MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ I-QISM ]
MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ I-QISM ]
RASM
Yodgor:
- O`shga kuni, singlimning boshqa yumuslari chiqib safarga ketgani sabab bo`lib, yetti yashar qizchamni maktabiga o`zim olib bordim. Maktab xovlisiga tashlaganimdan so`ng ishiga shoshildim. Shoshganidan bazi hujjatlarni uyda unutib qoldirbman. Korxona rahbari dadam bo`ladilar. Uyda maslahatgo`y, g`amho`r ota, ishxonada esa qattiqqo`l rahbar. Dadam meni hammani oldida, masulyatsizlik, hardam hayollikda ayiblab koyib berdilar. Yomon alam qildi, lekin ayb o`zimda. Noiloj hujjatlarni olish uchun uyga qaytdim. Olib, yuqori qavatdan tushayotganimda, eshikdan qizi Nozima kirib keldi. Maktabdan buncha tez qaytganiga hayron bo`ldim.
- Qizim...
Uning ko`zlari jiqqa yoshga to`lgan. Meni ko`rishi bilan yig`lab yubordi. Hovliqqancha zinani ikki, uch poyasin bitta qilib, pastga yugurib tushdim.
- Kim hafa qildi qizim?! -yeqilib u-bu yeri lat yemadimikin degan hayolga qizimni usti boshiga sinchkov nazar tashladim, - Menga ayt kim uuu, seni yeg`latgan?
Qizim barmoqlarimdan mahkam siqimladi.
- Oyimni topib beringgg... -dedi ovozi bo`g`ilib.
- Jonim qizim!...
Qizimni quchoqlab, shirin so`zlar bilan ovutishga urunardim.
Aksiga olib, qizalog`im yupanish o`rniga yanaham balantroq hiqqillab yig`lardi.
- Sizni yomon ko`raman... - dedi ko`kragidan itarib, quchog`imdan chiqarkan.
- To`xta Nozima...
- Oyim yomonlar... Oyim meni yomon ko`radi...
Kuzgu yoniga borgan qizim, onasini kichik yog`och ramkaga solingan suratini qo`liga oldi.
- Kim aytgan bo`lsa, baloni yebdi. Oying seni hammadan ham ko`proq yaxshi ko`rardi! -dedim asta qizimga yaqinlashar ekanman.
Qizim esa jahil bilan onasini suratini otib yubordi.
Hiqqillab yig`lab:
- Oyimni yomon ko`raman! -deb qichqirdi.
Bu qichqirig` huddi momaqaldiroq gumburiday qulog`im ostida, qayta-qayta jaranglab ketdi.
- Qizim oying senga jonini bergan...
So`zlarim tilimda qolib ketdi. Jigar bag`ri nimtalanib, tuz sepganday ich-ichimdan tushunturib bo`lmas og`riqlarni his qildim. Tanamdan milyon-milyon chumoli o`rmalab o`tib ketganday jimirlardi.
Asta engashib, oynasi dars ketgan rahmatli hotinim Barnoni suratini qo`limga oldim. Qizim esa yig`lagancha zinadan yuqoriga ko`tarilib ulgurgandi. Eshikdan onam kirib keldilar. Erta tongda, 8, 9 ta qo`shnilar bir bo`lib sumalak solishgan edilar. Qo`shni ayoldan nabiralarini yig`lab kelayotganini eshitbdilar-u hovliqqancha uyga shoshibdilar.
Qizm buvisini ko`rdiyu, qo`llarini oldiga cho`zib:
- Buvijonim! -deb onaning quchog`lariga kirib oldi.
- Shirinim nima bo`ldi, nimaga yig`layabsiz?
Qizim hech so`z aytmas, faqat o`ksib yig`lardi.
Onamning say harakatlari, yupatishlari ham beyfoyda, qizalog`im yig`idan to`xtamadi. O`zimning ko`nglimda ming hil o`y-fikrlar, qizimga nima bo`ldi? Nega to`satdan oyisini yomon ko`rib qoldi? Birortasi biror nima dedimikan!
