tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ V-QISM ]

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ V-QISM ]

RASM

Avvalgi qismlar...

I- QISM...

II- QISM...

III- QISM...

IV- QISM...

Onam o`sha voqealarni yodimga solib. Barnodan boshqasi kerakmas deb turib oldilar. Go`yo undan boshqa yaxshi qiz yo`qday. Irim-sirimni vaj qilib tilimni tisdilar...

Onamga tushuntirolmay halakman. Agar har qulog`ini tishlatgan qiz, o`sha yigitga tegishi majburiy bo`lsa. U holda har qanday oshiq yigit sevganiga yetish uchun, qizni rayiga qaramay qulog`ini tishlab qo`yishni uddalaydiku?

Onam hech tushunmaydilar. Ohiri o`ylay-o`ylay onam Oydinni ko`rmagunlarigacha fikrlarini o`zgartirmaydilar degan qarorga keldim.

Bilaman onam ham nimani o`ylamoqdalar. Aytganlaridek Barno tengi yo`q qiz, yaratgan undan hayo, ibo, chiroy, a`ql, fahmu-farosatni qismagan. Boshidan ko`p savdolar o`tgan ammo u hammasiga chidab sabir qilib kelgan. Bolaligida dadasi va akasi avto halokat sabab olamdan o`tgan. Avto halokatga Barno va uning onasigi guvoh bo`lishgan. Shundan keyin onasi a`qldan ozib ruhiy kasallar shifonasiga yotgan. Endigina maktabga chiqgan Barno tog`asini qo`lida qolib ketgan. Onam bohcha mudirasi bo`lib ishlagan vaqtlar, Barnoning onasi tarbiyachi, yana onamning sirdosh dugonalari ekan. Taqtir sabab a`qlan ojizga aylangan dugonalarining qiziga g`amho`rlik qilishga harakat qila boshladilar. Yoshlik chog`lari, Barno tatilni biznikida o`tqazardi. Oyim oyda bir, ikki bor uyga olib kelardilar. Singillarim qatori nima olsalar Barnoni ham unutmasdilar. Keyinchalik tog`asi oyla qurdi. ``Endi hammasi iziga tushadi, kelnoyisi onalik qiladi, Barno qarovsiz qolmaydi!`` deb quvongan edilar. Afsuski oyladagi xokimyat karta xonimi (Dama) qo`liga o`tib, Barno cho`riga aylanib qoldi. Avvalgidek uyimizga kelmay, kamnamo bo`lib ketdi. Onam har oyda 3, 4 marotaba bo`lajak kelinimni haqqi deb sovg`a-salomlar, latta-puttalar jo`natib turadilar. Bu sovg`a, lattalar jodugarni singlisi Barnoga ozor bermasligi uchun pora! Ammo bilib olish oson, Barnoni haraktiga e`tibor berilsa, u ayol qanday munosabatta bo`layotgani seziladi...

Biznikiga kelib, singillarin bilan kulishib yurardi. Ammo ko`zlari judayam mayus, tabassumi omonatliga bir qarashda ko`zga tashlanardi. Avvallari men kelajakda Barno bilan oyla qurishga qarshi emasdim. U menga yoqardi. Shuni uchun ham Maktab davrimda, Inistitutda qancha qizlar bilan ishqiy suhbatlar qurgan bo`lmay, hech qaysisiga jiddiy qaramas edim. Yurakdagi muhabbat urug`ini Barnoga tegishli ekanligini his qilib turardim...

Ammo... Ammo men haqiqiy muhbbat tuyg`usini Oydinni uchratibgina tuydim. Oydinning oyi huddi quyosh kabi charog`on nur sochib ko`zlarimni qamashtirdi. Tafti yuragimni muhabbat olovida shunday ilitdiki, Barno ekkan uruq, Oydinning sharofati bilan nihol kabi o`sib, gur-kirab ketdi. Yuakda bitta bog`, bitta daraxt ammo ikkita bog`bon qiz. Menga esa faqat bittasi kerak...

