tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ VI-QISM ]

MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ VI-QISM ]

RASM

Avvalgi qismlar...

I- QISM...

II- QISM...

III- QISM...

IV- QISM...

V- QISM...

Onam yig`lab dadamni tinchlantirishga urundilar.

- Bo`ldi yetar... Bolamga rahmiz kelsin!..

- Aralashma!..

Singlimning yig`i ovozi keldi. Inginchka ovozda chinqirib:

- Dadajon akami urmeng... -deb o`tindi.

Dadam hansiragancha to`xtab qoldilar.

- Menga qara?

Orqami devorga qilib dadam tomonga o`grildim.

- O`ta-onang tirik ekan! Sen 80 yoshga kirganingda ham bolasan? Agar haq yo`lda yurmay, el oldida boshimni egadigan bo`lsang, senday farzanddan vos kechganim bo`lsin! -dedilar kamarni buklab yelkamga yengil urib.

- Gunohim sevganimmi?

- Ha... Lanat bildingmi, lanat! -dadam qo`llaridagi kamarni oyog` ostiga uloqtirdilar. - Nima keragi bor, hammani dilini og`ritadigan bunaqa sevgini? Onang sho`rlik ertalabdan buyon yig`laydi. Seni ahmoqni deb, biz ne hayollarda o`tirganimizni bilasanmi?

Qilgan ishimdan pushaymon boshimni egdim. Tilimga biror so`z ham kelmaydi, o`zimni oqlay desam.

- Sevish kerak avvalo Ollohni, sevish keraka ota-onani, sevish kerak jigarlarni, sevish kerak seni sevganlarni!

- Dada, men ham... -dedim fikrlarimni bayon etolmay.

Dadam gapimni bo`lib:

- O`g`lim... Hissiyotga suyanib yashayman desang, qoqilib qolasan! Hayotta a`qlga, imonga tayanib biror nimaga erishish mumkun? -dadam ichlaridan toshib uh tortdilar. - Bilmadim seni bu ketishingda! Senga qanday ishonaman. Ortimda qolib chirog`imni yoqib o`tirishingga qanday ishonaman?! Tarbiyada xato qildimmi?!.. Lanat o`zimga lanat...

Dadam bir lov etib yondilar-u yana o`zlariga keldilar.

- Kechiring dada...

Yelkamdan asta quchdilar, yelkamga qo`llarini qo`ydilar.

- To`ying bo`ladi. Barno qizga uylanasan! Yo`q desang dadam oq qildilar deb bilginu, uydan chiqib ket!

Qo`rqib ketgan singlimni quchoqlab turgan onamdan umidvoq u kishiga boqdim. Onam ham dadamni qarorlarini hurmat qilishdan o`zga choralari yo`q! Singlimni boshini silagan ko`yi, afsusda skut saqlashdan nari o`tolmadilar.

- Gap shu!

Dadam uyga kirib ketdilar.

Qanday cho`kka tushib qoldim bilmayman. Fikrlarim, hayollarim, Oydinga bog`liq bo`lgan barcha o`ylar, miyyamga sig`may chiqib ketganu atrofimda g`ujg`on aylanadi. Go`yo mittigina o`yinchoqqa, aylanib qolganma-u, taqdir beybosh boladay meni har kuyga solmoqda edi.

Yurak uvvos soladiyu, ko`zga nam kelmaydi. Ruhiy azob shunchayin og`riqli bo`lar ekan, uni davosi yo`q. Shunday paytda tillar o`z-o`zidan hudoga nola qilar ekan!

- Eey hudo... Bundan ortiq, murakkab shart bormikin?

Boshimni changallagancha peshonamni polga urdim. Dunyo shunchalar siqilib ketdi-ki, hozir porchalanib ketadigandek edim. Onam yonimga cho`kkalab bag`irlariga boshdilar. Yig`lab nima deb ovutdilar, bilmayman. Ammo uyolmay onam bag`riga bosh qo`yib yig`lab yubordim...

