MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ VII-YAKUNIY QISM ]
MUHABBAT JILG`ALARI: Kuzda uchub Bahor qaytgan TURNALAR... [ VII-YAKUNIY QISM ]
RASM
Avvalgi qismlar...
I- QISM...
II- QISM...
III- QISM...
IV- QISM...
V- QISM...
VI- QISM...
Shoshgancha gilam ustida yotgan bo`yinbog`ni oldi. Oldimni to`sib bo`ynimga osildi.
- Keling bog`lab qo`yayin!
Ko`zlarini katta-katta ochib kiprik qoqib, bog`lashga kirishdi.
- Nima bo`ynimdan bog`lab olmoqchimisan?
- Ahir bu...
- Er kerakligi esinga tushib qoldimi?
Qimtinib, yutunib qo`ydi. Soddagina hammasiga chippa ishonadi qo`yadi.
Bog`lab bo`lgach, qo`llaridan o`pdim keyin ikki yuzidan.
Bir qoshimni uchurdim.
- Qo`rqitish qalay bo`larkan?
- Vohli qaytasizmi?
- Bilasanmi, bu uchun bo`yindan bog`lash emas... - barmog`imni yuzimga galma-gal teqqazdim. - Sabab kerak!
Istagimni darov tushindi. Avval o`ng, so`ng chap yuzimdan o`pdi.
- Endi vohliroq kelasizmi?
- Hovotir olma, o`pichlaring energiyasi tugaguncha kelaman! Rostini aytsam kechroq qolib ketishim mumkun!
- Nimagaaa?
- Anovi novcha og`aynim bor-u Alish. O`shani gapi edi...
Kech qolishim yoqmaganday, yengil hursunib qo`ydi.
- Azizam qaytishimda shakalad olib kelaman. Evaziga sen onamni ko`ngillari olib zerikmay o`tirgim ho`p?
- Ho`p!
Chiqsam onam ham endigina dadamni kuzatibdilar.
- Ah... Oyi dadam epchillik qilibdilar bugun. Duo qiling dadamdan avval borishim kerak!
- Omin... Mashinani tez haydamagin! - havotir olganlaridan duo qilayotganlarida ham nasihat qildilar. - To`rt mujang sog`, yo`ling beyhatar, ishlaring barokatli bo`lsin omin! Dadangdan avval boraman deb shoshilma...
- Ho`p onam...
* * * * *
Ishdan chiqganimdan so`ng, Mashinada jo`ralarni yig`ib, Alishlarnikiga olib bordim. Gapimiz yaxshi boshlangandi, to bittasi bugun futbol borligini, Manchestir Yunayet va Leverpolni o`yini bo`lishini aytiyu gapni atalasini chiqardi. Qay kamanda zo`rligi haqida boshlangan baxs sal qolsa mushlashuvga aylanib ketardi...
To`rt beshta futbolni ashaddiy fatlarini ko`zi telvizirda, suxbatlari ham faqat futbol haqida. Boshqa tomonda uch, to`rtta bo`ydoq qizlar haqida qizg`in suxbat qurmoqda. Qolganlar aroq ichishyabdi.
To`pimdan ajrab qolibman. Futbolga qiziqaman, ammo men birorta jamoaning ashaddiy fanati emasman. Sipirtili ichimliklarga hushum yo`qroq. Bo`ydoqlar davrasidan chiqib, yelkani sadoqat yuki ezib turganda, qizlarni qadu-qomati haqida suhbat qurishim odobdan emas. Qay to`pga qo`shilishni bilmay, yolg`iz qolganimni his qilib qoldim...
Quyuq-suyuqlar tortildi, yeb ichdik. Satga qarasam kechki to`qqizdan oshibdi. Deyarli barcha ulfatlarni e`tibori yaqindagina boshlangan futbolda. Birortasi diydorlashib, suxbat qurishni istamaydi. Jo`ralarim bilan xayrlashdimu, chiqib ketdim. Yo`l-yo`lakay do`kondan Barno uchun shakalad sotiboldim.
Darvozadan o`tishim bilan hovliga chiqib xush kutib oldi.