* * * * *

- Yodgor aka qo`yining, hozir qanday kiramiz?

- Yur jonim, iltimos yuraqo!

Oydin qancha tiqirlik qilmasin bir ammalab mahallagacha olib keldim.

- Jonim mana yetib ham keldik. Manabu uy bizniki!

Uyimizni hashamati birozgina cho`chitdi shekili, turib qoldi.

- Siz boy ekansizda? -dedi salgina yutunib.

Qattiq hayajon sabab, aytgandi. Nima uchun bunday deganini, gapni ma`nosini tushundim. Ammo:

- Boshimda ota-onam belganlaridan keyin boyman-da! -dedim gapm ma`nosini boshqa tomonga burib.

- Uzur, meni kechiring! Kirolmayman!

- Nega ahir jonim?

- Qo`rqib ketyabman!

- Qo`rqma men yoningdaman! Meni sevsang yur jonim!

Eshikni ochdim, Oydinni qo`lidan mahkam ushlab ichkariga boshladim.

- Yuraver bu paytda uyda onamdan boshqa hechkim bo`lmaydi. Mana ko`rasan onam ajoyib ayollar. Bizni tushunadilar!

Oydinni zalga olib kirdim. Onamni izlab xonalariga kirdim. Allaqanday hujjatlarni varaqlab o`tirgan ekanlar.

- Assalomu a`laykum onajon!

- Kim u qiz? -dedilar alik ham olmay.

- Sizga aytganim... O`sha men yoqtirgan qiz!

Onam yana oyoq tirab, Barno haqida gapira boshladilar. Undan boshqasini tan olmasdilar.

- Onajon siz bir bora ko`ring, ikki og`iz gaplashing iltimos!

- Yo`q istamayman!

Huddi onamni alishtirib qo`yishgandek.

- Ona siz uni bilmaysiz-ku?

- Bilishni ham ko`rishni ham istamayman! Ayt ketsin...

- Onajon ahir nega tushunmaysiz! Menda ham ko`ngil bor-ku?

- Barnoda ko`ngil yo`qmi?

Judayam jahlim chiqib, ko`z oldim, a`qlim hiralashib ketdi.

- Sizni topib olganiz Barno! Meni haqimda o`ylamaysiz!... Onam hayot bo`lganlarida meni tushungan bo`lardilar!...

A`qlim hissiyotlarim qarshisida ojizlanib, nima deganimni bilmay qoldi.

Onam jim bo`lib qoldilar, jilmaygancha og`ir harakat bilan kursiga cho`kdilar. Lablariga titroq kirdi. Ko`zlariga quyulgan ko`zyoshlar lahzada pastga yo`l topdi. Onamning ko`zlarida shunday istirobni ko`rdim-ki, buni tariflashga ojizman...

- Kechring onajon! - poylariga tiz cho`kib qattiq quchoqlab oldim. - Badbaxt o`g`lizni kechring ona? Til suyaksiz ekan, kechring onajon, iltimos kechring?

Boshimni siladilar.

- Agar Bornoni ko`ngli cho`ksa sendan rozi emasman!

- Onajon qaytib oling! So`zlarimni qaytib oldim deng! Rahmiz kelsin o`tinaman onajon!

Onamga o`tindim, yalindim.

O`zlari ham aytgan gaplari pushaymon bo`ldilarmi yig`lab yubordilar.

- Sen ham tushun Barnogina nima qiladi?

Lekin so`zlarini qaytib olmadilar.

Qani edi yuzumni sidirib tashlab, Oydin bilan xatoga yo`l qo`yganimizni onamga ayta olsam edi! Balkim o`shanda bizni tushunarmidilar? Ammo Oydinni qo`lidan yuzsizlik qilish kelmaydi, bunday sirlarimiz oshkora bolganidan keyin u o`lsa ham bu xonadonga kelin bo`lib kelishga ko`nmaydi...

Shu payt derazadan Oydinni ko`chaga chopib chiqib ketayotganiga ko`zim tushdi. Shundoq qarasam, eshik yarim ochiq xolatda! U hamma gaplarimizni eshitgan... Ortidan o`qday uchib chiqdim. Onam: - Qayt Yodgor, qayt bolam! -degancha qolib ketdilar. Darvozadan chiqib, ko`cha u-boshidan-bu boshiga qaradim. Oydin huddi arvohday g`oyib bo`libdi. Qayoqqa yurishimni bilmayman, atrofdan izlab alangladim ammo yo`q. Telifonimni olib unga qo`ng`iroq qildim. Ikki, uch bor chaqirdi ammo qizil tugmachani bosib qo`ydi. Qayta qilganimda o`chirilgan edi. Qulog`imga tepadan, tizim-tizim bo`lib uchayotgan Turnalar ovozi eshitildi. Yuqoriga qaradim, yuzlab turnalar, go`yo ular Oydinni o`zlari bilan olib ketayotgandek! Ammo bu bo`lishi mumkun emas! Oydin yugurib ketgan taqdirda ham endi mahalladan chiqib ulgurgan bo`lishi kerak. Ortimdan onam ham hovliqib chiqdilar.

- O`g`lim, shoshma quloq sol! -deb qo`limdan ushlab oldilar.

- Iltimos ona qo`yvoring!

Onamning qo`llaridan yuliqib chiqdim. - Hudbin bo`lma bolam bu o`tkinchi hislar...

- Yo`q bu haqiqiy...

- Barno nima bo`ladi? U bechora nima qiladi?

- Sizni ko`ziz Barnodan boshqasini ko`rmaydigan bo`lib qolibdi!... Eee o`sha Barnoni onasini... Kechring menga Barno emas o`sha qiz kerak!

Onamni hay-hayiga ham qaramay katta yo`l tomon yugurdim. Menga nima bo`ldi! O`zim ham tushunolmasdim, yuragim kuyardi. Ko`zlarim jovdiram uni izlardim. Ayni o`sha damda Oydinni ko`ylagi rangi va soch turmagini ham eslolmay qoldim. Har qaysi yolg`iz ketayotgan qiz ko`zimga Oydin bo`lib ko`rinardi. Hamma yerga sinchkov nazar tashlab, goh tez-tez yurib, goh yugurib kivartiraga yetib keldim. O`pkam ishib bo`g`ilib, zo`rg`a nafas olardim. Eshikni tap-pillatib urdim. Eshikni ko`zlari g`azabno boqqan Maftuna ochdi.

- Oydin qani?

- Yo`q ketdi!

- Qayoqqa ketdi?

- Sizga aytmayman!

- Aldayabsan? -uyga bostirib kirdim. - Oydin qanisan. Berkinma chiq jonim!

Oshxona, vannaxona, xojatxona, pardalar orti hamma yerni qaradim u yo`q!

- Maftuna dugonang qani?

- Aytdim-ku ketdi deb!

- Yolg`onchi, tog`risini ayt? Bo`lishi mumkunmas u taksida kelganda ham narsalarini yig`ib ketishga ulgurmasdi! Qani ayt?

- Nega uni yig`latdiz? Oydin hech qachon bunchayin yig`lamagan edi. Siz Oydinni yig`latdiz!

- Bass qil, u qayoqqa ketdi? Ha qishlog`inga ketdimi?

- Aytmayman!

- Bilaman u qishlog`iga ketgan! Iltimos qilaman manzilini ber?

- Hech qachon? U sizdan qochib uzoqqa ketdi, uni izlab yurmang...

Maftunaga iltimos qildim, yalindim, yolvordim, do`q urdim, qo`rqitdim dugonasiga sadoqat saqlab baribir aytmadi.

Ammo Oydin berkinib olganiga ishonchim komil edi. Pastga tushib uni kutib turishga aht qildim. Lekin Maftuna to`xtatdi, kivartira kalitini qo`limga tutqazdi.

- Barchasi uchun rahmat... Endi Oydinni tinch qo`ying! -deb narsalarini yig`ishtirib kivartirani bo`shatib berdi.

Shundagina Oydin haqiqatdan ham bu yerda yo`qligiga ishondim.

Maftunani izidan tushdim, o`ylaganimday u petakdan mashinaga o`tirib qishlog`i tomon ketdi. Menam mashina ushlab izma-iz taqib qildim. Bir soat deganda Maftuna qishlog`iga olib keldi. Masofani saqlagan xolda ortidan bordim. U bir xonadon eshigini chaqirdi. U yerdan Oydin chiqib Maftunani qo`lidagi sumkalardan birini oldi. Shu payt o`zimni oshkor qilib qo`ydim. Oramizdagi masofa uzoq bo`lsa ham u meni tanib qoldi. U tomonga odimlaganimni ko`rib, Oydin ichkari, Maftuna boshaqa tomonga qochib ketishdi. Borib o`sha eshigdan chaqirdim, hechkim indamadi. Tashqariga qaragan derazadan Oydin qarab-qarab qo`yayotganiga ko`zim tushdi. Darhol deraza tagiga kelib oynani chertdim, parda ortida Oydinning sharpasi turganini his qilardim.

- Oydin iltimos, chiq gaplashib olaylik?

Qancha gapirdim lekin sado bermadi.

Ko`chadan kichik artizon oqavasi yuradigan ariqcha, uni ikki yoniga bilak kattaligiday ikki qator terak ekilgan. Biroz narida terak tagiga doyim oqib turadigan artizon chiqarib qo`yilgan. Artizonda yuz qo`limni yuvib, xuddi bir yo`lovchiday terak soyasiga o`rnashib oldim...

Mahallasi uncha gavjum emas, oddiy qishloq hayotidey, odamlari o`z ishlari bilan, ahyon ahyon o`tib qoladi. Bir keksaroq ayol o`tayotib, adashib qolmadimi deb hal so`radi. Keyin chol va kampir ular ham shu savol bilan murjat qilishdi. Oydinni kutib o`tirganim sabab bir tayinli javob aytmadim. Qarangki bu chol kampir o`sha uyga kirib ketishdi. Ular hoynaxoy Oydin aytgan Buva buvisi bo`lsa kerak...

Kutaverdim, kun botib shom bo`ldi. Deyarli ko`chada hech zoh qolmadi. Endi Oydin derazadan bo`y ko`rsatib uzoq tikilib turdi va shaht bilan pardalarni tortib qo`ydi.

Osmonda yulduzlar qoplab oldi, meni hali hamon yarimta patir kulchaday ko`rib turgan oyga termulganch ko`chada turib o`z Oydinimni kutardim. Nihoyat eshik asta ochildi, atrofga qo`rquv bilan nazar tashlab Oydin chiqdi...

Tezda uni yoniga bordim. Qo`limdan ushlab ichkariga tortdi. Birov ko`rmadimikin deya ko`chaga bir nazar tashlab olgach eshikni berkitdi...

- Nega qochib ketding?

- Sekinroq bobom eshitib qoladilar! -dedi o`tinch bilan labinga kaftini qo`yib.

- Nega mendan berkinyabsan?

- Hammasini eshitdim...

U yig`lay boshladi.

Biz darvozaxona turib, pichirlashardik, Oydin bobosi ko`rib qolishidan qo`rqib, xovliga qarab-qarab qo`yardi.

- Dilimni kuydirib, mendan o`zingni olib qochma Oydin? -deb pichirlagancha ko`zyoshlarini sidirdim.

- Hammasini eshitdim. Siz boshqaga uylanishiz kerak ekan!

- Bu ota-onamni qarori menga sendan boshqasi kerakmas, -uning ma`noli boqayotgan ko`zlariga qarab uni o`qib oldim. - Unday qarama!... Men yoningga visol ilinjida kelmadim. Men diydoringga mushtoq, baxt izlab keldim!

U unsiz yig`lashda davom etardi.

- Yig`lama... Jonim kel hammasiga qo`l siltab qochib ketamiz. Uzoq-uzoqlarga bir amallab kun ko`rarmiz...

- Ota-onayzi norozi qilib-a?

