tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ IV-QISM ]

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ IV-QISM ]

RASM

Avvalgi qismlar...

I- QISM...

II- QISM...

III- QISM...

Dadamning yonlaridan chiqganim hamoni Oydinga qo`ng`iroq qoldim.

- ``Qayerdasan?``

- ``Hozirgina uyga kelgandim, tinchlikmi?!``

- ``Yoninga boraman, hech qayerga ketmay turgin.``

Oydinni yoniga oshiqdim. Shukurki ohirgi paytlarda, munosabatlarimiz ilgargi saviyasiga qaytib qolgandi. Haqiqatdan, vaqt hamma narsaga dovo ekan...

Yetib borganimda, eshikni Maftuna ochdi. Salomlashdik.

- Sizni ko`rganim yaxshi bo`ldi, -dedi xalatini cho`ntagidan nimanidur izlarkan.

- Tinchlikmi? -dedim hayron bo`lib.

- Yaxshi yangilik, Yodgor aka. Kichik akamni uylayabmiz. Siz va oyla azolarizni taklif etaman. Allbatta boring, -dedi bir parcha qog`ozni uzatib. - Mana manzilimiz.

- Chin dildan tabriklayman, - ichkaridan chiqib kelayotgan Oydinga bir qarab qo`ydim. - Boraman deb, vada beromayman-u, ammo harakat qilaman!

- Vaqtizga qarang, lekin kutamiz! - dedi.

Maftuna negadur Oydindan hafa bo`lganday, unga o`qrayib qaradi.

Oydin esa kulib dugonasini yelkasidan quchoqladi. Qulog`iga chertib g`ashiga tegarkan, men bilan kulib salomlashdi.

- Tinchlikmi? Bir-birlaringa qarashlaring boshqacha?!

- Yodgor aka, ichkariga kirasizmi? -dedi Maftuna yelkalarini silkib, Oydinni qo`llarini siltab tushurib.

- Tez qaytishim kerak, dugonayzda bir og`iz gapim bor, -dedim.

- Unda sizlarni yolg`iz qoldiraman!

Maftuna ichkariga kirib ketar ekan, Oydinni yelkasiga bitta shapatilab tushurdida, ``Hali seni o`ldiraman,`` deb kirib ketdi.

Bu holatdan biroz hayron bo`ldim, o`zi vaziyatga oydinlik kiritar degan manoda Oydinga termulib turaverdim. Bu orada Maftuna qaytib chiqdi. Qo`lida yong`oqdan kattaroq, qirmizi shakar olma.

- Yodgor aka mang oling, o`zimizni bo`g`dan... Oling, oling yuvulgan... -dedida qo`limga besh dona olma tutqazdi.

- Mengachi? - dedi Oydin.

- Olll, zahri-mahringga yevol...

- Maftun ahir, aytdimku, bilmabman deb!

- Hali ko`rasan, menam sirlaringni oyinglarga aytib bir sharmandangni chiqaray!

Maftunani bu gapidan keyin sirimizdan u ham xabardormikin deb o`yladim. Ammo Oydinni beyparvo tabassumini ko`rib, Mafutna umuman boshqa narsani nazarda tutganini tushundim.

- Mana senga, o`rgildim sendan! -deya Oydinni yelkasiga yana bir shapatilab ichkariga qochdi. Bu safar qattiq urdimi Oydin labini tishlab, yelkalarini silab qo`ydi.

Anchadan buyon bir-birimizni yaxshi bilamiz. Oydin sevgilim, Maftuna esa singlimday bo`lib qolgan. Ular ham meni yaqinlariday bilganlari uchun ham. Begonasiramay yonimda ham talashib tortishaverishardi. Ammo bir-biridan ajralmas dugona.

- Tinchlikmi o`zi?

- Ha... - Oydin kuldida, qo`lidagi olmani g`arsillatib tishladi. - Ummm... Mazali ekan, yeb ko`ring! -dedi.

Qolimdagi olmadan tishladim.

- Yur, tashqariga chiqaylik! -dedim ko`chaga ishora qilib.

