tungi.ru

Sirli 2020 (To`liq). by Alcor yoki Skrillex (3-bet)

hotirjamlashkandi. Maktab derektorining yordamchisi Hilola (Kamolning holasi) xonaga kirib:

Salom o`quvchilar. Dam olish kunida Shaxarcha chetidagi ko`lga dam olgani bormoxchidik. Hohlovchilar bo`lsa deb kirgandim.

Ahror: Faqat bizani sinf bo`lsa boraman.

Hilola: Ha faqat b66 sinfi boradi.

Ahror: Unda man boraman.

Kamol: Man ham.

Charos: Maniyam yozib qo`yin. yana bir ikta o`quvchilar boradigan bo`ldi.

Hilola: Demak hamamsi bo`lib 7 ta o`quvchi.

Kamol Irodaga qarab: Sanchi bormisanmi?

Iroda: Yo`q.

Charos: Yuraqol Iroda. Anchadan beri san bilan gaplashmayabkandik.

Iroda: Ming bor uzur lekin oyim bilan rejalashtirgan ishlarimiz bor edi.

Charos: Unda chunarli. Lekin keyngi safar albatta birga boramiz

Iroda: Albatta …

Darsla tugab hamma tarqalvotkan payt.

Charos: Kamol bugun voxtin bo`lsa kechki 4 larga “Class” qahvaxonasiga kelsang.

Kamol: Hop boraman…

Yaxshiki hech qanaqa hodisalarsiz uyga tarqashti.

Kamol qahvaxonaga kirdi. Ichkarida Charos uni kutib o`tirardi. Oldiga borib

Kamol: Uzur kuttirib qo`ydim

Charos: O`zim ham hozir kelgandim. Marhamat o`tir.

Kamol Charosni qarama qarshisiga o`tirdi.

Afitsiant qiz kelib: Nima buyurtma berasila?

Kamol: Manga qora qahva. Keyiiin kremi ko`pro to`rt opkesez Charos sanchi?

Charos: Mangayam qora qahva vaaa… Mangayam shunaqa to`rt ob kelaqolin.

Afitsiant: Hop hozir ob kelaman. Bir pasta hammasini yetqasib keldi.

Charos qahvani ichib jiddiy bo`lib Kamolga: Ho`sh qachongacha yashirib yurmoxchisan?

Kamol: Nimani ?

Charos: Murdaligingni?

Kamol: Bu nima deganing?

Charosh: Oyin sani dunyoga keltirayotkanida olamdan o`tkan. U sanga jon bermastan bu dunyoni tark etkan. Sanga esa boshqa dunyodegining ruhi kirib qolgan.

Kamol jaxli chiqib teskari qarab: Bo`lmagan gap.

Charos kulib yubordi: Axir xazillashtim Bu haqida oldinam o`ylagandim leki san emasliging aniq.

Kamol: Haligi chora tufaylimi?

Charos: Ham o`sha dib ham boshqa sababla tufayli.

Kamol: Boshqa sabab

Charos: Keyn bilarsan

Kamol: Hop.

Ahror: Haa bizani kechka etib o`zila o`tirganakansilade?

Kamol qaragadi Ahror bilan Jalol kepti.

Charos o`rnidan sekin turib Kamolli oldiga o`tirvoldi.

Ahror: Nima mani shunchali yomon ko`rasanmi?

Charos ayyarona kulib: To`risini etimi ??

Ahror: Manga nima ee.

Charos: O`tirila.

Jalol Kamolga qarama qarshi o`tirdi. Ahror esa Charosga.

Ahror: Ho`sha chaqirishindan maqsad?

Charos: Shunchaki anchadan beri sila bilan bemalol gaplashmagandik. Shunga chaqirudimde.

Jalol: Faqat bizami? Qoganlaniyam chaqirmadimmi?

Charos: Qoganla hohlamadi. Nimayam qilardik.

Suxbat qiziganidan uch soat bir pasta o`tib ketibti.

Kamol: Endi ketsegam bo`lar. Kech bo`b qoldi.

Ahror: Ha bir pasta 3 soat o`tib ketibti.

Charos: Kamol kuzatib qo`ysen dudim.

Kamol sal qizarib: Ha albatta ))

Ahrorni jaxli chiqib: Kamolni uyi teskari. Man kuzatib qo`yaqoli.

