MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ III-QISM ]
MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ III-QISM ]
RASM
I- QISM...
II- QISM...
Bizning Muhabbat onlarimizning ilk haftasi, shunday ajoyib o`tdiki.
Oydinni ish joyida muammo chiqib, hamma qizlarni tarqatib yubordi. Oydin ham, Maftuna ham bir necha kun ishsiz qolib ketishdi. Keyin esa kelinlar salom qilganda boshiga yopadigan, yopinchigini tayorlay boshladilar. Ular yopinchiqni, harir matosini olib kelardilar va mayda turli hil shakildagi toshlarni ipga chizib tikib chiqishardi. Bu ishni uyda o`tirib qilishlari mumkun edi. Endi men istagan vaqtimda Oydinni chaqib olishimga imkon bor edi. Shu kunlar mobaynida, u bilan hayotimdagi, eng esda qolarli kunlarni o`tqazmoqda edim...
Maftuna orqali, shu yaqin kunlarda, Oydinni tug`ulgan kuni ekanligini bilib oldim. Bundan juda quvonib, uning tavallud kuni uchun alohida tayorgarlik ko`rib qo`ydim. Endi intizorlik bilan kuta boshladim. Oydin o`zi tug`ulgan kunini aytib sovg`a kutadigan qizlardan emas. Shuni uchun unga o`zim ajoyib surpiriz qilmoqchi bo`ldim. Ha demay Bahor qadam ranjida qiladi. Bu oyda, Oydinni husniga jilo berib, chiroyli bo`yinchasini bezab turushi uchun marvarid shodali taqinchoq oldim. O`sha kezlari telifon atalmish matah endi urf bo`layotgan edi. Nokianing yong`oq chaqar laqabi bilan mashhur bo`lgan rusumidan ikkitasi oldim. Hohlagan voqtimda Oydinning ovozini eshitishim uchun...
Sog`inch azobi qiynasada, atayib uch kun Oydinni yo`qlamadim, uning ko`ziga ko`rinmadim. Bilaman u ham qiynalgan. Ammo bu qiynoqlar bir-birimiz uchun qadrimizni yanada oshimog`i tayin. Nihoyat uning tavallud kuni, sovg`alarni oldim. To`rt, guldasta, shirinliklar va gazli ichimliklar oldim...
Eshik qo`ng`irog`ini bosdim.
- Hozir, Maftun...
Oydinni ovozi, zumda eshik ochildi va meni ko`rdiyu qotib qoldi.
- Siz...!
- Salom qani?
- Assalom a`laykum!
Ko`zlari chaqnab ketdi.
- Va`alaykum assalom... Qaldirg`ochim, Tug`ulgan kuning bilan!
- Rahmat...
Ovozi qaltiradi.
- Nima yig`ladingmi?
- Haa...
- Tug`ulgan kunimda eslamadi, deba?
- Haa...
Ko`zida yo`sh ko`rindi.
- Iya... Endi nega yig`layabsan?
- O`zim...
Asta ko`zyoshini artdim.
- Bo`ldimi eni qaytib ketovraymi?
- Ichkariga kiring...
Biroz erkalangan ovozda, qo`ltiqlab ichkariga boshladi.
Men tasavur qilgandim, xozir Maftuna ikkisi tuzalgan dasturxon atrofida tug`ulgan kun nishonlamoqda deb. Aksincha xontaxtaga dasturxon ham yozilmagan. Ustida harir mato, mayda-mayda bezak toshlar, igna ip bor.
Hayron bo`lib so`radim:
- Bugun tavallud kuningmi o`zi? Yo men yanglishdimni!
Sovg`alar va gullarni ko`ksiga boshgancha jilmaydi.
- Ha... Bugun tug`ulgan kunim!
- Maftuna qani?
- Kennayisi og`ir oyoq ekan. Oy kuni yaqin qolibdi, shunga uyiga ketdi qarashib turgani!
- Dugonang yo`qligiga hafa bo`lib yig`lab o`tiribsanmi?
- Himm...
- Kennayisini topgan vaqtini qara, kelib kelib!...
