[Zulmat ostonasidagi muhabbat] 4-qism. Davomini davomi..:D (2-bet)
- dedi Billi amaki ög'li bilan dadam uni aravachadan mashinaga olishayotgan paytda. Keyin menga ögirilib: - Ehtiyot böl, Bella! - dedi jiddiy.
- Xöp, albatta, - dedim dadamning e'tiborini tortmaslik uchun shivirlab. Ularni kuzatib xonamga kötarilayotganimda dadam chaqirib qoldi.
Qörqib ketdim, nahotki Billi amaki shipshitib ulgurgan bölsa.
- Bugun gaplasha olmadik, kuning yaxshi ötdimi? - dedi mehribonlik bilan.
- Yomonmas, - dedim dadamga mehrim toblanib. Keyin maktabdagi mayda-chuydalardan gapirdim. Fizkultura darsida Maykni urib yuborganimni ham aytdim.
- Ha, Mayk Nyutonmi? Yaxshi bola. Oilasi ham yaxshi. Uni raqsga taklif etsang bölmaydimi?
- Dada! - dedim jahlim chiqib. - Mayk dugonam Jessikaning yigiti! Qolaversa, men raqs tushishni bilmayman!
- Tög'ri, tög'ri... - hijolat böldi dadam. - Shanba kuni Sietlga ketadigan bölsang, men döstlarim bilan baliq oviga bormoqchi edim... Agar uyda qoladigan bölsang, men ham hech qayerga bormayman! Shundoq ham doim yolg'izsan... - töng'illadi dadam özini aybdor hisoblab.
- Dada, doim bandligingizni tushunaman, - iloji boricha jilmaydim. - Qolaversa, men yolg'izlikni yaxshi köraman. Shu tarafdan sizga öxshasam kerak!
Dadam mamnun jilmaydi.
Bu kecha tinch uxladim, tushlar bezovta qilmadi.
Ertalab dimog'imda qöshiq xirgoyi qilgancha maktabga tayyorgarlik kördim. Dadam mening xushkayfiyatimni körib jilmayib qöydi. Dadamning ishga ketishini poylab turibman... Baribir Edvard mendan chaqqonlik qildi. U hovlida mashina oynalarini ochib, meni kutib turardi.
Bu gal ancha ishonch bilan mashinasiga ötirdim. U meni jilmayib qarshi olganda könglim tog'dek kötarildi. Osmondagi farishtalar ham unchalik chiroyli bölmasa kerak.
- Yaxshi yotib turdingmi? - qiziqdi u g'amxörlik bilan.
- Yaxshi, özing-chi?
- Yomonmas, - dedi u latifa eshitgandek kulib.
- Bir narsa sörasam maylimi?
- Yöq, bugun hali ham mening galim.
Bu safar u mening qarindoshlarimni surishtirdi. Asosan oyimni. Uning qiziqishlari, döstlari. Keyin buvim, döstlarim, ayniqsa tanish yigitlar haqida söragani yoqmadi. Yaxshi hamki yigitim bölmagan ekan.
Edvard xuddi dugonalarim kabi gapimga ishonmadi.
- Demak orzuingdagi yigitni hali uchratmabsan-da!
- Finiksda uchratmagandim, - istamaygina tan oldim.
Edvard lablarini qimtib kuldi.
- Yana nimalarni bilmoqchisan? Hayotim qiziq voqealarga boy bölmasa.
- Men uchun senga tegishli hamma narsa qiziq, - samimiy javob qildi u. - Aytgandek bugun rulga özing ötirishing kerak.
- Nega? - bu xabar meni larzaga soldi, xayolim ming köchaga kirib chiqdi.
- Tushlikdan keyin Elis bilan ketishim kerak.
- Tushunarli, mayli, özim piyoda yetib olaman.
Edvardning qovog'i uyuldi.