Men go`yo vagzaldaman, qorong`u, zulmat qoplagan. Yolg`izlikdan yurakni vohim bosadi. Qo`limda ikkita chipta, birida Oydin birida Barno tomon elituvchi poezd beletlapi. Oydin o`tirgan poyez allaqachon harakatni boshlagan. Uni ortidan yuguray desam, yelkamga zil-zambilday ota qarg`ishi yuklanadi, bu yuk bilan esa poyezga yetib olishim amri mahol. Boshqa tomonda yana bir poyez. U poyez men chiqmagunimgacha, yurmaydi. Bir qizni baxtiga chang solib, shanida yuvib ham ketmaydigan dog` qoldirib, qanday vijdan bilan u poyezga chiqaman?!

Sevganimdan uzoqqa olib ketadigan, bu poyezga chiqsam manzilim qaygacha boladi? Birkun emas birkuni halokat yuz bermasmikin?!

Menga qolsa bir umur shu qorong`u, vahimali vagzalda qolib ketganim afzal edi. Ammo meni shunday majburlashdiki Barno o`tirgan poyezga chiqishdan o`zga choram qolmadi...

* * * * *

To`y harakatlari boshlanib ketdi. Bir oyga ham yetmay to`y kunim keldi. Shu zulmatga aylangan kunlar, Oydinsiz ekanligimni his qilgan kechalar. Bir jonsiz haykaldan yashadim. Biroq qalbimda bir nafrat, og`usida sugorilgan giyoh ko`kka bo`y cho`za boshlagandi. Oydindan ayro bo`lishimga sababchi bo`lgan, ota-onamni jodulab olgan jodugarga atalgan, Barnoga atalgan zaharli giyoh...

To`yim boshlandi. Dadam vada berganidek shohona to`y, ammo men uchun azadan farqi yo`q. Oylam obro`yi uchun, tabassum qilaman. Lekin ichimda qiyomat. ``BAXTLI BO`LILAR!`` deb tilak aytishadi. Qulog`imga yoqimsiz sadoday eshitiladi. Do`stlarimga, urug`larimga, tanishlarga og`zimni to`ldirib, ``BAXTLIMAN!`` deb aytaman. Ammo zahar yutganday bo`g`zim achishadi...

To`yim o`z xovlimizda bo`lmoqda. Kelinni uyidan chiqgach, BAXT UYIDA nikohni rasmiylashtirib oldik. So`ng rasmiyatchilik uchun, hiyobonda biroz aylandik. Mashinada uyga qaytarkanmiz, Barnoga qarab qo`yaman. U o`zicha baxtli. Ko`zlari chaqnagan labida, tabassum qotib qolgan. Ko`zlari pastga qaragan, goh-goh ko`z tashab qo`yadi. Bilagimdan mahkam uchlab, barmoqlarimni kaftlari orasiga olib tizasiga qo`yib olgan. Yelkasini yelkamga asta suyab oladi. U shunchalar baxtliki, hatto unga hadiya etayotgan sohta tabassumimni ham, sezmaydi. Undan shunchalar nafratlanamanki, u tasovur ham qilolmaydi. Qani edi, tovonim ostiga olib qumursqaday ezg`ilab tashlasam. Yana jilmayib qaraydi. Unga qo`limni tutqazaman, barmoqlarimni ohista silab o`ynab qo`yadi. Yelkasini yana ham dadilroq suyab oladi. Ahmoq qiz, bilmaydiki, yelka suyagan insonini yuragi allaqachon muzga aylangan. Bilmaydiki, bu uyda boshiga qanday azoblar tushadi. Bilganda edi, bunchalik baxtdan sarmast entikmagan bo`larmidi...

Mashina kelib darvoza qarshisiga to`xtadi. Mashinadan tushar ekanman ichkaridan yor-yor qo`shig`i sadolari yangray boshladi. Barnoga yordam berish uchun, nozik barmog`laridan tutib tushib olishiga ko`maklashdim. Bu ham kamera uchun, chiroyli tasvir uchun. Sohta tabassum bilan qo`llariga guldasta tutdim...