- Unday demang! Ahir dunyoga yangi chaqaloq kelyabdi. Bundan hafa bo`lish emas, xursand bo`lish kerak...
- Hursandman, men faqat seni yig`laganingga aytyabman xolos...
- Bilmaysizni qizbola o`zi shunday, yig`loqi bo`ladi...
- O`zimni yig`loqim, nima qilamiz shunday turaveramizmi?
- O`tiring siz, men hozir...
Oydin shosha-pisha xontaxta ustini yig`ishtirdi. Dasturxon yozdi, ustini topgan tutgani bilan bezadi. Gazga choy qo`ydi. Keyin esa yo`paramga o`tirib olib, sovg`alarni ocha boshladi.
Marvarid shodasini ko`rib, birdan jim bo`lib qoldi.
- Asalim yo`qmadimi?
- Juda yoqdi... -bir yutib qo`ydi. - Rosa qimmatdur-a!
- Jonim bir tomchi, ko`zyoshing narhidan qimmat emas...
Qo`llarida ushlagancha ko`ksiga bosdi. Entikib, entikib ko`zlarida muhabbat porlab menga tikildi.
- Asalim judayam ko`ngling bo`shda... Hursan bo`lsang ham, hafa bo`lsang ham yig`layverasan! Yaxshisi boshqa sovg`alarni ham och...
Tez-tez endi ko`zlariga quyula boshlagan yoshlarni artib oldi va keyingi sovg`ani ochdi.
- Vooy bu telifon-ku!
- Ha, jonim telifon. Qara menda ham bor... -cho`ntagimdan o`zimni telifonimni oldim. - +99873 555 xx xx qara jonim, hatto no`mirlarimiz ham ketma ket. Atayin shunday raqat izlab topdim zo`rmi?
- Judayam... Ammo ishlatishni bilmayman!
- O`zim ham yaxshi tushunmayman. Lekin menga qo`ng`iroq qilmoqchi bo`lsang. 5 tugmachasini bosib tursang bo`lgani...
Oydin 5 ni bosdi, zum o`tmay, menga qo`ng`iroq bo`ldi. Ko`k tugmani bosdim. Oydin shoshgancha vannahonaga kirib men bilan telifonda gaplashdi. Qaytib chiqganida huddi yosh boladay quvonar edi. Qalbim qanchalar shodlikka to`lgani o`zimga ayon...
Oshxonada chaynak qaynaganini bildirib, paravozday bug` burkadi. Oydin pahta gulli chaynakni ko`tarib oshxonaga chopdi.
- Jonim qo`y, choy damalama. Undan ko`ra kiyin, Maftuna yo`g` ekan, ikkimiz mazza qilib tug`ulgan kuningni restaranda nishonlab kelamiz!
- Voy qanaqa restaran, shu yerda o`tiramiz!
- Asalim u yerni tavomlari zo`r, mazza qilamiz...
- Men sizga shunday tavom qilib beray, uni xatto o`sha qimmat restaranizdan ham topolmaysiz!
- Eee... Qo`ysangchi shuncha avaragarchilikni nima keragi bor!
- Hali sevgilimni pazandaligiga ishonmayman deng?
Qo`llarini bellariga tirab qovog`larini uydi.
- Go`zalim nega senga ishomay... O`zi qanday taom pishirasan? Oshmi?
- Yeganizda bilasiz!
Jilmaygancha sochlarini rumoli ostiga yashirdi. Yenglarini shimardi va partugini bog`ladi.
- Intiq qilmay gapirsangchi?!
- Qozon somsa, bo`ladimi?
- Piyozli bo`lsa, yaxshisi ovora bo`lma.
- Yo`q piyozli emas.
- Unda qovoqmi?
U oshxonadan, bitta karzinka olib chiqib, yelkasi barobar ko`tarib eshik oldida turdi. Karzinkada chamasi yarim ko`katlar bor edi.
- Ko`katmi? - hayron bo`ldim, - Bozorga tushdingmi?
- Yo`q o`zim terdim, -deb mamnun jilmaydi.