Avval dadam va oyimga kelganimni xabarini berib, xayrli tun tilab o`z yotog`imga, meni intiq kutgan jufti halolim yoniga oshiqdim.
- Yaxshi keldizmi?
- O`zingchi zerikmay o`tibsanmi?
- Biz ham oyim bilan rosa sayr qildik!
- Rostdana...
- Him...
Cho`ntagimdan shokaladni oldim.
- Meni sog`indingmi?
- Intizor bo`lib kutdim...
- Unda vada qilganimday, bu intizor kutgning uchun! - qo`liga shokaladni tutqazdim. - Manabu mehring uchun!
Peshonasidan o`pdim. Dimog`imda hushbo`y qalampir mo`nchoq ifori uruldi. O`zi yotoqqa kirganimdayoq sezgandim.
- Honamizdan ajoyib iforlar kelyabdimi?
- Mana! -deb sivitirini yengini biroz yuqoriga tortib, bilagini ko`rsatdi. Har ikki bilagida uch chizimdan ipga chizilgan qalampir mo`nchoq tizmasi va bir tizimdan ko`zmo`nchoq. Huddi yoshbolani qo`liga yarashganday unga qo`llariga, jilo bergan. - Ana yana, ana yana, mana yana...
Qo`llari bilan har yoqlarga ishora qildi. Pardalarga, yostiqlar tagiga, ko`rpachalar qatiga, ko`zguni ikki yoniga hamma yerda qalampir mo`nchoq...
- Qoyile... Yotog`imizni nima qilib qo`yding?
Ko`zlarini yarim qisib, bilagidagi qalampir mo`nchoq shodalarini hidladi.
- Men juda yaxshi ko`raman, bu iforni! -dedi, yurakdan to`lqinlanib.
Quchog`imni to`ldirib, bag`rimga bosdim. Sochlari bo`yidan hidlab dimog`imni chog`ladim. Quloqlarini sal pastrog`idan o`pdim.
- Azizam menga sening iforing yoqadi!
Shu topda sezib qoldim. Rashkchi hotinim, xali ham menga ishonmay ko`ylagimni hidlab qo`ymoqda.
- Nima qilganing bu?
- Nima qildim? -o`zni bilmaslikka olib tirjaydi. - Nimani aytdiz? - endigina qog`ozini ochgan shakoladni bir bo`lagini og`zimga solib qo`ydi.
- Ayyor nimani o`ylagini bilaman!
(Begonana atir isi yo`qmikin deb hidlab ko`rgandi.)
- Og`zizni oching!
Shakolatdan yana bir bo`lak sindirib og`zimda olib bordida so`ngi lahzada o`zi yeb qo`ydi. Keyin esa kulgancha eshik tomon qochdi.
- Hali senga kalaka bo`lib qoldikmi?
Qoshlarini uchurib, uchurib kuldida tashqariga chiqib ketdi. Erkalab, ko`ngliga qaraganimdan, zavqi oshib bolakik hislari jo`shib ketmoqda. Bazi-bazida shunday yoshbolaga aylanib qoladi. Bunga sabab yoshlik, bolalik gashtini tuymagani bo`lsa kerak deb o`ylab qolaman. Mayli uni shodligi, ko`zim quvonchi. Hayot, turmush lazzatlaridan yayrab yashaganga yuz karra haqli...
Telvizirni yoqdim. Yostig`imni gilam ustiga tashlab, pastga yotib oldim. Charchab kelganingda, tekis, qattiq yerda cho`zilib yotish jonni rohatida. Pultni olib Sport kanaliga qo`ydim. O`yinni ikkinchi tayimi boshlanibdi. Hisob 1 : 1 o`yinni shiddati juda balant. Manchestr darvozasi tomon, jarima zarbasi beldilandi. To`p oldida Jerard. Shunaqangi tepdi, to`p borib ustumga tegib darvozaga kirib ketdi. Darvozabon Van der Sar, Himoyachillar Vidich, Ferdinand ham nima bo`lgani tushunmay qolishdi!