- Yöq. Yolg'iz piyoda ketmaysan. Biz pikapingni avtotöxtash joyiga qöyib ketamiz.Kalitni olmaganman, shoshib e'tiroz bildirdim. - Qöyaver men sayr qilishni yaxshi köraman.
U qarshilik bildirib bosh silkidi.
- Pikap shu yerda kaliti bilan böladi.
- Mayli, - dedim chorasiz. Eslashimcha, kalit ikki kun oldin kiygan jinsi shimimning chöntagida qolib ketgandi. Jinsi esa kir yuvadigan mashinada edi. Edvard uyga kira olsa ham shimimni topa olmaydi.
U fikrimni öqigandek istehzoli jilmaydi.
- Ertaga men bilan sayrga borishga majbur emassan, xohlasang fikringni özgartirishing mumkin, - dedi u umid bilan.
- Yöq, özgartirmayman!
- Mayli özing bilasan, - dedi u öychan.
- Ertaga soat nechada uchrashamiz?
- Bilmadim. Shanba bölgani uchun balki bir oz dam olarsan?
- Yöq, - dedim shoshib.
- Unda har kungi vaqtda uchrashamiz
Dadang uyda böladimi?
- Yöq, döstlari bilan baliq oviga ketadi.
- Agar ertaga uyga qaytib kelmasang... Dadang nima xayolga boradi?
- Bilmadim... Ertaga kir yuvaman degandim, balki kir yuvadigan mashinaga tushib ketibdi deb öylar...
Edvard menga qattiq tikildi.
- Kim bilan ketmoqchisan bugun? - söradim uning noxush xayollarini haydash uchun.
- Elis bilan. Faqat u meni tushunadi.
- Qolganlarchi? - söradim uyalinqirab. - Ular qanaqa?
- Ular shubhakor!
Men Edvardning qarindoshlariga tezgina köz tashlab oldim va men ularga yoqmayman, dedim. Bu kundek ravshan edi.
- Gap undamas. Ular nega seni tinch qöymayotganimni tushunishmayapti.
- Men ham shuni tushunmayman!
- Bu faqat özim uchun xavfli emas. Chunki munosabatlarimiz ochiqcha, hech kimdan yashirmayapmiz. Ertaga bir gap bölsa... Qarindoshlarimni ham fosh qilgan bölaman, seni ham... - u ortiq gapira olmay yuzlarini qöli bilan berkitib oldi.
Uning dardiga malham bölishni, ovitishni istardim-u lekin buning uchun nima qilishni bilmasdim. Uning yelkasiga chözilgan qölim havoda qoldi. Chunki bu ishim bilan unga battar azob bergan bölaman.
- Kechir, - dedim mavridi bölmasa ham.
- Nega? - dedi u dard töla közlarini menga tikarkan.
- Seni baxtsiz qilayotganim uchun.
- Bella, - dedi u holsizlanib. - Gapingda mantiq qani?
- Ketadigan payting bölmadimi? - dedim ehtiyotkorlik bilan. Shu payt kutilmaganda Edvardning yonimda paydo bölgan örmon parisini körib sapchib tushdim. Novdadek nozik, mohir raqqosdek nazokat bilan harakatlanadigan Elis ukasiga tikilib turardi.
- Elis, - dedi Edvard mendan köz uzmay. - Bu Bella, dedi labida istehzo öynab.
- Salom, Bella, - uning nigohi hech nimani ifodalamasada, tabassumi döstona edi. - Nihoyat sen bilan tanishganimdan xursandman.
- Salom - dedim tortinib.
- Tayyormisan? - söradi u ukasidan.
- Hozir. Meni mashinada kutib tur.
Qiz qanday nazokat bilan paydo bölgan bölsa, öshanday nazokat bilan közdan yöqoldi. Uning ortidan havas bilan termildim.
- Iltimos, men yög'imda ehtiyot böl, - xörsindi Edvard.
- Harakat qilaman.
Unga qöshilib örnimdan turdim.
