Taqdir tuxfasi... (2-bet)
hechkim yaqinlashmaydi!
Qiz sal hotirjam bo`lganday tuyuldi. So`ng Rustam joyiga qaytib kresloga o`tirib ko`zlarini yumdi.
Salgina ko`zi ilingan ekan, asabiy jiringlayotgan eshik qo`ng`irog`idan uyg`onib ketdi.
O`rnidan turar ekan, avvalo qiz qochib ketmadimikin deb eshikdan mo`raladi. Qiz gilam ustida devorga suyanib tizzalarini quchoqlab o`tirardi. Eshik ochilganini sezib o`rnidan qo`zg`oldi.
- Qimirlama, o`tiraver!
Negadur qizni mahzum chehrasini ko`rib, achinib ketdi. Unga yaxshilik qilgisi keldi.
Juda ko`zga yaqin qiz bo`lgai uchunmi u bilan taqdirini bog`lash fikri ham keldi. Biroq asabga teguvchh qo`ng`iroq ovozi, bu ajoyib fikrlarni chalg`itib yubordi.
- Hozir chiqyabman. -deya eshikni eshikni berkitdi.
Borib qo`ng`irog` chalingan eshigni ochdi. Eshik ortida esa, Mo`min boshini egib turardi.
- Keldizmi domla?
Mo`min istamaygina qo`lidagi chamadonni uzatdi.
- Qizimni qaytib bering inim...
Rustam chamadonni ochdi, malum miqdorda pul borligini ko`rib, oychan nigohlarini bir muddat pullarga qadab turdi...
- Sayida... Heey qiz..!
Sayida asta xonadan chiqdi-yu, eshik oldida turgan otasini ko`rgach joyida to`xtadi.
- Dadang seni olib ketgani kelibdi. Ketasanmi u bilan?
Sayida otasiga bir qarab olgach boshini egib:
- Ha! -dedi.
Rustam chamadonni Mo`minga uzatdi.
- Mo`min aka, siz dindor insonsiz bir savol beraman, yolg`on so`zlamay javob berasizmi? -chamadonni uni qo`liga tutqazdi. - Pulizni ham qizizni ham olib ketasiz. Faqat bu pullarni qayerdan olganizni ayta olasizmi?
Mo`min bir muddat bu vadaga ishonqiramay, turdida:
- Birodarim, og`am Elqo`z aka yordam qildilar...
- Ha, yaxshi odam ko`p bu dunyoda. Hamma ham bizga o`xshab razil emas! -dedi qoshlarin birlashtirib, iyagini sal ko`tarib, qo`llarini ko`kragiga qovushtirdi. Avvalgiday aktiyorlik mahoratini namoyish qilib o`ychan qiyofaga kirdi.
- Elqo`zi... Elqo`zi... Juda tanish isim qayerdadur eshitganman! Anovi qalampir emasmi?
- Ha o`sha! -dedi Mo`min.
Rustamni atayin talmovsirab g`ashiga tegayotganini tushunib muloyimlik bilan.
- Adashmayabsizmi domla? Aynan o`sha Elqo`zimi? Ikkimiz ham bir kishi haqida gapiryabmizmi?
- Ha o`sha... Inim! -dedi Mo`min.
- Aniqlashtirib olganimiz yaxshi bo`ldi. Lekin ishonish qiyin. Men tasavur qilgan Elqo`zi umuman boshqacha, qamalib chiqqagan, qumorga mukkasidan ketgan, xaligacha qariligini bo`yniga olmaydigan xotinboz! Ha odamlar bir kunda ham o`zgarib qolar ekanda..! -dedi boshini salgina qashlab. - Qo`zi qanday shart bilan berdi dedingiz?
- Indamadim... Keyin aytaman degandi shartini!
- Him... Yaxshi odam, har xolda evaziga qizingni menga nigohlab ber demasa kerak! -dedida istehzo bilan kulib qo`ydi.
- Sayida nega turibsan bor ketaver dadang bilan! -dedi va o`zi asta ichkariga qarab yurdi.
Qiz esa salgina boshini egib minnaddorchilik bildirib otasi tomon siljidi.
- Meni otam qimorga tikib, begona erkaklarga berib yuborganda. Qaytib uni yuziga qaramas edim. - Rustam ortiga o`grilib Mo`minga va qiziga bir qarab qo`ydi. - Meni qizim bo`lganda, uni seyfimda... - bu iborasi oshib ketganini o`zi sezdi. - Ko`z qorachig`imday ehtiyotlab, asrar edim! -dedi. So`ng ularni eshik oldida qoldirib, xonaga kirib, kresloga o`tirdi.
Rustam juda ishongisi kelardi. Sayida bu gaplarni, manosini tushunishi, otasi bilan ketmaslini ich-ichidan istay boshlagandi.
Qolishga qaror qilguday bo`lsa, unga g`amho`rlik qilshga, o`z yaqiniday asrab avaylashga, o`ziga so`z ham berdi.
Yana boyagi, o`y hayollar shuviri egallab, Sayida bilan o`tajak kelgusi hayoti, baxtli hayot xaqidagi manzaralari tasvirlana boshlagandi...
Biroq eshikni ``tap,`` etib berkitilgan ovozi bu manzaralarni g`azon barglariday har yoqqa tarqatib yubordi. Qo`llarini musht qilib tugar ekan.
``Shavqat qilishga arzimas ekan!`` deb shivirladi. Boshini orqaga tashlab ko`zlarini yumdi...
Yig`i ovoz. Rustam boshini ko`tarib o`rnidan turdi. Tanish yig`i ovozi. Ich-ichidan quvonib ketdi.
Siyida o`sha eshik oldida, tizzalarini quchoqlab o`tirib olgancha ko`z yosh to`kardi. Rustamni ko`rgani hamoni o`rnidan turdi. Boshini egib ko`z yoshlarini yashirdi, kaftini yuziga bosib lablarini berkitib xonasiga kirib ketdi...
Rustam unga yig`lama deb buyruq bergisi kelmadi. Ammo mungli ingroq ovozga ham bardosh qila olmadi.
Xonaga ham bostirib kirmadi. Eshikni chertib taqqillatdi.
Eshik ochilib Sayida qaradi.
- Kechring endi, yeg`lamayman!
- Qarshiligim yo`q, yig`layver ko`nglingni bo`shatib ol. Men ko`chaga chiqib kelman. Mana uyni kalati, senga hech narsani taqiqlamayman... -dedida kalitni Sayidani qo`liga berdi. - O`z uyingday yuraver.
Undan uzoqlashar ekan, ko`nglida ajib bir og`riqni sezdi. Uni yonida bir umir qolib ketishni istadi. Lekin ayni damda uyi yolg`iz qoldirish kerak...
Ko`chaga chiqganida, eski basharini ko`rib afzoyi buzuldi. Mashinasi olda kutib turgan Mo`minga:
- Nima kerak? -dedi qo`pol ohangda.
- Men qizim haqida hechkimga aytmadim!
- Nimaga aytmadiz? Melitsiyaga aytish kerak edi! - Rustam kuldi. - Aytalmoysan chunki o`zingdan qo`rqasan!
Oraga biroz skunat cho`mdi. Mo`min bezovtalanib bir nima demoqchi bo`lar, lekin aytolmasdi.
Rustam bu bezovtalikni sababini anglaganday bo`ldi.
- Qizing soppa-sog`...
- Rahmat. Inim rahmat... - Mo`minni ohirgi gapi shu bo`ldi.
* * * * *
Rustam og`aynilarini: ``o`tir hali qizlar bilan kayf qilmadik-ku!`` degan taklifiga ham ko`nmay tungi kulibdan ertaroq chiqdi. Uyga qaytganida soat millari 12 ga yaqinlashib qolgan. Biroz kayfi bor, qiz yotgan xona eshikni ochib ichkariga bosh suqdi.
- Tentak qiz! Men senga xonamni bo`shatib bersam-u, sen yerda yotibsan! -dedi g`udurladi.
Sayida qimir etmadi, ammo uyg`oq edi.
- Devanga chiqib uxla... - dedi eshikni berkitar ekan uni uxlamayotgani sezib...
O`zi esa no qulay bo`lsa ham kresloda o`ltirib uxlashga urundi.
Rustam uchun, bugungi tun, boshqalaridan farq qiladi. Deyarli tunni uyda o`tqazmas, biror o`ziga tanish fohishanikida yoki erta tongada kirib kelardi. Keyin esa peshingacha uhlardi. Shu sababdan bugun ancha vaqtga uxlay olmasdan qiynaldi. Balki bu yaxshilikka bo`lgandur, shu vaqt ichida boshqa xonada yotgan qiz bir zun bo`lsada hayolidan ketmadi...
Endi ko`zlariga uyqu ilinganda esa, qandaydur shivirlashdan uyg`onib ketdi. Kecha ichilgan aroq tasirida, boshida og`riq turdi. Shu sababdanmi yig`i aralash eshitilayotgan, bu tovushlarni anglab ololmagani sayin asabiylashardi. Lang ochib qo`yilgan eshik, xona ichiga kirdi-yu, shu xamoni asta, qizni bezova qilmaslik uchun ortiga qaytdi.
``Kecha otasi, uni qimorga tikdi. Bugun u yig`lab ibodat qilyabdi!`` Rustam yana bir bor, eshikdan bosh suqdi. Ko`nglidagi g`ashlik qayoqqadur yo`qolib o`rnini ajib bir xis egalladi. Eshik oldida turib, kecha Sayidaga teginmoqchi bo`lgani, unga yomon niyatda qaragani haqida o`ylab, o`z - o`zidan uyalib ketdi.
Sayida bomdot ibodatini tugatgach, asta o`rnidan turdi. Eshikdan bosh suqub tikib turgan, Rustamni ko`rgach salom berdi.
Rustam Sayidaga uzoq tikilib qoldi, o`tkir nigohlari unga og`ir botayotgani, sezib tursada undan ko`z uzolmasdi. Sayida esa joynomoz o`rnida foydalangan, matoni olib qo`ygach, iyagi ostida bog`lab olgan rumolini yechib sochlarini ortiga bog`lab, o`rab oldi.
Rumol, eskiroq bo`lsada etagi uz ko`ylak, lozim unga farishta qiyofasini bergandi.
Sayida Rustam tanishgan qizlarga o`xshamaydi. Ular huddi, yaltiroq qog`ozga o`ralga oddiy toshga o`xshasa. Sayida eski gazeta bo`lagiga o`rab qo`yilga olmos toshning ayni o`zi. Ayni damda Rustamni butun onggu shuvirini shu o`y qamrab olgandi.
- Tuning yaxshi o`tmabdi shekili? Chehrang ancha so`lg`inlashgan! -Rustam asta jilmaydi. - Ammo sen juda go`zalsan.
Bunday ochiq momilaga odatlanmagan Sayida yana bezovtalandi.
- Sayida necha yoshdasan?
Sayida biroz sukut saqlab turgach:
- 20! -dedi.
- Ortimdan yur! - Sayida joyidan qimirlamadi. - Yur ortimdan! - buyurdi Rustam.
Sayida bu yigit qayoqqa boshlayotganini tushunmay, biroz qo`rquv bilan buyruqqa itoat qildi.
Oshxonaga kirdilar.
- Kel o`tir gaplashamiz! -Rustam Sayida o`ltirishi uchun stulni surdi. - Sen haqingda ko`proq bilmoqchiman. O`zing haqingda gapirib ber, o`qisanmi, ishlaysanmi?
Sayida yo`q degan manoda bosh qimirlatdi.
- Shunmadim! O`qisanmi, ishlaysanmi? Soqovga o`xshamasdan gapirgin! -dedi sabirsizlik qilib.
- Maktab, kolejni bitirganman. Ishlamayman uy yumushlarini bajaraman! -dedi.
- Vooo` ana biyron tiling bor ekan-u? Sen bo`lsang misichaday bosh qimirlatasan! - Rustam qiz bilan gaplashgani uchun biroz ko`ngli ko`tarildi.
- Judayam sodda qizsan. Mulla jilovni qattiq ushlaganmi deyman?
Sayida bu ko`cha tiliga, tushunmadi yoki javob qaytarishni istamadi.
Shunga qarmay, Rustam savol berishda davom etdi. Uzoq cho`zilgan savol javobdan, oz bo`lsada Sayida haqida malumotga ega bo`ldi.
- Endi sen so`ra?
- Nimani? -dedi Sayida.
- Men haqimda so`ra? Yaxshisi o`zim aytib qo`yaqolay. Yoshim 25 da, maktbda, kollejda ham yaxshi o`qimaganman. Inistitutga esa faqat qizlarni ko`rgani borardim. G`irt ablah bo`lib o`sgan bo`lsamda, qara! - Rustam qo`llarini ikki yonga yoydi. - Qara mafiya ham menchalik boy emas!
Oraga biroz sukunat cho`mdi.
- O`ziz haqizda shunday deb o`ylaysizmi aka?
- Nima bundanham tubansan, debmoqchimisan? -Rustam stol ustiga yengilgina mushladi.
- Yooo`q... - dedi Sayida.
- Judayam soddasanda, o`tgan asirni odamiga o`xshaysan. Nima televizir ko`rmaysanmi?
- Yo`q, dadam ruhsat bermaydi...
- Men bilgan, seni yoshingdagi qizlarda hayo degan tushuncha deyarli qolmagan. Shu paytgacha hatto ko`zimga qaramading. Diniy saboqni chuqur egallagansan shekili?
Sayida bosh qimirlatib tastiqladi.
- Yig`lab duo qiladiganlarni ko`rmagandim! Boya duolaringda nima so`rading?
Yana skunat.
- Aytaver qiziqda!
- Sizga!
- Menga! Menga nima so`rading? Aytaver qo`rqma.
- Insof so`radim! -dedi ayibdorona bosh egdi Sayida.
Rustam kulib yubordi.
- Meni hafa qilyabsan Sayida! - Rustamni kayfiyati buzulgani shundoq yuzida namoyon bo`ldi. - Agar insofim bo`lmaganda, seni nima qilardim!
Rustam nima nazarda tutayotgani Sayida darov angladi.
- Sen bir zayifa bo`lsan! Qo`limdan har ish kelardi!
- Akaaajon zino katta gunoh!
- Qo`rqma, senga teginmoqchi emasman! Bilasanmi dadang seni menga yutqazib qo`ygani seni foydanga! Meni o`rnimda, Azim yoki Qo`zi bo`lganida seni allaqachon nomusingdan ayrilgan bo`larding. Ular qo`lida Foxishaga aylanar eding!
Sayidani ko`zlari namlandi.
- Akajon qo`pol gapiryabsiz! -Sayida Rustamni vajohatidan qo`rqib yig`lay boshladi. - Meni no to`g`ri tushundiz. Aroq ichish, qumor o`ynash gunoh deoqchi edim. Yaratgandan sizni shu yo`ldan qaytargin deb so`ragandim! Qur`oni karim oyatlarida, aroq, qumor shayton amallaridan bo`lgan harom ishdir. Najot topmoq bo`lsangiz ulardan uzoq bo`ling deyilgan!
- Nasihatingni otangga aytasan!
- Ota onalarni qaqshatib, boyli to`plash... Sizni ham ota-onangiz bordir! Sayida yig`lashda davom etdi.
- O`lgan meni ota - onam... - Rustam stolt ustiga bir musht tushurib o`rnidan turib stol atrofida yura boshlad. - Bas qil yig`lashni... Nima bu hayotga faqat senga qiyin deb o`ylaysanmi? Otang katta pul oldida, seni qumorga tikib xato qildi. Seni qanchalik yaxshi ko`radi bilmadim, lekin afsusdan rosa yig`ladi. Sen unga qadrlisan!
- Har qaysi bola ota onasi uchun qadrli bo`ladi, aka!
- Soddaliging, etiqoding kuchlik ekanligi sening ustunliging!
- Sizham kechirimli bo`ling.
- Sen otangni kechira olasanmi?
-...! -Sayida indamadi.
- Bir kunda kechirib bo`larmidi, bunga umring ham yetmaydi qizgina!
- Adashasiz aka... - Sayida yuz ko`zini artib oldi. - Yaratgandan so`rasang... Men otamni kechirishga harakat qilaman. Otamni kechir deb yaratgandan so`rayman.
- Meni bunga qodir emasman! Bolaligimdan omadsiz bo`lganman. Otam bolar uyiga tashlab ketgan. Meni asrab olgan oyla kaltaklar edi, men u yerdan qochib ketdim. Ko`chada it kunini ko`rganman. Buni sen tasavuringa ham sig`dira olmaysan! Kun ko`rish uchun daydi ittay ahlat titardim. Eshitganim haqorat, yeganim tepki bo`lgan. Mana qara! - Rustam yelkasini ochdi, kattagina kuygan chandiq izini ko`rsatdi. - Bir honadonga ish so`rab borgan edim, ustimga qaynoq suv sepgan! Qaysi aybim uchun, daydi bo`lganim uchunmi? Vaqt o`tdi kuchga to`ldim. Omadsiz bola edim. Men hechkim edim, hech omadim kulmas edi, faqatgina qumorda omadim chopdi. Men endi qudratli shahsga aylanimda. O`zlari nazarlariga ilmagan daydi bolani davralariga chorlamoqdalar. Nega endi men shu imkonyatdan foydalanmasligim kerak?
Dilida qolib ketgan, aytmoqchi bo`lgan anchagina gaplar bor edi. Nogoh labida teygan sho`r tam, uni chalg`itib yubordi. Dilida tugulib qolgan, achchiq alamlarni aytar ekan ko`z yoshi oqqanini sezmay qolgandi. Erkakni ko`zyosh to`kishini ojizlik deb bilgani uchun, ko`z yoshlarini Sayidadan yashirdi biroq.
- Kechring meni aka. Lekin toshbag`ir bo`lmang. -dedi. Ko`z yoshlarni ko`rgach, Sayida asta tushuna boshladi, Rustam yomin inson emasligini. Shuni uchun haddi sig`ib o`z fikrlarini dadil ayta boshladi.
Rustam o`z ko`z yoshini ko`rib ko`ngli yumshadimi, jilmaydi.
- Chindanam tosh bag`irman. Seni, o`z darding o`zinga yetib turganda, yana hafa qilib qo`ydimmi? Atrofimda, ikkiyuzlamachi, nokoslar yig`ilgan. Ular bilan esan qo`pol momila qilaverib, odatlanib qolganman, shuni uchun senga ham qo`pol gapirsam hafa bo`lib yig`lama.
- Him! -dedi Sayida ko`z yoshlarini sidirib.
Ikkovlari ham o`zlariga kelib olgunlaricha biroz o`tirdilar.
- Sayida maktabda o`qib huquqingni tanigan bo`lsang! Nega militsiyaga xabar bermading? Huquq o`rginlari seni himoya qilardi. Istaysanmi seni u yerga olib boraman? - Rustam hozirda qay yo`l bu qiz uchun foydali bo`lsa shu yo`lni tanlashga tayyor edi.
- Ular dadamni qamab qo`yadi! - shivirladi.
- Eh qizgina!
Rustam, Sayidaga uzoq termuldi, uning husni - latofati, o`ziga yarashgan ibo - hayosi, mustahkam etiqodi. Bularning barchasi Rustamning ko`nglida muhabbat kurtaklarini uyg`ota boshlaganini, o`zi ham allaqachon tushungandi.
- Sayida men bilan qolganingdan, juda xursandman, - dedi, Rustam. Ammo bu gap Sayidani uyaltirib yubordi. - Hayotda menga yaxshi suxbatdosh bo`ladigan inson yo`q deb o`ylar edim. Biroq adashganga o`xshayman! Negadur sen men tasavurimdagi insonning o`zginasisan!
- Inson taftini inson oladi aka!
- Senga bir voqeani aytib beraman. Mehribonlik uyida bir qizcha bo`lardi... - Rustam hayoti davomida bo`lgan qiziqarli, esda qolgan voqealardan so`zlay boshladi. Sayida esa yaxshigina tinglovchi chiqib qoldi. U shunchalar berilib ketganidan, qayerda ekanini ham unita yozgandi...
Ammo kutilmaganda chalingan yoqimsiz, eshik qo`ngirtog`i bu shirin suxbatni beliga tepdi.
Sayida tezda o`rnidan turib, xonasi kirib ketdi.
Rustam esa borib eshikni ochdi.
- Rustam... Qalaysa tun qalay o`tdi. Anovi qiz qani? - dedi Ma`mat. Agar Rustam bo`lmaganda uyga bostirib kirishdan ham toymasdi.
- Yaxshimisan! Nega kelding? - dedi Rustam sovuqqina so`rashib.
- Qiz qani Rustam? - Rustamdan qolgan qoldiqlar bilan kun ko`rishga odatlangani uchun. Hozirda butun hayoli, Rustamdan qolgan gulni bir bor bo`lsada iforidan hidlash edi.
- Senga nega kelding dedim? - Rustamni ko`zida g`azab zohir bo`ldi.
- Bek aka yo`qlagandi! - dedi Ma`mat.
- Kutib tur, men kiyinib chiqay!
Rustam Ma`matni atayin uyga taklif qilmadi. Uni eshik oldida qoldirib, o`zi kiyingani kirib ketdi...
- Akaaa, akaaa! - Sayidani ovozini eshitib xonadan uchib chiqdi.
Ma`matni eshik oldida qoldirgan edi-yu, ammo uni surbetligini yodidan ko`tarilgan edi.
Sayidani xonasiga endi kirgan ekan, Rustam uni sudrab olib chiqib bir-ikki siltab tashladi.
- Namuncha qizg`anmasang? Tunni qanday o`tqazgani haqida so`radim holos. Hali teyganim yo`q!
Rustamni nima uchun jaxli chiqayotganini tushunishga fahmi yetmasdi.
- Uyimga so`roqsiz kirma, - bir siltab o`zidan nari itardi. - Bor pastda kutib tur...
Rustam Ma`matni pastga tushurib yuborgach Sayidani xonasiga kirdi.
- Senga tegamadimi?
Sayida yo`q deya bosh qimirlatdi.
- Qo`rqib ketdingmi?
- Him!
- Qo`rqma! Birortasi senga barmog`ini tekkazsa... Ajalidan avval o`ladi!
Sayida bir qimtinib yutunib oldi.
- Uyat narsalar haqida so`radi! - deya ko`zlari olib qochib pichirladi.
- Hafa bo`lma... - Rustam ketishga shaylandi. - Qizgina, meni bir akaxonim chaqirayotgan ekan. Uzoq qolib ketishim mumkun. Hohlasang, ko`chaga chiqib aylanib kel!
- Yo`q!
- Yaxshi o`zing istagan ishni qil, - Rustam eshikni berkitar ekan. - Ha qo`shnilar surishtirsa, Rustamni singlisiman dedin, ho`p?
- Ho`p aka!
Rustam birinchi bor uyidan o`zgacha kayfiyatda chiqib ketdi. Halitdan uyga qaygisi, ko`nglidan joy olgan insonni oldida qolgisi kelar.
To, Bek deganlarini dachasiga yetib borgunlaricha, Sayida hayolidan ketmadi.
- Meni ukam kelibdida, akasini yo`qlagani, - quchoq ochdi Rustamga. - Kel uka kel bag`rimga bosayin... - dedi o`rtacha jussali, ammo semizligidan bo`yni deyarli ko`rinmaydigan, Bek degan nom bilan tanilgan Beknazar...
- Yo`qlagan ekansiz! -dedi Rustam Beknazarni quchoqlar ekan.
- Ha... Shunaqa ekanda... - kinoya qildi. - Har yili shu kunni nishonlayman...
- Uzur aka... Tug`ulgan kuniz bilan. Sog`asiga qazdorman... -dedi Rustam yodiga tushib.
- Hijolat tortma. Senday ukalarimni kelganini o`zi men uchun sovg`a, - Rustamni yelkasiga qoqdi. - Qani ichkariga marhamat...
Rustam, katta dasturxon tuzalgan xonaga kirdi. O`n beshga yaqin odamlar bor, soat kunduzgi 9:00 bo`lishiga qaramay, deyarli shira kayf bo`lib olganlar talaygina.
Ular bilan salomlashishni lazim ko`rmay o`zini chetga tordi...
Avvalgiday diqqat markazda emas, bir chetga o`tirgancha tezroq ziyofat tugatib ortga qaytishni o`ylardi. Hammadan oldin turib ketishga esa, Beknazarni hurmati uchun bunday qilmadi. Ana-mana deguncha soat 14:00 yaqinlashdi.
Dasturxon yig`ishtirilib, o`yin uchun stol-ustullar qaytadan terila boshladi.
- Rustam, kelmaysanmi? - allaqachon bir stulni egallab olgan Beknazar yoniga chaqirdi.
Rustam o`yinchilarga bir qarab oldi, hammasi maydakashlar bo`lsa ham, baribir o`yin kamida o`n soat davom etishi tayin. Shuni uchun o`ynagisi yo`q.
- Uzur Beknazar aka uyga qaytishim kerak.
- Eshitdik, eshitdik! - o`rnidan turib Rustamga yaqinlashar ekan bo`g`iq ovozda hirrillab kuldi. - Mayli, o`zi sen bu davra uchun haddan ziyod kuchlisan ukam! - Rustamni asta boshqa xonaga boshladi.
- Gap unda emas, shunchaki uyga qaytishim zarur...
- Pirablemalar ko`payib ketgani uchun, o`tgan kungi o`yinda bo`la olmadim... Eshitdim nima bo`lganini! - yana kelmagan kulguni keltirib kuldi. - Pismiqni olmosini olganmushsan? Qizni aytyabman ko`pchilik haqiy olmos deyabdi!
Bu gapi Rustamga uncha yoqmadi:
- Olmasmi boshqami bilmayman. Lekin oddiy qiz... - Rustam gapni qisqa qildiyu eshik tomon intildi.
- Rustam senga taklifim bor! -dedi Beknazar.
- Ho`sh...
- Sendagi olmosni menga bersang... Haqqini beraman! -dedi. Rustamni ovozi ko`tarildi.
- Savdogarga o`xshaymanmi?
Beknazar qo`llarini ikki yonga yoyib, yelkasini qisdi:
- Bir taklifda... Yo`q desang, na iloj...!
Rustam qovog`ini uyib, zimdan gap poylab turgan Ma`matga bir qarab qo`ydida indamay chiqib ketdi...
Rustam chiday olmasdi. Yuragini Alami o`ti yondirganidan baqirib mashinasini ruliga musht tushurardi.
- Iflos hammangni o`ldirish kerak!
Bu tuban shahislar, pok qizni bulg`ash niyatida. Ular huddi onasi, opasi yoki singlisiga ko`z olaytirayotganday... Bor yo`g`i ikki kunli tanish bo`lgan qizning shanini uchun, bunchalar g`azab... Aslida tili bu haqida aytmagan bo`lsada, ko`ksidagi bir parcha et, har lahza bong urib uning ismini takrorlashdan charchamasdi...
Uyga qaytib kelganda, gilan ustida beyhush yotgan Sayidani ko`rib rangi o`chdi. Hayoliga kelgan o`y fikrlardan o`zi ham qo`rqib ketdi.
Tezda Sayidani devonga yotqizib, suv sepib o`ziga keltirdi.
- Senga nima qildi? - havotirlandi Rustam.
Sayida esa bilmadim deganday, bosh qimirlatdi.
- Yotib tur, xozir do`ktir keladi...
Rustam shufqalari arimagini uchun tezyordam chaqirdi.
Shifokor ayol Sayidani telshirib