MUHABBAT JILG`ALARI: Do`stim UCHUN... (2-bet)
zo`r berib gapirardi, men esa hayajondan tilim aylanmay jim tuaverdim.
- Shahrizodaaa...
To`satdan honaga kirgan oyimning ovozlaridan bir sapchib tushdim. Qo`limdagi telifonni qizil tugmasini bir necha sonya bosib turgach o`chganiga ishondim va cho`ntagimga soldim. Oyimni yelkalari osha xovliga qaradim.
- Ular ketishdimi?
- Dadanglar rozilik berishgach, darov ketib qolishdi...
Quvonchimni yashirishga urundim.
- Birpasda rozilik bervoribsilarda! Biroz yalinishsa bo`larmidi oyi.
Oyimga erkalangim keldi.
- Yur dadangni yonlariga.
Oyim jiddiy ohangda buyruq berdilar. Nazarimda erkaligim ortib ketgandi. Oyimni ortlaridan ergashdim. Dadam surini to`risida chordona qurib o`ltirishagandi. Negadur kayfiyatlari ancha tushgan, jahillari chiqib turganga ham o`xshardi.
``Bitta-u bitta qizlarini turmushga uzatib uyda yog`izlanib qolishlarini o`ylayotgandurlarda!`` hayolimda o`tqazdim.
``Ahir qo`shni xonadonga kelin bo`lamanu, bir qadam narida!``
O`z hayollarim bilan bo`lib, surini chetiga omonat cho`kdim. Ichimdagi sevinch va hayajonimni bosishga tirishardim.
Dadam og`ir ``uh`` torgancha vazminlik bilan so`z boshladilar:
- Yaxshilab o`ylab qaror qildingmi? -dedilar.
Manoli tastiqlab bosh irg`adim.
- Qaroringni hurmat qilaman. Bel bog`lagan ishing katta savob... -dadam birdam oyimga qarab qo`ydilar, - Senga bergan tarbiyamizga ishonaman, hech qachon o`gaylik qilmaysan. Sen bilan faxrlanaman qizim...
Karaht bo`lib qoldim, dadamni ohirgi so`zlariga tushuna olmadim.
``O`gaylik qilmaysan, dedilarmi?``
Hayron bo`lib oyimga tomonga qaradim...
....nimalar qilib qo`ydim?
* * * * *
OTABEK:
- Soy chetida yurgan edim. Birdan oyog`im toydi-yu, soy ichiga sirpanib ketdim. Jon holatda soy chetidagi o`t-o`lanlarga tarmashdim. Biroq qancha urunsamda chiqolmasdim. Harakatlarim juda sust, kuchim tugab borardi. So`ngi pallada qo`limda, kimdur tortib oldi. Afsuski yuzini ko`rishga ulgurmadim. Qizimning ovozidan uyg`onib ketdim.
- Dadajon eshigimiz jiringlayabdi! -dedi bosh tomonimga o`tir olgan qizim.
Uyqusrab gavdamni ko`tardim. Qizim bilan do`ktir-do`ktir o`ynab o`tirgandik. Men bemor edim, gilamcha ustiga yotib uxlab qolibman. Eshik esa jiringlardi, o`zimga kelib ulgurmay eshik tomon yurdim.
Yaqin do`stim Sobir ko`rgani kelibdi. Tangrimni menga atagan sahovati Sobir, do`stga zor bo`lgan oning yoningda paydo bo`ladi.
Bu safar shundoq ko`rgani kelmabdi. Huddi otalarday kuyunish bilan rosa gapirib ketdi. Avvaliga hadeb ``Uylan-uylan!`` deyaverishi yoqmadi. O`zi uylanmagan bo`ydoq, menga hotin obermoqchi deb kulgum ham kelardi. Biroq u astoydim, chin ko`ngildan men haqimda qayg`urayotganini tushungan edim. Do`stimi ko`ngil uchun ``Ho`p mayli!`` dedim. U ketdi.