- Ertaga uchrashamizmi?
- Uchrashamiz. Sen uchun bu uzoq muddatmi?
Men xomush bosh silkidim.
- Ertalab kelaman, - va'da berdi u keyin engashib yuzimni siladi va tezda ögirilib chiqib ketdi. Qaytib ortiga ögirilmadi. Darslarga sira kirgim kelmadi. Lekin hozir ketsam sinfdagilar meni Edvard bilan ketgan deb öylashadi. Ikkalamiz ham ertangi kun biz uchun hal qiluvchiligini bilib turardik. Munosabatlarimiz pichoq damida turgandek davom eta olmaydi. Ertaga hammasi oydinlashadi. Mening taqdirim Edvardning qölida edi. Bu qarorga özim keldim va oxirigacha borishga tayyorman. Men uchun Edvarddan ayrilishdan köra dahshatliroq narsaning özi yöq. Edvard Kallensiz baribir yashay olmayman!.. Darslar odatdagidek ötdi. Jismoniy tarbiya darsida Mayk bilan yarashib oldim. U Sietlga yaxshi borib kelishimni tiladi. Unga hech qayerga bormasligimni, pikapim buzilganini aytishga majbur böldim.
- Demak Kallen bilan raqs tusharkansanda? - töng'illadi Mayk.
- Yöq, bazmga bormayman. Uyda ishlarim köp.
- Edvard yordamini taklif qilgandir, - dedi u zaharxandalik bilan.
- Afsuski, Edvard bu gal menga yordam berolmaydi. Chunki dam olish kunlari qayergadir ketarkan, - dedim xotirjamlik bilan.
- Mayli özing bilasan, raqsga kelganingda yaxshi bölardi, zerikmasding.
U bilan hayrlashib avtotöxtash joyiga shoshildim, u yerda pikapim turganiga ishongim kelmasdi. Adashibman! Pikapim ertalab "volvo" mashinasi turgan joyda turardi!
Ishonqiramay oynasidan möralasam kalit ham joyida! Örindiqda esa bir varaq qog'oyga "Ehtiyot böl" deb yozilgan xat.
Motori guvillaydigan mashinamda uyimga yetib kelib birinchi örinda kir yuvadigan mashina tomon yugurdim. Kimdir kelib narsalarni titkilaganga öxshamasdi. Kalitni qanday topdi ekan? Bu orada qöng'iroq qilgan dugonam Jessikani ham Sietlga bormasligimni aytib ogohlantirdim. Uning diydiyosini oxirigacha eshitmay göshakni qöydim. Ovqat mahali dadamni ham ogohlantirdim. Dam olish fikridan qaytmoqchi bölgan dadamni amallab köndirdim.
Keyin kirlarimni yuvishga tushdim. Ertangi kunni besabrlik bilan kutayotgan bölsamda, yuragimda qörquv ham bor edi. Özimga özim allaqachon qaror qabul qilganman, orqaga yöl yöq deb eslatib turishimga tög'ri keldi. Uning ikki og'iz xatidan xikmat qidirgandek qayta-qayta öqidim. U meni asrab- avaylashga urinayotganidan boshim kökka yetdi. Qolaversa, men uchun boshqa yöl ham yöq. Usiz hayot hayotmi? Axir Edvard hayotim mazmuni-ku! Ertangi ku og'ir bölishini bilib uyqu dori ichdim. Bölmasa asabim tob berishi mumkin. Dori tezda öz ta'sirini ötkazdi. Uyqudan tiniqib uyg'onsamda, asabiyligim tarqamagandi. Derazadan qarasam, dadam allaqachon ketib bölgan, kun yorisha boshlagandi.
Shunchalik shoshib nonushta qildimki, kiyinib yuvinib zinadan tushayotganimda eshik taqilladi. Hovliqib eshikmi lang ochganimda, ostonada u turardi! Hayajonim qayoqqadir yöqolib, butun tanamni xotirjamlik egalladi. Kechagi xavotirlarim bekor ekan.