Shu payt Barno qaytib teldi. Telvizirda esa Golli vaziyatni takror qo`yishayotgandi. Barno atayin telvizir qarshisiga turib oldi.
- Qoch azizam...
- O`chiraman!
- Kaltak yemaysizmi mobodo?
- Shakalad yeyabman-u! -dedida telvizirni kulchatiridan o`chirib qo`ydi.
- Hee seni!
O`rnimdan sal qimirlaganimni ko`rib, tezda devonni u tarafiga o`tib oldi. Turishga erinib paryostiqni u tomon uloqtirdim. Atayin mo`ljalni notog`ri olib. Barno kuldi.
- Ko`p kulgan ko`p yig`laydi! Siz ham xotinjon yig`lab qolmang! -dedim.
- Vooy atayin siz uchun manabuni olib chiqdim, -dedi qo`lidagi gazetani ko`rsatib. - O`tgan safargi hikoyani davomi chiqibdi. ``KIROKASH AYOL`` hikoyasi.
- Undoq bo`lsa. O`qiyqo...
Yoniga chiqib olishimni kutib turdi. Joyimdan qimirlamaganimni ko`rib, devon tutquchiga suyandi va oyoqlarini yig`ib tizzalari ustiga paryostiqni qo`yib o`qishga kirishdi.
Barnoning ovozi huddi radyo boshlovchilariniki kabi yoqimli. Mungli bir ajib ohangda o`qidiki, huddi ovoziga sexrlab olayotganday. O`qiyotganida ichiga kirb ketadi. Turmush qurganimizdan buyon tez-tez shunday mutola qilib turamiz. Asta yoniga chiqdim, boshimni uning tizzasidagi yostiqqa qo`yib ko`zlarimni yumib oldim. U gazetani yuzimdan bir qarich yuqorida ushlagancha, sokin, mahzun, ohangda hayotni ko`pgina zarbalariga uchragan, Taksichi ayol haqidagi hikoyani o`qishda davom etdi...
Uning ovozi huddi onam allasiday quloqqa yoqib, uyqu bosa boshladi.
- Eshityabsizmi o`zi? -biroz o`qigach to`xtadi. Yuzimni to`sib turgan gazetani olib. - Uhlayabsizmi? -dedi.
- O`qiyver, tinglayabman azizam!
Qo`lida qolgan so`ngi shakalad bo`lagini og`ziga olib keldi. Yarmini tishlab oldim, qolgani o`z og`ziga soldida, gazeta bilan yana yuzumni to`sib boyagi ohangda mutolani davom ettirdi.
Uyqu bosibdi. Lekin hammasini his qilib turibman. Barno shu sonda yozilgan qismini o`qib tugatdi. Boshim tizzasida bo`lgani uchun qimirlamay o`tdirdi. Asta sochimni siladi, so`ng o`zining sochlarini uchi bilan qulog`imni qitiqladi. Indamay qulog`imni qashlab qo`ydim. U yana huddi shunday qitiqladi.
- Uxlaganim yo`q, xozir kaltak yeysan!
Parvo qilmay kuldi. Biroz turib yana qitiqladi.
Sharta qo`ldin ushladi.
- Ogohlantirgan edim, endi o`zingdan ko`r!
Menam qitiqlab tashladim, rosa kulardi.
- Iltimos bo`ldi! Boshqa qimiman! -deb yalinadi. Kulaverib qizarib ketdi.
To`xtadim, ikki bilagidan ushlab oldim.
- Qalay jonim yoqdimi?
Yuzidan tabassumi tarqamay hansiradi.
- Kechring boshqa unday qimiman!
Ko`zlarida baxt mavjlanib, unda qalbini aksini ko`rsatib turibdi. Ko`ng go`naknikidek beyg`ubor. Qalbidan zilol, mehir chashmasi qaynab turibdi...
Asta beytartib bo`lib yuzini to`sgan sochlarini to`g`irladim. U esa qo`llarini yuzim tomon cho`zdi...
- Zolimsan!
Uning qarashlariga dosh berolmay, shiftga qarab yotdim va ko`zlarimni yumdim.
Asta ko`ksimga boshini qo`yib quchog`imga kirib oldi.
- Beyg`ubor nigohlaring bilan, suydurishga majbur qilyabsan! Qalbimni o`zingniki qilibib tortib olyabsan!
Asta barmoqlarini, barmoqlarm orasiga tiqib qovushtirdi.
Qalbimga Oydinni siymosi muhirlangan. Quchog`imda Barno...
Ko`nlimda bir yor, qo`ynimda bir yor. Yurakgim, hislarim, tuyg`ularim arosatda. Oydinni o`ylayman, yuragim ezilib armon ich-etimni yeydi. Barnoni o`ylayman, bazan chin, bazan nochin tuyg`ular bilan uni o`zimga ovunchoq qilib olganim uchun vijdon azobi qiynaydi.
- Hudoga shukur!!! -dedi pichirlab.
- O`ziga shukur sevib, sevdirganiga! -dedim Barnoni yanaham qattiqro qchib.
Bu ikkisi shuncha fazilatlari bilan bir-biridan a`loki, bir-biridan ustun qo`yish insofsizlik...
* * * * *
Bahorning ilk oyi, ko`klam sepini yoyganiga qaramay, hali sovuq tafti ketmagan!
Ishga ketishga tayorgarlik ko`rayotgandim. Bo`yinbog`imni bog`layotgan edi.
- Teskari aylantiryabsan, hech o`rganmading-da! -deb dakki berdim.
- Bo`ldimi? -deb to`g`ri bog`lab jilmayib.
Doyim bo`yinbog` bog`lashda bir hil xato qiladi. Har safar o`rgataman. Shu bugun tushundim-ki, atayin shunday qilar ekan!
Kastimimni olib kiyishimga yordamlashdi.
- Yodgor akaaa! -dedi erkalanib.
- Hooo...
- Bugun ertaroq keling!
- Voy nega?
- Iltimos kelaqoling! -dedi qo`limdan mahkam ushlab.
- Bo`pti, qo`yvor vaziyatga qarab!
Eshik tomon shoshdim.
- Vooy shoshmasayzchi!
Qo`limdan torqilab, devon chetiga o`tqazib qo`ydi.
- Azizam erkaligam evi bilanda. Ahir ishga kech qolyabman!
- Iltimos vohli keling. Birga musqaymoq yegani boramiz!
- Tentakkinam... Hali kunlar isimaganu, musqaymoq yevolib ertaga tomog`in og`riydi.
Cho`p etib yuzimdan o`pdida qulog`imga: ``Dadajon`` dedi.
Hayron bo`lib unga qaradi.
- Bu men esams! -dedi boshini biroz yonboshga qayib, baxtiyor jilmaygancha qornini silarkan!
Lahzalar orasida turib qolanday bo`ldim. Jismi jonim, bu quvonchli hush habardan, yayrab ketdi. Bu baxtli onlarni hech bir so`z bilan tariflab bo`lmaydi.
- Rosdannmi?
- Himm...
Bir mo`yim ham botib ozor bermasligi uchun asta quchoqladim.
- ``Vooy-dod`` deb baqirgim kelyabdi!
- Yoo baqirmeng! -dedi quvonchdan qiqirlab.
Nafasim o`pkamga sig`may hansirdim quvonganimdan. Huddi ichi bug`ga to`lgan, choynakday shodligim qaynaydi.
- Rosdan-a? Nahot sen ona bo`lasan! Men esa dada?!
- Him...
- Qachon bilding?
- Kecha oyim bilan doktirga borgandik!
- Hali oyim ham biladilarmi? Aytdima, nechun qarashlari boshqacha deb! Ha, sen nega kecha aytmading bo`lmasa?
- Mana aytyabman-uu!
- Shunday habarni sir saqlab yorilib ketmadingmi?
- Oz qolgandi, yuragim yorilishiga!
- Meni shunday hursand qildingki! Sevinganimdan yuragim o`rnidan chiqib ketmasa bo`lgangi!
- Ho`sh vohliro kelasizmi endi?
- Vohliro deysan-a! Bu kunim senga baxshida, ishga bormayman, jinnivoyim!
Quvonch yoshlaridan namlangan yuziga yuzimni bosdim!
- Kechir sen jinnivoy emas, mening farishtamsan!
Hayotimning eng baxtli lahzalari, hayotindagi eng baxtli kun shu kun bo`ldi...
Agar taqdir, boshimga solajak savdolarini oldindan bilganimda edi. Bu lahzalarni yana bir bor qaytarlishi uchun umrimni yarmini bergan bo`lardim...
* * * * *
Afsus bilan bosh chayqab turgan do`ktirlarga yaqinlashdim.
- R. Omonovich do`ktir, unga ayting! Ahir siz uni zo`r mutahasis dediz-ku? Xotinimni tuzatib bersin! R. Omonovich iltimos do`ktir!
Tarjimon o`rtada so`zlarimni, chet ellik professirga tarjima qildi.
U o`z tilida bir nimalar deb yelkamga qo`l qo`ydi.
- Qo`ldan kelganini qildik, bu yog`iga tiabiyot ojiz! -dedi tarjimon uni so`zlarini takrorlab va ikkisi ketdi.
- R. Omonivich, do`ktir iltimos, qaytaring hamkasibizni! -deb
yonimda qolgan do`ktirga yalindim. - Iltimos qancha so`rasa beramiz!
- Yodgorjon, men hammasini dadayzga tushuntirdim. Biz qo`ldan kelgan hamma chorani ko`rdik. Tushuning biz ham hudo emasmiz!
- Endi nima qilaman do`ktir?
- Umidni so`ndirmang! Eskichasiga ham bir qaratvorilar, zora shifo topsa!
Ikki kundirki, ahvoli juda og`ir, hadeb alahlab olamdan o`tib ketgan dadasi, akasi, oyisi bilan gaplashadi. Uch kundurki ko`zimga uyqu kelmaydi. Halovatimni yo`qotganimga esa, bir necha oylar bo`lib ketdi.
Do`ktirlar bolani oldirmasa, hayoti xaf ostida qoladi deyishdi. Barno dod dedi.
- Yodgor aka bizni zurriyodimiz, nima bo`lsa ham bolamni tug`aman! -deb yig`ladi.
- Hammasi yaxshi bo`ladi...
Kunlarim qanday o`tgani o`zimga ayon. Lekin Barno avvalgidek kulib quvnab yuraverdi. Unga o`lim dahshatidan, ko`ra qornidagi farzandimiz muhum edi.
Oy kuni yaqinlashdi, jarrohlik yo`li bilan farzandimiz eson-omon dunyoga keldi. Boshida hammasi yaxshi edi, ammo ikki hafta o`tib ahvoli og`irlashdi. Kasalligi sababi bolaligida qattiq qo`rqanligi ekan. Akasi va Dadasini katta tezlikdagi mashina bosib ketganida, u bu dahshadga guvoh bo`lib qattiq qo`rqib ketgan ekan...
Biz eng zo`r mutahasislarga ko`rsatdik, hatto chetildan ham mutahasis olib keldik bo`lmadi. Tushundim insonni boyligi qancha ko`p bo`lsa ham, yaratganni irodasi oldida ojiz ekan.
- Aka Barno kenloyim sizni so`rayabdi!
- Rosdana o`ziga keldimi?
- Ha tezroq boraqoling!
- Hudoga shukur...
U yotgan xona tomon shoshdim. Eshik oldida mahallamizdagi keksa onaxon yo`limni to`stdilar.
- Hoji ena... Barno o`ziga keldimi?
- Hotining o`ziga keldi ammo...
Onaxon tushuntirdilar. Inson olimi oldidan shunday o`zini anglab qolar ekan. Xonaga kirdim. Meni ko`rishi bilan, yuzi yorishib jilmaydi.
- Azizam mana yoningga keldim!
Devon chetiga o`tirdim. Barmoqlarini barmoqlarim orasiga qovushtirdi. Birdam nigohlarini uzmay termuldi. Va hira ovozda, rizolik so`radi.
- Yodgor aka mendan rozi bo`ling...
Qo`llarini kaftlarim orasiga olib yuzimga bosdim.
