tungi.ru

Oshkora qotillik qissasi (qissa) (7-bet)

kuzatayotgan soʻnggi tomoshatalablarning ham darmoni qurigandi,padarning yordamchisi — tolibi tib ham hugaini yoʻqotib, agʻdarilib tushgandi; oʻz vaqtida koʻp oʻliklarni koʻrgan, qon toʻkib-qon kechgan polkovnik Aponte ham bundayin jasad yorishdan koʻngli ozib, arvohparastligi yetilganday, goʻsht degan narsani koʻrsa yo eshitsa, seskanadigan, hazar qiladigan boʻlib qoldi. Ichi boʻshagan jasadga latta-puttani soʻnmagan ohakka bulab-bulab tiqib, ustidan juvoldiz bilan chalakam-chattisiga shunchaki chatib qoʻyilgan edi, biz uni shohi yopinchiqli yangi tobutga solayotganimizda tikilgan joylari soʻkilib, ichidan gʻayri narsalar toʻkilib ketdi. «Oʻsha holatda murda uzoq saqlanadi deb oʻylagandim», dedi menga padar Amador. Biroq ish boshqacha tus oldi: mayit aynib, sasib, hammani shunaqayam behuzur qildiki, nochorlikdan uni tongdayoq koʻmib yubordik.

Oʻsha seshanba tongi tund, tiyra edi. Oʻtgan kunduzu kechada bir olam gʻavgʻoyu savdoni koʻrganim bois bir oʻzim uxlay olmasimni sezganimdanmi, oyogʻim Mariya Alexandrina Servantesnikiga tortaverdi, borsam, baxtim chopganini qarangki, eshik tambalanmagan ekan. Daraxtlarga osigʻliq qovoq qalpoqli chiroqlar yoniq, raqs maydonida gulxan gurillardi, katta-katta satillarga suv toʻldirib, oʻtga qoʻyishgandi — zanji dilbarlar aza chekishib, bayramlik kiyimlarini qoraga boʻyashayotgan ekai. Mariya Alexandrina Servantes odatdagiday — xuddi toʻyib uxlab turganday xushkayf va shir-yalangʻoch edi; u begonalar boʻlmasa, xosxonasida onadan tugʻilganday qiyofada yuraverardi. U oʻzining shohona karavotida turk jononlariday chordona qurgan, roʻparasidagi patnisda turli noz-ne’matlar Bobil minorasiday baland boʻlib uyulib turar edi: buzoq goʻshti doʻlmasi, dimlangan tovuq, choʻchqa goʻshti, bananu sabzavot — deyarli besh kintilik ovqat unga muntazir edi. Uning gʻussa chekkanda tinmay ovqat yeydigan odati bor edi, nazarimda, men uni bunday qaygʻuli damlarda biror marta ham gʻamgin koʻrmaganman. Kiyimlarimni yechmasdan ohista uning yoniga choʻzildim, bir ogʻiz ham gapirishmadik, men oʻzimcha aza tutib yigʻladim. Yigirma yoshida Sant'yago Nasarning yigit umrini xazon qilgan gʻaddor falak dastidan faryod chekdim, ayniqsa, uning toʻrt pora qilib — qadimiy usulda boshi, qoʻl-oyogʻining kesib oʻldirilishi alamimni haddan ziyod etdi. Tushimda bir ayol xonaga kirganday boʻldi, qoʻlidagi goʻdagi hadeb chapillatganicha makkajoʻxori soʻtasini gʻajirdi, yarim chaynalgan donlar uning koʻylagiga toʻkilardi. Xotin menga: «Gʻajigani gʻajigan, hech toʻyay demaydi», dedi. Birdaniga koʻylagim tugmalarini kimdir shoshilib yechayotganini sezdim, shundokqina tepamda hansirayotgan ayshu shahvat bandasining vahshiyona nafasini his qildim, ishvasi hushimni oldi, beixtiyor ishrat komiga choʻka boshladim. Biroq u nogaxonda jimib qoldi, ohista yoʻtaldi — goʻyo ovozi olis-olislardan eshitilganday boʻldi.