Jiddiy turgan Edvard mening kayfiyatimni payqab kulib yubordi.
- Salom.
- Biror gap böldimi, nega kulyapsan? - dedim shoshib ust-boshimga alanglarkanman. Biror kiyimimni kiyish esimdan chiqmadimikan?
- Ikkalamiz bir xilmiz, - dedi u kiyimlariga ishora qilib. Endi e'tibor beribman, ikkalamiz ham och jigarrang sviter va jinsi kiyib olgandik.
Kelishib olganimizdek pikapim ruliga men ötirdim, u esa yonimdagi örindiqqa joylashdi.
- Qayerga hayday?
- Oldin tasmalarni taqib ol, bölmasa qörqaman.
- Kulma, pikapim, "volvo" mashinangning bobosi tengi! Hech bölmasa yoshini hurmat qil, - dedim yolg'ondan qovog'imni uyub. - Xösh, qaysi tomonga yuray?
- Bir yuz birinchi shossega.
Muhabbat bilan chaqnab turgan közlar kuzatib turganda diqqatni jamlash qiyin ekan. Tezlikni iloji boricha oshirib tong yorishmasdan shahar tashqarisiga chiqdik. Ikki chekkasi örmon bölgan shosse oxirigacha borgach, Edvard öngga qayrilishni buyurdi.
- Keyin-chi? - hayron böldim men.
- Keyin piyoda ketamiz. Söqmoq yöl bor.
- Nega? - chöchib tushdim.
- E'tirozing bormi? Qörqma, bor yög'i 5 mil. Vaqtimiz köp, yuraveramiz-da.
Besh mil deydiya, bemalol. Qoya toshlar bilan qoplangan örmon yölidan besh mil piyoda yurishning özi böladimi? Yiqilib bir falokatni orttirishim aniq.
- Nimalarni öylayapsan? - qiziqdi u.
- Qayerga borayotganimizni tasavvur qilishga urinyapman.
- Quyosh porlab turganda men borishni yoqtiradigan joyga!
Men hayratlanib unga qaradim.
- Dadangga aytdingmi qayerga ketayotganingni? - dedi u beparvo.
- Yöq.
- Jessikagachi. U bizni birgalikda Sietlga ketgan deb öylayaptimi?
- Yöq, unga fikrimdan qaytdim dedim.
- Demak men bilanligingni hech kim bilmaydi, - g'ashimga tegish uchun ovoziga vahimali tus berdi.
- Menimcha sen Elisga aytgan bölsang kerak.
- Tushunganing uchun rahmat.
- Özing aytding-ku, bizni birga körishsa muammolar chiqishi mumkin deb.
- Demak, seni hammadan ham men duch kelishim mumkin bölgan muammolar bezovta qilyapti, shundaymi? - chaqib oldi u.
Men ha, degandek bosh silkib qöydim.
U tishining orasidan nimadir deb töng'illadi, xayolim yölda bölgani uchun eshitmadim. Yölning qolganida sözsiz ketdik.
Mana yölkörsatkichlar ham tugadi. Yöl oxirida mashinani töxtatgach, tushdik.
Edvard mendan oldin tushib, sviterini yechdi va quyuq örmonga qarab turib qoldi.
- Bu tomonga yuramiz, - dedi bir ozdan keyin.
- Söqmoq yöldanmi?
- Men yöl tugagach söqmoq boshlanadi dedim, biz undan yuqamiz demadim.
- Unda qayerdan yuramiz? - tushunmadim.
- Men bilan yöqolib qolmaysan, qörqma, - dedi u mayna qilgandek, keyin men tomonga ögirildi. Sviterini yechib olgan, köylagining yoqasi ochiq, xuddi chiroyli yönilgan haykaldek qotib turardi. Tilim aylanmay qoldi. Shunday chiroyli yigit meniki bölishi mumkinmi? Orzu qilishga ham haqqim yöq!
U mening qotib qolganimni özicha tushunib söradi:
- Uyingga qaytging kelyaptimi?
- Yöq, - dedim men va unga yaqinlashdim. - Men chaqqon emasman, sekin yurishimga chidashingga tög'ri keladi.
- Sabr qilishga harakat qilaman, - jilmaydi u kayfiyatimni kötarish uchun. - Qörqma, uyinga qaytarib oborib qöyaman. - U meni qörquvdan ölyapti deb öyladi shekilli. Yaxshi hamki fikrlarimni öqiy olmaydi.
- Agar quyosh botguncha bu chakalakzorda besh mil bosmoqchi bölsang, shoshilishimiz kerak, - dedim men va yölga tushdim.
Yöl men öylaganchalik yomon emas ekan. Edvard qölimdan tutgancha önqir-chönqir yöllar, daraxt shox-shabbalari oralab yurib ketdik. Men unga qaramaslikka harakat qilardim, uning chiroyli yuziga közim tushsa, yiqilib tushaverdim. U har zamonda savol berar, paydar-pay javoblarimdan kulganda kulgusi örmonda aks sado berib, qöng'iroqdek jaranglardi. Örmon yöli xuddi labirintga öxshardi. Bir necha soat yurganimizdan keyin quyuq örmonga quyosh nurlari tusha boshladi.
- Yetib keldikmi? - söradim hansirab.
- Oz qoldi. Yaproqlar orasidan tushayotgan nurni köryapsanmi?
Men qanchalik köz tikmay hech nima körinmadi.
- Sening közing uchun emas, - deb ming'irlagancha yana qölimdan sudradi. Birmuncha muddatdan keyin rostdan ham nur tolalari tushib turgan yalanglik körindi. Örmonga tushayotgan nur ham yaproqlardek yam-yashil edi.
Nurga talpinib borarkanmiz öz-özidan kayfiyatim kötarilib borardi.
Nihoyat daraxtlar tugab, paporotniklar orasida dunyodagi eng chiroyli yalanglik yastanib yotganini kördim. Turfa rangli gullar ifori va allaqayerdan eshitilayotgan buloqning shivirlashi kishini öziga sehrlardi. Quyosh esa baland- balandlardan yalanglikni yoritib turardi. Dala gullari, öt-ölanlar va ularda aks etib turli nurda jilvalanayotgan quyosh nuriga sehrlangandek qarab qoldim.
Taassurotlarimni aytaman deb tölqinlanib Edvardga ögirildim, lekin u yonimda yöq edi. Qörqib alangladim. U örmon yalangligi chekkasida paporotniklar panasida turardi. Shundagina quyosh nuri butunlay xotiramdan öchirib yuborgan narsani esladim. Bir söz demay quyoshdan panada turgan Edvard tomon yura boshladim. Hozir örtamizdagi sir yana bittaga kamayadi. Uning közlarida ikkilanish sezildi.
Keyin xayollarini yig'ib chuqur nafas oldi-da, nurdan közlari qamashib yalanglikka qadam qöydi...Quyoshning yorqin nurida Edvard har doimgidan ham boshqacha körindi. Unga qancha tikilsam ham köz uza olmasdim, uning rangi yanada oqarib, xuddi olmos zarralari sepilgandek yarqirardi. U yalanglikda quyoshga toblanib yotar, köylagining ochiq tugmalaridan mushakdor kökragi va bilaklari nur sochib turardi. Lavanda rangidagi qovoqlari nim yopilgan, nazarimda qarshimda insonlarga noma'lum toshdan yasalgan, marmardek silliq, billurdek yaltiroq haykal turardi. Oqarib ketgan lablari bilinar-bilinmas titrardi. Sekingina otini aytib chaqirdim, u esa qöshiq aytyapman dedi. Quyosh taftida isinish qanchalik maroqli! Men ham uning yoniga, ötloqqa jon deb chözilgan bölardim. Lekin tizzamni quchoqlagancha sekin chökkaladim, undan köz uzib bölmasdi. Hozirgina közimni quvontirgan gulzor Edvardning husni oldida öz tarovatini yöqotdi. Qörqa-pisa unga qölimni chözdim va bitta barmog'im bilan olmosdek yarqirab turgan qölini silab kördim.