Aslida men shunchaki aytib qo`yaqolgan edim. Ammo oradan birmuncha vaqt o`tgandi. Qizimni hiyobonda o`ynatib yurgandim. To`satdan yana bir yaqin do`stim qizbola do`stim Shahrizodani ko`rib qoldim. Dildan suhbat qurmaganimizga ham ancha bo`lgandi. Bir vaqtlar dilini qattiq og`ritgandim, ``Sevaman seni!`` deb ishontirib boshqa birovga uylangandim. O`shandan buyon ko`ngildan gaplashishga imkon bo`lmagandi.
U voqealarni unitganday, men bilan juda iliq munosabatta bo`ldi. Qizimni tizasiga olib shunday mehir bilan qaradiki. Hechkimga ko`nmaydigan qizim, Shahrizodaga tezda ko`nikib qoldi. Bir necha soat ho`o` o`sha yoshlikni eslagan bo`ldik. Menga qaraganida yuragim hapqirib ketaverardi. Haliham menda ko`ngli borday tuyuldi. Yoshi ham 23 chiqdi. Eshigidan sovchi arimayotganini eshitgandim ham. Sinfimizdagi qizlarni deyarli barchasi turmushga chiqib ketgan. Shahrizoda tinnam sovchilarni qaytaraverganidan, hali hamon meni kutayabdi degan o`yga bordim. Suxbat orasida bir ikki gap qistirgan bo`ldim. Uyaldi shekili indamadi...
O`sha kundan ko`ngilda allanima uchqunladi. O`ylab ko`rdim, judayam ko`p o`yladim.
Shanba oqshomi qizimni qo`shnimga qoldirib Sobirni oldiga ketdim. Darvozalari doyim ochiq turadi. Ovoz berib to`g`ri xovliga kirib bordim. Zubayda holam oshxonadan chiqib xush kutib oldilar, salomlashdik. Oldimga dasturxon yozdilar.
- Otabekjon yaxshi yuribsanmi, qizalog`ing tuzukmi bolam?
- Shukur hola...
- Juda kamnamosan, kelmaysan ham? -deb hafa bo`ldilar. Bir piyola choy uzatarkanlar, - Shundoq tez-tez kelib tur eshigimiz sen uchun doyim ochiq...
- Mana keldim! -dedim kulib, - Haya do`stim ko`rinmidi! Ishdan kelmadimi hala?
- Huuv tushdan keyin hovliqib kirib keldi. Hamkasblari bilan 3, 4 tasi Parda Tursunga dam olgani borar ekan. Ertaga kechga kelsa kerak!
- Do`stimga gapim bor edi... -dedim, gapni aylantirib nima qildim. - Aslida hola sizni yonizga iltimos bilan kelgandim...
- Aytaver tortinmay! -dedilar.
- Holam, ammalarim uzoqda turishadi o`zlari bilan o`zlari bo`lib ketgan. Amakilarim esa o`ziz bilan hovlini sotganimda biroz janjal bo`lgan... Hozir sizlardan boshqa yaqinlarim yo`q. Onam o`rnida ona bo`lib sovchilikka borsayz degandim hola... -dedim.
Ular bu iltimosimdan judayam mamnun bo`ldilar, jon deb elchilik qilishlarini aytdilar.
- Ko`z ostinga olganing bormi? Yoki o`zim!..
- Bor... -dedim qo`shni honadon tomon imlab, - Lekin bilasiz men uylanganman, u esa hali turmush ko`rmagan, ota onasi nima derkin. O`zini rozini so`rashga haddim sig`madi. Balki avval ota-onasiga niyatimizni malum qilarmiz!
- Ho`p, ertagayoq kirib chiqaman...
* * * * *
Yakshanba, tong otgani hamoni do`stimni uyiga shoshdim.
- Hola tayyormisiz?
- Saharmardonlab-aaa! -hayron bo`ldilar, - Hali tog`ara ham qilishga ulgurmadim-u...
- Avval shundoq ularni dilini bilaylik, ismi-rasmini keyin qilarmiz.
- Vooy quruq kirsam qandoq bo`larkin!
- Iltimos...
Qo`yarga qo`ymay, Zubayda holamni Shahrizodanikiga kirgazib yuburdim. Tuni bilan qancha o`zimni tayorlaganimga qaramay, qanday javob olarmikinman deb oyoq-qo`lim qaltirardi.
