlga borma. Shunday katta shaharda seni qanday xavf-xatarlar kutishini öylashga ham qörqaman.

- Men yashagan Finiks Sietldan katta edi...

- Menimcha, - gapimni böldi u. - Finiksda hali xavf-xatarni özingga ohangrabodek tortmagansan, demak bu xususiyating Shimoliy hududda kuchaygan.

U gapirayaptiyu, men közlariga mahliyo böldim, könglimdagini tilimga chiqardim:

- Sen bilan yolg'iz qolishdan qörqmayman!

- Bilaman, - xörsindi Edvard. - Lekin dadangga ochig'ini aytishing kerak.

- Nega endi?

- Seni qaytarib olib kelishimga jiddiy sabab bölishi uchun.

Uning ovozidan ichimga titroq kirdi.

- Tavakkal qila qolaman, - dedim ovozim xotirjam chiqishiga urinib.

Edvard bosh chayqab ögirildi.

- Kel, boshqa narsalar haqida gaplashaylik, - taklif qildim gapni burish uchun. Keyin gapni nimadan boshlashni bilmay, atrofga alangladim. Közlarim menga sergak qarab turgan Elisning közlari bilan töqnashdi. Qolganlari esa Edvarddan köz uzmay turishardi. Tezda közimni olib qochdim.

- Qaysi jonivorlarni ma'qul körasan? - miyamga kelgan birinchi savolni berdim. U menga öqrayib qaradi keyin:

- Puma, - dedi qisqa qilib.

- Tushunarli, - asabiylashyotganimni sezdirmaslik uchun pitsaga yopishdim. - Hozir ov mavsumi emas, qölga tushmaysizlarmi?

Bu savolim unga ahmoqa tuyuldi shekilli, kulib yubordi.

- Miltiq bilan ov qilish taqiqlanadi, biz esa... Ehtiyot bölishga tög'ri keladi albatta, shubha uyg'otmaslik uchun. Biz yovvoyi hayvonlar köp joyda ov qilamiz. Ba'zida yuz mil uzoqqa ketishimizga tög'ri keladi. U xuddi zoologiya fanidan doklad qilayotgandek gapirardi.

- Tög'ri dedim - ma'qullab va yana pitsa tishladim.

- Emmett bahorda ov qilishni yaxshi köradi. Uyqudagi ayiqlar uyg'ongan böladi öshanda...

- Tög'ri, uyg'ongan hayvonlar yaxshiroqda, - yana ma'qulladim nima deyayotganimni bilmay. U menga könglini ochayotganidan xursand bölsam-da, qörquv g'alaba qila boshladi.

Edvard kulib yubordi.

- Tög'risini ayt, ov haqida tasavvurin bormi özi?

- Tasavvur qilishga harakat qilyapman, lekin bölmayapti. Miltiq bilan ov qilsanglar kerak-da.

- Qurolimiz yöq, - dedi u va durdek terilgan tishlarini körsatib jilmaydi. Yuragim tovonimga tushib ketgandek böldi. Qörqa-pisa Emmitga tikildim. Bu gal uning baquvvatligi chiroyli emas, aksincha xatarlidek körindi. Uning ayiqlarga hamla qilishini öylab seskanib ketdim. Kimni kuzatayotganimni körib Edvard jilmaydi.

- Sen ham ayiqqa öxshaysanmi? - yasama xotirjamlik bilan söradim.

- Yöq, yovvoyi mushukka! Har qalay shunday deyishadi. Ta'bimiz bejizga emas shekilli.

- Ehtimol. Menga shuni körsatmoqchimisan?

- Yöq, albatta! - Edvardning közlari g'azabdan chaqnab ketdi. - Sen köradigan narsamas u. Seni qörqitish niyatim bölganda bugun özim bilan olib ketardim.

- Unda nega jaxling chiqib ketdi?

Chaqnab turgan közlar bir daqiqacha meni burovga olib turdi, keyin kutilmaganda örnidan turib: - Keyin gaplashamiz, kechikyapmiz, - dedi. Atrofga qarab, oshxona böshab qolganidan hayron böldim. Edvard bilan birga bölsam vaqt tushunchasi meni butkul tark etadi. Men ham shoshib örnimdan turdim.