Qöli xuddi toshdek sovuq va silliq edi. U qimir etmay mayin nigohi bilan meni kuzatib turardi. Lablari tabassumga tayyorlangandek chimirildi:
- Qörqitib yubormadimmi?
- Har doimgidan ortiq emas, - dedim va yaqinroq surilib barmog'imni bilaklari böylab yurita boshladim. Qölim titrayotganini sezib turganini bilardim.
- Qarshi emasmisan?
- Yöq, albatta.
Sekin kaftini ögirmoqchi bölgandim kuchim yetmadi. U mening istagimni sezib kaftini ögirdi. Lekin shunchalik tez ögirdiki, qörqanimdan qotib qoldim.
- Kechir, - shivirladi u. - Yoningda özimni haddan ortiq tabiiy tutaman...
Qöllarim bilan öynab turganimga chidash uchun unga qancha sabr-bardosh kerak böldi ekan... Men uning qölini har tomonga aylantirib quyosh nurida tovlanishini tomosha qilardim. Keyin közimga yaqinroq olib borib, terisiga rostdan ham olmos sepilmaganmi deb tekshirib kördim.
- Nimalarni öylayapsan? Birovning fikrini eshitmaslik juda g'alati...
- Hammaning xayolini öqish, odamlar sen haqingda nima deb öylashlarini bilish yaxshi bölsa kerak.
- Bu har doim ham yoqavermaydi, - ovozida afsus sezildi. - Savolimga javob bermadingmi?
- Bugungi kun sira tugamasligini istayapman.
- Yana-chi?
- Bugungi qörquvim qaytarilmasligini istayapman.
- Qörqishingni sira xohlamayman! - töng'illadi Edvard. Afsuski, u menga qörqishga hojat yöq deb ayta olmaydi.
- Unchalik qörqmayapmanu lekin xavotirim bor.
Qöliga tayanib turgan Edvard kutilmaganda chaqmoq tezligida örnidan turdi. Nazarimda yunon xudosi qarshimda turardi. Men özimni chetga olishim kerakligini bilardim, lekin tillarang közlar asirligidan qutila olmadim.
- Unda nimadan qörqasan? - shivirladi u.
Javob bera olmadim. Undan taralayotgan ifordan boshim aylanardi. Bu bola meni devona qiladi! Özimni qölga olish uchun boshimni quyi solib chuqur-chuqur nafas ola boshladim.
U qölini siltab tortib olib nari ketdi. Men özimga kelguncha u quyuq örmon orasida turardi. Közlari qorayib, menga sinchkovlik bilan tikilib turishidan butun tanamni qörquv va umidsizlik egalladi. Hozirgina bilaklarini silab turgan qöllarimni qayoqqa yashirishni bilmay esankiradim.
- Kechir meni, - dedim shivirlab u gapimni eshitib turganiga shubham yöq edi.
- Qimirlama! - buyurdi u va men harakatsiz qotdim. Bir umrga chözilgandek tuyilgan ön soniyadan keyin u sekin-asta yalanglikka qaytdi va mendan bir metr nariga chökkaladi keyin xörsinib jilmaydi.
- Yöq, Bella, sen meni kechir. Afsuski, senga men ham oddiy odamman deb ayta olmayman.
Uning hazili g'ashimga tegdi
. Qonim qaynab borardi, kun hisobidan birinchi marta özimni yomon his qildim. Buni sezdi shekilli, tabassumi istehzoga aylandi.
