Asira yakuniy qism (kamolov) (3-bet)
topshirmoqchiman, -dedim.
-Albatta, topshir. Singlim ham sen bilan birga topshiradi. Men esa kechki maktabga o‘qib, attestat olmasam bo‘lmaydi, -dedi. Xullas, hayot menga yorug‘ kunlarni va’da qilayotgan edi.
Shodligimdan uchib-qo‘- nib yurgan paytim Toshkentdan chaqiruv qog‘ozi keldi. Bu payt akam o‘qishda edi. Hech oyog‘im tortmadi. Tergovchi Sa’dullayevga ham qog‘oz kelgan ekan. Baxtiyor meni yolg‘iz yuborgisi kelmadi. Uchalamiz ketdik. Yo‘lma-yo‘l endigina xotiramdan o‘chayotgan voqealar yodimga tusha boshladi. Hasan-Husanlarning, ya’ni "Zargar” bilan ukasining jinoiy ishlari ko‘rilayotgan ekan. Men yana jabrlanuvchi bo‘lib ishtirok etdim. Misha va Danilning ishi alohida ko‘rilibdi. Ular ham oliy jazoga tortilibdi. "Zargar”ning qiyofadosh ukasini firibgarlikda ayblashdi. U hech kimni o‘ldirmagan, jinoyat qilmagan, biroq, akasining nomidan ish yuritgan. Akasi bilgan noma’qulchiligini qilishiga imkon yaratgan: "Zargar”ning esa, mol-mulki musodara qi- lindi. O‘zi oliy jazoga hukm etildi. Qaniydi, uni otning dumiga bog‘lab sudrashsa. Sud tugagandan so‘ng, biz Toshkentning ko‘zga ko‘ringan joylarini tomosha qildik. Nazarimda hamma joy jinoyatchilar to‘dasidan qutulgandek edi. Biz bilan bab-baravar halovatini yo‘qotgan tergovchi ham endi dam olsa kerak, deb o‘yladim. Tergovchi:
-Endi armonlaring qolmadi, Xolida. Vaqt ziq. Kecha mittitumanlarimizning birida qotillik jinoyati sodir etilgan. Bir ayol o‘ldirilgan. Izni issig‘ida izlamasak yutqazamiz, -dedi.
Demak, ezgulik va yovuzlik yonma-yon yashaydi, deganlari rost ekan. Har- na bo‘lganda ham tergovchi Sa’dullayev kabilar, militsiya xodimlari bor ekan, ezgulik yengib chiqaveradi.
Qaytishda tergovchi bir shifoxona oldida to‘xtadi. O‘n daqiqalardan so‘ng yoshgina bir yigit bilan chiqib keldi. Bu yigit "Zargar”ning uyi qurshab olinganda jarohatlangan militsiya xodimi ekan.
-Bu biz izlagan va topgan Xolida qizimiz. Yonidagi yigit esa Baxtiyor. U Xolidani olib qochganlardan. Yana olib qochish iyatida, -dedi Sa’dullayev.
Militsioner yigitning sog‘ayib ketganidan juda xursand bo‘ldim.
-Rahmat sizlarga, -dedim.
-Bu bizning burchimiz, -dedi yigit va oldingi o‘rindiqqa joylashdi.
Uyga kelsam, ayam yig‘lab o‘tirgan ekan. Yuragim uvishib ketdi.
-Nega yig‘layapsiz, ayajon? Ayting, -dedim.
-Seni o‘ylab. Ba’mani oiladan sovchi kelayotgan edi. Qo‘shnimiz Farog‘at yo‘ldan ozdiribdi. Dadangning qadrdonlaridan biri o‘g‘liga so‘rayotgan edi. "Ularning qizini xotin qo‘ygan yoki xotini o‘lgan olmasa, yigit kishiga hayf. O‘n kun Toshkanni gullatib kelgan”, -depti.
Biram jahlim chiqib ketdi. Borib qo‘shnimizni xo‘p do‘pposlasammi, deb o‘yladim. Shaytonga "hay” berdim.
-Aya, meni sevgan yigitim bor. Baxtiyor bekorga ortimdan soyadek ergashib yurgani yo‘q. Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Men Farog‘at opaning qizidan ko‘ra baxtliroq yashayman, -dedim.
-Betini teskari qilsin Baxtiyoringni. U ham guvoh bo‘lib borgandir, deb indamagandim. Nasli-nasabining tayini bo‘lmasa, ota-onasiz, har ko‘chada sang‘ib yurgan yetim bo‘lsa.
-Aya!
-...
-Agar Baxtiyor bo‘lmasa qizingiz ham bag‘ringizda bo‘lmas edi. Qo‘rquv, umidsizlik meni yengardi. U kurashga chorlamasa, "Zargar”ning qo‘lida suvga tushgan mushukdek "miq” etolmay, qo‘r- quvdan jo‘njikardim. Uyi bor, bittagina singlisi bor. Meni ham dadam yo‘q, onali boylar meni yetimcha deyishsa, sizga og‘ir botmaydimi? Ha, ota-onasi yo‘q. Axir ajal oldida baribir ojizmiz. Qisqasi, agar Baxtiyor bo‘lmasa, menga bu hayotning qizig‘i yo‘q. Molu dunyo, obro‘li xonadon - bular mening orzularim ichida yo‘q. Nozu ne’matga to‘la dasturxon, tilla taqinchoqlar-u, dabdaba egalarining ahvolini ko‘rdim, eshitdim. Ular hamma vaqt oddiygina inson bo‘lishni istab, armon bilan yashagan. Mish-mishlarni aytib, o‘rtangan yuragimga o‘t qo‘ymang. Murabbiyim meni O‘zbekiston chempionatiga tayyorlayapti. Nasib bo‘lsa chempion bo‘laman, -deya bu savolga uzil-kesil javob qaytardim.
-Nima ham deyman. Baxtiyorga unashtirib qo‘ysakkina, bu gap-so‘zlardan qutulamiz. O‘qishingga tayyorlanaver. Shunisiga ham shukur -dedilar.
Xullas, hayotim izga tushdi. Men ham, Baxtiyor ham tengqurlarimiz qatori orzuli dunyoga yana qadam qo‘ydik. Arosatda qolgan qaro kunlarim haqida gapirib, sizni zeriktirib qo‘ymadimmi? Har qanday og‘ir sharoitda ham umid bilan yashash kerak ekan. Noumid shayton. Bu hayot sinovidan o‘rganganim shu bo‘ldi... deya Hafiza Egamberdiyeva o`z hikoyasini yakunlaydi!