- Him hozir... - Oydin eshikni ochib ichkariga bosh suqdi. - Maftun men pastda bo`laman! -dedi.

Ichkaridan Maftunani g`azabno ovozi eshitildi:

- Qo`rangni ko`rmay!

Oydin esa yana jilmaydi.

Zinadan pastga tusharkanmiz:

- Nima dugonang chap yoni bilan turganmi? -dedim, hali hamon nima gapligini anglolmay.

- Uyiga sovchi kelibdi?

- Yaxshiku! Lekin nega sendan hafa?

- Eee... O`tgan kuni, kelnoyisi kelgandi. Kattalar qaychi quda bo`lishni niyat qilishgan ekanlar. Kelnoyisini ukasi sovchi qo`yibdi. Kelnoyisi aytgandiki, ``Ikkisini bir-birida ko`ngli bor,`` men bunga chippa ishonib kelnoyisi bilan kelishgan holda ularga uchrashuv uyishtirdim!

- Bundan Maftunani habari yo`qmidi? -dedim qiziqish bilan.

- Him... Surpiriz qilaman deb qovun tushiribman!

Bu orada pastga tushib skamekaga o`tirayotgan edik. Oydin ohirgi gapini pushoymon bo`lgancha, bir ajoyib ohangda gapirdiki bey ehtiyor ularni uchrashuvini ko`z oldimga keltirib kulib yubordim.

- Obboo, o`zimni qovunchim-e! Shunaqa qildim degin?

Oydin g`ichirlatib olma chaynarkan.

- Endi Maftun meni o`ldirmoqchi? -dedi kulib.

Skamekaga suyanib olib olmamni g`ajiladim.

- Nima uchun, yigit yoqmabdimi?

- Aksincha yoqibdi!

- Unda nima muammo?!

Ovdin, o`zini kulgudan bazo`r tiyib. Lablarini kafti bilan to`stdi.

- Hozir manabu olmani yebolay, -dedi, shoshmasdan olma chaynarkan. - Biz Maftunni, Soadat kelnoyisi bilan ishni pishitib kiyovbo`lmishni uyga taklif qilgandik. Maftunni bir odati bor, kayfiyati a`lo bo`lsa, qo`shiq hirgoya qilib o`yin tushib yuradi...

- Ho`sh... Ho`sh... Keyinchi... -dedim qiziqishim oshib.

- Biz kutib o`tirgandik. U hush kayfiyatda qo`shiq hirgoya qilib keldi-yu, o`yinga tushib ketdi... U jinni ko`zini yumib olgan ekan... Tasavur qiling-aaa! Kuyovbo`lmish nima deb o`ylagan!

O`sha holatni ko`z oldimga keldirdim-u! Kulib yubordim.

- Ajoyib dugonang borda Oydin... Huddi birqop yong`oq!

- Ha, juda quvnoq...

- Kiyovbola nima dedi?

- Maftundan boshqasi kerakmas deb ketdi!

- Malades... Shunday qalbi ochiq qizni tanlabdimi, demak yuragi butun yigit ekan!

- Ha-a-a! -dedi hursunib. - Endi Maftunani ham to`yi bo`lib ketadiganga o`xshaydi!

Boshqa odam, Oydinni bu so`zlarini eshitgan bo`lganda, dugonasiga g`ayrlik qilyabdi degan bo`lardi. Oydinni yaxshi bilganim uchun ham, u dugonasidan ayro bo`lish mumkunligi o`ylab g`am chekayotgani tushundim.

Bir nima demoqchi bo`lib bir og`iz juftladiyu indamadi. Bu qarashni manosini darov angladim. U to`yimiz haqida gapirmoqchi, bo`lgandi ammo uyalib aytolmadi.

Ayni shu masalada, biroz ojizligim sabab yuragim siqilardi. Asta uni qo`lidan tutdim.

- Ish joyini tayin qilib qo`ydim. Ertadan ish boshlayman.

- Zo`rku... Tabriklayman...

- Lekin uch oy sinov muddati bor... - Oydin nima demoqchiligimni sezganday yengil hursunib qo`ydi. - Jonim meni tushunasan-a?