Charos: Keremas san Jalolli kuzatib qo`y …

Hamma uyiga tarqadi. Kamol Charossi kuzatib qo`yib uyiga qaytti…

Mana yakshanbi kuniyam bir pasta keldi. 6ta o`quvchi maktab oldie to`planib turishardi.

Kamol Holasi bilan mashinada orqasidan kutibxonachi Azamat aka o`z mashinasida kelishti.

Ahror: Man Azamat aka bilan ketman.

Jamshid: Ahror oldi band dib o`tirvoldi.

Ahror: Orqaga o`tirib Charosga ke o`tir digande ishora qildi.

Charos yonidagi Jalol bilan Lazizzi qo`lidan ushab Ahrorri oldiga o`tqizib qo`ydi. Hilolani mashinasi oldiga borib Kamolga: Qizlani xurmat qimisanmi? Oldiga o`tirvoganini qara.

Kamol: Uzur dib mashinadan tushib Charosga joy bo`shatdi. Charos dugonasi Umidani oldiga o`tqizib o`zi orqa o`rindiqqa o`tirdi.

Charos: Balki o`tirarsan. dib Kamolga ishora qildi.

Kamolam hayron bo`b Charosni oldiga o`tirdi.

Hilola mashinani iloji boricha sekin haydardi. Katta yo`lda ketayotkanida qarama qarshidan kelayotgan yuk mashinasi negadir chayqalib kelardi. Huddi boshqaruvni yo`qotkandek. Hammani yuregi to`xtab qoli didi. Hilola qo`rqsayam mashinani yo`l chetiga burdi. Avaz aka ham. Yuk mashinasi esa chayqalib chayqalib ularning yonidan o`tib ketti

Hilola: Hudoga shukur

Kamol tomog`ini qirib ishora qidli. Charos qo`rqib ketkanidan Kamolni qo`lini qattiq ushavogandi.

Charosning yuzi qizarib: Uzur hayajondan. dib qo`lini oldi.

Kamol: Hich qisi yo`q chunaman

Mana ko`lgayam yetib kelishti. Tabiat qo`ynida joy tayyorlashni boshlavorishti. Qizla dasturxon tayyorlasa bollar qozon o`choq ovqatga o`tin degandek. Hamma narsa tayyor bo`lgandan keyn bollar cho`milish uchun ko`lga tushishshi boshlashti.

Ahror suvga tushib: Qizla kemislami? Suva illiq mazza ekan.

Charos: Uyalmisanmi?

Ahror: Ha nima kiyimda tushurila

Charossi jaxli chiqib yonidagi o`tindan olib otti. Yog`och Ahrorga yetibam kemadi.

10 15 daqiqadan keyn.

Azamat aka: Qani bolla chiqila ovqat tayyor bo`ldi.

Deyarli hamma dasturxon atrofiga o`tirib ovqatlanishti.

Ahror: Azamat aka qozon kabobga gap yo`q zo`r chiqibti.

Jalol: EEE raxmat mazza qildi

Hamma minnatdorchilik bildirgandan keyn Azamat aka: Lazizga ovqatim yoqmadi shekilli?

Laziz: Yo`q yo`q Azamat aka. Negadir mazam bo`mayabti. Ertalabtan beri ko`ynim behuzur qivotti.

Azamat aka: Yoqmagan narsa yegandirsan.

Laziz: Bo`lishi mumkin. Hozi bosilib qoladi ))

Hilola: Dori keremi? Yoki gazlangan suv ichasanmi?

Laziz: Yo`g`e. Hammasi yaxshi. Manda bunaqa holat bo`b turadi.

Hilola: Ehtiyot bo`l. Ubu narsa kerak bo`lsa bemalol so`rayver.

Laziz: Hop Hilola opa. Raxmat.

Ozroq quyosh tegida toblanishkandan keyn. Bollar yana o`zligini suvga otishti. Damolish kuni zo`r o`tayotkan edi. Birdan qattiq shamol turib Umidaning soyabonini ko`lga uchirib ketti.

Laziz: Man hozi ob kelaman dib soyabon tomon suza boshladi.

Ahror: Hey ehtiyot bo`l.

Ko`l juda kotta edi. Laziz 30 40 metrla suzgandan keyn g`oyib bo`b qoldi.

Kamol qo`rqib ketib: Qatka g`oyib bo`ldi?

Hamma qo`rquvda. Shu payt Laziz suvdan boshini chiqarib qo`lini ko`tarib qo`ydi.

Ahror: Heh yaramas.

Laziz yana ozroq suzgandan keyn nafasi siqib suza olmay qoldi. Oyoq va qo`llari huddi xarakatdan qolgandek. Og`ziga suv to`lib baqiromadiyam.

Kamol nimadir bo`votkanini sezib: Qarela nimadir bo`ldi.

Ahror: Yana hazil qivotkandirde.

Ko`lda tez xarakat qib kelayotkan matorli qayiq nimagadir teyib o`tib ketkandek bo`ldi. Qayiq haydovchisi chunmastan atrofga qaradi. Hozirgina suzib o`tkan ko`l yuzasi qon bilan qoplanayotkan edi.

Ahror: Yo`q yo`q yo`q Bo`lishi mukinmas. dib o`sha tomonga suzmoxchi bo`ganda Kamol to`xtatib qoldi.

Kamol: To`xta sanam bir baloga yo`liqma.

Azamat aka hammani sohilga chiqardi. Qayiq haydovchisi esa Lazizzi tanasini ularning oldiga olib keldi. Daxshat miyya qismi ochilib qolgan. Ko`zlari burni og`zi va quloqlaridan qon oqib chiqayotkandi. Azamat aka uni pulsini tekshirib ko`rdi.

Azamat aka: Afsus

Shunday kun yaxshilik bilan tugamadi…

Hamma uyiga qaytti. Daxshatla yana boshlangandi.

Ertasi kuni maktabda ikkinchi soat tugap tanaffus boshlangandi.

Kamol: Ahror Charos Iroda gaplashvolishimiz kerak.

Charos: Nima haqida.

Kamol: Buni qanday qilibdir chorasini toppish kerak.

Iroda: Balki kutubxonaga borim Azamat akadan so`rirmiz?

Kamol: Tog`ri..

Charos: Kettik unda….

Kamol: Assalomaleykum Azamat aka.

Azamat aka: Voaleykum.

Kamol: Bir narsa so`ragani kelgandik.

Azamat aka: Eshitaman.

Kamol: Lanat haqida nimanidir bilasizmi? Yani uni yo`qotishni. Bu maktabda anchadan beri ishlisiz balki qutilganlar haqida bilarsiz.

Azamat aka: To`g`ri qutilganla bo`gan. Lekin bilasanmi lanat olingandan keyn shu voqeaga aloqodor odamlarni hotirasi o`chib ketadi.

Kamol: Hich bo`lmasa ozginasiyam esizda qolmaganmi?

Azamat aka ko`zlarini qattiq yumib: Nimardir esimda… Aytkancha…

Ahror hursan bo`b: Ho`sh?

Azamat aka: 5 yil oldin qutilganlarning Himoyachisi hammani asrab qoldim dib gapirgandi. Balki u bilar?

Charos: U hozir qayerda? Manzili bormi?

Azamat aka: Bo`lishi kerak…..

Ahror: Ho`sh manzilliyam oldik. Shundo boruramizmi?

Charos: Yana nima qimoxchisan?

Ahror: Ahir dab durustdan?

Iroda: U ham buni boshidan o`tqazgan tog`ri chunadi.

Kamol: Iroda haq.

Yozilgan manzilli topib borishti. Eshikki Charos taqillatdi.

Eshik ochilib Sobir: Salom kelilar.

Charos: Biz. b66 sinfdanmiz.

Sobir: Kelilar kirilar…

Kamol: Uzur vaqtizni olish niyatimiz yo`q. Shuning uchun muddaoga o`tsak. 5yil oldin lanattan qanday qilib qutilgansilar?

Sobir: Bilasizlarmi chorasi topilganidan keyn xotira.

Kamol: Bilamiz. Lekin hammasi o`chmagandir. Axirrr.

Sobir: Sizlarni chunaman. Lekin afsus.

Charos: Afsuska hojat yo`q. O`zimiz chorasini bir amallab toparmiz.

Ahror: Rahmat.

Kamol: Bo`masa ko`rishkuncha.

