MUHABBAT JILG`ALARI: Begonalar... (2-bet)
o`ltirmoqchi edim. Qayerdandur ikki kimsa paydo bo`ldi, men majburlab mashinaga solishdi...
Bir kechada... Ho`rlab, nomusimni toptab uyimiz oldida tashlab ketishdi.
Ulardan menga tegmasliglarini yolvorganimdan. Ulrdan bir bir gap aytishdi, so`zlashgada tilim bormaydi...
Ulardan birining aytishicha: Mening ho`rlanishim! Dadam qilgan gunohlari uchun tavon to`layotgan ekanlar qizlarining nomusi bilan! Ha, ular aynan shunday deyishdi...
Ularning so`zlari chin ekanligini esa, dadamni ko`rganida tushunib yetdim.
Dadam men uchun ilohday, zot edilar. Afsuski endi bilsam ular ham anchayin jirkanch ishlarga qodir bo`lgan kimsa ekanlar.
Otasi tufayli nomusidan ayrilgan farzand bo`lib yashashdan ko`ra o`limni afzal ko`rdim. Tomirlarimni tig` bilan tildim. Ammo o`lim mendan yuz o`girdi. Meni asrab qolishdi, ikkincha gal ham o`lim meni chetlab o`tdi.
Dadam esa afsus bilan bosh chayqashdan nari o`tolmadilar. Hattoki meni shu kuyga solganlar ustidan ham davo qilolmadilar. Sababi o`zlarining ham kirdikorlari ochilishidan qo`rqdilar...
Yashashni, bu jirkanch dunyodan nafas olishni ham umunan istamasdim. Falat jonimga qast qilish, tezroq bu olamdan ketishni o`ylardim. Biroq hech qanday ilojim yo`q, qattiq nazorat ostida yashashga majbur bo`layotgandim.
Tun bo`yi ollohdan jonimni olishini so`rab chiqdim. Tonga borib uxlab qolibman, tush ko`rdim. Tushimda chiroyli oppoq yuzli bir bolakay meni yorug`lik tomon chorlardi. Men bolakay tomonga intildim. Unga yaqin borganimda, meni qattiq quchoqlab oldi, o`zimni barcha dardlardan halos bo`lganday, yengil his qildim. Atrofim yorishib, uyg`onib ketibman...
Bu tushumning har lahzasi, yodimda muhurlanib qoldi. Bir necha kungacha shu tush tasirida yurdim. Tushni bejizga ko`rmaganimga ishonchim komil edi. Bu tush yaxshilikka ekanligini his qilardim. Shuni uchun tushum tabirini, juda-juda bilgim kelardi.
Keyin malum bo`ldi, men homilador ekanman...
Oylamiz uchun katta sharmandalik ekanligini tushungan dadam - bolani oldirib tashlashimni so`radilar. Avvaliga ko`ndim, biroq bir necha kun avval ko`rgan tushum sabab fikrimdan qaytdim. O`sha tushumdagi bolakay meni vujudimdagi go`dak ekanligini tushundim. U bolani ham, o`zimga qo`shib nobut qilishga yuragim betlamadi. Yuragim ostida shakillanib borayotgan, yana bir vujut yashashimga quvvat berayotgandek, o`lim haqidagi fikrlarim tarqab, o`rnini boshqa anchayin shirinroq o`ylar egallay boshladi.
Bora-bora bu fikrlar, qarorga aylandi. Qattiy qaror qildim, yashayman, faqat yuragim ostidagi jon uchun yashayman...
Niyatimni dadamga aytdim. Meni qaytarishga urundilar, lekin ahtimda sobit turib oldim.
Yana bir necha kun o`tib, dadam sharmandalikdan qutulishni boshqa yo`lini topdilar. Meni turmushga uzatishga qaror qildilar. Darrov kuyov ham topildi. Go`yoki: bir kambag`olni boshini silamoqchi edim, degan boxona bilan qo`llarida ishlaydigan bolani o`zlariga ichkuyov qilishga ko`ndirib, keyin elga ovoza qildilar.
Bo`lajak erimni tanir edim. Oddiy ishchi edi, ko`rinishida or-nomusli yigitga o`xshardi. Lekin odamni ko`rinishiga qarab, ichini bilib bo`lmas ekan. Meni ahvolimdan habardor, haqiqiy erkak or-nomusli, izzat-nafsi bor yigit menga uylanmagan bo`lardi. Chunki mendeklarni peshonasiga, ``It tekkan osh!`` degan tamg`a bosishadi.