Biroq ko`p o`tmay yuborgan elchim yuzlaridan nur bilan qaytib chiqdilar.
``Ha... Haaa...``
Sevinib ketdim.
- Nima deyishdi? -shoshilib qoldim, - Yo`q deyishmadimi? -dedim ko`zlarimga ishonqiramay.
- Rozi bo`ldilar.
- Rostdana?
Hursand bo`lganimdan Zubayda holamni quchoqlab ham oldim.
- Endi tayorgarlik qilib boshqatdan kiramiz!
- Ha albatta...
Holamga minnadorchilik bildirib, uyga qaytdim. Shodligimdan yeru ko`kka sig`masdim, demak hali ham meni sevadi, shucha payt meni kutgan ekan. Shahrizodani rozidan keyin g`ayratim ham jo`shib ketdi. Yana oyla qurishimni o`ylab, masulyat hissi yanda oshdi. O`sha kuniyoq AvtoServisga qaytdim. Boshliq quchoq ochib kutib oldi, hatto qizim uchun enaga ham yollab berdi.
Oradan ikk, uch kun o`tdi. Men juda baxtiyorman. Birinchi navbatta Shahrizoda bilan aloqaga chiqdim. U uchun sovg`a-salom oldim uchrashuvga taklif qildim. Bir vaqtni o`zida bu quvonchimni do`stim bilan baxam ko`rishini istadim...
* * * * *
SOBIR:
- Ishdan qaytganimda, onam suyunchiladilar:
``Do`stinga so`rab Shahrizodaga kirgandim, rozi bo`lishdi!``
Oyimni gapni eshitib, esankirab qoldim huddi chaqmoq urganday azoyi badanim qaqshab ketdi. Arang o`zimda kuch topib jilmaydim.
- Hursandman... -boshqa gap tilimga kelmadi, - Charchaganman kirib yotayin!
Oyimni ovqatga taklif etishlariga qaramay xonamga kirib ketdim. O`z vaqtida oyim so`raganda, uyalib o`zimni jindiy ko`rsatib, oyimga Shahrizodani singlimday ko`rishimni aytganimdan, hislarimni yashirganimdan, do`stlik chizig`idan hattab o`tishga kuch topolmaganim. En qo`rqoqligimdan qattiq afsus qilardim. O`z navbatida do`stimga hasad qilayoganimdan vijdon azobida to`lg`onardim...
Lekin ilojim qancha, Shahrizoda do`stimni tanladi. Har qanady vaziyatda ham ularga baxt tilishdan o`zga choram yo`q...
* * * * *
O`tabek qo`ng`iroq qilib Avto Serve yaqinidagi yemakxonaga taklif qildi. Chaqruviga ijobiy javob berdim va ishim tugagani hamoni uni yoniga bordim. Juda xursand edi, bir necha yildan buyon endi Otabekni bunchalar baxtiyor bo`lganini ko`rishim. U quchoq ochdi. Do`stimni qattiq quchib so`rashar ekanman:
- Baxtli bo`lilar... -yelkasiga qoqtdim, - A`qling kirganidan xursandman... -dedim.
- A`qlimni o`z vaqtida kirib qo`yding... -hursandligidan qo`limni siqib hazilomus kuldi, - O`tir bugun a`qlim kirganini nishonlaymiz.
- Yuzta-yuzta olamizmi? - deb so`radim.
- Ruldasan-u!
- Qishloq yo`lidan yuraman, sekin. Baxting uchun olaylik!
- Mayli unda olamiz! -qo`lini ko`tardi, - Afetsant!
Doyim emas-ku, bazi-bazida o`tirish, zifatlarda 50-50 qip turardim. Otabek ham xotinini qilmishidan keyin tez-tez ichib turishni odat qilgandi. Lekin hech qachon mast bo`lish darajasida ichmas edik.
Maydalab bitta butilkani yarimlatib qo`ygan edik. Nogoh ko`zin bizdan bir necha metrlar narida turgan Shahrizodaga tushdi.
- Otash... Otash qara Zoda...
Shoshgancha og`zidagi aroq hidini ketqazish uchun salat barglaridan chaynadi.
- Uchrashuvga chaqirgandim, kelolmasligini aytgandi. Kech bo`lganda nega keldi ekan?
- Uzur o`rtoq sani noqulay vaziyatda qoldirdim!
Biz pichirlashgunimizgacha Shahrizoda kelib yonimizga o`tirdi.
- Fffuuuuffff! -dedi burni berkitib, salam yo`q alik yo`q. Otash ikkimizga ijirg`anib qarab. - Shayton zahrini ichyabsizlarmi? -dedi.
Otabek ikkimiz ham ayibdorday boshimizni egdik.
- Shahrizodaaaa! -Otabek jilmaydi, - Ohirgisi vada beraman bu ohirgisi...
- Aslida baxtlaring uchun olaylik deb men majburladim... -dedim ayibni bir qismini yelkamga ortib.
- Shuni ichib baxt tilasa odam baxtli bo`larkanmi? -dedi kesatih bilan, -Unda menga ham quying Sobir!
Bey hitiyor butilkani pastga olib yashirib qo`ydim. Shahrizodani biroz jahli chiqqandi, lekin bu gapni jiddiy aytayotganini o`ylamabman!
Yonimdagi ichida bir qultum arog`i bor qadaxni oldi. Biz ``Iiii!`` deyishga ulgurmay ko`tarvordi. Shahrizoda ichishga ichdiyu ammo qattiq afsus qilgani yuzida namoyon bo`ldi. Ko`zlariga yosh quyulib bir necha sonya boshini quyi solgancha og`zi, burnini berkitib turdi. Biz hayrat bilan unga tikilib o`tirardik. Saldan keyin jilmaydi.
- Yana buyuramizmi? -ko`zlari jovdirab bir-bir bizga qaradi. - Afetsant bizga bita aroq opkeling... -dedi ovozini balantlatib.
Otabek tuyqus o`rnidan turib ketdi.
- Yo`q keraymas! -dedi afetsant tomonga bir qarab qo`yib, - Onam haqqi boshqa hech qachon og`zimga olmayman! -dedi, Shahrizodaga mo`ltillab.
Avvallari ham sinfdoshlarimizni to`ylarida yoki vechirlarda, ``Yigitlar erkalab ketib ichmaylar-a! Uydagilar silarga ishonadi!`` deb bizni qaytarib turardi.
Bu gal ham o`ziga hos uslubda bizga saboq berib qo`ydi. Ichkilik ichish judayam hunuk ko`rinishini o`z ishtirokida ko`rsatib berdi.
Do`stimga havas bilan qarayman, chindan baxtli. Shahrizodaday ajoyib qiz uni sevadi. Afsus meni emas uni tanladi.
Baxtiyorligidan, ozroq ichganligidan do`stimni og`zi tinmaydi. Men borligimgami Shahrizoda ham bemalol o`tira olmayabdi. O`zaro pichirlashishlarini ko`rib, bu yerda ortiqcha ekanligimni his qilaman.
Aroq ichib ichimga rosdan shayton kirib olganday. Boshimga bo`lmag`ur fikrlar kela boshladi. Ich-ichimdan Shahrizodadan jahlim chiqardi. Shuncha yurib sevgimni ko`ra olmaganidan achchig`lanardim.
Ichimdagini tasiri kuchayib, yurakdagi achchiq tuyg`yon tashqariga chiqmasidan avval ketishim kerakligini tushunib turardim.
- Zarur ishim boridi, -o`rnimdan qo`zg`aldim, - Do`stlarim silarni yolg`iz qoldiraman! -dedim.
Shahrizoda ham o`rnidan turdi.
- Shom bo`lib qoldi, oyim urushadilar men ham ketaman! -dedi.
Otabek ham cho`ntagini kovlarkan:
- Birga ketamiz enagadan qizimni olishim kerak! -dedi afetsantni imlab chaqrib.
Avval Otabekni qizalog`ini olib, kivartirasiga olib borib qo`ydik. Otabek bilan Shahrizodani quyuq hayrlashishi ko`rib. Ichimni battar it timtaladi. Huddi atayin mani kuydurish uchun til biriktirib olganday baxtini ko`z-ko`z qilishardi. Kayfim borligi sababmi Shahrizodadan rostakamiga nafratlana boshladim.
Uyga qaytarkanmiz jim edik. Oynacha orqali qaradim. Bir holatda oynadan tashqariga qarab o`ltirardi.
- Zoda!
Menga qaradiyu indamadi. Nazarimda ko`zlarida g`azab bor edi.
- Qo`shiq eshitasanmi?
- Yo`q... -dedi keskin ohangda.
- Aravasiga chiqdingmi qo`shig`ini ham aytasan! -diskni qo`ydim. - Talablariga bionan Sherali aka Jo`rayev kuylaydi...
- Sizga aytdim-uuu, qo`shiq eshitmayman! -dedi jahil bilan.
To`satdan menga qarshi bo`lib qolgani battar jahlimni chiqardi.
- Nega baqirasan, mashina meniki istasam qo`shiq qo`yaman, istasan o`zim aytaman...
- To`xtating mashinani, tushib qolaman!
- Tushmisan...
- Nega menga jahil qilyabsiz? -dedi norozi ohangda.
- Kim jahil qilyabdi menmi senmi? Nima arpangni hom urdimmi? He yo`q-bey yo`q ishdan ketding, menga qarashlaring boshqacha, so`zlaring zaharli!
Bir zum jimib qoldida va:
- Siz muz yuraksiz... -dedi o`ziga-o`zi gapirganday past ovozda.
- Muz bilan ham o`t yoqsa bo`ladi! -dedim oynacha orqali qarab, - Bir bo`lak muzni olib, quyosh nurida linza o`rnida foydalanib bir nuqtada ushlab turulsa olov hosil qilish mumkun. Lekin kesakdan hech qachon uchqun chiqarib bo`lmaydi!
U gapim manosini tushunib o`qrayib qaradi. Gapirsa ham ovozini eshitmayin deb qo`shiqni ovozini keskin balantladim.
Oqshom chiroqlari yongan bir mahal,
Yuragim o`zingni qumsar ko`z mahtal.
Uzooq yulduzlarga boqib man sal-sal,
Sani o`ylayman yor, sanii o`ylaymaan.
Qo`shiqqa jo`r bo`lib balan ovozda kuylashni boshladim.
- Sani o`ylayman yoooor, sani o`ylaymaaa-nnnn!
O`tgan chog`i juft-juft yigitlar qizlar, - qo`l ishoram bilan yo`l chetida ko`ringan qizlarni ko`rsatdim,
- Go`zallik baxsh etaaar boqqa gul yuzlaaar.
Yo`lingda termulub, bu qoro ko`zlaaar,
Yo`o`-lingdaaa ter-mmmuulub bu qooo-roo ko`zlarr,
Saaani o`ylayman yor sani o`ylayman.
Sani o`ylaymaaan yor sani o`ylaymaaan.
- Bas qiling... -dedi, oynani berkitarkan.
Men o`zim tomondagi oynalarni polni tushirib qo`ydim. Oynadan kirayotgan shaboda sochlarini to`zg`ata boshladi. Sochlarini epaqaga keltirishga urunarkan, yana o`qiraydi.
Unga beyparvo yana qo`shiqqa jo`r bo`ldim.
- Oqshomda esgandaaa bohor shamoooli,
Hilpirab turganda qizlar rumoooli.
Oqshomda esgandaaa bohor shamoooli,
Hilpirab turganda qizlar rumoooli.
Ko`z oldimda saniy oydek jamoling.
Ko`z oldimda saniy oydek jamoling.
Sani o`ylayman yor sani o`ylayman.
Sani o`ylayman yor sani o`ylaymaaaa-nnnn!
- Bo`ldi qiling...
- Kuylashim yoqmayabdimi? -nay va g`ijjak ohangiga hamohang tebranardim. Avval hecham etibor bermay eshitgan ekanman. Bu qo`shiq menga atab aytilganday. Har bir so`zi qalba ozor beradi. Alam bilan yanada balantroq ovozda jo`r bo`ldim.
- Gullar orooloosaaa sani o`ylayman,
Rasminga qarasam sani o`ylayman.
O`ltirsam ham tursam sani o`ylaymaaaan.
Sani o`ylaymaaa yooor sani o`ylaymaaaan.
Kelgan bo`lasan qoshimga kulib,
Boqqanday bo`laman senga teeeermulib.
Yo`q sabru bardoshim dil yonib-kuyib
Yo`q sabru bardoshim dil yonib-kuuuyib
Sani o`ylayman yor sani o`ylayman.
Sani o`ylayman yor sani o`ylaymannn...
Qo`shiq ohirisida ovozim qaltirab ketdi. Sevib sevilmaganimdan, sevgida ojizligim sabab Shahrizodaga alimimni sochayotganim uchun o`zimdan nafratlanib ketdim. O`zimga-o`zim ho`rligim keldi. Ko`zimdan ikki tomchi dumalab tushdi...
Qo`shiqdan keyingi qo`shiqqa o`tishda orada biroz skut cho`kdi. Shu topda Shahrizodani hiqqilagan ovozi keldi.
Bu orada uyga yetib kelib qolgandik. Pauzani bosib endigina kuyi yangray boshlagan qo`shiq ovozini o`chirdim...
Ko`ksini ushlab, past ovozda yeg`i aralash pichirladi.
- Kesak qalb emasman... -mashina uyga yaqinlashdi, shoshgancha ko`z yoshlarini artdi, - Sevgan qalbni payqamagan, muz yurak aslida o`ziz!!!
Mashinadan tushdiyu, uyiga yugurib kirib ketdi. Uning so`zlari zulmat bosgan osmonimni tilib o`tgan chaqmoqday bo`ldi.
O`zim ahmoqman, o`z-o`zimni yog`da qovirayotgan, qalbim egasi bo`lgan qizni azob chekishga majbur qilayotgan muzyurak meni o`zim ekan aslida...
Bir necha soat to`lg`onib yotdim. Qo`limdagi uning suratidan ko`z uzmayman. Boshimda bitta o`y.
``U meni sevgan!``
Ammo taqdirlarimizni chigallatib tashlagan men o`zimman.
Yurak beyhalovat o`rnimdan turib oldim. Qandaydur chorlov meni tashqariga chiqishga undayverardi. Soat ham o`n ikkidan oshibdi. Hovliga chiqdim, uy chirog`i hali hamon yonig`, birrov ko`z tashladim. Oyim ko`rpa qaviyabdilar, do`stimni to`yi uchun astoydil kirishganlar. Ikki kundurki ko`rpa, to`shak qaplaydilar. Dadam esa bosh tomonlaridagi radioni qulog`ini pastlabib qo`yib uhlab yotibdilar.
Asta tovishsiz yurib darvozaxonaga o`tdim. Mashinam turibdi, bu mashinaga qarab battar ezilaman. Shu mashinada necha marotaba Shahrizoda bilan ishga borib kelardik. Endi esa Shahrizoda bu mashinaga boshqa o`ltirmaydi.
G`ichirlatmasdan eshikni ochib ko`chaga chiqdim. Ko`cha biram sokin, hech zoh ko`rinmaydi. Ahyon-ahyan huriyotgan itlar ovozini hisobga olmasa mutloqo tinchlik. Qanidi mening ham qalbimda shunday sokinlik kechsa. Huzir shunchalik Shahrizodani jamolini ko`rishga mushtoqman-ki, uni ko`rmagunimcha yoki ovozini eshitmagunimgacha tinchlana olmasligimni ich-ichimdan his qilib turardim. Shahrizodani ovozini eshitish ilinjida telifonimni olib telifon xotirasidan uning ismini qidirdim. Ko`k tugmachani bosdim. Afsus telifoni o`chrilgan. Zora malham bo`lar deya qo`shnini derazasiga termuldim.
Darvoza yonidagi temir panjarali, derazasi tashqariga qaragan xona Shahrizodaga tegishli. Deraza tagiga bordim. Xonasida yoqilgan tungi chiroq, hir shulasi oynadan tashqariga tushib turardi. Birozgina ikkilanish bilan panjara orasidan qo`l suqib, asta oynani chertdim. Harir parda ortida Shahrizoda ko`rindi. So`zsiz bir-birimizga termulib turaverdik. Birozdan keyin u devor ortiga o`tib oldi. Og`ir hursungancha ortga qaytdim.
Darvozadan kirdimu, mashinani orqa bagachiga suyandim. Nazarimda dunyo judayam tor tuyular. Ichimni alam o`ti kuydurar, nafasim bo`g`ilb ketaverardi. Boshimdagi o`ylarni esa hecham yechimi topilmasdi...
Yengil qadam tovushlari eshitildi. Tezda eshikni ochdim. Sochlari yoyilgan, ko`zlari jovdirab Shahrizoda turardi. Qo`lidan tutdimu, ichkariga tortdim va qattiq quchoqlab oldim.
- Hudo haqqi seni men sevganchalik, hechkim sevolmaydi! -deb shivirladim qulog`i ostida.
- Men-n-n-n ha-a-am...
Ovozi qaltiradi. Belimdan qattiq quchib, yuzini ko`ksimga bosdi. Faqat uni beytartib nafasini, ahyon-ahyon o`pkasi to`lib hiqqilayotgan ovozini eshitardim. Bir necha vaqtdan keyin uni quchog`imdan bo`shatdim.
Charos ko`zlari yoshga to`libdi. Asta yoshlarini sidirdim. Tim qora sochlarini o`ynab erkalagan bo`ldim. Egnida yupun, etagigi keng kalta, yenggi qisqa oq gulli havorang shtanpil yotoq ko`ylagi. Shu matodan lozim, oyog`ida shippak. Biram hokisor, biram oddiy qizki. Yana qo`l oyog`i qaltirab, ko`zi to`la yosh mo`ltirab turibdi. G`arqi lobar... Yana bir bor bag`rimga bosdim.
- Nahot seni yo`qotsam-a? -uni o`zimdan nari itardim, - Sevgimga yetganimda-ya!
- Nega avval aytgandiz sevgizni?
- Bilmadim! -qaltiroq bosgan qo`llarini ohista siqdim, - Balki seni yo`qotishdan qo`rqandurman. Ahir dilingni bilmasdim!
- Yolg`on... Siz qo`rqoqsiz! -ko`kragimga yengil mushtladi, - Har bir qarashimda, harakatimda muhabbatim aks etardi. Siz o`ziz ko`rishni istagansiz!
Shahrizodani bunchalar to`lib ketganini o`ylamabman ham. U mendan ko`ra ko`proq azob chekayotgan ekan.
- Ahir Otabek...
- Otabekka! Men hech qachon unga turmushga chiqmayman!
Tegsam faqat sevganimga tegaman...
Mahkam quchoqlab oldi.
Ikki o`t orasidaman, shunaqayam murakkab tanlov bo`ladimi? Do`stim desam, sevgim qurbon bo`ladi. Sevgi desam, do`stlik!!!
Bunday murakkab vaziyatda, dilga ollohni nomi kelarkan.
``Ey rabbim, o`zing yo`l ko`rsat!``
Shahrizoda quchog`imdan chib, ko`zimga termuldi.
- Jimib qoldiz?
- Qay ko`zimga cho`p tiqay?
- Do`stiz tomon yon bosyabsiz! Sevgiz uchun kurashmaysizmi?
- Sani desam necha yillik do`stim, Otabekni ko`ngli sinadi...
- Meni ko`nglimchi? -dedi.
- Biz bugun sevishdiki-ku?
- Avvalchi?
- Avval do`st edik!
Bu gapimdan keyin, u ustimdan kulgangan alamli jilmaydi.
- Siz yana qo`rqyabsiz!
- Ha, qo`rqyabman... Judayam qo`rqyabman! -asil haqiqatni, ko`ngil buyurayotgan haqiqatni anglaganday edim.