MUHABBAT JILG`ALARI: Do`stim UCHUN... (3-bet)
anglaganday edim.
- Sen o`zing qo`rqmayabsanmi? Oyinga nima deysan, dangachi?
U ham ojizligidan achiq haqiqatni tuyganday, ko`zlarini yumib, bir qimtinib labini tishlagancha iyagini yuqori ko`tardi. Ko`zlaridan yana yosh sizdi.
- Ayting sevgimizni o`ziz rat etyabsiz, men nima qilay endi? -dedi yig`idan ovozi bo`g`lib.
- Hislaringni yashir, hechkim bilmasin...
- Dil berganimga qo`lsiltab, o`zgaga tegib ketaveraymi?
- O`sha o`zga yomon odam emas-ku! Balki taqdirning o`zi atayin bizga shu qismatni ravo ko`rayatgandur! Otabekdan ko`ra, uning qiziga kelakdirsan!
Ko`zlarini kafti bilan artib oldida, o`tkir nigohlari bilan ko`zimga tik boqdi.
- Unday bo`lsa, o`zga turmushga chiqganim bo`lsin... Ammo siz afsus qilmaysizmi keyin?
- Qilaman! Lekin do`stlarim yonimda qoladi-ku...
- Unday bo`lsa hayr Sobir, uyga kirmasam bo`lmaydi... -dediyu eshikni ochdi, eshikdan chiqar ekan, yelkasi osha men tomonga qaradi, - Qismatimga ming lanat... -dedi, dirrildoq ovozda...
Shahrizoda chiqib ketayotganda aygan ohirgi so`zlari yuragimni qiymalab tashladi. Joyimdan ham qimirlagim kelmay qoldi. Xonamga kirishga o`zimda kuch topolmadim. Mashinaga o`tirdim, o`rindiqni ortga surib, suyanchig`ini yotqizdim. Endi umrimni ohirigacha, Armon o`tida yuragimni dog`lab yashayman.
Biroq bir tomondan chigallikni yechimi topilganidan sal yengil torgandim.
``Nima bo`lganda ham ular baxtli bo`lishi kerak!``
Bekorchi o`ylardan halos bo`lish uchun, qo`shiq eshitib chalg`irman degan hayolda, mini pultini bosdim. Sherali Jo`rayev ijrosidagi qo`shiq to`xtab qolgan joyidan davom etdi.
Hijron hokim bu dunyo asli bir kam yaralgan.
Nahot bir muhabbatga ming bir hakam yaralgan.
Baxt yarim, qayg`u yarim, ayt ne bekam yaralgan,
Nahotki ezgulikning ko`zlari nam yaralgan.
Momohavo mehridan shu buyuk g`am yaralgan,
G`unchani yaprog`idin tongda shabnam yaralgan.
Visol hakim dardima ishqdin malham yaralgan,
Zor bedor tunlaringda she`r ila sham yaralgan...
O`n, yigirma marotabalab bu qo`shiqlarni eshitganman. Har bir so`zlari yod bo`lib ketgan. Biroq hech qachon bunchalik yurakni o`rtamagan edi. Huddi mening yurakdagi og`riqlarimga malham bo`lmog`i uchun kuyga solib aytayotganday-aaa!
* * * * *
Kunlar asta o`taverdi. Shahrizoda ikkimiz hech nima bo`lmaganday yuraverdik.
Oyim ertaga kirib non singirib fotixalab chiqishadigan bo`lishgandi.
Shu kuni kechga yaqin, birdan telifonim jiringladi. Otabek ekan telifonni ko`tardim.
.... Uning so`zlaridan keyin...
* * * * *
SHAHRIZODA:
- Sovchilar Sobirdan emas, Otabekdan kelganini bilgach esimdan ayrilayozdim...
Ishxonamizda aksaryat yoshlar ishlaydi. Doyim ishdan keyin hiyobonda biroz aylanib keyin uyga qaytamiz.
Bir necha kun avval hiyobonda Otabek qizalog`ini aylantirib yurgan ekan. O`n bir yil bitta sinfda o`qiganmiz. Uylanganidan keyin oramizga sovuqlik tushgandi. Lekin o`sha kun begonaday o`tib ketolmadim. U bilan salomlashdim, uzoq gaplashib o`tirdik. Bolalik paytlarni eslagan bo`ldik. Otabekni qizalog`i judayam yoqimtoy qiz bo`libdi. Bolalarni yaxshi ko`rganim uchun, erkalab o`ynatdim. Tezda mehrim tushib qoldi.