Havotirda yuragim taka-puka bo`lib ketdi.
- Yodgor, Nozimaga nima bo`ldi?
Onamning ovozlariyam qaltiray boshladi.
- Bilmadim oyi!
So`zimni bo`lib, telifonim jiringladi, ko`tardim.
- Yodgor kelyabsanmi? Kutib qoldik!
- Hozir dada, mana uydan chiqyabman!
Yig`i ovozi telifon orqali dadamga ham eshitildi.
- Kim yig`layabdi?
- Nozima!
- Kim yig`latdi onamni? Berginchi telifonni!
- Jonim qizim bobojoning!
Qizim telifonni qulog`iga tutdi.
- Boboooo...
Boshqa gapira olmadi, hiqqilab yig`layverdi.
- Kim hafa qildi. Menga ayting onam... Hali boray o`sha hafa qilgan bilan boshqacha gaplashib qo`yaman...
Oylamizga qizim osongina til topisha oladigan, inson dadam.
Bobosi bilan gaplashib olganidan so`ng qizim ancha tinchlandi.
Yon qo`shnimiz, ona tomondan bobomning uylari. Onam ``Ishinga boraver, dadang kutib qolmasinlar!`` deb, o`zlari qizimni olib, bobomlarnikiga olib chiqib ketishdi...
Onam bohcha mudirasi, ikki singlim ham bohchada ishlashardi. Shuni uchun, Barno olamdan o`tgandan keyin ham qizimni tarbiya qilishimda qiyinchilik bo`lmagan. Bazi-bazida bo`ladigan, injiqlik har-xashasini inobatga olmasak, u hecham yeg`lamasdi. Doyim hush kayfiyatda, buvisiga, ammalariga ergashib bohchaga kirardi. O`sha yerda bolalar bilan ovunib, yurardi... Qizim onasiga tortgan aqilli, mehribon, zehni balan qiz. Bolalar bilan tez do`stlashib, chiqishib ketaveradi. Maktabda a`loga o`qydi, yosh bo`lsa ham, har qanday ishga faol kirishadi...
Bazida yolg`iz qolganimizda, Barno haqida so`rab qoladi. Shunday paytda, allanechuk ezilishni his qilaman. Ammo qizimga sezdirmayman va onasi qanday ajoyib ayol ekanligini aytib beraman. Qizim tizzamda o`tib jim tinglaydi. So`zlarim ohirida, u ham onasiga oshxagan ajoyib qiz ekanligini aytib chakkasidan o`pib qo`yaman. Shundan so`ng onasi o`rniga menga g`amho`rlik qila boshlaydi. Charchab kelganimda, paypog`imni yechib qo`yadi. Yotishdan avval ustimni yopib qo`yadi. Charchadim deb yotgan bo`lsam ustimga chiqib, oyog`i bilan yelkalarimni ezib qo`yadi yoki boshlarimni jajji qo`lchalari bilan bosib, bosh og`rig`imdan halos qiladi.
Uhlab qolganida, tepasida o`tib, shunday qizaloqni dadasi bo`lishimga muyassar qilgan yaratganga shukronalar aytaman. Qizi uchun hayotini bahshlagan, rahmatli hotinimning haqqiga duo qilaman...
Hozir shunday ajoyib qizchaning qalbida, to`stdan ota-onasiga bunchalar nafratni paydo bo`lashi! Zulmatni tilib o`tgan, chaqmoqday sergak tottirib qo`ydi. Nima qilishim kerak? O`ylanib qoldim.
Bir ahvolda ish joyimga bordim. Ahvolimni ko`rib dadam, xonalariga chaqirdilar.
- Uyda nima bo`ldi uzi? Nega ranging o`chgan?
Bo`lgan voqeani dadamga aytib maslahat berishlarini so`radim. Dadam hursunib, bo`yinboqlarini salgina bo`shatib oldilar. O`rnilaridan turib, ezilib uyoqdan-bu yoqqa yurgan bo`ldilar. Havo kamlik qilayotganday oynani ochib o`ylanib qoldilar.
