Muttahamning parvozi (III- qism)
Tadeush Dolenga-Mostovich
Muttahamning parvozi (3 - qism)
Va nihoyat so'nggi qismi. Bu asar haqida maqola so'ngida "so'nggi so'z" keltirilgan. O'ylaganimdan mashhur asar ekan.
Yana bir bor sabr tilab, maroqli o'quv tilayman
Kshepitskiy vakolatnomani koʻrib chiqqach, uni Dizmaga qaytara turib, dedi:
— Hammasi joyida. Ministrlikda bu ish bilan kimning shugʻullanishini bilmaysizmi?
— Bilaman, albatta. Qandaydir Cherpak degan odam Boʻlim boshligʻi ekan.
— Cherpak dedingizmi? Kulgili familiya ekan, Lekin gap bunda emas. Muhimi — uning qanday odamligi.
— Bunisini bilmayman, lekin, menimcha, u bilan kelishsak boʻladi. Nihoyat, ministr Pil'xen oʻsha Cherpakka mening iltimosimni shaxsan oʻzi aytib qoʻygani ishimizni osonlashtirishi kerak.
Soat oʻn birda Kunitskiy hozir boʻldi. U gapni ob havodan boshlab, soʻngra kecha teatrda koʻrgan spektakli haqida soʻz ochsa-da, koʻzlaridan: «Dizma iltimosimni bajardimikin?» — deb bezovtalanayotgani sezilib turardi. Nihoyat, yurak yutib, shu haqda soʻragan edi, Nikodim bosh irgʻadi.
— Boʻlmasam-chi. Kecha ministrning oldiga bordim.
— Yashang-e, azizim! Xoʻsh, u nima dedi?
— Avvaliga oʻjarlik qildi, ammo oxiri uni bu ish bilan shugʻullanishga koʻndirdim.
— Xudoga shukur-e! Azizim pan Nikodim, sizni menga tangrining oʻzi yetkazdi!
— Qoʻlimdan kelgan ishni qilyapman.
Dizma Kunitskiyga ish yuzasidan yelib-yugurishi, kerakli odamlar bilan gaplashishi uchun bir necha kun, ehtimol, biror hafta kerakligini tushuntirdi. Hali bir bitimga kelishmasdan burun Kunitskiyning ministrlikka borishidan foyda yoʻq emish; u ish shartnoma tuzishga borib taqalgandagina ba’zi detallar haqida shaxsan oʻzi borib gaplashishi kerak boʻlarmish.
— Yashang-e! Qoyil! — dedi boshi osmonga yetib Kunitskiy. — Pan Nikodim, balki ba’zi xarajatlar boʻlar. Marhamat, tortinmay aytavering. — U shunday deb karmonini chiqarib, Dizmaga tikildi.
Nikodim kresloda chayqalib qoʻydi.
— Biror... besh ming kifoya qilsa kerak... — deya javob qildi u xayolga choʻmib.
— Mayli, olti ming ham boʻla qolsin! Biz hali bu ishda ortigʻi bilan foyda koʻramiz, xe-xe-xe... Aravada ya.xshi yurishni istasang — gʻildirakni moyla! Moyni ayamaslik kerak! Qalovini topsang qor yonadi, pan Nikodim. Agar foyda koʻrishni istasang xarajatdan qochmaslik kerak.
U beli bukilmagan oʻn ikkita besh yuztalikni sanab borgan edi. Nikodim ularni beparvogina choʻntagiga solib qoʻydi. U endi yirik pullarga koʻnikib qolgan boʻlib ularni koʻrganida bir vaqtlardagiday angrayib qolmasdi.
Bu gal Nikodim Kunitskiy bilan nonushta qilishga rozi boʻldi. Nonushta mahali u qurilishga temir yoʻl shpallari yetkazib berish haqida butun bir leksiya tingladi.
Soat uchda Dizma ministrlikka ravona boʻldi. Pal'to va shlyapasini kiyib qayergadir ketmoqchi boʻlib turgan ministr Pil'xen Dizmani koʻrgani zahoti idorada yana bir oz vaqt qolishga rozilik bildirdi. U Nikodimga hamma ish joyida ekanligini aytdi. Shartlarini esa «qadrli raisjon» Cherpak bilan kelishib olsin emish. Buni u istagan paytida qilsa boʻlar ekan.
— Turgan gap, biz bu shartnomani, — deya qoʻshimcha qildi ministr, — sizga butunlay ishonganim va hamisha ish joyida boʻlishi uchui shaxsan oʻzingiz kafil boʻlishingizga amin ekanligimdan tuzyapmiz.
— Albatta shunday boʻladi.
Oʻsha kuni kechqurun Nikodim kashovitsalik ordinat Mavrikiy Charskiyning bevasi grafinya Charskayaning uyidagi yigʻinda qatnashdi. Marhum Mavrikiy Charskiy oʻzidan soʻng uncha katta boʻlmagan yer-suv bilan avtor hisobiga nashr etilgan oʻn toʻrt povest' va bironta teatrda qoʻyilmagan olti tarixiy dramadan iborat adabiy meros qoldirgan edi.
Shu boisdai ham grafning bevasi atrofida .adabiyotchilarni yigʻishni oʻzining muqaddas burchi deb hisoblardi: Varshavada uning saloniga kelmagan bironta ham adabiyotchi qolmagandi.
Adabiyotchilarning koʻpchiligi grafinyanikiga tez-tez kelib turardi. Ular bu yerda qornilarini toʻygʻizishar va xayr-ma’zurdan soʻng marhum graf Mavrikiyning hech boʻlmaganda asarlaridan ikki tomini qoʻltiqlariga qistirib ketishardi. Soʻng navbatdagi ziyofatda bu dunyoni tark etgan kasbdoshlarining iste’dodini koʻklarga koʻtarib maqtashardi-da, shunday ajoyib yozuvchini tez unutib yuborishganidan figʻonlari chiqardi.
Olti tarixiy dramaning birontasi oʻqilayottanida faqat ikki xonim — uy bekasining jiyanlari Ivonna bilan Mariyettagina ochiqdan-ochiq esnab oʻtirishardi.
Koʻhlikkina opa-singillarning dardida bu xonadonga adabiyotchilardan tashqari aristokrat yoshlar ham kelib turishardi.
Nikodim ostona hatlab oʻtgan zahoti Pshelenskaya yoki knyaz' Rostotskiynikida uchratgan koʻpgina tanishlariga koʻzi tushdi. U ayniqsa anovi rasvo tundagi voqeada qatnashgan xonimlariing deyarli hammasi hozir boʻlganidan xijolatga tushdi. Nikodim faqat, ochigʻini aytganda, oʻzi juda choʻchib qolgan Stellaning koʻrinmaganidan bir oz taskin topdi.
Uni izzat-ikrom bilan quvonib qarshi olishdi.
Uchrangli Yulduz lojasiga a’zo boʻlgan xonimlar Lyalya Konespol'skaya boshchiligida uni shunday olqishlashdiki, Nikodim xijolatdan oʻzini qoʻyarga joy topolmay qoldi.
Ularning koʻzlari Dizmaga oʻsha la’nati tunni eslatib turardi. Xonimlar payt poylab u bilan koʻz urishtirishar va qandaydir odobsiz qiliqlar qilishardi.
Nikodim kelajakda asqatishi mumkin boʻlgan yangi tanishlar orttirishni oʻylamaganida bu yerdan jon deb qochib qolgan boʻlardi.
Grafinya Charskaya Dizmani darhol marhum Mavrikiy Charskiyning oʻlmas asarlari haqida savolga koʻmib tashladi. Nikodim «Tuygʻu gullari» va «Bulbul qoʻshigʻini» bir necha bor oʻqiganini aytib, gapni boshqa yoqqa burishga harakat qildi.
Bu orada Mariyetta Dizmani gʻoyat ajoyib yozuvchi Zenon Lichkovskiy bilan tanishtirdi. Lichkovskiy shu zahoti Nikodimni adabiy akademiya tashkil etishda ishtirok qilishga unday boshladi.
