tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ II-QISM ]

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ II-QISM ]

RASM

I- QISM...

- Kutib qoldilaring-a? -dedim.

- Ha, aldab ketdi deb, endi ketmoqchi bo`lib turovdik! -dedi Oydinni dugonasi.

- Hafa qilyabsiz sinyarita, men nomard emasman, - sovuqdan qizarib turgan yuzlariga bir qarab oldim. - Lekin uzur sovqda kuttirib qo`ydim. Qani yurilar issiq xonaga...

Dugonasi yurdi ammo Oydin turib qoldi.

- Yuring Oydinoy nega turib qoldiz?

U zina tutquchini ushlagancha birdam, usti boshimga, nazar tashladi.

- Siz nega bizga buncha sahovat ko`rsatib qoldiz? Ishqilib niyatiz yomon emasmi?

- Nima sizni ko`p aldashadimi?

- Yo`q!

- Yaxshi odamlar birligiga ishonmaysizlarmi? - dugonasiga so`ng yana Oydinga qaradim. - Bitta savolimga javob bering, nega o`shanda o`zizni bezabon qilib ko`rsatdiz?

Javob o`rniga jilmaydi.

- Sovuqda turmay ichkariga kiraylik. -dedim.

Ular ortimdan ergashdilar. Eshikni ochib ichkariga kirdim, xonalar biroz iliq.

- Agar sovuqqotseylar, eliktir pechka olib kelib beraman, -dedim xona xaroratini nazarda tutib. Xonalar biroz ivirsigan. Bir nechta qarta sochilib yotibdi. - Talabalargan bergandik, yaramaslar qumor o`ynabdi haydavordim. Ishqilib silar qarta o`ynamisizlarmi?

- Yo`q, yo`q... -deb ikkisi ham kuldi.

Xonalarni ko`rsatdim.

- Qalay yoqdimi? Yashasa bo`ladi-a?

- Ha, bizga maqul. Qancha to`lashimiz kerak?

Oydin uchun tekinga demoqchi edim. Ammo ``Tekin!`` desam shufhasi ortib, ketib qolishidan qo`rqdim.

- .... Shuncha berasizlar maqulmi? -mo`ljaldan 3, 4 barobar kam narx aytdim. Ammo ular yana hayron bo`lganlarini ko`rib tezda gapimni o`ngladim, - Faqat sharti bor!

- Qanday shart?

- Xonalar ozoda, hammayer saramjon-sarishta tutishiylar kerak. Naliglarni oshig`i bilan to`lab qo`yganmiz. Shuni uchun, bitta chiroqni yoqganda ikkinchisini o`chirib yurilar iloji bo`lsa. Anovi suvni ham kamroq usrob qililar. Ha keyin devordagi qog`ozlar tirnalmasin! -dedim o`zimni jiddiy tutib, haqiqiy ijaraga beruvchilarday shartlar qo`yib.

- Mana-bu yer o`zi tirnalgan ekan! -dedi Oydinni dugonasi devordagi tangaday tirtilgan joyni ko`rsatib.

- Qaysudur kaltavarang tirnaganda shuniyam! - afsuslanganday tirtiqqa qararekanman. Aslida o`zimni qilgan ish bo`lgani uchun o`zimni so`kkandeb bo`ldim, - Qalay shartlarga rozimisizlar?

- Ha, bizga yoqdi... -deyishdi bir ovozdan.

Oydinga kalitni uzatarkan ich-ichimdan quvonib ketdim.

- Rahmat... Haligi ismiz..? -dedi biroz uyalibgina.

- Yodgor! -deya unga qo`l cho`zdim.

- Oydin...

- Meniki Maftuna, -dugonasi ham qo`l cho`zdi, - Rahmat sizga!

- Arzimaydi... Maftuna nima deysiz endi 50% umid qilsam bo`larmikin?

Atayin Oydinga shama qilib Maftunaga gapirdim. Ko`z qirimni Oydinga tashladim, yuzi qizarib uyalib turibdi.

Dugonasi ham juda soz ekan!

- Undanam ko`proqqa o`xshidi! -dedi kulib.