— Yotolmayman, — dedi u. — Sendanam oʻlik hidi kelyapti.

Faqat mendangina emas, balki butun tevarak-atrofdan Sant'yago Nasarning isi kelardi. Aka-uka Vikariolar ikkoviniyam shahar hokimi vaqtincha hibs etgandi, turmada yotgan yerlarida shu hidni tuyib, rosa qiynalishgan. «Sovun-sochiq bilan harchand ishqalamay, bari bir hidini ketkazolmadim», dedi menga Pedro Vikario. Egizaklar uch kun uxlasholmadi, koʻzlari yumilgan zahoti aloq-chaloq tush koʻraverishdi, tushlarida jinoyatlari takror boʻlaverdi. Oʻsha intihosiz kundagi hola-tini eslab, ancha keksayib qolgan Pedro Vikario menga: «Bari bir koʻzim ochilib ketaverdi», dedi. Uning mana shu birgina iborasidan ular turmada uyqusizlik tufayli doʻzax azobini chekishganini angladim.

Hibsxona uzunasiga uch qadam, tuynugi panjaralangandi, axlat-tuvak, yuvinish uchun bir koʻza suv, togʻora, ikkita boʻyra toʻshalgan toshtaxta ham bor edi. Bu xona shaxsan polkovnik Apotening amriga binoan jihozlangandi, uning ogʻiz koʻpirtirishicha, dunyoda bundan ham yaxshiroq, insonparvarroq kamoqxonani topib boʻlmas ekan. Ukam Luis Enrike shahar hokimining bu gaplarini juda toʻgʻri deb, ma’qulladi, chunki u bir gal mashshoqlar bilan janjallashib qolib shu yerga qamalganida, polkovnik Aponte azbaroyi odamparvarligidan ukamning hisbxonaga bir zanji fohishani olib kirib yotishiga ruxsat bergan. Soat ertalabki sakkizda, maxalliy arablar tahdididan endi qutulganliklarini faxmlagagan sallohlar xuddi shuni eslab bir oz taskin topishgan. Ikkovlon ham zimmalaridagi ogʻir vazifani bajarganliklaridan ancha yengil tortib, mamnun boʻlishgan,endi koʻngillarini birgina narsa — oʻsha badboʻy oʻlik hidi bezovta qilmoqda edi, xolos. Mahbuslar sovun,sochiq, ishqalagich, koʻproq suv berishlarini soʻrashgan, yuz-qoʻllaridagi qon yuqini obdan tozalashgan. Pedro Vikarioning istagiga koʻra unga xabdori, ichini yumshatadigan dori, bavosiliga qoʻygani toza doka berilgan, u xatto ertalabgacha ikki marta yozilib qaytgan. Biroq kun yoyilishi bilanoq uning azobi ortgandan ortib, oʻlik xidiniyam esidan chiqargan. Soat ikkilarda, ayni qiyomda, Pedro Vikarioning sillasi qurib, boʻyraga choʻzilishgayam madori yetmagan, ammo oyoqda tik turishga ham choli qolmagandi — charchoq va ogʻriq uni turgan joyida qulatgan. Chotidagi ogʻriq boʻynigacha chiqqan, peshobi taqqa toʻxtagan, bundan vahimasi ortib, yo rabbim, bir umr uxlay olmaydigan kasalga chalindimmi, dsya oʻylagan. U mepga oʻsha kunlarni xotirlab: «Oʻn bir oy koʻz yummadim», dedi, avvaldan fe’l-atvorini bilganim uchun soʻziga ishondim. Oʻshanda boyaqishning tomogʻidan ovqat oʻtmay qolgandi. Pablo Vikario xarqalay beriladigan yemaklardan oz-oz yutishga qodir edi, lekin chorak soatdan ksyin qorni burab ogʻrib, hojatxonaga chopardi. Soat oltida, Sant'yago Nasarning jasadi yorib-koʻrib boʻlingach, javobgarlar shahar hokimini chaqirtirishdi. Pablo Vikario ukasini zaharlashganiga amin edi. «Suv boʻlib ketaverdim, — dedi menga Pablo Vikario. Bu anavi turklar ning ishi, degan oʻy xayolimda charx uraverdi». Bu muddat mobaynida axlatchelak ikki marta toʻkib kelingan, bundan tashqari, soqchi Pablo Vikarioni olti marta dorugʻa hojatxonasiga olib borgap. Polkovnik Aponte uni aynan xalajoyda yiqillab oʻtirgan alpozda uchratgan, tepasida soqchi miltiq ushlab turardi; javobgarning ichi sharillab ketayotganini koʻrib, mahbuslarning zaharlanish borasidagi davolarida jon bor ekan, deb oʻylagan u. Biroq sallohnipg faqat suv ichib, uyidan onasi Pura Vikario joʻnatgan nimaiki bor, hammasini aralashtirib yeyaverganini eshitgach, bu fikridan qaytgan. Bandining nafsi buzuqligidan gʻashi kelgan polkovnik Agyunts ularni maxsus soqchilar Rioachadagi gʻaroyib turmaga olib ketmagunicha oʻz uyida, qattiq nazorat ostida saqlashni buyurgan.

Aka-uka Vikariolar dilidagi qoʻrquv koʻchadagilar vahimasi bilan bir xil edi. Arablar oʻch olishmaydi, deb hech kim kafolat berolmasdi, lekin ikkov suiqasdchidan boshqa biror inson zahar haqida gapirgan ham, oʻylagan ham emasdi. Xaloyiq fikricha, arablar shom tushgan zahoti tuynukdan kerosin shisha otib, qamoqdagi egizaklarni turma-purmasi bilan yondirib yuborishi lozim edi. Biroq bu shunchaki mahobat edi, xolos.

Arablar jamoasining barchasi tinchlikparvar boʻlib, ular asr avvalida Karib dengizi sohillaridagi uzoq-yaqin shahru qishloqlarga koʻchib kelib, joylashib qolish-gan va asosan bozorlarda rang-barang matolar, mayda-chuyda attorlik buyumlarini sotib kun kechirishardi. Bari ahil, mehnatkash edi, katoliklar mazxabiga e’tiqod eti-shardi. Arab jamoasidagilar faqat oʻz hamqavmlariga qiz berib-qiz olishar, yetishtirgan donlarini oʻzlari sotishar, hovlilarida qoʻy boqishar, bogʻchalarida xushboʻy togʻrayhonu baqlajonlar oʻstirishar edi, ularning birdan-bir qusuri — qartavozlikka ruju qoʻyishgani edi, xolos. Ota-bobolar ona yurtlarida oʻrganishgani — arab tili shevasida soʻzlashishar, uni ikkinchi avlod ham buzmay saqlagan, ammo uchinchi avlod — nabiralar, bundan Sant'yago Nasar mustasno, ota-bobolarining arabcha kalomini eshitib, ularga ispancha javob qaytarishga odatlanishgan edi. Ana shu yuvosh arablarning birdan junbushga kelishiga va sallohlarning jinoyati vajidan bizdan oʻch olishiga aql bovar qilmasdi. Shuningdek, vaqtida obroʻli, jangari odamlar yetishib chiqqan va ularning bir nechtasi qotillikda, mayxonayu qovoqxonalarda mushtumzoʻrlikda nom qozongan, endilikda ancha popugi pasayib qolgan Plasida Linero urugʻlarining qasos istashi ham imkondan horijdagi bir hol boʻlib, bu xususdayam hech kim xavotir olmasdi.

Uzunquloq gaplardan koʻngli gʻashlangan polkovnik Aponte atrofdagi har bir arab xonadoniga kirib, ular bilan soʻzlashib, bu gal endi toʻgʻri xulosa chiqardi. U har bir ahli arabning ruhi choʻkkanini va bagʻoyat gʻam chekayotganini, mehroblarida aza nishoni borligini, koʻplarining yerga oʻtirib olib, koʻz yoshi toʻka-toʻka marxumning arvoxini yodlab qaygʻurayotganini koʻrdi, illo, biror kimsaning xun olish niyatida ekanini payqamadi. Suiqasd xususidagi ertalabki shov-shuvu dahshatli gapsoʻzlar alangasi ancha pasaygan, hatto qotillar ham, buyogʻiga janjal koʻtarilsayam mushtlashuvdan nariga oʻtmaydi, deb oʻylashardi. Bundan tashqari, yuz yoshlik kampirsho Suseme Abdul qizi egizaklarga achchiq ermon va yoki sachratqi bargi qaynatmasini ichirish kerakligini aytibdi, bu dorilarni ichgach, Pablo Vikarioning ich ketari taqqa toʻxtadi va aksincha, bu Pedro Vikarioning boʻshalishiga yordam berdi. Soʻngra Pedro Vikarioni mudroq bosdi, yurakburugʻidan qutulgan Pablo Vikario esa, joni oromu osudalik topib, uch kundan soʻng ilk bor koʻzi ilindi. Shahar hokimi Purisima Vikarioni farzandlari bilan xayrlashmoqqa ertalabki soat uchda hibsxonaga olib kirganida, ona oʻgʻillarini ana shu ahvolda koʻrdi.

Polkovnik Apontening taklifiga koʻra, Vikariolar oilasi — hatto katta qizlari va ikkovishshg eri ham shaharni tark etishdi, hech kimga bildirmay joʻnab kolishdi; biz esa, oʻsha kuni oʻlarday charchagan, Sant'yago Nasarni dafn etgan, mutlaqo koʻz yummagan edik. Shahar hokimining aytishicha, Vikariolar bu yerdagi gʻalvalar tinib, alamzadalar hovuridan tushmagunicha kaytmasligi lozim edi. Pura Vikario sharmandai sharmisor qizining betidagi koʻkargan dogʻ-dugʻlar koʻrinmasin deb unga roʻmol oʻratib qoʻydi, soʻngra, soʻyilgan xushtoriga aza tutyapti deb oʻylashmasin, deya xavotirlapib, qiziping vujudini qizil, yaltiroq kiyimlarga burkab tashladi. Pura Vikario joʻnab ketishdan avval padar Amadorni yoʻqlab, undan oʻgʻillarini turmaga borib koʻrishini, tavba qildirishini oʻtingan, ammo Pedro Vikario bunga koʻnmagan, tavba qiladigan gunohlari yoʻqligiga birodarini ham inontirgan. Mahbuslar yolgʻiz qolishgan; Rioachadagi qamoqda olib ketiladigan kuni salloxlar ancha oʻzlarini tutib, hushyor tortishgach, xotirjamlik bilan haq ekanliklarini ta’kidlashar, urugʻlarimiz ta’qibdan qoʻrqib kechasi joʻnashgan, biz bunday sharmisorlikdan or kilamiz, bizni kunduzi, ochiq-oydin olib ketishsin, deya talab etishar edi. Ularning otasi shu kunlarda qazo qildi. «Otaginam gʻam-gʻussadan kuyib oʻldi», dedi menga Anxela Vikario. Birodarlar turmadan ozod boʻlishgach, Rioachada muqim yashab qolishdi, oila a’zolari kun kechirayotgan Manauradan bu yer bir kunlik yoʻl edi.

Pablo Vikario otasining doʻkonida zargarlik hunarini' egallagandi, Rioachada shu ishning boshini tutib, anchagina oyoqqa turib oldi, Prudensiya Kotes unga tegish maqsadida shu yoqqa keldi. Pedro Vikarioning muhabbatda ham, kasbu korda ham omadi yurishmadi, oʻsha voqealardan uch yil oʻtgach, u yana harbiy xizmatga bordi, katta serjantlik unvoniga ham yetishdi; kunlarning birida uning soqchilar boʻlinmasi buzuq xotinlar haqidagi qoʻshiqni aytganicha partizanlar egallagan oʻrmon ichkarisiga kirib ketib kolib, birortasiyam qaytib chiqmadi. Xaloyiqning gap-soʻziga qaraganda, oʻsha mash’um hodisaning birinchi va yagona qurboni Bayyardo San Roman edi. Aytishlaricha, bu fojianing boshqa ishtirokchilari cheklariga ne tushgan — oʻshanga chidab berishdi, qismatlari neniki taqozo etsa, shuni amalga oshirishdi. Sant'yago Nasar sharmandalikning asl sifatida xun toʻladi, jonidan ayrildi, aka-uka Vikariolar chin yigit ekanliklarini isbotlashdi va singillari sha’nidagi dogʻni yuvib tashlashdi. Bor-budidan mosuvo boʻlgan odam birgina Bayyardo San Roman edi. Odamlar, «bechora Bayyardo», deya koʻp yillar unga achinib yurishdi. Oʻsha qonli ayyomdan soʻng, oy tutilgan shanba oqshomiga qadar, u biror inson zotining esiga kelmagan, Ksius shahar hokimiga tushida sotib yuborgan uyining tepasida bir yonar-qush uchib yurganini, oʻsha qushni xotinining hissatalab arvohi boʻlsa kerak, deb oʻylaganini aytganida, polkovnik Aponte peshonasiga shapatilagan va birdan anavi shoʻrlikni xotirlagan:

— E, xomkalla! — deya xitob qilgan u. — Bechorani mutlaqo unutib qoʻyipman-a, qarang-a!

U soqchi mirshab bilan birgalikda balandlikdagi uyga yetib borgach, uy oldida tepasi ochiq turgan avtomobilni koʻrgan, faqat xobxonaning chirogʻi yoniq boʻlgan, ammo polkovnikning chorloviga hech kim javob bermagan. Axiyri, ikkovlon eshikni buzib ichkariga kirishgan, oy yorugʻida barcha xonani birma-bir aylanib chiqishgan. Keyinchalik shahar hokimi menga: «Hammayoq suv quyganday jimjit, bino xuddi suv ostiga choʻkkanday edi», dedi. Pura Vikario seshanba tongotarida uni qay ahvolda koʻrgan boʻlsa, u aynan oʻsha alpozda — egnida rangin shim, shohi koʻylak, karavotda behush yotar edi, faqat poyabzaligina koʻrinmasdi. Yerda bir necha boʻshatilgan may shishasi, sal narida, koʻrpa ustida yana allaqancha ochilmagani koʻzga tashlanar edi, lekin oziq-voqat asari, biror non ham yoʻq edi. Uni oʻsha holatida tekshirib koʻrgan doktor Dionisio Iguaran keyinchalik menga: «Uning ichkilikdan zaharlanib oʻlishiga bir bahya qolgandi», dedi. Biroq bir necha soatdan soʻng Bayyardo San Roman hushiga qaytib, hammani ogʻziga kelgan soʻz bilan soʻkib, haydab solgan. «Men bilan hech kimning ishi boʻlmasin, birorta it ostonamniyam hatlab oʻtmasin! Otam, oʻsha sasigan chol ham kelmasin!» degan u.

Shahar hokimi darhol general Petronio San Romanga telegramma berib, uni ahvoldan boxabar etgan, oʻgʻlining oxirgi soʻzini ham aynan yozib yuborgan. Aftidan, general Petronio San Roman oʻgʻlining jahl ustidai aytgan gaplarini toʻppa-toʻgʻri tushungan va shu sababdan, arazlaganmi, oʻzi yoʻklab kelmay, xotinini, ikki qizini va ikkita olmaqoqi singillarini joʻnatgan. Zaifalar shaharchaga yukchi kemada yetib kelishdi, ular Bayyardo San Roman boshiga tushgan falokat va baxtsizlik bois motam tutib, sochlarini yoyib quloqlarigacha aza kiyimiga oʻranib olishgandi. Qirgʻoqqa oyoq qoʻyishdan avval poyabzallarini yechib, yalang oyoq boʻlishdi, to balaidlikdagi uygacha jaziramada choʻgʻday kizigan qumni bosib, tovonlari kuyib, sochlarini toʻzgʻitib, ovozlarinipg boricha boʻzlab borishdi, shunaqayam qiy-chuv solishdiki, ovozlari xuddi shodlikdan baqirib-chaqirayotgai odamning tovushiga oʻxshab ketdi. Esimda, oʻshanda Magdalena Oli-verning uyidagi peshayvondan ularni kuzatib turarkanman, bundayin yolgʻondakam qaygʻukashlik, sharmandalik ustiga sharmandalik ekani xususida oʻylagaidim.