- Men dunyodagi eng mukammal, benuqson, yirtqichman! Tushunarlimi? Mening ovozim, harakatlarim, hidim, barcha-barchasi seni öziga tortadi. Menga shu kerak deb öylaysanmi?! - kutilmaganda sapchib turgan Edvard yashin tezligida közdan yöqoldi va xuddi shunday tezlik bilan yana qarag'ay tagida paydo böldi.
- Seni tuzog'imga ilintirish men uchun muammomi? Husnim bölmaganda ham niyatimga yetgan bölardim! - u shunday deya na'ra tortdi va qoraqarag'ayning yög'on shoxini qarsillatib sindirib oldida yonidagi daraxtga shunday kuch bilan uloqtirdiki, shörlik daraxt anchagacha tebranib qoldi. Keyin shamol tezligida qarshimda paydo böldi.
- Menga qarshilik qilishga kuching yetarmidi?
Qörquvdan qotib qoldim. Oldin Edvard asl qiyofasini sira körsatmagandi. Yirtqich, haqiqiy yirtqich! Lekin juda chiroyli! Yuzi oppoq, közlari chaqnab turibdi. Men özimni kölvor ilonga sehrlanib tikilib qolgan ojiz qushchadek his qilardim. Jonimni berishga ham tayyor bölganim chaqnoq közlar bir zumdan keyin söndi. Chiroyli yuziga g'am chökdi...
- Qörqma! - shivirladi Edvard. Ilgari ovozi sira bu qadar maftunkor bölmagandi. - Senga ziyon yetkazmayman, Xudo haqqi söz beraman!
Nazarimda u mendan köra özini ishontirardi.
- Qörqma, - takrorladi u va yonginamga ötloqqa holsiz chökka tushdi. Mana nihoyat yuzlarimiz bir-biriga Iltimos, kechir, - dedi jiddiy va g'amgin jilmaydi. - Özimni nazorat qilish qölimdan keladi! Lekin hozir meni g'aflatda qoldirding. Bundan keyin özimni yaxshi tutishga söz beraman...
U mendan javob kutayotganini bilib tursamda, lekin tilim aylanmasdi.
- Bugun hech nima yegim ham ichgim ham kelmayapti, - hazillashib köz qisdi u. Shundan keyin men kulib yubordim, lekin kulgim jazavaga tushgan odamnikidek achchiq chiqdi. U qöllarimdan tutdi. Uning közlari mehr va afsus bilan tikilganda bu tubsiz dengizdek közlarga chökib ketgim keldi.
- Xösh, nima haqida gaplashayotgandik, - dedi u jilmayib.
- Eslolmayman, - tög'risini aytdim.
- Ha, nimadan qörqishing... Ya'ni ma'lum bölgan narsadan tashqari... nimadan xavotir olayotganing haqida.
- Shunaqa shekilli.
- Xösh, nimadan qörqasan?
Men javob örniga boshimni egdim.
- Kördingmi, jahlimni chiqarish qanchalik oson, - ovozidan öziga bölgan ishonch qaytganini tushundim. Shuncha yildan buyon hammaning nima öylayotganligini bilib yurgan, endi esa men uchrab turibman. Unga ham qiyin.
- Men boshqa narsadan... Ya'ni birga böla olmasligimizni öylasam qörqib ketaman... Bu dunyoda hamma narsadan ham sen bilan birga bölishni istayotganimdan qörqaman... - dilimdagini tan olish oson bölmadi.
- Tög'ri, - dedi u. - Bundan qörqish kerak. Men bilan birga bölish sendek nozik-nihol qizga xos ish emas...
- Tög'ri. Balki seni unutishga urinib körarman.
- Senga jon deb yordam bergan bölardim, - Edvard samimiy gapirardi. - Munosabatlarimizni allaqachon tugatganimizda yaxshi bölardi. Endi ketish qölimdan kelarmikan?
- Ketishingni