tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Qirmizi OLMA... (2-bet)

- Nega? -dedilar hayron bo`lib.

- Aytdingiz-ku o`zingiz, kelinim uchun deb! -dedim suyganim borligiga shama qilib.

- Nima rosdanmi?

Onamning chehralari yanada yorishib ketdi.

- Ha...

- Voy bolajonim! Kim o`zi u?

- Yaqinda bilib olasiz!

Onam jon deb uzukni menga berdilar. Bo`lajak yorim uchun atalgan uzikni qo`limda o`ynagancha xonamga kirdim.

Qutichasini ochib uzukka termulgancha, o`rnimga yotib olib, Ozoda haqida o`y surdim. Qanday yoqimli hislar, Ozodani o`ylaganim sayin, hayajon bosib yuragim allanechuk dupurlardi.

``Ertagayoq Ozodani qo`lini so`rayman! Nega endi ertaga bugunoq!``

Tezda Ozodaga qo`ng`iroq qildim. Kechaga hiyobonga sayirga taklif qildim. Yo`q demadi...

Astoydil, hafsala bilan kechki uchrashuvga taraddutlandim. O`ylaganim sayin, quvonchim o`zimga sig`masdi. Ozodaga yoqishimni bilganim uchun, uylanish taklifimni rat etmasligini his qilardim. U huddi mening ko`nglimdagi qiz. Ozodani uchratishimga sababchi Zarinadan ham cheksiz minnador edim...

Nihoyat men intiq kutgan kech ham tushdi. Ozoda bilan aytilgan joyda uchrashdik.

Avval hiyobon yo`laklarida yolg`iz aylandik, muzqaymoq yedik, qayiqqa tushdik. Biroz havaskorlar qo`yayotgan tomoshani ko`rdik. So`ng yana aylandik. Ozoda tez-tez telifoniga qarab qo`yardi.

- Tinchlikmi Ozoda?

- Jasur aka pochcham va opam bir soatga ruhsat berishdi! -dedi ketishi kerakligiga shamma qilib.

``Dedmak men kutgan vaqt bo`ldi!``

- Mayli qaytaqolaylik! -cho`ntagimdagi uzuk qutichasini qo`limga olib, kaftim ortiga berkitdim. - Ozoda yana qancha vaqt pochchayznikida qolasiz?

- Yaqinda ketaman. Opam ham quvvatini ancha tiklab oldi! -dedi afsus bilan yengil hursunarkan.

- Ozoda bir umur shu opayzni mahallasida qoling! - yo`lini to`stida uzukni barmog`iga taqdim. - Menga turmushga chiqing...

Hayajondan o`zini yo`qotib qo`ydi. Ko`zlari porlab ketdi. Yuzidagi tabassumi roziligidan darak berib turardi. Bir necha sonya gapirorolmay turib qoldi. Ko`zlarini bir menga bir barmog`idagi uzukka qaratardi.

Lekin... Lekin negadur labidagi tabassum g`oyib bo`ldi. So`ng ko`zlarini olib qochdi. Istehzo aralash kulgan ham bo`ldi.

- Jasur aka bilasizmi Zarina menga nima dedi? - huddi latifa aytishga taraddutlanganday kulimsiradi, - Siz haqizda nima dedi eshiting... Bir yelkayz qiyshiq, oyg`ingizdan badbo`y hid taralarkan, bir ko`ziz ham g`ilay ekan! -dedi qiqirlab kulib, - Yana o`lgiday hotinboz ekansiz, men esa siz uchun 30, 40 chisi ekanman!

- Voo hazilkash-eee! Shunday qo`shning bo`lsa, dushmanni keragi ham yo`q! -dedim. Ozoda bu gaplarga ishonmaganini tushunib.

Hech kutmagandim, Ozoda barmog`idagi uzukni chiqardida qo`limga tutqazdi.

- Kechring Jasur aka buni qabul qilolmayman!

- Nega ahir?

- Kechring... -dedi ko`zida miltiragan yoshini artib, - Kechring... Kuzatib qo`yishiz shartmas!