- Maftun jinnisan-a? -dedi Oydin dugonasiga yolg`ondan qovog` uyib.

- Hazillashdim, shunga ham urushmaylar...

- Yana bir-bor rahmat sizga...

- Arzimaydi bemalol joylashaveringlar, silarni yolg`iz qoldiraman... Haya mehmonga kelsam haydavormisizlarmi?

- Vooy shu uyni to`ri sizni! -dedi Oydinham gaplarimni xazilga olib kulib.

- Qalbizi to`ri bo`lganda edi! -dedim past ovozda.

Oydin eshitib eshitmaganga oldi...

Ularni qoldirib qaytib chiqdim. Mashina o`tirib magnitafondan o`zimga yoqqan qo`shiqni izlayotgan edim, qarasam ular qaytib tushyabdi. Mashinadan tushdim.

- Ha tinchlikmi?

- Ishga borishimiz kerak!

- O`tirilar tashlab qo`yaman...

Mashinaga o`tirishdi. Yo`l-yo`lakay qeyerda ishlashlari-yu, nima ish qilishlarini so`rab bilib oldim.

Bir xonadon egalari uyiga kichik tikuv sexi ochishgan. O`sha yerda 8, 10 ta qizlarni ishlatishar ekan. Chaqaloqlar kiyimlari, ayol-u, erkak ich kiyimlarini tikishar ekan. Oydin va Maftuna qadoqlovchi bo`lib ishlar ekanlar. Inistitutdan chiqgach o`sha xonadonga borishar, yarim ish kuni o`sha yerda ishlab ham tunab qolishar, ertlab yana inistitutga qatnashar ekan...

Ularni tashladimda uyga qaytdim. Ko`nglim hijil, o`zbilarmonlik qilib ko`nglimga yoqib qolgan qiz uchun suv tekinga kivartira berdim. Ammo dadam beyhabar, bilsalar nima deyisharkin. Dadamni bilaman baribir haydab chiqarmaydilar-u, ammo ancha-muncha dakki eshitishim tayin. Shularni o`ylab dadamni ogohlantirib qo`ymoqchi edim, aksiga olib, kechki ovqat payti uyga kelmadilar ertalab esa bomdoddan keyin vohli ishga ketib bo`lishibdi...

* * * * *

Ikki kun o`tib, kechki ovqatdan so`ng gap ochdim.

- Dada anovi kivartiraga ijarachi qo`ydim?

- Endi aytasizmi yigit?

- Ha... Endi...

Yelka qisib qo`yaqoldim.

- Ko`rdim, gaplashdim...

Dadami gaplaridan bir zirillab onamga qarab qo`ydim.

- Tartibli qizlarga o`xshashadi, xonalar ozoda... Mayi yaxshi... Ammo noto`g`ri ishlar bo`ladigan bo`lsa, haaa...

- Yo`g`aa dada ular yaxshi qizlar. Ikkisi ham inistitutda o`qidi, ham ishlashadi. O`zlari buyurlik emas, biroz qiynalib yurishgan ekan. Sovuq kunda yordam qilgim keldi...

- Yaxshi o`g`lim barakalla. Biroq ikkisi ham turmush ko`rmagan qizlarlar ekan. Qo`ni qo`shnilar orasida, ichidigan, chekadigan, yomon hulqli kishilar bor. Ularni shu haqida ogohlantirdingmi?

- Yo`q hali. Lekin hovotir olmang, kunda kunoro o`zim habardor bo`lib turaman...

- Ertagayoq borib aytib qo`y, o`zlariga ehtiyot bo`lib o`tirsin!

- Ha, albatta ertagayoq boraman. Buryo`la kartoshka, piyoz, go`sht olib tashlab kelsammikan!

- Nima?

O`zi shu narsani o`ylab qo`ygandim, ammo buni aytib bekor qildim. Dadam, oyim tajjublanib qarab qoldilar. Tezda gapimni topib o`ngladim.