- Him...

- ``Uylan!`` deb farmon bo`lmaguncha, o`zim aytishim noqulay!

- Yo`q aslo aytmang... O`zimiz kutamiz, bu ham bir sinovda. Sabrimizni sinovi!

- Oydinginam, sen bir qarashda fikrimni o`qiy olasan!

Uning mayus tortgan ko`zlariga qarab, shu ko`zlar uchun ham, o`zimni hamma narsaga tayyor, insonday his qildim.

Asta quchoqlab qo`ymoqchi ed-u, lekin ko`chada, atrofda odamlar bo`lgani uchun bu ishni qilishga botinmadim...

* * * * *

Tunda Oydinni o`ylab anchagacha uhlay olmadim. Tonga yaqin endigina ko`z ilingan ekan, xonamga dadam kirib keldilar.

- O`g`lim turing sizni buyuk ishlar kutyabdi...

Qani endi ko`zimni ocholsam, yotgan yerim ``Hozir!`` deb g`inshigan bo`ldim.

- Turaqoling endi... -Dadam devonni qirg`og`iga o`tirdilar. Biroz sabir bilan kutdilar. - G`aflat bosib yotoverib, ishdan ham quriq qolib ketmang yana! -deb xonani tark etdilar.

Istamaygina qaddimni ko`tardim. Ko`zimni uqalab, kerishdim. O`rnimdan turib, sakrab, yelkalarni qimirlandim, mushakni uch, to`rt bor tappillatib urdim, turnukka tortilgan bo`ldim. Hullas to`rt, besh daqiqa chala-chulpa har xil mashiqlar bilan qonimni qizitib oldim...

Yuvinib, kiyinib, taranib nonushtaga tushdim.

Odatda dadam va onam bobdondan keyin nonushtaga tayorgarlik boshlashadi. Singillarim ham juda erta turishardi. Faqatgina men kechroq turar edim. Onam: ``Qo`ying damini olaversin, og`ilbola uyquga to`ymasa bo`maydi!`` der edilar...

Nonushta dasturxoniga kelganimda, allaqachon hammalari nonushta qilib bo`lishibdi.

- Yodgor yur olib ketay!

- Choy ichib olay dada... -dedim norozi ohangda.

- Senga birov, allamahalgacha o`tir devdimi? Ertaroq yotib, uhlash kerakedi!

- Qo`ying dadasi bolam choyini ichib olaqolsing! -dedilar onam iltijoli ohangda.

- Mayli-mayli ichaqolsin, -dadam lablarini juftlab, yelkalarini qisdilar. - Birinchi kundan ishinga kech qolib. Yana boshlig`indan dakki eshitib qolmagin!

- Boshlig`i o`ziz-ku dadasi, bir safar indamay qo`yaqoling? -dedilar onam.

Onamning bu, meni yonimni olishlari dadamga yoqmadi. Jahillari chiqib, bir nima demoqchi bo`ldilar, ammo bizni oldimizda onamga qattiq gapirgilari kelmadi.

- Tezda borgin! -degancha chiqib ketdilar...

Choyimni ichib iloji boricha tezroq borishga harakat qildim. Ammo baribir o`n daqiqa kech qolibman. Birinchi kundan yo`g` obro`ni to`kib, dadamdan rosa dakki eshtdim...

* * * * *

Mana sinov muddatimning bir oyi ham o`tdi. Lekin bir kun ham yo`qki, dadamdan tanbeh eshitmagan. Meni nima uchun buncha qiynayabdilar tushunmayman! Uyda mehribon, quvnoq kezi kelganda hazilkash otaga aylanadilar. Biroq ishxonada qattqqo`l, zolim rahbar. U ham mayli, lekin faqat meni koyidilar. Barchani oldida izza qilaverib, yo`q obro`ni ham g`alvirdan o`tqazib tashladilar. Devonnimga o`tirgancha, bosh qashlayman, ensam qotadi.

Ahir dadamni hamma talablarini, bajaryabman-u!

Erta hammdan burun ishga borishni odat qildim. O`z vazifamdan tashqari, oddiy ishchilarday dasgoh oldida turib ishlayotgan bo`lsam. Yani nima istayabdilar ekan. O`ylab o`yimga yetolmayman...

Dadam xonamga kirib keldilar. Kayfiyatlari a`lo.

- O`g`lim, xonangdan chiqmaysan! Tinchlikmi?

Uyga kilib, qattiqqo`l rahbar niqobidan halos bo`lib mehribon, hazilkash otaga aylanadilar. Yana ustimdan kulganday, ishimni, xol-ahvolimni so`raydilar.

- Ishlaring yaxshimi o`zi?

Dadamdan juda hafa bo`lib ketdim.

- Uncha yaxshi mas!

- Nima gap!

- Eee... Dada, boshlig`im ezvordi, qachon qarama menga gapiradi! -ichim to`lib, hursundim. - O`ylab qoldim dada boshlig`im meni yomon ko`radiyo? -dedim. Huddi dadamga o`xshab ularni uslublarida, o`zlarini ustilaridan o`zlariga shikoyat qildim.

Dadam kulub yubordilar. Yonimga o`tirib, qo`llarini yelkamga tashlab ohista qoqdilar. Ancha vaqt jilmaygancha, bosh chayqab kulib o`tirdilar.

- O`g`lim balki boshlig`ing talab qilayotgan ishni qilmayotgandursan?

- Qayoqda oshig`i bilan qilyabman!

- Unda nega seni tergayabdi?!

- Bilmadim...

- Nega bilmaysan? Miyya nima uchun berilgan, o`ylab ko`rchi?

- O`yladim...

- Yo`q, o`g`lim o`ylagan bo`lganingda bunday o`tirmasding! - Dadam o`rnilaridan turib eshik oldiga bordilar. - Yana bir bor yaxshilab o`ylab ko`r. Sen hamma ishni qilayotgan bo`lsang ham boshliq dashnom berayotgan bo`lsa! Demak sendan boshqa narsa talab qilyabdi. O`yla, o`yla boshlig`ing nimalarni yomon ko`radi nimalardan nafratlanadi... -dadam jilmaydilar. - Boshlig`ingni bilma-u, ammo men o`g`limni, bolalarimni juda yaxshi ko`raman.

Dadam xonani tark etdilar...

Dadamni so`ngi so`zlari yuragimda akssado berib turardi.

G`irt to`nka ekanman!!!

Oz bo`lsada muohaza qilib ko`rmabman-a! O`yladim. Qilgan xatolarimdan biri bu birinchi kundanoq o`zimni ho`jayinday tutibman, vaholanki men ham ishchi edim. Ikkinchi xatoyim ishchanlik qilaman debman-u, ammo isrobgarchilikka yo`l qo`yibman...

Shu ikki xatoyimni tushunganing o`ziyoq, ishlarim joyiga tushib ketishiga sabab bo`ldi. Asta kunlar-kunlarni quvib o`taverdi. Keyingi xatolarimni dadamni qo`l ostilarida ishlash davomida, anglab bordim. Dadam Korxonani ishonch asosiga qurgan ekanlar. Ishchilar yaxlit bir oyladay ishlashar edi. Bir ko`rishda sezilmas, ammo chuquroq nazar tashlansa bu ishchilarning har biri dadamga judayam qadirli ekan. Mana nima uchun, dadam meni hammani yonida kamsitgan ekan. O`g`lim kibirlanib ketmasin, ishchilarni ko`ngliga ozor bermasin deyishgan ekan...

Tushundimki, men shu yoshga kirib dadamni hayot qoydalariga zid hayot kechiribman, umuman dadamga noloyiq farzand bo`libman. Shular haqida o`ylab o`z-o`zimdan uyalib ketdim. Shunday fikrga keldimki, o`zimni qayta tarbiya qilishim, ko`pgina qusurlarimni yaxshilashim kerak ekan. Bu uchun harakat qilaman. Shunchalik qusurlarim ko`p ekan-ki. Hayronman Oydin meni qanday sevib qoldi!!!

