tungi.ru

[Zulmat ostonasidagi muhabbat] 4-qism. Davomini davomi..:D (3-bet)

Ketishingni istamayman!

- Shuning uchun ham ketishim kerak. Xavotir olma, men öta xudbinman. Bugungi kunni ham uzoq kutdim.

- Xursandman.

- Bekor qilasan. - Men uning tez özgaruvchan kayfiyatini ilg'ashga ulgura olmasdim.

- Men faqat sen bilan bölishni istayman, shuni unutma! Boshqalardan köra sen uchun xavfliroq ekanimni ham unutma, - dedi u uzoq-uzoqlarga tikilarkan.

- Nega unaqa deyapsan tushunmadim, - söradim bir oz sukutdan söng.

U menga ögirilib jilmaydi. Kayfiyati yana özgardi.

- Seni qörqitib yubormasdan tushuntirishga urinaman. - U öychan qöllarimdan tutdi. - Issiq taft qanchalik yaxshi-ya, - xörsindi.

- Bilasanmi, hammaning ta'bi har xil. Kimgadir shokoladli muzqaymoq yoqsa, boshqaga qulupnaylisi yoqadi... Uzr, taqqoslashga taom mavzusidan boshqa narsa topa olmadim.

Men jilmaydim.

- Xuddi shunday hid sezishda ham. Agar ichuvchi odamni pivo idishi turgan xonaga qamab qöysang, u albatta pivoni ichib qöyadi. Agar u istasa yoki irodasi kuchli bölsa, ichmasligi mumkin edi. Endi ösha ichuvchining yoniga brendi yoki konyak qöyishsa-chi. Nima qiladi?

Biz bir-birimizning fikrimizni öqimoqchidek qattiq tikilib qoldik.

- Yana tög'ri öxshatish chiqmadi. Ichuvchini giyohvandga almashtiramiz.

- Men sen uchun giyohvand moddamanmi?

- Ha. Men sevgan turisan.

- Tez-tez shunday bölib turadimi?

U javob izlagandek daraxtlar tepasiga qaradi.

- Bu haqda akalarim bilan ham gaplashdim. Keri uchun hamma bir xil. U oilamizning yangi a'zosi bölgani uchun bizning qoidalarga moslashishi qiyin kechyapti. U ta'm va hidni farqiga bormaydi hali... - keyin birdan jim bölib qoldi va kechir dedi.

- Hechqisi yöq gapiraver. Iltimos meni qörqitish yoki xafa qilishni öylamay tushuntiraver. Men hammasini bilmoqchiman. Tushunishga harakat qilaman. Qanday tög'ri deb hisoblasang, shunday gapiraver.

- Sen jasur qizsan, -zavqlanib tikildi u.

- Hecham jasur emasman. Juda qörqoqman. Agar jasur bölganimda sendan nariroq yurardim.

U xörsinib yana osmonga tikildi.

- Keri avval kimnidir yaxshi körganini eslolmaydi. Shu sabab meni senga intilishimni tushunmaydi. Emmetning esa tajribasi bor. Meni darrov tushundi. Akam ikki marta shunaqa tuyg'uga duch kelgan.Sen-chi?

- Hech qachon! - Nazarimda Edvardning javobi örmonda aks-sado bergandek böldi.

- Emmett öshanda nima qilgan? - qiziqdim.

Söramasam bölarkan. Edvardning yuzi tundlashib, qöllari musht bölib tugildi. Javob kutmasam ham bölardi.

- Tushundim...

U menga xorg'in va dardli nigoh tashladi.

- Eng irodalilarning ham kichik kamchiliklari böladi...

- Sen-chi, sen hozir nimani kutyapsan? Roziligimnimi?! - istamasamda, ovozim keskin chiqdi. Unga ochiq gapirish oson kechmayotgandi. - Demak hech qanday umid yöq. - Öz ajalimni shunchalik xotirjam muhokama qilayotganimga hayron böldim.

- Yöq, yöq! - qichqirib yubordi Edvard. - Albatta, umid bor! Men hech qachon... Bizda hammasi boshqacha- ku. Emmett uchun u ayollar butunlay begona bölgan, qolaversa, bu voqea ancha yillar oldin bölgan, unda hozirgidek tajribali va ehtiyotkor bölmagan...

- Demak biz qorong'u ovloq yölda uchrashganimizda... - gapimni tugatishga yuragim dov bermadi.

- Ösha kuni hammaning yonida senga tashlanib qolishdan özimni zörg'a tiyganman... - u yana közini olib qochdi. Yonimdan ötganingda Karlayl biz uchun yillar davomida yaratgan qoidalarni buzishga ham tayyor edim! - U menga tikildi, nimalar haqida öylayotganini bilib turardim.

- Öshanda meni jinni deb öylagandirsan?

- Hech nimani tushunmaganman. Bir qarashdayoq odamdan shunchalik nafratlanish mumkinmi deb öylagandim.

- Mening nazarimda esa sen meni yöq qilish uchun dözaxdan chiqqan iblisdek eding. Sendan taralayotgan hid meni aqldan ozdirgan. Dars davomida seni darsdan qanday olib chiqib ketishga bahonalar qidirdim. Lekin mening sabrsizligim oilamga zarar yetkazishini öylab özimni bosdim. Seni maktabdan olib chiqib ketish qölimdan kelardi.

- Bunga ishonchim komil.

- Keyin sen bilan ötirmaslik uchun darslar jadvalini özgartirishga harakat qildim. Lekin sen ham qabulxonaga kelding.

Ötmishimni köz oldimdan ötkazib qörqib ketdim.

- Lekin men chidadim. Yölingni poylamaslik va izingdan bormaslik uchun özimda qayerdan kuch tnpganimni bilmayman. Sovuq havo xayollarimni joyiga keltirdi. Akalarimga aytgim kelmay tög'ri dadamning kasalxonasiga yöl oldim va hoziroq bu yerlardan ketaman dedim. Dadamning benzinga töla mashinasini oldim. Uyga ham kirgim kelmadi, chunki oyim albatta töxtatib qolgan bölardi. Ertasiga ertalab Alyaskada edim. Ikki kun eski tanishlarnikida yurdim, lekin uyni juda sog'indim. Onam va boshqa qarindoshlarimni xafa qilgim kelmasdi. Tog'ning toza xavosi sening hiding va xotiralarimni öchirib tashladi. Keyin qochib yurish ahmoqlik degan qarorga keldim. Oldin ham bir-ikki marta könglim sust ketgan, lekin men böy bermaganman. Oddiygina qizaloq qadrdon joyimdan quvg'in bölishga majbur etayotganiga indamay turamanmi, dedim... Maktabga qaytishdan oldin bir necha kun ov qildim. Özimni senga xuddi boshqalardek muomala qila olaman deb ishontirdim. Afsuski, özimga ortiqcha baho berib yuboribman... Eng yomoni meni fikringni öqiy olmasdim. Shundan keyin boshqalarning miyasini titkilab senga tegishli ma'lumotlarni qidirishga tög'ri keldi. Jessika yengil öylaydigan qiz uning fikrlarini titkilash yoqimsiz. Qolaversa, sen doim ham döstlaringga könglingni ochmasding.

Men birinchi kungi uchrashuvimizni tezroq unutishingni istardim, shu sabab özim gap boshladim. Lekin sen bilan gaplashish men öylagandan köra qiziqarliroq edi. Sochlaringning ifori esa... Keyin köz öngimda seni furgon urib ketishiga oz qoldi. Seni qutqarib tög'ri qilganman. Agar mashina urib qoning tökilganda... men özimni tutaolmasdim va oilamiz siri oshkor bölardi. Bular haqida albatta keyin öyladim. Taylerning furgoni boshqaruvni yöqotib sen tomon bostirib borayotganda "yöq, u ölmasin" degan fikr xayolimdan ötgandi, - iqror qiyin kechayotganidan u közlarini yumib oldi. Men esa qörqish örniga yengil tortdim. Qanchalik qiyin bölmasin u jonimga qasd qilmoqchi bölganini ham tan oldi-ku.