- Borizlarga shukur, dada, oyi. Sizlar bor ustim but, qornim to`q. Talabalik qiyin davir ekan men buni his qilomadim. Ammo talaba do`stlarimni yeyishi makaron. Endi qizlar haqida o`ylab ko`ring! Stependiyaga yashab bo`ladimi. Odamni rahmi keladi...

- Haaaa... Unday bo`lsa mayli o`g`lim, onayz guruch yog` ham berishadi! -dadam piching qilayotganlarini sezdim. - Ammo, o`g`lim noto`g`ri qadam oladigan bo`lsang! Naq oyog`ingni sindiraman!

``Yo`g`e, dada bilasizu odobli bolaman!`` -deb kulguga olmoqchi edim. Biroq dadami jiddiy qiyofalarini ko`rib shashtimdan qaytdim.

- Ho`p dada. Hech qachon yuzuzni yerga qaratmayman. Men shunchaki sizdan o`rnak olmoqchi edim. O`ziz ham doyin qiynalganlarga yordam berasiz-u! -dedim.

Bu javobim dadamni qoniqtirganini yuz qiyofalaridan bilib oldim. Onamga manoli qarab qo`ydilar. Bu qarashni manosini erta tongda onam bir sumka piraduxta tayorlab qo`yishganini ko`rganimda tushundim.

Apil-tapil choy ichgan bo`ldim. Tuni bilan o`rtagan yurak taftini bosish uchun, sumkani ko`tardim-u, Oydinni oldiga oshiqdim.

- Hoy ertalabdan qayoqqa? -dedilar onam hayron bo`ldi.

- O`rtog`im Akmal bilan bir joyga bormoqchi edim! -deb yolg`on gapirdim.

- Qayoqqa?

- Eee oyi shunchaki, bi joygada, keyin buryo`la mana-bu sumkani tashlab ketaman!

- Sayoq yurmay tezda qaytib kel. Mundoq uyda ham o`tirginda bolam. Ha desa ko`chaga chopormay!

- Ho`p oyi ho`p... -dedimu uydan chiqib ketdim.

Yo`l-yo`lakay to`rtta issiq non olib Oydinni oldiga shoshdim.

Eshik oldida turib, hapqirib turgan yurakni biroz ovutdim va eshik qo`ng`irog`ini bosdim. Yengil qadam tovushi eshitildi.

- Kim u?

Maftunani ovozi.

- Men Yodgor...

Eshik ochildi.

- Assalom a`laykum!

- Va`alaykum... Qalaysilar yaxshi joylashib oldilaringmi! O`zi kecha xabar olmoqchi edim kelolmadim! -dedim sumka va qo`limdagi nonlarni Maftunaga uzatar ekanman.

- Yaxshi rahmat joylashvoldik, - sumkani olarkan hijolat tortib. - Vooy qo`yormaysizmi! -dedi.

Oshxonadan choynak ko`targan Oydin chiqdi. Meni ko`rishi bilan darov yonimga keldi. Jonimga huzur bag`ishlab chiroyli tabassum bilan salomlashdi.

- Oydin bemovrit keldim shekili-a!

- Ayni vohtida keldiz, qani ichkariga choy ichamiz... -dedi taklif qilib.

- Yo`q boshqa safar hozir shunchaki bir ahvol so`rab qo`yay degandim...

Istamaygina ortimga qaytishga shaylandim.

- Hoy ertalabki nasibadan qaytma deyishadi. Qani ichkariga kiring bir piyola choy ichib ketasiz...

Eshikni katta ochib, qo`lini ko`ksiga qo`yib, ichkariga taklif qilib, jilmayib turardi.

Avvalgi taklifida, bu qizlar oldiga kirib olishni o`zim uchun uyat deb bilgan bo`lsam. Endi Oydinning samimiy bu taklifidan keyim rat etishim, ularga bo`lgan hurmatsizlik edi. Asta ichkariga kirdim. Kirganim hamoni dimog`imga yoqimli atir hidi uruldi. Xonalar juda orasta, pardalarni yuvib, dazmollab ilib qo`yishibdi. Deraza oynalari artilgan, jihozlar o`rni biroz o`zgargan. Bu esa xonaga o`zgacha shinamlik baxsh etgandi. Kichik xontaxta ikki yoniga baxmal to`shaklar solingan. Xontaxta ustida dazmol bosilgan, oppoq dasturxon. Bir chetida kichik qo`l sochuq, ikkita piyola va tagiga likopacha qo`yilgan choynak. Bir so`z bilan aytilganda fazy bor edi.

- Yodgor aka marhamat o`tring... -dedi Maftuna ikkita nonni dasturxonga qo`yarkan.

Yigitchasiga chordana qurib o`tirib oldim.

Oydin to`rtta likopchada ozroq-ozroq, pechenni, parvarda, mayiz va oqqand olib chiqib qo`ydi. O`zi esa ro`paramga o`tirdi. Biroz o`tib Maftuna uchta kosada yarim-yarim mastava suzib chiqdi. Bu orada Oydin choyni qaytarib, piyolaga quyib tavoze bilan uzatdi.

Iymanib, tortinib qizlarni hijolatga qo`yishni istamadim...

- O`o`o` oqqandku-ku! -deb qantdan bir donasini piyolamga soldim.

- Oling Yodgor aka!

Oydin kosani oldimga surdi.

Yalpiz hidi dimog`imga uruldi. Ovqat betida qurutilib, maydalab tuyulgan yalpiz barglari suzub yurardi.

- Qoyile yalpizmi-bu?

Yon tomonimda o`tirgan Maftunaga qaradim.

- Ha... Qani boshlang...

Bismilloni aytib ovqatdan bir qoshiq og`zimga soldim. Juda totli.

- Mazali... Kim pishirdi?

Oydinga qaradim.

- Maftuna gali edi!

- Maftunani qo`li shirin ekan, - mamnun jilmayib turgan Maftunga qaradim. - Oydinni galichi? Nima Oydinn galida, osh yeymizmi?

- Jonim bilan damlab beraman... - Oydin jilmayib, ko`ksiga qo`lini qo`ydi. - Siz mehmonga kelib tursayz bo`lgani!

Shunday bir ajoyib muhit edikiki, biz huddi ko`p yillik qadrdonlarday suxbat qurib nonushta qilardik. Ovqatni yeb bo`ldik, Maftuna kosalarni yig`ishtirib oshxonaga olib ketdim.

- Oydin silarni hechkim bezovta qilmadimi?

- Yo... Faqat bir kishi keldi, jahildor amaki... Bilsak sizni dadangiz ekanlar...

- Ha, dadam bo`ladilar... Ho`sh silarga nima dedilar?

- Bizni so`roqqa tutishdi. Keyin ``Yaxshi qizlarim, yashayverilar!`` -deb chiqib ketdilar!

- Boshqa narsa demadilarmi?

- Yo...

- Oydin, yosh qizaloq emassizlar. Ammo ogohlantirib qo`yay bu yerda, qo`shni qo`shnini tanimaydi. Ko`pincha atrofda alkash, kashandalar daydib yuradi. Silarni qo`rqitish niyatim yo`q. Bilib bo`lmaydi, bunday odamlarni qo`lidan, nima kelishini. Har-holda o`zlaringa ehtiyot bo`linganlar ho`pmi. -dedim.

- Ha albatta, -dedi meni to`g`ri tushunib.

Maftuna kelib yana davramizga qo`shildi. U-yoq-bu yoqdan gaplashdik. Har birimiz o`zimiz haqimizda, oz-moz gapirib berdik. So`ng bir, ikkita qiziq voqealar aytib ularni kuldurdim. Shunday qilib kamtarona dasturxon ustida, bo`lgan maroqli suxbatga ham yakun yasash vaqti keldi. Ular yonidan hecham ketgim kelmasdi, ammo vaqtini sarhisob qilib sarflaydigan bu qizlarni qimmatli vaqtini o`g`irlashim insofdan emasdi.

- Oydin, Maftuna ajoyib nonushta uchun tashakkur... Endi qaytaqolay!

- Voy yana biroz o`tirsayz bo`lardi...

- Zarur ishlarim bor edi... -dedim, aslida g`irt bekorchi bo`lsam ham.

- Unday bo`lsa, darturxon xaqqiga duo qiling... -deya

qizlar qo`llarini duoga ochishdi.

Kaftlarimni duoga ochdim.

- Iloho omin... Yaratgan egam, har bir oshiqni o`z sevganiga yetishtirsin, shu jumladan meni ham omin!

Yuzimga fotixa tortdim.

Maftuna nim kosa tagidagi manoni darov tushundi. - Omin! -deb yuziga fotixa tortarkan, dugonasini g`ashiga tegib qiqirlab kulib yubordi.

Oydin duv etib qizardi-yu, uyalganidan ko`zlarini olib qochdi. Past ovozda ``Omin!`` -deb yuziga fotixa qildi. Biroz jilmayib yerga qarab turdida, so`ng nigohlarimdan uyali o`rnidan turib ketdi. Non bo`laklari va likopchalarni ko`tarib oshxona tomon ketdi...

O`rnimdan turdim, Maftuna meni eshik oldigacha kuzatib chiqdi. Atayin ketmay, Maftuna bilan gaplashib turaverdim. Nihoyat Oshxonaga bekinib olgan Oydin, yerga qarab asta eshik oldiga keldi. Maftuna juda fahm-farosatli qiz ekan, Oydin yaqinlashishi bilan, ``Idishlarni yuvib qo`yay!`` -degan baxona bilan bizni yolg`iz qoldirdi...

Boyagina dugonasini oldida, uyaltirib qo`yganimgami! Negadur qarashga botina olmasdim. Aksiga olib qizlarni oldida bulbulday sayraydigan tilim ham qotib qolgandi. Bir necha daqiqa skunat orqali, sassiz gaplashdik. Skunatni buzub, endi og`iz juflagan edim. U ham bir nima demoqchi bo`ldi. Bir birimizni ovozimizdan, to`xtab qoldik.

- Oydin nima demoqchi ediz?

- Avval siz aytaqoling!

- Oydin, sizni sen desam hafa bo`lmaysizmi?

- Yoo, senlayvering... -dedi jilmayib.

- Sen nima demoqchi eding?

Bir lahza gapini topolmay o`ylanib turdi.

- O`sha kuni!

- Qaysi kuni?

- Bekatda... Hamma gaplaringni eshitib turgandim... Siz kelib tanishmoqchi bo`lganizda atayin o`zimni kar-soqovga solib oldim. Keyin o`ylagandursiz, o`sha ishi noto`g`ri deb, men shuchaki...

- Ha o`yladim, juda ko`p... Ammo tushudim, sen to`g`ri qilgansan. Betamiz bollarni gapini eshitgandan kar bo`lgan. Ularga gapirgandan ko`ra, bezabon bo`lgan yaxshi degansan o`shanda topdimmi?

- Ha topdiz!

- Oydin shuni uchun ham seni...

Chap ko`kragimga, kurtkam ustidan barmog`im bilan, yurakcha shaklini chizdim.

Asta zina poyalaridan pastga tusha boshladim. Negadur oyoqlarim, Oydinni yonidan ketgisi kelmasdi. Nigohlarimni undan uzmasdim. U ham kuzatib turardi. Bir amallab, birinchi qavatga tushdim.

- Oydinnnnn... -dedim tepaga qarab baqirib.

Zinalar orasidagi tor tuynukdan, Oydin pastga qaradi. - Ho`o`... -dedi osilgan zulfini qulog`i ortiga qistirarkan.

- Sevaman... -dedim.

Bir lahzaga yuzlarini kafti bilan berkitib oldi.

So`ng jilmayib:

- Keting! -dedi.

Qo`lsiltab ``Ko`rushguncha`` -deb chiqib ketdim.

Uyga qaytaman, biroq yuragim Oydinni yonida qolib ketganday. Ko`ksimdagi esa bir parcha cho`g`, vujudimni yondiradi. Uzoqlashganim sayin sog`ina boshlayman, yana uni ko`rishni istayveraman...

Bu tuyg`ularni ilgari his etmaganman. Ammo bilaman bu MUHABBAT degan tuyg`u. Bu tuyg`u haqida ozmi ko`pmi tasovurga ega bo`lsam ham, uni bunchalik yoqimi, bo`lishini bilmas ekanman. Vaholanki, Oydinni yaqindan taniganimga hali ko`p bo`lmagan edi...

Mana oradan ham bir oy ham o`tib ketdi. Shu kunlarda, nimalar bo`lib ketmadi. Deyarli har kuni Oydinni yoniga bordim. Inistitutda ortidan yurdim, u bilan ilk bor kutubxonaga kirdim. U uchun tasodufiy raqiblar bilan orani ochdim. Uni ish joyiga kuzatib qo`yaman, u yerdan chiqishganda kivartiralarigacha. Yana soatlab ko`cha boshida turaman. Qor, yomg`ir, izg`irin sovuq menga chikora. Qalbimdagi olov tafti meni sovuqdan asrayotgandek...

Yarim tun, o`z yotog`imda shiftga qarab yotarkanman, shu bir oyni o`zimcha sarhisob qilaman. Shu vaqt davomida halovatimni yo`qotganman. Ammo charchoq nimaligini bilmadim. Ichimda qandaydur quvvat manbayi borday. Tanamga sig`may jo`shib ketaman. Ko`z oldimdan uni chehrasi ketmaydi. Uyalganda qizargan yuzlari, nim tabassum qilgan lablari, yerga boqib turgan ko`zlari. O`yladim duguncha uni sog`inaman yonida bo`lgim har lahzada sevishimni takror va takror aytgim keladi...

Birdan yuragimga g`ashlik oraladi. Shu kunlar mobaynida unga eng kamida yuz marotaba sevishimni aytdim. Biroq u har gal, javob qilmadi. Qizbola uyaladi, ammo ko`zlaridan bilaman sevadi. Lekin uning rozini olgim keladi. O`ylab-o`ylab unga muhabbat maktubini bitishga qaror qildim. O`rnimdan turib qog`oz ruchkani qo`limga oldim.

``Salom sevgilim!`` -deb yozib olganmanu uyog`iga so`z kelmaydi. O`ylab-o`ylab bir nechta so`z yozdim. O`qib ko`rib, qog`ozni g`ijimlab tashladim va yangi varoq oldim...

Avvalari kino, filmlarda shunday sahnalar bo`lardi. Yigit sevganiga maktub bitadi ammo g`ijimlab tashlayveradi. Har gal shu sahnalarni ko`rganimda, ``Maynavozchilik, bemanik!`` -der edim.

O`zimni boshimga shu kun tushib bildim-ki, oshiq o`z mahbubasiga maktub bitar chog`ida, qalbida jo`sh urayotgan tuyg`ularni qog`ozga bitishga urunar ekan. Ammo buning uddasidan chiqish juda mushkul bo`larekan. Oshiq o`z tuyg`ularini qoralay olmagach qayta yozishga kirishar ekan.

Mana tong ham yorishyabdi, xonamda 10, 15 ga yaqin qog`oz to`plar sochib yotibdi. Men esa hamon ko`ngil tuyg`ularimni qog`ozga tushura olmayman. Tong yorishib, derazadan yorug`lik tushdi. Tuni bilan rosa qor yo`g`ibdi o`ziyam. Deraza oldida cho`kka tushgancha, uzoqdan xira ko`rib turgan ko`p qavatli imoratlarga temulib u haqida hayol sura boshladim. ``Hozir nima qilayotgan ekan! Hoyna hoy shirin uyqudadur yoki, allaqon uyg`onib yuz qo`lini yuvishga kirishgandur!``

Qor hamon yog`yabdi. Qanchalar bokira va tinoq, bo`lmasa bu qor parchalari. Mening sevgim ham huddi shunday pokiza bo`lishini jon dilimdan istayman. Shu topda hayolimga ajoyib fikr keldi. Dik etib o`rnimdan turdim-u, qo`limga qog`oz, ruchkani oldim...

