Sirli 2020 (To`liq). by Alcor yoki Skrillex (4-bet)
bor edi.
O`qituvchi: Yaxshi unda qolganlarni kutaman…
Darslar tugab Hamma uy uyiga keta boshladi.
Bahora: Yulduz ko`rishkuncha
Yulduz: Omadini bersin dugonajon
Kamol Irodani oldiga kelib: Kuzatib qo`yaman.
Iroda: Mayli.
Kamol: Ertaga boradigan bo`lganimiz yaxshi bo`ldi.
Iroda: Qaydam.
Kamol: Kechka yaqin vaqting bormi ?
Iroda: Nega tinchlikmi?
Kamol: Haligi rasmni topkandim.
Iroda: Kechga vaqtim yo`q edi yaxshisi ertaga o`zing bilan ovol.
Kamol: Hop
Ertasi kuni hamma maktab oldida yig`ildi.
Hilola: Xuramatli o`quvchilar. Bugun Man Azamat aka va Sinf rahbarilar kuzatuvida maqbaraga chiqsizlar. Undan oldin tog` yonidagi Mehmonxonaga joylashamiz. Iltimos o`zilarga ehtiyot bo`lilar. Marhamat hamma avtobusga.
Bu paytda Bahora oilasi bilan mashinada shaxardan chiqib ketayotkan edi.
Bahoraning dadasi: Shu tog`li yo`ldan o`tvosek hammasi yaxshi bo`ladi.
Bahoraning onasi: Ilohim.
Bahora o`ylanib ketardi. “Bu qarg`ishtan qutilarmikinmiz?”
Tog`dan toshlar xarakatlanayotgan ovozi eshitildi. Uncha katta bo`lmagan tosh bo`lagi Mashinaning oldi oynasiga kelib teydi. Hech kimga zarar yetmagan bo`lsada yo`l ko`rinmi qolganligi sababli ular pastlikka qulab ketishti. Yana bir qurbon(lar).
Yulduzning oilasi uyda o`tirishkan edi. Yulduzning onasi oshxonaga kirganida qayerdandir gaz hidi kelayotgandek tuyuldi. Yerto`ladagi suv isitish pechidan xabar olish uchun tushti. Pechkadagi olov o`chib qolib gaz gurillab chiqib yotkan edi. Nimaligini ko`rish uchun svetni yoqqanida… Yana bir qurbon(lar)
Avtobus ham mehmonxona oldiga yetib keldi. Hamma birin ketin tusha boshladi.
Jamshid: Kelilar bir rasmga tushib qo`yaylik. Estalik uchun…
Qani jilmayinglarchi… Hech kimda jilmayadigan kayfiyat yo`g`idi…
Mehmonxonaga endi kirib joylashishni boshlashganida jala quyib yubordi. Joylashib bo`lib mehmonxona zaliga chiqishti.
Azamat aka: Jala quygani sababli maqbaraga chiqishni ertaga qoldiramiz. Buguncha shu yerda qolamiz.
Charos: Uyga qaytsak bo`lmaydimi?
Azamat aka. Agar bugun ketsak ertaga qaytib kelolmaymiz. Yo`llar suv tagida qolib ketadi.
Kun kech bo`ldi. Kechki ovqat payti. Hamma Mehmonxona oshxonasida ovqatlanib o`tirardi.
Iroda: Kamol haliroq xonamga kela olasanmi?
Kamol: Ha.
Iroda: Rasmni ovolish esindan chiqmasin.
Kamol: Hop
Shu payt kimdirning hirillab nafas ola boshladi.
Azamat aka uning oldiga borib: Nima bo`ldi?
Yonidagi astmaga qarshi ingalyatorni ko`rib uni oldi. Boshib ko`rsa tugagan ekan.
Azamat aka: Boshqasi bormi?
O`quvchi yo`q degandek boshini chayqab qo`ydi.
Azamat akatTelefonini olib kasalxonaga qilaman degandi aloqa 0.
Azamat aka: Tez kasalxonaga telefon qilinglar. Manda antenna chiqmayabti.
Qolganlardayam shu ahvol edi.
Mehmonxona hodimasi: Bizdaham uch kundan beri aloqa yo`q.
Azamat aka: Unda uni o`zim kasalxonaga olib boraman... Azamat aka o`quvchini mashinasiga o`tqazib kasalxonaga ketti.
Hilola: Vahima qilmang. Hammasi yaxshi bo`ladi…
O`quvchilar ovqatlanib bo`lishgach hamma xonasiga tarqadi.
Bir pastan keyn Irodaning eshigi taqilladi.
Kamol: Kirsam maylimi?
Iroda: Eshik ochiq kiraver… Ho`sh olib keldingmi?
Kamol: Ha mana.
Iroda rasmni olib stol ustiga qo`ydi. Ko`zidagi bog`ichini yechib o`ng ko`zini yopib chap ko`zida (suniy ko`zi bilan) rasmga qaradi.
Iroda: Bu yerda murdani topdingmi? Iroda kimligini bildingmi?
Kamol: Ha sharpaga o`xshab tushkanide.
Iroda: Uni atrofida qandaydir rang bormi?
Kamol hayron bo`lib: Yo`q. Atrofi odatyi.
Iroda: Chunarli.
Kamol: Nima bo`ldi?
Iroda: Sanga aytkandima suniy ko`zim boshqacha narsalarni ko`radi deb.
Kamol: Ha aytkanding. Lekin nimani ko`rishini aytmaganding.
Iroda: O`limni yani o`lim rangini.
Kamol: U qanaqa rang bo`ldi?
Iroda: Bilmadim. U hech qanaqa rangga o`xshamaydi. Noodatiy rang. Agar odam o`limga yaqin bo`lsa u rang sal hiraroq agar o`lgan bo`lsa u rang tinniq ko`rinadi. Man murdaning rangi qanaqa bo`lishini ko`rmoqchi edim. Mana endi bilvoldim. U ancha tinniq ko`rinar ekan.
Kamol: Shuning uchun mani murda emasligimni bilgan ekansanda?
Iroda: Shuning uchun ham. Esingdami manga o`xshidigan haykalni ko`rganing?
Kamol: Esimda.
Iroda: U holamning qizlari Nigora. Onam u o`lgandan keyn haykalini yasagan edilar. Biz huddi ikki tomchi suvdek bir birimizga o`xshar edik. Balki egizak bo`lgandirmiz.
Kamol: Unga nima bo`lgan edi?
Iroda: Yuragi kasalligi sababli olamdan o`tdi. Unga bizning magazin yoqar edi. Ayniqsa ichidagi bir qo`g`irchoq. Biz ko`p vaqtni birga o`tqazardik. Lekin afsus…
Kamol Sobriyaning telfondagi gapini esladi “Nigoramidi Irodamidi”.
Kamol: Demak o`shanda u uchun qo`g`irchoq olib kelgan ekansanda?
Iroda: Ha uning uchun
Kamol: Unda hozir murda kimligini bilar ekansanda?
Iroda: Maktabda bog`ichimni deyarli yechmas edim.
Kamol: Lekin kimligini bilasan?
Iroda: Ha. Murda…
Shu payt eshik qarsillab ochilib ichkariga Ahror harsillab yugirib kirdi.
Ahror: Man man yomon ish qilib qo`ydim
Kamol: Nima bo`ldi?
Ahror: Jo`shqin eslaringdami? Jasurov?
Kamol: Ha esimizda. Sinfdoshimizku.
Ahror: Ahmoqman ahmoqman.
Kamol: Chuntiribroq gapirsangchi.
Ahror: Biz Jo`shqin bilan gaplashayotkan edik. Negadir o`zini boshqacha tutayotkande bo`ldi. Manda shubha tug`ildi. San murdamisan dib savol berdim. U o`zini yo`qotib qo`ygandek bo`lib keyn jaxl qildi. Ishonchim komil bo`gandi. Uni murda dib o`ylabman… Lekin sila eslaganiladan chundimki murda u bo`lmagan ekan. Axir u murda bo`lganda hotiramizda o`zgarishlar bo`lgan bo`lardiku.
Iroda: Uni o`dirdingmi?
Ahror: Hech narsani chunmi qoldim. O`zimga kelib ikkinchi qavatdan pastga qarasam Jo`shqin qonga belanib yerda yotibti
Iroda: Mana ahmoq.
Kamol: Yoki u murda emas yoki hali o`lmagan.
Ahror: Nima?
Kamol: Ha ikkinchi qavatdan yeqilish faqat o`lim bilan tugamaydi.
Ahror: Jin ursin. dib oynadan hovliga qaradi. Bu yerdan yiqilgan joyi ko`rinmasakan.
Kamol: Bechoraga yordam kerak. Yurilar.
Karidorga chiqishkanida ro`parasidan Jalol chiqib qoldi.
Ahror: Jalol Jo`shqinni ko`rmadimmi?
Jalol: Ko`rdim. Hozi oldimga kegandi hammayog`i loy. Nimadandir jaxli chiqqandi.
Ahror: Hudoga shukur.
Jalol: Nima bo`ldi o`zi?
Kamol: Hammamiz pasta yig`ilaylik.
Pastga tushishkanida ularni Charos ko`rib qoldi.
Charos: Nima bo`lyabti?
Ahror: Haligi Haligi. Sal qolganda…
Charos:
Kamol: Hech narsa. O`zin nima qilyabsan?
Charos: Haligi kaseta yo`qolib qoldi.
Kamol: Nima? Qayerga yo`qoladi?
Charos: Boya Dilafruz bilan Umida kirgan edi…
Shu payt Kamolni oyog`ini kimdir ushab oldi. Qo`rqib ketib pastga qarasa Jamshid polda yotkan edi.
Kamol o`tirib Jamshiddi turg`azaman dib yelkasidan ushaganida qo`li qanaqadir namliga teydi. Tortvosa qon.
Kamol: Jamshid nima bo`ldi?
Jamshid zo`rg`a: Oshxonada mehmonxona xodimi….
Kamol: Ahrorni Jamshidga qara. dib o`zi Oshxona eshigini ochti. Ichkarida yong`in. Mehmonxona xodimini esa pichoqla tiqib devorga sanchib qo`yishkandi.
Kamol: Mehmonxonada yong`in.
Ahror: Nima?
Shu payt ikkinchi qavatdan chiqiriq ovozi eshitildi.
Charos: Umidani ovozi. Hamma tepaga yugirishti.
Kamol: Ahror san Jamshidga qarab tur.
Hamma tepaga chiqti. Charos Umidaning xonasiga kirdi. Xonada hech kim yo`q. Lekin hamma yoq qon.
Jalol: Nima bo`lgan bu yerda?
Charos: Umida Umida… Umidaaa.
Karidorda kimnindir yugurib kelayotkani eshitildi. Kamol chiqqanida Jamila keb unga turtilib ketti.
Kamol: Nima bo`ldi?
Jamilani yuzlari oqarib ketkandi. Huddi nimadandir qo`rqqandek: Anavi yerda Mehmoxona hodimasi aqildan ozib hammani pichoq bilan o`ldiryabti
Ahror: Nima?
Kamol: Ahror? Jamshida qara degandimku.
Ahror: Jamshid endi yo`q
Yana chinqiriq eshitildi. Kamol biza uyoqqa boramiz. Ahror Jalol bilan Holammi oldiga borib ogohlantirilar.
Endi tarqashkanida mehmonxona kalonkalaridan (shifta turadigan) kasetadagi gaplar eshitila boshladi. Gaplar tugagandan keyn,
Dilafruz: Murda oramizda. U Iroda. O`ylab ko`rin uni nega bir ko`zi suniy? Chunki u yoshligida o`lgan. Qayta tirilish esa oxirigachan bo`lmagan. Shuning uchun bir ko`zi suniy.
Ahror Jalol bilan Hilolani xonasiga borishti.
Ahror eshikni taqillatib: Hilola opa shuyerdamisiz? Hech kim indamadi.
Ichkariga kirishti, hech kim yo`q.
Iroda Charos Kamol karidorda ketishayotkanida yo`lidan qolgan sinfdoshlari chiqishti. Kimnidir qo`lida pichoq kimdadir qaychi.
Dilafruz: Ana murda o`ldiringlar. din Irodani ko`rsatdi.
Ikta bola pichoq bilan tashlanaman diganda Kamol yo`lni to`sib qoldi.
Holiq: Yo`ldan qoch!
Kamol: Aqillaringni yig`larin Iroda murda emas.
Holiq endi uraman diganda Kamol chap berib chakakiga mush tushirdi. Holiq gurs etib yiqildi. Ikkinchisiniyam uraman diganda Iroda Kamolni qo`lini ushlab “Kerakmas” digande boshini chayqab qo`ydi. Kamol Irodani qo`lini qattiq ushlab orqaga zal tarafga yugurib ketishayotkanida yo`lligidan Jo`shqin chiqib qoldi. Qo`lida sinfdosh qiz qonga belanib yotkandi.
Jo`shqin: Ups. Bu murda emasakanku Lekin farqi yo`q. Iroda endi sani navbating. dib ular tomon yura boshladi. Shu payt yo`lni Hilola to`sib qoldi.
Hilola: Bo`ldi yetar shuncha qotillik. O`zilarga qarnaglar mahluqga aylanib qobsilarku. Yetar
Jo`shqin Hilolani pichoqlab tashladi. U jonsiz yerga dumaladi.
Kamolni Jaxli chiqib: Nima qilib qo`yding? Iflos. Jo`shqinni itarvorib Holasini poldan ko`tarib venasini tekshirib ko`rdi. Puls bilinmadi.
Jo`shqin o`rnidan turib endi Kamolga pichoq uraman diganda Charos taxta bilan uni boshiga tushirdi.
Charos: Yetar shuncha qotillik. Kamol Uni tashqariga olib chiq.
Kamol Jo`shqinni ushlab tashqariga olib chiqti. Bu payta yong`in ancha joyga tarqashka ulgurgandi. Sinfdagi tirik qolgan o`quvchilarning yarmi tashqarida. Kamol Jo`shqinni ulaga berib orqaga qaradi na Iroda na Charos bor. Ichkariga yugurib kirib ikkinchi qavatga chiqti. Dilafruz qo`lida pichoq bilan Irodani o`ldirmoqchi Charos esa unga qarishilik qilayotkan edi. Kamol borib Dilafruzni qo`llaridan ushlan to`xtataman diganda yonayotgan taxta bo`lagi uni boshiga tushti. Charos ham undan qochaman dib o`zini chetka oldi. Iroda paska qochish uchun zinaga yugurdi. Dilafruz uni orqasidan quvlashni boshladi. Shu payt shift pastga qulab Dilafruzzi yo`lini to`sib qoldi. Hammayoni dabdalasi chiqib ketkandi. Shiftdagi similar osilib yotkandi. Iroda zinadagi yo`l to`silgani sababli to`xtab qoldi. Dilafruz simlardan o`tib Irodani oldigacha yetib keldi. Pichoq uraman diganda bo`yi sal yetmay qoldi. Bo`ynida turgan sim bunga halaqit berayotkan edi.
Dilafruz: O`ldiraman. O`ldiraman.
Ularning yonida qulagan kattaroq xoda simlarni bosib tortilishiga sabab boldi. Dilafruz boynidagi sim sababli osilib qoldi. Hirillab oyoqlari titirab jon berdi.
Bu payt Ahror bilan Jalolni orqasidan Mehmonxona xodimasi bolta ushlab quvayotkan edi.
Ahror: Qoch tezroq yugur.
Ular oynadan oshib paska sakrashti. Hodima orqasidan sakriman dib oyoqlari padakolnikda sirpanib yerga bo`yni bilan tushti. Zarba tufayli bo`yni sinib o`sha yerda jon berdi…
Ahror: Hudoga shukur.
Azamat aka: Bu yerda nimalar bo`lyabti?
Jalol: Azamat aka
Yo`l ochilgani sababli Iroda zinadan pastga tushayotkanida Charos Dilafruzni pichog`ini olib Irodani o`ldirmoxchi bo`ldi.
Iroda: Nima qilyabsan?
Charos: Mani kechir lekin… Hammasi to`xtashini hohlayman.
U pichoq bilan uni urmoqchi bo`lganida Kamol qo`lini ushlab qoldi.
Kamol: Charos to`xta u murda emas.
Charos: San qayerdan bilasan? dib Kamolni itarib yubordi.
Yerda o`tirgan Irodani endi o`ldiraman deganda deraza oldiga chaqmoq tushib oyna sochilib ketti. Singan parchalar Charosga kelib qadaldi. Sekin yerga dumaladi.
Kamol Charosni oldiga kelib qo`lidan ushladi.
Charos: Esingdami colani bankasini otkanimda boshinga tekkandi. Oldinga kelib uzur so`riman deganimda yiqilib tushkandim. O`shanda mani turg`izib yordam kerakmasmi deganding?
Kamol: Yo`q eslolmadim.
Charos: Eh. Shunaqayam bo`lasanmi? Man uchun esladim disen bo`masmidi?... yana bir qurbon…
Kamol uni polga qo`yib atrofga qaradi Iroda yo`q. Telefoniga qarasa antena chiqvotti. Irodaga telfon qildi.
Kamol: Alo iroda qayerdasan?
Iroda: Mehmonxonani orqa tarafida.
Kamol uning oldiga bordi. Iroda qo`lida temir bo`lagi bilan dumalagan bo`laklar tagida xarakatlanayotgan odamga qarab turgandi.
Kamol: Uni qutqarish kerak.
Iroda: To`xta Kamol borma.
Kamol borsa Hilola holasi edi. Yordam beraman deganda
Iroda: Kamol murda shu.
Kamol: Yo`q bo`lishi mumkin emas.
Iroda: Uni atrofidagi o`lim rangni yaqqol ko`rib turibman.
Kamol: Ishonching komilmi ?
Iroda: Ha. Chunki Hilola opani bundan bir yarim yil oldin anhor bo`yida o`ldirishgandi.
Kamol: Nima. bo`lgan gaplarni eslay boshladi. “Ey hudo farzandlarimni o`zing mag`firat qilgan bo`lgin” “Kamol boshim negadir qattiq og`riyabti” Endi chundi. Haqiqatdan ham uning holasi Murda edi.
Iroda Hilolaning oldiga borayotganida Kamol temir bo`lagini uni qo`lidan olib: O`zim didi.
Qo`lida temir bo`lagi holasini oldiga borarkan o`tmishini esladi. Holasi qanday yaxshi inson ediya
Kamol uni tepasiga kelib: Hola mani kechiring :pkal:
Hilola: Kamol?
Kamol temirni ko`tarib urmoqchi bo`lganida
Hilola: Yo`q yo`q. Unday qilma. Hali yashashni hohlayman. Iltimos kerakmas…
Kamol ko`zida yosh temir bo`lagini uchqir tarafi bilan Hilolaning boshiga sanchidi… Hammasi tamom…
Uch kundan keyn maktabda.
Kamol: Iroda nega bo`lgan voqealarni faqat biz eslayabmiz?
Iroda: Ahir bu lanat shundayku.
Kamol: Nahotki o`lganlarni hech kim eslay olmasa?
Iroda: Qaydam.
Kamol: Nega unda biz eslayabmiz?
Iroda: Baki hammasiniyam eslay olmayabkandirmiz?
Kamol: Haaa. Nima bo`lsaham hammasidan qutildik.
Iroda: Hozircha biz qutildik. Bu yilcha…
Tamom.