Polkovnik Lasaro Aponte ularni tepagacha kuzatib bordi; keyin darxol kelsin, deb chaqirilgani uchun doktor Dionisio Iguaran ham xachirni qichab, ularning ortidan balandlikka yoʻnaldi. Kun qaytib, sal salqin tushgach, mahalliy hokimiyatning ikki xizmatchisi bir juft tayoqqa toʻrbelanchakni bogʻlab, unda Bayyardo San Romanni osiltirib olib oʻtishdi; u boshigacha jun namat bilan oʻrab qoʻyilgan, orqasida bir necha zaifa uv-uv yigʻlab kelardi. Magdalena Oliver uni, oʻlipti, deb oʻyladi.

— Ey falak! — deya u qoʻllarini osmonga silkitib chinqirdi. — Bu yana qanday falokat, bu jabring ham bormidi?!

Bayyardo San Roman esa qip-kizil mast edi, u oʻlikday qimirlamay yotar, koʻrgan mardum uni jonsiz deb oʻylar edi: oʻng qoʻli osilib tushib, yer chizib borardi. Onasi uning qoʻlini koʻtarib, jun namat ostiga tiqib qoʻygandi, tagʻin osilib tushdi, shu alpozda jarlik yonidan langargohgacha boʻlgan yoʻlda yer chizib bordi. Ana shu chiziqlar uni koʻrganlarning yodida soʻnggi xotira kabi saqlanib qoldi.

Yigitging urugʻlari uyga tegishmadi, hech narsa olishmadi. Ba’zan, dam olish kunlarida, oʻyin-kulgi qilishib, balandlikdagi oʻsha uyga yoʻlimiz tushardi, har safar xonadondagi tashlab ketilgan qimmatbaho narsalarning, jihozlarning kamayib borayotganini sezardik. Bir gal biz Anxela Vikario nikohning birinchi kechasi onasidan soʻrattirib yuborgan oʻsha jomadonchaga koʻzimiz tushdi, ammo e’tiborga loyiq biror narsa topmadik. Unda ayollarning pardoz-andoziga asqotadigan oddiy matohlardan boshqa hech vaqo yoʻq edi, biroq bir necha yil oʻtgach, Anxela Vikario menga jomadonchadagi narsalarning asl mohiyatini — erini aldab, oʻzini qiz koʻrsatishga kerakli vositalar ekanini aytgandagina bildim. Jomadon — uning besh soatlik uyi boʻlmish xonadondan kolgan yakkayu yagona yodgor edi.

