tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: O`n uchunchi Palata... (2-bet)

yuragim qattiq og`riyabdi. Muhabbatga loyiq bo`lmay turib, uni sevib qolayotganim uchun o`zimni kechira olmayabman... Qo`rqib ketyabman, dugonajon qattiq qo`rqyabman, qachondur sirlarim ochilishidan, farishta kishini boshini egib qo`yishdan qo`rqyabman. O`sha kunni ko`rishni istamayman. O`zimni lanatlab duoyibat qilishdan charchamayman... Lekin ohlarim ollohga yetmayabdi. Azroyil ham mendan jirkanyabdi, jonimni ol-ol-ol-ma-yabdi...

Dilbar so`zini ohirini aytishga bazo`r ulgurdiyuu, hushini yo`qotdi.

- Dilbar... Dilbar... -Shohista baqirib yordam chaqirdi, - Dibarjon ko`zini och... Dilbar...

Botir hali ketmagan, u tomonda sikamekada o`tirgan edi. Hammadan avval u yetib keldi. Aravachani yetalab, yugurdi. Lifga yetganlarida lift hali tepada ekanligini ko`rib, juftini qo`liga ko`tardiyu zinadan yuqoriga odimladi.

Erini quchog`ida yotgan Dilbar bir onga o`ziga keldi, ko`zlarini arang ochdi.

- O`z hirsim

qurboni bo`ldim!.. -dedi.

Hansirayotgan Botir Dilbarni ovozini eshitdiyu, so`zlariga tushunmadi.

- Bo`ldi, go`zalim gapirmda holdan toyasan...

- Meni kechring...

- Sendan hafa emasman...

Botir Dilbar boyagi qo`pollik uchun kechrim so`rayabdi deb o`yladi. Aslida esa....

* * * * *

Terlab ketgan G`aybarov birdan to`xtadi. Og`ir hursungancha, Matlubaga afsus to`la nigohda qaradi.

- O`lim vaqti .....:30 qayt etib qo`ying...

- Do`ktir...

- Oylasidagilarga o`zim tushuntiraman...

G`aybarov kutish zaliga yaqinlashar ekan, unga umid bilan qarab turgan, bemorni yinlariga birdam termuldi va asta bosh chayqadi.

- Qo`ldan kelganini qildik... Miyyasiga qon quyuldi... Yaratganni irodasi...

Do`ktir so`zini tugatib ulgurmay, Dilbarni onasi uvvos solib o`zini har yoqqa urib yig`lay boshladi. Avval do`ktirga, so`ng eriga va kuyoviga tashlandi. Botirni ko`ksiga mushlar ekan, harakatlarni susayib ketdi va kuyovini qattiq quchoqlab oldi. Yeg`idan o`zini tiyishga urunib, hiqqilar ekan. Bazo`r qaltiroq ovozda rizolik so`radi.

- Dilbardan rozi bo`ling...

Botir ko`z yoshlarini tiyishga urunib, qaynonasini asta yelkasidan tutdi.

- Roziman...

* * * * *

Bunday o`limlarga avval ham duch kelgan bo`lsada, Shihista bugunchalik tushkunlikka tushmagandi. Dilbar uni o`ziga yaqin olib, yuragini yorgani uchun ham, uni o`limiga ishona olmas, hamon o`ziga kelolmasdi. Botir tepasiga kelgani ham sezmadi, faqat manosiz bir nuqtaga termulib turardi.

- Siz u bilan ohirgi martta gaplashdingiz! -Shohista Botirni ko`rib o`ziga keldi, - Iltimos ayting u nima dedi?

- Uuu... Uuu... Uuu... -Shohista birdan o`ylanib turdi, - Uuu... U sizni sevar ekan... -dedi Shohista.

* * * * *

Marhumni qabrga qo`yilganiga ham ikki oy o`tdi. Qabir yonidagi o`rindiqda Bobir o`ltirardi. Endi tilovat o`qishga kirishgandi. Yoniga ayol kishi o`ltirdi. Botir ayolga e`tibor bemadi. Yuziga fotiha tortgan mahal ayolham yuziga fotiha tortdi. Shundan so`ng yuzini burdi va bu Shohista ekanligini ko`rdi. Shohista hamdardlik bildirgandek, mayus nigohlarini Botirga tashladi va ohista qo`llarini ushlab qo`ydi...

* * * * *

MAJNUN:

- Qabiriston yonida o`tar ekan, yotgalar uchun tilovat qilaman.

Qabriston eshigi yonida turagan edim. Yonimdan o`tib ketayotgan Botir va Shohista diqqatimni tortdi. Ularda bir-bir bo`lgan iliqlikni sezgandek bo`ldim. Aniq bilaman ulardan biri sevadi, ikkinchisi ham qachondir unga ko`ngil qo`yadi. Uzoqda esa, yangi qabir Dilbar yotgan qabir ko`rinib turardi. Ayni shu onda hayolimga, qachondur qo`shiqda eshitib, matinini yodlab olganim sh`er yodimga tushdi...

Yurgan yo`li malomat

Kelganda ham qiyomat

Farishtalar ham qochar

Ayol qilsa xiyonat

Oy yuziga dog` tushar

Ko`ngliga siyoh tushar

Yuvilmas gunoh tushar

Ayol qilsa xiyonat

Erkak egib yurar bosh

Yeganlari bo`lmas osh

Sevgan yori qalam qosh

Ayol qilsa xiyonat

Qaro bo`lar gul yuzi

Kuyib ketar yulduzi

Bahtsiz bo`ladi qizi

Ayol qilsa xiyonat

Aytib turar nigohi

Shayton bo`lar hamrohi

Ollohga yetmas ohi

Ayol qilsa xiyonat

Yurgan yo`li malomat

Kelganda ham qiyomat

Farishtalar ham qochar

Ayol qilsa xiyonat

Harkimni hiyonat zahridan Ollohni o`zi asrasin...

O`n uchunchi Palata yuxud Hiyonat..

TAMOM...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar