tungi.ru

Sirli 2020 (To`liq). by Alcor yoki Skrillex (2-bet)

Yosh bolalarni bu yerda ko`rish noodatiy hol. Marhamat ichkariga kiring. Hohlaganingizni tanlang. Narxlarini arzonlashtirib beramiz.

Kamol: Raxmat…

Magazinning zaliga kirdi. Ichkarida Odam ko`rinishidagi haykallar juda ko`p edi. Lekin hammasi noodatiy bo`lib ko`zlari qanaqadir g`amgin. Bazi birlarini ko`zlaridan yosh oqayotgandek. Sal yurgandan so`ng yana bir yozuv taxtachasiga ko`zi tushti. Taxtachada “Pasda bundan ham yaxshilari bor” deb yer ostidagi ikkinchi zalga ishora qilingan edi. Kamol zina bo`ylab pasga tushti. Pastda ham Huddi shunga o`xshash haykallar bo`lib svetning noodatiy qizg`ish rangi bu yerni yanayam qo`rqinchili va shubxali ko`rsatardi. Kamol zal bo`ylab yurarkan chetroqda turgan tobut ichidagi haykalga ko`zi tushti va oldiga bordi. Ichini ko`rdiyu hayrattan qotib qoldi. Ichidi huddi Irodaga o`xshash haykal bor edi.

Unga qarab gapirdi: Axir san?

Iroda: Sani bu yerda ko`raman deb o`ylamagandim…

Kamol yanayam hayratlanib va qo`rqib: Shunchaki…

Iroda Kamolning orqasidan turtib qo`ydi.

Kamol orqasiga qarasa Iroda turibti. (Ha sila o`ylagan narsamas. Bu haykan Irodaga o`xshidi halos )

Iroda: Nima manga o`xshar ekanmi?

Kamol: Ha judayam.

Iroda haykalni oldiga borib yuziga qo`lini tekkizdi: Balki o`xshar. Suxbatni tepada davom ettirarmiz?

Kamol: Qarshi emasman.

Ular tepaga chiqib Magazin zalidagi haridorlar uchun tayyorlab qo`yilgan mebellarga o`tirishdi.

Iroda: Ho`sh nega bu yerdasan?

Kamol: Axir bu yerlarni bilmayman. Adashib qoldim desam ham bo`luradi.

Iroda: Chunarli. Hohlisanmi bog`ich orqasida nima borligini ko`rsataman.?

Kamol yutinib: Qarshilik qimasdim.

Iroda bog`ichni sekin yechib ikkinchi ko`zini ko`rsatdi.

Kamol: Suniy ko`zmi? (uning ikkinchi ko`zi yashil edi. birinchi ko`zi esa odatiy jigarrang)

Iroda: Ha. Haykaldan olingan. Lekin bu ko`zim ko`radigan narsalarni ko`rishni hohlamayman. Shunga bog`lab yuraman. Nima deysan qo`rqinchilimi?

Kamol: Yo`q senga yarasharkan.

Iroda: Balki.

Kamol: Savol bersam maylimi?

Iroda: Mayli.

Kamol: O`sha kuni Shifoxonaga nega borganding? Qo`linda qo`g`irchoq?

Iroda: Shunchaki o`zim.

Kamol: Kimnidir ko`rganimi?

Iroda: Ha.

Kamol: Qadirli insonmidi?

Iroda: Shunga o`xshash.

Kamol: Judayam shubxali voqealar bo`lyabtida.

Iroda: Nima bulardan xabaring yo`qmi?

Kamol: Aynan nimadan?

Iroda: Qarg`ish tekkan b66 sinfiga nima bo`lganindan?

Kamol: Yo`q.

Iroda: Unda Eshit. Ancha yil muqaddam b66 sinfida bir qiz bo`lgan. U judayam aqilli va a`lochi edi. Hammaning unga havasi kelar o`qituvchilarham uni yoqtirardi. Lekin bir kuni u olamdan o`tti. Bir o`zi emas oila azolari bilan bu dunyoni tark etdi. Butun maktab bunga ishonmasidi. Hamma shok holatiga tushgandi.

Kamol: Qanday qilib o`lgan?

Iroda: Hamma xar xil gapiradi. Bazilar avtaxalokat desa, basilar yong`in tugayli deyishadi.

Oradan oz vaqt o`tgandan keyn sinfdagi bir qiz o`lgan qizning partasini ko`rsatib: “U o`lmagan mana o`tiribtiku. U tirik” deya boshladi. Bu gap huddi virusdek butun sinfdagi o`quvchilarga yuqdi. Hamma qizning tirikligini va xar kuni darsa kelayotganini gapirishardi. Ularning sinf rahbari esa o`quvchilarini qo`llab quvatlardi. Xattoki bitiruv oqshomida qizga bo`sh stul ham qoldirishti. Bitiruv tugab hamma birga rasmga tushishdi. Albatta bo`sh stul ham. Ertasi kuni rasm chiqqanidan keyn hamma shokka tushib qolgandi. O`sha bo`sh stulda olamdan o`tkan qiz jilmayib o`tirardi. Sinfdoshlariku buni odatiy qabul qilishdi lekin boshqalar.

Kamol: Bu haqiqatmi?

Iroda: Ha hohlasang Kutubxonaga kirib xar yili saqlab qo`yiluvchi bitiruvchilarning rasmlarini ko`rishing mumkin.

Kamol: Hop. Lekin bularni hozirgi kunga nima aloqasi bor?,

Iroda: O`sh voqeadan beri o`qituvchilar xar yili b66 sinfi uchun 30 ta parta tayyorlab qo`yishadi. O`quvchilar ro`yhatida ham 30 ta o`quvchi. Lekin o`quv yili boshlanganida partalar soni 31 taga ko`payib qoladi. O`quvchilar ro`yhatidagilar ham. Lekin kim ortiqchaligini hech kim topolmaydi.

Kamol yutunib qo`yib: K.k.keyinchi.

Iroda: O`sha ortiqcha o`quvchi aniqlanmagunicha sinfdagilar soni kamayib boraveradi. Xattoki ular maktabni bitirib ketkan bo`lsa ham…

Kamol yerga (polga) qarab o`ylanib qoldi.

Iroda: Mayli endi ketaqol.

Kamol Iroda tarafga qaradi. U yo`q edi.

O`rnidan turib magazin eshigi tomon yura boshladi. Eshikka yaqinlashkanida

Kampir: Yosh bolalarni bu yerda ko`rish noodatiy hol. Marhamat ichkariga kiring. Hohlaganingizni tanlang. Narxlarini arzonlashtirib beramiz.

Kamol qo`rqib cho`chib, sekin tashqariga chiqib uyga ketti.

Hilola haliyam kasal edi. Negadir boshi qattiq orirdi.

Kamol: Hola sizga nima bo`ldi?

Hilola: Hovotir olma. Charchaganimdan bo`lsa kerak. O`zini o`qishlaring yaxshimi?

Kamol: Ha bo`ladi. Yomonmas.

Hilola: Chunarli.

Ertasi kuni yana o`sha sirli maktabga.

Hilola: Kamol billa ketamiz. Bosh og`rig`im ancha qoldi

Kamol: Unda hursamman.

Maktabgayam bir pasta yetib kelishti. Kamol mashinadan tushishi bilan

Ahror: Qaleee?

Kamol ko`rishib bosham urishtirib qo`yishti .

Kamol: Damolish qale bo`ldi?

Ahror: Yomonmas. Birinchi soat Adabiyot. Kechikse ustoz kallamizzi ob tashilla

Kamol: Kettik unda.

Ahror: Etkanda Hilola opa bilan billa kepsan? Kiming bo`ladi?

Kamol: Holamlayu

Ahror: A shunaqami?

Gaplashib sinfgayam yetib kelishti. Kamol kirishi bilan Irodaning partasiga qaradi. Bugun u o`z joyida, oynadan tashqarini tomosha qilib o`tirardi.

Kamol oldiga borib so`rashmoxchidi lekin shubxalari tufayli va qolganlar uni noto`g`ri chummasin deb indamadi… O`qituvchi kirib darsni boshladi. Hamma kitobdan boshini ko`tarmas berilgan mashg`ulotlarni o`qish bilan ovora edi. Faqatkina Kamol o`ylaridan ortomasidi. Darsni yarmiga yetkanda Iroda o`rnidan turib xonani tark etdi. Hech kim xatto o`qituvchixam bunga e`tibor bermadi. Bu yanayam shubxa va hayratti ortishiga sabab bo`ldi. Birinchi soat ham tugadi. Tanaffusga chiqgan Kamol Irodani qidira boshladi. Birinchi kutubxona. Keyn hovli va oxiri Maktab tomi.

Kamol: Shuyerdamiding?

Iroda: Ha. Buyer tinch shovqinlarsiz.

Kamol: Tinchlik yoqadimi?

Iroda: Ha…

Kamol: Sinfdegilar negadir o`zgargandek.

Iroda: Sanga etkandim. Mandan uzoqroq yur dib. Mana endi kech.

Kamol: Kech? Nimasi kech?

Iroda: Hali o`zin chunasan Man ketishim keregidi. Ko`rishkuncha.

Kamol: Qayerga?

Iroda: Uyga

Kamol: Darschi?

Iroda: Nima qilaman darsda. Babiram buni ahamiyati bo`lmasa.

Kamol: Nega keremas?

Iroda: Axir man bu yerda yo`qmanku. Xayr man kettim.

Kamol yuz ifodalari o`zgarib: Ko`rishkuncha.

Iroda tom eshigi tomon yurib ketti. Kamol aaancha voxt hayol surib o`tirdi. Telefoniga kelgan sms hayollar olamidan chiqishiga majbur qildi.

Kamol: Kimdan keldi ekan? aa Ahrordan ekanku. sms ni ochti.

“Kamol dars boshlandi kemisanmi? Kegin mavjud bo`lmaganlarga o`ralashib qolmaganing maqul.”

Kamol: Mavjud bo`lmagan?? u sinfga tushib darsda qatnashishni davom ettirdi.

Tanaffus hammas sinfda

Kamol: Ahror. Boyagi smsinga chummadim.

Ahror: Man haligi?

Kamol: Mavjud bo`lmagan deganing nimasi?

Charos suxbatga qo`shilib: Ahror?

Ahror: Man haligi.. Shunchaki yozgandim.

Kamol: Nimanidir Mandan yashirvossilade. Balki bilishim keredir?

Charosh: Bilishin kere bo`gan narsa hamma bilanam suhbatlashurma. Man sani ogohlantirdim.

Kamol: Shunaqa bo`laqosin. Lekin man hammasini bilmagunimcha to`xtamiman.

Kamol xonadan chiqib ketti. Telefonini olib Sobriyaga telefon qildi.

Sobriya: Alyoo. Endi telefon qilmoxchi bo`b turudim.

Kamol: Nima bo`ldi?

Sobriya: Bilasizmi halok bo`lgan qiz qanaqadir kasallik tufayli olamdan o`tkanakan. Keyn…

Kamol: Keyn??

Sobriya: Hozir liftga kirvoli dovom ettiramiz.

Kamol: Hop…

Sobriya: Qatta to`xtudik. Ha o`sha qiz. Uni ismi…. qanaqadir shovqinli ovozla eshitila boshladi. Shig`illashlardan keyn Buuum. Telfon jim bo`lib qoldi.

Kamol: Alo alo Sobriya. Lekin jimlik. U telefoniga qaradi suhbat yakunlangan. Qayta telefon qildi. O`chiq. Yana telefon qildi O`chiq….

Kamol ko`ynida g`ashlik bilan sinfga qaytti. Bir pasta darslayam tamom bo`ldi. Kamol uyga ketmoqchi bo`b turganida Charos yo`lini to`sib: Sani o`qituvchilar xonasida chaqirishyabti.

Kamol: Raxmat..

O`qituvchilar xonasida 2 ta militsiya hodimi va ikta bez formadagi odamla uni kutib turishkanidi.

Militsiya hodimi: Kamol sanmi?

Kamol: Ha.?

Militsiya hodimi: Sobriyani tanisanmi?

Kamol: Ha u mani hamshiram edi.

Militsiya hodimi: Bugun u bilan gaplashganmiding?

Kamol: Ha lekin nima bo`ldi?

Militsiya hodimi: U bugun baxtsiz hodisa tufayli olamdan o`tti.

Kamol: Nima? Nima bo`ldi?

Militsiya hodimi: Lift ishlami qolgan va ……

Kamol: Ex afsus… Man shubxa ostidamanmi?

Militsiya hodimi kulib qo`yib: Yo`q shunchaki so`ragani kelgandik. U bilan telefonda nega gaplashganingni so`rash uchun.

Kamol: Shunchaki…

Militsiya hodimi: Chunaman.. Mayli boroqal.

Kamol ming hayollar bilan uyga ketti.

Yana bir kun o`tti.

Bugungi kun yomg`irli… Yana o`sha maktab… Darsning ikkinchi soati tugab Hamma tanaffusga chiqa boshladi. Kamol karidorda turgan Irodaning oldiga bordi.

Kamol: Salom. Darslarda ko`rinmadin?

Iroda: Kirgim kelmadi.

Kamol: Chunarli. Bilasanmi kecha..

Iroda: Xabarim bor butun maktabda shu gap. Sarvarga qiyin bo`ldi. Opasidan ayrilish osonmas.

Kamol: Demak Sarvar ekande uning ukasi.

Iroda: Ha.

Kimdir Kamolni ismini etib chaqirdi. Kamol orqasiga qaradi u yerda Muhlisa turgandi.

Kamol: Eshitaman.

Muhlisa: Bilasanmi Sarvarning uyiga bormoxchidik. Hohlasang birga yur.

Kamol: Yaxshi boramiz.

Muhlisa bir oz turib nimadandir cho`chigande pasga tushish uchun zinadan yura boshladi. Oyog`I qishayib qo`lidan soyaboni chiqib ketti. Yerga tekkan soyabon aynan Muhlisa yeqilayotgan joyda ochilib uchi unga qarab qolgandi. Yeqilayotgan tana og`irligi soyabon Muhlisaning tomog`idan teshib o`tishiga yetarli edi. Qanchadir soniyalar ichida chinqirish va qonli yakun. Kamol zina tomonga yugurdi. Pasda esa daxshatli xolat. Pol qon bo`lishga ulgurgan. Sanchilgan soyabonning uchi naxt umirtqa pog`onasini yonidan chiqib turgandi. Daxshat…. Militsiya hodimlari shifokorlar maktabni bosib ketti….

Oz vaqt o`tkandan so`ng hammasi bosti bosti bo`lib sal tinchigandek edi. Bu orada Kamol 2 kung maktabga chiqmadi. O`ziga kelib olish uchun albatta.

Ertalab Hilola: Kamol turaqol. Maktabga borishin kerak.

Kamol indamadi va o`rnidan turib dushga kirib chiqti. Nonushtaga faqat bir bakal kofe ichti. Hilola indamadi. Bilardi bu voqealar qanchalar daxshatli. Unga ko`nikish esa judayam qiyin edi… Mashinada ketisharkan

Hilola: Kamol bugun san bilan sinfilaga kiraman.

Kamol: Hop…

b66 sinfga kirishti.

Hilola: Salom o`quvchilar. Bilaman hammelaga hozir qiyin. Lekin Hudo shuni hohlagan ekan. Hammaga sabr tiliman. Buyog`iga bir birilaga e`tiborli bo`lilar va yana bir ikki og`iz gaplar. U xonani tark etdi.

Ahror: Komolga qarab. Holen chiroyli qizde

Kamol bu hazildan na kulishi na jaxli chiqishini bilasti: Raxmat. bu gappi reflexdek gapirdi.

Charos: Bu mani aybim axir man Himoyachi edim. Bu voqeani oldini ololmadim.

Kamol: Bu nima deganin? Axir hamma biladiku bu baxsiz hodisaligni.

Charos: Yo`q barbiram. Man ishimmi bajarolmadim

Kamol: Bunga san aybdormassan.

Charos sal o`ziga kelib: Ha. Bunga faqat bittasi aybdor. Kamol oldindan uzr so`riman. Bilaman sanga qiyin bo`ladi. Lekin shu bizaga kerak. Kechir.

Kamol: Chummadim?

Charos. Keyn bilasan.

Kamol: Ha maylin.

Bugungi dars kuniyam tugadi.

Ahror: Kamol uzur do`stim deb u bilan xayrlashdi.

Ertasi kuni Kamol darsga keldi. Xonaga kirsa hech kim yo`q. O`yladiki voxli kelgan bo`lsam kerak. Ozgina o`tirib tashqariga chiqib kelish uchun xonani tark etti. O`n daqiqalardan keyn xonaga kelsa hamma shu yerda. Charos majlis qilib hammaga nimalarnidir gapirayotgan edi. U kelishi bilan Charos gapirishni to`xtatti. Va “Hamma gaplarimmi chundi a” deb joyiga o`tirdi.

Kamol” Hammaga Salom dib joyiga o`tirdi va yonida o`tirgan Jalolga: Nima bo`ldi nima haqida majlis qildilar? Jalol e`tibor bermagande unga indamadi. Kamol atrofidagilardan birma bir so`rab chiqti. Hech kim indamadi. Tanaffusda ham Ahrorga gapirgandi uyam javob qytarmadi. Huddi Kamol bu yerda yo`qdek. Ikkinchi soat boshlanib hamma sinfga kirdi. Darsning yarmida Kamol xonani tark etti. Qizig`I hech kim unga e`tibor bermadi xatto o`qituvchi ham. Sinfdan chiqib to`g`ri kutubxonaga bordi.

Azamat: Komol kel.

Kamol: Assalomaleykum Azamat aka. Manga bitiruvchilar albomi keregidi.

Azamat: Tokchalarning oxirrog`ida turibti. Bemalol ob ishlatur.

Kamol albomni olib birma bir varaqlab ko`ra boshlagandi.

Azamat Kamolni tepasiga keb: Qidirayotgan narsang bu yerda emas.

Kamol: Unda qayerda?

Azamat: Kim biladi disan?

Kamol: Bir savolim bor edi.

Azamat: Bemalol.

Kamol: Kutubxonaga Mandan boshqa yana kimdir kirib turadimi ?

Azamat: Irodani nazarda tutyabsanmi?

Kamol qanaqadir xursan bo`b ketti: Ha ha o`sha.

Azamat: Nega so`rayotganingni bilaman. Shubxa ostida qolgansan to`g`imi?

Kamol: Ha. Huddiki u hayotda yo`qdek.

Azamat: U bu maktab b66 sinfi uchun yo`q.

Kamol: Nega?

Azamat: Yaxshisi Irodaning o`zidan so`rayqol. Uni qayedan topishni bilasanmi?

Kamol: Manimcha ha.

U maktabdan chiqib to`g`ri o`sha magazinga bordi. O`sha tobut oldidagi haykal odiga borib turgandi

Iroda: Yana shu yerda ko`raman dib o`ylamagandim.

Kamol: Maktabda g`alati voqealar bo`lyabti.

Iroda: Qanaqa ekan?

Kamol: Sinfda hech kim manga gapirmayabti. E`tiboram berishmayabti Huddi…

Iroda: San yo`qdekmi?

Kamol: Ha.

Iroda: Endi shu qarorga kelishibtide.

Kamol: Demak sani ham.

Iroda: Ha... Ho`sh mavjud bo`lmaslik qale ekan?

Kamol: Havasqiladigan darajda emas. Lekin hursandman.

Iroda: Nimadan?

Kamol: Iroda haqiqatdan mavjudligidan.

Iroda Jilmayib qo`ydi: Yur biznikiga chiqamiz.

Kamol: Hop.

Iroda zal chetidagi parda ortidagi zinaga olib borib tepaga yo`l boshladi. Tepada hammasi odatiy xonadon. Oshxonaga kirishti. Iroda muzlatgichdan 2 ta (bankali) cola olib birini Kamolga uzatdi.

Kamol: Raxmat... colani ichiiib suxbatti davom ettirishti.

Iroda: Magazin oyimga tegishli. Ichidagi haykallarni o`zlari yasidila.

Kamol: Endi chunarli nega haligi haykal sanga o`xshashi.

Iroda. Ha. Suniy ko`zimni ham oyim yasaberganlar. Baxsiz xodisa tufayli ko`zim shikaslangandi…

Kamol: Sanga yarashadi. Bog`ichni yechib yuraver.

Iroda: O`ylab ko`raman. E`tibor bergan bo`lsang sinfimizni raqami huddi 666 ga o`xshidi. Iblisning belgisidek. Maktab raqami ham 13. Balki bu tasodifdir lekin baribiram shubxali.

Kamol: Ha maniyam hayolimga kelgandi.

Iroda: Hammasi shubxali.

Kamol: Judayam.

Iroda. Bilasanmi? Bu o`yin ancha yil oldin boshlangan. Irodaning sinfdoshlari.

Kamol: Iroda?

Iroda: Ha aytgancha o`sha baxtsiz xodisa tufayli olamdan o`tkan qizning ham ismi Iroda bo`lgan.

Kamol: Chunarli.

Iroda: Irodaning sifdoshlari boshlagan o`yin haliyam dovom etmoqda. Ular o`zi bilmagan holda b66 sinfida o`lim eshigini ochib qo`yishgan. (majoziy ma`noda) Bundan qutilish uchun xar xil xarakatlar qilib ko`rishgan. Lekin foydasi bo`lmagan.

Kamol: Masalan?

Iroda: Sinf nomini o`zgartirib yoki boshqa xonaga o`tib. Lekin bittasigini foyda bergan.

Kamol: Qanaqa ekanu ?

Iroda: Sinfdagi o`quvchilardan birni yo`qdek qabul qilish. Agar haqiqatdan ham u yo`q bo`lsa lanat to`xtidi. Keyngi yilgacha albatta. Bu faqat bir marttagina amalga oshgib b66 sinfini omadi keb qolgan. Shundan beri bu voqeani takrorlashga xarakat qilishadi lekin hech foydasi bo`lmidi. Boshqa umid yo`qligidan nechchi yillardan beri shu ahvol…

Kamol: Nima uni topishni iloji yo`qmi?

Iroda: U ham odamlar singari tanaga ega. Qoni, tanasi, rangi, ko`rinishi, fikrlashi bir xil. Shunga aniqlab bo`midi.

Kamol: Chunarli. Endi man ketaqoli. Uyga borishim keregidi.

Iroda: Hop ko`rishkuncha. Eshik buyerda magazindan chiqish shartmas

Kamol: Raxmat. Ko`rishkuncha.

Kamol uyiga borgach holasi bilan onasi haqida gaplashib o`tirishibti. Ancha voqealarni eslashti.

Kamol: Hola b66 sinfda o`qiganizda nimalar bo`lgan? Qanaqqib lanatdan qutilib qolgansilar?

Hilola: To`risi u voqealarni eslay olmayman. Qancha xarakat qildim lekin eslay olmadim.

Kamol: Chunarli… Endi manam mavjud bo`lmaganlardanman.

Hilola: Demak shu qarorga kelishibtide.

Kamol: Shunaqa.

Hilola: Axir o`lik emasligingni o`zin bilasanku Shunga xovotir olma.

Kamol: Aha hop

Hilola: Bilasanmi faqatkina o`quvchilar emas balki ularga aloqodor insonlaram murda bo`lishi mumkin.

Kamol: Qanaqasiga ? Aynan kimlar?

Hilola: O`qituvchi, Sinfga aloqadar insonla, O`quvchilarning qarindoshlari.

Kamol: Umuman chunmi qoldim? Unda ortiqcha o`quvchi qayerdan kelgan?

Hilola: Axir bu hammasi murdaning ishi.

Kamol: Demak?

Hilola: Ha…

Kechki ovqatdan so`ng Kamol xonasiga kirib o`ylay boshladi. “Hamma bo`lishi mumkun ekande? Undaaa…”

Kamol maktab karidorda ketarkan oldidan Iroda chiqib: Kamol balki bo`ldi qilarsan?

Kamol: Nimani nazarda tutvossan?

Iroda: Sani anchadan beri kuzataman. Murda sansan!

Kamol: A nima? dib oynadagi aksiga qaradi. Uning bir ko`zi qizarib qonasha arafasida. O`ng qo`li bilan yuzini ishqalaganda terisi ko`cha boshladi. Qo`liga qaraganda barmoqlari qanaqadir ko`karib qoramtir tusga kirgandi…

Cho`chib uyg`onib ketkan Kamol sal o`ziga kegandan keyn: Huh tushimakana…

Ertasini kuni hamma sinfda. Birinchi soat hali boshlanib o`qituvchi sinfga kirishiga ozroq vaqt bor. Shu payt ko`zida yosh bilan Nodir (sinfdoshladan biri) kirib keldi.

Nodir to`g`ri o`qituvchi stolu yoniga borib sumkasini uning ustiga qo`ydi.

Nodir: Sinfdoshla hammasi jonimga teydi. Nima qilishshi bilmi qoldim. O`limim qachon kelarkan dib kutib yashurmimanku. Barbiram bu lanattan qutilolmaymiz. Mani kechirilar. dib sumkasidan o`rtacha kattalikdagi pichoqni oldi. Hamma qo`rqib ketti. Nima diyishni va nima qilishni bilmastan qotib o`tirishiradi.

Nodir: Mana shu qo`rquv jonimga teydi. Balki kuchsizdirman lekin bundan qutilganim yaxshi deb o`yladim…

Nodir qo`lidagini yuz qismiga olib keldi va og`zini ochib to`g`ri tomog`iga pichoqni tiqti. Og`iz bo`shlig`i kesilgandan keyn chiqayotgan qon hovo yo`lini to`sib “hirillab yo`talishshi” boshladi. Har yo`talganida qon to`risida o`tirgan o`quvchilarga sachrardi. Bir oz qiynalganindan so`ng yerga yiqilib jon berdi. Buni ko`rish daxshat.

Hamma shokda edi. Hech kim hech narsa deya olmasti. Shu payt xonaga o`qituvchi kirdi. Bo`lgan voqeani ko`rib: Hamma tashqariga chiqsin dib baqirdi.

O`quvchilar bu gapdan sal o`ziga kelib tashqariga chiqib ketishti. Xonada Nodirning tanasi o`qituvchi va Kamol qolgandi.

O`qituvchi: Kamol yaxshimisan?

Kamol: Bilmadim. O`zimam chummayabman.

O`qituvchi: Hamma sinfdoshlaringa et uyga ketishsin. Ertaga gaplashamiz.

Kamol: Lekin ahir… yordam…?

O`qituvchi: Derektor bilan o`qituvchilarni bu yerga chaqirib yubor. Etkanlarimni tezroq qil!

Kamol: Hop…

Hamma uyiga ketish uchun maktab eshigi oldiga borishti.

Kamol Irodaning oldiga borib: Kuzatib qo`yaman.

Iroda: Shart emas.

Kamol: Savollarim bor edi.

Iroda: Unda maylin.

Bir ikki qadam yurishkanidan keyn mashinanig tormoz ovozi va qarsillagan ovoz eshitildi. Orqaga qarashti “hozirgina Barno (yana bir sinfdosh) mashina urib ketkandi”. Katta tezlikda zarb yegani uchun tizzadan past qismi uzulib ketkan, qiz esa o`sha joyni o`zida jon bergandi. Boshqaruvni yo`qotgan mashina yo`l chetidagi daraxtga urilib, ichidagi odam oynadan uchib chiqqandi. Bosh qismi bilan daraxtga urilgani uchun u ham o`sha joyda jon berdi.

Kamol Ahror voqea joyiga yugurib borishti. Yerdagi daxshatli manzaradan Ahror qayt qilib yubordi.

Kamol: Rolda ayol kishi bo`lganakan.

Ahror mashiga qaradi va hayratda: Ahir bu Barnoning onasiku…..

Barcha o`quvchilar ikki kun maktabga chiqishmadi. O`qituvchilar buni chunishardi…

Uchinchu kuni hamma maktabga kelgan. Birinchi soat boshlanmasidan oldim Charos yig`ilish qildi.

Charos: Biz ko`rayotgan chora yordam bermagani sababli Kamol va Iroda endi mavjud bo`lmaganlardan emas…

Oradan 2 oy o`tdi. Bohorning o`rtasi, kunla ayni qizigan paytlar.

Mana yana hammasi deyarli o`z holiga qaytti. Voqealar tinchigandek edi. Sinfda osoyishtalik. Ancha vaqtdan beri baxtsiz hodisalar ham bo`lmay qoldi. O`quvchilar ancha hotirjamlashkandi.

Boshqa hikoyalar