Koʻp yillar oʻtib, mazkur hodisaga oid bir yuzaki tafsilotni aniqlash maqsadida bu yerga kelganimda koʻrdimki, bir mahallar Yoʻlanda de Ksiusning baxtxonasi boʻlmish oʻsha uy qup-quruq, huvillagan motamxonaga aylangan edi. Polkovnik Lasaro Aponte har qancha zoʻr berib urinmasin, u yerdagi bor narsalar birin-ketin yoʻqolavergan; hatto bir paytlar eshikka sigʻmaganidan uyga olib kirilib, Mompos ustalari tomonidan yigʻib oʻrnatilgan olti koʻzguli javonni ham azamatlar urib ketishibdi. Boshida beva Ksius bu ishlardan mamnun boʻlib yurdi, narsalarni xotinimning arvohi tashib ketyapti, deya taskin topdi. Polkovnik uning soddaligidan kulib, rosa mazax qildi. Ammo bir gal kechasi uning kallasiga Yoʻlanda de Ksiusning arvohi bilan gaplashib, haqiqatni bilib qoʻya qolay, degan fikr keldi, polkovnikning soʻziga qaraganda, narsalarni aynan oʻsha xotinning arvohi goʻriga tashib ketayotgan ekan. Uy nurab, yiqila boshladi. Toʻydagi avtomobil' deraza yonida toʻkilib-sochilib, chirib yotardi, oxiri uning zanglagan tomiyu tagligi qoldi, xolos. Mashina egasidan uzoq yillar davomida darak boʻlmadi. Sud xujjatlari ichida uning arizasi bor ekan, lekin arizada shu qadar poyma-poy, uzuq-yuluq soʻzlar yozilganki, unga qarab turib, shunchaki rasmiyat uchun birovning qoʻli bilan yozdirilibdi-da, deya oʻyladim. Rosa 23 yil oʻtgach, men bir martagina Bayyardo San Romanni uchratib, suhbatlashmoqqa urindim, ammo u meni tajovuzkorona qarshilab, oʻsha kunlar xususida, oʻzining u mash’um xunrezlikka aloqasi borasida biror ogʻiz gap aytishni istamasligini bildirdi. Uning ota-onasidan ham bu borada biror ma’noli soʻz eshitmadim, chunonchi oʻgʻillari ne balolar yondoshibki, oʻsha gadoytopmas shaharchaga borib qolganiyu qay jafokor damlarda iblis yoʻliga kirib, oʻsha xotinga uylanish fikriga tushganiga hamon aqllari bovar etmas edi. Xayriyatki, yaxshi kishilar menga Anxela Vikario haqida goh-goh xabar yetkazib turishdi, bu kaminani ajab bir zaifa siymosini yaratishga ilhomlantirdi. Rohiba singlim Guaxiraning shimolidagi butnarastlarni nasroniylik mazhabiga kirishga tashviq qilib oʻsha yerlarda bir muncha muddat kezib yurdi, u joydagi bir qishlokda Anxela Vikarioni uchratibdi, bir necha bor u bilan suhbatlashibdi, uning aytishicha, oʻsha makon Karib dengizi qirgʻogʻida ekan, onasi Anxelani dengizga tiriklayin choʻktirib yubormoqchi ham boʻlganmish. U har gal murid ovlashdan qaytganida, menga: «Tutingan singling salom dedi», derdi. Singlim Margot ham birinchi yillari Anxela Vikarioni yoʻqlab turdi, uning soʻziga qaraganda, ular hayhotday hovlisi bor bir uy sotvolishibdi, toʻrt tarafidan shabada esib turarmish, suv toshqiniyu hojatxonadan shamol surib keladigan badboʻyni hisobga olmasa, ularning toʻlkin hovliga va yotoqxonaga uloqtirgan baliqlarni terishdan boshqa tashvishi yoʻq emish. Oʻsha vaqtda Anxela Vikarioni koʻrganlarning aytishicha, u judayam chevar boʻlib ketibdi, molu obroʻ topib, shunga ovunib, rohat-farogʻatga yetishibdi.

Oʻshandan bir necha yil soʻng, u falokat haqidagi tasavvurim tiniqmay, bir toʻxtamga kelolmay, ammo bu baxtsizliklarning sababu oqibatlarini anglashga uri-nib, Guaxira qishloqlarida qomuslar, tibga oid kitoblar sotib yurgan kezlarim, ittifoqo hindular yashaydigan bir maskanga yoʻlim tushdi. Singillarim tavsiflashgan xuddi oʻsha dengiz boʻyidagi uyni koʻrdim: jazirama payti edi, chokmashinada nenidir tikib oʻtirar-di — uning azadorlik libosi,

Boshqa hikoyalar