Ozoda yugurgancha ketib qoldi. Bir necha sonya nima bo`lganini tushunmay qoldim. Qanday xato qilganimni bilmasdim.

Uyga yolg`iz qaytarkanman, hayolimni birgina savol bant etgandi!

``Nega?``

Shoshildim deb o`ylamayman. Ahir hammasi o`lganimday ketayotgandi! O`ylashimcha rat javob berishiga unda ham hech qanday asos yo`q edi!

Yarim tungacha o`yimga javob topolmay to`lg`onib yotdim. So`ng Ozodaga qo`ngiroq qilishga, sababini o`zidan so`rashga qaror qildim. Yarim tun bo`lishiga qaramay unga telifon qildim. U ham mendek bedor ekan, telifonini darov ko`tardi. Bir necha soyalar skunat ichira bir-birimizdan sado kutdik.

- Ozoda... -u tomondan javob qaytmadi. - Ozoda oramizda qancha gaplar o`tdi. Jonim men chindan sizni sevaman!

- Men ham... -dedi ham past ovozda.

- Unda nima muammo?! Nahot Zarinani haziliga ishondiz?

- Yo`q-yo`q! - dedi g`amginligini kulgusi ortiga yashirib.

- Ozoda seni tushuna olmayabman!

- Qanchalar ojizsiz Jasur aka!... - biroz jim bo`lib qoldi, - Nahotki Zarina sizni yaxshi ko`rishini tushunmagan bo`lsanggiz?

- Yo`qee, bo`lishi mumkun emas! Bizni munosabatimiz do`stona Zarina bilan... U yaxshi qiz ammo... Ozoda bizni notog`ri tushungansiz! Men seni yaxshi ko`raman Ozoda...

- U sizni yaxshi ko`radi... -Ozoda ochiqchasiga rat eta boshladi. - Men birinchi bo`lib, siz haqizda unga aytdim... Yoqadilar dedim... U esa sizni yomonlay ketdi...

- To`xta-to`xta, Zarina o`zi doyim meni yomonlaydi. Meni yomon ko`radi, chunchi doyim uni g`ashiga tegaman... -kuldim, - Ozoda Zarina meni yaxshi ko`rolmaydi, bu aniq...

- Jasur aka... Siz qizbola emassiz. Qiz qalbini, boshqa qiz bola yaxshi tushunadi... Chunki, u ham ayni shu hisni tuya oladi. Siz esa bunda ojissiz...

- Seni, meni qalabimizchi? Bizni tuyg`ularchi?

- Bizdan mustahkam oyla chiqmidi... - orada uzoq skunat cho`kdi, - Biz hislarimiz yengiltak holos... Men sizni shirin so`zlarizga uchdim. Tan oling siz ham chiroyimga qiyo boqdiz hols, aslida qanday ekanligimni bilmaysiz-ku?

- Sen yaxshi qizsan! -dedim.

- Faqat hozir! - u yana o`zda kuch topib miyg`ida kuldi. - Jasur aka ishoning sizlar bir-birlaringga juda mussizlar... Alvidooo!

Ozoda telifonni o`chirdi.

Uning so`zlari juda o`yga cho`mdirib qo`ydi. Zarina va Ozoda haqida o`y sura boshladim.

Ozoda haq uni chiroyiga maftun bo`ldim. U haqida ko`p bilmay sevib qoldim! Negadur ohirgi so`zlaridan keyin, meni rat etganidan uncha tashvish chekmadim. Lekin o`ziga yarasha martligi bor ekan. Yoqtirishini bilsada, Zarinaga yo`l ochib berdi...

Zarina... Zarina!

``Nahot meni rostdan sevsa?``

Ozodani oshkor qilgan sirlardan keyin. Qalbimda Zarinaga nisbatan iliqlik payno bo`ldi. Bir vaqtni o`zida ayibdorday qattiq ezilardim. Nozik qalb bo`lsada, necha bor ko`nglini inobatga olmay g`ashiga tekkanman! O`ylab o`ziamdan uyalib ketdim. Zarinani o`g`il bolacha fel-atvorini bilibman-u, qiz bola, qalbi nozik ekanligini unitayozibman. Afsus...