Varoq yuqori qismida yurak shaklini eslatuvchi bulutlarni chizdim. Pastiga bir-biriga qarab turgan yigit va qizni, ko`krakdan yuqori qismini, yigit timsolida o`zimni, qiz timsolida Oydinni suratini chizdim. Yuqoridagi bulutlardan huddi qorday yog`ayotgan, yuzlab mitti yurak shakillarini chizib chiqdim. Qiz va yigitni pastiga ``SENI SEVAMAN`` -deb yozib, yurak shakliga o`rab qo`ydim. Endi sal bo`lsada, ko`nglimdagidek chiqgandi...

O`sha kuniyoq maktubimni, shakalad bilan mehmon qilish boxonasida quticha tagiga qistirib berdim. Keyin esa jovobini intiqlik bilan kuta boshladim...

Ikki kun o`tib, kechi payt har kunguday ularni, temir ko`prik yonida kutib turdim. Nihoyat ishlarini tamomlab qaytib chiqishdi. Ikki qizni o`rtasiga tushib oldim. Biz yayov yurdik...

Har kuni shunday kuzatib qo`yganim uchun ular ham odatlanib qolishgandi. Rosa maroqli suhbat qurib qaytardik. Ular haqida anchagina malumotga ega bo`lib qolgandim. Ikkisi ham bir qishloqdan ekan. Maftuna kantirak asosida o`qishgan kirgan. Shartnoma pulini akalari to`lashar ekan. U akalariga yordam qilish uchun, ham o`qib ham ishlar ekan. Oydin esa girant yutib olgan. Ammo tejab to`plagan stependiya va ish haqqini bir qismini oylasiga jo`natar edi. Negadur oylasi haqida gap ketganda darov mavzuni chetga burardi...

Bu gal ham u-yoq-bu yoqdan suhbatlashib manzilga kelganimizni ham sezmayqolibmiz. Zina yonida Oydinni qo`lidan asta ushlab to`xtatdim. Maftuna men bilan hayrlashib, bizni holi qoldirib, zinadan ko`tarilib ketdi...

Oydin nima uchun to`xtaganimi allaqachon tushungandi.

- Mana oling...

Yengi ichidan qog`oz chiqarib qo`limga tutdi.

Shosha-pusha sakkiz buklangan qog`ozni yoydim. O`zim bergan maktub... Ammo tepadagi bulutlar ustiga, ``BAXT`` -deb yozilgan. Qiz va Yigit orasidan biroz tepada, Baxt so`ziga qarab uchayotgan ikki qaldirg`och tasviri chizilgan.

Pastda esa ``SENI SEVAMAN`` -deb yozilgan izhorim pastrog`iga.

``SIZDAN ZIYODA`` va 1000% deb yozilgandi...

O`zimni tutolmay Oydinni quchoqlab oldim.

- Go`zalim... Qaldirg`ochim o`zimni! -dedim quchoqlab erkaladim.

Avvalliga u uyalgandeb edi, ammo hechkim yoqligi sababmi u ham qattiq quchoqlab oldi.

- Mening QALDIRG`OCHIM, seni sevaman!

- Men ham sizni SEVAMAN... -dedi.

- Go`zalim yana bir bor ayt!

Qattiq quchoqlab qulog`im ostida shivirladi:

- Sizni sevaman...

Muhabbatdan masrur, bo`lib yanog`idan ikki bor o`pib oldim. U esa uyalgancha, quchog`imdan chib zinadan ko`tarib ketdi. Har qadamda tez-tez o`rtiga o`grilib qarab qo`yardi. Uning baxtdan porlagan Mastona ko`zlaridagi quvoch, u chizgandeb Baxt manzilmiz bo`lib ko`rindi. Bu lahzalarni so`z bilan tariflash qiyin. Ammo ayta olaman, men mast edim...

Oydin ikkimizning Muhabbat kitobimiz shunday, chiroy yozila boshladi. Biz bu ilohiy tuyg`u, og`ushida o`zimiz uchun, o`zga bir olam yarata boshladik. Bu olamda bizning orzularimiz, baxtli kelajamizning billur koshonasi qaddini roslay boshladi...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar