tungi.ru

Muttahamning parvozi (III- qism) (2-bet)

kirib, shofer Varshavaga qaytib ketish uchun hammasini hozirlab qoʻyganini xabar qildi.

— Yaxshi. Ayting, kutib tursin.

Nikodim choʻntak soatiga qarab qoʻydi-da, shoshilishi lozimligiii aytdi. Nina u bilan Kunitskiyning kabinetiga bormoqchi boʻlgan edi, Nikodim undan shu yerda kutib turishni iltimos qildi.

— Nega endi? — ajablanib soʻradi Nina.

— Bilasanmi, men ba’zi qogʻozlarni oʻqib, ba’zi narsalarni yozib olishim kerak... Sen yonimda boʻlsang, bu ishlarga qoʻlim tegmay qoladi... Meni kutib tur, darrov qaytaman.

Nikodim chiroqni yoqib, ogʻir duxoba pardani bir chetga surdi.

Tokchada yanlil poʻlat sandiq qaqqayib turardi. Nikodim unga sinovchan nazar tashladi. Agar qaroqchilar bu yerdagi qimmatbaho narsalarni oʻmarib ketishni xayol qilishsa, sandiq ochish uchun ancha ter toʻkishlari kerak boʻladi. Dizma esa qiynalmay-netmay uni bir minutda ochadi.

— Agar kallang yaxshi ishlasa, — dedi ovoz chiqarib Pikodim, — ochqichning ham keragi yoʻq... Toʻgʻri, hamma rejani Kshepitskiy tuzdi, ammo foydasi menga tegadi.

Kalit qulf ichida ohista buraldi. Dasta sekin pastga tushib, eshikcha ochildi.

Sandiq ichi saranjom-sarishta edi. Oʻng tomondagi tokchalarda kitoblar va hujjatlar solingan papkalar, chap tomonida esa dasta-dasta pullar taxlab qoʻyilgandi. Ikki tokchaga turli qutichalar terilgandi; Dizma avvalo oʻsha qutichalarni ochib qaradi, turli duru gavharlar, behisob oltin uzuklar, marjon, qimmatbaho toʻgʻnagʻich, billur va yoqutlar...

— Xuddi zargarlik magaziniga oʻxshaydi-ya. Shoshilish kerak edi.

Nikodim barla papkalar, hisob-kitob daftarlarini olgan edi, bir uyum boʻldi. Dizma bularni yozuv stoliga olib oʻtdi-da, koʻk papkani bir chetga surib qoʻyib, duch kelgan birinchi daftarni ochdi. Nikodim sana va raqamlar bilai toʻldirib tashlaigan bu daftarni varaqlar ekan, oldida Kunitskiy sudxoʻrlik bilan shugʻullanib yurgan paytida tuzgan qarzdorlar roʻyxati turganini angladi. Buni undirib plingan protsent raqamlarn ham isbotlab turardi. Boshqa yozuvlar orasida goho-goho «gr. Ponimirskiy — 12000 zlotiy», «gr. Ponimirskiy — 10000 zlotiy» kabi qaydnoma takrorlanardi.

Dizma boshqa daftarnn ochib qaradi. Bunisi Koborovodan olingan daromadlar roʻyxati ekai. Uchinchi, toʻr-tinchi va beshinchi daftarlar ham raqamlarga toʻlib ketgan edi.

Ularning Nikodim uchun qizigʻi yoʻq edi. U papkalarni ochib koʻrishga ahd qildi. Dnzma qidirgan narsa — veksellar birinchi papkada ekan. Aslida ular veksel' ham boʻlmay imzo chekilgan toza blankalar edi. Blankalar butun bir dasta boʻlib, hammasiga: Nina Kunitskaya Nina Kunitskaya, Nina Kunitskaya, Nina Kunitskaya, deya imzo chekilgan edi...

Veksellar ostida Ninaning eriga bergan vakolatnomasi va Koborovoni Ninaga sotilgani haqidagi notarial akt ham. bor ekan.

Dizma bu hujjatni olib, choʻntagiga soldi-da, soʻng papkaning bogʻichini bogʻlab, uni haligi koʻk papkaning ustiga qoʻydi.