Tashqariga chiqishyabkanida Sobir aka:

To`xtanglar. Agar jumboqqi javobi bo`lsa u eski b66 xonasida...

Kamol: Eski xonasida?

Charos: Ha maktabning oxirgi qavatida.

Ahror: U yerga nechchi yillardan beri hech kim chiqmay qo`yganku.

Charos: Nima qilibti?

Ahror: Hayotta uyoqqa chiqmiman. Aytishlaricha u yerda…

Iroda: Bo`lmagan gaplarga ishonma.

Kamol boshini qichib: Kerak bo`lsa chiqamiz

Charos: Soat nechchi bo`ldi?

Ahror: 2 dan oshti.

Charos: Bo`lmasam hamma uyiga tarqasin. Soat 6 larda Maktab oldida yeg`ilamiz.

Ahror: Nega 6 da

Charos: Maktab ancha tinch bo`ladi.

Ahror: Kechki payt tepaga chiqishni hohlayabsanmi? Shuncha voqealardan keyina?

Charos: Nima qilibti? Sinfdoshlarimiz taqdiri uchun.

Kamol: Man kelaman.

Iroda: Man esa yo`q. Uzur.

Charos: Hech qisi yo`q hohlovchilar kesin. Majburlash yo`q.

Ahror yutinin: Bo`pti manam boraman.

Kechki 18:02.

Kamol: Kuttiirib qo`ymadimmi?

Charos: Yo`q hozir kelgandim.

Kamol: Chunarli. Ahrorga tel qimadimmi?

Charos: Qigim kemadi. Balki o`zin qib ko`rarsan?

Kamol: Hop hozir…

Alo. Ahror qayerdasan?

Ahror: Hozi keb qoldim. 5 minutda yetib boraman.

Kamol: Okey..

Hozir 5 minutda kelarkan.

Charos: Qachon qarasa kechikib yuradi…

Ahror: Qachon kechikibman??

Charos ajablanib: 5 minutda kelaman diganakansanu.

Ahror: Hazillashkandim.

Kamol: Ha bo`pti yurila ishni boshlaylik.

Ahror: To`xta bitta odam pasta bo`b turishi kerak. Kimdir keb qolsa nima dib o`ylidi?

Kamol: To`gri aytasan. Charos san qoloqol.

Charos: Nega ekan? O`zin qol.

Kamol: Axirr..

Ahror: Charos san qolasan. Tepada sani nimalar kutayotkanini bilmaysanku. Sanga ziyon yetishini hohlamayman.

Charos biroz jimlikdan keyn: Hop roziman.

Kamol: eski xona qayerda?

Charos: Aniq bilmayman. Yo o`ng qanotda yo chap qanotda.

Kamol: Chunarli. Bo`lmasam man chap Ahror san o`ngni qarisan.

Ahror: Yaxshi kettik.

Charos: To`xtanglar.

Ahror: A?

Kamol: ??

Charos: Ehtiyot bo`lila

Ahror: O`zinam

Kamol: Rahmat. Telefonda konferensiya qivolamiz. Har bitta voqealardan xabardor bo`lib turaylik.

O`sha sirli qavatga chiqishti.

Ahor: Namuncha qorong`u. Svet yo`mikin?

Kamol: Eski qavatku. Qaralmi qo`yilgan.

Ahror: Yaxshiyam telefonda fonar bor.

Kamol: San o`nga man chapga.

Ahror yutinib: Aha Hop…

Buyog`I endi konferensiyadagi suhbat.

Ahror: Shunaqayam qo`rqinchili bo`ladimi?

Kamol: Bo`ldi qil. Nimalarni ko`ryabsan?

Ahror: Eski xonala. Hammayoni is bosib yotibti. Huddi 100 yildan beri hech kim yurmagandek. Yaxshiyam hamma xonalani eshigiga yozib qo`yilganakan.

Kamol: Ha. Shunisi yaxshi bo`pti.

Ahror: O`zinda qanaqa ahvol?

Kamol: San aytkandan yaxshi emas… Qanaqadir sharpa ko`zimga ko`ringande bo`ldi.

Ahror: Nima ???

Kamol: Hozir qarab ko`richi. “taraqlagan ovoz chiqib ketti”

Ahror: Bu nima?

Charos: Nima bo`ldi?

Kamol: Anu haligi. Mushugakan

Ahror: Palakat

Kamol: Man karidorri ohiriga yetib bordim. b66 xonasi yo`q.

Ahror: Man toptim.

Kamol: Unda yaxshi hozir boraman.

Ahror: Hop man ungacha kirib qidirib turaman.

Kamol: Bu nima bo`ldi?

Ahror: Nima?

Kamol: Man hozir boraman san ungacha qarab turur. Bir narsani tekshirishim kerak bo`lib qoldi.

Ahror: Hop.

Charos: Kamol?

Kamol: Hammasi yaxshi shunchaki.

Charos: Chundim. Ahror sand anima yangilik?

Ahror: Hozi qidirvoman. Hamma yoq pala partish. Keyn qo`rqinchili

Charos: Bo`ldi qil!

Ahror: Hop Hop. Ho`sh hammayoni qidirib ko`rdim. Lekin tog`rimdagi soyamdan boshqa hech nima yo`q bu yerda.

Kamol: Soya?? Ahror hech nima bo`lmasa orqaga qaytaqol.

Ahror: Chunarli. Qayerdasan?

Kamol: Zinani oldiga ketyabman. San kelur.

Ahror: Hozir… dib zinani oldiga bordi.

Kamol: Pastta gaplashamiz.

Ahror: Hop…

Charos: Hudoga shukur.

Kamol: Hursan bo`lishga hali vohli.

Ahror: Chummadim?

Kamol: Bilasanmi xonadagi soya?

Ahror: Mani soyammi?

Kamol: Ha. Agar san telefonni qo`linda ushab turgan bo`sen. Soyen tushishi keremasidi.

Ahror: Chummadim?

Kamol: Qara telefonni oldi tarafinda qo`lin bilan ushlab atrofni yoritdinmi?

Ahror: Ha. :voprso:

Kamol: Agar orqendan yoritsagina soya tushishi keragidi. Bu yerda bir gap bor.

Ahor qo`rqib ketti: Nega o`sha pay etmadin?

Kamol: Qo`rqib ketib noto`g`ri ish qilib qo`ymagin dedimda.

Ahror: Rahmat

Charos: O`zin qayerda yo`q bo`lib kettin?

Kamol: Bir xonani ichida kimdir partani ustida turgandek bo`ldi. O`shani tekshargani kirgandim.

Ahror: Ho`sh kimakan?

Kamol: Hechkim. Lekin kirib xonani fonar bilan yoritganimda bir qizni shiftda osilib turganini ko`rdim. U shunchali yaqqol ko`rindiki Yuzi sochini rangi tashqi ko`rinishi esimda qolib ketti.

Charos: Keynchi?

Kamol: Ko`zimmi ochib yumgunimcha yo`q bo`lib qoldi. Lekin yuzi judayam tanish.

Ahror: Qo`rqmadimmi?

Kamol: Qo`rqtim albatta Lekin o`zimmi bosishga xarakat qildim

Ahror: Agar mani ko`zimga ko`ringan bo`lganda… Tasavvuram qilolmiman

Kamol: Nima bo`lsayam o`sha b66 xonasiga qayta kirishimiz kerak.

Ahror: Hech qachon qaytmiman endi.

Kamol: Bilaman qo`rqinchili lekin bu kerak.

Ahror: Hech qachon didim.

Charos: Unda man boraman Kamol bilan. San shu yerda kutib tur.

Ahror: Mayliiii. Borganim bo`sin.

Kamol: Unda kettik yana o`sha joyga…

Ular maktabga endi kiraman deganda Iroda keb qoldi.

Iroda: Ulguribman

Charos: Iroda ?? Nima qilyabsan bu yerda?

Iroda: Uyda o`tirgim kelmadi. Shunga foydam tegsin deb kelgandim.

Charos: Ishim bor degandinku?

Iroda: Shunchaki kechki payt buyerga kelgim kelmagandi. Lekin o`ylab qarasam muammo shunday hal bo`lib qolmas ekan. Yordam bergani kelgandim.

Kamol: Unda judaham yaxshi.

Ahror: Aha yaxshi

Iroda: Man ham boraman silar bilan.