- Qayerdan, hali bahor kelishiga ikki hafata bor-ku?
- Ko`klam uyg`ongani Yanvarda edi. Ana pastdagi bog`chalarga qarang, jag`-jag`lar qat-qat, piyoladay bo`lib barg yoyibyotibdi...
- Vaaay o`zimni soddaginam... Buyer seni qishlog`ingmas karzinka ko`tarib ko`kat teradigan... Hamma ustingdan rosa kulgandur?!
Oydin bu gapimdan biroz arazlaganday qovog` soldi. Ortiga ters burulib, karzinkani ko`tarib, ko`katlarni yuvish uchun oshxonadagi jumrak tagiga olib ketdi.
- Kulsa, kular menga baribir. Bir birini yaxshi tanimaydigan qo`shnilarni kulgani nima bo`lardi?! Aslidachi ularni o`zini ustidan kulish kerak. Tabiyat berib qo`ygan nematini terib olishga erinishadi, uyoladi. Boxchalarda o`sib yotgan ko`katlar qolib, bozordan harid qilishadi. Yana birovni ustidan kulishadi...
- To`g`ri aytasan jonim...
Ortidan asta oshxonaga kirdim. Uzun sochlaridan silab, yelkalariga qo`l qo`ydim. Birzum to`xtadida, yana ishida davom etdi.
- Erkak kishiga, oshxonada nima bor? Er oshxonaga kirishi sha shar emas, oshxona ishi xotinning vazifasi!
Nazarimda Oydin kirishib ketdi.
- Jonim to`yimiz qachon bo`lgandi? -deb kuldim.
Birdan to`xtadi-yu, men tomonga o`g`irildi. Ko`zlarini pir-piratib, tabassum qildi...
Oshxona eshigiga suyangancha, uning chaqqon hartakatlarini jim kuzatib turardim. Har qanday qaynona istagidagi eplik kelin chiqar ekan Oydindan. Uning soddaligi, haqiqiy o`zbek ayolday fikr yuritishi, yoriga o`zgacha mehir bilan boqishi, hayosi, odobi bu fazilatlari, uni yanada qattiqroq suyishimga majbur qilardi...
Oshhamir qorar ekan, Setora guruhi ijrosidagi qo`shiqni hirgoya qilardi. Baxtiyorligigami, ovozi quloqqa juda yoqardi. Jimgina uni tinglab turaverdim...
Hamirni yozib, dumaloq-dumaloq qilib somsa tuydi va qozonni gazga qo`yib qizdirdi. Huddi tandirga yopganday somsalarni qozon devoriga yopishtirib chiqdi. Bir qancha vaqt o`tdi.
- Mana tayyor!
Qozondan uzib, likopchalarga terib dasturxonga olib keldi. Huddi xozir tanirdan uzulgandek qaynoq, ishtaxani qitiqlovchi hid taralardi.
- Qani olingchi!
Birdona somsani olib bitta tishladim. Men tasavvur qilganimdanham mazalli.
- Yoqdimi?
Og`zimga termulib ko`zlarini pir-piratdi.
- Bo`ladi!!!
Atayin yuzumni burushtirdim.
Oydinni chehrasidagi shodlik yoqoldi. Lablarini tishlagancha, og`zimga termuldi. So`ng o`zi ham bir dona olib tishladi va asta chaynadi.
- Hamasi joyida-ku! Nima sizga yoqmadimi? -dedi og`ir hursunarkan.
- O`zimni Oydinim, hazillashyabman-u, sezmayabsanmi? - qo`llaridan tutib o`pdim, - Bu qo`llar dard ko`rmasin. Sen pishirgan taomlar oldida, Gulsanamni tabakasi, Murodxo`jani shashligi ham, Suniy ko`lni balig`i ham nari o`taversin. Bilasanmi nega?
- Nega?
- Chunki bu somsalarni meni sevgilim, men uchun pishirgan. Mehrini, qalb qo`rini qo`shib pishirga...
Bu maqtovim Oydinni yanada quvontirdi. Lekin chindan ham, sovuq kunda tayorlangan issiq ko`ksomsa be nihoya totli bo`larkan...
Somsalarni mazza qilib tanavul qildik. Undan keyin tug`ul kunni nishonlab to`rtni kesdik. Qorinni to`qlab bo`lgach, yonma-yon o`tirib olib, telifon titkilashga kirishdik. Anig`roq qilib aytganda SMS yozishni o`rgandik. Telifonda so`z terishni o`zi bo`lmas ekan, biram qiyin. U qilib, bu qilib ikkita, uchta so`zlardan tuzulgan gaplarni bir-birimizga jo`natib o`zimizni hursand qilib o`tirdik...
Suyganimni didoriga, hali to`yganimchga yo`q-ku. Vaqit esa, shunday ajoyib oqshonni ko`rolmasdan, bir nimadan quruq qolganday zippillab o`tib 22:50 borib olibdi...
- Jonim soat ham allamahal bo`libdi...
Oydin avval telifonini soatiga, so`ng ko`zlariga ishonmay devordagi soatga qaradi. Biroz ko`zlarida havotir bor.
- Yolg`izlikdan qo`rqasanmi?
- Biroz! -dedi yutunib.
- Istasang yoningda qolaman...
- Men bilanmi? -dedi.
Bu taklifim unchayam yoqmadi chog`i!
- Nima, mendan uyolasanmi?
- Yoo...
Aslida shanini o`ylayotganini tushunib turardim.
- Mayli ketaqolaman...
Egnimga kurtkami kiyib, eshik oldiga keldim.
- Yodgor aka mendan hafa bo`ldizmi?
- Go`zalim, yagonam sendan nea hafa bo`lay?
- Huddi sizni haydab yuorayotgandayman!
Asta Oydinni barmoqlaridan tutdim.
- Sevgimiz o`z yo`liga. Men uchun sen shaningni o`ylayotganing quvonarli. Shuni uchun sira hijolat bo`lma. Ichkariga kir, eshikni qulflab ol, hech narsadan qo`rma ho`p?
- Ho`p!
Eshik oldida qarab turdim, Oydin hayrlashib eshikni yopdi va ichkaridan qulfladi. Bir daqiqa o`sha joyda turdim va ko`nglim hotirjam ortga qayrildim.
Zinadan ikki pog`ana tushgan edim. Nimadur o`zgarganday tuyuldi. Avvaliga nima ekanligini tushunmadim. Keyin bilsam karidor chirg`i o`chgan ekan. Nafaqat u choroq, umuman to`k uzulib qolibdi. Buni fahmlaganimda esa, zina yarmiga tushub ulgurgan edim. Eshik ``tap`` etib ochildiyu, Oydin shoshgancha paytga tushdi. Qo`limdan mahmak quchoqlab oldi. Ko`zlari jovdirab, ovozi qaltirar, o`zi esa qo`rquvdan titrar edi.
- Kimdur chiroqlarni o`chirib qo`ydi... -dedi qo`rqanidan hansirab.
Asta yelkasidan quchoqlab, bag`rimga bosdim.
- Qo`rqma, jonim yoningdam, -oyog`iga shippagini kiymabdi ham, paypoqda turardi, - O`zimni quyon yuragim. Chumchuq pir etsa yuraging shir etarkanda! Nimadan qo`rqasan? Issiqlik miyorida emas, tashqari sovug`ligiga, bataryalar yetarlicha isitolmayabdi. Shuni uchun bu yerda hamma senga o`xshab qo`shimcha issiqlik manbayida foydalanmoqda. Istemol darajasi meyorda oshib ketmoqda. Bunday vaqtlarda aftamat ko`tara olmay tashlab yuboradi!
Obdon tushintirib ichkariga olib kirdim. Haqiqatdan xonalar zimiston ekan. Telifonimni ekranidan tushayotgan zayif shulali yorutkichi yordamida oshxonadan gugurt topib chiqdim. Yaxshiyam to`rt olib kelganimda, bir quti, qalam donasidek shag`amlarlar ham olgandim. Foydalanmaganimiz uchun, bekor olibman degandim. Ammo ko`rib turibman-ki bekorga olmagan ekanman. Bitta piyolani to`ntarib, shag`amni yoqib o`rnatib qo`ydim...