- Keyin bölsa, keyinda, - dedim, unutishimdan umid qilma, degan ma'noda.Sinfxonaga yonma-yon kirib kelganimizda barchaning og'zi ochilib qoldi. E'tibor markazida bölsam röy beradigan xodisa yana takrorlandi, ya'ni oyoqlarim chalishib qoqilib ketdim. Meni tirsagi bilan tutib qolgan Edvard Bella, dedi xorg'in. U endi özini mendan olib qochmas, bir-birimizga turtina-turtina partaga borib ötirdik. Ortimizdan g'ildirakli metall stulni surgancha janob Banner kirib keldi. Stulda eskigina televizor va videomagnitofon bor edi. Janob Bannerning ishiga puxtaligiga tan bermay iloj yöq. Butun sinf kino körish xabarini eshitib tantana qildi. Biologiya fanidan navbatdagi mavzu genetika bölgani uchun "Lorenso yog'i" filmini körishimiz kerak edi. Bu leksiya eshitgandan köra yaxshiroq albatta. Sinfga qorong'ulik chökkach, yonginamda ötirgan Edvarddan meni öziga tortadigan kuchli enargiya taralayotganini his qildim. Öz-özidan uning qölidan ushlagim kelardi. Uyalganimdan qizarib, shoshib qöllarimni köksimga chalishtirib oldim. Aqldan ozyapman shekilli. Ekranda yozuvlar paydo bölgach, sinf bir oz yorishdi, köz qirim bilan Edvardga qaradim. Kulgim keldi, chunki u ham xuddi menga öxshab qöllarini chalishtirib, köz qiri bilan qarab turardi. Közlarimiz töqnashgach, g'amgin jilmaydi. Ötkir nigohi qorong'uda ham yuragimgacha yetib borib ichimga öt soldi.

Nafas olishdan töxtab qolmaslik uchun shoshib teskari ögirildim.

Filmning sönggi körinay demasdi. Dars tugaguncha igna ustida ötirgandek ötirdim. Dars tugagach, yengil tin olib qimirlamay ötiraverganimdan qotib qolgan qöllarimni ishqaladim. Uzoq chözilgan darsdan keyin Edvard meni jismoniy tarbiya darsiga kuzatib qöydi. U bilan xayrlashaman deb ögirilganimda yuzidagi horg'inlik va chidab bölmas g'ussani körib könglim tölib ketdi. Uning bag'riga boshimni qöyib ovutish istagidan özimni zörg'a töxtatdim. U ikkilanib qölini kötardi va barmoqlarining uchi bilan yuzimni siladi. Barmoqlari taftidan issig'im oshib ketgandek böldi. Shundan keyin bir og'iz ham gapirmay, ögirilib ketvordi. Jismoniy tarbiyada besönaqayligim uchun öqituvchidan dakki eshitdim, menga uloqtirilgan voleybol töpini tutib qololmaganim sabab töp tög'ri peshanamga undan keyin meni himoya qilayotgan Maykning yelkasiga borib tegdi. Meni hijolatga qöymaslikka harakat qilishsada, sinfdoshlarimning yonida uyatdan yerga kirib ketay dedim. Darsdan keyin Mayk menga ergashdi:

- Xö-ö-ö-sh? - dedi u ma'noli jilmayib.

- Nima xösh?

- Bella plyus Edvardmi?

- Seni nima ishing bor? - dedim Jessikaning og'zida gap turmasligidan kayfiyatim buzilib.

- Bu menga yoqmayapti.

- Senga yoqishi shartmas!

- U senga xuddi yeb qöygudek qaraydi... - Shunday deya u kulib yubordi. Javob örniga jahl bilan kiyinish xonasiga kirib ketdim. Kiyina turib oyoqlarim titrab ketdi. Bu döstim bilan urishib qolganimdan emasdi, albatta. Boshqa tashvishlarim ham köp edi. Qiziq Edvard meni olib ketgani sportzalga kelarmikan yoki uni avtotöxtash joyida kutsammi? Balki meni mashinasiz kelganimni unutgandir. Hozir hovlida uning qarindoshlariga duch kelsam-chi? Ularning sirlaridan xabardorligimni bilisharmikan? Agar bilishsa endi özimni qanday tutishim kerak? Shu xayollarda tashqariga chiqib endi uyga piyoda ketmoqchi bölib turgandim. Salom, degan qadrdon tovush eshitildi. U devorga suyangancha meni kutib turardi. Xavotirlarim tumandek tarqadi.