Guldastani olar chog`i, harir yopinchig`i ostidan bir on tikib qoldi. Ko`zlaridan mehir bulg`i oqib chiqayotgandek go`yo. Lablari qimirladi, nima deganiga tushuna olmay, o`ng`aysizlandim. Manoli kiprik qoqib, oyog`ini biroz oldinga chiqarib:

- Bosib qo`ymadiz? -dedi.

Uning oppoq, tufilisi uchuni asta bosar ekanman. Ko`ksimda bir nima duburlab borligini eslatdi.

Allanechuk bo`lib tipirchilab ketdi. Balki yana mehir, muhabbatni tuygandir. Hovliga qadam qo`yar ekanmiz, Barno asta egilib tazim qildi. Har ikki qadamda tazim qilib borarkan. Lablari pichirlardi. Uning yanida bo`lganim uchun, har egilganda pichirlab aytayotgan niyatlari qulog`imga sal bo`lsada chalinib qolardi. Negadur butun vijudimni, huddi sovuqdan uyushgandek, titroq bosdi. Ichimda allaqayday isyon ko`tarilganida darak berib. Ongimda ayovsiz jang boshlanib ketdi. Jaholat va Insoniylik o`rtasidagi jang...

Shohona bezatilgan sahna to`riga chiqib o`rnashdik. O`tirganimiz hamoni Barno barmoqlarini, barmoqlarim orasiga tiqib qovushtirib oldi. Yonidagi dugonasi, pichirlab allanimalar deydi. Ammo Barnoni kiprik ostidan boqqan nigohlari menda...

Biroz hayajon bosib, yonimda o`tirgan jo`ram qulog`im ostida g`udurlaydi. Unga ``ha, yo`q!`` kabi qisqa javob qaytaraman...

Yurakdan esa hayqirib yaratganga iltijo qilaman.

- Ey Ollohim... Shuginani oyog`osti qilishimga yo`l qo`yma! Jaholatga botishimga yo`l qo`yma...

Aziz kishilarimiz davraga chiqganlarida o`rnimizdan turib pul uzatamiz. So`ng yana qaytib o`tiramiz. Shu zahoti Barno qo`llarimni, barmoqlarimizni qovushtirib ushlab oladi. Unga qarayman, farishtaday oppoq libosda, qalbida bir olam umidlar joylagan.

Dilimda qanday qora niyatlarim bor edi. Uni boshiga qanday kunlarni solmoqlikni reja qilgandim. Endi esa yartganga ilijo qilib qalbimdagi yovuzliklarini bartaraf qilishi tinmay so`rayman. Chin dildan so`ragan iltijoyim yetib borayotgandek edi. Iymonim uyg`onib, o`z tuban niyatlarimdan o`zim bo`g`ila boshladim. Havo yetishmay, nafisim qisildi. Go`yo qora niyatlarim bo`g`zimdan chiqib ketayotganday. Bo`yinbog`imni sal bo`shatib qo`yaman...

* * * * *

Do`stlarim o`yin qilishimizni so`radi. Kelinchakni chimildiqqa kuzatib o`zimiz davra qurdik. O`nlab qo`shiqlar ketma-ketligidan so`ng oqsoqol to`yni yakunlab berishdi...

Chimildiq ostonasida turibman, ammo kirishga yuragim betlamaydi. Rahmonga quloq solib, bayroq tutgan shaytondan halos bo`lganimni his etib turaman. Shuni uchun ham fikrim, aqlim teran ishlaydi. Chimildiq muqaddas, yomon niyatda kirib bo`lmasligini bilaman. Cho`chiyman, qalbim tubida yomon niyatlar qolganini bilganim uchun ham kirgani cho`chiyman. Ammo yangalar qo`ymadi. ``Egam o`zin qo`lla!`` deya chimildiqqa qadam bosdim. Kelinchak zo`r hayajonda, visol lahzalarini kutib o`tiribdi. O`zim ham hayajonimni bosib olishga urunaman. Negadur shu topda hayolimga Oydin kelaveradi. Barnoga yaqinlashishga kuch topolmay, ortimga qaytdim...

- Voy o`lay qayoqqa, tez ortizga qayting! -deb yangalar yo`limni to`sishdi.

