[Zulmat ostonasidagi muhabbat] 4-qism. Davomini davomi..:D (4-bet)
köchmanchi bölib kun körishadi. Ötroq bölib yashaydiganlar odamlarga zarar yetkazishmaydi, - ayyorona kuldi u. - Biz özimizga öxshaganlarni faqat Alyaskadagi kichkina qishloqchada uchratganmiz.
- Qolganlar-chi?
- Asosan shimolda kun körishadi.
- Nega?
Pikap uyimiz yonida töxtadi. Atrof jimjit va qorong'u edi. Oy bulutlar orasiga berkingan, uy chirog'i yonmaganiga qaraganda dadam hali baliq ovidan qaytmagan.
- Shuniyam tushunmadingmi? Bugun quyosh nurida qanaqa bölganimni körding-ku! Shu ahvolda odamlarning köziga qanday körinaman? Shu sabab ham yer yuzidagi eng seryomg'ir joyni tanlaymiz. Bu yerda doim havo bulut. Agar sakson yildan buyon quyosh nurini körmaganingda meni tushungan bölarding...
- Demak afsonalarda xaqiqat bor ekan-da.
- Shunaqa desa ham böladi.
- Elis bilan Keri boshqa oiladan kelganmi?
- Yöq. Bu yerda boshqa sir bor. Elis özining oldingi hayotini eslay olmaydi. Qachon va qanday qilib bizga öxshaganlar safida paydo bölganini ham bilmaydi. U bir özi uyg'ongan, uni vampirga aylantirgan yonida bölmagan. Agar Elis Keri va Karlaylni uchratmaganida yovvoyilashib ketardi.
Men yana köp narsani bilgim kelardiyu lekin qornim ochib ketganini his qildim. Kun böyi ovqat yeyish esimga ham kelmabdi.
- Tamaddi qilib olishing kerak, - eslatdi Edvard.
- Sendan ayrilgim kelmayapti, - u meni qorong'uda körmayotgani uchun könglimdagini ochishga tortinmadim.
- Unda uyingga kiraymi?
- Kirasanmi? - hayratlandim, uni eski oshxonamizda turishini tasavvur qila olmasdim.
- Albatta, agar qarshi bölmasang, - dedi u va köz ochib yumguncha mashinadan tushib mening eshigimni ochishga ham ulgurdi.
- Haqiqiy jentelmen bölib ketibsanmi?
- Kördingmi hali umid bor, - maqtandi u.
Qorong'uda Edvard oddiy yigitdan farq qilmasdi, faqat sassiz harakatlanishini hisobga olmaganda. U eshikni nazokat bilan keng ochganda qörqib ketdim:
- Eshikni qulflamabmanmi?
- Yöq, kalitni karniz ostidan oldim.
Uyga kirarkanman mehmonimga hayratlanib qaradim chunki unga kalit qayerda turishini aytmaganimni aniq bilaman.
- Qiziquvchanlik ayb emas, - dedi u bir oz esankirab.
Poyladingmi? - dedim jahl bilan.
- Tunda uxlamaganimdan keyin boshqa nima ham qilardim.
Ovqatni mikrotölqinli pechga qöyarkanman: - Tez-tez shunday qilib turasanmi, - deb söradim.
- Nima? - dedi u. Xayollari allaqayoqlarda uchib yurardi.
- Tez-tez kelib turasanmi bu yerga?
- Deyarli har tun.
Bunaqa javobni kutmaganim uchun joyimda qotib qoldim.
- Nega?! - deya oldim zörg'a.
- Sening uxlashingni kuzatishni yaxshi köraman, - dedi u oddiy narsa gapirayotgandek bemalol. - Ba'zan tushingda gapirasan!
