MUHABBAT JILG`ALARI: Qizil qor yog`ganda!
MUHABBAT JILG`ALARI: Qizil qor yog`ganda!
RASM
Sardor:
- O`tgan kuni, kechqurun ayol kishi yashrin raqamdan qo`ng`iroq qildi. Endi yotoqqa kirgan edik. Telifonni ayolim ko`tardi. Biroz gaplashdi-yu, rangi o`chib ketdi.
- Tinchlimi Sayyora? -dedim havotirda.
Lablari titrab, ovozi hiralashdi.
- Aanoo! - telifonni ovozini balantlatib menga uzatdi, - Siz-zi xotiniz ekan!
- Nimaaa? -telifonni qulog`imga tutdim, - A`lo kim bu?!
- ``Sardor aka men Aziza xotinizi tanimay qoldizmi?``
- Hoy adashdiz!
- ``Voy-voy-voy jon nega adasharkanman!`` -dedi va isim, familyam, tug`ulgan sanam, qachon nikohdan o`tganimiz, u bilan 2 yildan buyon yashayotganim va Odilbek ismli o`g`limz ham borligini aytdi.
Kutilmaganda bo`lgan bu telifon qo`ng`irog`idan, hushim uchdi, tilim tag`nagimga yopishib qolganday, duduqlanib nima deganimni ham bilmayman.
- ``Jon ertaga keling kutaman...``
Telifon o`chdi.
Rafiqamning, nafratdan qizargan ko`zlariga yosh quyuldi.
- Siz... Siz... - ingroq ovozda yig`lab yubordi, - Nooomard ekansiz? -dedi shaht bilan uxlab qolgan qizimizni uyg`otishga taraddutlanib.
- Shoshma... -yo`lini to`stdim, - Shoshma...
- Qochin yo`limdan... -deb ko`kragimga mushlab, - Siz insofsiz ekansiz? Qizimizni o`ylamadizmi?
- Hey o`ziyni bos! -bir siltab qo`ydim, - Men u ayolni tanimayman! Kimdur oramizni buzmoqchi shekili...
Tushuntirishga urundim. Goh gapimga ishongandek tuyuladi, goh alamli nigohlarini bilan qarab g`udurlaydi.
Shu lanati telifon qo`ng`irog`i sabab, bir necha yillik, gullab yashnayotgan hayotimiz bir onda do`zahga aylandi qoldi...
Ikki soat ichida, o`z nazlimda tubsiz bo`lib tuyuladigan sabir kosam to`lib toshdi. Alam qildi, o`z jufti halolim sadoqatimga ishonmayotgani alam qildi. Ovozini o`chirish uchun, o`zim istamagan xolda ``Bas qil, ovozin o`chir!`` deb bir tarsaki urib yubordim.
Boshqa gapirmadi, o`rniga yotib, teskari qarab oldi va tonggacha hiqqillab yig`lab chiqdi...
Erta to`ngda o`rtog`larim telifon qildi. Gapni uzoqdan opkelib, aylantirdi va kechagi telifon qo`ng`irog`i ularni xazili ekanligini aytdi.
Jahil ustida, urug` aymog`idagi barcha ayollarni oborib, opkeldim, o`sha tomonga...
Allaqachon turib, choy tayorlash uchun oshxonaga chiqib ketgan ayolim, so`kinganimi eshitib yotoqqa yugurib keldi...
- Him tinchlimi? -deb eshik oldida turib.
- Marazlar, beinsoflar... - alamim tarqamay so`kinib oldim, - Sayyor kecha o`rtog`larim hazillashishgan ekan! -dedim.
U beyihtiyor tarsaki tushgan, yuzini ushladi. Yeg`layverganidan qizarib ketgan, ko`zlarini olib, yerga tikildi, asta ortiga qayrildi.
- Hazillashmay... -deb g`udurlab qo`ydida oshxonaga qaytdi...
