MUHABBAT JILG`ALARI: Yo`lchi YULDUZIM...
MUHABBAT JILG`ALARI: Yo`lchi YULDUZIM...
SHAROF:
- Sabirsizlik bilan matorli arrani sivichasini alishtirayotgan hamkasbim Murodni yoniga bordim:
- Nima bo`ldi tuzuldimi?
- Mana hozir... -o`t oldirg`ichni joydaliyu, - Ey hudoyim sharmada qilma! -deb ipini tortdi, mator ishlab ketdi.
- Barakalla ukajon! -Murodni yelkasiga qoqdim, - Endi tezlatvorgin...
O`lti oydir-ki, mana shu Plaramada (Taxta tilish sexi) da ishlayman. Poy teshada (Teshani kattasi yuzasi g`isht kattaligiday, dastasi ketmon sopnikiday tesha. Bazi joylarda Usta tesha, Bobo tesha ham deyishadi.)
Tesha urushga uquvim borligi uchun aksaryat vaqtda, to`sin chopaman. Sexga keladigan homoshyo yani daraxt g`o`lalari juda ulkan ikki quloch ham yetmaydigan yug`onlikdagi chinorlar, yong`oq daraxtlari keladi. Bazilari arraga to`g`ri kelmagani sabab, chopishga to`g`ri keladi. Paraxani osonroq ko`chirib olish uchun, har qarichiga arra solib olamiz.
Hullas bugungi ishni ham deyarli ohirlatib qo`ygandik. Chopish ham oson ish emas yelka mushaklariga haddan ziyod kuch keladi. Tosh ko`taruvchilarnikiday ishib og`riq beradi. Biroz dam olgani soya-salqinga o`ltirdik.
O`ltirib o`yga cho`mdim, qilayotgan ishimiz qanchada tug`aydi, qalgan yumushlarni qachan tug`ataman. Erta saharda ishga chiqayotganimda ayolim, bir dasta pulni cho`ntagimga solarkan:
``Dadasi bugun qiziyzni tug`ulgan kuniga uydagilarni astgansiz. Baliq olib kelsayz, qiziz ham necha kundan buyon dadam baliq pishrib berishadi deb yurgandi!`` -deb ishga kuzatib qo`ygandi.
Hayolim ayolimga ketib, Murodni ovozini eshitmay qolibman. Yelkamdan turtdi.
- Ho`o`o` birat hayoliz qatta?
- Shetta... Ha nima diysan?
- Siz bilan ishlagan odam zerkib ketadiyuu! Namalarni o`ylanaverasiz? -dedi noliganday.
- Ha... Endi Murotjon ukam zerikmasin deb o`yin tushub beraymi?
Xoxolab kulvordi.
- Vaaay aka... Namuncha jiddiy bo`lmasez-aaa?
- Uylansen senam jiddiy bo`pqolasan! - yelkasiga qo`ltashlab bo`ynini qisdim, - Miya o`ylash uchun kerakda uka... Undam ko`ra sen menga ayt ukam qattan tirik baliq sotvolsam bo`ladi?
- Daryodanda!
- Daryoga borib pulimni tashlasam baliqlar o`zi chiqadimi? -ko`rsatkich barmog`imni chakkasiga niqtadim, - Sotvosam deb so`rayabman...
- Hee-hee... Mot qildiz birat... -o`z ustidan kulganday yana qax-qax urdi. - Sotvosam dediz-aaa! Ha aytaman lekin siz baliqni nima qilasiz?
- Kuchikcham yo`q darvoza oldiga bog`lab qo`yaman nimaydi!.. -
Zerikarlisiz deb tana qilganiga, o`zimni hazilkash bo`lishga urundim. - Qiziqyabsanmi?
- Ha.. Shunaqa qiziquvchanman! -dedi so`zida davom etarkan, maqtanchoqlik bilan. O`zini baliq pishirish uslubini aytib berdi.
- Bugun qizimni tug`ulgan kuni. Uyga mehmonlar chaqirganmiz. Qizim kenayinga ``Qijil baliq yegim kelyabdi!`` debdi shunga tug`ulgan kuniga o`z qo`lim bilan taom qilib bermoqchiman.
- Vooy-eeaa! Birat Qijil baliq qanaqa bo`larkan, qanday tayorlanadi? - rostan har baloga qiziquvchan bola, o`rnidan turib ham oldi, - Bo`ling ayting endi o`rganib olay qiziqtirdiz!
- Bo`pti aytaman... Iloji bo`lsa yozvol! -dedim hazil qilib, keyin menam o`z uslubim bilan maqtangim keldi - Qijil baliqni tayorlash uchun avval, 2, 3 kg.li yog`lli semiz baliq olasan. Oq baliq yaxshi bo`ladi. Baliqni belidan ikkiga yorib tozalaysan va bir necha daqiqaga zirovarlab qo`yasan. Keyin esa pamidor, sarimsoq piyoz (chisnok), bulg`or qalampiri (balgariski), piyozni va bitta lemonni olasan, shularni hammasini maydalab, ziravorlar qo`shib tovoda qovurib, sovus tayorlab olasan. Keyin gulxan yoqib cho`qini tushirasan, atrofiga g`isht qo`yib qo`lbola ko`ra tayorlaysan. So`ng mahsus sekaga baliqni yoyib joylaysan, avval baliqni ichki tomonini o`n daqiqa atrofida qizartirib pishirib olasan. Keyin orqa tomonini ag`darasan shunda tayorlagan sovusingni yarim sm qalinlikda bliqni ichki tomoniga quyasan. Endi baliqni orqa tomoni cho`q ustida 5, 6 daqiqa ushlab turasan, baliq ichidagi sovus biqir-biqir qila boshlaydi.... Shu topda atrofda uning hushbo`y hidi taraladi. Qarabsanki tayyor. -qarasam Murod labini yalab qo`ydi, - Ohh, ukajon sel bo`lib pishgan baliq go`shti ichiga, sovus tami qo`shilib, baliq hidini yo`qotadi va hushtam mazza kiritadi... Ukam ana buni ``Qijil baliq!`` deyishadi. Aslida ``Qijil baliq!`` degan nomni qizimi o`zi qo`ygan. Manimcha bu suvus rangidan kelib chiqib ``QIZIL BALIQ!`` degani bo`lsa kerak, qalay?...
- Bay... Bay... Bay... Akajon ishtaxani ochvordizu immm... Men ham uydagilarga pishrib beraman. Anovi mahsus setkayzni berib turing...
- Namuncha shoshasan? -yelkasiga bir qoqdim, - Avval baliqni qattan olishimni ayt!
- Yo`l bo`yida baliq pishiradigan joy bor. Oshpaz meni o`rtog`im har kuni yangi baliq olib kelishadi. So`rasayz yo`q demaydi...
- Berarmikin?
- Hozir telifon qilamiz-da! - Murod o`rtog`iga telifon qilib bir necha daqiqa gaplashdi. - Bo`ldi aka beradi, olgan pulini berasiz bo`ldi...
Murot ishimni hal qilib berganidan ancha yengil tortib, endi o`rnimdan qo`zg`algandim, qorovilni xanasi yonida turgan siyohrang BMWga ko`zim tushdi. Tezda ko`zim javdirab mashina egasini qidirdim. Kichik sitanoklar joylashgan xona eshigi yonida, ko`rib yurgaim uvushdi...
``Yaramas!``
Ustani yonida turib qo`li bilan meni ko`rsatardi.
Shu topda Murod tezroq ishni tugatib qo`yishimizga undadi. Meni ko`zim usta va anovi ablah tomonda. Ishdan haydalishimni o`ylab, qo`lim ishga ham bormay ishtiyoqim tushib ketdi. Shunga qaramay ishlarni tugatdik. Yuvunib taranib uyga ketishdan avval usta yonimizga keldilar.
- Barakalla yigitlar bugun ...kuba tahta chiqardilar. Mana bugungi ish haqlaring...
5, 6 kishi edik, usta hammaga kunlik ish haqqini tarqata boshladi.
Ko`nglimdan o`tqazardim: Hozir usta ``Ertadan kelmay qo`yaver!`` deydi. Endi ko`nikkanimda yana boshqa ish qidiramanmi? -deb. Lekan usta aytamdi.
- Mayli yigitlar ertagacha!
Ketishga shoshilmadim. Atayin sekin kiyim alishtirdim. Poyteshamni tig`iga mato o`radim. Murod velasapedini minib qolganlar bilan chiqib ketdi.
- Usta...
- Ha. Sharof...
- Boyagi yigitlar nima dedi?
- O`zi senga kim bo`ladi?
- Qaynog`am... Kelinizni akasi!
Aybim yo`qligi uchun ustani ko`ziga tik qaradim.
Usta yelka qisdi.
- Senga tuhmat qildi. Men ishonmadim. Sen ishtiyoqni tushurma, bunaqa yaramaslar har qadamda uchraydi...
``Eee rabbim o`zing ming shukur!``
Ustani bu ishonchidan be nihoyat shodlanib ketdim. Deyarli ishdan ayrildim deb o`ylagandim. Yo`q, ohirgi 5 yilda haqiqat va yolg`onni farqlay bilib, meni ishdan olmagan yagona boshliq, shu kishi usta Muhammad aka bo`ldilar. Ustaga rahmat aydim-u, tezroq boshqa ishlarimni bitrishga shaylandi. Ayolim tayinlaganidek, avval kitob do`konidan ertak kitob, shirinliklar do`konidan to`rt va Murod aytgan choyxonachi yigitdan mehmolarga yetgulik, baliq oldimu uyga oshiqdim.
Qaytayotganimda yo`l bo`yida Plaramadan chiqayverishdagi qari majnuntol tagida yana o`sh siyohrang BMW ga ko`zim tushdi. Meni atayin kutib turganini darrov tushundim. Yaqinlasharkanma velosapedimdan tushdim. Hafizni o`zi qarshiladi.
- Iyyaaa kimni ko`rib turibman! Kuyovbola bormisiz?
- Keling Hafiz aka yaxshimisiz? Oyim tuzukmilar?
Yolg`ondan bo`lsada hurmatini joyiga qo`yishga urundim, unga yaqin borarkanman.
Hafiz so`rashish uchun qo`l cho`zdi, unga qo`l uzatganim hamoni u qo`llarini tortvoldi. Qo`lim havoda muallah qoldi. Hafiz mashinasiga suyanib turgan shotiriga qarab ustimdan kulib tirshaydi.
- Nega kelding? -dedim.
Sensiraganim yoqmay, afti burishdi.
- Nega kelganimni o`zing bilmaysanmi? -dedi bo`ynini oldinga cho`zib.
O`zimni, idora qilishga chirandim.
- Jiyanlaring ikkita bo`ldi, balki endi bizni tinch qo`ysang bo`lar-di!
Yaqinimga kelib ko`zlari go`layib, barmog`ini ko`kragimga niqtab, tahdid ohangida dedi:
- Dilmira bilan ajrashgan kuning tinch qo`yaman...
Uning bu gapidan keyin ichimdan qahru-g`azab vulqonday portlab ketdi. Ko`zimga hech narsa ko`rinmadi. Bir qo`limda tutib turgan velasapedimni ramasiga bog`langan poyteshani yulib oldimu, Hafizni ustiga urdim. Chut-chut chap berib qoldi. Poytesham asfaltga 3, 4 sm atrofida kirib ketdi. Ikkinchi marta poyteshani qo`lga olganimda Hafiz mendan o`n metrlar narida turardi. Azroylni ko`rganday rangi o`chib ketgan. Chunonan qo`rqib ketganidan, mast odamday chayqalar, tizzalarini qaltirashi ham shundoqqina ko`rinib turardi. Shotiri esa undan ham nariga borib ulgurgandi. O`sha ondayoq qanday xato qilganimni tushundim. Ammo hali ham g`azabdan holi emasdim. Ichimda qandaydir kuch meni oldinga undardi. Bu oddiy g`azab emasdi, yillar davomida yurak tubida qat-qat bo`lib ketgan g`azab edi. Ular ikkisi yanaham qo`rquvga tushib nari keta boshladi. Teshani ikkinchi marotaba urmagunimcha ichimdagi tufon timmasligini his qilardim. Ko`zimga BMW ko`rindi balonga solgandim biroz no to`g`ri ketgan tesha qanotda katta yoriq qoldirdi. Keyingi zarbam old eshikka bo`ldi. Zarba kuchliyligidan poytesha tiqlib qoldi. Mashinani esa signalizatsiyasi ishlab ketgan, tinmay shovqin solardi. Tesha dastasini qattiq siqib, sug`rib oldim. O`zi atrofdan 4, 5 kishilar yig`ila boshladi tomoshaga. Vaziyat chigallashmasidan avval ortga qaytdim. Yeqilgan velasapedimni turg`azdim. Yerdan yotgan kitobni oldim, shildiraq qog`ozi chang bo`libdi. Changnini artgan bo`ldim va karzinkaga soldim. Paketga solingan baliqlar ham yerda yotar, o`xtim-o`xtim qimirlab qo`yardi. Yaxshiyat to`rt, velasaped baloni ustiga o`rnashib qolibdi. Karopkada bo`lgani uchun, biroz surib qolganini inobatga olmasa hechnima qilmabdi. Narsalarni oldimda velasapedni asta yetakladim. Mashinasiga o`tirayotgan qaynog`amni yoniga to`xtadim. Qo`rqib ketgani shundoqqina ko`zlarida namoyon edi.
Tahdid ohangida, vazminlik bilan gapirdim.
- Keyingi gal uchrashganimizda, Oying azati tutadi yoki singling... -dedim.
Ikkimizdan birimiz o`lishimizga shama qilib, so`ng yo`limda davom etdim. Ortimga qaramay ketarkanman, velasaped ro`liga ko`ndalang qo`yib olgan Poytesham tig`ida qolgan, asfalt va mashina bo`yog`i qoldiqlarini ko`rib daxshatga tushdim...
``Ollohni o`zi asradi!``
Bordiyu bir necha sonya oldinroq urganimda, u omon qolmasdi. Qizimning tug`ulgan kunida, tog`asini qotiliga aylanardim. Naqadar daxshat...
O`ylaganim sayin sovuq ter bosar, ichimda allaqanday izg`irin bo`layotganday, uvushtirardi. O`ylamay qilgan ishimning sovuq harorati, uyga borgunimcha tanamni tark etmadi.
Darvozadan kirganim hamoni ayolimni, gul yuzini, yoqimli tabassumini ko`rib ko`nglim yorishdi.
Salom berib darov qo`limdagilarni olarkan, teshaga qarab ajablandi.
- Tinchlimi dadasi?
Tesha tig`iga o`ralgan mato kesilib tepasiga shimarilib qolgandi.
- Yo`lda qo`limdan tushib ketdi!
- Voooy dadasi, ahir doyim mana-bu yerga bog`lab olardizu!
- Bugun yodimdan ko`tarilibdi...
- O`zizga hechnima qilmadimi?
- Yo`q... - avval uy ichiga so`ng, oshxonaga nazar tashladim, - Oshga unnadingmi?
- Yo`q hali... -deb bosh chayqadi.
- Nega halizamon mehmonlar keladi?
Ko`zlari joyvdirab, ayibdorday yer chizarkan:
- Ular kelishmaydi... -dedi.
- Nega?
- Bilmadim! -dedi yelka qisib.
Oyim dadam, akamdan jahlim chiqib yuzimni teskari burdim. Qo`llarim musht bo`lib tuguldi.
- Ularga farzand, nabiralarni quvonchi emas, boylik kerak... Eee hammasini... -deb so`kinib yubordim.
- Unday demang Sharof aka... -dedi ayolim, qattiq g`azablanganimni ko`rib yelkamni silarkan, - Oyim bilan akam ham kelmasa kerak...
- Kelmasa-kelmas, bizga bobom va buvumni borligi yetadi, to`g`rimi jonim... -deb ayolimni chakkasidan cho`ppillatib o`pib qo`yarkanman o`zimda jilmayishga kuch topib. - Yur uyga kiraylik...
Uyga kirganim hamoni qizim oyog`imga yopishdi. Qizimni avaylab bag`rimga bosarkanman, ichimni qoplagan sovuqlik qayoqqadur yo`qolganday bo`ldi. To`rida bobom, bir-birlariga yarashib yonlarida buvim o`ltiribdilar. Buvimni yonlarida beshikda o`g`lim, uxlab yotibdi. Bobom, buvim bilan salomlashib bo`lgach beshikdagi o`g`limni jannat bo`ylariga to`yib charchoqlardan halos bo`ldim.
Bobom va buvimni nurli chehralariga qarab duvolaridan olib, ko`nglim charog`on bo`ldi.
``Jigarlarim, azizlarim borilarga shukur!``
Ayolim kamtarona bejirim, dasturxon tuzagan. Xontaxta atrofiga o`rnashib. Bir pasta tug`ulgankunni, qizalag`imni 4 yoshni qarshilaganini nishonlay boshladik. Guring qilib o`tirgandik.
Dilmira baliqni pishirishim kerakligiga shama qilib imladi. Bobom va buvimga ``Evaralariz bilan o`tirib turilar!`` dedigu tashqariga chiqdik.
- Dadasi kech bo`lib ketmasidan anovi taomni tezroq pishiraylik, qiziyz uxlab qolmasim yana... -dedi.
- Ho`p jonim... Qarashvorasanmi? -dedim.
- Himmm...
- Sen sovus tayorla, bo`lmasam... -dedim.
Shu payt ichkarida o`g`limni yig`i ovozi eshitildi.
- Bolajonimni qorni ochib uyg`ondi shekili... -izin so`raganday qoshlarini kerib, boshini yonga qayirdi, - Hozir qarab chiqiy!
- Mayli boraqo... Men baliqlarni tazalab turaman...
Ayolim uyga, men paketdagi baliqlarni olib, tozalash uchun artizon tagiga ketdim.
Baliqlarni tozalab bo`lgunimcha ayolim ham o`g`limni qornini to`yg`azib qaytib chiqdi.
- Dilmira baliqlardan bittasini ziravorla, keyin tezroq sovus tayorla! -deb buyirdim.
- Dadasi qolgan baliqni nima qilamiz?
- Tuzlab muzlatkichga tiq, ertaga pishrab beraman...
O`zim gulhan yoqib, cho`g` tushirish uchun ikki bog`langan mevali daraxt shohini xovlini yalang joyiga olib keldim. Unga o`t qiyarkanman. Baliqni muzlatgichga qo`yib kelayotgan ayolimga qarab, bugun nabirasini tug`ulgan kuniga kelmagan oyim, dadamdan hafa bo`lib ketdim.
Gurulab olov yondi, kosovni olvolib, yonlaridagi sohlarni qaytarib nazorat qila boshladim.
Sovus tayorlashga kirishgan ayolimni gul-gul yashnagan chehrasidan yanada zavqt tuyib, hol ahvolini so`radim.
- Jonim qiynalib qolmayabsanmi ish, bollar bilan?
- Yo`q, buvijonim qarashvoryabdilar... Bilasizmi erka qiziz bugun nima qildi!... -dediyu, qizimni sho`xliklari, aqli, farosati haqida to`lib toshib gapira boshladi.
Qiziqib ayolimga quloq solarkanman, uning mohirlik bilan pichoq ishlatishi, g`urilab yonayotgan gulhan uchqunlari hayolimni, tortdi. Oyim-dadamni, jufti halolimni uchratgan paytlarimni hotirladim. Shu kuyi hayol o`tmishga olib ketdi...
Hammasi, oyim o`zini savdoga urganidan keyin boshlandi. Katta daramad, oyimni aqldan ozdira boshladi. Huddi epedemyaday dadamga, so`ng akamga yuqdi. Huddi uyda pul vas-vasasi boshlanganday. Faqat mavzu shu qanday pul topish va yanada boyish. Ko`p o`tmay akamni bozorhumni qiziga uylab qo`ydik. Shundan keyin bozorda do`konlarimizni sanog`i oshdi.
Oliygohni bitirganimdan keyin ishga joylashaman degan niyatlarim boridi. Oyim qo`ymadi o`zilari bilan savdoga tortdilar. Halol savdogar bo`lish yaxshi ammo tez boyish qiyin. Aylanma yo`llar bilan yuk olib kelish esa! Bunaqa narsaga toqat qilish qiyin, doyim yurak hovuchlab turish menga to`g`ri kelmadi. Yana oyimni tinmay miyyamni zaharlashi. Yani kimni qiziga uylansam, uni otasi men uchun nima qilish haqidagi gaplar hiqqildog`imga keldi. Jiddiy bo`lganim bilan, ichimda umuman boshqa insonman. Menga boy badavlat suymagan xotin bilan yashashdan ko`ra. O`rtahol bo`lim, halol mehnat qilib, sevib-sevilib yaxshashni orzu qilardim. Shovqindan boshim og`riydi degan boxona bilan, o`zimni savdodan nari tortdim. Oyligi kam bo`lsada ishga joylashdim. Uydagilarni hadeb uylab qo`yishga, undayverishlaridan, menga qiz topishlaridan bezor bo`lib, ishdan kelishim bilan uydagi Matizni haydab chiqib ketadigan bo`ldim. Sharayitga qarab, shaxmat qo`yib olardimda taksi haydardim. Hech yo`q benzinni, og`aynilar bilan o`tirgani biroz pulini chiqarsam bo`ldi edi...
Erta bahor Navroz arafasi edi. Ishdan kelsam uyda oyim, rasim tutqazdi. Palanchini qizi, dadasi palanjoyni ho`jayini, oyisi palon joyda ishlaydi. Muhumi bizni oylaga munosib ekan. Oylaga munosibdir, ammo menga emasdi. Oyim bilan biroz aytishib qolgach, mashinani haydab chiqib ketdim. Biroz shahar aylandim, cho`ntakka pul tushdi. Yoqilg`i quydim. Og`aynilar bilan kafeada o`tirdik, so`ng bilyard o`ynadim. Hullas ancha vaqtn kech qoldim. Chiqib mashinaga o`tirmasimdan yomg`iram ham boshlab yubordi. Shu bilan uyga qaytishga qaror qildim. Ayni paytda sharda ret bo`layotgan ekan. Mashinalar birma-bir to`xtalilmoqda. Yo`l patrul hodimlari bir mashinani to`xtatib so`roq qilishmoqda. Uzoqdan ko`rib turgandim, mashina orqasidan bir qiz tushdi va to`g`ri keta boshladi. Meni to`xtatishmadi. Patrul hodimlaridan o`tganimdan keyin boyagi qiz qo`l ko`tardi. Mashinani astga chetga oldim. Qiz orqa o`rindiqqa o`tirgani hamoni dimog`imga kanyak hidi uruldi. Ko`zlarini pirpirat jilmaydi:
- Haydang jonim!
- Qayoqqa jonidan?
- To`g`riga jonim to`g`riga!
Qo`li bilan to`g`rini ko`rsatdi.
- To`g`rini ham nomi bordir jonim? -dedim kesatib.
Mastligidan ko`zlari suzilib, jilmaydi. Yana jon-jonlab manzilni ham tushuntirdi. Shahrdi u boshida ekan...
``Jonlamay o`lgur, qanjiq shu yoshdan ichsang, keyin nima bo`lasan? Heee seni erkalatgan ota-onayni...``
Ichimda yaxshilab so`kib oldimda mashinani joyidan qo`zg`otdim. Yomg`ir tomchilari oynaga uriladi, oyna artkich bir maromda ichlab turibdi. Radioda shirinzabon boshlovchi, muhlislar bilan allaqanday qiziqarli savol javob qilyabdi. Eshitib malum bir masofani bosib o`tganimizdan keyin, oynacha orqali orqa o`rindiqdagi qizga ko`z tashladim. O`rindiqqa yotib olibdi. Biroz havotirga tushib mashinani to`xtadim. Qarasam qizginani kayfi oshib uhlab qolibdi. Unga qarab asababim buzuldi. Turtib uyg`otmoq uchun qo`l cho`zgandim. Ko`zi namlanganini ko`rib shashtimdan qaytdim. Tizzalarini buklab, kaftini boshiga yostiq qilib yotgan qizga diqqat bilan tikildim. Qoshlari qora, kipriklari namlanib to`p-to`p bo`lib qolgan. Yanoqlari qizil, lablari bejirim. Nafas olayotgani sezish qiyin. Sochlarini bir qismi bo`yniga tushgan. Ammo bo`yinchasidagi qalin tiros, shundoq ko`rin turibdi. Quloqlarida ham qimmabaho sirg`alar. Egnidagi vechirni ko`ylakni aytmasa ham bo`ladi. Zarg`aldoq naqshinkor, qaymoqrang matodan tikilgan ko`ylakchasini ko`rib, bu parizod badavlat kishining arzandasi degan taxminga bordim. Turishidan 17, 18 yoshdagi qiz. Ichib olganiga qaraganda biror bayramdan kelayabdi. Tanimagan odamni ``Jonim-jonim!`` degani bilan unga foxisha degan tamg`ani qo`yishga asosim yo`q. Shunchaki erkalab ketgan, erka qizaloq. Ammo nega ko`zlari nam!
Ikkilanib asta mashinani yurg`azdim. Hash-pash deguncha manzilga ham yetib keldik. U aytgan nomdagi ko`chaga kirdim. Chamamda u tomonida o`n, bu tomonida o`nta uy, qay biri uni uy ekanligini bilmayman. Mashinani asta ko`cha boshiga bir chetga to`xtatdim. Qizni uyg`otishga chog`landim. Lekin bu qadar latofatli qizni yana qaytib ko`ramanmi degan o`y miyamga o`rnashdi. Besh daqiqa uning husniga to`yib olay, keyin uyg`otaman degan hayolda soatimga qaradim. Oynachada uning yuz qismi ko`rinadigan qilib to`g`irlab oldim. Oradan besh daqiqa tug`ul o`ng daqiqa o`tib ketdi. Endi uni uyg`otib yuborishdan cho`chib, radio ovozini pastlatdim. Mashina ichi dimiqib, uyg`onib ketmasin deb oynalarni biroz-biroz tushurib qo`ydim. Bir onga bo`lsahan oynadan ko`z olmasdim. Uning uyqusi ichida, labini qimtishiyu, ahuyon-ayodan kipriklari qaltirashigacha diqqat bilan kuzatardim. Oradan bir soatlar vaqt o`tdi. Biroz qimirladi, ``Ana endi uyg`ondi!`` deb o`ylagandim yo`q narigi totmonga qayrilib olishga harakat qildi, ammo yuqoriga qarab qoldi. Oyoqlari eshikka tiralib, tizzalarini ko`tarib oldi. Ko`ylakchasi etagi buksasigador tushub, ola-bula kalkotkasi sonlarigacha ochlib ketdi. Bey ihtiyor ko`zlarimni olib qochdim. Bir narsa malum men uni qizg`ona boshladim, o`zimdan o`z hirsimdan ham. Tezda sifartibkamni yechib ohista oyoqlari ustiga tashladim. Beyozor yotgan qizginani oyoqlarini o`y nigohlarimdan yashirdim. Qo`llarini qorniga qo`yib olgan, ko`kraklari ham tepasi salgina oqarib ko`rinardi. Astagina qo`limni usatdim. Yelkasida turib qolgan qalingina sochlarini, barmog`im uchi bilan nari surdim. Ko`krak bo`ynini butunlay to`sib qoldi. Bunday tor joyda yotish noqulay bo`lsa kerak! O`rindiqni biroz orgaga yoqtizib cho`kkalab u tomon qaradim. Unga judayam yaqinlashdim. Narigi o`rindiqdagi kichik