tungi.ru

[Zulmat ostonasidagi muhabbat] 4-qism. Davomini davomi..:D (5-bet)

Dadangga hammassini batafsil aytishimiz shartmas. Faqat uyingga kelib turishimni qandaydir izohlashim kerak-ku. Politsiya shefi meni uyidan quvishini istamayman...

- Rostdan ham mehmonga kelib turmoqchimisan?

- Joningga tekkuncha, - jiddiy javob berdi Edvard.

- Doim yonimda bölishingni istayman.

U menga yaqinlashib bag'riga bosdi. Nimalar haqida öylayotganini yuzidan bila olmadim. Közlarimga uzoq tikilib turgach, oxiri söradi: - Ovqatlanib böldingmi? Unda darrov kiyinib chiq, seni shu yerda kutib turaman.

Men xöp degancha xonamga yugurdim. Nima kiysam ekan? Vampirlar oilasi bilan uchrashganda kiyiladigan liboslar haqida yöriqnoma bölmasa kerak. Uzun yubka va töq kök rangli bluzkamni kiyib pastga shoshildim. Zinadan tusha turib söradim:

- Rulga kim ötiradi?

- Shu ham savol böldimi? Albatta, men!

- Tayyorman, böladimi?

U meni qölimdan tutib özidan nari surib tomosha qildi keyin esa bag'riga bosdi.

- Har doimgidek xato qilding... Kishini havasini keltiradigan bölib kiyinish odobdanmi?Qaysi ma'noda havasini keltiradigan? - söradim ehtiyotkorlik bilan. - Kiyimimni almashtiraymi?

Edvard xörsinib bosh chayqadi:

- Jinnivoy, - dedi u peshonamdan öpib. - Senga kök rang juda yarasharkan...

- Yölga chiqamizmi?

- Sen vampirlar bilan uchrashishdan emas, balki ularga yoqmaslikdan xavotir olyapsanmi?

- Xuddi shunday!

- Ajoyib qizsanda! - dedi u va eshikni ochdi.

- Bir odatingni tashlaganingda, odam emasligingni unutardim.

- Qaysi odatimni?

- Yashin tezligida harakatlanishingni.

- Doim toshbaqadek sudrala olmayman-ku. Odam emasligimni unutmaganing yaxshi!

Men uning marmardan yönib yasalgandek chiroyli yuziga, yirtqichnikidek egiluvchan va tarang tanasiga qarab unata olmasligimni tushundim. Forksning markaziy köchasiga chiqar ekanmiz, Kallenlar qayerda yashashini bilmasligimni tushundim. Shaharning shimoliy tomonida borgan sari uylar kamayib, keyin butkul yöqoldi. Pikap quyuq örmon yoqalab borarkan, asfaltlangan yöl ham tugadi. Edvard paporotniklar orasidan zörga közga tashlanadigan örmon yölagidan bemalol haydardi. Bir necha mil quyuq örmon ichidan yurganimizdan söng keng yalanglik chiqdi... Qalin daraxtzor orasida baland, oynavand uy viqor bilan qad rostlab turardi. Negadir ularning uyini boshqacha tasavvur qilgandim. Uy juda hashamatli, öziga xos uslubda va qadimiy edi. Atrofda birorta ham mashina körinmas, lekin buloqning shirin shildiragani eshitilardi.

- Voy-bu!

- Yoqdimi?

- Qoyil!

Anqayib turganimda sekingina sochimdan tortdi va "tayyormisan", deb söradi.

- Albatta yöq, lekin ketdik...

- Jasur dengiz mushugi!

Men jilmayishga harakat qildim, lekin öxshamadi.

Og'ir eshik ochilganda rostakamiga og'zim ochilib qoldi. Dahliz vampirlarning mash'um makoniga sira öxshamasdi - keng, yorug', shinam! Kiraverishda katta xoll. Örtada ikkinchi qavatga olib chiqadigan zinapoya, oynadan esa quyuq daraxtlar va sharqirab oqayotgan daryo körinib turardi. Qoyil, didlasiga tasanno! Pollardagi yumshoq gilamlar, chiroyli bezatilgan devorlar barchasi bir-biriga uyg'un edi. Chap tomondagi royal oldida Edvardning ota-onasi bizni kutib turishardi.

Doktor Kallen bilan oldin uchrashganmiz. Yonidagi Esmi bölsa kerak. U ham barcha Kallenlar kabi chiroyli edi. Xuddi tovushsiz kinodagi aktrisalarga öxshardi. Ular did bilan tanlangan qimmatbaho kiyimlarda mag'rur tabassum qilib turishardi.

4-qism tugadi

O‘xshash hikoyalar