— Pan rais, sizning eng yaxshi iste’dod sohiblarini oʻz himoyasiga olib, ular tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishga imkoniyat yaratib beradigan tashkilot tuzishning zarurligini tan olishingizga sira shubhalanmayman.
— Ha, albatta, — deya javob qildi Nikodim. Garchi u gap nima xususida ketayotganini tushunmasa-da, Lichkovskiyning fikriga qoʻshilish lozimligini angladi.
Muguz gardishli koʻzoynak taqqan qandaydir tarasha nusxa takallufsizlik bilan Dizmaning tugmasidan ushlab, unga adabiy akademiya tuzishning prinsiplarini tushuntira boshladi. Uningcha, pan rais polyak adabiyoti shtabini tuzish haqidagi fikrni faqat maorif ministrligidagina emas, balki Jecha Pospolita prezidenti huzurida ham yoqlab chiqishi lozim emish. Uning yoniga yana bir necha mehmon qoʻshildi-da, hammasi Nikodimdan bu tashabbusni qoʻllab yuborishni iltimos qila boshladi.
Dizma Lichkovskiy boshchiligidagi adabiyotchilarga qoʻlidan kelganicha yordam koʻrsatishga va’da qildi.
Grafinya Charskaya mehmonlar orasida boʻzchining mokisiday u yoqdan-bu yoqqa yurardi. U Nikodim uchun ham vaqt topib, uidan qandaydir jamiyati xayriya uchun ikki yuz zlotiy shilib oldi.
Nikodim yoshi bir joyga borib qolgan ikki xonimning suhbatidan qutulgan zahoti juftakni rostlab qoldi.
Uyga kelsa Ninadan xat kelibdi. Xatda Nina odatdagiday oʻz kechinmalarini tasvirlagan edi. Bundan tashqari, u Nikodimdan Koborovoga qaytishni iltimos ham qilgandi.
Nikodim Kshepitskinga qoʻngʻiroq qilib, u bilan uzoq suhbatlashdi.
Ularning ikkovi ham ishning borishidan mamnun edi. Kshepitskiy Dizmaga Kunitskiyning ishonchini qozonish lozimligini uqtirdi.
— U sizga ishonmogʻn kerak, pan rais, aks holda hamma urinishimiz bekor ketadn.
— Nega ishonmas ekan endi! — Nikodim yelkasini qisib qoʻydi.
— Eng muhimi, Nina ishni buzib qoʻymasa boʻldi.
— Bu yogʻidan qoʻrqmang, oʻzim toʻgʻrilayman.
Soat birda Kunipkiy hozir boʻldi. Uning dimogʻi chogʻ edi. Ministr undan shpal sotib olishga deyarli rozi boʻlganini eshitgach, Kunitskiy Dizmaning boʻynidan quchdi. U qadrli pan Nikodimdek odam bu yorugʻ olamdan topilmasligi haqida javray boshladi.
Nikodim Cherpakka qoʻngʻiroq qilib, u bilan birga ovqatlanishga kelishib olganida soat toʻrt boʻlay deb qolgan edi. Bugun Kshepitskiy xoʻjayinga hamroh boʻlmadi.
Cherpak yoshi qirqlarda boʻlgan chaqqongina kishi ekan, U chinovniklik martabasidan voz kechib, biror xususiy firmaga ishga kirishni orzu qilar ekan.
Nikodim buni darhol payqadi. Shu boisdan ham gapni choʻzib oʻtirmay, unga Koborovodagi taxta tilish zavodida direktorlik lavozimini taklif qildi.
Nikodim faqat ministrning yordami tufayligiia Kunitskiyning avvaligi sud protsessi sababli paydo boʻlishi mumkin boʻlgan toʻsiqlardan holi boʻlganini endi tushundi.
Cherpak, chamasi, pul uchun har qanday ishga tayyor edi.
U Dizmaning niyatini surishtirib oʻtirmay, uning barcha koʻrsatmalariga qat’iy amal qilishga soʻz berdi. Nikodimning koʻrsatmalari esa oddiygina edi.
— Pan Cherpak, ikki kundan soʻng siz Kunitskiyni huzuringizga chaqirtirasiz.
— Xoʻp boʻladi.
— Soʻng hujjatlarni sinchiklab tekshira boshlaysiz... Toki u barcha tartib-qoidalar bajo keltirilganidan keyingina shpal sotish uchun buyurtma olishiga ishonsin.
— Tushunaman, pan rais, uning shunday tinkasini quritayki...
— Uch kunlik muzokaradan soʻng unga, ministr payshanba kuni, chet elga joʻnashidan oldin, sizni qabul qilib, ba’zi detallar xususida kelishib olmoqchi, deb aytasiz. Tushundingizmi?
— Tushundim, pan rais.
— Unga, payshanba kuni ertalab, deysiz. Yodingizda boʻlsin — payshanba kuni ertalab. Soat... Hm... Soat oʻn birda. Soʻng u bilan xayrlashasiz-da, soat birda menga qoʻngʻiroq qilasiz. Kunitskiy mening oldimda boʻladi. Siz uni telefonga chaqirib, ishning chigallashganini, ministr uning avvalgi sud protsessini bilib qolganini, agar Kunitskiy darhol oʻzini oqlaydigan hujjatlarni koʻrsatmasa, bitim bekor qilinadi, deganini aytasiz.
— Protsess chindan ham boʻlganmi?
— Ha, boʻlgan. Bunga javoban Kunitskiy hujjatlar Koborovoda ekanligi, hoziroq u yerga joʻnab, ertaga ministrga keltirib koʻrsatajagini aytadi. Menimcha, xuddi shunday javob qiladi. Siz esa bunday qilishning iloji yoʻq, ertaga soat oʻn birgacha yetib kelolmaysiz, miiistr boʻlsa masalaning moliyaviy tomoni haqida siz bilan shaxsan oʻzi gaplashib olmoqchi, deb e’tiroz bildirasiz. Tushunarlimi?
— Tushunarli, pan.rais.
— Shunday qilish kerakki, Kunitskiy hujjatlarii keltirish uchun bironta boshqa odamni yuborishga majbur boʻlsin, oʻzi esa Varshavadan bir qadam ham siljiy olmasin. Siz, pan Cherpak, ana shu ishning uddasidan chiqishingiz kerak.
— Siz uchun, pan rais, har qanday ishni ham toʻgʻrilayman.
— Keyin bundan oʻzingiz ham xursand boʻlasiz, — dedi Dizma oʻrnidan turib.
Oradan ikki kun oʻtdi. Nikodim halovatini yoʻqotgan edi. U eng mayda ikir-chikirni ham unutmay harakat rejasini tuzib qoʻygan Kshepitskiy bilan tinimsiz suhbatlashdi, dimogʻi chogʻ boʻlib, gul-gul ochilib yurgan Kunitskiyni bir necha bor qabul qildi. Bu orada u pani Pshelenskayanikiga va xonimning tanishi — jinoiy qidiruv komissarnikiga borib mehmon boʻlib keldi, xatlar yozdi, telefonda gaplashdi, majlislarda ishtirok etdi. Cherpak bilan uchrashuvlar bu hisobga kirmasdi, albatta.
Nikodim ichida Kshepitskiyning abjirligiga qoyil qolgan edi. Sekretari yonida boʻlganida u oʻzini ancha dadil sezardi. Shu bilan birga Dizma Kshepitskiy ham uning yonida kam boʻlmayotganini yaxshi tushunardi. Reja asta-sekin amalga osha boshladi. Kunitskiy koʻz ilgʻamas toʻrga tushib qolgan edi. U har gal Cherpak bilan uchrashganidan soʻng bankaga kelib, oʻz quvonchi va minnatdorchiligini yashirmay, Dizmaga batafsil axborot berardi. Nikodim ham oʻz navbatida doʻstlik va sadoqat haqida gap sotib, unga xushomad qilardi.
Nihoyat, hal qiluvchi payshanba kuni ham yetib keldi, Rosa soat birda pan raisning kabinetida qoʻngʻiroq jiringlab qoldi.