- Keyin ikkalamiz ham kasalxonaga tushdik, - eslatdim men.

- Öshanda yomon qörqqandim. Chunki mas'uliyatsizlik bilan oilamni xavfga qöydim. Keyin Rozali, Emmett va Keri bilan urishib qoldim. Chunki ular sendan qutulishning hozir ayni payti deyishgandi... Qattiq tortishdik. Faqat dadam va Elis meni tushunishdi. Onam esa bilganingni qil, faqat uydan ketib qolmasang bölgani dedi.Ertasi kuni döstlaringning fikrini titkilab meni sotmaganingni bildim. Ishongim kelmasdi. Shundan keyin sendan uzoqroq yurishga qaror qildim, chunki hadeb tavakkal qila olmasdim. Lekin sochlaringdan taralayotgan hid har kuni jonimga azob berardi. Xuddi birinchi kundagidek... - tillarang közlar mehr bilan termuldi. - Oxir oqibat, - davom etdi Edvard. - Birinchi uchrashgan paytimizda niyatimga yetishim, hozir, menga hech kim xalaqit bera olmaydigan örmonda senga ozor bergandan kör yaxshiroq edi...

- Nega? - dedim yaproqdek titrab.

- Izabella, - u hazillashib sochlarimni tözitdi. Uning barmoqlaridan tanamga titroq kirdi. - Bella, senga ozor bersam, yashay olmayman! Senga ozor berishni tasavvur qilsam ham özimni qöyishga joy topa olmay qolishimni bilmaysan-da, - Edvard xijolat bölib közini olib qochdi. - Közlaringni körmasam, shirin sözlaringni eshitmasam, unda yashab nima qildim? Bu dunyoda men uchun sendan qadrliroq hech kim yöq! Shu paytgacha ham bundan keyin ham...

Közim tinib ketdi. Mavzu mening halokatimdan izhorga ötgandi. Edvard mendan javob kutardi, men esa qörqanimdan qöllarimni ishqalardim:

- Mening tuyg'ularim esa senga ma'lum. Nima desam ekan... men sensiz yashagandan köra ölimni afzal köraman. Bu telbalik ekanini bilaman...

- Sen rostdan ham telbasan! - kuldi u. - Demak, sher beozor qözichoqni sevib qolibdi-da, - jilmaydi Edvard.

- Ahmoq qözichoq... - xörsindim men.

- Sher ham ahmoq ekan, - davom ettirdi Edvard va ikkalamiz ham kulib yubordik.

- Nega... - boshladimu gapimni davob ettira olmadim.

- Nima nega? - jilmaydi Edvard.

- Nega ilgari mendan özingni olib qocharding, tushuntir.

- Negaligini tushunmadingmi? - tabassum söndi.

- Shunchaki nimani notög'ri qilganimni bilmoqchiman. Bundan keyin nima qilishim mumkinu, nima mumkinmasligini bilib qöymoqchiman.

- Bella, senga hech e'tirozim yöq.

- Baribir, senga oson bölsin deb yordam bermoqchiman.

- Unda... ikkilanib gap boshladi u. - Menga juda yaqin turganingda qiynalaman...

Odamlar ichki tuyg'u bilan sezib bizdan uzoqroq bölishga harakat qilishadi. Sen yaqin turganingda taralayotgan hiddan... - u yuzimga sinovchan tikildi.

- Tushunarli, endi yaqin turmayman.