Besh yillik turmushimiz davomida, juda ko`p, gap talashib, tortishib, janjallashib qolganmiz. Ammo doyim u haq bo`sa ham, no haq bo`lsa ham jahlim chiqishi bilan past tushardi. Arazi ham nari borsa ikki soatga cho`zilar va yana avvalgidek inoq bo`lib bir-birimizni tushunib olardik. Hech qachon qo`l ko`tarish darajasiga bormagan edim. Shu sabab u alam bilan tonggacha yig`lab chiqdi. Tarsaki zahri tarqamay, chehrasi ochilmadi. Nonushta ham, kechki ovqat ham sukunat ichida bo`ldi.
Bunga men ham e`tiroz bildirmadim. Zarur gap bo`lmasa, gapirmadim, hatto yaqinlashmadim. Jondan ortiq sevgan yorim, sadoqatimga shufha qilib, bitta betayinni hazili sabab aytgan gaplari o`g`ir botdi...
1-IYUN bolalar kuni. Bizga ham ishdan dam berishdi. Ertalab shirin uyquda yotgandim. Qizim uyg`otgani kirdi, turtib, qulog`imga baqirib, pardalarni ochib ko`zimga quyosh nurini tushirib nihoyat uyg`otdi.
- Dada buling tez-tez nonushta qilaylik...
- Ho`p-po`p! -deb o`rnimdan turdim, yuz qo`limni yuvib oshxonga o`tdim.
Ovqat suzayotgan ekan, bir ko`z qirini tashlab salom berdi. Alik oldimda, asta stulga o`tirdim. Ovqat suzib keldi, yana o`sha skunat. Yuraklarni qon qilguvchi, araz hali hamon tarqamagan. O`zi shu o`tgan ikki kunim go`yo ikki yildak tuyulayotgandi. Bugungi kun esa, chunonan ortiqcha ko`rib ketdi.
Ovqat yeyishni to`xtatib, qizimga qaradim.
- Qizim Bonuni oyisidan so`raginchi kechagi salatidan qolganmikin?
Qizim bir boshini qimirlatib qo`ydida onasiga qaradi.
- Hoy Bonuni oyisi, kechagi salatizdan bormi?
- Bor ekan deb ayt qizim, Bonuni dadasiga! -dedi Sayyora, haliham qovog`i ochilmay.
Qizim jilmayib men tomonga qaradi. Mittov aqilliyginan, birgina imo qilishimdan fikrimni o`qivoldi. Onasiga qarab:
- Bo`lmasa opkimisizmi? Oyi bo`lib, ko`nglimizga qarangda eee! Bonu bilan dadasi ochib qoldiyu! -dedi.
- Voy-voy-voy, ena xotin bo`lmay qolgur! -dedida o`rnidan turib ketdi.
Qizalog`im, onasini labiga tabassum yugurtirib, mening ham qalbimdagi tugunni yechib yubordi.
Sayyora bilan, qizimiz orqali gaplabsib nonushta qilib oldik. Birinchi qadamni men tashladim, endi navbat unga edi. Qarasam hali ham sust, yana qizimni ishga soldim.
- Bonu, qizim qaraginchi tashqarida qizil qor yog`mabdimikin?
- Hoiz umm, qarab kelaman... -deb qizim balkonga chiqib ketdi.
Ko`z qirimni asta Sayyora tomon tashladim. Mana mening haqiqiy, mohitobonim, mening jufti halolim. Ko`zlarida sevgimiz quyoshi porlab, lablarida qalbimga malham tabassum ila termulib turibdi...
* * * * *
QIZIL QOR VOQEASI...
Oligohni tomomlab bir necha oy ish qidirdim. Nihoyat orzu qilganimdanda a`lo joydan ish o`rin topildi. Borib gaplashdim, maqul ko`rib ishga qabul qildilar. Uch kun o`tib bir qiz keldi. Keyin bilsam, u boshliqni jiyani, buni ustiga meni o`rnim unga tegishli ekan. Boshliqni jiyani bo`lsa, bir boxona bilan meni bo`shatib yuborib una yana o`rniga o`tqazishi mumkunligini his qildim.