- Jismoniy tarbiya darsi qanday ötdi? - dedi u yelkam osha orqaga qarab.

Ortimdan Mayk kelayotgandi.

- Yaxshi. Nega sörayapsan? - dedim uning jahli chiqayotganidan chöchib.

- Mayk Nyuton asabimga tegyapti.

- Yana gap poyladingmi?

- Peshanang og'rimayaptimi? - g'amxörlik bilan söradi u.

- Sen sira özgarmaysan! - dedim mashinasi tomon yurib, u meni olib borib qöyish niyati bor-yöqligiga qiziqmadim ham.

U tezda menga yetib oldi, keyin "özing jismoniy tarbiya darsida meni körmagansan, deganding-ku, shunga qiziqdim", deb özini oqladi.

Baribir hafa böldim. Kallenlarning mashinasi oldida tödalanib turgan yigitlarni körib qotib qoldim. Yigitlar qizil kabrioletni hayajon bilan chuvillashib tomosha qilishardi. Ular yonginasidan istehzoli jilmaygancha ötib mashinasiga ötirgan Edvardni sezmay qolishdi. Men ham uning ortidan bordim. U Rozalining mashinasi ishqibozlarini turtib yubormaslik uchun "volvo" mashinasini sekingina olib chiqdi.

- Haliyam mendan hafamisan? - söradi yosh boladek közlarini pirpiratib.

- Sen nima deb öylaganding?

- Agar kechirim sörasam kechirasanmi?

- Balki... agar boshqa meni poylamaslikka va'da bersang, kechirarman.

Uning közlari ayyorona jilmaydi.

- Mayli kechirishing uchun sayohatga sening pikapingda borishga roziman, - yon bergan böldi.

Yaxshilab öylab körib:

- Roziman, - dedim.

- Unda chin dildan kechirim sörayman, - uning közlarida bir zum samimiy pushaymonlik aks etdi, keyin yana shöx jilvalandi:

- Shanba kuni ertalab ostonangda bölaman

- Dadamga begona "volvo" mashinasi eshigim tagida turganini qanday tushuntiraman?

- Kim aytdi meni mashinada keladi deb?

- Unda qanday... - deb boshlagandim u gapimni böldi.

- Xavotir olma, ostonangda hech qanaqa mashina bölmaydi.

- Yaxshi, unda ertalab uzilib qolgan gapimizga qaytamizmi?

- Mayli. Hali ham bizning ov qilishimizni tomosha qilish istagidan qaytmadingmi? Qörqmaysanmi?

- Yöq, - dedim özimni tutib. - Bu juda qörqinchlimi?

- Juda.

- Nega?

Edvard chuqur xörsindi.

- Ov qilayotganimizda, - dedi iloji boricha bosiqlik bilan gapirishga harakat qilib. - Aqlga emas, tug'ma sezgiga böysunamiz. Agar shunday paytda sening hidingni sezib qolsam... - u bosh chayqadi. Men özimni bosishga urindim.

Edvard hamon menga qarab turardi.

- Bella, uyingga kelding, - buyurdi u közini osmonga tikib. Bu gap tugadi degani edi. Istamaygina mashinadan tushdim. Arazlab ortimga ögirilmaslikka qaror qilib ketayotganimda mashina oynasi ochilgani eshitildi.

- Bella, - chaqirdi Edvard xotirjam ovozda. U oynadan boshini chiqarib jilmayib turardi.

- Ertaga mening navbatim.

- Tushunmadim, nimani aytyapsan?

- Savol berish navbati meniki, - shunday deya mashinani tezlik bilan örnidan jildirdi.

Tunda yana tushimga Edvard kiribdi. Tuni bilan ag'anab chiqdim. Uyquga töymaganim uchun ertalab asabiylashib nonushta tayyorladim -Shanba kuni Sietlga borish fikridan qaytmadingmi? - söradi dadam asabiylashayotganimni tushunmay.

- Yöq.

- Bazmga ulgurasanmi?

- Dada men raqs tushmayman

- Hahotki, hech kim taklif qilmagan bölsa? - kayfiyati tushib söradi dadam.

- Bahorgi bazmga qizlar taklif qiladi! - tinchlantirdim uni.