- Iltimos bir piyola, suv bering?!

- Vooooy hammasi, ichkarida bor! Kelinbolaga ayting choy quyib beradi! -deb eshikni berkitib qo`yishdi. So`ng, eshik ortida hiringlashishdi.

- Hayjonlanyabdi-da! -deya.

O`zimni bosishga, dildagi yomon o`y-hayollarni haydab, pokiza tuyg`ular haqida o`ylashga, menga o`rgatishgan urf-odatlarni to`la to`kis bajarishga harakat qildim...

* * * * *

To`yimizning ikkinchi haftasi. Barno ota-onam hizmatida yelib yugurib yuribdi. Onam: qizim-qizim! -deya boshlariga ko`tarishadi. Dadam esa avvalgi munosabatda, goh qizim deyishisa goh erkalab Barno qiz deb yuboradilar. Barno esa shodlanib, ko`zlari porlab ketadi.

Uni ko`rib, hasadim qo`ziydi. Uni o`rnida Oydin bo`lishi kerak edi. Ko`z oldimda yana Oydinni chehrasi namayon bo`ladi. Hayollar Oydin tomon olib ketadi. Oydinginam qayerlarda yurgan ekan? Ahvoli yaxshimikin?

- O`g`lim... Hoy Yodgor hayoling qatta? Olmaysanmi qo`llari kuyib ketdi-yu!

Onamning so`zlaridan, o`zimga keldim.

Barno piyolada choy uzatib turibdi.

- Oling! -dedi jilmayib.

Armon yurakni ezib turgan vaqtda uning go`zal tabassumi ham yoqmay ketar ekan.

Piyolani olib stol ustiga ``duq!`` etib qo`ydim.

- Uzatib turmasdan... Yo`nimga qo`yavermaysanmi?

Barno boshini egib.

- Kechiring! -dedi.

- Ho`p kechirdim! -dedim po`polroq qilib. Yarimlagan kosani nari surdim.

- Yemaysizmi? Boshqa taom pishirib beraymi? -dedi.

- Rahmat... Ishtaham bo`g`ildi!

Qo`pol momilamdan hafa bo`lib, onamga qaradi.

- Oyijon yig`ishtirib qo`yaveraymi? -dedi ovozi hiralashib.

- Mayli yig`ishtiraqo!

Onam dasturxonga duo o`qidilar. Barno idishlarni yig`ib yuvib qo`ygani olib ketdi.

- Namuncha qo`polsana! Sal yumshoqroq gapirsang bo`lmidimi? Ana hafa qilding!

- Eee ona nima qilay? Mana-bu yerga armon joylashib oldi! - chap ko`ksimga yengil mushtladim.

Onam ko`zlarini yumib, chuqur nafas oldilar.

- Bolajonim xudo xayiringni bersin, ahir xotining qo`g`irchoq emas tirik jon-ku!

Qo`l siltab o`rnimdan turib ketdim. Uyga kirib boshqa kiyimlarimni kiydim. Qarasam bo`yinbog`im yo`q!

Qaytib chiqdim.

- Barnoo!

- Hoo... Labbay! -deb oshxonadan chiqdi.

- Bo`yinbog`imni topolmayabman?

- Hozir... -deb xonadan topib chiqdi, va bag`lab qo`yishga urundi.

- Aylantir, tagidan o`tqaz!..

- Him... Bundqoqmi?

- Ha, shunday barakalla!

O`zgacha mehir bilan taqib, yoqalaramni to`g`irlab qo`ydi.

Borib onamni yonlariga o`tirdim. Barno yana oshxonaga kirib ketdi.

- Qaragin Barnogina biram senga yarashib turibdi! - onam oshxonada yurgan kelinlari tomonga zavqlanib ham ozorlanib qaradilar. - Jon bolam, dilini og`ritma! Yaxshi gapir, yumshuq momila qil! U hafa bo`lsa, men ham hafa bo`laman.

- Ona qandoq qilay. Halihamon ichimdagi alam tarqamagan. Istamasam ham vaqti-vaqti bilan yuzaga chiqib kelyabdi!