* * * * *

Zarinaga boshqacha ko`z bilan qarayboshlaganimdan keyin, undan o`zimni oladigan bo`lib qoldim. Qancha o`zimni olib qochsam, shuncha u haqida o`ylaydigan bo`lib qoldim. Hayolimdan sira ketmay qoldi. Yaqiniga borishga esa, yuragim dov bermasdi. Shu tariqa, bir, ikki haftani o`tqazib yubordim. Uzuk esa doyim cho`ntagimda, o`z egasini kutardi...

* * * * *

Ishdan kech qaytayotgan edim. Vohob aka qiyshayib, sarmast choyxonadan qaytayotgan ekan. Har qalay qo`shnim, qo`ltiqlab uyigacha olib keldim.

Eshikdan o`tayotib ovoz berdim. Ichkaridan Zarina chiqdi.

- Dadaaa! Yanami? -dedi uyatdan yuzi qizarib, - Ichkariga olibkiraylik! -dedi.

Vohob aka yotog`iga olib kirib qo`ydim. So`ng xovliga qaytib chiqdik. Zarina yonimda boshini egib turardi. Dadasini ichkilik harob qilayotganidan qattiq istirobda edi.

- Qo`y hafa bo`lma... Dadanglarga ham oson emas! -dedim dalda berib.

- Rahmat Jasur aka... -dedi.

Asta ko`cha eshik tomon yurdik. Torroq yo`lakdan yurarkanmiz, deyarli yelkalarimiz bir biriga tegardi. Ajib bir his yuragimni churmab oldi. Zarina endi men uchun to`pori, qo`pol qizday emas, aksincha u shunchaki o`zini kuchli qilib ko`rsatishga urunadigan ojiza... Sevgisini yuragiga yashirgan malak...

Biz sassiz, yo`lak bo`ylab asta yurib kelardik. U ohista qadam tashlardi. Hayo bilan boshini salgina egib olganida ham o`zgacha joziba bor edi...

Eshik oldiga yetganda, havotirdan o`zimni qo`yarga joy topolmay qoldim. Yonimdan ketib qolishini sira istamasdim.

``Balki qo`liga uzuk taqsamchi?`` degan fikir a`qlimni bant edi.

- Zarina sochimni kaltalab qo`y...

- Jasur aka kech bo`ldiyu, ertaga chiqing ho`p?

- Yo`q dema ertaga vaqtim bo`lmaydi!

- Soat ham to`qqizdan oshdi... -birdam tikildi, - Ho`p hozir kalitni olib chiqay...

Sartaroshxonani men uchun qayta ochdi. Kursiga o`tirarkanman, Zarinani qo`liga qaychi va taroqni olganini ko`rib fikrim o`zgardi. Hozir sochimni kaltalatsam keyin, bosh yuvishim kerak bo`ladi. - To`xta... Sochimni emas, soqolimni olib qo`y, qara ancha o`shib qopti...

- O`g`il bola soqolini o`zi olmaydimi?

- O`zi oladi... Faqat sendek mehriboni bo`lmasa! -dedim.

Bir yutunib oldida. Idishchaga kupik tayorlashga kirishib ketdi. Orada radioni qulog`ini burab qo`yishga ham ulgurdi.

Idishchadagi ko`pikni yuzimga ohista surar ekan, qo`llari qaltirayotgani sezdim. Albatta bu hayajondan. Shuni bilganim uchun, cho`ntagimdagi uzukni idishchasini ochib kuzgu yoniga qo`ydim. Zarina harakatdan to`xtab qoldi. Ko`zgi orqali uning yuz ifodasini diqqat bilan kuzatar ekanman jilmayib so`z ochdim.

- Chiroylimi?

U uzuk tomon engashdi va birdam termuldi.

- Juda chiroyli!

- Sevgilimday g`ozal uzuk... -dedim. U qo`lidagi ustarani mahkam siqimladi. - Nima deysan Ozodaga yoqarmikin?