- Yöq! - ingrab yubordim. Qizarib ketganim özimga ham sezildi. Boshim aylanib ketganidan stulga ötirib oldim. Uyquda gapirishimni albatta, bilardim, oyim tez-tez ustimdan kulardi. Lekin buni kimdir kuzatishi mumkinligi xayolimga kelmasdi. Edvard ham chöchib tushdi:
- Jahling chiqdimi? - söradi u qörqa-pisa.
- Bilmayman, - dedim ovozim yig'idan zörg'a chiqdi.
Edvard yugurib kelib qölimdan tutdi. - Iltimos, faqat yig'lama... - dedi u yalinib. - Sen uyqungda ham oyingni sog'inasan, undan juda xavotir olasan!Yomg'ir yog'sa ham uxlolmaysan. Bir marta yomg'ir jonimga tegdi, deb baqirganding, - jahlimni bosish uchun kuldi u.
- Tez-tezmi? - uyalganimdan yerga kirib ketay dedim.
- Tez-tez deganda nimani tushunishingga bog'liq... Özi nega xafa bölyapsan? Agar men ham uxlay olganimda har tun seni tushimda körardim.
Bundan sira uyalmagan bölardim...
Shu mahal mashina ovozi eshitildi va chiroqlari uyni yoritdi. - Meni Charli bilan tanishtirishni istaysanmi? - söradi u hech nima bölmagandek.
- Bilmadim...
- Mayli, unda keyingi safar, - dedi u va közdan yöqoldi.
Ortidan Edvard degancha qolaverdim. Javob örniga kulgi eshitildi. Eshik ochilishi bilan dadam "Bella" deb chaqirdi.
- Shu yerdaman, - dadam hayajonimni sezmasligi uchun ovqatni oldimga olib yeya boshladim.
- Ovqating bormi, ölgudek ochman, - dedi dadam.
Hali ham özimni bosa olmay qölim titragancha ovqat isitdim. Dadam hech narsani sezmay örniga ötirdi. Dadam hol söramasidan qochib qolish uchun "juda charchadim" dedim. Dadam charchagan bölsang damingni olaqol dedi mehribonlik bilan. Men bilan gaplashgisi kelib turganini bilsamda, og'zimdagini yutib xonamga yugurdim. Shoshib xonamdagi derazani ocharkanman, qorong'ulikka qarab "Edvard" deb chaqirdim. "Nima", degan ovoz eshitildi ortimdan. Chöchib ögirilsam Edvard qöllarini boshiga chalishtirgancha karavotimda yastanib yotardi.
- Voy, Xudoyim-ey! Qörqitib yubording-ku!
- Kechir, - dedi u masxara qilib, keyin sekin örnidan turdi va xuddi yosh boladek avaylab qölimdan tutib yoniga ötqizdi. - Nahotki qörqayotgan bölsang?
- Körmayapsanmi?
U shunday qattiq kulib yubordiki karavotim silkinib ketdi. Dadam eshitib qolsa nima böladi? Men yoniga ötirdim, uyalganimdan poldan köz uzolmasdim. U sekin yaqinlashib muzdek yuzini yonoqlarimga bosdi.
- Endi ancha xotirjamsan, shekilli, - dedim keskin harakat qilishga qörqib.
- Shunaqa deb öylaysanmi? - dedi muzdek qöllari bilan sochimni silarkan.
- Menimcha shunday, - dedim hayajonim sezilmasligi uchun nafasimni yutib. - Lekin...
- Nima lekin?
- Nega unday böldi? - ovozimga titroq kirdi. - Nima deb öylaysan?
- Ruhning tana ustidan g'alabasi, - kulgusidan nafasini böynimda his qildim. Nima deyayotganini tushunmay, nari surildim. Ikkalamiz ham bir-birimizga esankirab tikilib qoldik. Birinchi bölib Edvard öziga keldi.
- Nimanidir notög'ri qildimmi?
- Aksincha, meni aqldan og'dirayapsan, - gapimni öylab körgach, Rostdanmi, dedi hayajonlanib. - Hayronman. Sönggi yuz yil ichida menda bunaqasi bölmagan... Senda shunaqa tuyg'ular keltirib chiqara olayotganimdan hayronman. Mana nihoyat uchrashdik, yoningdaligim senga yoqyapti...