- Yöq, gap undamas. Men özimning tuyg'ularimdan hayratlandim, - u shunday deya qölini böynimga qöydi. Men qimir etmadim, hatto chöchimadim. Lekin Edvard yuragimning urishini eshitib turardi.

- Qizarsang chiroyli bölib ketasan, - dedi u va avaylabgina ikki qöli bilan yuzimdan tutdi. - Qimirlama, iltimos.

U mendan köz uzmay sekin-asta yaqinlashardi, sovuq yonoqlari böynimga tekkanda qotib qoldim. Keyin qöllari sekinlik bilan pastga qarab harakatlana boshladi va yelkamda töxtadi. Shundan keyin boshini yelkamga qöydi va shu tarzda harakatsiz anchagacha qotib turdik. Bir ozdan keyin yuragim tinchlanib sekin ura boshladi. Edvard meni bag'riga bosib turganda umuman qimirlamadim. Har daqiqada hayot bilan vidolashishim mumkinligini bilardim. Lekin nega qörqmayapman? Keyin u meni bag'ridan böshatdi. Tillarang közlari endi xotirjam boqardi.

- Keyingi gal osonroq böladi, - dedi.

- Hozir qiyin böldimi?

- Unchalikmas, men tasavvur qilgandek böldi. Nima haqida gapirayotganimni bilasan-ku!

Men xijolatomuz jilmaydim.

- Mana, - dedi kaftimni yuziga bosarkan. - Issiqligini sezyapsanmi?

Doim muzdek böladigan yuzi darhaqiqat issiqdek tuyuldi. Lekin bu men uchun muhim emasdi, asosiysi, uning yuziga teginishga muyassar böldim.

- Qimirlama, - shivirladim men. Hech kim Edvarddek qotib qololmaydi. Közlarini yumgacha, shu zahoti marmar haykalga aylandi. Men sekingina uning qosh-közlarini siladim, barmoqlarim chizilgandek chiroyli lablariga tegdi... Uyalganimdan darhol qölimni tortib oldim. U közlarini ochganda hayajonlanganimdan qonim tomirlarimda yugurayotganini his qildim.

- Meni tög'ri tushunishingni juda-juda xohlardim...

- Tushuntir.

- Iloji yöq. Bir tomondan men özimning qanchalik yirtqichligimni tan oldim, mendan uzoqroq yurish lozimligini ham aytdim. Sen mening örnimda bölolmaganing uchun istaklarimni tushunmaysan, - dedi u va lablarimga barmog'ini bosdi. - Lekin boshqa istak va ehtiyojlar ham borki, ular haqida men hech nima bilmayman... Bunaqa qaynoq tuyg'ularga odatlanmaganman. Bu faqat odamga xos... Qiziq, doim shunday böladimi?

- Bilmadim menda bu birinchi marta.

U yana kaftimni siqdi.

- Men ruhiy va jismoniy yaqinlik nimaligini bilmayman. Balki bunday munosabatlarga qodir emasdirman...

Iloji boricha sekin harakatlar bilan boshimni köksiga qöydim. Dunyo tinib, qulog'imga faqat uning yurak urishi eshitilardi.

- Menga shuning özi yetarli, - xörsindim közimni yumib.

U meni quchoqlab, yuzini sochlarimga bosdi. Hozir u özini oddiy yigitdek tutardi.

- Kördingmi, umid bor, - dedim quvonib.

- Menda insonga xos tuyg'ularning bari bor, balki ular chuqurroq yashiringandir, lekin bor. Asosiysi shu emasmi... - u yosh boladek quvonardi. Gaplashib ötirib quyosh bota boshlaganini sezmabmiz.- Ketishing kerak, - dedi u qoraya boshlagan örmonga qarab. - Rozi bölsang, senga bir narsa körsataman...

- Nimani? - söradim ehtiyotkorlik bilan.