- O`g`lim, mana-bu kursiga o`tiradigan vaqting keldi! -dedilar o`z o`rindiqlariga ishora qilib.
- Yo`g`e dada...
- Ha, endi men pensiyaga chiqaman!
- Eplolmasamchi?
- Senga ishonaman... Lekin avval uylanishing kerak... Yo`q peshonangni tirishtirma! Oylasi mustahkam bo`lmagan insonnig, ishida unum bo`lmaydi...
- Dada...
- Yoshing ham 30 ga chiqdi...
- Dada ahir...
- Kamar bilan yaxshilab adabingni berish kerak seni! - dadamni ovzlari jiddiylashdi. - Yo`q, gap bitta o`g`lim! Avvalham takitlaganimday, qizinga ona kerak...
- Dada allaqachon uylangan bo`lardim. Lekin Nozima o`gay ona qo`lida aziyat chekib qolmasmikan deb qo`rqaman. Hammayam meni onamday bo`lolmaydi...
Shu payt kotiba kirib choynak, piyolani stol ustiga qo`yib chiqib ketdi. Dadam yelkamni qoqib qo`ydilarda o`rinlariga o`tirdilar.
Choyni qaytarib so`ng piyolaga quyib dadamga uzatarkanman. Dilimdagi gapni tilimga chiqardim.
- Dada, nega bizni taqdirimiz shunday? Avval meniki, endi qizimniki?
Bu so`zlarni aytdim-u, dadamning ko`zlarida namoyon bo`lgan his-tuyg`ularni ko`rib, aytganimdan afsuslandim. - Peshona ekanda! Peshonga yozgani bo`ladi... - birpas choyni puflab, ho`plagan bo`ldilar, - Qo`y o`g`lim, o`zini buncha g`am botg`og`iga botiraverma... O`sha gap uylanishing kerak.
- Mayli dada...
O`ylab ko`rsam bundan boshqa choram yo`q. Qancha kechiktirsam, keyin qizim katta bo`lib, o`zgaga ko`nikishi shuncha qiyin bo`ladi. Lekin meni boshqa narsa qiynaydi. Qizimga ham taqdir mendek rahim qilarmikin?
Bobom rahmatli aytishlaricha: Huddi qizimniki kabi, mening onam ham o`z hayotini menga baxshlagan ekanlar. Tug`riq jarayoni og`ir kechibdi, men dunyo yuzuni ko`ribman-u, onam ko`zlarini bir umurga yumibdilar. Dadamni qo`llarida qolib ketibman, yig`layverar ekanman, sut, kashami hech qaysini ichmabman. Ichsam ham sal o`tib qayt qilaverar ekanman. Tinmay yig`lar ekanman...
Shunda yaratgan onamni ko`ngliga solibdi. Onam qo`shnimiz ekanlar, u paytda oylalari buzulib qaytib kelgan, men tug`ulganimdan ikki kun o`tib ular ham qiz tug`gan ekanlar. O`sha kuni to`nggacha yig`lab chiqibman. Tongda onam chaqaloq yig`isini eshib, chidolmay biznikiga chiqibdilar va meni og`ushlariga olib ko`krak tutibdilar. Shundagina tinchlanib uxlab qolibman. Shu tariqa, to sutdan chiqgunimizgacha, onam o`z qizlarini haqqini ikkiga ayirib ikkimizni to`yg`azibdilar. Keyinchalik kattalarni gapi bilan dadam, onamga uylanibdilar. Yetti yil o`tib kichik singlim tug`ulgan.
Tug`uliboq onamdan ayribgan bo`lsam ham, yaratganni inoyati bilan ona mehridan yayrab ulg`aydim...
Onam tengi yo`q ayollar, bolaligimda rahmatli onamni suratlarini honamga qo`yib qo`yishgan. O`sha kezlarda a`qlimni endi tanigan kezlarim, hatto ``Odamni onasi ikkita bo`ladi.`` -deb o`ylardim.