- Sen hamma narsani qoyilmaqom qilasan, - eslatdim.
U yelkasini qisib jilmayib qöydi.
- Nega hammasi özgardi? - gapimni davom ettirdim. - Bundan bir necha soat ilgari...
- Menga hozir ham osonmas, - xörsindi u. - Kunduzi hali ikkilanishim tarqamagandi. Meni kechir, özimni unday tutmasligim kerak edi...
- Hammasi joyida.
- Rahmat, - dedi u va yerga qaradi. - Kunduzi hali özimni töxtata olishimga, vasvasani yengishimga ishonchim komil emasdi... - u shunday deya sochlarimni töyib hidladi. - Keyin özimga özim qaror qildim, hech qachon hech qanday sharoitda seni... Hoyu-havaslarga böy bermayman... Ölsam ham senga ozor bermayman.
Ilgari uni bu qadar tashvishlanganini sira körmagandim. Xuddi odamdek ikkilanyapti.
- Demak endi hammasi nazorat ostida, shundaymi?
- Ruhning tana ustidan g'alabasi, - dedi u sadafdek tishlarini yaltiratib jilmayarkan.
- Kördingmi, sen öylaganchalik qiyin emas.
- Sen uchun qiyin emas, - gapimni tuzatdi u burnimga sekin chertarkan. - Men qölimdan kelgancha harakat qilyapman. Agar chidab bölmas darajaga yetsa ketish uchun özimda kuch topa olaman... - shu gapni aytarkan chiroyli yuzi azobdan burishdi. - Kechir... Hayotingni xatarga qöyayotganim uchun kechir!
Kayfiyatim tushib ketdi, ketaman desa doim shunday bölaman.
- Ertaga yana qiyin böladi. Chunki bugun kun böyi hidingni hidlab könikdim. Agar bir soatga bölsa ham uzoqlashsak, hammasi boshqatdan boshlanadi. Demak, kurashsiz, bir kunimiz ham ötmaydi.Unda ketma!
- Yaxshi. Qöllarimga kishan sol, bir umr asiring bölaman... - keyin xuddi kishan solmoqchidek qöllarimni mahkam qisdi va kulib yubordi. Bugun u har kungidan ham köp kulayotgandi.
- Bugun kayfiyating juda yaxshi, ilgari seni sira bunday körmaganman, - dedim sekingina.
- Aslida ham shunday bölishi kerak shekilli? Birinchi muhabbat möjiza yaratadi. Kinolarda körsatilganidek yoki kitoblarda yozilganidek emas ekan...
- Tög'ri, kuchliroq, - ma'qulladim men.
- Masalan, rashk... Bu tuyg'u haqida kitoblarda öqiganman, aktyorlar ifoda etishganini körganman. Lekin özimning boshimga tushganda... - u xomush jilmaydi. - Esingdami, Mayk seni raqsga taklif etgan kun... Öshanda shunaqa jahlim chiqqanki, nima bölayotganini özim tushunmaganman. Hammadan ham unga nega rad javobi berganingni tushunolmay qiynalganman. Unga nega yöq deganding? Faqat dugonang sababmi yoki bu yerda boshqa gap bormi? Avvaliga bu menga tegishli emas, kuyinmayman deb öyladim. Keyin miyamga bir fikr kelgan... - kuldi u.
Men qovog'imni uydim.
- Sabrsizlik bilan unga nima deb javob berishingni kutganman. Maykga rad javobini berganingda shunaqa quvonganmanki, lekin baribir ishonchim komil emasdi.
Ösha kecha birinchi marta tunda yoningga kelganman va hammasini obdon öylab körganman. Lekin bir-ikki yil sendan özimni olib qochsam yoki boshqa joyga köchib ketsam, sen baribir Maykka öxshaganlarning biriga rozi bölarding... Ösha tunda xuddi farishtadek uxlab yotarding. Keyin kutilmaganda meni otimni aytib chaqirding. Butun tanamni g'alati tuyg'u qamrab oldi! Lekin rashk men öylagandan köra kuchli tuyg'u ekan. Hatto hozir ham ösha ablah Mayk haqida gapirganimda...
- Nahotki rostdan ham rashk qilsang?
- Albatta. Sen menda odamiylik tuyg'ularini uyg'otyapsan! Axir hammasini birinchi marta boshimdan kechirayotgan bölsam, qanday kuyinmay?
- Bilasanmi, gaplaringga ishonishim qiyin, - dedim men. - Gapingga köra, Rozali gözallik va nazokat timsoli, qolaversa, u senga atalgan. Men u bilan raqobatlasha olarmidim...
- Hech qanaqa raqobat yöq, - kuldi Edvard meni bag'riga bosarkan. - Albatta Rozali juda chiroyli, lekin men uni singlimdek köraman. Sen esa...
- U taomnomangga kiritilmagani uchunmi? - aniqlashtirgim keldi.
- Aynan shu sabab.
- E'tiborga olib qöyaman.
- Salkam töqson yildan buyon özgacha talqinda odamlar orasida yashayman... - dedi u öychan. - Shu paytgacha bir özim yashaganman, nolimaganman. Qidirmaganman ham, chunki baribir topolmasdim. Chunki sen hali tug'ilmaganding.
- Bu adolatdan emas, - dedim köksiga bosh qöyarkanman. - Menga senchalik uzoq kutishga tög'ri kelmagan. Nega sen mendan köproq qiynalishing kerak?
- Tög'ri aytasan, - kuldi Edvard. - Endi senga muammolar tug'diraman! - keyin jiddiy tortib: - Umuman olganda sen har soniyada hayotingni xavf ostiga qöyapsan? Öz tabiatingdan voz kechishingga tög'ri kelyapti. Nega axir? Nega?..
- Baxtga erishish uchun!
- Yöq, - u dard bilan bosh chayqadi.
Men uning quchog'idan chiqib közlariga qarash uchun tipirchilardim. Lekin u qöyib yubormadi.
- Nima böldi... - deb sörab ulgurmasimdan tanasi tarang tortildi. Keyin u meni qöyib yubordiyu shu zahoti közdan yöqoldi.
- Yot, - degan buyruq eshitildi allaqayerdan.
Men tezda odyolga öranib yotib oldim. Shu mahal dadam eshikni ochib uxlaganimga ishonch hosil qilish uchun xonamga möraladi. Men özimni uyquga solib yotdim. Eshik yopilgani eshitilmagani uchun qimirlamay yotaverdim. Edvard muzdek qöllari bilan quchoqlab qulog'imga shivirlagandagina dadam ketganini tushundim.
- Sen zör aktrisasan! Seni sahna kutyapti!
Meni sahna emas uning qaytib kelgani qiziqtirardi. Edvard menga notanish qöshiqni xirgoyi qila boshladi: - Alla aytib beraymi?
- Sen yonimda bölsang uxlay olarmidim?
- Oldin uxlayverarding-ku!
- Ayg'oqchilik qilishingni bilmasdim-da!
- Unda nima qilamiz, biror taklifing bormi? - jilmaydi u.
- Bilmadim, - dedim bir oz öylab olgach.
- Bilganingda aytarsan unda, - dedi u sochlarimni silarkan.
- Sen oldingidek ta'sirchan emassan, tög'rimi?
- Tög'ri, agar vino ichmas ekanman, hech bölmasa, gul hididan huzurlanishim mumkin-ku. Sendan lavanda va frezaning hidi keladi. Shunday yoqimliki...
- Hayron qolmayman! Özing aytgansan-ku, Forksda oshiqlarim köp, hamma menga xushomad qiladi...
Edvard yana kulib yubordi:
- Hazilniyam boplaysan! Judayam jasursan!
- Jasurmi yoki jinni?
- Ikkalasiyam.
- Sen haqingda köproq narsa bilgim kelyapti.
- Sörayver.
- Nega bunday qilyapsan?.. Istaklaringni jilovlash qiyin-ku. Iltimos, meni tög'ri tushun, harakat qilayotganingdan xursandman. Faqat negaligini tushunmayapman!
Edvard darhol javob bermadi.
- Yaxshi savol. Lekin sen birinchi emassan! Boshqalar, hatto öz taqdiridan rozilar ham meni tushunisholmaydi. Nega taqdirimizni özgartirib, yuksalmasligimiz kerak. Masalan, men özimdagi odamiylikni saqlab qolishga urinaman!
Tan olamanki, bunaqa javobni kutmagandim.
- Uxlayapsanmi? - söradi Edvard javob bermaganimga.Yöq.
- Shuni bilmoqchimiding?
- Unchalik emas, - dedim istamaygina.
- Yana nima?
- Nega faqat sen fikrlarni öqiy olasan? Elis esa kelajakni köradi? Nega?
Edvard bilmadim degandek yelka qisdi.
- Aniq bilmaymiz. Karlaylning aytishicha, hozirgi talqinimizda oldin bölgan xislatlarimiz özini namoyon etadi. Namoyon bölganda ham yanada kuchayib özini namoyon etadi. Dadamning aytishicha oldin men odamlarni farqlashni bilganman, Elis esa juda sinchkov bölgan.
- Boshqalar-chi? Ular oldingi hayotlaridan nimani meros qilib olishgan?
- Karlayl rahm-shafqatni, Esmi - yaqinlariga muhabbatni, Emmett jismoniy kuchni, Rozali husnni. - Rozalining ismini eshitib özim bilmagan holda xörsindim, Edvard esa kulib yubordi. - Keri butunlay boshqacha. U ötgan hayotida ham odamlarni ishontirish qobiliyatiga ega bölgan. Endi esa u nafaqat odamlarga yöl körsatadi balki ongini ham boshqara oladi. Masalan, u guvillagan olomonni tinchlantirishi yoki tinch aholini kötarishi mumkin. Karlayl uni juda qadrlaydi.
Bu gaplarni unchalik tushunmaganim uchun indamay qoldim.
- Hammasi nimadan boshlangan? Seni Karlayl yaratgan, uni ham kimdir yaratgandir...
- Odamlar qanday paydo bölgan? Evolyutsiya natijasidami yoki Xudo yaratganmi? Biz ham jonzotlar sirasiga kiramiz. Bizni boshqa yaratmagan.
Yirtqichlarni va ularning qurbonlarini kim yaratgan? Aytaylik, akulalar va dengiz mushuklarini...
- Aniqlik kiritib olaylik, dengiz mushugi bu menmi?
- Ha, xuddi öshanday ojiz, - Edvard sochlarimdan öpdi. - Xuddi unga öxshab yoqimtoy, sodda, beg'ubor. Dengiz mushugidan nima farqing bor. Endi uxlaysanmi, yoki savollaring bormi hali?
- Bor-yög'i bir-ikki millionta!
- Hali oldinda erta bor, indin, undan keyin... - eslatdi u.
- Ertalabgacha rostdan ham ketib qolmaysanmi?
- Hech qayerga ketmayman!
- Unda yana bitta savol... - qorong'u bölishiga qaramay, qizarib ketganim unga ham sezildi.
- Nima?
- Yöq, hech nima. Fikrimdan qaytdim...
- Bella, nimani istasang sörayver, bemalol.
Men javob örniga xörsindim.
- Vaqt ötgan sayin fikringni öqiy olmaslikka könikib ketaman deb öylagandim. Lekin borgan sari ahvol yomonlashib boryapti.
- Yaxshi böpti! Tushimda gapirganimni eshitganing kammi?
Edvard kulib xörsindi.
- Iltimos. Agar aytmasang demak bu juda qörqinchli narsa degan xayolga boraman, iltimos, aytgin.
- Mayli, - dedim va yuzimni körmayotganiga xursand bölib. - Haligi... Boya Emmett bilan Rozali turmush qurishadi deding-ku... Sizlarda oilaviy hayot xuddi odamlarnikidekmi...
Edvard kulib yubordi mening esa jahlim chiqdi.
- Mana seni nima xavotirga solarkan!
Uyalganimdan javob bermadim.
- Hammasi odamlarnikidek! Aytdim- ku, bizda odamlarning his-tuyg'ulari bor faqat chuqurroq yashiringan.
- Tushunarli, - dedim nima deyishni bilmay.
- Bu shunchaki qiziqishmi?
- Nima desam ekan... biz ham, balki... - Gapim tugamasdan Edvardning qovog'i uyildi. Uning tanasi öljasiga tashlanmoqchi bölgan yirtqichnikidek taranglashganini körib qörqib ketdim.
- Bizda bunday bölishiga ishonmayman...
- Chunki menga yaqin böla olmaganing uchunmi?
- Qisman shuning uchun, lekin asosiy muammo bunda emas. Sen juda noziksan...
- Bor-yög'i dengiz mushugi... - eslatdim közim yoshga tölib.
- Xuddi shunday.
- Sen qachondir...
- Yöq, - uzib berdim shu zahoti. - Ilgari hech kimni sevmaganman deb aytgandim senga.
- Esimda, lekin hozirgi zamonda hammasi boshqacha birga bölish uchun sevish shartmas...
- Faqat men uchun emas. Umuman olganda men bu kabi nozik mavzularni tushunarmidim. Bir sodda dengiz mushugi bölsam...
- Juda yaxshi. Hech bölmasa shu tomondan öxshashmiz.
- Odamlarga xos tuyg'ularing uyg'onganda meni chiroyli deb hisoblaysanmi?
U kulgancha sochlarimni tözitdi.
- Jinnivoy! Balki men haqiqiy odam emasdirman, lekin erkak bölganman va erkakligimcha qolaman! Endi uxla, barcha savollaringga javob berdim.
- Uyqum kelmayapti.
- Unda men keta qolay.
- Yöq! - dedim shu zahoti. Edvard jilmaygancha yana menga notanish allani xirgoyi qila boshladi. Kun böyi charchaganim uchun muzdek qöliga boshimni qöygancha qotib uxlab qoldim.Ertalab bulut orasidan g'ira-shira tushib turgan quyosh nurlaridan uyg'onib ketdim. Tiniqib uxlamaganim uchun boshim g'uvillardi. Kutilmaganda kechagi voqealar esimga tushib, sakrab turdim.
- Sochlaring xuddi poxolga öxshab qolibdi. Hechqisi yöq, baribir menga yoqadi. - Xona burchagidagi tebranuvchi kreslo tomonidan xotirjam ovoz eshitildi.
- Shu yerdamisan? - degancha u tomonga otildim. Oxirgi soniyalarda nima qilib qöyganimni tushunib, öz ishimdan uyalib ketdim. Hozir jahli chiqsa kerak deb qörqib turgandim, lekin Edvard jilmaydi.
- Albatta! - mening quvonganimni körib yelkamga urib qöydi.
- Barchasi tushmi deb qörqib ketdim...
- Odatda, ertalablari bunchalik shoshilmaysan, - dedi u quchog'ini keng ochib. Uning bag'riga otilgim keldiyu, lekin bor irodamni ishga solib özimni bosdim. Keyin hozir kelaman degancha, özimni tartibga keltirish uchun vannaxonaga yugurdim. Közguga qarab, özimni taniyolmay qoldim. Undan menga boqib turgan qizning közlari chaqnar, ikki yuzi qirmizi olmadek qip-qizil edi. Darrov ortimga shoshildim. Edvard hamon quchog'ini ochgancha meni kutib turardi! Ertalabki hovliqmaligimdan uyalib kreslo suyanchig'iga sekingina ötirdim. Anchagacha bir-birimizga suyangancha ötirdik. Bir mahal özimga kelib Edvardning kiyimlari va sochi özgarib qolganini sezdim.
- Tunda uyingga borib keldingmi?
- Bitta kiyimni ikki kun kiyib böladimi? Qöshnilar nima deydi? Men ketganimda farishtadek uxlab yotganding. Ketishimdan oldin qiziq narsa böldi... - u közlarini ayyorona öynatdi.
Men uyatdan ingrab yubordim.
- Sen meni sevishingni aytding! - u tillarang közlariga bor mehrini joylab jilmaydi.
- Buni özing ham bilasan-ku, - dedim uyalib.
- Eshitish baribir yoqimli.
- Seni rostdan ham sevaman, - yelkasiga bosh qöydim. Öz ovozimni özim tanimay qoldim.
- Endi sen mening hayotimsan! - dedi Edvard oddiygina qilib. Hozirgi holatimizda söz ortiqcha edi. Kresloda bir oz tebranib ötirgunimizcha kun yorishdi.
- Nonushta qilib olishing kerak, - eslatdi Edvard. Keyin og'iz ochib ulgurmasimdan özimni Edvardning yelkasida kördim. Shamol tezligida zinadan pastga uchib tushdik. U e'tirozlarimga quloq ham solmadi. Oshxonada Edvardning nigohi ostida nonushta tayyorladim.
Uning tikilib turishidan özimni noqulay his qilib gap boshladim:
- Bugun nima qilamiz?
- Bilmadim... Mening oilam bilan tanishishni istaysanmi?
Ovqatim tomog'imga tiqilib qoldi.
- Nakotki qörqayotgan bölsang? - umid bilan söradi u.
- Ha, - dedim tan olib. Yolg'on gapirib nima qildim, shundoq ham hammasini közlarimdan bilib turibdi.
- Xavotir olma, - istehzoli jilmaydi u. - Men seni himoya qila olaman!
- Men sening qarindoshlaringdan qörqmayapman, ularga yoqmasligim mumkinligidan qörqayapman, - tushuntirdim. - Ular menga öxshagan mehmonni olib borsang hayron qolishmaydimi? Sizlar haqingizda hamma narsani bilishimdan xabarlari bor.
- Allaqachon bilishadi, kecha mening mehribon qarindoshlarim seni uyingga qaytarib olib kelmasligim haqida garov ham öynashdi, - kuldi u. - Elisga qarshi ham garov öynash mumkinmi? Qisqasi oramizda sir yöq. Qanaqa sir bölishi mumkin qachonki, men barchaning fikrini öqiy olaman, Elis esa kelajakni körib turadi...
- Demak Elis mening kelishimni biladi, - gapim Edvardga g'alati ta'sir qildi.
- Umuman olganda, ha, - dedi u istamaygina. - Nazarimda meni dadang bilan tanishtirishing kerak.
- Dadam seni taniydi.
- Lekin döstligimizni bilmaydi.
- Nega tanishmoqchisan?
- Qoidasi shunaqa shekilli, - dedi u soddalik bilan.
- Bilmadim, - dedim bu masalada mening ham tajribam yöq edi.
- Umuman olganda odatiy qoidalar bizning munosabatimizga tög'ri kelarmikan? Tanishishing shartmas. Men sendan hech nima kutmayapman...
- Demak Charliga men sening yigiting ekanligimni aytasanmi?
- Sen mening yigitimmisan? - dedim közimni yerdan ololmay. - Nazarimda sen yigitimdan köra yaqinroqsan, - tan oldim sekingina.
- Dadangga