- Ular o`zlari majbur qilishyabdi-yu?

- Yo`q men bunday qilolmayman. Bobom elda obro` topgan inson bu zotni yuzlarini yerga qaratolmayman! Siz ham boring o`sh qizni baxtli qilib ota-onayz rizoligini oling!

- O`chir ovoziyni... Bunday so`zlar bilan, qonimda isyon qo`zg`ama!

- Yodgor aka qiynamang, iltimos keting!

- Oydin... Oydinginam meni jonimdan ayirma! Sensiz qanday yashayman?

- Ko`nikasiz iltimos keting!

- Oydin... Jonim...

- Sekinroq gapiring bobon eshitib qoladi?

- Eshitsa-eshitsin manyli? -deb ovozimni ko`tardim.

Oydin qattiq quchoqlab oldi.

- Iltimos baqirmang! Keksalar oldida ham yuzim qora bo`lmasin, sekinroq gapring... -deb yig`lagancha yuzini ko`ksinga bosdi.

- Jonim iltimos yur ketaylik...

- Yoo... -ko`kragimdan nari itardi. - Hammasini eshitib bila turib borolmayman... U ham kuymasin, oldiga boring unga uylaning, vafoli, sadoqatli bo`ling, men roziman!

- Yig`ishtir bulmag`ur gaplarni. Ichimni battar timtalama...

- Qandoq tushunmaydigan odamsiz keting, ketaqoling BAXT li bo`ling!

- Menga baxt tilayabsanmi? Undan ko`ra baxting qaro bo`lsin de, yuzimni timtala, ko`zimni o`y, - qo`llarini uslab yuzimga urdim. - Lekin dilimni tilib Baxt tilama!

U qo`llarini siltab tortib oldi.

- Siz butkul jinni bo`libsiz!

- Ha sensiz jinni bo`lishim anig`!

- Kenting! -Oydin hovli tomonga jovdiradi. - Ana hozir bobom chiqib qoladi keting...

Ko`kragimdan itarib tashqariga chiqarib qo`ydi. Eshikni berkitmoqchi edi, bunga yo`l qo`ymadim.

- Men yana kelaman!

- Yo`q, boshqa kelmang... Agar yana kelsangiz, qasam ichiman jon tomirlarimni tilaman meni boshqa ko`rmaysiz!

- Men yana kelaman... Agar shu ishni qilsang, onam haqqi qasam ichiman, ortingdan jahannamga boraman...

- Eee Hudo... Qanaqa odamsiz, o`tinaman ketaqoling?

Eshikni berkitdiyu, ichariga jadallab kirib ketdi.

Biroz o`zimga kelolmay, o`sha yerda turdim. So`ng asta ortga qaytdim. Dilimni bir savol o`rtaydi, ham qo`rquvga soladi.

``Nahot Oydindan ayrilsam?``

O`ylashni o`zi daxshat, u siz yaxshni o`zi daxshat...

Qishloq tugashida, kichikroq do`koncha bor ekan. O`zimni tengi atrofida, to`rt, besht bola segarit tutatib, pista chaqib o`tiribdi...

- Hov... Buyerda nima qilib yuribsan? -dedi ulardan biri.

O`z dardim o`zimga yetib, gapirishga ham toqatim yo`q. Indamay yo`limda davom etdim. So`kingancha yugurib kelib yo`limni to`stdi. Bor alamim mushtumga to`plandi. Uni qarshimdagi bolani jag`i tomon yo`naltirdim. U gup etib yerga quladi. Zum o`tmay, uni holiga o`zim ham tushdim. Har yog`imdan, tepki yog`ilardi. Gujanak bo`lib yotaverdi. Bir onga hushimni yo`qotibman. O`zimga kelganimda ular bir necha qadam narida, usti boshlarini changdan qoqishardi. Og`riqdan qaqshayotgan tanamni ko`tardim va yo`limda davom etdim...

Zuhro hamrohligida, tong yorishar chog`i uyga kirib bordim.

- Vooy sho`rim! -dedilar onam usti boshimga qarab.

- Qayerda yuribsan shu vaqtgacha? -dedilar dadam g`azablarini bosishga urunib.

Indamadim...

- Senga nima bo`ldi? Hech qayering og`rimayabdimi?

Onam kuyunib, havotirda yonimga yaqinlashdilar.

- Kim bu ahvolga soldi? -dedilar dadam.

- Yigitchilik...

- Yigitchilik degin?

- Ha... -dedim.

- Dadasi balki do`ktirga olib borarmiz?

- O`lmaydi... Batta bo`lsin, sayoq yurgandan keyin, - dadam qo`llari bilan honamga ishora qildilar. - Yodgor honangga yo`qol, turhingni ko`rgim yo`q! -dedilar.

Dadam deyari indamadilar, bundan malum-ki, onam kechagi gaplarni aytmaganlar.

Honaga kirib, devonga cho`zildim. Ammo halovatim topmadim, ko`z oldimdan, yig`layotgan Oydinni chehrasi ketmasdi. Qulog`im ostida, ``Jon tomirimni tilaman!`` deb aytgan so`zlari takrorlanib turardi. Daxshatli o`y-hayollar qurshovida o`tirib soatlar o`tib ketgani ham sezmabman. Soat 11:00 bo`layozibdi. Shosha-pisha kiymlarimni alishtirib aft-basharami sal ipaqaga kiltirib oldim...

Ochlikdan boshim aylanadi, oshqozonimda og`riq turgan. Ammo Oydin, haqidagi o`ylar butun hayolimni egallab olgan. Boshqa narsa haqida o`ylashga hohishim ham yo`q. Shungami darvozaga katta qulf osib qo`yilgani ko`rib turibman. Ammo u qulflanganligini fahmiyolmay eshikni tortib ochishga urunaman...

- Qayoqqa ketyabsan?

- Oyi nega eshikka qulf osilgan?

- Yodgor tez uyga kir...

- Ishga borishim kerak ahir!

- Dadanglardan so`radim. Seni borishing shartmas. Uyga kir, yoki dadangni chaqirtiraymi?

- Ho`p, ona siz nima desayz shu!

- Avval oshxonaga, nonushta qilmading hali. Keyin yotib uhla ko`zing qizarib kirtayib ketibdi!

Onamni qistovlari bilan oshxonaga kirdim. Qo`yarda qo`ymay, ovqatlanishga majbur qildilar. So`ng xonamga kirib yotgan bo`ldim.

Oydindan hovotirlanib unga qo`ng`iroq qildim, telifoni chaqirdi. Otib yuborganmi, yoki atay javob bergisi kelmadimi bilmadim, u telifonni ko`tarmasdi. Lekin uni ovozini eshitish ilinjida qayta-qayta uni raqamini teraverardim. Yuzlab qo`ng`iroqlardan keyin, butkul o`chib qoldi. Oydindan havotir olib, kunni ham zo`rg`a o`tqazdim. Yoniga boray desam onam xovlida o`tirib soqchilik qilardilar. Ertasi kuni ham shu hol takrorlandi. Sog`inch hissi ezib, suv qilib tashladi...

Onam ham tirik jon uchunchi kuni, nihoyat chalg`iganlaridan foydalanib bolaxona derazasidan oshib juftakni rosladim...

* * * * *

Yana o`sha Oydinni ko`chasiga keldim. Diydor sog`inchida olovday yonardim. Bu gal tap tortmay chaqirdim. Oydinni bobosi chiqdi. O`zimni Oydinni kursdoshi deb tanishtirib uni so`radim. Sayroqi zabonim orqali, Bobo, bobo qilib otaxonni ko`ngliga yo`l topdim. Gap orasida qistirib, Oydin haqida surushtirdim. Bir kun avval Oydin shaharga ketgan ekan. Bilishimcha otoxonni qizi yaniy Oydinni onasini ikkinchi turmushi ekan. Otaxon bilan suhbat qurgach tushundim Oydin nega oylasi haqida gap ochilsa mavzuni o`zgartirishini. Otaxon soddalik bilan kuyovni bir, ikki alkashligidan noligan bo`ldi. Bundan esa bilinib turibdiki, Oydin o`gay dadasidan cho`chib oyisinikida emas dugonasi bilan ijarada yashab yurar ekan. Otaxondan turar manizilini surushtirdim. O`zlari ham joy nomini bilmaydilar shekili mujmal tushuntirdilar. Chamasi 600 dan oshiq aholi yashash hududini aytdilar. Shunisiga ham shukur qilib ortimga qaytdim...

Otaxon aytgan xudud ko`chalari bo`ylab piyoda kezib, Oydinni o`g`ay dadasini surushtira boshladim. Choyxonalar, yemakxonalar qo`yinki ichkilik ichiladigan joylar borki har biridan surushtirdim. ``Mana taopaman, ana topaman, shunisida bo`lsa ko`rak!`` degan umid bilan kezaverib kunni ham qorang`ulatib qo`yibman. Topolmagach, tarang tortilgan asablar ohiri dosh berolmadi. Qonimda nofrat, alam, buzg`unchilik hislari isyon qila boshladi. Buni azobidan qutulish uchun, men ham ko`pgina ojiz insonlarni yo`lini tutdim. Yani ichdim, hissiyotlarni jilovlash uchun ham ichdim...

Ichishga odatlanmaganim, buni ustiga qorinni ochligi sabab, ikki qadah ham oborib opkela boshladi. Tunda uyga kirib keldim, qiyshayib. Dadam qovog` ostida g`azab bilan qarab turardilar, onam esa pastga qarab. Ikkalalari jim. Sukunat huddi bir portlash sodir bo`lishidan og`ohlantirayotgandek edi. Nihoyat skunatni dadamni o`tkir nafaslari buzdi.

- Padaringa lanat bu nima tomosha? -dedilar yaqinlashib.

- Padarim o`ziz-ku?

Tushgan tarsakidan yuzim yon tomonga burulib qoldi.

- Quda-andalik bo`lganimga ikki oy ham bo`lmadi. Nima meni boshimni egmoqchimisan?

- Dada buni o`ylaganim ham yo`q!

- Onangni o`yladingmi? Qo`lida yuzlab bolalar tarbiya oladi! Singlingni o`yladingmi? Ertaga u singling eri, qaynota, qaynonasi oldida boshi egilishi mumkunligini o`yladingmi? Ortingda turgan qorako`z singlingni o`yladingmi? Yo`q sen hudbin faqat o`zingni o`ylading! Lanati qachon meni uyga ichib boshovsiz qo`yday kelganimni ko`rding?

- Dada ahir men...

- Nima sen? Nima sevib qolganlar hammasi sen eshakka o`xshab ota-onasini havotirga qo`yadimi?

- Dada mustaqil bo`lishga haqqim bor... Menda ham ko`ngil bor...

- Bu bilan nima demoqchisan?

- Yoqtirganim bor...

- Yaxshi... Lekin Barno qiz nima bo`ladi?

- U haqida qayg`urar ekansizlar, qiz qilib asirab olaqolin!

- Qiz bo`ladi... Senga tegib shu uyga qadami tegsa qizimiz ham bo`ladi... Onasi harakatingni qil, bu ahmoqni uylaymiz!

- Barnoga uylanmayman!

- Nima?

- Ha... Borib aytaman, u bilan hech qachon yasholmayman!

- Shu ishni qilsang, Barno qizga bir og`iz gapirib dilini og`ritgudek bo`lsan! Meni o`g`lim emassan, senday bolani boridan yo`g`i!

- Undan ko`ra dada o`ldirib qo`yaqoling?

- O`ldiraman... -dedilar ammo o`zlarini ortiq tuta olmadilar. Haqoratlay ketdilar, oq qilaman deyishganda onam to`xtatdilar.

- Shaytonga hay bering... Bu so`zni tilga olmang... Mayli shu o`g`liz aytgandek bo`laqosin!

- Buqalamunday

O‘xshash hikoyalar