Yo`q adashibman, unga boshqa ish o`rini topib berishdi. Bir katta xonada uch kishi, edi. U qizni ham, bizni xonaga joylashtirishdi. Avvaliga o`rnini egallab olganimga, meni hushlamay qavoq firoq qilib yurdi. Keyin asta xammasi iziga tusha boshladi. Juda quyuq bo`lmasada salom-alik qilib turardik...
Boshliqni jiyani bo`lganigami, yoki atayin jahil qilibmi, hullas vazifasiga jiddiy qaramasdi. Istagan vaqtda kelib, istalgan vaqtda ketaverardi.
O`sha kuni ham, tushlikka chiqib ketib qaytib kelmadi. Boshliq tekshirgani xonamizga kirdi.
- Qanday ishlar yaxshi ketyabdimi?
- Ha, hammasi joyida...
Boshliq, xonadosh, sheriklar bilan gaplashib olgach yonimga keldi.
- Ho`sh Sardorjon, sizda nima gap? -pichirladi - Tovuqlarni ho`rozi bo`lib o`tibsizmi?
Boshliqda hazil-hozulga moyilligi juda balant ekan. Buni suhbatga kelganimda sezgandim, lekin bunchalik ekanligini bilmabman.
Xonadagi sheriklarim nozik jins vakillari ekanligiga shama qildi. Jiyanini tovuqqa o`xshatgani mayli-kuya, ammo qalgan ikki ayol o`rta yoshli, erli ayollarni o`xshatgani quloqqa hunuk eshitildi.
- Yo`g`aa, Tolib Hasanivich, ho`rozmasmiz! - dedim.
- Iya hali siz ho`roz masmidiz?! -deb ustimdan kulganday irjaydi.
- Albatta ho`rozmas! Ilg`or mehnatkash inson, anig`rog`i erkak... -dedim.
Uning hazillari, o`ziga yarashmayotganini, yuz qiyofamni jiddiy tutib, bildishga harakat qildim...
- Ha... Ha... Aytganday ho`rozda bo`maydi-ya! -dedi bir nimani nazarda tutib yana gapini kulguga burib.
- Shunday... -dedim, bu gal jilmayishga harakat qilib.
- Yaxshi... Yaxshi, - deb ortiga o`grildi, - Sayyora qani?
Yonimdagi sheriklar, so`radi. Tushlikdan qaytmaganini aytishdi. Boshliqni boya kelganidagi kayfiyati, jiyanini erkaligidan 0% tushib ketganday tuyuldi menga.
Bir tomoq qirib, chiqib ketdi.
Ertasi kuni, ishga vohli bordim. Hammadan avval keldim deb o`ylagandim. Yo`q mendan avval erka xonim kelibdilar.
U bilan salomlashib, endi kurtkamni yechib ilgakka ilayotgan edim, xonaga boshliq va sekritar qiz kirib keldi. Sekretarni qo`lida bir dunyo hujjatlar, u hammasini Sayyorani stoliga qo`ydi.
O`rnimga o`tirishimdan avval boshliq bilan salomlashgani yoniga yaqinlashdim...
- Sayyora! -dedi salomlashib bo`lgach, boshliq hujjatlarga ishora qilib, - Bularni hammasini, qaytadan yozib chiqar!
- Men! Bu meni vazifamga kirmaydi-ku? -dedi Sayyora norozi ohangda.
- Seni nima deb vada berganding?
- Uuufff... Tog`a ahir...
- Tushunmadim, tog`a dedingmi?
- Uzur... Tolib Hasanivvvich! -dedi, qovog`ini solib.
- Bo`ldi, bolalik qilma. Sen aytilgan ishni qil...
- Tog`aaaa!
- Sayyora, ish haqqingni halollab ol...
- Qiyin-ku? -dedi iltijo ohongida.
Qiziqib hujjatlarni bir ikkitasini olib, varoqladim. Bular hammasi chiqindiga yaraydi. Umuan keraksiz.
Hayron bo`lib boshliqqa yuzlandim.
- Ahir bu..!
- Arxiv uchun kerak...
Boshliq ko`z qisib qo`ydi. Bo`ldi tushunarli, bu jazolash uchun ekan. Boshliq yaxshi uslub o`ylab topibdi. Lekin qog`ozlar uvol, behuda sovurilgan vaqt uvol. Asta o`z joyimga o`tirdim.
- Sanga 3 kun muhlat...
- Tog`a ulgurmiman-ku?
- Sen harakat qil, omad... -boshliq bu safar o`zini jiddiy tutdi, - Eplolmasang, ha... Hozzir rivojlanish davri, faqat olg`aaa qadam tashlash kerek. Bizga langar keraymas, tushunarlimi? Hozircha hayr, opamga salom ayt...
- Ho`p... -dedi.
Boshliq chiqib ketdi. Sayyoraga zimdan nazar tashladim. U nima qilarini bilmay bir muddat keraksiz qog`ozlarga tikilib turdi. So`ng asta birma-bir ko`zdan kechira boshladi. Boshliqqa qoyil qoldim, atayin sarg`ayib, yirtiligan qog`ozlarni yig`ib kelibdi.
``Buni nima keragi bor ekan?! Buchi? Voy manbu umunam keraysiz!`` degancha dung`ullab tushluk vaqtigacha titkilab o`tirdi...
Tushlikka chiqib qaytib kelsam, kamputirdan ko`z uzmay allanimalar yozib o`tiribdi. O`sha kuni qimir etmadi, ancha ish qilib tashladi. Ertasi kuni tushlikka ham chiqmay kamputir qarshisida o`tirdi. Uchunchi kuni ertalabdan bo`shashib bir ahvolda keldi. Bot-bot esnab qo`yadi, goh-goh ko`zini uqalaydi. Ammo juda astoydil, o`z ishini qilmoqda.
Tushlik vaqti bo`ldi, yo`lakda boshliqqa uchradim.
- Sardorjon tushlik qilganimi?
- Ha, yuring birga chiqib kelamiz!
Tolib akaday boshliq ikkita busi bittasi u kishi, bitta bo`sa u ham shu Tolib aka. U kishi bilan tushlik qilib, maza qildim. ``Yangisidan bor!`` deb rosa latifa aytib kuldurdilar o`ziyam. - Qalay bizi jiyan aytilgan vazifani bajaryabdimi? -dedi.
- Ha, astoydil kirishdi... Lekin Tolib aka bekorga shuncha narsani yozdiryabsizmi deymanda..!
Yengil hursundi.
- Tanti qizga kimdur saboq berishi kerakmasmi?
- Bu gapiz to`g`ri, qo`shilaman...
- Menga qolsa zarurmidi, lekin nima qilay yolg`iz opamni qizi, jiyanim bo`ladi.
- Bildim bunisini.
- A`qli bor, o`z kuchi bilan oligohga kirdi. Lekin bitta qiz bo`lgani uchun, dadasi biroz erkalatvordi!
Boshliq bilan biroz gaplashib o`tirdik. Ko`ngli ochiq ajoyib inson, dilidagi tilida, odamni o`ziga yaqin oladi. Agar oz bo`lsada, Sayyora ham tog`asiga o`xshagan, ochiq ko`ngil bo`lsa, tilla qiz bo`lishi tayin. Shu o`y ko`nglimga kelgan hamoni, unga qiziqishim uyg`ondi. U bilan yaqindan tanishgim keldi. Ishxonada 16 xodim bo`lsa shulardan 5 tasi erkak. Buni ustiga yoshlardan, boshliqni haydovchisi Rustam, sekretar qiz Matluba, Sayyora va men...
Rustam deyarli qorasini ko`rsatmaydi. Matluba esa erga teygan. Qolgan hodimlarni yoshini, doyimiy ular gaplashadigan oylaviy mash-mashalar mavzusini inobatga olsak, men uchun muqobil yo`l Sayyora tomonda...
Har holla uyam o`zimday kamgaproq qiz. Salom alikdan nari o`tib, do`stona munosabat o`rnatsak yaxshi bo`lardi, degan niyatni ko`ngilga tuygdim.
Tushlikdan qaytarkanman, qaynoq qahva va perojni olvoldim.
Xonaga qaytganimda, uchala sheriklarim ham, xonada edi. Sayyora tushlikka chiqmagan, yonida likopchada oziroq pechenyi, dam badam og`ziga solib, ko`zlarini goh qog`ozga, goh manitorga qaratadi. Tepasida turganimga ham e`tibor beramadi.
Asta tomoq qirdim.
- Sayyora tushlikka chiqmadizmi?
- Yuu, o`zi ulgurmayabman! -dedi, ko`zlarini manitordan olib menga bir qarab qo`ydi.
- Undo bo`lsa, manabularni yeb-ichib oling...
Qo`limdagilarni uning stolini bir chetiga astagina qo`ydim. Indamay ortimga o`grildim. Ortimdan, uning, muloyim va yoqimli ovozi eshitildi.
- Sardor aka!
U tomonga yuz burdim.
- Rahmat... -dedi, asta jilmayib.
- Osh bo`lsin...
Uning tabassumida, iliqlikni sezdim. Har qalay ilk qadamim omadli tashlandi. Biroz o`tib o`rnidan turib chigilini yozdi. So`ng qo`lida, bir qog`oz ko`tarib yonimga keldi.
- Sardor aka mabuni kuring! - qo`limga oldim, bir necha yil avval yozilgan eski ariza, - Buni ham qayta yozishim keraymi?
- Bilmadim! - yelka qisdim, - Tog`ayz yoz aytdi, demak qayta yozasiz...
- Bulani hammasi, sariq chaqaga ham yarmeydi. Tog`amni o`ylab topgan, bemani jazolash usuli...
Boshida, hatto sanasiga bir nazar tashlab, yoki titkilab eski ekanliga qaramay yoza boshlaganda. Sayyora ... qiz ekan degan o`y o`tgan edi ko`nglimdan. Adashibman u boshidanoq, bu jazo tariqasida qilinayotgan ishlar ekanligini bilgan ekan.
- Hafa bo`lmang, balki bu saboq yaxshilikkadur... Siz bo`sh kemang, o`zizi, qatiyatizni ko`rsatib qo`ying.
Bo`shashib qolganini ko`rib qo`llab-quvatlab kayfiyatini ko`tarib qo`ydim.
- Ha... -dedi jilmayib qo`limdagi qog`ozni olarkan, - Chindan tog`am yomonlikni ravo kurmaydiku-aaa?
- Ha... Lekin ulgurasmikin bugun?
- Tugatmagunumcha ketmiyman!
O`zgacha shijoat bilan stuliga o`tirib, ishiga kirishdi.
Harakat qildi ammo ulgurmadi. Ish vaqti nihoyasiga yetdi. Yonimizdagi ayollar poltolarini kiyib sumkalarini yelkaga ilishdi. Sayyora jovdiragan ko`zlari bilan ularga bir bir qarab qo`ydi. Eginmga kurtkamni, bo`ynimga sharifimni o`radim. Yaqiniga bordim, u to`xtatay demasdi. Ketishga shaylanganimni ko`rib, bir menga, bir xonani xar tonini qo`rquv aralasha nazar tashlab qo`ydi.
Uni yolg`iz qoldirib, ketib yuborgim kelmadi. ``Bo`ldi to`xtat!`` deb uning kimligini ko`rsatish uchun jiddiy kirishgan ahtini sindirgim kelmadi...
Tepasida turib qolganimdan, biroz iymanib o`rnidan qo`zg`aldi.
- Sardor aka ketyabsizmi?
- Yo`q... -dedim, kurtkamn va sharifimni yecharkanman, - Sizga yordam beraman!
- Yu rahmat, keraymas o`zim...
- Rat etmen, yaxshi ko`ngilda...
Turgan qog`zolarni olishib uchun endi qo`l cho`zgandim. U esa olishimga yo`l qo`ymaslik uchun qo`l cho`zgan edi. Behos qo`lidan ushlab oldim. Bir titradiyu qo`lini tortib oldi. O`zi esa qizarib ketdi. Chamalab qog`ozlani yarmisini oldim.
- Tog`am nima derkin?
- Sayyora havotir olmen, ko`rib turibsiz bular behuda qilinayotgan ish... Shuni bila turib, yakunlamagunizgacha ketmaysiz. Buni shahtizdan bilib turibman. Men esa sizni yolg`iz qoldirib ketomiman. Keling biroz yordamin teysin. Keyin baribir tog`ay tekshirib o`tirmidi... -dedim.
Rozi bo`ldi. O`z o`rnimga o`tirib, bir tiyinga qimmat vazifani bajarishga kirishdim...
Soatlar qanday o`tganini sezmay qolibmiz. Menda ohirgisi qolgandi. U esa o`zinikini tugatib, yonimga keldi.
- Bo`ldizmi? -deb pichirladi.
- Hozir oz qoldi! -dedim.
Yonimga kelib engashib manitorga qaradi.
Dimog`imga gup etib, yoqimni bo`yini uruldi. Uni yaqindan his qildim. Yuragim allanechuk, ura boshladi. Unga zimdan kuztashladim. Boshida menga biroz qo`pol, muomila qilgani uchun yaxshi e`tibor bermagan ekanman. U judayam yoqimtoy qiz ekan. Ayniqsa ko`zlari, ummonga o`xshab mavjlanib turibdi. Negadur ko`zlarimni ololmay qoldim. Bundan esa o`zim ham o`ng`aysiz ahvolga tushdim.
- Manabu yerda xato yozdiz! -dedi, shivirlagan kuyi, manitor tomon barmog`i bilan ishora qilib.
- Qayerda? -dedim men ham shivirlab.
Huddi bizni birov kuzatayotgandan shivirlashib gaplashdik. Bu esa meni yanada hayajonga solardi.
- Manabu yerni tug`urlamadizu! -dedi klavyaturalarga qo`l cho`zib.
Qo`llarimni olib, unga halal bermaslikka urundim. Yelkalarini yelkamga tekkazib, chiqir-chiqir qilib yozardi. Oramiz shu qadar, yaqinki uning enirgiyasini his qila olardim. Yuragim hinidan chiqquday, chunonan dupurlardi. Nahot do`stlashaman degan maqsadda yaqinlashib, uni yoqtirib qolgan bolsam! Boshim uzra turfa savollar charh ura boshladi.
- Sayyora! -dedim bey ehtiyor qulog`iga shivirladim.
- Ho`o`! -dedi qaddini ko`tarib, qo`limdagi tahlam qog`ozlarni olarkan, u ham birdam termulib qoldi.
Ihtiyorsiz ravishda unin ikki qo`lidan ohista tutdim. Bu xol sal uzoq cho`zildi. Uning yuzida, qurquv alomatlari ko`ringanday bo`ldi. O`zimni, nazarimda unga zo`ravonlik qilmoqchi bo`lgan odamday his qildim.
- Sayyora, qarang tugatdik nihoyat! -o`zimni chalg`itib, soatimga qaradim, - Hademay o`n ikki bo`ladi... -dedim undan o`zimni sal nari olib.
- Hamma ketib bo`ldimi? -dedi uyam hayajonini bosishga urunib.
- Siz men qorovuldan boshqa hechkim qolmadi...
- Oyim naq o`ldiradilar!
- Unda ketaqolaylik, -dedim uning poltosini kiyib olishiga yordamlashar ekanman. Yana bir marta soatga ishora qildim. - Mashinalar to`xtab bo`lgandur!
- Yug`ee! Unaqa deb meni qo`rqitmen, Sardor aka! -dedi eshik tomon yo`nalib.
Har safar ismimni talafuz qilganda, huddi yoqimli musiqani qayta-qayta eshitib to`ymayotgan insonday, ajib hislarni tuya boshlagandim.
``- Balki shu sevgidur Sardor?
- Yo`q, bir lahzada sevib qolish mumkunmas!
- Ha mumkun ahmoq, yuragingni har urishida uning ismi takrorlanyabdiku? Ahir bu sevgi, bo`lmay nima?
- Yo`q...
- Hislaringni yashirma unga sevishingni ayt, qalbingni och!
- Yo`q, juratim yetmiydi!
- Ahmoq vaqtni boy bersang keyin afsuslasan!!!``
Chamasi o`n metirli yo`lakni bosib o`tgunimga qadar, ongimda, o`zim bilan o`zim, keskin tortishuv bo`lib o`tdi. Huddi gul yaprog`ini bitta bitta uzib, sevadi, sevmaydi bashoratini qilganday.
Tashqariga qichdik, rosa qor yog`ib, hammayoq oppoq qorga burkanibdi. Endi og`iz juflagan edim, uning hayratga to`la ovozi eshitildi.
- Iiiiyyyuuuvvvvv! Qizil qor yog`ibdiiii!...
Bu hayrat to`la hayqiriqdan, gapimni ham yuqatib qo`ydim.
- Nima? -deb kulib yubordim.
Bir muddat turdida, keyin o`zi ham aytgan gapidan kulvordi.
Kampuytur qarshisida shunchalar ko`p vaqt o`tirganidan, oppoq qor bir necha sonyaga ko`ziga qizil bo`lib ko`rib ketibdi.
Uning aytan so`zlaridan ikkimiz ham qotib-qotib kulardik. Qandayin ajoyib, lahzalar, uning kulgusi baxor quyoshidek yoqimli. O`sha damda, bir umur shu kulgu sohibasi bilan birga bo`lsam deya niyat qilgandim va dil izhorimni ham...
* * * * *
- Dada... Tashqarida qizil qor yog`mabdi-kuuu!
Qizimni ovozi, meni qisqa muddatli o`tmish xotiralarim sayoxatiiga nuqta bo`ldi.
- Yog`mabdimi? Unda disney lentga boramizakanda!.. Qani asal qizim boring kiyinib chiqing...
- Urrreeee... -dedi xursand bo`lin, oyisini qo`lidan tortqiladi. - Bo`laqoling, ustiboshimni topib kering!
Sayyora qizimizni kiyintirgani olib ketarkan, qulog`iga pichirladi.
Qizim ortiga o`grildi.
- Dadooo... Bonuni oyisi ham boradimi?
- Yo`q qiz! Biz arazchilarni olib bormaymiz... Arazchilar uyda o`tiradi, bir o`zi zerikib... -dedim.
- Hechamdee...
Sayyora bir labini chimirdida, qizimini olib kiyingani kirib ketishdi...
O`zim ham kiyib chiqdim. Qarshimda, mening qalbim sohibalari, qirolicham va jajji malikam turishardi. Ikkovlari ham yaqinda harid qilishgan bir hil libosda...
- Voy o`zimni Bonucham, - qizimni asta qo`limga ko`tardim, - Kuylaklariz munchayam chiroyli bo`lmasa...
Cho`p etib yuzidan o`pdim.
- Menikichi? - Sayyora ham etagini biroz yoyib, - Maqtab qo`ymisizmi, dadasi? -dedi, biroz araz ham erkalik bilan.
- Ha... Bo`ladi kiygani? -dedim atayin be e`tibor bo`lib. Esh tomon yo`naldim. U ortimdan ergashdi.
- Siz qayoqqa? Jaaa arazlab bizni tashlab ketmoqchi edizku?
- Menmi? Men ketarkanmanmi?
- Ajrashmoqchi ediz yodizdami?
- Hechameee! - asta qo`ltiqladi, - Ketsam ham qizil qor yog`ganda ketaman...
(SEVGAN KISHILARIMIZ QIZIL QOR YOG`GUNICHA YONIMIZDA BO`LISHSIN...)
Tamom...
Muallif: -MAJNUN-