- Roziman mingdan-ming roziman...
Bazo`r o`zimni ushlab, peshonasidan o`pdim. Uning nigohlarini ko`rib ko`z yoshimni tutolmay qoldim.
- Rahmat...
Gapirishga tilim lol, har lahzada bir umirga uni yo`qotishim mumkunligini o`ylab yuragimni vohima bosadi. Bir necha sonya so`ngi diydor onlarini o`tqazdik.
- Oyi qizimni bering... Hidlariga to`yib olay!
- Hozir!
Onam boshqa xonada uxlab yotgan, ikki oylik qizimizni ko`tarib chiqib Barnoni yoniga qo`ydilar.
Bu holatga bardoshim chidamay, eshik oldiga chiqdim...
Sal vaqt o`tib onamning, bo`g`iq ovozda, ``Ollohim... Kelinimga jannat bo`ylaridan hidlad, jannatdan joy ber!`` deb yig`lab aytgan iltijolari eshitildi. Ichkariga kirganimda, Barnoni labida nim tabassum qotib qolgandi...
Qizimning ovozi Oydin bilan boshlanib, Barnoda tugagan hotira olamimni tarqatib yubordi, o`zimga keldim.
- Amma... -dedi uyqusirab.
- Hoo` qizim...
Ko`zlarini yarim ochgan holatda qaradi.
- Dada suv ichaman...
- Hozirda jon qizim...
Stakanda suv olib kelib ichqazdim. Qizim yana yotib uhlab qoldi. Haliham quchog`ida olib yotgan onasini suratini qo`limga oldim.
Huddi joni borday labida tabassum bilan termulib turibdi.
``Farishtam, qizimiz qanday shirin bo`lganini ko`rib turibsanmi? Unga sening mehring kamlik qilyabdi! Menga ham!``
Hayolam u bilan suhbatlashdim.
So`ng qizimni yopinchig`ini to`g`irlab qo`ygach, o`z honamga qaytdim. Barnoni qumsab, nima qilish, o`zimni qayerga qo`yishni bilmayman. Shikafni ochdim dimog`imga uning liboslarida o`rnab qolgan qalampirmo`nchog` ifori uruldi. Barnoning liboslarini, bir-bir yuzimga bosib uning iforiga qondim...
Dadam oyimning ovozlari keldi. Demak bobdod ibodatini o`qishga taraddud ko`rishmoqda. Barnoni qabrini ziyorat qilishni ko`limga tugib. Poklanib olish uchun, dushga kirib chiqdim. O`zi tong otibdi, nonushta qildik...
Mashinani endi o`t oldirgan edim. Jiyanlarim ovozi eshitildi. Katta singlim, 8 yashar o`g`ilchasi va 4 yashar qizchasini yetaklab keldi. Mashinadan tushganim hamoni jiyanlarim salomlashib oyog`imga yopishishdi.
- To`g`ajon! -dedi arz qilib. - Anovi oltin baliqcha ketib qolibdi. Bitta ham tilakimni bajarmadi!
(Tug`ulgan kuniga dadasi akvarumda baliqcha sovg`a qilgandi. Men hazillashib oltin baliqcha ekanda degan edim.)
Singlimga qardim, ``O`lib qolibdi!`` degan manoda ishora qildi.
- O`ltin balig`ingni ko`rdim. Sendan hafa bo`lib yig`ladi, oyingni aytganini qilmaganing uchun ketib qolibdi! -dedim.
Gap topolmay jim bo`lib qoldi.
- Ho`sh nima tilak tilaganding?
- Sochlari uzun qo`g`irchoq! Yana ko`rsayz ayting. Endi hecham oyimni javratmayman!
- Ho`p ko`rsam aytaman yaxshi qiz bo`lsang qaytib boradi!
8 yoshli o`g`li ham salomlashdi.
- Ho`sh to`polnchi sen qalaysan?
- Tog`asi endi to`polonchi mas, katta bola bo`lib Boksga boryabdi!
- Yo`g`e endi polvon demizakanda! Ho`sh polvon sen oltin baliqdan nima so`raganding!
- Eee tog`a quloqqa lag`mon ilmaseyzchi! Oltin baliq bo`miydiyu, lekin bitta veleseped oberseyz yo`q demasdim!
- Hee... -deb singlim yelkasidan turtdi o`g`ilchasini.
- Qo`y urushma... - jiyanimni boshini siladim. - Polvon kallang butun seni!
- Bitta gapiring tog`a olib berasizmi!
- Gap yo jiyan... Qani ``pisht uyga!`` buvijon senlarni rosa sog`inishgan!
Jiyanlarim chopqillab uyga kirib ketishdi. Singlim bilan salomlashdim. Bir qo`li bilan belimdan quchib, boshini yelkamga qo`ydi.
- Balo-gardon tog`asi. Jiyanlariz hursand bo`lib ketdi.
- O`zing yaxshimisan? Pochcham qalay?
- Yaxshilar!
- Qoladigan bo`lib keldingmi?
- Yo`q, kechga yaqin qaytaman! Sizga yaxshi xabar bilan keldim. O`ziz qayoqqa ishgami?
- Ha... Avval keliningni qabri boshiga boraman!
Singlim yaxshi kayfiyatda nimadur demoqchi bo`lib turgandi. Lekin indamadi.
- Ho`p aka kelgunizcha shu yerda bo`lamiz!
* * * * *
Tunda yodga olgan hotiralarim tasirida. Bu safar tilovat qilib bo`lganimdan so`ng ham qabr boshida uzoq qolib ketdim. Qisqagina ammo mazmunli, bir umrga yetgulik, turmushimiz mobaynida bo`lgan yaxshi xotiralarni yotga olib, qabir toshiga chizilgan suratga tikilgancha sassiz hayolan o`z jufti halolim bilan suhbatlashdim...
Kechga yaqin uyga qaytdim. Singlim bekorga kelmabdi. Mahallasidan bir turmushi buzulgan juvon topibdi. Tarifini keltirib maqtab bir uchrashib ko`rishimizni so`radi...
Istamadim, buni ustiga kichik singlim qaytgach, qizim ammasiga ovunib yana avvalgi Nozimaga aylanib qolgandi.
Lekin singlim va onam qo`ymadilar. Ajrashgan, beva, hatto turmush qurmagan qizlarni ham nomzodini qalashtirib tashladilar. Hullas ikki hafta uch bor uchrashuvga chiqdim. Lekin Barnoni o`rnida biror boshqasini tasavur qilolmaganim uchun, ularni yaxshi fazilatlari o`rniga, qusurlarini izladim. Birinchi nomzod singlim aytgan juvon. Farzand ko`rmay ajrashgan ekan. Ammo ikkilanishi bor, shuni uchun yakuniy qarorga kelolmadik. Ikki nomzod deyarli yosh qiz qizaloq, endigina kollejni tomomlagan. Ko`ngliga qo`lsoldim, nima uchun bu uchrashuvga chiqganiga hayron bo`lib. Boy kiyov ilinjida ota-onasi qistovi bilan chiqqaniga shama qildi.
Qizni iltimosiga ko`ra shunday shartlar qo`ydimki, ota-ona qaytib bunday bemanilik qo`l urmaydigan qilib. Uchunchisi undan ham oshib tushdi. U bilan ikki daqiqa ham gaplashmadim. Uzun tirnoq, ulama kiprik, yopishtirib olgan tannoz o`ziga maftun qilishish uchun ilk daqiqadayoq ko`z suzganda hafsalam pir bo`ldi...
Shu uchtadan keyin onam va singlim biroz tin olib qolishdi...
* * * * *
Ishxonada edim, Nozimani maktabidan telifon qo`ng`irog`i bo`ldi. Qizimni qaysidur sinfdoshi itarvoribdi. Eshitdim-u, yuragimni xuvuchlagancha maktabga yeldey uchdim...
Qizim ustozi bilan, endi shikdan chiqayotgan ekan. Nozimani bilagi bog`langan. Tezda yoniga bordim, qizim bo`yi egashib bag`rimga boshdim. Judayam qo`rqib ketgandim, u