U boshqa papkalarni ham koʻzdan kechira boshladi. Natija kutilganidan ham ziyoda boʻlib chiqdi. Nikodim birinchi papkadanoq ikkita konvert topib oldi. Kichkina konvertga: «Mennng vasiyatnomam», kattasiga esa: «Men oʻlgan taqdirimda ochilmasdan yoqib yuborilsin», — deya yozib qoʻyilgandi.

— Oʻlgan taqdirimda emish, — kulib yubordi Nikodim, — lekin hali tiriksan, shuning uchun ham ochaversa boʻladi.

Shunday deya u surgʻuch muhrni sindirib, konvertni ochdi.

Undagi qogʻozlarning eng tepasida Avstriya pasporti turardi.

— Qoʻlga tushding-ku, oshna!

Pasport Genovefa Kunik va noma’lum otadan tugʻilgan Leon Kunik nomiga berilgan edi. Unda «kasbi» degan grafaga koʻrning hassasiday qilib: «Kel'ner», deb yozib qoʻyilgandi.

Konvertdagi keyingi hujjat kumush idishlarni oʻgʻirlagani uchun uch oy qamoqqa hukm qilingani haqidagi Krakov sudining qarori edi. Uning tagidan bir dasta xat chiqdi. Soʻng turli raqamlar bilan toʻldirib tashlangan daftarcha bilan yana sud qarori koʻzga tashlandi. Bu gal endi Varshava sudi qalbaki pul ishlagani uchun Leon Kunikni ikki yil qamoqqa hukm qilgan edi.

Nikodim soatiga qaradi-da, soʻkindi.

Vaqt yarim tundan oshib qolgan edi. U stol ustida sochilib yotgan qogʻozlarni apil-tapil yigʻishtirib, choʻntagiga tiqdi.

Qolgan narsalarni sandiqqa qayta soldi-da, uni qulflab, haligi ikki papkani koʻltigʻiga qistirganicha xayrlashish uchun Ninaning oldiga chiqdi. Uni buduarda kutib oʻtirgan Nina endi asabiylasha boshlagan ekan. Shunga qaramay juvon uni tabassum bilan kutib oldi.

— Yoʻlga chiqishing kerakmi, jonginam?

— Nimayam qilardim, ketmasam boʻlmaydi, — Nikodim uning yoniga oʻtirib, qoʻlidan tutdi. — Azizim Ninochka, — deya gap boshladi.u, Kshepitskiy tayinlagan gaplarni eslab, — azizim Ninochka, ayt-chi, menga ishonasanmi?

— Haliyam shuni soʻrayapsanmi?! — ta’na aralash dedi Nina.

— Bilasanmi... senga qanday aytsam ekan... Ba’zi voqealar sodir boʻladi... Ba’zi narsalar oydinlashadi...

— Gapingni tushunmayapman.

— Yo hammasi aslicha qolib, sen butun umringni Kunitskiy bilan oʻtkazasan yoki biz nikohdan oʻtib, Kunitskiy asfalasofilinga ketadi. Bu yogʻi senga bogʻliq boʻlib qoldi.

— Nik! Axir hammasi ravshan-ku!

— Men ham shunday oʻylaymai. Unday boʻlsa Ninochka, sendan iltimos qilaman... Sen menga ishonishing, hamma gapimga rozi boʻlib, sira e’tiroz bildirmasliging lozim. U yogʻini oʻzim toʻgʻrilayman.

— Yaxshi, lekin nega bunday sirli ohangda gapiryapsan? Axir busiz ham masala ravshan-ku!

— Hali hammasi oydinlashgani yoʻq, — dedi Dizma bir oz ikkilanib. — Ammo yaqin kunlarda oydinlashadi. U qari odam, sen bilan biz esa yashashimiz kerak... Tushundingmi?..

Ninaning koʻngliga gʻulgʻula tushgan boʻlsa-da, ammo surishtirib oʻtirishii lozim tonmay, soddagina qilib dedi:

— Senga ishonaman.

— Mana bu boshqa gap. — Shunday deya Nikodim oʻzining tizzasiga shapatiladi. — Endi men joʻnashim kerak. Xayr, Ninochka, xayr, jonginam.

U Ninani quchoqlab oʻpa boshladi.

— Xayr, goʻzalim. Meni yovuz odam deb oʻylama. Yodingda boʻlsin: men nima ish qilsam, seni jonimdan ortiq sevganim uchungina qilaman.

— Bilaman... bilaman... — deya javob qildi Nina uning yuz-koʻzidan oʻpar ekan.

Nikodim xayrlashayotib Ninaning peshanasidan oʻpdi-da, papkalarni olib, buduardan chiqdi. Vestibyulda Dizma pal'tosini kiygach, yonlarida xizmatkor turgani uchun Nina u bilan goʻyo oddiy tanishidek yana bir bor xayrlashdi.

— Xayr, yaxshi yetib boring. Anavi masalada esa nimani lozim topsangiz, oʻshanday yoʻl tutavering... Sizga ishonaman.... Umuman, kimgadir ishonish kerak-ku axir... Xayr...

— Xayr, pani Nina, koʻnglingiz toʻq boʻlsin, hammasi joyida boʻladi.

— Tezroq qaytib keling.

— Qoʻlim boʻshagan zahoti qaytaman. Nikodim Ninaning qoʻlini oʻpdi. Xizmatkor eshikni ochgan edi, Nikodim sharros qoʻyayotgan yomgʻirda yugurib borib, avtomobilga oʻtirdi.

— La’nati havoni qarang-a, — deya toʻngʻilladi Dizma, mashina eshigini sharaqlatib yopar ekan.

— Qechasi bilan yogʻsa kerak, — dedi unga javoban shofer.

Chindan ham yomgʻir ertalabga qadar tinmadi. Mashina Varshavaga kirib kelganida tomiga qadar loyga belangan edi.

Dizma oʻz kvartirasining eshigini ochiib u yerda Kshepitskiyga duch kelganida hali soat sakkiz ham boʻlmagan edi. Ular, xizmatkor eshitib qolmasligi uchun, kabinet eshigini yopib, Nikodim keltirgan hujjatlarni koʻzdan kechira boshlashdi.

Kshepitskiy boshi osmonga yetib, qoʻlini bir-biriga ishqardi. Sud protsessiga taalluqli xatlar ichidan chinovniklarga pora berilgani haqidagi hujjat topilgach, u oʻrnidan sapchib turib, dedi:

— Gap tamom, jinoiy qidiruv boʻlimiga boramiz.

— Veksellar-chi? — soʻradi Dizma.

— Veksellarmi?.. Hm... Ochigʻini aytganda, ularni saqlab qoʻyilsa yomon boʻlmasdi: axir bir kun emas, bir kun Ninaning sizdan koʻngli qolishi mumkin. Lekin uning sizga tegishiga imonigiz komil ekan, ularni yoqib yuborganimiz ma’qul.

— Menga tegishiga shubha yoʻq.

— Juda yaxshi. Ketdik boʻlmasa. Jinoiy qidiruv boʻlimining boshligʻi katta komissar Reyx yuqoriroq mansabga erishish uchun hech qanday ishdan qaytmaydigan odamlardan. edi. Sovuqqon, sezgir va mirishkor Reyx Dizmaning pinhoniy niyatini darhol fahmladi. Kshepitskiy oʻz boshligʻining xolisligi xaqida tinmay sanayotganiga qaramay, katta komissar Reyx gapning poʻskallasini aytib, masalani koʻndalang qilib qoʻydi:

— Pan rais, siz Kunitskayaga uylanmoqchimisiz?

Dizmaning shunday niyati borligini aytib, rostiga koʻchishdan boʻlak iloji qolmadi.

— Komissar mening shaxsiy hayotimga aralashyapti, deb oʻylamang, pan rais. Aslo unday emas. Lekin, menimcha, Kunitskiy qamoqqa olingach, tabiiy, sud protsessi boʻlishi kerak..

— Toʻgʻri, — deya uning gapini tasdiqladi Kshepitskiy.

— Hamma gap ana shunda! — deya davom etdi komissar. — Katta shov-shuvga sabab boʻladigan bunday protsessdan boʻlajak rafiqangiz, qolaversa, oʻzingiz ham unchalik xursand boʻlmasangʻiz kerak, deb oʻylayman,

— Hm... Sizningcha, nima qilish kerak?

Komissar Reyx bir zum sukut saqlab turdi.

— Pan rais, bundan qutulishning faqat bitta yoʻli bor.

— Xoʻsh?

— Aytaylik, Kunitskiy oʻn yilga, kam deganda, olti yilga qamaladi. Bu shubhasiz. Dalillar shundayki, chol sirayam qutulib ketolmaydi. U bilan biror bitimga kelish uchun urinib koʻrsak, nima deysiz?..

— Bitimga-ya?..

— Ha-da. Harqalay oʻn yil qamoqda yotishni sirayam istamasa kerak. Oʻylashimcha, u sizning taklifingizga rozi boʻlib, xotinining yer-mulkiga da’vo qilmaydi, buning evaziga siz ma’lum miqdorda pul va chet el pasporti berasiz. Xohlagan mamlakatiga joʻnayversin.

— Ammo darhol qaytib keladi-da.

— Buning ham yoʻli bor. Biz bunday qilamiz: uni men bugun qamoqqa olaman-da, qattiq soʻroq qilib, manovi hujjatlarni koʻrsataman va sal boʻshashi uchun uch-toʻrt kun avaxtaga tiqib qoʻyaman. Soʻng yana soʻroq qilib, uiga haligi bitimni taklif qilaman. Agar rozi boʻlmasa — oʻzidan koʻrsin, rozi boʻlsa — qoʻliga pasportni tutqazib, chet elga qochirib yuboraman. Qochirib yuboraman! Tushunyapsizmi? Qochsa mutlaqr qaytib kelolmaydi, chunki men uning ortidan qamoqqa olish haqida buyruq yuboraman. Bunga nima deysiz, pan rais?

— Juda puxta oʻylabsiz, — deya bosh irgʻadi Kshepitskiy.

— Men ham shu fikrdaman, — aks sadodek takrorladi Dizma.

— Ha, yaxshi reja albatta, — deya davom etdi Reyx, — biroq uni amalga oshira olishimga imonim komil emas. Agar bu gaplar ochilib qolsa, hammadan koʻp men aziyat chekaman. Juda boʻlmaganda iste’foga chiqarib yuborishadi, hatto qamoqqa tashlashlari ham mumkin. Juda qaltis ish...

— Pan komissar, — deya uning gapini boʻldi Kshepitskiy, — menimcha, bekorga hadiksirayapsiz, Pan rais hukumat doiralarida moʻ’tabar odam hisoblanadilar. Butun Varshavada pan raisdek dasti daroz odam topilmasa kerak.

Reyx ta’zim qildi.

— O, men. buni juda yaxshi bilaman! Shuning uchun ham pan raisdek moʻ’tabar odamga arzimas bir yaxshilik qilib qoʻysam, gʻoyat xursand boʻlardim. Axir u kishi kelajakda meni unutmasalar kerak.

— Ha, albatta, — bosh irgʻadi Dizma.

— Gʻoyat minnatdorman. Men pan raisning homiylik qilishlarini oʻzim uchun sharaf deb bilaman. Shu boisdai u kishidan kichkina bir narsani iltimos qilmoqchiman.

— Marhamat, qoʻlimdan kelganicha yordam beraman.

— Siz uchun bu narsa arzimagan ish, men uchun esa katta ahamiyatga ega. Gap bunday, politsiya boshligʻining oʻrinbosari yangi yildan iste’foga chiqyapti. Agar sizdek moʻ’tabar odam bir ogʻiz aytib qoʻysa, meni uning oʻrniga tayinlashlari mumkin edi...

— Bu ish kimga bogʻliq? — deya soʻradi Dizma.

— Ichki ishlar ministriga.

— U holda, koʻnglingiz toʻq boʻlsin, — javob qildi Dizma, — ministr mening doʻstim.

— Gʻoyat minnatdorman.

Shunday deya Reyx Dizmaning qoʻlini qisish uchun sakrab oʻrnidan turdi.

Soʻngra ular ishning tafsilotlarini muhokama qila boshlashdi. Reyx bilan Kshepitskiy masalani har tomonlama kelishib olishdi. Dizma ularning gaplariga hayratlanib quloq solar ekan, ichida oʻzi hech qachon ishni shunday ustalik bilan amalga oshira olmasliginn tan olib qoʻydi.

Bankada ularni Kunitskiy kutib turgan ekan. Uning yuz-koʻzi, butun xatti-harakatlaridan bezovtalanayotganligi koʻrinib qoʻydi.

Sekretar' cholning yonidan oʻtar ekan, unga istehzo aralash qarab qoʻydi, biroq Kunitskiy buni hatto sezmadi ham. U pildiragancha Dizmaning oldiga yugurib keldi-da, bidirlay ketdi:

— Keldingizmi! Juda xursandman. Papkani olib keldingizmi?

— Salom. Olib keldim.

— Pan Nikodim, bu nima degani oʻzi?

— Nimani nazarda tutyapsiz?

— Ministrning qabul qilishi haqidagi gapni-da! Cherpak qabul kechiktirildi, dedi. Ministr, umuman, hech qayoqqa joʻnamasmish. Pan Nikodim, nima gap oʻzi?

— Kabinetimga kiraylik, — qizarib javob qildi Dizma, — oʻsha yerda hammasini tushuntirib beraman.

— Hech nimani tushunolmay qoldim, hech nimani, — takrorlardi Kunitskiy Dizmaning ortidan pildirab borar ekan.

— Ignatiy, sen shaharga borishing mumkin, — deya xizmatkorga javob berib yubordi Dizma.

Ignati chiqib ketgach, Nikodim Kunitskiyga oʻgirilib dedi:

— Bilasizmi, xotiningiz siz bilan ajralishmoqchi.

— Nima dedingiz? — deya sapchib tushdi Kunitskiy.

— Aytdim-ku. U sizdan ajralib, menga tegmoqchi.

Kunitskiy Dizmaga gʻazab bilan qarab qoʻydi.

— Hali shunaqa deng... Balki, u siz bilan kelgandir ham?

— .Yoʻq, Nina Koborovoda qoldi.

Chol tinimsiz lablarini tishlardi.

— Qachon shunday fikrga kela qolibdi? Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas. U menga hech nima demagandi-ku! Shunchaki injiqlik qilayotgan boʻlsa kerak? Sizning igʻvongizga uchgan boʻlsa kerak-da...

— Igʻvoga balo bormi.. U meni yaxshi koʻrib qolgan, sizdek aljigan chol joniga tegibdi.

— Lekin bu alaxsigan cholning million-million puli bor! — deya pishilladi Kunitskiy.

— Shimildiriq ham yoʻq sizda, millionmish-a. Millionlar ham, Koborovo ham Ninaniki.

— Qogʻozda, faqat qogʻozda, muhtaram rais. Suqlanadigan joyi yoʻq!

— Balki bordir, — faylasufona gap qotdi Dizma.

— Afsus, sizga juda achinaman, — deya ichqoralik bilan hiringladi Kunitskiy, — lekin menda xotinim bergan veksellar bor. Ular yer-mulkning narxini toʻla qoplaydi.

Nikodim qoʻllarini choʻntagiga tiqib, lablariii choʻchchaytirdi.

— Veksellar masalasiga kelsak, pan Kunitskiy, ular chindan ham bor edi. Ha, bor edi, endi esa yoʻq boʻldi.

Kunitskiy dokaday oqarib ketdi. U a’zoyi badani titrab, hansiraganicha ingradi:

— Nima?.. Nima?.. Qanaqasiga «yoʻq» boʻlarkan?

— Shunaqasiga.

— Oʻgʻirlabsan! Sen mening veksellarimni oʻgʻirlabsan?! Kalitni, sandiqning kalitini choʻz bu yoqqa!

— Bermayman.

— Axir bu talonchilik-ku! Oʻgʻri, bandit! Seni avaxtaga tiqaman!

— Oʻchir ovozingni, qari qirchangʻi! — deya oʻshqirdi Dizma.

— Talonchi! Kalitni ber!

— Bermayman, chunki kalit seniki emas — tushundingmi, ablah! Seniki emas, Ninaniki. Sandiq ham, kalit ham uniki.

— E, yoʻq! Keksa Kunitskiyni aldash oson deb oʻylama, yaramas. Hali Pol'shada adolat bor, sud bor hali! Senga kalitni berayotganimni koʻrgan guvohlar bor. Oʻpkangni bos, oshna! Ninani oʻzi ham veksellarga imzo chekkanini tan oladi hali.

— Bundan tashvish qilmay qoʻya qol. Bu yogʻi mening ishim.

— Sud bor! — dedi yana qizishib Kunitskiy. Shu payt dahlizda qoʻngʻiroq jiringlab qoldi.

— Sud bilan qoʻrqitmoqchi boʻladi-ya, hayvon! — Dizma polga tupurdi-da, eshikni ochish uchun chiqib ketdi.

— Ablah, voy ablah-ey! — Kunitskiy qopqonga tushgan tulkidek xonada u yoqdan-bu yoqqa zir yugurardi. — Hoziroq prokuror oldiga, politsiyaga boraman...

Biroq chol hech qayoqqa borolmadi, eshik ochilib, xonaga politsiya serjanti bilan jinoiy qidiruv xizmatining grajdancha kiyingan ikki agenti kirib keldi.

— Leon Kunitskiy yoki Kunik siz boʻlasizmi? — deya quruqqina qilib soʻradi serjant.

— Ha, men Kunitskiy boʻlaman.

— Siz qamoqqa olindingiz. Kiyining-da, biz bilan yuring.

— Men-a? Qamoqqa olindingiz? Nima sababdan? Bu anglashilmovchilik boʻlsa kerak.

— Hech qanday anglashilmovchilik yoʻq. Mana sizni qamoqqa olish haqidagi order.

— Nega, nega endi?

— Bunisi bilan ishim yoʻq, — deya yelkasini qisdi serjant, — buni sizga jinoiy qidiruv boʻlimida aytib berishadi. Qani, ketdik! Qurolingiz bormi?

— Yoʻq.

— Uni tintinglar.

Agentlar Kunitskiyning choʻntaklarini tintib koʻrishdi. Qurol chindan ham yoʻq ekan.

— Qani, ketdik! Sizni bezovta qilganimiz uchun bizni kechirasiz, pan rais, shunday buyruq olgan edik. Xayr.

— Buyruqni bajarish kerak, albatta, — dedi Dizma. — Yaxshi boringlar.

Qunitskiy oʻgirilib, yana bir nima demoqchi boʻldi, biroq agent uni bir turtgan edi, chol bir zumda tashqariga otilib chiqdi.

Nikodim boʻshab qolgan dahlizda uzoq turib turdi. Nihoyat oynaga qarab, sochlarini siladi-da, yemakxonaga qaytib kirdi. Stolga dasturxon yozilgai boʻlib, nonushta keltirib qoʻyilgandi, Dizma esa uni unutib qoʻygandi. Nikodim qorni juda ochganligini faqat endi payqadi. Kofe sovib qolgan ekan, unga shakar solgan edi, erimadi. Nikodim bufetdan aroq toʻla grafinni olib, tarelkasiga vetchina, kolbasa va buzoq goʻshti soldi-da, nonushta qilishga tushdi.

— Chamasi, peshanamga moʻ’tabar odam boʻlib oʻlish yozilgan koʻrinadi, — dedi oʻziga oʻzi Nikodim uchinchi qadahni qoʻliga olar ekan. — Sizning salomatligingiz uchun, pan rais.

Shivalab yogʻayotgan yomgʻir deraza oynasiga chirsillab urilardi, tashqari esa gʻira-shira edi.

15-bob

Dizma general Yajinovskiyni yoqtirmasligining sababi bor edi: generalning koʻzlari doim istehzo bilan boqardi, u odamlar bilan quruq muomala qilardi. Ammo Nikodimga eng yoqmagan tomoni generalning Terkovskiy bilan doʻstligi edi. Bir necha bor taklif qilinganiga qaramay, Nikodim Yajinovskiylar xonadonidan oʻzini opqochib yurdi. Biroq bu gal borishga majbur boʻldi — general, agar pan rais bu gal ham biznikiga qadam raijida qilmasalar, buni haqorat deb tushunaman, deya ochiqdan-ochiq aytgan edi, Darvoqe, Dizma Terkovskiyning shu kunlarda Jegestovda ekanligi va shu boisdan ham Yajinovskiynikiga borishi dargumonligini yaxshi bilardi.

Aslida Diamaning Terkovskiydan oʻzini tortib yurishigʻa hech qanday asos yoʻq edi. U dilida Terkovskiyga nisbatan hech qanday xusumat sezmasdi, biroq, ular ashaddiy dushman, degan mish-mish keng tarqalgan boʻlib, barcha shu gapni takrorlayvergach, oxir-oqibatda Nikodimning oʻzi ham bunga ishonib qolgandi. Terkovskiy ham, oʻz navbatida, unga sovuq va hatto bir oz adovat bilan muomala qilardi. Dizmaning baxtiga, uning mavqei ancha mustahkam boʻlib, Terkovskiy buni inobatga olmay iloji yoʻq edi. Nikodimning Terkovskiy balan yaqinlashishdan oʻzini olib qochishga yana bitta sabab bor edi. «Rohiba» xonimlarningʻ shama qilishlariga koʻra, kabinet boshligʻi boʻlgan bu baqaloqning «sirdan voqif boʻlganlar» bilan aloqasi boʻlib, Nikodim bu jamoatdan ancha xavfsirab yurardi.

Yajinovskiylar bankiga yaqin boʻlgan Vil'chaya koʻchasida istiqomat qilishardi, shuning uchun ham Dizma u yerga piyoda joʻnadi. Chamasi, mehmonlar koʻp edi — darvoza oldida yigirmaga yaqin avtomobil' yigʻilib qolgandi. Dahlizda pal'tolar uyulib yotardi, xonalardan kulgi va gangur-gungur tovushlar eshitilib turardi.

General va uning rafiqasi Dizmani samimiy kutib olishdi-da, mehmonxonaga boshlab kirishdi. Xuddi shu payt u yerda hamma jimib, yoʻgʻon bilaklari yalangʻoch xoʻppa semiz bir xonim royal' yoniga oʻtirgan edi. Dizma beixtiyor eshik oldida toʻxtab, tanishlarining salomiga bosh irgʻab javob berishga majbur boʻldi. U hatto kimga ta’zim qilayotganini durustroq ilgʻay olmadi ham.

Nikodimning koʻzi hammadan oldin qora frak qiygan erkaklar orasida turgan Terkovskiyga tushdi.

— Obbo, lan’ati kelibdi-da! — deya toʻngʻilladi oʻzicha Dizma royalning ilk sadolari yangrayotganda.

Nikodim Terkovskiy bilan yuzma-yuz toʻqnashib qolmaslik uchun undan oʻzini opqochib yurishga ahd qildi. Bunday gavjum mehmonxonada buning unchalik qiyin joyi yoʻq edi, boz ustiga u bilan uchrashishga Terkovskiying ham tobi boʻlmasa kerak.

Biroq Terkovskiy odamlar orasidan oʻtib, oʻziga tomon kelayotganini koʻrgach, Nikodim hayratdan ogʻzi ochilib qoldi. Terkovskiy Dizma bilan salomlashib, uning qultigʻidan tutdi-da:

— Yuring, chekib kelamiz, — deya shivirladi.

Ikki arbob salondan oʻtib borishar ekan, mehmonlarning bari ulardan koʻzini uzmay turardi. Ular generalning kabinetiga kirishdi.

Terkovskiy choʻntagidan katta oltin portsigar chiqarib, Nikodimga papiros tutdi-yu, goʻyo hech gap boʻlmaganday dedi:

— Sizni koʻrmaganimgayam ancha

O‘xshash hikoyalar