* * * * *

Astoydil harakat qildim. Dadamga munosib o`g`il bo`lish uchun. Meni sevib qolgan Oydinga munosib yigit bo`lish uchun. Nazarimda men uddalardim, ohirgi paytlarda dadam katta ishonch bildira boshladilar. Dadamni ishonchlaridan esa, g`ayratim jo`shardi. Sinov muddati ham tugay deb qolgada uyda to`y harakatlari boshlanib qoldi. Meniki emas albatta, katta singlimning to`yi. To`y yaxshi, xursandchilik, ammo Oydinni yonida yana uyalib qoladigan bo`ldim. Har qalay bizning birga bo`lishimiz yana ortga surilishi anig`...

To`y ham o`tdi. Qarangki bu to`y, bizni foydamizga bo`ldi. Singlimni oppoq libosda ko`rgan onam, qudalarga havas qildilarmi hech qancha kun o`tmay meni uylantirish haqiga gap ochib qoldilar. Biroq ko`nglim g`ash, onam nuqul Barno haqida gapirar edilar. Deyarli o`n yildirki Barnoni o`zlariga kelin sifatida ko`rar edilar. Qo`rqardim yo`limga urf-odatlar to`siq bo`lishidan qo`rqardim...

Ishdan qaytsam, ona so`rida choy ho`plab o`tiribdilar, og`izlari qulog`larida.

- Assalom alaykum oyi, yaxshi o`tiribsizmi?

- Va`alaykum assalom, keldingmi bolam. Mashinani sen haydab keldingmi? Dadang qanilar? -dedilar havotirlanib davozaxonadagi mashinaga ko`z tashlab.

- Yo`l bo`yida Toshtemir ota o`tirgan ekanlar. Dadam: Biroz suhbatlashib boraman! deya o`sha yerda qoldilar.

- Unday bo`lsa yaxshi! -onam jilmaygancha ko`z ishoralari bilan oshxona derazasi tomon imladilar. - Qara Barno...

Ortimga o`grildim. Oshxona derazasidan Barno uyalibgina boqib turardi.

- Barno nima qilyabdi?

- Osh damlayabdi... -dedilar.

Sal o`tib, Barno bir idishda meva-chevalar ko`tarib chiqdi.

- Assalommm a`laykummm!

Hayajondanmi ovozi titrardi.

- Yaxshimisan? Uydagilar yaxshimi?

- Shukur...

Qo`lidagi idishni dasturxonga qo`yar ekan. Onam masrur, unga, uning husnidan ko`z olmasdilar. Goh-goh menga qarab, ``Qaragin!`` deganday imlab qo`yardilar...

- Hola oshni damlab qo`ydim, endi uyga ketaqolay! -dedi mendan uyalib onamga qararkan.

- Vooy qizim qayoqqa ketasan, osh yeb keyin ketarsan?

- Ruhsat bering hola, halizamon tog`am ishdan qaytadi. Uyda ovqat tayorlashim kerak!

- Kenaying, uyda o`tiradi ovqat qilib tursa bo`lmaydimi?

Barno bosh egib, salgina bosh qimirlatdi.

Onamni yuz qiyofalari jiddiy tus oldi.

- Mayli jahli chiqsa, senga kun bermay qo`yadi...

Onam yengil hursunib dasturxon haqqiga duo qildilar.

- Tur Yodgor, Barnoni uyiga olibborib qo`y...

- Hola o`zim yetvolaman...

- Qizim ana mashina hozir Yodgor g`izzillatib uyinga qo`yib keladi. Sen shoshmaginchi! -dedilarda uyga kirib ketdilar, sal o`tib bir paket ko`tarib chiqdilar. - Barno manabuni kenayinga berib qo`ygin!

- Voy hola qo`ying...

Barno hijolat bo`ldi. Ammo onam qo`yarga-qo`ymay qo`liga tutqazdilar.

Bornoni uyiga tashlab kelish uchun ketyabman. U yonimdagi o`rindiqda qizarib o`tibdi. Uyalganidan gapirmaydi ham, men ham indamay kemayin deya asta gapirdim.

- Qalaysan tatillarni yaxshi o`tqazib oldingmi?

- Ha rahmat... -dedi.

- Buyog`iga nima qilasan? O`qimoqchimisan?

- Yoo...

- Nega?

- Hunar o`rgansam deyman!

Rul boshqarib ketarkanman, ko`z tashlab qo`yayotganini sezdim. U ham mendan umidvor. Qanday qilib Oydin haqida gapirib, ``Mendan umid qilma!`` deb aytish haqida o`ylayman.

Uyiga yetishimizga o`n, yigirma metrlar qolganda mashinani to`xtatdim.

- Barno!

- Ho`!

Uni qarashlari shu qadar xokisor, masumki, unga qattiq gapirishga yurak betlamaydi. Uni qalbi huddi nafis billur haykalchaga o`xshaydi. Ammo u tokcha burchagida omon turgan haykalcha. Sal qattiq yo`talgudek bo`lsan, yerga tushadiyu chil-chil bo`ladi. Ammo ikkinchi tomonda, Oydinginam. Huddi oy kabi meni qalbimni yoritadi. Bordi-yu, u hafa bo`lsa bulut ortiga berkinib oladi. Oydinsiz yuragimni zulmat qoplaydi. Yonida esa Barno necha yellardan buyun qachondir meniki bo`lishiga ishonib yaxshagan...

Yumshoqroq, qalbiga ozor bermaydigan so`z topolmay Barnoga uzoq termulib qoldim. Bu termulishimni u o`zgacha tushundi chog`i, jilmayib ko`zlarini olib qoldi.

- Yoqtirganing bormi?

Skunat uzoq cho`zilganigami, shu gapni aytib yubordim.

Barno birdan sergak tortdida.

- Hayer... Yaxshi yetib oling! -dedi mayin ovozda. Mashinadan tushdiyu yengil qadamlar bilan, tez-tez yurib uyi tomonga shoshildi. Eshigidan kirib ketar chog`da, ortiga qarab siniqqina jilmayib qo`ydi. Afsuski biroz shoshib qoldim, o`ylamay keraksiz so`zlarni ishlatib yubordim. Barnoni hurkovuch ohuday qochib ketishini nazarga olmabman. Uyga qaytmoqchi edim, qarasam Barno olib ketishi kerak bo`lgan paket orqa o`rindiqda qolib ketibdi. Qaytarib olib ketguday bo`lsam onam hafa bo`ladilar, no iloj berib qo`yish uchun mashinadan tushdim.

Ularni darvozasi yoniga keldim, ichkaridan ayol kishining be andishalik bilan aytayotgan so`zlari eshitilardi. Yuragim betlamasa ham eshik qoqdim.

- Azim akaooo!

- Ha-a... Kim-m!

Eshikni ochib asta ichkariga kirdim. Biroz narida tunt qiyofadagi ayol qarab turardi. Salomlashdim. Ayol sohta tabassum bilan, qo`limdagi paketga tez-tez nazar tashlarkan, ismimni aytib ichkariga taklif qildi.

Barnoni kelnoyisi, nigohlari sovuq yoqimsiz ayol. Unga qaraganim hamoni, ilmiy ommabop filmda ko`rsatishgan, zaharli ilon yodimga tushdi.

- Oyim mana-buni berib yuborgan edilar!

Yaqinlashib kelgan ayolga paketni uzatdim.

- Vooy qo`yishormaydilarmi! Doyim shunday tortiqlar bilan meni hijolat qilib qo`yadilar! -dedi ikkitagina yaltiroq tirishini ko`rsatib tirjayib.

Bu orada, yo`paradagi kichikroq xonadan Barno shoshgancha yo`l-yo`lakay boshiga rumolini o`rab chiqardi. Bir zumda kiyimlarini alishtirib ustiga sipogina ko`ylak, lozim kiyib olibdi.

- Barnoxon choy qo`yvoring, kuyovbola kelib qolishdi! -dedi o`t olib ketolmayotgan eski zaporojday ``hir-hir`` qilib kularkan.

Yuzsiz ayol hozirgina og`zidan adi kirib badi chiqayotgandi. Meni oldimda esa Barnoxonlab qoldi.

Barno shoshganidan eshitilar eshitilmas ``ho`p`` dediyu oshxonadan olib chiqqan choynakka jumrakdan suv to`ldirib kirib ketdi.

- Ovara bo`lishmasin, opa men qaytaman!

- Darrov ketasizmi? O`tirsayz bo`lardi?

- Boshqa safar. Tez qaygin deyishgandi!

Tezroq bu ayol yonidan uzoqlashish uchun mashinam tomon odimladim.

- Oyizlarga salom aytib qo`ying!

- Ho`p! -dedim-u, juftakni rosladim...

Kechki ovqat vaqtida. Osh laganga suzub kelinganidan to tugagunga qadar, onam bilan dadam Barnoni maqtashdam, duo qilishdan charchamadilar. Bu holat esa o`zi kuyib yotgan yuzagimni, timtalardi. Yechimini izlardim, bu muammomni kim bilan hal qilish haqida o`ylardim. Dadam bilan erkakchasiga gaplashib olay desam, dadamni jahilari anchayin tezroq. Mavzu Barno haqida ketganda yakun qanday bo`lishi so`roq. Onam ham Barno masalasida dadamdan qolishmaydilar. Ammo ayol kishi baribir yumshoqroq, har holda doyim so`zlarimni inobatga olib kelganlar.

Qulay fursat dadam hufton nomozini o`qishga ketganlaridan keyin bo`ldi. Ayni shu damda onam ham Barno haqida gapirayotgan edilar.

- Oyi...

- Ha, o`g`lim!

- Hadeb Barno haqida gapiryabsiz! Bilaman Barno yaxshi qiz, uni judayam yaxshi ko`rasiz... Lekin oyi Barno menga yoqmaydi...

- Undan dema o`g`lim. Barnodaqa qizni boshqa yerdan topolmaysan!

- Topgan bo`lsamchi?

- Yo`q aslo o`ylama ham... Barno sen uchun atalgan qiz. Shunday qizni rat etib bo`ladimi? Ahir taqdirlaringiz bolalik paytlarizdanoq birlashtirilgan!

- Oyi meni ko`nglimchi?

- Barnoni ko`nglichi?

- Barnoday qizlarni haridori qalashib yotibdi. Ishonchim komil, u baxtini topib ketadi...

- Shuncha kutib-kutib bir qadam qolganda!.. Qo`y o`g`lim bekorchi gaplar bilan yuragimni siqma?

U desam, bu dedilar, bu desam u dedilar. Bitta gapni ushlab olganlar, ``Bolaliginda uni o`zingniki qilgansan, unashtirilgansiz!``

O`sha vaqtlarda yosh o`yinqaroq bolala edim. Barno yetti yo sakkiz yoshli qizaloq edi. Onam tez tez uyga olib kelardilar. Singillarim bilan o`ynab yurardi, uy yumushlariga qarashardi...

Bir kuni singillarim qatori onamga uy yumushlarida qarashib, xovlilarni supurayotgan edi. Shu topda 3, 4 qo`shni ayol chiqib qolishdi. Barnoni ko`rib, og`izlaridan bol tomib maqdashdi.

- Opa Yodgorjonga qiz tayyor ekanda? -deb kulishishdi.

- Ha tayyor!

- Juda o`g`lizga munosib ekanda?

- Nimasini aytasiz!

- Yodgor ishqilib qulog`ini tishlab qo`yganmisan? -deyishdi kulishib.

- Hali tishlagancha yo`q holajonlar! -deyishdi onam...

Yoshlikmi! Sho`qlikmi! Hullas onamga va qo`shni ayollarga o`zim ko`rsatib qo`yishni istadim chog`i. Barnoni yoniga borib, ``Qulog`inga aytadigan gapim bor!`` degan boxona bilan uni qulog`ini tishlab oldim.

Barno esa yig`lab

O‘xshash hikoyalar