Kamol: Yo`q kerak emas. Yaxshisi Charos bilan qol. Biz ikkinchi martta kiryabmiz. O`zimiz eplimiz.

Iroda: Ikkinchi martta? Hop mayli omad…

Maktab ichida.

Ahror: Negadir hama yoq boshqacha bo`lib qolganday.

Kamol: Bo`ldi qigin. Undan ko`ra qidir tezroq.

Ahror: Hop Hop.

Hamma yoni boshqattan qidirib chiqishti.

Ahror: Kiyim turadigan shkaftan nimadir toptim.

Kamol yoniga borim: Qani nima ekan.

Shkaf ichining tepa tarafiga nimadir skoch bilan yopishtirib qo`yilganidi. Kamol uni olib ochti.

Kamol: Kaseta.

Ahror: Nima yozilganikin?

Kamol: Maktab studiosida magnitafon ko`rgande bo`ludim. Qo`yib ko`rse bilamiz.

Ahror: Kettik unda.

Kamol qadama tashaganida pol sinib shkaf Ahrorni ustiga ag`darilvotkanida partaga tegib to`xtadi.

Ahror shkaf tegidan chiqib kelib: Jinni bo`ldimmi?

Kamol: Iya tirik qoldingmi?

Ahror: Ketilik tezroq.

Kamol: Hop Hop.

Karidorga chiqishkanida yonidagi xonada shitirlagan ovozlar chiqa boshladi. Kamol fonarni xonaga tushirdi ichkarida qanaqadir shakl turgandi. Kamol ichkariga kirib qaradi. Xona burchagida qanaqadir qizga o`xshash sharpa o`tirganidi. Rangi ko`karib ketkan (murdalardek) yuzlari shilingan, ko`zlarini o`rni bo`sh, og`zidan qon oqib qotib qogan, qon va yara joylarining rangi qora, tanasi chirishga yaqinlashib qolgandi. Daxshat. Kamol qo`rqib ketib orqasiga o`girilgandan o`sha sharpa oldida turgandi. Cho`chib orqaga yiqilib tushti.

Ahror: Kamol Kamol nima bo`ldi?

Kamol o`ziga kelib atrofga qaradi. Ahrordan boshqa hech kim yo`q.

Kamol: San ham ko`rdingmi ?

Ahror: Nimani?

Kamol: Qanaqadir shaklni. Odamga o`xshash. Shu xonada edi. Ahror: Yo`q ko`rmadim.

Kamol: Nima bo`ldi o`zi?

Ahror: Bilmadim. Yonimda turib o`zindan o`zin xonaga kirib kettin. Gapimmi eshitmadin shekilli javob bermading. Keyn yiqilib tushtin. Hayronman.

Kamol: Eson omon shu yerdan chiqvosak go`rkaydi.

Ahror: O`zini bos. Tur yuraqol.

Ular tashqariga eson omon chiqvolishti.

Charos: Nima bo`ldi?

Kamol: Kaseta chiqti xonadan.

Charos: Nega telefon qilsak omadilar?

Ahror: Bizaga hech kim telefon qilmadiku?

Charos: Mana qara. dib telefonini ko`rsatti.

Ahror: Mana boya qiganinda gaplashkanmiz. Keyn qilmabsanku.

Charos telefoniga qarab qo`rqib ketti: Axir Axir xozir telefon qilgandimkuu. Nimalar bo`lyabti o`zi?

Iroda: O`zini bos. Mani telefonimdan qildikku

Charos: Esim qursin. Qo`rqib kettim

Iroda telefonni ko`rsatdi. Haqiqattan telefon qilishgandi.

Kamol telefoniga qarab: Ha 7 martta javob berilmagan qo`ng`iroq. Negadir telefonimni ovozi o`chib qolibti.

Ahror: Mandayam. Lekin bur rejimga o`tqizganimmi eslolmaylan

Kamol: Hammasi shubhali.

Iroda: Kasetaga qaytsak.

Kamol: Ha aytkancha. Maktab studiosiga borsak ichida nima yozilganini bilamiz.

Ular maktabga kirib kasetani qo`yishti. Sal shitirlagan ovozlardan keyn:

“Mani ismim Sobir. Hozir gapiradigan gaplarimdan keyn bu kasetani xonani qayerigadir yashirib qo`yaman. Agar siz bu kasetani topib eshitayotkan bo`lsangiz demak b66 sinfida o`qisiz.