- Men... Men... Men qaydan bilay...

- Ha sen qaydanam bilasan... Albatta yoqadi. Ertaga uni qo`liga taqaman, so`ng bir umurga yorim bo`ladi. Ha hammani menga havasi keladi. Chunki bo`lg`usi yorim hammadan go`zal, hammadan latofatli... -u esa jim qotib turardi, - Voy nega turibsan bo`laqo tez-tez... Ertaga Ozodani yoniga shu ahvolda boromiman-u... -dedim.

Birdan Zarinani nafas olishi tezlashib ketdi. G`azablanganidan qoshlari tutashdi. Atayin unga parvo qilmaganday, Ozodani maqtashda davom etdi.

- Ozoda chindan ham juda go`zal. To`g`rimi Zarina?

Zarina qo`lidagi ustarani tig`ini, qaychiga ikki, uch bor ishqaladi va birdan sochimdan changallab ushladi. Tig`i o`tmaslashgan ustarani, bosib yuzimga ishqadi. Uni ko`zgu orqali kuzatib turgandim. Ko`zlari yoshga to`lgan, lablari pildirardi. Shuni uchun soqolimni qirish o`rniga yulib olayotgan, o`tmaslashgan tig` og`rig`iga ham g`ing demadim...

Zarina ikki, uch bor ustara tortgach, uni polga uloqtirdiyu ingroq ovozdan yiglab eshikka otildi. Darvoza hatlab o`tgani hamoni tutib oldim. Tutdimu, qattiq bag`rimga bosdim...

Avvaliga quchog`imdan chiqishga urundi, qo`yib yubormaganimdan keyin tinchib qoldi. Hiq-hiq yig`lardi.

- Afsus... Afsus... Yodim muattar iforli gul bo`laturib, uzoqdan qizarib ko`ringan gulga maftun bo`libman... -asta quchog`imdan bo`shatdim. Burniga ohista barmog`imni teqqazdim. - Zarina seni sevaman... - ko`rsatkich barmog`imni labimga qo`ydim. - Tishshsh... Sevishimni senga aytmiman! -dedim kulib.

U ham yig`lab, ham kulib yuzini kaftlari bilan berkitti.

Bir tizzamni sal bukub unga uzukni tutdi.

- Menga turmurmushga chiq zahar...

- Jaska-maska...

- Uyalma jonim, hechkim yo`qku!

- Tishshsh... - yuzini yashirdi va jilmayib qo`lini uzatdi, - Ho`p...

Uzukni ohista barmog`iga soldim va barmog`idan ohista o`pdim.

- Qalay zaharcham ramantika o`xshadimi?

- Himmm... -yuzimni qoplagan ko`pikni, barmog`i bilan sidirarkan, o`zicha kuldi. - Qoyillatdiz bunaqasi tarxda bo`magan, bo`lmasaham kerak...

- O`zimni zaharcham...

Asta quchoqladim. Yuzimdagh kupichni uning yuziga ham yuqtirdim.

Quchog`imda hayajondan titrab turarkan, pas ovozda shivirladi:

- Jasur aka, zaharmasmanu!

- Bilaman sen meni QIRMIZI OLMAMSAN... - uyatdan qizab turgan yuzidan ohista o`pdim. - Qirmizi Olman...

Uyalib o`zini nariga tortdi. Sharta bilagidan tutdim.

- Ha aytgandek Zarina kelishvolaylik!

- Nimani?

- Menga tegvoganingdan keyin!

- Nimaaa?

- Uzur senga uylanvoganimdan key! -qoshimdagi shiramni ko`rsatdim. - Avvalgidek tosh bilan urmaysanmi?

- Eee boring...

Yugurib ichkariga kirib ketdi.

- Hoy esar, sartaroshxonani yopmadin-ku?

Gapimni eshitmadi. Eshtmasdi ham, u ham huddi mandek muhabbat sharobidan sarhush edi...

Ey o`zimni QIRMIZI OLMAM, uy doyim yonimda bo`lgan ekan, men esa uni boshqa shohdan izlabman...

TAMOM...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar