Taqdir tuxfasi... (3-bet)
Sayidani telshirib bo`lgach, Rustam uni chetga tortdi.
- Do`ktir, unga nima bo`libdi? Nima uchun hushidan ketibdi?
- Bu qiz sizga kim bo`ladi? -dedi javob qilishga shoshilmagan shifokor.
Rustam Sayida yotgan xonaga bir qarab qo`ydida:
- Rafiqam... -dedi.
- Ayolingiz, holdan toygan... Nazarimda hushidan ketishiga sabab ochlik...
- Ochik... - kimdur Rustamni ichidan bir nima uzib olinganday bo`ldi...
Rustam shifokorni kuzatgach, asta xonaga kirdi. Sayida holsiz bo`lsada yostiqdan boshini ko`tardi.
- Urunma yotaver...
Sayida begona yigit oldida yotishni o`ziga ep ko`rmay o`tirib oldi.
- Tuzukman... - dedi xolsizgina shivirlab.
Rustam ayibdorona boqar ekan, o`zini beyparvo ekanligidan vijdoni og`rib ketdi.
- Kechir meni Sayida. O`zim ko`chada yeb-ichib yuaraveribmanu, seni o`ylamabman... Muzlatkichni ichi to`la yeguik bo`lsa... - endi bu tortinchoq qizga gaprish beyfoyda ekanligini anglab o`rnidan turdi. - Hozir hammasini to`g`irlayman. Restarandan mazali taomlar olib kelaman...
- Kerakmas yemayman...
Rustam qizni jonsizgina aytgan so`zlarini eshitib ham o`tirmadi, yugurgancha pastga tushib ketdi...
Oradan bir soat o`tar-o`tmas, Rustam restarandan turli nozi-nematlar, taomlar olib keldi. Sayidani bezovta qilishni istamay, oshxonada stol tuzadi. Hayotida birinchi bor, o`zga inson uchun mehir bilan dasturxon yozdi...
- Sayida tur, yur oshxonaga!
Sayida istamaygina Rustamga ergashdi.
- Qani stulga o`tir. Bugun senga bir xizmat qilay, - Rustam likopchaga go`shtli taomdan suzib Sayidani oldi qo`ydi. - Qani ol uyalma...
- Yemayman...
- Yemaysanmi? Unda mana-bu pishriqlardan ol, meyvalardan ye, - Rustam stakanga sharbat quyib Sayida uzatdi. - Sarbatdan ich juda mazali...
- Maylimi xonaga kirib ketsan!
- Hech narsa yemading-ku? - Rustam uning ko`zlariga termulib xammasini tushunganday bo`ldi. Tortinchoqligidan emas, boshqa sabab bilan muzlatkichni ochmagani tushundi. - Harom deb hazar qildingmi?
Sayida lom-lum demadi, ammo birgina kiprik qoqishini o`ziyoq, Rustamni savoliga, ha deganday javob bo`ldi.
- Ahmoq qiz... - Rustam stolni bir tor ag`darib tashladi. - Ochindan o`lib ketmaysanmi! -deb baqirda, eshikni qarsillatib berkitib chiqib ketdi.
- Ochdan o`lganim yaxshi... - Sayida ko`zida yosh bilan, tavomlarni uvalidan qo`rqib yer bilan bitta bo`lgan ovqatlarni yig`ishtira boshladi...
Katta uyda bir o`zi qolgani uchun yuragini vahima bosdi. Bajjahil bo`lsada Rustamni kelishini kutib tong ottirdi.
Tong otganda yana Rustam so`kingancha uyga kirdi. Sayida esa Rustamni ko`rib bir seskanib ketdi. Rustamni usti boshi oppoq, qo`lida paket halta.
- Shuncha bo`yligim bola turib... Eee onasini...
Qo`lidagi paket haltalni Sayidani qo`liga berdi.
Tuni bilan vagondan yuk tushirib ishlagani uchun. Biroz chargani bilinib turardi. Albastir to`la qoplarni yelkada ko`tarib tashiganda, ter bosgan joylariga albaster tegib qotib qolgan. Yelkalarida albastir qoldiqlari yopishib qolgan ko`ylagini yechib jaxil ustida uloqtirdi.
- Mana halol, o`z qollarim bilan ishlab topgan pulga oldim. Endi hazar qilmassan? Bir kami endi mardikor bo`lib ishlashim qolgandi, - yuvinib chiqish uchun xonadan chiqar ekan, o`girilib Sayidaga qaradi. Endi u labida nim tabassum bilan qo`lidagi paketni quchoqlab turardi.
- Sayida! -dedi Rustam mayinlik bilan.
- Him!
- Sen huddi cho`lda ochilgan gulga o`xshaysan! Kerak bo`lsa u gulni qurib, so`lib qolmasli uchun ko`zyoshlarim bilan sug`orib parvarish qilaman...
Sayida uchun bu ohshatish xuddi dil izhoriday bo`ldi. Aslidaham bu Rustamni yurak-yurakidan chiqqan dil izhor edi. Pokiza muhabbat izhorini, avvalo toza qalb sezadi. Shuni uchun bo`lsa kerak, Sayidni mayus tortgan ko`zlari portab, lablarda labassum qotti. Yuaragida paydo bo`lgan muhabbat Rustamga tikilib qarashga majburladi...
Nihoyat bu qizningham lablarida tabassun, ko`zlaridagi muhabbatni payqagan Rustam o`ziga sig`may ketdi.
- Hozir yuvinib olay, o`zim biror nima pishrib beraman...
Rustam ayni topda, bu qiz uchun tog`ni talqon qilishga ham tayyor edi...
Yuvinib qaytib chiqqanida, esa Sayida allaqachon oshxonaga dasturxon yozib qo`ygandi.
- Keling aka... - endi Sayida Rustamni dasturtxonga taklif qildi.
- Sayida qo`polligim uchun uzur. Bazida o`zimni nazorat qila olmayman! -dedi kechagi ishi uchun uzur so`rab.
Birgalashib nonushta qilishdi. Muhabbatli nigohlar bilan bir-birlariga boqar edilar. Rustam o`zini baxtli his etardi.
Baxtidan sarmast Sayidaga uzoq termulib o`tirdi. Sayida ovqat yeyayotgan bo`lsada, hali ham xolsiz ekanligi bilinib turardi...
Dasturxon yeg`ilgach, Sayida idish tovoqlarni yuvib qo`ydida, xonasiga kirib ketdi.
Rustam esa o`tirgancha, butun umrini sarhisob qila boshladi. Katta-kichik ulfatlari, do`stlari orasida birorta yaxshisini topa olmadi. Hammasini ko`ngli chirkindi, (ifloslangan, kirlangan). Kecha, Beknazar qizni sot degan taklifi yodiga tushdi. Yuragida g`azab o`ti alangalana boshladi.
Qo`l telifonini olib Ma`matga qo`ng`iroq qildi.
- Eshitaman, Rustam!
- Tez uyimga kel... - Rustam gapni qisqa qildi va qizil tugamachani bosdi...
Yarim soatga qolgan eshik qo`ng`irog`i chalindi.
Rustam eshikni chishi bilan Ma`matni girdonidan oldi.
- Haromi senga qancha yaxshilik qilganman, evaziga oyog`imga bolta urmoqchimisan?
- Aybim nima Rustam? - Ma`mat Rustamni kuchga to`la qo`llaridan chiqishga chirandi.
Rustam uni bo`ynidan bo`g`di.
- Qizni qartada yutib olganimni Bekka sen aytgansan?
- Qasam ichaman men aytmadim... - nafasi qisilib hirriladi.
- Haromi qasamho`r! - Rustam jahil ustida qorniga musht tushurdi.
Ma`matning esa nafasi qisilib dumalab qoldi.
Birozdan keyin o`ziga keldi.
- Men aytmadim nega urasan? - qornini ushlab hansiradi.
- Bo`lmasa anovi cho`chqa qayoqdan eshitdi..?
- Faqat u yerda men bor edimmi? - Ma`mat o`zini o`nglab o`rnidan turdi. - U yerda o`ndan ziyod odam bor edi. Hammasi qizni gul husnini ko`rgan. Bitta Bek emas, Mirza aka, Qo`zi akalar ham qizni ishqida o`lib yuribdi!
- Itlar hammasini so`yaman! -dedi Rustam devorga musht tushurib.
- Rustam men hech qachon senga hiyonat qilmaganman. Mendan shufqa qilma! - labini Rustamni quog`iga cho`zdi. - Qizni yoqtirib qoldingmi?
- O`chir sendaqalar, pul uchun onasini ham soatdi...
- Adashasan...
- Yo`qol ko`zimga ko`rinma.
- Ketaman. Lekin bilib qo`y, Mo`min aka boshi berk ko`chaga kirib qolgan. Qo`zi akadan foyzga qarz olgan ekan, pulni o`g`irlatib qo`yibdi. Eni Qo`zi aka, Mirza akalar uni siquvga olyabdi. Agar senga dushman bo`lganimda bu gapni senga aytmas edim...
- Shunaqa degin, endi yo`qol... - Rustam eshikni berkitdi.
Ortida Sayida qarab turardi.
- Hammasini eshitdingmi?
- Ha... - ovozi titradi.
Rustam asta jilmaydi.
- Qo`rqyabsanmi?
- Ular yomon odammi aka?
- Sen tasavur qilgandan ancha iflos kimsalar. Lekin sen qo`rqma. Gulga tikan bo`lishga qodirman! -dedi yumshoqroq ibora bilan.
Sayidani tinchlantirgan bo`lsada, o`z ko`ngli taskin topmasdi. Shu kuni tunda ham halovat topa olmadi. So`ngi yillarda qo`rquvni nima ekanini unitib qo`ygandi. Ammo shu kecha yana qo`rquvni his qildi. O`zi bo`lganda hatto o`limham qo`rquv uyg`otmas edi. Biroq endi nozik joyi paydo bo`lgandi, Sayida. Bu farishta misol qizning, oydayin chiroyi har qanday yigitni o`ziga maftun etishi tayin. Ayniqsa hirs quli bo`lganlarni, eng yomoni bu kimsalarda, pulni qudrati borligi.
Ular bu inkonyat bilan suvdan, qanday quruq chiqishlari aniq. Rustam buni yechimini tuni bilan o`yladi. Har qanday yo`l, ohir oqibat Mo`minga borib taqalaverdi. Nihoyat o`ylab-o`ylab Mo`minga yordam berishga qaror qildi. Tong yorishgani hamoni, seyfdagi pullarni sumkaga joylay boshladi. Shu payt o`ylab qoldi.
- Yo`q u bunday mehribonlikka loyiq emas, u hammasi ongli ravishta qilgan...
Pullarni yana seyfga tiqib, ko`chaga chiqib ketdi...
Bir necha soat o`tgach qo`lida ikkita katta sumka ko`tarib keldi.
- Sayida... Bular seni narsalaring. - Rustam sumkalarni Sayidani oldiga qo`ydi.
Sayida avvaliga tushunmadi, sumkalarni ochgach hayron bo`ldi.
- Uyimizga bordizmi?
- Ha, uylaringdagi sanga tegishli bo`lgan, hamma narsalaringni olib keldim. Hammasi o`zing saramjonla hozir ketamiz...
- Qayoqqa?
- Sen uchun beyhavotir joyga!
Sayida ortiqcha savol bermadi. Allaqachon Rustamga mehri tushib, unga ishona boshlagadi. Indamay unga ergashdi. Mashina o`tirib ancha yurganlaridan keyin bir bino oldida to`xtadilar.
- Sayida, ammang bor ekan-a?
- Ha bor...
- Senga juda ko`p pul beraman. Yana ikkita uyim bor, birini sotib ammangga yaqin yerdan kivartira olib beraman, usha yerlarga ket. Shunda men hotirjam bo`laman...
- Istamayman...
- Buyoqqa qara, - Rustam oynani tushirib bino yuzasiga katta xarflar bilan ``BAXT UYI`` degan yozuvga ishora qildi. - Menga turmushga chiq!
Sayida jim qoldi.
- Oyla qurardik, ro`yxatdan o`tib. So`ng Masjidda Nikoh o`qitar edik... - Rustam umid bilan Sayidaga bir qarab qo`ydi. - Ammo, sen qay yo`lni tanlasang ham seni qo`llayman...
- Ihtiyorim dadamda! - pichirladi.
- Mo`min aka rozilar, ohirgi so`z o`zingda!
Sayidani yuzida mamnunlik alomatlari paydo bo`ldi. Ammo buni yashirishga urunib boshini salgina egib oldi.
- Roziman... - Sayida bu so`zni shivirlab aytgan bo`lsada, Rustamni yuragida ancha vaqtgacha aks sado berib turdi...
* * * * *
Ro`yhatdan o`tganlaridan keyin, Nikoh o`qitish uchun Masjidga borishdi. Sayida Masjid eshigi oldida otasi ko`rgan rangi o`chib, ko`zlari namlandi.
- Sayida, dadangdan oq fotixa olaylik degandim. Shuni uchun men chaqirtirdim...
Sayida bosh qimirlatib bu ishni maqulladi. Ammo gapira olishi uchun, armonga aylanayotgan tiqilib qolgan, armonga aylangan achchiq ozular yo`l qo`ymadi...
Domla biroz maruza qildi. Ikki yoshni bir biriga bo`lgan haq huquqini tushuntirgach, ularni Nikohlab qo`ydi.
Mo`min esa qiziga oq fotiha berib, qiziga qancha dalda berishga urunsa, Sayidani shuncha yuragi azoblanardi.
Lom lum demasada, unsiz ko`zyosh to`tardi.
Har qaysi qizning olam-olam orzulari bo`lgani kabi, Sayidaning ham bir dumyo orzulari bor edi. To`yida oq libos kiyib kelin bo`lish. Ko`ngli toza insonning suyiklisi bo`lish, uning ota-onasiga hizmat qilish. Kimgaham yoqardi, bunday taqdir. Otasini birgina hotasi uchun barchasi.
Sayidaga bir narsa ko`ngliga taskin berardi. Bu ham bo`lsa Rustamga turmushga chiqqani. Rustam o`zi orzu qilgan shahzoda emasdur, ammo shu to`rt kun davomida u ko`nglidan o`rin olishga ulgurgandi...
* * * * *
Sayida xonada o`tirgancha, Rustamni kutardi. Hayajoni kuchliligidan qo`llari tirtardi. Xonaga Rustam kirib keldi. Uning ham hayajoni, yorinikidan kam emas. Sayidani qarshisiga kelib ko`chkalab o`tirdi. Kaftlarini tni ikki yuziga qo`ydi. Namlanganidan 3, 4 tadan bo`lib birlashib qolgan, uzun-uzun kipriklariga, dardi beydavoga (Muhabbatga) duchor aylagan, manoli ko`zlariga termular ekan. Haligacha bu dildor bugundan boshlab uning suyuklisi ekanliga ko`zlari ishonmasdi.
- Sayida! -dedi uzoq skunatdan keyin. - Endi biz bir oylamiz. Lekin hech bir udumni, to`la to`kis bajarmadik...
- Him! -dedi Sayida ham yutoqib.
- Senga vada beraman! - Rostamni ovozi balantladi. - Biz to`y qilamiz, sen oppoq ko`ylak kiyib kelin bo`lasan. Ana undan keyin biz...
- Ha... - dedi Sayida Rustam nimani nazarda tutayotganini tushunib.
- Yaxshi dam ol, azizam... - Rustam bosh barmoqlari bilan kipriklar ostidagi namlikni artib qo`ydi. So`ng o`rnidan turib, chiqib ketishga shaylandi.
- Yolg`iz qoldirib ketmang... - dedi Sayida Rustamni barmoqlaridan tutib.
Rustam negadur shu topda suyuklisini tabassumini ko`rgisi keldi.
- Yig`loqi bilan qolishni istamayman... - ovozini biroz kulguli qilib.
Ha, Rustam kutgan tabassum bo`ldi.
- Unda yig`lamayman...
Bir o`rinda tunni o`tqazdilar. Ammo yaqinlik qilmadilar, shunchaki bir-birlariga qarab yotdilar.
Bu tong ikkalalari uchun ham boshqacha ottdi. Sayida qo`ldan kelgancha kelinlik vazifalarini bajardi.
Rustam esa kuyov...
Har ikkalalari ham o`zlaricha baxtli.
Biroq Sayidani ko`zlari... Yuzi kulib tursada, ko`nglida kamtik borligini sezdirib qo`yayotganday.
Rustam o`ylab ko`rib o`zi bilgan yo`l bilan shu kemtikni to`ldirmoqchi bo`ldi...
Oradan ikki, uch kun o`tdi. Rustam hush kayfiyatda kirib keldi.
- Azizam ko`zlaringni yum!?
- Ho`p! - Sayida ko`zlarini yumdi.
Rustam esa qo`liga berkitib turgan, qimmatbaxo tilla zanjirni Sayidani bo`yniga taqdi.
Bundayin sovg`a har qanday qizga yoqishi turgan gap...
- Yoqdimi? - dedi, Sayidani hursanligini ko`rishga intiq bo`lib.
Ammo u kungan holat bo`lmadi.
- Ha... Rahmat! - yuzi kulgan bo`lsa, ko`zlari boshqa narsa der edi. Huddiki bo`yniga tilla emas, suvuq tanali ilonni ilob olganday.
Rustam Sayidani ko`zlarida, har bir kipriq qoqishida, manoli qarashkarida shu narsalarni yaqqol ko`rib turganday. Sayidani qalbini o`qiyotganday bo`ldi. Deraza tomon yurar ekan, bir necha daqiqa pastda o`ynab yurgan bolalarga qarab turdi.
- Azizam sen bilan, fahrlanaman! - asta derazani ochib chuqur nafas oldi. - Men endi yashashni boshlagandayman, hayotmdmida mazmun paydo bo`ldi.
- Nima uchun? - dedi Sayida.
- Sendek yaqinim borligi uchun!
U bir necha daqiqa ichida, shundayin bir ahvolda tushgandiki. Hatto yig`lab yuborishga toyyorday.
Sayida buni darrov fahimladi, uni bu holatida qisman bo`lsada o`zini ayibdorday sezdi.
- Sizni hafa qildimmi?
- Sen-a! - Rustam kuldi. - Sen istasang ham bunday qila olmaymaysan!
Rustam nargi xonaga otdi va seyfdan bir nimalar oldiyu, indamay chiqib ketdi.
Alla mahal bo`lsa ham qaytmadi. Sayida qorang`u xonada o`tirgancha, ko`p o`yladi hamma ayib, sovg`ani munosib qabul qilmaganimda deb o`zini aybladi...
Rustam esa ertasi kuni, huddi chiqib ketgan vaqtida qaytib keldi.
- Assalomu a`laykum!
- Va`alayku... -alik oldi Rurstam.
- Sizdan hovotirlandim...
- Bir ishni qilishim kerak edi... - Rustam uyni har bir buchgiga, bir qarab oldi. - Sayida narsalaringni yeg` ketamiz, pastda taksi kutib turibdi!
Sayidani ko`ngli, bir nima bo`lgani sezganday uvishdi. Ammo eriga bir so`z qaytarmay, aytganini qildi.
Pastga tushishganda, Rustamni mashinasi yo`qligini ko`rdi. Yana uyga kirganda, atrofga qaragani. Bularni hammasi qandaydur bir voqea sodir bo`lganidan darak edi. Nima bo`lganini Rustamni o`zi aytib berishini kutdi. Ammo yo`q, taksida ketishar ekan, ikkalalari ham jim edilar. Bir necha soat yo`l yurdilar, kun qoraya boshlaganda esa, qandaydur qishloqqa yetib keldilar.
Taksi uyog`iga yurmadi, ortiqa qaytib ketdi.
Nihoya qishloq ichiga kira boshlaganlarida, Rustam bir hursunib gap boshladi:
- Sayida ota-onam bolaligimda o`lib ketgan deganimda yolg`on gapirgan edim. Oyim hayotlar, dadam o`tgan yili olamdan o`tganlar... - Rursam yana bir necha sonya jim yurdi. - Ular juda yosh turmush qurishgan. O`yin kulgauga deb meni... Afsus aqillarini yig`ib olishganda esa kech edi. Meni izlab topishganlarida esa. Men hudbinlik qildim, ular kechrim so`rashar, qaytishimni zorlanib so`rab har kuni eshigim oldiga kelar edilar.
Meni bolalar uyiga topshirganlarida men uchun o`lishgan edilar...
Aslida bilmaysan Sayida men ularni har lahza sog`inib yashaganman...
Sayida esa bildirmay ko`z yosh to`kib ketardi.
Devorlari nuragan, eski eshigi yarin ochiq turgan eshki uy oldiga kelishdi.
Rustam bir necha sonya eshik oldida turgach, o`zida kuch topib asta ichkariga qadam qo`ydi. Sayida esa unga ergashdi.
Xovli chetiga qo`yilgan supada, bir qari ayol o`tirardi. Aslida endigina yoshi qirqdan oshgan ayol o`tirardi.
Yoshlikda qilgan hatolari, qaddini bukkan bo`lsa, alam, istirob, armon sochlarini oqqa bo`yab, yuziga ajin solgan edi. Shu sababdan bu ayolni qiyofasi oltmish yoshga o`xshardi...
Ayol begona sharpani sezib ular tomonga o`g`rildi.
- Kim bor, kech bo`lganda kelgan kim u? - yig`layverganidan ko`zlari hiralashgan bo`lgani uchun taniy olmasdi. - Kimsiz gapring?
Sayida Rustamga termular, nima uchun gapirmayotganiga tushunmasdi.
Rustam esa necha yildan beri, ``OYI`` demagan lablarini titratar edi.
Ayol o`rnidan turib ularga yaqinlashib kelardi.
Nihoyat o`g`lini tanidi.
- Rustamjom!
- Ha... O-o-oyi! - onasini asta quchoqladi. - O-o-oyi men keeldim...
Ayol gapira olmas, shunchaki o`g`lini bag`riga bosib yig`lardi.
Uzoq cho`zilgan diydordan keyin, Rustam Sayidaga ishora qildi.
- Ooyijon bu keliningiz!
Kelinli bo`lishni allaqchon, ushalmas armoniga aylantirib bo`lgan ayol uchun xaqiqiy baxt bo`ldi.
* * * * *
Diydor onlari naqt tongacha davom etdi. Shundan so`ng Sayida va Rustam kichikroq, deraza oynalari tushub ketgan xonaga joylashdilar.
- Oyimlar juda mehribon ekanlar! -dedi ona mehrisi ulg`aygan Sayida, qaynonasini mehridan to`lqinlanib.
- Qani edi, shu mehrlari 18 yil avval bo`lganida edi...
- Nega hafasiz? Muhimi oyimiz borliklari yetarli emasmi?
- Yo`q, unga emas! - Rustam chontagidagi qog`ozni Sayidaga uzatdi. - Endi, senga oqlibos kiydirib, to`y qilib berishga qodir emasman...
Sayida qog`ozga yozilganlarni o`qir ekan, ko`zlaridan yosh toma boshladi. Ammo bu qayg`u emas quvonch yoshlari edi.
Rustamni qattiq quchoqlab, shunday deb shivirladi.
- Sizday insonni rafiqasi ekanligimdan baxtliman. Menga oq libos kerak emas...
- O`n kunda, hayotim o`zgardi. Taqdirimdan minnadorman. Taqdir menga senday solihani tuhfa etdi. Onamni qaytib berdi. O`ZINGA SHUKUR OLLOHIM...
Sayidani qo`lidagi hujjatda. Rustam bor mol mulkini, o`zini tarbiyalagan mehribonlik uyiga o`tqazib berilgani tastiqlangan edi...
- - - - - - - - - -
Bu hikoyam bilan, qumor baxt keltiradi demoqchi emasman. Qumor bu kasofat, men shunchaki muhabbatni qudratini ko`rsatib bermoqchi bo`ldim...
E`TIBORIZ UCHUN RAHMAT...
Muallif: -MAJNUN-