- Yodgor aka endi nima qilamiz?
Menga yaqinroq surular ekan.
- Qo`rqma, hademay to`kni ulashsa kerak. Chiroq yonguncha yoningda o`tiraman!
- Yoqishmasachi?
- Unda juda yaxshi, ertalabgacha suhbatlashib o`tiramiz! Tong yorushishi bilan ketaman. Ertaga Maftuna ham kelib qolsa kerak-a?
- Bilmadim!
Bir necha sonya oramizga skunat cho`kti.
- Oydin...
- Ho`o`...
- O`zing haqingda gaprib ber.
- O`ziz bilasizu, yana nimani ham aytaman!
- Bolaliging haqida gapib, yoshliging qanday o`tgan! Nimalarga qiziqasan? Nimalarni yoqtirmaysan? Hammasi aytaver suyukligim haqida ko`proq bilishni istayman!
Asta jilmaydi, qo`llarini xontaxtaga tiragancha, shag`am yog`dusidan ko`z uzmay bir on jim o`tirdi.
- Bolaligim aksaryat qismi bobom, buvimlarnikida o`tgan...
U dam hursunib, dam shodlanib bolalig hotiralarini yodga oldi. Qiziqishlari haqida. Orzulari, armonlari haqida gapirdi. Biram mayim, sokin yoqimli ohangda so`zlardi. Go`yo so`zlarida sexir borday. Shu onda bir niyat qildim, umrum so`ngugacha shu qalbim sohibasi bilan birga bo`lishni...
Xontaxtaga tirsaglarimni tirab, deyarli yarimdan pastlab qolgan shag`am shulasiga termuldim...
Oydinga mahliyo bo`lib vaqt qanday o`tayotganini ham bilmay qoldim. Go`yo soatlar, daqiqa tezligida o`tmoqda edi...
Soat ikkiga yaqinlashdi. Yangi yoqqan ikkinchi shag`am ham tugash arafasida. To`kni hamon ulashmagan, tongacha ulashmasalar ham kerak...
Oydinni gaplari ham tugadi. Ikkimiz ham jim, skunat olamiga cho`kib ketdik. Go`yo bu olamda ikkimizdan boshqa hechkim yo`qday. Oydinga yaqinroq bo`lish uchun engashib, iyagimni kaftimga tiradim. U ham huddi menday engasdi. Bir-birimizga kiprik qoqmay termulib otirardik. Shag`am yog`dusi uning chaqnoq ko`zlarida akislanardi. Negadur yurak ritimim balantlashib, ponim haddan ziyod jo`ardi. Asta qo`llarimni u tomonga cho`zdim. U esa menga, barmoqlarimiz bir-biriga qovushdi. Butun tanam allaqanday hislar tasiriga tushib borardi. Tanam nazaratini asta qo`ldan boy berardim. Nafasim o`pkamga sig`mas, o`tkir nafas chiqar edim. Oydin ham huddi mendek, ehtirosga to`la afasimiz, lippillab yonayotgan shag`am oloviga kelib urulardi. Kiprikdek shag`am piligida yonaotgan olov huddi, arabcha musiqasiga raqs tushayotgan raqqosaday to`lg`onardi. Qo`llarimni Oydinni yuzlari tomon cho`zdim. Kipriklariga ilinib g`ashiga tegayotgan sochlarini nari surdim, silab yuzlariga tushdim. Barmoqlarim beyhos tegib, lablariga titroq kirdi. Shu titroq lablar bolidan totish, istagi butun a`qlimni zab etdi. U tomon suruldim. Iyagidan tutib, lablarimni cho`zdim. Kapalak qanotidan pir-pir qilgan ko`zlari asta yumumli. Lablariga birdam qo`nib bo`sa olgan lablarim, ikkinchisini loladay qizargan yanoqlaridan oldi. Yuziga yuzimni bosdim. Hurkak ohuday titrayotgan, mahbubamni tinlantirish uchun asta ohista og`ushimga oldim.