- Örmonda qanday harakatlanishimni körasanmi? Faqat qörqma, - dedi u anqayib qolganimni körib. - Bir zumda pikapingga yetib olaymi!

- Körshapalakka aylanmoqchimisan?

Edvard kulib yubordi.

- Hech qachon meni körshapalakka öxshatishmagan! Mayli, qörqoqvoy, yelkamga chiq!

Edvard hazillashyapti deb öylagunimcha bölmay, u bir harakat bilan meni yelkasiga chiqarib oldi. Qörqqanimdan uning böynidan shunday mahkam bög'ibmanki, uning örnida boshqa bölganida bög'ilib ölishi aniq edi.

- Men og'irman! - ogohlantirdim nima deyishni bilmay.

- Yög'-ey! - közlarini shöx öynatdi u. Ilgari uni sira bu qadar yaxshi kayfiyatda körmagandim.

Keyin u qöllarimni yuziga bosdi va chuqur nafas olib yugurib ketdi... Tög'rirog'i uchdi! Umrimda shunchalik qörqmaganman... U qorong'u örmonda xuddi ortilgan öqdek shovqinsiz uchib borardi. Shu tezlik bilan nega daraxtlarga urilib ketmaganini tushunolmadim. Qörqqanimdan közlarimni yumishga ham ulgurmabman. Hushimdan ayrilay dedim. Birdan hammasi töxtadi! Yalanglikka chiqquncha, bir necha soat yöl yurgandik, qaytishda besh daqiqaga qolmay yetib keldik!

- Zör-a, tög'rimi? - quvonchdan qichqirdi u. Lekin men yerga oyog'imni bosolmay gandiraklab ketdim.

- Bella?!

- Ötirmasam, yiqilib tushaman, - dedim qimirlashga majolim yetmay.

- Kechir, - dedi u langardek yoyilgan qöllarimdan tutib, ötirishga yordam berarkan, keyin kulib yubordi. - Boshingni egib tur, ötib ketadi...

Quloqlarim shang'illab, bir necha daqiqa özimga kela olmay turdim.

- Shoshildim, shekilli, - xavotirlandi u.

- Yöq, menga yoqdi, qiziq böldi.

- Ranging oqarib ketdi. Lekin oqlikda baribir menga yetolmaysan.

- Közimni yopsam bölarkan.

- Keyingi gal eslataman.

- Keyingi gal? Hech qachon... Maqtanchoq!

- Közlaringni och, Bella, - uning yuzi yonginamda turardi. Chiroyligidan unga xotirjam qarab bölmasdi.

- Yugurib ketayotib bir narsani öyladim, - dedi u.

- Daraxtga urilishni öyladingmi?

U yana kuldi.- Bunaqa mayda-chuydalarni öylamayman, - dedi u hayajonlanib menga yaqinlasharkan.

Hech bir yigit qizdan bösa olayotganda bunchalik hayajonlanmasa kerak. Nihoyat sovuq lablar lablarimga tegdi... Nafas olishim tezlashib, qöllarim bilan sochlariga yopishdim. Shu zahoti Edvard yana sovuq haykalga aylandi. Qöllari sekin lekin qat'iylik bilan meni özidan nari itardi. Chuqur- chuqur nafas olib közimni ochganimda u menga sergaklanib qarab turardi.

- Uzr! - xörsindim men.

- Hechqisi yöq, hozir ötib ketadi. - U közlarini yumib bir oz tinchlandi. - Men özim öylagandan köra kuchliroq ekanman! Qoyil!

- Afsus, men özim haqimda unday deya olmayman.

- Chunki sen oddiy odamsan!

- Rahmat.

U yengil örnidan turib menga qöl chözdi. Agar qölidan tutmasam yiqilib tushishim mumkinligini tushundim.

- Haliyam boshing aylanyaptimi yoki... bu bösadanmi? - hazillashdi u. Edvard hozir har qachongidan xotirjam, quvnoq edi. Farishtalarnikidek chiroyli yuzida tashvishdan asar yöq edi. Uni bu holda sira körmagandim. Oldin usiz qanday yashagan ekanman?