Rostdanmi, degancha dadam öylanib qoldi. Unga achinib ketdim. Ota bölish oson emas shekilli. Doim qizing ertaga boshqa oilaga ketishini yoki aksincha uni hech kim yoqtirmasligi mumkinligini öylab siqilishingga tög'ri keladi... Shörlik dadam hozircha kimni yaxshi körishimni bilmay turgani ma'qul. Dadamni ishga kuzata solib deraza yoniga yugurdim. Kumushrang "volvo" mashinasi ostonamizda turardi. Men unga peshvoz yugurarkanman munosabatlarimizning oxiri nima bilan tugashini öylardim. Abadiy bölganida edi...

Edvard meni mashinada kutib turar eshikni yopganimda ham menga qaramadi.

- Xayrli kun, yaxshimisan? - söradi u meni lazer nuridek ötkir nigohi bilan tekshiruvdan ötkazib bölgach.

U yonimda böladi-yu kun xayrli bölmaydimi.

- Charchaganga öxshaysan.

- Yaxshi uxlay olmadim, - dedim salqigan qovoqlarimni yashirish uchun yuzimni sochlarim bilan tösib.

- Men ham, - dedi u masxara qilgandek.

- Tunda uxlamay nima qilding? - söradim men ham ösha ohangda.

- E, yöq, bugun savol berish navbati meniki, - dedi u közlarini shöx öynatib.

- Mayli nimalarni bilmoqchisan?

- Qaysi rangni yaxshi körasan? - dedi xuddi jiddiy narsa sörayotgandek.

Hayron qarab turganimni körib, senga tegishli hamma narsa men uchun qiziq dedi va shunday keyin qanday disklarni eshitishim, qanaqa kitoblar öqishim, qaysi janrdagi filmlar yoqishi, qanday shaharlarga borishni istashim... Xullas, söramagan narsasi qolmadi.

Umrimda özim haqimda shunchalik köp gapirmagandim. Hayotim zerikarli tuyilishidan ham uyalib ham qörqib javob berardim. Uning oxiri körinmaydigan, katta qiziqish bilan berayotgan savollari meni javob berishga undardi. U oddiy narsalarni sörar, faqat ba'zi savollargina meni qizarishga majbur etardi. Darslar orasida ham ruhiy testini davom ettirdi. Edvarddan alohida ötiradigan darslarda shunaqa zerikdimki, qöng'iroq chalinishi bilan unga peshvoz yugurdim. U ham meni körib quvonchdan közlari porlaganda quvonchdan yuragim hapqirib ketardi. Maktabdan qaytishda Finiksda yashagan oxirgi yillarim haqida batafsil surishtirdi. Kitoblarga töla kichkina xonamni ta'riflab bölganimdan keyin Edvard köngli tölgandek yengil tin oldi va boshqa savol bermadi.

- Tugatdingmi? - dedim kulib.

- Yöq. Dadang ishdan qaytadigan payt böldi.

Qarasam, uyga allaqachon yetib kelibmiz.

- Dadam?! - qichqirib yubordim, dadam borligi esimga tushib. Qorayib borayotgan osmonga qarab:

- Soat nechchi böldi? - dedim shoshib.

- Qosh qorayib qoldi, zulmat bostirib kelyapti, - shivirladi Edvard osmondan köz uzmay. Uning xayollari allaqayerlarda uchib yurardi. Keyin keskin menga ögirildi va:

- Sutkaning eng yaxshi, eng xotirjam pallasi... Köngilga ma'yuslik soladi, chunki kun tugab, tun kirib kelayotganini bildiradi. Zulmat sirli tuyulmaydimi senga?

- Tun ajoyib, - e'tiroz bildirdim. - Kunduzi yulduzlarni körib bölarmidi?

Edvard kuldi.

- Dadang kelishiga kam vaqt qoldi. Ertangi rejalaringni aytasanmi unga?

- Bilmadim. Demak ertaga savol berish navbati menikimi?

- Yöq. Hali tugatmadim deb ogohlantirdim-ku.

- Yana nimani söraysan, hammasini bilib olding-ku, - hayron böldim.

- Ertaga bilasan, - shunday deya men tomondagi eshikni ochish uchun engashdi, lekin ochmadi. Qöllari köksimning yonida turganini his qilib yuragim qattiq urib ketdi.

- Shu yetmay turuvdi, - töng'illadi u kutilmaganda.

- Nima böldi? - qörqib ketdim.

- Navbatdagi mushkulot! - tund javob berdi u va tezda özini orqaga tashladi.

Sharros yog'ayotgan yomg'ir orasidan allaqanday qora mashina bizdan sal narida töxtaganini kördim va sakrab mashinadan tushdim. Qanchalik harakat qilmay yomg'ir quyuqligidan mashina rulidagi odamni köra olmadim. Chiroqlar yorug'ida Edvardning mashinasi shinalarini chiyillatib közdan yöqoldi. U hatto, xayrlashish uchun ham ögirilmadi.

- Salom, Bella! - tanish ovoz eshitildi.

- Jeykob? - hayratimni yashira olmadim. Ularning orqasidan dadamning mashinasi ham yetib keldi.

Qora avtomobil rulida Jeykob ötirardi. Uning tabassumi qora tunni yoritib yuborgandek böldi. Yonida esa dadasi Billi. "Navbatdagi mushkulot" deganda Edvard nimani nazarda tutganini tushundim. "Mushkulot" menga xavotir aralash tikilib turardi. Nahotki, Billi amaki Edvard Kallenni tanigan bölsa? Menga teshib yuborgudek tikilib turishiga qaraganda tanigani aniq.Dadam eski qadrdonini körib quvonchdan qiyqirib yubordi. Jeykobga esa:

- Seni rulda körmadim deb hisoblaymiz, - deb hazillashdi.

- Bizning xududda 14 yoshdan mashina boshqarish huquqi beriladi, - xozirjavoblik qildi Jeykob. Ular ikkovlashib Billi amakini mashinadan olib nogironlar aravachasiga ötkizishdi. Billi menga qattiq tikilib ahvollaring yaxshimi, deb söradi.

- Kelganlaring yaxshi böldi-da, - dadam qadrdonini körganidan rostakam quvonib ketgandi.

- Ha, Jeykob Bellani körishga oshiqib holi jonimga qöymadi.

Jeykob qizarib ketdi.

Men esa ösha kuni suv böyida uni boshini aylantirganimdan afsuslandim. Ular ovqatlanib keldik deb, dasturxon tuzatgani qöyishmadi. Dadamga yegulik tayyorlash uchun oshxonaga ötganimda Jeykob ortimdan ergashdi.

U xol-ahvol söragan böldida, keyin nega pikapni haydamayapsan, deb söradi.

- Faqat bugun haydamadim. Sinfdoshim obkelib qöydi.

- Rosa uchirib haydarkan sinfdoshing. Kim u, tanimadim. Lekin dadam uni tanirkan.

- Jeykob menga likopchalarni uzatib yubor. - Gapni burmoqchi bölib ish buyurdim.

U baribir gapidan qolmadi:

- Xösh, kim edi u yigit?

- Edvard Kallen, - dedim men jahlimni bosolmay közlariga tik qarab.

Jeykob avvaliga kulib yubordi keyin mening jiddiy qarab turganimni körib jim böldi.

- Unda tushunarli, - dedi u. - Özim ham dadam nega özgarib qoldi deb öyladim-a!

- Albatta-da! Axir dadang Kallenlarni yomon köradi-ku!

- Qöysang-chi, bu irim-sirimlarni, - g'ijinib tishining orasidan töng'illadi u.

- Irim-sirimlarini dadam bilan bölishmaydi deb umid qilaman, - dedim özimni qölga olib.

- Aytmasa kerak. Ötgan gal kelganimizda dadang Kallenning kasalxonasida davolanmaganimiz uchun bizni urishgan. Hozir yana shu mavzuda gap ochishmasa kerak. Endi yarashishyapti özi.

- Tushunarli, - dedim bir oz xavotirim tarqab va buterburodlarni berish maqsadida mehmonxonaga chiqdim. Ikki qulog'im ularda, agar Billi amaki Edvarddan gap ochsa, uni himoya qilishga shay turibman. Ikki döst anchagina gaplashib ötirishdi. Beysbol tugagach, ketishga tayyorlanishdi.

- Mehmondorchilik uchun rahmat, Charli, - dedi Billi amaki

O‘xshash hikoyalar