Biz lanatdan qutilish uchun shaxarchadan uncha uzoq bo`lmagan tog`da joylashgan Maqbaraga borgandik. Ustozimiz: Agar bu maqbarani tozalab astoidil duo qilsak lanattan qutilishimzni aytti. To`g`ri bunga hamma ham ishonmadik. Ishga kirishib ketti. Kechga yaqin ishlarni bitirdik. Maqbara ancha ochilganidi. Ustozimiz hammani bir joyga yig`ib maqbarani tozalaganimizzi va qilgan yaxshi amallarimiz evaziga bizni lanatdan saqlashini aytib duo qildilar. Negadir yengil tortkandek edik. Huddiki qutilgandekmiz. Endi ortka qaytamiz deganda qayerdandir qop qora bulut paydo bo`lib jala quay boshladi. Hamma pastga shoshgan. O`shanda birinchi qurbon Holiq bo`ldi. Hech kimda yo`q soyabon faqat unda bor edi. Holiq soyabon ushlab oldimda bemalol ketayotkan paytida birdan nimadir charaqlab judayam qattiq gumburlagan ovoz chiqti. O`zimga kelib qarasam uni yashin urgandi. Kuydirilgan tananing hidi haliyam esimda. Ikkinchisi qurbon Madina bo`ldi. U loyda sirpanib so`qmoqdan chiqib pastlikka qulab ketti. Keynroq bilsak bo`yin qismi bilan xarsangga urilib o`lgan ekan. O`shanda pastga tushkanimizda man hammani lanattan qutqardim.

O`shanda o`shanda. Eslay olmayabman… Nimaydiya… Esladim. Lanattan qutilish uchun murdani o`z olamiga qaytarish kerak. O`shandagina hammasiga barham beriladi. Hammasi tamom bo`ladi.

Eslab qoling murdani o`ldirish kerak. Garchi u murda bo`lsayam lekin odamdek…”

Ahror: Nega chunarsiz gapirgan?

Kamol: Axir xotirasi o`chayotgan payti. Shundaham qancha gapni gapirdi.

Ahror: Qanday qilib murdani topamiz?

Kamol: Bilmadim.

Ahror: Chorasi bo`lishi kerakku.

Kamol: Bo`gani bilan bizga nomalum.

Charos: Topkanimizdayam o`z sinfdoshimizni o`ldira olamizmi? Qotillik qilishga juratimiz yetarmikin?

Iroda: Ha… Mana asosiy masala.

Kamol: Buguncha yetar. Uy uyimizga tarqimiz. Charos kaseta sanda turgani maqul.

Ertasi kuni maktabda.

Birinchi soatda hamma jimlikda o`tirdi. Ikkinchi soatda gap boshlandi.

Gulinora: Maqbaraga borish kerak.

Zahro: U yerda nima qilamiz?

Gulinora: Axir bir yili b66 sinfi shunaqqilib lanattan qutilgandiku.

Zahro: Kim aytti?

Gulinora: Kattalardan eshitkandim.

Bu gap bir pasta hammaga tarqadi. Deyarli butun sinf o`sha yerga boramiz deyishni boshlashti.

Tanaffusta

Charos: Kimdir bu kechegi gapni qolganlagayam ayttimi?

Kamol: Man etmadim.

Ahror: Man ham

Iroda: Man gaplashmiman disayam bo`ladi

Charos: Unda maqbara haqida qayerdan bilishti?

Ahror: Bu haqida manam eshitkandim yoshligimda.

Charos: Man birinchi martta eshitishim.

Uchunchi soat sinf kuratorining darsi edi. O`quvchilar Maqbaraga chiqish kerakligi haqida gapira boshlashti.

O`qituvchi: Mayli roziman. Istagilaga qarshi chiqish niyatim yo`q Bo`lmasam ertaga ertalab maktabda yig`ilamiz. Man avtobus gaplashaman. Birga ketamiz.

Bahora: Uzur man boromiman. Ertaga bu shaxarchadan ketyabmiz.

Yulduz: Man ham boromiman. Ertaga uyda ishlarim bor edi.

O`qituvchi:

Boshqa hikoyalar