- Xohlasang rulga men ötiraman.

- Yöq.

- Men sendan yuz marta yaxshi haydayman. Senda sezgirlik yaxshi rivojlanmagan.

- Tög'ri. Lekin sening haydashingdan pikapim tökilib tushishi mumkin.

- Iltimos. - Uning qöli chöntagimni titkilab kalitni qidira boshladi. Lekin bu gal qat'iyat körsatib, yöq, xayolingga ham keltirma, dedim va chayqalgancha mashina tomon yura boshladim.

- Dösting mastligini bila turib, unga mashina haydashga ruxsat berib böladimi? - kuldi u menga yetib olarkan, belimdan quchoqlab.

Uning iforidan boshim aylansada, özimni qölga olib kim mast ekan, deb söradim.

- Sen! Men yoningdaligimdan sarxushsan! - jilmaydi u.

- Haqsan, - xörsindim men va kalitni yerga tashlamoqchi edim, Edvard chaqqonlik bilan ilib oldi. - Faqat ehtiyot böl, pikapim nafaqaga chiqqaniga ancha bölgan.

- Harakat qilaman.

- Demak meni yoningda bölishim, senga ta'sir qilmas ekanda? - jahlim chiqib söradim.

U menga mehr bilan qaradi va javob örniga lablarini yuzimga bosdi. Esankirab qoldim.

- Baribir, men hushyorroqman, - dedi va chaqqonlik bilan rulga ötirdi. Men esa bösa ta'siridan gangib turardim, eshik ochilgandagina özimga keldim.

XIV BOB. RUHNING TANA USTIDAN G'ALABASI

Tan olish kerakki, tezlikni bir oz oshirganini hisobga olmaganda Edvard mashinani bir maromda haydardi. U bir qöli bilan rulni boshqarsa, ikkinchisi bilan mening qölimni mahkam ushlab olgandi. Goh botib borayotgan quyoshga qarasa, goh bir-biriga chirmashgan barmoqlarimizga qarardi.

Radio qulog'ini burab, retro uslubidagi musiqani topdi va qöshilib xirgoyi qila boshladi.

- Elliginchi yillarning musiqasi yoqadimi senga? - Ösha davrdagi musiqa haqiqiy musiqa edi! Oltmishinchi, yetmishinchi yillarnikidan köra ancha yaxshi edi, - bilag'onlik qildi u.

- Balki yoshing nechadaligini aytarsan? - kayfiyatini buzib qöyishdan chöchib, ehtiyotkorlik bilan söradim.

- Yoshim muhimmi? - kuldi u.

- Muhim emasu lekin qiziq. Yechilmagan jumboq uyqu bermaydi, bilasan-ku.

- Aytsam, qörqib ketasan!

- Bir urinib kör-chi? - sabrim chidamadi.

U og'ir xörsindi va yölni ham unutib közimga qattiq tikilib qoldi. Mening xotirjamligimni körib sekingina gap boshladi:

- Men Chikagoda 1901 yilda tug'ilganman... - Özimni zörg'a bosib gapning davomini kutdim. - 1918 yil Karlayl meni kasalxonadan topgan. Öshanda yoshim ön yettida bölgan va men og'ir yuqumli xastalikdan jon berayotgan bölganman...

Hayajonimni ortiq tutib tura olmadim, og'zimdan otilib chiqqan oh uning qulog'iga yetib bordi.

- Hammasi esimda yöq. Chunki bunga ancha bölgan... Lekin Karlayl meni asrab qolganini unuta olmayman.

Ota-onangchi?

- Ular ösha yuqumli kasallikdan vafot etishgan va men yolg'iz özim qolganman. Shifokorlar mening yöqolib qolganimni hatto sezishmagan ham.

- Karlayl seni qanday qutqargan?

Edvard javob berishga shoshilmadi u avval javobni obdon öylab oldi keyin:

- Bu oson bölmagan. Hamma ham bu ishni bajara olmaydi. Lekin Karlayl hammamizdan köra aqlli va irodaliroq... Mening omadim chopgan, chunki og'riqni ham his qilmaganman.

Uning yuz ifodasiga qarab, bu mavzu yopilganini tushundim. Köp gapiga tushunmagan bölsamda, sinchkovligimni vaqtincha töxtatib turishimga tög'ri keldi.

- Nazarimda Karlayl yolg'izlikdan charchagan, - dedi bir oz sukunatdan keyin. - Men uning birinchi oila a'zosiman. Keyin u Esmini topdi. U qoyadan qulab tushgandi. Karlayl uni ölikxonadan olib kelganda hali yuragi urib turardi.

- Demak faqat ölayotgan odam... - Men uning yonida vampir degan sözni sira ishlatmaganim uchun tutildim.

- Yöq, hamma gap Karlaylda! U hech qachon tirik qolishi mumkin bölgan odamni olib ketmaydi. - Edvardning ovozida dadasiga nisbatan hurmat, g'urur tuyg'ulari bor edi.

- Emmett bilan Rozali-chi?

- Ular oilamizning navbatdagi a'zolari. Keyinroq bilsam, Karlayl Rozalini menga hamroh qilmoqchi bölgan ekan.Albatta u ota sifatida juda xushmuomala özi bunga shama qilmagan. - Edvard asabiy kuldi. - Lekin men Rozalini singlimdek körganman va u 2 yildan keyin öziga Emmettni topdi

Appalachadagi ov mahali ayiq hamla qilgan Emmettni körib qolgan. Özining yuragi dov bermay uni Karlaylga olib kelgan. Rozali uni bir necha yuz mil naridan sudrab kelgan, qanchalik qiynalganini tasavvur qilish qiyin.

- Lekin Rozali buni uddasidan chiqibdi.

- Ha, u Emmettni bir körishdayoq nimadir bölganu özida kuch topgan. Shundan buyon ikkalasining orasidan qil ötmaydi. Ba'zida ular bizdan alohida yashashadi, xuddi alohida oiladek. Biz qanchalik yosh bölsak, shuncha bir joyda uzoq yashashimiz mumkin.

Hozircha Forks bizga ma'qul. Yana bir necha yildan keyin ularning navbatdagi töylarini nishonlashimiz mumkin.

- Elis bilan Keri-chi?

- Ular juda ajoyib. Bizning oilaga öz ixtiyorlari bilan kelishgan. Keri bizning oilaga umuman öxshamagan oiladan. Allaqanday janjaldan keyin u qattiq tushkunlikka tushib qolgan va bir qancha payt alohida yashagan. Elis uni qidirib topgan va bizning oilaga olib kelgan. U ham menga öxshab g'ayrioddiy qobiliyatga ega.

- Faqat men odamlarning fikrini öqiy olaman deganding-ku

- Tög'ri. Lekin Elis kelajakni köra oladi. Albatta, qisman. Chunki odamning taqdiri özi chiqargan qarorlarga bog'liq bölib qoladi, - dedi u va menga ma'noli qarab qöydi.

- U nimalarni köradi?

- Elis Kerini körgan va uni qidirayotganini ham körgan. U Karlaylni meni va Esmini ham körgan. Keyin ular Keri bilan birga bizni qidirib topishgan. U boshqalardan farqli özimizga öxshaganlarning kelishini va ularning qanchalik xatarli ekanini köra oladi.

- Sizlarga öxshaganlar köpmi? - hayratimni yashira olmadim. Nahotki ular sezdirmasdan oramizda yashashsa.

- Yöq, juda kam. Köpchilik köchmanchi bölib kun

O‘xshash hikoyalar