- O`zi ko`ngli yarim o`sgan qiz! Avaylab asrasang, kemtigini to`ldirsang, jannat kaliti qo`lingda!

- Allaqachon do`zahga chipta olib bo`lganman, ona!

- Astofurullo degin... Tavba qildim degin bolam...

Onam chuqur-chuqur nafas olib, chap ko`ksilarini ushlab qo`ydilar. Ohirgi vaqtlarda ko`p noo`rin gapirib onamga ozor berib qo`yyayotganimni sezmabman. Onamga anchayin etiborsiz bo`libman. Hali 45 yoshga ham to`lmagan onamning, yuzlarida ajinlar biroz ko`payib, sochlariga oq oralabdi. Ohirgi oylarda ko`rsatgan hunarlarim sabab onamni ancha siqib qo`ydim...

- Ho`p ona harakat qilaman!

O`rnimdan turdim. Kechirim o`rnida boshlaridan o`pib rahmat aytib qo`ydim.

- Ona men ishga boray!

- Dadang yangi kelin-kuyovsanlar, chillalaring chiqmaguncha ishga bormay qo`yaver degan edilarku?

- Qirq kun bo`lgungacha, uyda hajiqiz bo`lib o`tiramanmi?

- Ha mayli, undaq bo`lsa, shomdan kech qolmagina?

- Ho`p bo`ladi...

* * * * *

Kechki ovqatni yeb bo`lgan edik. Telvizirda seryal boshlandi. Dadam pultni olib bir-bir kanallarni alishtira boshladilar. Bu esa singlimga yoqmadi.

- Da-da-aaa! Yoshlar telikanaliga qaytaring?

Dadam qaytardilar ammo shu zahoti o`chirib qo`ydilar.

- Dada... Ufffff, nega doyim o`chirib qo`yaverasiz?

- Darsizni qilib bo`ldizmi qizim?

Singlim qoshlarini chimirdi.

- Yo, hali... Avval seryalni ko`rib olay keyin tayyorlayman!

- Meksika seryallarida, o`rnak oladigan hech narsasi yo`q, tarbiyani buzadi. Yaxshisi foydali ish bilan shug`ullaning!

- Ho`p! -dedi singlim norozi ohangda xonasi tomon ketarkan.

- Biz ham dars tayorlaymiz! -dadam onamga qarab kulib so`radilar: - Bu haftada kelgan yangi gazetalar qani onasi?

- Huuv ana... Yodgor dadangga olib bergin!

Tokchada turgan, ko`zoynak undan berida, yangiligidan ajib xidi urulib turgan besh olti turdagi gazetalarni oldim. Dadam uchun ishtimoyi siyosiy gazetani. Onam uchun oylaviy ko`ngilochar, o`zimga esa gazetalar ichidagi krasvordi bor sahifalarni oldim. Dadam gazetani katta qilib ochib o`qiy boshladilar. Ona esa varoqlab foydali maslahatlar bor sahifalarni izlardilar. Men savollarga javob topib kataklarnh to`ldira boshladim...

Sal o`tib singlim kitob daftarini ko`tarib tushdi.

- Aka, manabu misollarni yecholmayabman!

- Ko`rsatginchi!

Tirsagimni stolga, kaftimni chakkamga tiragncha, yonimda o`tirib uy vazifalarini tayorlayotgan singlimdan ko`z olmayman. O`rgatganlarimni to`g`ri bajaryabdimikin deb!

Dadam bir ikki bor onamga ma`noli qarab qo`ydilar.

- Yodgor...

- Hoo, oyi!

- Hotining, qachonidi ``Hayirli tun`` tilab kirib ketgani! Yoniga kirmaysanmi?

- Ho`p. Yaxshi yotib turilar!

Yotog`imga qaytdim, ichkaridan ``hiq-hiq`` qilib yig`layotgan Barnoni ovozi kelyabdi. Ichkariga kirishga shoshmadim asta eshkni ochdim. Bechora ohiri to`lib toshibdi. Kirishim bilan yuzini teskari burib, ko`zlarini artib oldi. Unga rahmim kelib ketdi. Hech shirin so`z aytmabman. Faqat buyruq beribman. Onam haq, aslida bu bechorada nima ayib. Buni ham qacha-qacha orzulari bordur. O`z shaxzodasi bilan baxtli yashashni orzu qilgandur...

Biz Oydin ikkimiz baxtsiz bo`ldik. Shu bechora baxtli bo`laqolsin. Onam uchum, Barno avval torgan azoblari uchun ham o`zimni fido qilay. Qaror qildim, eng yaxshi! Yo`q supper er niqobini kiyishga qatiy qaror qildim...

- Bulutlar tashqarida-yu, yomg`im uyda yog`yabdimi?

- Yoo.. -dedi o`rnidan turib yotoqni tartibga solar ekan.

- Hotinjon... Bilimingni tekshirsam nima deysan?

- Ho`p!

- Manabu nechchi? -dedim faqat ikkita barmog`imni ko`rsatib.

- Ikki! -dedi tajjublanib.

- O`zing ikkichi ahir bu 11 ku!

Yuzida tabssum yoyilib jilmaydi.

- Senga kulish yarashadi, doyim jilmayib yur! -dedimda o`rnimga yotib esnadim. - Agar yana yig`laganingni ko`rsam seni tashlab ketaman!

Men tomonga qarab yonboshlab o`rniga yotdi.

- Qayoqqa tashlab ketasiz? -dedi salgina yutunib.

- Boshqa xonaga!

Munosabatim soxta ekanligini ko`zlarim sezdirib qo`ymasligi uchun. Ko`zlarimni olib qochdim. Yana ham osonroq bo`lishi uchun, telvizirni yoqib qo`ydim. Futbor berayotgan ekan. Intir - Roma o`yini. Intirning yulduzli tarkibi qiziqib o`yinni ko`ra boshladim. Barno o`tirib oldi.

- Ha, nima bo`ldi azizam? -dedim to`yimizdan keyin birinchi bor ismini aytmay shunday murjat qildim. - Fudbol yoqmasa boshqa kanalga olaman!

- Ko`rgiz kelayotgan bo`lsa ko`ravering!

Ichidan to`lib, bir nimalar demoqchi bo`layabdi-yu, ammo aytolmayabdi.

- Gapir ichingda qolib ketmasin? -dedim telvizirni o`chirib. Oramizga biroz skunat cho`kdi. Balki to`satdan muloyim bo`lib qolganimdan hayratdadur.

- Ayib ish qildimmi? -dedi pichirlab.

- Yo`q sen hamma vazifangni a`lo darajada bajaryabsan!

- Unda siz oyim bilan...

- Suhbatimizni aytayabsanmi? Bu oyla qurmasimizdan avval bo`lgan voqealar sababli!

- Sababchi menmi?

- Aslo, senga taluqli emas! O`zim sababchi... Muammolarim sabab senga e`tibor berolmadim. Endi hammasi yaxshi bo`ldi! -asta quchib yelkalarini siladim. - Azizam bilib-bilmay, qilgan qo`polligim og`ir botgan bo`lsa kechir!

Barno burnini tortib, hiqqilladi. So`zlarimdan ko`nli erib ketdi, ko`zlarida yana yosh...

- Ana endi seni tashlab ketaman... -deb o`rnimdan qo`zg`adim. - Yig`loqi o`zin yotaver! -dedim yolg`ontakamiga qo`rqitib.

- Bo`ldi mana-mana, -dedi yoshlarini artib, - Boshqa yosh to`kmayman!

- Rostdanmi? Qara yomg`irda uxlagim yo`q!

- Rostdan! -dedi yostiqlarni to`g`irlab, yonida yotishimni istimos qilib.

Chiroqni o`chirib asta joyimga yotdim. Barno skin quchoqlab oldi. Shundagida o`z ro`limni ishonarli o`ynaganimga amin bo`ldim...

Kunlar shu zaylda o`ta boshladi. Bir kun yo`qki, gul yoki sovg`a ko`tarib kelmagan bo`lsam! Har kuni ishdan qaytishimda gul do`koniga kiraman, mobodo u yer berk bo`lsa do`kondan sovg`a olaman! Farqi yo`q, shirinlik, yoki yumshoq o`yinchoq. Muhumi Baroni e`tiborsiz, shirin so`zlar bilan erkalashlarsiz qoldirmasam bo`lgani. U esa e`tiborimdan kundan-kunga yashnab bormoqda edi, shu qadar baxtdan masrurki hatto mehrim sohtaligini sezmaydi. Menga shunisi ham maqul, muhumi u baxtli, onam minnadur...

Lekin kun o`tgani sayin, o`z ro`limni tobeyiga aylanib bormoqda edim. Negadur Barnoni tabassumini ko`rgim, beyg`ubor kulgusini eshitgim kelaverar, uni humori tutaverardi. Hatto do`stlarim bilan, to`y, marosimlar, gap, o`tirishlarda bo`lganimda ham tezroq uyga qaytish haqida o`ylaydigan bo`lib qolardim. U ham munosib taqdirlab borardi. Menga juda mehribon, boshimda parvona. Hali 19 ga ham to`lmagan-u, ammo bolalik onaga ohshab tunda o`n martalab uyg`onadi. Ustim ochilib qolmadimikin deb qarab qo`yadi. Kiyimlarimni bitta kiysam bo`ldi, darov yuviladi, dazmol bosiladi. Bo`sh vaqtlarimiz juda hush o`tadi. Oyto`lib chiqganda kichik teliskopdan oyga qaraymiz. Sovuq kunda ko`rpada o`ranvolib, radioda musiqa eshitamiz turli viktarinalarda qatnashamiz yoki biror kimni tug`ulgan kuni bilan tabriklab qo`shiq qo`yib berishlarini so`raymiz! Har safar biror yaqinimizni ismini aytaveramiz, uni tugulgan sanasi umuman boshqa kunda bo`lsa ham. Yoki gazetalardan hikoyalar o`qiymiz...

* * * * *

Kechki vaqtda bir og`aynim bilan Parfemeryaga kirgan edik. Qayoqdandur ayollar atiri ifori kiyimimga o`rnashib qolibdi. Ishdan qandsan, hidlanib rashki kelib qoldi. Tushuntira olmadim, arazlab qoldi. Arazi o`ziga yarashdi, rashkidan ko`nglim tog`day ko`tarildi. Quchib erkalashimga yo`l qo`ymadi. Noz qildi. Qo`yib berdim, ertalab ham arazi tarqamadi.

Nonushta vaqtida, ko`z qisib, pinhona ishoralar qilayotgandim. Zumrasha singlim ko`rib turgan ekan, qiqirlab kulib yubordi. Barno sarosimaga tushib, uyalgancha: - Choy damlab kelay! -dediyu oshxonaga shoshdi. Adashibman, bizni nafaqat singlim balki dadam bilan onam ham kuzatib o`tirishgan ekanlar. Onam biqinimdan chichidilar.

- Hee, uyatsiz...

- Ha... Endi, shirin tatib ketdi!

- Uyaltirvording bechorani!

- Qo`yovring ertaga esidan chiqib qoladi.

- Sharmamda, o`zi senda bet qolmabdi!

Onam biroz koyigan bo`ldilar. Barno uyalib ketganidan oshxonadan chiqay demaydi. Arazi uzoq cho`zilganidan o`zimni ham ko`nglim g`ash bo`lib qoldi. Qanday ko`nglini olish haqida o`yladim.

- Hoo` hotinnn. -dedim.

- Labby, ho`jayin.

- Kiyimlarimni topolmayabman.

- Hammasi shkafda!

- U yerda, menga yoqadigan oq ko`ylak yo`q!

Kelib shikafni ochdi.

- Manabuni aytoumidiz?

Ko`ylakni qo`limga tutqazdi. O`zi esa devonni chetiga o`tirib, qo`llarini ko`kragiga qovushtirib, qovog`ini solib oldi. Tayyor

bog`langan galstukni bo`shatib tashladi.

- Hov hotin manabuni

O‘xshash hikoyalar