Esimdan chiqmaydi, rosa sho`x edim. Ko`pchilikni joniga tegardim. Dadam tez-tez kamar bilan adabimni berib turar edilar. Onam esa meni o`rnimga yig`lab o`tirar, betob bo`lgan chog`larim, tepamda parvona mijja qoqmay chiqardilar...
Katta singlim bilan oramizdagi farq ikki kun. Hatto maktabda ham bir sinfda o`qiganmiz. Ammo hech qachon meni sen demagan, faqat aka derdi. Onam tarbiyamizda qattiq turar edilar. Hech birimizni bir-birimizdan ko`p yoki kam ko`rmay o`stirdilar. Yaratgan menga shunday onalarni bergan, birlari hayotini, birlari cheksiz mehrini berganlar...
Meni qizimchi?! Esini tanibdiki tilidan ``Dada!`` degan so`z chiqqan. Lekin nogoh ``Oyi, oyim`` deguday bo`lsa, ko`zlarida sog`inch miltiraydi. Buni ko`rishga toqat qilolmayman, yuragim og`ridi...
* * * * *
Kechga yaqin odatdagidan kechroq uyga qaytdim. Qizim mendan arazlab, kechki ovqatga ham tushmadi. Honasiga kirdim, onam tepasida o`tibdilar. Qizim meni ko`rib o`grilib oldi.
- Asal qizim o`zimni, -erkalab yuzidan o`pdim. - Menga qarang qizim!
U ko`zlarini yumib o`zini uhlaganga solib oldi.
Bosh tomoniga turib oldimda:
- Eeey Hudoyim qizimga ayt, men bilan gaplashsin! -dedim ovozimni chiqarib.
Doyim qizimni o`zi ham shunday deb kechrim so`rar edi. Erkalik qilib, dadam bilan arazlashib qolsa, dadamni yonlariga borar edida: ``Eeey Hudoyim bobomga aytgin, mendan hafa bo`lmasin!`` yoki, ammasidan shunday kechrim so`rardi, ``Olifta ammamga aytgin, menga quvog` uymasin, endi bo`yonchiqlariga tegmayman!``
Menam shunday deb qizimni ko`nglini olmoqchi, dil hiralikni bartaraf etmoqchi edim, bo`lmadi. U qaramadi.
Onamni tovushsiz kuyunib yig`layotganlarini ko`rib qoldim.
- Oyi!!!
- Kechir o`g`lim hamma ayib menda!
- Eee nimalar deyabsiz oyi? Sizda hech qanday ayb yo`q!
- Kechir o`g`lim, o`shanda hudbinlik qilgandim...
- Yo`q siz, haq ediz...
Onam rumollarini uchiga ko`zyoshlarini artgancha chiqib ketdilar...
Eeevooh qanday ota bo`ldim, bitta qizimni ko`nglini topolmasam! Qanday farzandman, o`z qilgan gunohlarim uchun, onam kuyunsalar. O`z o`zimga achinib o`pkam to`lib ketdi, ko`zimga quyulgan yoshni ketqazish uchun tez-tez kiprik qopib ko`zyoshimni ichimga yudim...
Deraza oldida turib qizimga qarab-qarab qo`yaman, har lahzada boshini ko`tarib ``Dada!`` deyishini intiq kutaman. Ammo qizim qimir etmadi. Asta qoshiga bordim, uxlab qolibdi. Yostig`ini to`g`irlab, ustini yopib qo`yish uchun enganshganimda, quchog`idagi onasini suratiga ko`zim tushdi. Mahkam ko`ksiga bosib olgan. ``Hayryat!`` -dedim ko`nglim ancha taskin topib...