Chiroyimga uchdi deyolmayman, chunki boshqa ishchilardek, u hech qachon menga qiziqish bilan qaramagan. Endi uylanishga rozi bo`libdimi, demak dadamning pullariga uchgan. Bundan hulosa chiqarish mumkun u meni hech qachon xotin o`rnida ko`rmaydi. Shunchaki to`kin xayot uchun chiptaman xolos...
Shuni uchun ham undan jirkandim. Chimildiqdayoq, unga munnsabatim qanday ekanligini bildirdim, uni qatiy rat etdim. Hatto u bilan bir to`shakka yotishdan jirkanishimni yuziga aytdim...
O`sha kundan boshlab, menga yaqinlashmadi. Hatto qo`lini tekkazmadi. Ammo qancha unga nafratimni sochmay, menga iliq munosabatda bo`lishda davom etardi. Uning munosabatidan battar achchiqlanar edim. Go`yoki dadamga yaltoqlanib men bilan munosabat qilayotgandek tuyulardi.
Oylar o`tib borardi, homilam tobora kattalashardi. Endi o`zimni tinchlantirib faqat bolamni sog`lig`i haqida bosh qotira boshladim.
Shunday kunlarning biri, derazani ochib, toza havodan baxramand bo`layotgan edim. Eshigimiz oldida bir qiz paydo bo`ldi. Gap-so`zlaridan erimni so`rab kelganini tushundim.
``Razil yana bir bechorani ham kuyduribdi!`` deya erimni qarg`ab qo`ydimu, ortiq unga e`tibor bermadim.
Shu payt tasodufan dadam erimga baqirayotganini eshitib qoldim.
Ularni aniq, ravshan eshitdim. Dadam aytdi:
- Bobur biz bitim tuzganmiz, tashqarida bo`layotgan tomosha nimasi?
Erim:
- O`z so`zimda turaman, men har qanday vaziyatda ham Odinaga sodiq qolaman!
Erimni tushunmadim, chiqdiyu qizni haydab soldi.
Shu payt dadamning asil basharasi yana bir karra namoyon bo`ldi. Erim chiqib ketishi bilan, qo`riqchi yigitlarga qo`ng`iroq qilib: qizni daf qilishni buyurdi.
Men bu buyruqni uncha tushunmadim. Dadam u bechora qizni o`ldirib yuborishga buyurdimi, yoki uni ham meni kuyimga solishnimi!
Hudoga shukurki, o`ylaganlarim bo`lmadi. Qo`riqchi yigitlar tezda ortiga qaytdi...
Meni bir narsa o`ylantirib qo`ydi. Dadamning ``KELISHUV!`` degan so`zlari.
Dadam erimga mashina, uy hadiya qilganda olmagandi. Majburlaganlaridan so`ng, uy va mashinani olib meni nomimga rasmiylashtirib qo`ydi. Buni men merosxo`r bo`lish uchun yaltoqlanish deb baxoladim. Shuni uchun erimga e`tibor bermay qo`ygandim.
Dadam bilan suhbatini eshitganimdan, so`ng ichki bir qiziqish paydo bo`ldi.
Erim ishboshqaruvchi bo`lib ishlayotgan do`konlarimizdan biriga bordim. Erim haqida surushtira boshladim. Hayron qoldim, kassada o`tiradigan tortib, yuk tashuvchigacha faqat yaxshi so`zlar bilan halol inson ekanligini aytib maqtashdi. Men bilgan olamda bunday, halol inson bo`lishiga ishonish qiyin.
Hech zamonda boshliq oddiy hammol bilan birga abet qilishi mumkunmi?
Men bilgan olamda yo`q, ammo meni erim shunday qilar ekan. Faqatgima u ishlayotgan do`konimiz katta foyda keltirishi esa yanada hayratim va qiziqishimni oshirdi. Og`iroyoq holatimga qaramay, surushtiruvni davom ettirdim. Endi dadamning eng ishongan insoni bo`lgan amakimni so`roqqa tutdim. Avvaliga unamadilar, lekin bazi kirdikorlaridan xabarim bo`lgani uchun, dadamga aytib berishim bilan qo`rqitdim. Ilojsiz amakim ko`ndi.
Dadam va erim o`rtasidgi kelishuvning bor tafsilotlarini bildim-u, shu zahoti o`pkam to`lib, ho`ngrab yig`lab yubordim...
* * * * *
LOLA:
- Bir ayol keldi, o`zini Bobur akamning rafiqasi deb tanishtirdi.
7, 8 oylik homilador edi, uni ko`rib, avvaliga rashkim qo`zg`ab unga qo`pol muomila qildim. Lekin u bosiqlik bilan meni, tashqarida turgan mashinasida suxbatlashib olishga taklif qildi.
Rozi bo`ldim.
U shafyorini ancha uzoqqa borib turishini buyurdi. So`ng esa mashinasida yolg`iz o`tirib, meni o`ziga yaqin olib boshiga tushgan qora kunlari, qanday qilib, Bobur akamga turmushga chiqqani haqida so`zlab berdi. Uni yig`lab o`tirib tingladim. U tortgan azoblari oldida, meni dardim hechnarsa ekan.
So`zlari yakunida, oyla qurib, hatto bir to`shakda yotmaganliklarini aytdi. Agar istasam Bobur akamni o`zimga qaytib berar ekan!
Yana meni bir sirdan vohib qilishi kerakligini aytdi. Buni uchun avval Bobur akam bilan uchrashim kerak ekan. U menga manzilni aytdi, so`ng hayrlashdik...
Ikki kun o`tib aytilgan manzilga bordim.
* * * * *
BOBUR:
- Ishdan qaytgach yotoqqa kirdim. Qarasam pastga to`shalgan, o`rin/ ko`rpam yig`ib qo`yilibdi. Devonda esa, ikki kishiga mo`ljallanga o`rin to`shalgan. Odina kirib keldi, ko`zlarida yosh, bir muddat tikilib qoldi.
- Ahvoliz yaxshimi? -so`radim, havotirlanib, - Hech qayeriz og`rimayabdimi? - Hammasi joyida! -dediyu birdan quchoqlab oldi.
Shu kungacha yoniga yo`latmagan, bir og`iz ham tilidan shirin so`z eshitmagan edim. Birdan ko`zlarida shavqat paydo bo`lib, quchoqlab olgani, meni hayratga soldi.
- Odina sizga nima bo`ldi?
U yanada qattiqroq quchib:
- Bugun sizga turmushga chiqqanimdan, baxtli ekanligimni angladim! -dedi.
- Rahmat, hursandman!
Unga nima bo`ldi bilmayman lekin, uning ozgina muhabbatiga sazovar bo`lganim meni yelkamni ezib yotgan zildek yukdan halos qildi.
``Tangrimga ming shukur!``
* * * * *
ODINA:
- Turmush o`rtog`imning aslida kim ekanligini bilganimdan so`ng, ularga nisbatan nohaqlik qilganimni tushundim. Bu inson nafratga loyiq emas, aksincha mukofotga loyiq ekan. Menga uylanib oyilari va akalari bilan o`rtalariga devor tushgani haqida bildimu, shu devorni buzushga aht qildim. Hech kimga bildirmay ularni uyiga bordim. Yaxshi men tanishmas ekanlar, mehmonday izzat, hurmatlab kutib olishdi. Bobur akaning oyilari bilan suhbatga kirishdim. Avvaliga boshimga tushgan ko`rgulik haqida so`zlab berdim. Isboti tariqasida, qornimdagi farzandimki o`zlari ko`rib amin bo`ldilar. So`ng bir insonni mardlarcha tutgan yo`li haqida so`zlab berdim. So`zlarim yakunida, o`sha inson o`g`illar, o`zim esa kelinlari ekanligimni oshkor qildim.
Avvaliga hayratdan yoqa ushladilar. Kuyunib yig`ladilar ham. Kutmagan edim, kutilmaganda meni ``Kelinim!`` deya qabul qildilar.
Dunyo aslida men tasavur qilgandek chirkin emas ekan. Hayotda yaxshi insonlar juda ko`p ekan!
Qaynonam bilan uzoq dardlashib oltirdim. Farzandimni dunyoga keltirganimdan so`ng, erim bilan kelishimni so`radilar. Hatto qaytadan to`y ham qilib berishliklarini aytishdilar...
Gap orasida Bobur akam sevgan qizi haqida so`radim.
Ismi Lola ekan, shu mahallada turishini eshitib, uni ham oldiga bordim. Judayam dilbar qiz ekan, huddi Bobur akam bilan bir-biriga yaralgandek. Ularni ajralishlariga qisman men ham sababchi ekanligimni sezim judayam dilim vayron bo`ldi. Lola bilan ham uzoq suhabat qurdik. Shu suhbat davomida bir narsaga qaror qildim. Bu insonlar birga bo`lmog`i kerak! Buni uchun qanchali qiyin bo`lmasin, Bobur akadan ajralishga ham tayyor edim...
* * * * *
LOLA:
- Aytilgan joyga bordim. Bobur akam keldi. Biz so`zsiz bir-birimizga tikilib qoldik...
Bir kuni dadam va oyimni subatiga guvoh bo`ldim.
Tuzalib ketganimdan so`ng, dadam bazi maslahatlarni olgani shifokorimni qabuliga borishibdi. Shunda bir kishi bilan suhbatlashib qolibdilar. U kishini o`g`li ham huddi mendek betob ekan. Dadam esa meni qanday davolanganimni aytib beribdilar. Haligi kishi, darov shifoxona bosh virachiga uchrab, ularga ham shifoxona fondi yordan berishini iltimos qilibdi.
Afsuski yordam berishmabdi. Do`ktir dadamga uchrab, harkimga bunday maslaham bermaslik kerakligini aytibdi. Keyin bilishsa bizga aslida shifoxona fondi emas, umuman boshqa inson yordam bergan ekan...
Odinaxonni aytishicha, menga yordam bergan inson Bobur akam ekan.
Mana ular qarshimda turibdilar. Men uchun o`zini qurbon qilgan inson...
* * * * *
BOBUR:
- Lolamning betobligini eshitib, a`qildan ozayozdim. Uning hayotini qutqarish uchun, juda katta pul kerak ekan. O`ylab o`tirmay ho`jayinni xonasiga bostirib kirdim. Menga katta muqtorda qarz berib turishini o`tinib so`radim. Meni haydam chiqardi. Lekin kechga yaqin o`zi chaqirdi va menga bir shart bilan pul berishga rozi bo`ldi.
O`ylashga esa bir kun muhlat berdi. O`sha bir kun ham meni, Lolamning hayoti uchun taxtid edi. Men shartga rozi bo`ldim. Lolamni yashasi uchun, o`zimni sotdim.
Menga qo`yilgan talab, sirni oshkor qilmaslik va Odinani asrab avaylab baxtli qilish edi...
Mana Lolam qarshimda, u sog` omon, avvalgidek entik nigohlar bilan termulib turibdi...
Lekin endi, bir-birimizga begonamiz...
* * * * *
ODINA:
- Mana ular to`g`rimda. Yarim soatdan oshdi, bir-birlarini diydorlariga to`ymay, bir-birlaridan nigohlarini biz zum uzmasdan termulib turishibdi. Lolaga havasim keladi.
``Yoo rabbim... Hamma yerim og`rib ketmoqda! Menimcha oy kunim keldi... Lekin chidayman, ularni yana ko`proq birga bo`lmoqlari uchun ham chidayman! Bolam ozgina shoshmay tur!!!``
* * * * *
MAJNUN:
- Odinani oy kuni yaqinlashib qolishiga qaramay, erini Lola bilan uchrashtirgani olib ketldi.
Kutilmaganda Odinani tulg`oq tutib, ingrab yubordi.
Lola ingroq ovozni eshitib hushyor tordi.
- Unga yordam bering! -dedi, Boburga.
Bobur Odinaga yordamga shoshar ekan, ortiga qaradi.
- Lola men qaytaman!
- Yo`q... -dedi, Lola keskin ohangda. - Siz unikisiz. Men uchun ham uni baxtli qiling! Iltimos tezroq qarang, unga keraksiz...
- Senchi?
- Menham albatta baxtli bo`laman!
- Alvido go`zalim!
- Alvido, bizlar endi begonamiz!!!
Bobur mashinaga o`tirdiyu, tezgina rulni burib, Odinani tug`riqxonaga olib ketdi. Birozgina ular ortidan kuzatib qolgan Lola o`zini kutib turgan mashinaga o`ltirdi va yig`lab yubordi...
Unga rumolchamni tutdim.
- Yig`lama Lola...
U hayron boshini ko`tardi.
- Siz? Siz o`sha kungi yigitsiz, meni anovi bezorilardan qutqarib uyimga olib kelgan!
- Ha men o`sha! Boburni yo`qotdim deb kuyinma, hali seni baxting oldinda!
- Siz ichimdagilarni o`qiyabsiz! Kimsiz o`zi?
- Majnun, shu hikoya muallifi...
- Sizni tushunmadim...
- Hozir tushunadigan ahvolda emassan!
- Ha... Uyimga oborib qo`yolasizmi?
- Jonim bilan...
Yo`ldan ketarkanmiz, yig`idan to`xtagan Lola so`z qotti.
- Muallif bo`lsayz, bu yerda nima qilyabsiz? Yana o`sha kuni meni nega qutqardiz?
- Bilasanmi Lola, hayol olami shunday cheksizkh, uni boshqara olsang ren har ishga qodirsan! Seni qutqarganimga kelsak. Lola aslida seni o`zim yaxshi ko`raman... Negaki sening obrizingda, o`zim sevgan insondan pratatib olganman! Hatto hikoyada ham, senga ozor berishlarini istamasdim...
Hozir senga BEGONA bo`lsamda, senga baxt tilab qolaman...
HOZIRCHA TAMOM...
Muallif: -MAJNUN-