Uyga qaytganda oyimga Otabekni shiringina qizalog`i haqida, uning qiliqlari, ajoyib so`zlari, yoqimli zaboni haqida so`zlab berdim. Shu suhbat ham hayotimda bo`lajak o`zgarishlarda muhum ro`l o`ynagan bo`lsa ajabmas.
Mundoq o`ylasam, ayib o`zimda. Zubaydo hola o`g`illaridan emas Otabekdan sovchi bo`lib chiqishini o`ylamay shoshqaloqlik qilibman!
Aslini olganda Otabek yaxshi inson, Sobirdan o`tsa o`tadiki kam emas. Bir paytlar ahtu-paymon qilganimiz, uni sevganim ham rost. Ha u hammaga yoqardi. Men ham sevgandurman, lekin havasdan sevganman. Haqiqiy dil berganim esa Sobir edi. Sobirni bazi fazilatlari huddi dadamday, aqilli, mulohazali, bir so`zli, jiddiy, sadoqatli, unga suyanish mumkum. Men uchun idiyal erkak. Lekin nuqsonlari ham bor! Qalbi mustahkam sefga o`qshaydi, ochish mushkul, sevgida ehtiyotkor, his-tuyg`ularda qo`rqoq o`zgalarga ozor berishda qo`rqadi. Uning aynan men uchun ijobiy, salbi ko`ringan fazilatlari yoqardi. Dadam ham oyim ham Sobirni qattiq hurmat qilishadi. Shunga bo`lsa kerak, gap so`zlarga qaramay Sobir bilan do`stigimizga, u bilan yolg`iz yurishimga ham qarshilik qilishmasdi. Unga ishonishardi. Balki ular ham kelajakda kuyovlari Sobir bo`lishini istashgandur. Sobirni orzusi harbiy bo`lish edi. Lekin bir yillik hizmatdan kelgach, men bilan birga Inistitutga hujjat topshirdi. Bizga talabalik nasib etdi. Birga o`qishni tamomladik, bir ishxonga qabul qilishdi.
Rost Sobir biroz qo`pol, hecham qizlarga yoqish uchun harakat qilmaydi. Ko`pincha tortishib, baxslashib qolamiz. Ammo har tong otganda, uni chaqrishini intiq kutaman. Uylaridan turib, ismimni aytib baqiradi. Bazida erkalab ismimni qisqartirib ``Zoda!`` deyishini ham juda yaxshi ko`raman...
Biriq u hecham sevgisini oshkor qilmasdi. Balki sevmasa kerak deb o`ylardim. Qizbola bo`lganim uchun men dil izhori qilolmasdim...
Sovchi kelganda shohqaloqlik qilib chigal vaziyatga tushib qoldan keyin, oradan bir muncha vaqt o`tgach oyimga zorlandim.
``Oyi turmushga chiqqim kelmayabdi!``
Oyim dadamga yetgazdilar. Dadam ``Nima uchun?``deya so`roqqa tutdilar. Bunday masalada nima deya olaman, hayo pardamni sidrib tashlb ``Menga boshqasi yoqadi!`` deyolmasdim. Malumiki dilimdagini ochiq ayta olmadim. Dadamni jiddiy qiyofalari oldida dovdirab qolaverdim. Yana oyimga zorlandim. Lekin bu gal dadam urushib berdi, ``Nima tomosha bu?`` deb.
Men esa Sobirdan boshqasini hayotimda tasovur etolmasdim. Ayni shu damlarda Otabek ham tinmay uchrashuvga chaqiraverardi.
Go`yo to`rga tushib qolgan baliqchaday edim. O`zimni qay tomonga urmay baribir ojizman. Jahl ustida dadam ishdan bo`shashimni buyurgan. Ishsiz qolib, bandi bo`lgan mahbusaday xonamdan chiqmasdim. Hammadan yashrib yig`lardim, yupanardim va yana ko`zyosh to`kardim.
Otabek: ``Uchrashaylik!`` deb qo`ng`iroq qilib qoldi. Chigallikni yechimini topolmay, ezilib turganim uchun, avvaliga borolmasligimni aytdim. Keyin esa Otabekni o`zi bilan anglashilmovchilikni hal qilish mumkunligini tushunib qoldim. So`ng kech bo`layotganiga qaramay umid bilan Otabek aytgan joyga bordim. Qarangki o`sha yerda Sobir ham bor ekan. Ko`zimga baloday ko`rinib ketdi. O`zlaricha ikki do`st meni baxtsizligimni naishonlab o`tirishganday edi go`yo.
Sobirni beyparvoligidan esa yanada qonim qaynab ketardi.
Jahil kelib, a`ql ketib qolar ekan. Sobirga achchiq qilib, Otabek bilan iliq munosabatta bo`ldim va Otabekni yanada umidlantirib qo`ydim. Keyin o`ylasam qosh qo`yaman deb ko`z chiqaribman...
Mashinada uyga qaytayotgandik, o`z ahmoqligimdan siqilib turgan vaqtimda, Sobir g`ashimga tega boshladi. Avvaliga g`ashimga atay tegayabdi deb o`ylabman, lekin rashk qilayotganini bildirib qo`ydi. Uning hatti-harakati, gap-so`zlari yuragidagi tuyg`yondan darak, qalbidagini oshkor qilardi...
Tun yarmi bo`lib, qolgan taqdirimga lanat o`qib, yig`lab o`tirgandim. Birdan deraza tiqirlab qoldi. Qo`rqa-pisa derazadan qaradim. Sobir entikib tikilib turardi. Uning ahvoli menikidan ham battarroq. Sevgi bizlarni qay ahvolga solib qo`ydi-ya!
``Jonim sevgilim!``
Uning ko`zlaridagi istirobni ko`rdimu, o`ylab ham o`tirmay uning yoniga oshiqdim. Ko`rdiyu qattiq quchoqlab oldi. Uning bag`riga singib ketdim. Bor vujudim, qalbim bilan uning es-hushimni olguday muhabbatini tuydim. Shu damda men dunyodagi eng baxtli qiz edim. Hamma narsaga tayyor edim. U bilan qochib ketishga ham...
Ammo yakunda yana ko`zda yosh bilan xonamga qaytib keldim.
Unga qo`rqoqlik tamg`asini ilgan bo`lsamda aslida u qo`rqoqlik emas martlik qildi. Og`ir damda ham mulohazali ekanligini ko`rsata oldi. Qo`sh qo`llab sevgisini, do`stlikka alishtirib yubordi. Achchiq ustida ``Nomard!`` dedim. Yo`q, aksincha unga hurmatim yanada oshdi. Faqat meni emas o`zini ham qurbon qildi. Menu vaqt o`tib ko`nib ketarman, u esa bir umur azob chekadi, buni bilaman chunki u Sobir!
O`ylab ko`rsam uni bunday yo`l tutishi, ko`pchilikni boshi egilishini oldini oladi. Do`stiga bo`lgan sadoqati, fidoyiligi uchun ham uni to-o`lgunimcha sevib qolaman...
Meni qismatim taqdir qo`lida, olloh peshonamga neni ravo ko`rsa shunga roziman...
* * * * *
OTABEK:
- Bozorga mayda chuda olgani tushgandim. Chiroyli kiyinib olgan qiz yonimga kelib, ismimni aytib salomlashdi.
- Assalom alaykum, Otabek aka!
- Va`alaykum... -deb tanimaygina tikildim, ahir bu qiz eski hovlimdagi darmiyon qo`shnim Umida-ku! - Qalaysan Umida tanimabman boy bo`larkansan!
- Qaniydiya! -dedi kulib.
- Nimalar qilib yuribsan?
- O`qishga tayorgarlik!
Qo`llaridagi daftar kitoblarga ishora qildi.
- O`qimoqchiman degin?
- Himmm, shunga harakat...
- Yaxshi o`qi singlim... -soatimga qaradim, - Umi yur singlim abet qilamiz, shashlik oberaman...
- Yo`o` rahmat, o`ziz bemalol...
- Unda ko`rishguncha, hizir vaqtim tig`zroq edi...
Shoshgancha hayrlashib undan bir necha qadam uzoqlashgandim. Ismimni aytib to`xtashimni so`radi.
- Otabek aka yuring holiroq joyga o`taylik, sizga bir zarur gapni aytmasam bo`lmaydi! -dedi.
- Qanday gap?
Hayron bo`ldim. Yopilgan rastalar tomon yurarkanmiz.
- ....Sobir aka va Shahrizoda opam haqida....
* * * * *
Ishonishim qiyin, nahot Sobir-aaa! Yaramaslar...
Orada bir necha kun o`tdi.
Kech bo`layotgandi, mahalla boshidagi eski taxta sikalat ombori oldiga keldim. Avval Shahrizodaga telifon qildim.
- ``A`lo senda zarur gapim bor!``
- ``Aytavering?``
- ``Yuzinga qarab aytishim kerak!``
- ``Shu paytdaya? Uzur borolmayman!``
- ``Kelmasang sharmandangni chiqaraman!`` -deb telifonimni o`chirdim.
Ko`p o`tmay Shahrizoda ko`rindi. Uni kelayotganini ko`rgach, huddi shunday tahtid bilan Sobirni ham chaqirdim...
Ular ikkisi ham hirmonga o`t qo`yib yuborgan bolalarday, qarshimda ko`zlarimga qarolmay turishardi...
- O`zlaringcha meni ahmoq qildilaringda-aaa? -dag`al ovozda do`rriladim, - Shahrizoda bilasanmi san kimsan?..
Sobirni qoshlari tutashdi.
- Otash...
- Sen umuman ovozingni o`chir Sobir... -dedim qo`limni bigiz qilib...
O`sha kuni bozor rastasida Umidani uchratib qolganim hayotimni og`dar-to`ntar qilib tashladi. Ikki kungacha o`zimga kelolmadim. Avvaliga Sobirdan jahlim chiqdi. Keyin esa oyog`imdagi chandiqni ko`rib, bolalikdagi bir voqea yodimga tushdi.
5-sinfni endi tomomlab tatilga chiqgan edik. Amakim qizini uzatayotgan edi. To`y qizig`da, yosh bolamiz Sobir ikkimiz kiyovnavkarlar bilan aftobusga o`ltirib kuyovnikiga ketdik. O`ynab yurdik, ammo bir baxtsiz sabab tufayli uyga qaytadigan aftobusdan qolib ketdik. Masofa uzoqligiga qaramay, piyoda qaytishga qaror qildik.
To`y o`n ikkidan oshganda tugagan, biz to`y bo`lgan mahalladan asfalt yo`lga chiqqan vaqtimiz soat tungi birlar atrofida edi. Yo`lda birorta ham mashina yo`q. Asta yurib borardik. Bizga qarama-qarshi yo`nalishda bitta mashina faralarini yoqib kelardi. Mashina yaqinlashib qolganda, Sobir yo`lga qandaydur sim tortib qo`yilganini ko`rib qoldi. Aslida u narsa, audio-video kaseta lentasi ekan. Mashina nurida huddi trosday ko`rinar ekan. Baxtga qarshi biz va mashina lentaga bir vaqtda yetib keldik. Mashina egasi qaltis tormiz bosdiyu, mashinadan tushib bizni so`ka boshladi. Bolamizda shippaklarni qo`lga olib qochib qoldik. U biroz quvgan bo`ldiyu, ortiga qaytdi. Biz esa ura solib ketaverdik. Shu payt oyog`imga g`ichirlab allanima kirdi. Avval achishib keyin og`ridi. Yaramas kimsalar asfaltga aroq bo`ltilkasini sindirib tashlashgan ekan. Oyog`imni shunday yomon kesgan ediki, qon shovillab oqardi. Birpasda halsizlanib, tanam muzlab ketdi. Balki qo`rquvdandur, qonni ko`rib, boshim aylanib ketdi. O`lsam kerak degan o`y hayolimni cho`rmab olgandi...
Sobir esa oy shulasida ustidagi futbolkasini yechib qonni to`xtatgan va jarohatni bog`lab qo`ygan. Ammo meni ahvolim judayam yomon edi, ko`z oldimga qora parda tushib qolgandi. Oyoqda turishim amrimahol. Sobir meni opichlab oldi, lukkillagancha yugurib ketdi. Og`irligim sabab, qo`lidan sirg`anib ketaverardim. Sobir ellik, yuz metr yugurardi bir on to`xtab bir siltab o`rnashtirib olardi va yana yugurab ketardi. Baxtga qarshi yo`limizda mashina ham uchramasdi. Sobir uzoq yugurdi, terlab ketgandi, hech so`z aytmasdi. Faqat hansirab yig`lardi...
Meni uyga emas kasalxonaga olib keldi. Kalsalxona darvozasiga kelganda:
- Hozir o`rtog`im o`lib qoladi! -deb baqirdi va o`kirib yig`lab yubordi.
Qorovul eshikni ochdi, Sobir jadallagancha ichkariga olib kirdi. Meni ikki hamshira ko`tarib olishdi. Sobir esa nafasi qaytib biqinini changallagancha yerga quladi. Do`stimni o`pkasi ishib paylari tortishib qolgandi. Biz ikkimizga ham tiabiy tez yordam ko`rsatishdi. Oyog`imga oltita chok tushdi. O`zimga kelib, yonimdagi kiravatda uxlab qolgan do`stimni ko`rganimda o`zimga: ``Kerak bo`lsa Sobir uchun jonimni ham beraman!`` deb ont ichgandim.
Do`stimga jonimni beraman, deb sal qolsa uning jonini olib qo`yayozibman.
Umida: Otbek aka siz Shahrizoda opamga uylanmen... Ular Sobirakamni yaxshi ko`radilar! -deganda u qizni koyib berdim.
Rosti o`zimni o`yladim. Shahrizodani sevamanmi? O`zimga savol berdim. Gap chiroy haqida ketganda ha sevaman. Lekin sevgidan, sevgini farqi bor. Yashirmayman yoshlik paytlarimdanoq ko`p qizlarni sevganman hecham bittasini tanlay olmasdim. Meni sevgim shunday beyqaror. Biroq hursandman, fojiyani chinakam fojiyani so`ngi pallada bo`lsada oldini olganimdan hursandman. Shuni uchunham shom mahali, ikkisini bu yerga chaqirdim. Ozroq ro`l o`ynashimga ham to`g`ri keldi. Ularni dillari birligi ko`zlarida namoyon. Haqiqiy muhabbatni yashrib bo`lmaydi...
- Shahrizoda! - qo`limni bigiz qilib Sobirni ko`rsatdim, - Shu yalangoyoq bilan baxtli bo`l!!!
Do`stim avvaliga bu so`zlarimni haqoratdan qabul qildi. Ammo qo`l ishoram uning oyoqlariga yo`naltirilganini ko`rib hammasi tushundi.
Ha ularni chaqirayotganimda shunday esankiratib qo`ygandim-ki! Do`stim shoshganidan oyoqyalang kelganini ham sezmagandi.
- Ikkingni ham yom ko`raman. Sal qolsa do`stlarimdan ayirardinglar! Yaxshiyam Umida bor ekan!
Shahrizoda quvanganidan yig`lab yubordi. Men esa do`stimni bag`rimga bosib unga baxt tiladim va qo`llarini tutashtirib qo`ydim...
- Endi buyog`ini kattalarga o`zlaring tushuntirasanlar! -dedimu ularni holi qoldirdim...
* * * * *
MAJNUN:
- Bu safar taksi haydovchisi bo`lib asarga kirib olgandim. Yo`l bo`yida bir yigit qo`l ko`tardi. Anig`rog`i Otabek, uning yoniga to`xtadim.
- Uyinga tashlab qo`yaymi Otabek?
U hayron bo`ldi.
- Meni kimligimni bilasizmi?
- Ha, butun hayotingni! Lekin bugun ajoyib ish qilding. Sen va Sobirday do`stlarni topish mushkul... -dedim.
Otabek yana ham hayratga tushdi.
- Kimsiz o`ziz?
- Asar muallifi. Sen Majnun deyaver...
- Ha... Shuncha mash-mashani boshida o`ziz ekansizda?
Otabekni kayfiyati ko`tarinki shod edi, hatto xazl ham qildi...
* * * * *
Orada bir oy oshiq vaqt o`tgandi. Kuz oy yana o`sha ko`chadan o`tayotgandim. Sobirni uyida to`y bo`layotgan ekan. Kirishga qaror qildim.
To`rida sahna bezatilgan, Sobir va Shahrizoda huddi uzukka ko`z qo`yganday, to`yxona ko`rki bo`lib o`ltirishardi. Asta kiyovjo`ralar orasiga kirib stulga joylashib oldi. O`rtada bazi kuyov jo`ralar o`yinga tushardi. Qiy-chuv, davrani qizitib yayrab o`ynayotgan yigit esa Otabek.
Otabek birdan meni tanib qoldi.
- O`oo Majnun o`zlari-ku! -yonimga keldi. - Yuring bir tashaymiz Anjanchasiga!
- Ooo Otabek sho`x o`yinga biroz yo`qroqman!
- Mayli unda bosig`rog`idan...
Otabek qo`limdan tortqilay boshladi.
- Qo`ysangchi, hijolatli...
- Vooy Majnun uyalyabsizmi? - u qulochini yoydi, - Hee qarang ahir bu yerda barcha, sizni badiy to`qima mahsuliz-ku! Qalam qo`lizda istasayz o`chirib tashlashiz mumkun, sizdan nima ketdi. Do`stimni to`yida bir yayrab o`ynaylik, davrani changitib... -dedi.
O`ylab qarasam Otabekni so`zlarida jon bor. Yaqinda o`zimni ham to`yim, harna ripititsiya bo`ladi.
- Mayli, o`ynagnim bo`lsin! -dedim.
- Qanday qo`shiq qo`lsin? -so`radi, - Haya Majnun sizga Sherali Jo`rayevni qo`shiqlari yoqardi-aaa! Men bilaman qay qo`shiqni buyurtirishni!!!
Otabek hofiz yoniga borib qulog`iga shivirladi va cho`ntagiga biroz pul tiqib qo`ydi...
Rubob va Childirma jo`rligidagi, dillarga hush yoquvchi kuy boshlandi...
Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Har yomonu yaxshi kunda barcha imkonimda tur,
O`ngda tur yo so`lda tur, sen meni yonimda tur.
Do`sti ko`p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard do`stidan molu jondin kechsa ham,
Borma deb garchi raqiblar zar choponing yechsa ham,
Garchi taqdir hush kelib yo`lingga gullar sochsa ham,
Mayli har ne kechsa ham, do`st bo`sang yonimda tur
Do`st bo`sang yonimda tur, do`st bo`sang yonimda tur.
Molu davlat qo`lda bo`lsa do`stu yor ham ko`p bo`lar,
Qayga borsang olqishu, maqtovchilar ham ko`p bo`lar,
Hech qoqilma, gar qoqilsang g`iybatchilar to`p-to`p
bo`lar,
Munofiq ham soxta do`sting dushmaningdek bo`pqolar,
Mayli har ne gap bo`lar, do`st bo`sang yonimda tur,
Do`st bo`sang yonimda tur, do`st bo`sang yonimda tur.
Har yomonu yaxshi kunda ko`zlarim do`st axtarar,
Bu ko`ngul har soniya ming shirin so`z axtarar,
Kimki oni topmadib bitta gul yuz axtarar,
Charx urib oyu quyosh ham kecha kunduz axtarar,
Top seni kim axtarar, do`st bo`sang yonimda tur,
Do`st bo`sang yonimda tur, do`st bo`sang yonimda tur.
Nozaninlar bazmida aytilar mastona so`z,
Termulib joningni olg`ay surmali mastona ko`z,
Kelgil ey jonimki sendan tinglayin do`stona so`z,
Qo`llarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, do`st bo`sang yonimda tur,
Do`st bo`sang yonimda tur, do`st bo`sang yonimda tur.
Bu jahonda do`st yo`q, qilma oh, qilma xitob,
Do`stni top ham Haqni topgin, Tangri bergan bir Kitob,
Haqni tosang do`stni topding, do`st qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bo`sa bir g`arib ko`nglini top,
Haq yo`lida qil savob, do`st bo`sang yonimda tur,
Do`st bo`sang yonimda tur, do`st bo`sang yonimda tur.
Ota-onag`a o`g`il-qiz mehribondir do`st bo`lsa,
Hatto sevgan sevgiling ham vafodordir do`st bo`lsa,
Yuzni burma og`a-ini garchi ming xil so`z bo`lsa,
Yetti yot begonalar ham birodardir do`st bo`lsa,
Mayli har ne so`z bo`lsa, do`st bo`lsang yonimda tur.
Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Qayda tursang tur vale, do`st bo`sang yonimda tur,
O`ngda tur yo so`lda tur, sen meni yonimda tur...
TAMOM...
Muallif: -MAJNUN-