Bu xona, kichik singlim Zebo va qizimga tegishli. Singlim qizimni juda yaxshi ko`radi. Ammo ishi sabab, bir necha kunga safarga ketgandi. Shu boyis qizimni honada yolg`iz qoldirishga ko`nglim bo`lamadi. Biroq singlimni bo`sh yotg`iga yotib olishni ham o`zimga ep ko`rmadim. Hona o`rtasiga, gilam ustiga shiftga qarab yotib, qo`llarimni boshimga yostiq qilib oldim. Hona qizlarniki bo`lgani uchun, shunga yarasha pardozlangan. Shiftga gullar, tasviri chizilgan. Lak surtish vaqtida, lakka mayda zar qo`shib yuborilgan. Kunduz kuni uncha bilinmas, ammo tunda tungi chiroq yog`dusida olisdagi mitti yulduzchalarga o`xshab ko`rinadi. Yulduzlarni eslashim hamoni, bolaligim bobam rahmatli yodimga tushadi. Yoz chog`lari, xovlidagi so`rida yulduzlarni tomosha qilib uxlardik. Judayam o`sha davrlarni qumsab ketdim. Beyg`am, o`ynab kulib yurgan kezlarim. Negadur dadamni kamarlari mazzasi sog`indim.
Honamda qishin-yozin badantarbiya qilishim uchun, har-xil anjomlar bor edi. Dadamni qistovi bilan sport bilan shug`ullanar edim. Ham burus, ham turnik vazifasini bajaruvchi bir anjom bor edi. Ayb ish qilganimda dadam 10 dan 25 gacha bo`lgan sonni aytar edilar. Men shunga qarab aybim qay darajada ekanligini bilib olishim mumkun edi. So`ng o`sha turnikka osilib turar edim, dadam kamar bilan o`sha aytilgan son hisobicha urar edilar. Mabodo hisob ohiriga yetmay tushib ketgudek bo`lsam, hammasi boshidan qaytarilar edi. To`g`ri dadam juda qattiqqo`l edilar, lekin menam shunga yarasha edim. Onam yonimni olsalar. Dadam: - Buningni boshqa yo`l bilan odam qilolmayman, -der edilar.
Onam kuyinib, achinib yig`lagudek bo`lib o`rnimga kechrim so`rar edilar. Dadam jahil ustida urgan bo`lsalar ham, bizni jonlaridan ortiq yaxshi ko`radilar. Shuni bilganim, har sonyada onam qulog`imizga quyib turganlari uchunam dadamdan hech qachon hafa bo`lmasdim. Onam esa, hecham menga qo`l ko`tarmas edilar. Faqat hayotiy misollar bilan tushuntirar. Soatlab tarbiyaviy maruzalar qilardilar. O`shadamda onamni maruzalari qulog`imga yoqmasada, ketimda qolgan kamar izi ketguncha tinch yurushimga sabab bo`lardi...
Bular uncha yoqimli xotiralar emasku, lekin dadamni kaltagidan keyin o`zimni gunohlardan poklangandek his qilardim. Onamni maruzalaridan keyin esa, ikki karra poklangandek...
Eee qiniedi, hozir ham dadam kamar bilan savalab, gunohlarimdan holos qilsalar. Mayliga ming, milyon marta ursalar ham rozi edim, shu bilan yurakni kemirayotgan azoblardan halos bo`la olsam edi...
Bu hotiralar qurshovida qancha yotdim bilmayman, ammo oynadan kirib devorda kivadirat shaklida ko`rinib turgan oy shulasi, yelkamga qadar yetib keldi va saligina derazadan mo`ralaganday turib qoldi. Hech qancha vaqt o`tmay bor bo`yini ko`rsatdi. Biroq osmondagi qora bulutla sabab, bulutlar og`ushida goh ko`rinib g`oh ko`rinmay suzib yurgan oy huddi ko`chadan o`tayotgan qo`shni yigitni ko`rish uchun devordan yashirincha mo`ralab qo`yayotgan qizga o`xshardi. Bu manzarani ko`rib, xayol yana o`tmish tomon tortqiladi. Ko`z oldimda huddi kino tasmasidek ortga aylangan, o`sha to`qlikka-sho`xlik qilib yurgan kezlarimga qaytdim...
11 yillik Maktab davrini tamomlab, Inistitutga hujjat topshirdim. Albatta dadamni qistovi bilan. Matematik bilimim bilan qolgan qutganlarni siqib bazo`r kantirakga ilindim. Dadam shunga ham hursand bo`lib hamma sharoyitni yaratib berdilar. Garchi o`qishga hohish yo`q bo`lsada inistitutga shoshadigan bo`ldim. Bunga sabab albatta qizlar. Ko`p bollar singari menam oshiq bo`ldim. Avval birinchisi, keyin ikkinchisi va uchinchi, ketaverdi. Nazarimda o`yinchoqlar do`koniga kirib qolib, yaxshisini tanlayolmay hammasini olaman degan boladay, menam hamma qizlarni birday yaxshi ko`ra boshladi. Badavlat oyla farzandiman, shungami o`rtog`larim ham o`zimga o`xshab fikrlaydigan bollar edi. Sevgan qizlarim ham, moddiy manfatni ko`zlaydigan qizlar. Bitta-ikkita qimmat sovg`a va ikki og`iz shirin so`zlar uchun, moydek erib etaglarini ham ko`tarvorishga tayyor turardi. Lekin o`ldim-kuydim deganim bilan ahloq doyirasidan chetga chiqmasdim. Bunga yetarlicha sabablarim ham bor edi...
Hullas birinchi o`quv yil tugab ikkinchisi boshlandi. Yana yangi qizlar, yana yangi sarguzashtlar.
Doyimgidek uch, to`rt og`aynilarim bilan inistitutdan chiqdik. Bekatda bir ketvorgan qiz turardi. Sochlar belidan, sarviqoat qiz. Bir og`aynim, chiroyli oyoqlarini gapirdi. Ikkinchisi qomatini, uchunchisi orqalarini. O`zimni Macho deb tasavur qildim shekili.
``Hozir senlar sanab turlaring ikki daqiqada shu qizni o`rab qo`yaman!`` -dedim o`zimga o`ta ishonib.
Og`aynilarim ishonmadi, hatto garov ham bog`ladik. Asta qiz tomon yaqinlashdim, haqiqatdan judayam chiroyli qiz.
- Yaxshi qiz! -deya gap boshladim.
Qiz go`zal jilmayish bilan allaqanday qo`l ishoralarini qildi. Bundan faximlaganim shu bo`ldi, u: eshitmayman gapirolmayman degani edi...
Asta tarvuzi qo`ltig`idan tushgan odamday ortimga qaytdim.
Dilimda shu so`zlar takrorlanardi: Afsus shunday qiz-a!
* * * * * *
Shu orada bir qancha vaqt o`tdi. O`sha qizini bir necha bor inistitutda ko`rdim. Har safar ko`rganimda, unga afsuslanib qarardim. Ammo gapirish, eshitishida nuqsoni bor qiz inistitutda nima qilib yurgan ekin deb hayron bo`lardim...
Qishgi sessiyalardan bir amallab qutilib olgach. Bollar bilan ``Shodlik`` kafesida o`tirgan edik. Nogoh ko`zim elonlar doskasi oldida turgan ikkita qizga tushib qoldi. Ulardan bir o`sh, eshitish va zabonida nuqsoni bor qiz edi. Lekin u yonidagi hamrohi bilan binoyidek gaplashardi. Tezda ularni yoniga chiqdim. E`lonlar doskasidan ko`z uzmay, o`zaro nimalar haqida gaplashishar edi.
- Yaxshimisizlar qizlar?
- Salom siz so`ragunizgacha yaxshi edik! -dedi yonidagi hamrohi biroz qo`pol ohongda.
U esa meni tanidi chig`i ``Salom!`` -dedida e`lonlarni o`qishda davom etdi.
Menam ular yonida turib, e`lonlarga ko`z yugurtirgan bo`ldimda, asta zimdan qizga qaradim. Juda go`zal, liboslari o`ziga yarashgan. Ayniqsa to`qima sharifi bilan qalpog`i unga soddalik va o`zgacha jilo bergan. Zimdan qarayotganimni sezib men tomonga yuz burdi. Ikki yuzi sovuqdan qizargan, tajublanib qaradi, so`ng ``Ha nima?``-degan manoda qalamday qopqora qoshlarini bir qoqib qo`ydi. Shu topda yuragim jizillab tilim aylanmay qoldi. to`zda o`zimni tutib unga gapirdim:
- Yaxshi qiz o`sha kuni yomon bopladiz lekin!
Yonidagi hamrohi bir menga, bir unga g`alati qarab qo`ydi.
Men so`zimda davom etdim.
- O`shandan buyon hayolimdan chiqara olmay siz haqizda o`ylaydigan bo`lib qodim!
- Yaxshi yigit dugonamni o`ylaguncha, bizni tinch qo`yish haqida o`ylasez bo`midimi?
- Yaxshi qiz! Hossoqchizni tillari juda burro ekan-a?! -dedim gap teqazib.
- Oydin anovi meni aytyabdimi? -dedi.
- Vvvoo... Bo`larkanu yaxshi gapirsayam! -dedim ishshayib, -Demak ismiz Oydin ekanda?
Bilmay dugonasini ismini aytib qo`yganidan, labini tishlab boshini sarak-sarak qilib qo`ydi dugonasi.
- Oydin... Qayerliksiz?
- Huvvv uzoqdan! Buyerdan ko`rinmidi!
- O`o`hhaaa! Shirinzabon ekansiz-u! Lekini o`sha kuni o`zizi bezabon qilib ko`rsatib bekor qildiz lekin!
Yonidagi dugonasi bir humrayib qaradi:
- Tanisanmi? Kim u? -deb shivirlab biqinidan sal turtub.
- Bitta oliy darajali, shilqim! -dedi past ovozda.
- Yaxshi qiz hamma gapizni eshitib turibman! Juda siz aytganday saviyam oliy emasdur-u, lekin o`rtadan biroz yuqoriroq! -deb qo`limda o`lchov ko`rsatdim.
Bu gapim yoqdi chog`i ikkisi ham kulib yubordi.
- Oydin e`lonlar doskasidan nima izlayabsizlar?
- Ijaraga turar joy!
- Shevalaring sal boshqacha buyerlikmasmisizlar?
- Pop... Nomongon!
Dugonasi yana bilmaymi yo atay, qayerdan ekanligini aytib yubordi.
Bundan Oydinni jahli chiqib dedi:
- Maftun balki qolgan malumatli yozib berib qo`yaqolarsan?!
Dugonasi menga qovog` uyib qarab qo`ydi.
- Yur bu yerdan ketaqolaylik. Mana bu yigit haqiqatdan oliy toyifali shilqim ekan! -dedi dugonasi.
Ortlariga qaytib keta boshladilar. Menam surday ortilaridan ergashdim.
- Oydin qayoqqa ketyabsilar?
Sirazi to`xtab ortilariga o`grilishdi.
- Nega ortimizdan ergashib yuribsiz?
- To`g`risini aytaymi?
- Ayting?!
- Oydin menga yoqib qoldiz!
- Siz esa janob shilqim uuu-muu-mann menga yoqmadiz! -dedi.
- Umuman yoqmadimi? - o`zimga o`zim gapirganday - 80% tortar deb o`ylabman!
- Voy bu juda ko`pku!
- Unda 50%!
U yo`q deya bosh qimirlatdi.
- Balki 40% yoki 30%... 20%... 10%...
U hamon yo`q ishorasini qilardi.
- Eeeh afsus, hatto 5% ga ham tortmadimi?
Boshimni egib sarak-sarak qildim afsuslanganday.
Endi Oydinni labida tabassum paydo bo`ldi.
- Sal 3%... Shundoyam hazilkashligiz...
Asta yoqalarni to`g`irlab, qalpog`imni yechdim sochlarimni barmoqlarim bilan to`g`irlab, bir qoshimni yuqoriga ko`tarib asta ishshaydim.
- Endichi sal ``jiz`` etdimi?
Ikkisi ham kulib yubordi.
- Yo`q...
- Agar ijaraga uy topib bersamch? Arzongina. Inistitutga yaqin yerdan, nima deysizlar?
Gapim chinligi uchun, o`zimni jiddiy tutdim.
Avvaliga ishonmadi.
- Silardan nima ketdi?