— He, jin ursin! — goʻyo zardasi qaynagan kishi boʻlib dedi Nikodim. — Kechirasiz, pan Kunitskiy, koʻray-chi, kim ekan shu paytda qoʻigʻiroq qilayotgan.
— Bemalol, azizim pan Nikodim, — dedi xursand boʻlib stulda tebranib oʻtirgan Kunitskiy.
— Eshitaman!..
— Nima?
— E, salomatmisiz! Omadingiz bor ekan: pan Kunitskiy xuddi shu yerda, oldimda oʻtiribdi.
Shunday deya u trubkani Kunitskiyga uzatdi.
— Pan Cherpak soʻrayapti. U sizni butun shahardan qidirayotganmish.
Kunitskiy toubkani olib, qulogʻiga tutdi.
— Allo!.. Yaxshimisiz, pan boshliq, salomatmisiz! Marhamat, nima xizmat bor edi?
Dizma oʻrnidan turib deraza oldiga bordi-da, diqqat bilan quloq sola boshladi. U hayajonga tushib, deraza tagligini mahkam qisdi. Biroq asta-sekin uning koʻngli joyiga tusha boshladi. Hammasi moʻljaldagidek ketmoqda edi.
Kunitskiyning tovushida bezovtalik, qoʻrquv va iltijo ohanglari sezila boshladi. Nihoyat, u trubkani joyiga quyib, xitob qildi;
— Nima qilish kerak! Nima qilsam ekan!
— Nima gap oʻzi? — deya hamdardlik bilan soʻradi Dizma.
Kunitskiy oʻzini stulga tashlab, peshanasidan terni artdi-da, odatdagidan battarroq shushulagancha, protsess haqidagi hujjatlarning zarur boʻlib qolgani toʻgʻrisida gapira ketdi: u juda boʻlmagaida ertaga kechqurun soat sakkizgacha hujjatlarni keltirib koʻrsatishi lozim emish... Biroq ularni olib kelish uchun oʻzi Krborovoga borolmasmish, chunki ertaga soat oʻy birda ministrning qabulida boʻlishi kerak ekan. Ministr shundan soʻng bir oyga joʻnab ketar ekan.
— Qutqaring, azizim pan Nikodim, maslahat bering, nima qilay?
— Hm... Buning nimasi qiyin ekan: Koborovoga telegramma bering, hujjatlarni yuborishadi-qoʻyishadi,
— Eh, qani edi buni iloji boʻlganida! — dedi yigʻlamoqdan beri boʻlib Kunitskiy. — Hujjatlar poʻlat sandiqda, kalitlar esa menda.
— Unda darhol bironta odamni joʻnatish kerak... Avtomobilingiz bor-ku. Shoferni joʻnating qoʻying.
— Shoferni deysizmi? Azizim! Nahot poʻlat sandiq kalitini shoferga bera olsam?! Axir bor pul, qogʻozlar, qimmatbaho buyumlar va katta ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarning bari oʻsha yerda saqlanadi-ku. Yo tangrim, yo parvardigor, endi nima qilish kerak?!
Dizma bir zum xayolga choʻmdi.
— Xoʻp, yaxshi, Varshavada bironta ishonchli odamingiz bormi?
— Hech kim, hech kim yoʻq!
— U holda shpal buyurtmasidan voz kechishga toʻgʻri keladi.
— Ammo bu million zlotiy foyda keltiradi-ya, million! — deya bijillay ketdi Kunitskiy. — Buni anchadan beri orzu qilib yurgan ednm! Endi boʻlsa... Eh, qanday ahmoqman-a, uni ola kelsam oʻlarmidim!..
— Nimani aytyapsiz!
— Sizga koʻrsatgan koʻk papkani-da. Esingizdami?
Shunday deya Kunitskiy peshanasiga shapatiladi. U yana nimadir demoqchi boʻldi-yu, biroq labini tishlab indamadi.
— Esimda, albatta. Koʻk papkani aytyapsiz-da, — deya tasdiqladi sovuqqonlik bilan Dizma.
— Buning yana bitta yoʻli bor, — dedi taraddudlanib Kunitskiy, — bitta chora bor, ammo...
Dizma, birdan Kunitskiy dilimdagini sezib qolsa-ya, deb choʻchidi va asta; yerga qaradi.
— Xoʻsh, qanday chora ekan?
— Hm... Hatto iltimos qilishga ham jur’at etolmayapman... Ammo buning qanday muhnmligini oʻzingiz ham yaxshi tushunasiz. Men uchun ham, oʻzingiz uchun ham...
— Boʻlmasam-chi. Million zlotiy koʻchada yumalab yotmaydi.
— Azizim pan Nikodim, — dedi ortiq chidayolmay Kunitskiy, — faqat sizgina hamma ishni qutqarib qolishingiz mumkin.
— Men-a? — deya ajablandi Dizma.
— Ha, siz, siz, chunki men faqat sizga ishonaman. Pan Nikodim, azizim, qadrdonim, yoʻq demang.
— Nima qilishim kerak oʻzi?
— Rost, bir oz charchaysiz, ammo ayni qirchillagan paytingiz-ku axir! Azizim pan Nikodim, Koborovoga borib kelmaysizmi, a?
Kunitskiy choʻntagidan ichida kalitlar shiqirlab turgan charm xaltachani oldi.
— Meni qutqaring. Hamma umidim sizdan.
Nikodim yelkasini qisdi.
— Birovlarning sandigʻini titkilashni yoqtirmayman.
— Azizim! Qadrdonim, yoʻq demang endi! — Kunitskiy iltijo bilan qoʻllarini qovushtirdi.
Nikodim goʻyo oʻylanib qolgandek bir oz sukut qilib turdi.
— Telba odamdek yelib borish... Kechasi bilan uxlamay chiqish...
— Nima qilish kerak, a, nima qilish kerak?
Dizma bir oz vaqt yozuv stolini chertib turdi-da, nihoyat, qoʻl siltadi.
— Hay mayli, jin chalsin sizni, boʻpti, boraman.
Chol shushulab minnatdorchilik bildirganicha Nikodimning qoʻlini siqa boshladi. Ammo uning mitti koʻzlarida hamon qoʻrquv va hadik ifodasi yoʻnab turardi.
— Sandigʻingiz qaysi kalit bilan ochiladi?
— Mana bunisi bilan. Lekin quruq kalitning oʻzi bilan ochilmaydi. Undagi soatning yuqori milini toʻqqizga, pastkisini yettiga toʻgʻrilash kerak.
Dizma qoʻliga qaram olib, raqamlarni yozib oldi.
— Xoʻp, yaxshi, biron nima yeb olaman-da, yoʻlga chiqaman. Avtomobil' chaqiring.
Bir soatdan soʻng, sekretari bilan maslahatlashib olgach, Nikodim pastga tushdi.
Kunitskiy uni darvoza oldida kutib turgan ekan. Chol hayajonini yashirolmay qolgandi. U Dizmaga shubhalanib tikilganicha soʻnggi koʻrsatmalar berib, hujjatlar solingan papka yuqori tokchaning oʻng tomonida ekanligi, sud protsessi haqidagi hujjatlar bir joyga toʻplanganligi boisidan boshqa joyni titkilashning hojati yoʻqligini tushuntirdi.
— Yaxshi, yaxshi, — dedi Kunitskiyniig gashgai boʻlib Dizma va avtomobil' eshigini ochdi.
— Keyin sandiqni yaxshilab qulflashni, soat millarini toʻgʻrilab qoʻyishni unutmang, azizim pan Nikodim.
— Xoʻp... Xayr. Qani, ketdik.
Mashina joyidan qoʻzgʻaldi. Oradan chorak soat oʻtmay ular shahar tashqarisiga chiqib olishdi.
Nikodim ingichka va uzun poʻlat kalitni olib, uni qiznqib koʻzdan kechira boshladi.
— Mittigina narsa-yu, — deya toʻngʻilladi u, — shuncha narsa unga bogʻliq boʻlib qoldi-ya.
Avtomobil' tanish yoʻldan yelib borardi. Koʻp oʻtmay yomgʻir yogʻa boshladi, mashina oynalari mayda-mayda tomchilar bilan qoplandi. Kuzda kunlar qisqa boʻlganidan qorongʻi tushay deb qolgan edi. Nikodim yoqasini koʻtarib boʻlajak ish haqida xayol surganicha mudray boshladi.
Mashina faqat bir marta toʻxtadi — kimdir yoʻlga tashlab ketgan mix pokrishkani teshib yuborgani tufayli gʻildirakni almashtirishga toʻgʻri keldi.
Yiroqdan Koborovo chiroqlari miltirab koʻringanida vaqt allamahal boʻlib qolgan edi.
Nikodim avtomobildan tushib, shoferga allanimani buyurdi. Eshik ochilib, uydan xizmatkorlar yugurib chiqishdi.
— Beka uydamilar? — deya soʻradi Nikodim ularning salomiga alik ham olmay.
— Uydalar, pan janobi oliylari. Kutubxonada oʻtiribdilar.
— Yaxshi.
— Ularga xabar qilaylikmi?
— Kerak emas. Ketaveringlar. Oʻzim topib olaman. Nikodim qorongʻi mehmonxonadan oʻtib, kutubxona eshigini ochdi. Nina stol ustiga engashib qandaydir kitobni oʻqib oʻtirardi. U hatto boshini ham koʻtarmadi. Nikodim eshikni yopdi-da, tomoq qirdi.
Shundan keyingina Nina boshini koʻtardi, u tomonga qarab qichqirib yubordi. U oʻrnidan sapchib turib, Nikodimning oldiga yugurib keldi-da, boʻynidan quchoqladi,
— Niko, Niko, Niko!..
Nina uning pinjiga tiqilar ekan, yuzlari quvonchdan porlab turardi.
— Keldingmi, keldingmi, azizim, jonginam!
— Salomatmisan, Ninochka?
— Yo tangrim, seni qaiday sogʻinganimni bilsang edi!
— Meni sogʻinmadi deb oʻylayapsanmi?
— Qani, oʻtir. Ayt, bu yerda koʻp turasanmi?
— Afsus, bir necha soatdan soʻng joʻnayman.
— Nimalar deyapsan? Bu dahshat-ku axir!
— Ishning oʻzi shunday boʻlib qoldi.
Nina uning yuzlariii silay boshladi. Nikodim qisqagina qilib kelish sababini aytdi, keyin birrov boʻlsa ham Ninani koʻrish imkoni tugʻilganidan sevinib, bu yoqqa joʻnaganini qoʻshib qoʻydi.
Nina Nikodimning tizzasiga oʻtirib, hijron alami, muhabbat, umid, kelajakda turmush qurishgach, kechiradigan baxtiyor hayot haqida soʻzlar ekan, gap orasida uni oʻpar edi.
— Agar biror kutilmagan voqea sodir boʻlmasa, — deya uning gapini boʻldi Dizma, — biz sen oʻylagandan ertaroq turmush quramiz. .
— Qanday qilib? Ajralish-chi? Axir sudda ajralish bir necha oylab choʻzilarmish-ku.
— Ishni sudsiz ham bir yoqli qilamiz. Men advokat bilan maslahatlashdim. Biz nikohni bekor qilamiz.
— Men bunaqa nshlarni tushunmayman, — dedi Nina bir oz ikkilanib, — lekin sen shuni oʻylagan boʻlsang, juda olijanoblik qilibsan.
Ular ovqatlanish uchun yemakxonaga oʻtishdi. Nina Nikodimdan vaqtini qanday oʻtkazayotganini soʻrab-surishtira boshladi. U Dizmaning Charskayalar va Rostotskiylarnikiga borib turishi, adabiy akademiya tashkil qilish komitetining noziri ekanligi hamda bankaga yuz mingga yaqin zlotiy qoʻyganidan juda xursand boʻldi.
Ular oʻrinlaridan turishgach, xizmatkor kirib, shofer