- Qo`rqma jonim... Hech narsadan qo`rqma...
Huddi cho`lda chanqoqdan, bir qultim loyqa bo`lsa ham suv haqida o`ylayotgan kimsaday edim. Ehtirosim kuchliligidan xato qilayotganimni o`ylash uchun, menda a`qilni o`zi ham yo`q edi ayni damda...
Endi kech, nogoh kelgan ehtiroslal to`foni sabab, soflik hayoda barpo bo`layotgan billur koshonamiz derovlariga dars ketdi. Baxtli onlarimiz yozilb borayotgan kitobimiz esa, o`z ayibimiz, o`z vaqtida jilovlanmaga tuyg`ularimiz sabab siyoh to`kdik, o`chirib bo`lmas qora dog`...
Oydin o`rnidan turib vannaxonaga kirib ketdi. Ancha vaqt yotdim, tongi yorishish arafasiga kelib qoldi. Oydindan esa hamon darak yo`q...
Vannaxona eshigiga yaqinlashganimda ichkaridan ingroq yig`i ovozi keldi. Eshikni itardim, ichidan qulflangan.
- Jonim eshikni och!
- Iltimos ketinggg... -dedi yeg`loq ovozda.
- Jonim qo`rqitma, eshikni och! -eshikni ikki-uch bor itardim, - Oydin och yo`qsa eshikni sindiraman...
Eshik ``tik`` etib ilgagidan bo`shatildi. Shosha-pisha eshikni ochdim. Vanna qirg`og`ida, yuzlarini kafti bilan berkitgacha yig`lab o`tirardi.
- Jonim qo`y yig`lama, -yelkalaridan asta ushladim. - Hammasi yaxshi bo`ladi...
- Yo`q... -qo`limni siltab tashladi va ikki qo`lini mushlab ko`kragimda ura boshladi, - Yo`q... Yo`q... Yo`q...
Qattiq quchoqlab oldim.
- Tinchlan... Jonim tinchlan...
- Nega... Nima uchun?!
Ho`ngrab yig`ladi.
- Bu hech narsani o`zgartirmaydi. Baribir sen meniki bo`lasan! Sendan boshqasini demayman, -uni ovutishga urundim. - Jonim boshqa bu ish takrorlanmaydi... Siqilma mana ko`rasan hammasi izida tushadi. Biz oyla quramiz, shariy, qonuniy rafiqam, suyukli yorim bo`lasan. Biz baxti bo`lamiz. Mana ko`rasan sen eng chiroyli kelinchak, ota-onamga erka kelin bo`lasan...
Oydinni tinchlantirdim, namdan uvib ketgan yuzini, yuzimga boshdi. Afsusli ohangda yutoqib-yutoqib qulog`im ostida shivirladi.
- Qismatim shunday, iffatsiz kelin bo`lishmidi? - dedi, meni qattiq, judayam qattiq quchoqlarkan. - Qaynota-qaynona bo`lmish zotlarni ko`ziga qanday qarayman!?
Bechoraginam men sabab, shu qadar qattiq istirob chekardiki, ko`zlariga qarashga qo`qardim. Ovozi shuqa qadar mungliki, yuragimga nishtarday botardi. Hayotimda ilk bor o`zimdan jirkanib ketdim.
- Kecher meni Qaldirg`ochim, bilmay qanotingini qayrib qo`ydim!...
* * * * *
Endi Oydinga uylanishim, hammasini o`z iziga tushurishim kerak edi. Ammo ikki oy o`tib hamki, ota-onamga: Meni uylab qo`yinglar! deyaolmasdim. Qanday aytishim ham mumkun, otasini davrida yallo qilib yurgan bola bo`lsam, qo`limdan tayinli ish ham kelmaydi. Bilaman dadamni fellarini, uylanish haqida so`z ochguday bo`lsam, albatta manashunday deydilar: O`g`lim oylani qanday boqasan?
Balki bu savol qarshisida esa ojiz qolmasman. Mardikor ishlab o`lsa ham bir ammallab qozon qaynatishga qodirman. Lekin bitta o`g`li uchun, keragidan ortiq, sharoyit yaratib bergan dadamni hafsalasi pir bo`lishi tayin...
Chora izlar ekanman, negadur hayot ko`zimga juda murakkab bo`lib ko`rindi. Bir tomonda ota-onamni obro` e`tibori, ikkichi tomonda sevgilimnin beyvaqt yo`qotgan iffati, shani. Or, nomus bu so`zlar zamirida juda katta mano yotar ekan. Erkakni ziynati sahovatida, ayolni ziynati iffatida deyishadi. Iffatini yo`qotgan, suyukligim ziynatini ham yo`qotgandek edi. Endi avvalgi Oydinni topolmay qolganim. Nazarimda suvsizlikdan qovjirab borayotgan gulga o`xshardi. Uning avvalgidek tabassum qilmay qo`ygandi. Men esa shu tabassumni ko`rish uchun, hamma narsaga tayyor edim. O`ylay-o`ylay o`zim uchun maqsad sari yo`limni belgilab oldi...
Navbatdagi uchrashuvimizda:
- Oydin, hozircha sabir qilib turaylik!
- Nega?
- Avval senga munosib bo`lishim ko`rak, o`z maqsadimni aniq belgilab olishim kerak!
- Siz nima desayz shu!
- Iltimos, unday gapirma! Huddi hammasi baribirday!
- Ho`p...
- Jonim siqilishingni ko`rish juda o`g`ir bo`lyabdi. Iltimos chehrangni och...
Istamaygina jilmaydi. Qo`llaridan mahkam tutdim.
- Hammasi o`zgaradi, mana ko`rasan...
Hayotimda birinchi bor, oldimga jiddiy maqsad qo`yib olg`a qadam tashladim. Maqsadimga yetqazuvchi yagona yo`l bu Kitob edi. Yaratilgan sharoyitlardan foydalanishga, majbur edim. Osonliqcha bo`yin egishim oson kechmadi. Ammo harakat qildim, jon dilimdan harakat qildim. Oqibatda oylar, yillar o`tib ilg`or talabalar qarorida, a`lo baholar bilan inistitutni tamomladim. Hammasi rejalarim bo`yicha ketmoqea edi. Oydin bilan birga bo`ladigan onlarimizga ham oz qolgandi. U ham, o`zgarishlardan, yutuqlarimdan hursand edi...
Qo`limga diplom tegishi bilan, Oydindan suyunchini oldim-u, dadamni oldilariga oshiqdim.
Dadam o`z xonalarida edilar, salom berib xonaga bistirib kirdim.
- Dada mana deplomim!
Dadam ko`zoynaklarini taqib obdon tekshirib chiqdilar. Yuzlarida mamnunlik alomatlari paydo bo`ldi, jilmaydilar.
- Barakalla ota o`g`il, yuzimni yerga qaratmasligingni bilardim...
Qo`limni siqib tabriklab, maqtovlar yo`lladilar...
- Dada endi, biror yog`liroq ishga joylab qo`yasizmi? -dedim. Dadamni maqtovlaridan o`zimni yo`qotib.
- O`g`lim, biz pilasmasa chiqaramiz, yog` emas!
Dadamni bu gaplari hazlga o`xshadi, biroq yuz qiyofalarida jiddiylik bor edi.
- Dada men oyligi ko`proq ishni nazarda tutdim!
- Qaniydi o`g`lim, shunaqa ish o`rni bo`lganida menam ishlardim...
- Dada... Ahir mana deplom!
- Hozircha ish yo`q o`g`lim...
- Dada korxona o`zimizni-ku?
- Mayli unda topamiz, hisobchiga yordamchi bo`lasan! Uch oy sinov muddati yaxshi ishlasang shartnoma tuzamiz, qo`lindan kelmasa ish yo`q o`g`lim...
- Dada nima bu hazlimi?
- Yo`q!
- Iya... Ahir o`g`lizman-u! Nima meni ham sinovdan o`tqazasizmi?
- Hada... Seni qaraya, deplom