MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (I-QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
I - Qism...
Shahvoniy istaklar tug`yoni...
Qo`shnim Sadir aka hofiz, yaxshigina ovozi bor. Arzongina bo`lgani uchun atrofdagi 9, 10 qishloqlar orasida nomi chiqib, tanilib qolgan. Sezon boshlandi deguncha, to`ylarining keti uzulmaydi.
Ko`cha-kuyda momilasi yaxshi insonu, ammo qo`li pul ko`rib qolsa bosar-tusarini bilmay qolardi.
O`zi istarali, kelishgan bo`lganigami, ayollar ilashib qolaveradi. Ochigi uni mahallamizdagi ko`pchilik hushlamaydi, ayniqsa erkaklar, chunki uchiga chiqqan xotinboz. Uyida tez-tez roqqasalar, turli yengil tabiyatli qizlar tunab qoladi. Shu uchunam shaniga dog` tushurib aka, opasi bilan yuz ko`rmas bo`lib ketishgan menimcha.
O`zimcha o`yladim: Hadeb suyuqoyoqlarni quchish jonida tegdimi, yoki uyiga qorovul kerak bo`lib qoldimi! Harqalay yoshi 32, 33 ga chiqqanda uylanish haqida o`ylab qilibdi. Bahorda to`yini o`tqazdi. Dilbar yoshgina qizga uylandi. Qo`shnimku, harqalay to`yida hizmatda bo`ldim. Yangi kelinchankni ham o`sha kuni birinchi bor ko`rdim. Kichik jussali, qadi-qomadi hushbichim, husni ham tuzukkina bir qiz ekan. To`ylarga borishni hush ko`raman. Kelinchaklarga qarab, husniga baxo berish, odobdan emasligini tushunaman. Biroq bu kelinchakni chehrasini yodimda qolgani, uning menga tanish tuyulgan nigohlari. Ha avval ham uni ko`rganman! Ammo qayerda?! Hayolimdami yoki tushumda! Eslolmadim, shunchaki chehrasi menga juda tanish edi.
To`yda etiborimni tortib, ko`ngilni hira qilgan voqeadan yana biri, huddi onasi majburlab bohchaga tashlab kelgan qizaloqday, to`y tugaguncha ko`zida yosh bilan o`ltirgani edi.
Odatlarimizga ko`ra, yengi kelinlar tongda turib ko`cha supurardi. Shu bohana qo`shnilar bilan tanishgani chiqardi. Bilmadim bu qo`shni kelin qachon ulgurardi! Tong otamay, mahallamiz ko`chalari supirib qo`yilgan bo`lardi...
Oradan ancha kunlar o`tib ketdi. Ammo qo`shni bo`lsak ham yangi kelinni o`shu to`y kuni, kelin libosida ko`rganimcha boshqa hecham ko`cha-kuyga chiqqaniga ko`zim tushmadi.
O`zim kollejda oxirgi kursda o`qib, eletir isitkichlar yeg`adigan sexda ishlar edim. Uyda kam bo`lardim. Oyim uyda bo`lishmagan vaqlarida yangalarim g`iybatlashib qolishardi. Birgal qulog`imga chalinib qoldi:
``Sadir xotinini ostona hatlab ko`chaga chiqartirmaydi, biror kimga qo`shtirmaydi. Qafasdagi qushchadek uyidan chiqmidi bechorani!`` -deb suxbatlashib qolishdi yangalarim.
Hayolimga kelgan o`y shu bo`ldi:
``Obbo hofizey, o`zlari kayfini surib-surib, endi sirilari ochilishidan qo`rqib, xotini hammadan yashirar ekanda!``
Oyim esa har narsani yaxshi tomonini o`ylaydilar. Shuning uchun bazi-bazida:
``Baraka topkur juda ibo-hayoli juvonda bu kelin!`` -deb ko`chada soatlab gap sotib qoladigan yangalarimga teqqazib, o`sha sirli kelinni alqab qo`yardilar.
Oyimning shunday gaplaridan keyin:
``Qani endi xudoyim menga ham shunday yor nasib etsa!`` -deya o`y surib Sadir akaga havasim kelib ketardi.
* * *
O`sha kunlari kollejdagi ohirgi haftalar, imtixonlar payti yaqin edi. Tushdan keyin uyga qaytdim. Jo`ramdan mahallada to`y borligi, daragini eshitib sartaroshxonaga chiqib sochlarimni kaltalatib keldim. Hullas uydagi bazi yumushlar keyin yuvinish taranish deganday, ana-mana qilib tayyor bo`lgunimcha to`yxonadan to`y sado kela boshladi.
Oyim, yangalarim ham yasan-tusan qilib to`y ko`rgani ketishgandi. Men esa salgina qosh qorayib, kelin-kuyov kelib, kelinni dugonalari to`yxonaga yig`ilb bo`lgandan keyin boraman deb astaydil sochlarmni gellab, soqol-moylovni qirtichlab tayorgarlik ko`rayotgandim. Endigina tayyor bo`lib, jo`ramga qo`ng`iroq qilmoqchi edim. Shu payt qulog`imga ayol kishinin baqirgani, gaz chiqqandagidek ``vashshilagan`` ovozlari eshitilgandek bo`ldi. Quloq solsam ovoz Sadir akani uyidan kelyabdi. Ko`nglim bir baloni sezgandek, qo`shnimnikiga yugurdim.
Xovli etagida o`yma naqshli so`ri, so`ridan sal narida yer ayvon panasida kichikkina pumbaloq gazbalon, ustida bir-ikki kishiga mo`ljallangan qozoncha.
Gazbalonni kirani ishdan chiqqan shekili, olov kuchayib qozondagi yog`ni yoqvoribdi. Salkam bir metir bo`lib yonayotgan olovni ko`rdimu bir lahza gangib qoldim. Ammo tezda o`zimga kelib ostona yonidagi supurgini oldim, dastasi bilan qozonni bir turtgan edim dumalab, to`ntarilib qoldi. Gazbalonni o`chirish uchun so`ridagi ko`rpachani olib olov ustiga bosdim va tezda kiranni burab o`chirdim. Shoshgancha balonni ko`tarib, har ehtimoldan tomorqa chetiga tushurib qo`ydim. Shundan keyingina nariroqda qaltirab, yig`lab o`tirgan qo`shni kelinga ko`zim tushdi.
- Kelin opa tuzukmisiz? Sizga hechnima qilmadimi?
Havotirda tezgina yoniga borib, yelkasidan tutgancha yuz-ko`ziga, ko`ksiga bir-bir ko`z tashlab holini so`ray boshladim. Nazarimda hech yeri kuymagan shunchaki qattiq qo`rqib ketgan.
U cho`kkalab, gavdasini bir tomonga tashlagancha, bir qo`liga tayanib o`tirardi. Rang-ro`yi dokadek oqargan, yaproqdek titrardi. Bunchalik qo`rquvga tushishiga sabab menimcha balon portlab ketadi deb o`ylagan bo`lsa kerak!
- Turing o`rningizdan, kelin opa...
Bilagidan tutib turg`azdim. Ammo hali-hamon qo`rquv asoratidan qutulolmas oyoqlari madorsiz edi.
- Tuzukmisiz?
- Yaxshi. -dedi past ovozda ingilladi va menga tarmashdi. Oyoqda turolmayotgani sezib, darov qo`ltiqlab, belidan quchdim. U bor gavdasini menga tashladi.
- Kelin opa, so`riga o`tiring!
``Tavba, pardek yengil ekan!``
Uni nozikkini bilagidan tutib so`rini chetiga o`tqazib qo`yarkanman, nima jin urdi, lozimiga yopishgan changni ko`rib, reflekes sabab qopib tashlashga urunibman. Sonlarini ikki, uch bor sidirib yubordim. Shu on ``lop`` etib hayolimga:
``Bu birovni xotini, qo`shni kelin-ku!`` degan o`y keldi. Huddiki tok urgandek qo`limni tortib oldim. Bu ishim noto`g`i bo`lgani anglab hijolat tortib qoldim. Biroq u buni his qiladigan ahvolda emas ekan. Yarim buksasini so`ri chetiga qo`yib, oyog`ini osiltirgan, tirsagini xontaxtaga tirgan ko`yi bir holda o`tirardi.
Avvaliga biroz noqulay ahvolda, nima qilishimni bilmay turdim. Hayolida birgina o`y:
``Betamiz, nega oyog`imdan ushlading?`` deb baqirib qolmasmikan!
Noqulay ahvoldan qutilish uchun, o`zimni xotirjat tutishga harakat qildim va xontaxta ustidagi choynakdan piyolaga choy quydum.
- Kelin opa yaxshimisiz?
- Him... -dedi boshini qimirlatib qo`yarkan.
Sekingina piyolani qo`liga tutqazdim. Labi qimirladiyu, ovozi chiqmadi, choyni ham ho`plamadi. Piyolani xontaxta ustiga qo`yib, chetini tutgancha, bexol ohista chakkasini tirsagi ustiga qo`ydi. Huddi dushmanini ko`rib turgandek, dushman nigohini gazbalondan uzmasdi. Uni holatini ko`rib ko`ngilmga vahima oralay boshladi.
``Endi nima qilaman. Qattiq qo`rqib ketibdi, mazzasi qochib qolmasaydi!``
Oyimnimi, yoki biror qo`shnini chaqirmoqchi ham bo`ldim. Lekin oyim uyda emas. Birdan kallam ishlab ketdi. Oddatda bunday holatlarda o`ziga keltirish uchun suv sepilardi. Atrofga alangladim, oshxona eshigi ochiq ekan. Tezda kirib chelakdagi suvdan bitta cho`michda botirib chiqdim. Oziroq suvni kaftimga quydida uni yuziga sepvordi. Birdan sezkanib ketdi.
- Kelin opa yuz-qo`lizni yuvib oling, - cho`michdagi suvga imladim. Qaltirab turgan qo`llarini oldinga cho`zdi. - Kelin opa qo`lizni yuving... Yuvaqoling o`zizga kelasiz!
U boshini qimirlatib qo`ydi, biroq qaltirayotgan qo`llari suv tutmasdi. Negadur toqatim qolmadi.
- Biroz engashing, -dedim kaftimni yelkasiga ohista qo`yib. Yuzini yuvib qo`ymoqchiligimni tushundimi yoki reflekis sabab, ihtiyorsiz oldinga birozgina engashdi. Suvdan kaftimda
quydimda, uch bor yuziga chapladim. Boshini ko`targanda, chakkasidagi bir tutam sochi ham ho`l bo`lib yuziga yopishib qolganini ko`rdim. O`zi e`tibor bermadi. Chiroyini buzib turgani, g`ashimga tegdi chog`i, epchil harakat bilan o`sha tutam sochni qulog`i ortiga qistirib qo`ydim. Shu topda barmog`im ilinib beyhosdan rumolini buzib yubordim. Yana bir hijolat bo`lib o`zimni tortdi. Iyagidan oqayatgan tomchilar ko`kraklar orasi tomon oqardi. Sochini to`g`irlab qo`yganimdan yoki ko`ksiga oqayotgan suv tomchilari sabab bo`lib a`ql-hushi o`ziga qaytdi. O`zi ham uyalib ketti, yuzi qizarib rumollarini to`g`irlab, o`zini tartibga sola boshladi.
- Kelin opa yaxshimsiz?
- Tuzuk! -dedi menga ajablanib qararkan.
Boqishlaridan tanimayotganini tushundim.
- Meni tanidizmi kelin opa? -dedim.
Avval ``ha`` ishorasi bilan boshini qimirlatdi. So`ng tanimagani bildirib bosh chayqadi. - Murodman... Sizga devor qo`shni turamiz...
Yuziga qon yugurib, hijolat tortgan ko`zlarini pir-piratib, boshini qimirlatib qo`ydi. Shu tanishish boxanasida, bir on nigohlarimiz to`qnashib qodi.
``Sen, sen, sen!``
Go`yo uning ko`zlari qariga singib ketdim. Istasamda nigohlarimni uza olmasdim.
Uning bokira nigohlari, masum boqishlari.
Bu go`zal simoni, menga milyon yillardan buyon taniydigande edim. Orzularim, hayollarimda yashayotgan sohibjamol qarshimda paydo bo`lgandi. Tilim esa lol, bey ehtiyor g`udirlabman.
``Yo olloh!``
- Sizni taniyman, ko`rganman!
Bir oniy lahza hayolan u bilan qandaydur oraliq yuzma-yuz qolib ketdik.
- ...
Alanima deb pichirladi. Yoki menga tuyuldi.
- Nima?! -dedim.
- Hechnima? -dedi.
Huddi alahsirayotgande edim. Nigohlarimdan uyalib ko`zlarini yashirgani ko`rdim.
Shu on dimog`imni achiqq yog`, kuygan paxta islari qitiqlardi. Qarasam boya yonayotgan olovni o`chirish uchun ustiga bosganim, baxmat ko`rpacha tutayabdi. Shoshgancha tepkilab-tepkilab o`chirishga urundim. Tutamay qolgach, ko`rpachani ko`tarsam, lagandek yeri tirishib kuyibdi, paxtasini ozroq joyi tutab qorayib qolibdi.
- Kelin opa, buni endi...
Ayibdorday hijolat tortib, ko`rpachani kuygan yerini unga ko`rsatdim. Mayli deganday qo`l siltab qo`ydi. Ko`rpachani o`rab, surini chetiga qo`ydim. Yerda yotgan qozonni ushladim, hali ham issiq, dumalatib uni ham bir chetga qo`ydim. Gulzordan bir hovuch tuproq olib yerga to`kilgan yog` ustiga septim. So`ng tomarqa chetidagi gaz balonga yopishdim. O`ylaganimday bolti sal bo`shab qolibdi. Bu xolatda kiranni sal qattiqroq bosib buralmasa, gaz o`chmay qoladi. O`zimcha taxmin qildim. Kelin buragan o`chmagan, shunda qarshi tomonga buragan va birdan olov kuchayib ketgan.
Shularni bafurja tushuntayin unga deb boshimni ko`tardim-u, ko`zim unga tushdi. Xarakatlarimni kuzatgancha, beyhol o`ltirardi. Ko`zlaridan esa marjon-marjon yosh oqardi.
Qaraganimni ko`rib, lablarini kaftlari ortiga berkitib, barmoqlari uchi bilan yoshlarni sidirdi.
- Yaxshimisiz kelin opa? Hech qayeriz og`rimayabdimi?
Unga yaqin borib xolini so`radim.
- Yaxshiman...
- Yo`q agar, o`zizni yomon his qilayotgan bo`lsayz, do`ktir chaqiraman... Yoki hofizni chaqiraymi?
- Him, - yon veriga alanglay boshladi. - Telifon... -deb pichirlagancha.
- Mana meni telefonimdan...
Cho`ntagimdan telefonimni olib unga uzatdim. Tortinibgina qo`liga oldi. Biroz o`ylanib so`ng raqam terib tugmani bosdi. Allaqayerdandur musiqa yangray boshladi. Ikkimiz ham o`sha tomonga qaradik. Telifon yerda yotardi. Tezda borib telifonni qo`limga oldim. Ekranda o`zimni no`merim. Telefonni unga uzatarkanman avvaliga:
``Adashib eriga qilaman deb, o`zini raqamini tervordi shekili?`` deb o`yladim.
Lekin shu joyda tushundim, u adashmadi aynan o`zini telefoniga qo`ngiroq qilgandi.
``Fahmu-farosatingga balli!``
Hayolimga kelgan o`ydan o`zim hayron qoldim. Bu kelin farosatli ekan, agar meni no`merimdan eriga qo`ng`iroq qilganda tushunmovchilik bo`lishi ehtimoli yo`q emasdi. Oqibatda men ham noqulay ahvolda qolardim. Bilib bo`larmidi yomonlikka olsa, voyaga yetgan yigit, yangi kelinchak yonida...
``Astog`firulloh, astog`fiurulloh!``
Hamasiga bo`ydoqligim sababdir, nuqul hayolimda bo`lmg`ur fikrlar aylanadi.
Ko`ngilni buzmagan holda uni kuzatishda davom etdim. O`zini telefoniga raqam terdiyu, ammo ko`k tugmani bosmay turaverdi.
- Kelin opa nima bo`ldi? Chaqirmisizmi hofizni!
- To`yda edilar, baribir kelmaydi!.,
- O`zim chaqirib beraqolay bo`lmasa?
- Hojati yo`q, bo`ldi, yaxshi bo`lib qoldim o`tib ketdi..
- Rostdanmi? -dedim ishonqiramay.
- Him...
Bir chuqur nafas oldida, balonga so`ng menga bir-bir qaradi. Qarashidagi ma`noni o`qib darov vaziyatni tushuntirishga kirishdim.
- Anovi kiranani shurfi sal bo`shab qolibdi...
- Endi nima bo`ladi? -dedi havotirli ohangda.
- Yaxshilab qotirish kerak... Hofizga aytasiz... Aytgancha hofiz bunaqa narsalarni tushunmaydi! Yaxshisi kelin opa ertaga biznikiga olib chiqsinlar ishdan qaytsam o`zim to`g`irlab beraman...
- Ho`p kelishsa aytaman.
Atrofga alangladim, sham bo`lib qosh qoraya boshlabdi.
- O`zizni yaxshi his etayotgan bo`lsayz, men ketaqolay.
- Mayli boraqoling.
Darvoza tomon yurarkanman asta gap qotdim:
- Shom bo`lib qoldi! O`ziz qo`rqmaysizmi?
- Hozir chiroqlarni yoqib qo`yaman.
- Ho`p mayli kelin opa... Ha aytgande, bo`lgan voqealarni hofizga yotig`i bilan tushuntiring, ayib sizdamas gazbalonda...
- Havotir olmang..
Asta yurdim, kuzatgan bo`lib ortimdan keldi. Hali darvoza eshigiga yetmagan edim. Ismimni aytib chaqirdi:
- Murodbek...
- Labbay kelin opa! -deya ortimga qayrildim.
- Rahmat...
U minnaddorona jilmayib qarab turardi.
Benihoya go`zal chehra! Hayotim bino bo`lib, hecham bundayin chiroyli jilmaygan ayolni ko`rmaganman. Qalbimda shunday ajib bir tuyg`on kechdiki, qalbimdagi harorat shu qadar lovullab ketdiki, go`yo bir lahzada bu harorat taftidan, dunynsni baxoriy gullar, chechaklar bosib ketgandek tuyuldi. Huddi mana shu lahzada, men sevgi degan ilohiy tuyg`uni his qoldim.
Entikib qarab qo`yar ekanman, nima deb javob qaytarishni bilmay, yelka qisib telbalarcha jilmayib qo`ydim.
Qalbimni mudom yashnatayotgan, yoqimli hislar tasirida, ko`chaga chiqdim. Bir muddat maqsimni anglolmay, to`g`ridagi ariq bo`yiga borib oldim. Engashib qo`limni yuvdim. O`sha yerda 10, 15 daqida avval, qo`shni kelin bilan bo`lgan ishlarni o`y surib turib qolibman. Qancha vaqt o`tdi bilmayman! To`yxonadan kelayotgan sho`x qo`shiqlar hayolimni buzdi.
``Aytgande to`yga bormoqchi edim-ku!``
Shoshgancha telefonimni olib, jo`ramga qo`ng`iroq qildim. Negadur ``hizmat doyirasidan tashqarida!`` dedi. Telefoni siqimlagancha yana uni uyi tomonga termuldim. Yoqimli, juda-juda yoqimli hislar kechardi yurakda.
``Sevgini kirib kelishi shunday bo`lar ekan-da! Hayot naqadar go`zal-aaa!``
Shu orada yonimga yaqinlashib qolgan uch nafar mahallamiz qizlariga ko`zim tushdi. Zavqlanib allanilar haqida gaplashib ketayotgan ekan.
- Hoy uchoving! To`xtaginchi? -dedim. Ulardan biri tog`amni qizi, qolganlari do`stimni singillari bo`lishgani uchun, hazil qilishga jazim etib.
- Aka sizmi? Assalom alaykum! Haziliz qursin qo`pol! Qo`rqitvordizku! -dedi jiyanim achchiqlanib.
- Va`alaykum assalom jiyan, yaxshimisan? -kuldim va qolgan ikkisini salomiga alik oldim. - Va`alaykum! Sizlar yaxshimi? Fotima Zuxra!
Egizaklardan birini menda ko`ngli bor. Doyim do`stimnikiga borganimda, ularni menga qilayotgan iliq munosabatlarida bu sezib turardi. Yonimga kelvolib turli gaplar aytib gaplashishga urunardi. Men esa ularga singillarimday qarayman. Egizaklardan biri ma`noli qarab qo`yarkan.
- Murod aka, Dilbek akalarni kutayotgan bo`lsayz, o`rtog`lariz bilan kamputer xona yonida, kelin-kuyovni zaksdan qaytishini kutib turishibdi... -dedi.
- Shunaqami? Voy Zuxra qaqildoq akani kutayotganimni qattan bilding? -dedim.
- Bildimde! Men Fotimanan... -dedi.
- Judayam bir-birlarimga o`xshaysizlar!
- Akamni kutasizmi?
Zuhrani so`zlari zamirida, ``Biz bilan ketaqolin!`` -degan ma`no bor edi.
- Mayli Dilbek kutaqolsin, biz oldinroq boriq, kelinni dugonalariga yaqinroq joyda stol bant qilib turamiz! -dedim.
- Haaa aka, yomonsiz-aa? Ammamga aytib bersam bormi!
- Uchchovizga bittadan musqaymom olib bersamchi?
- O`ylab ko`ramiz... Faqat Foti.. -dedi jiyanim dugonasiga qitmirona ishora qilib.
O`zimni bilmaganga olib, qizchalarga hamroh bo`lib, ularni kuldirib xazil-mutoyiba qilgancha to`yxonaga yetib oldik.
Kirib borganim hamoni ko`zim Sadir hofizga tushdi. To`yga kelgan artistlar uni sastafi ekan. Negadur uni ko`rib kayfiyatim tushub ketdi. Ko`z oldimda uning yoshgina xotini bilan bo`lgan voqealar yana tasvirlana boshladi. O`ng daqiqali masofa davomida qizlarga alag`da bo`lib qo`shni kelinni unuta yozgan ekanman.
``Sadir, Sadir... Naqadar baxtlisan-aaa!``
Avvaliga Sadir hofizni sira hayolimga kelmaganim uchunmi, qo`shni kelin haqida o`ylash vujudimda o`zgacha ruh baxshlayotgan edi. Endi esa malikaga oshiq devonadek, o`zimni ojiz, ilojsiz seza boshladim. Bu esa yurakni istirobga solardi...
Birdan mashinalar qiy-chuv qila boshladi, kelin-kuyov kelganidan darak berib. Qo`shiqchilar sastafi ``To`ylar muborakni.`` ayta boshladilar. Hammaning ko`zi ikki yoshda, ular darvoza yoniga yoqilgan olovda aylanishar edi. Hayolimga qo`shni kelin simosi jonlandi. Tushuna boshladim, men hech qachon bunday baxtni tuymayman! Negadur peshonamni ter bosdi, vujudim olov bo`lib yona boshladi. Go`yo kelin-kuyov aylanayotgan gulxanda, men yonayotgandek bo`ldim. Shunarsiz hislar, huzurbaxsh goh qiynoqli!
Shu oqshom, qanchayin tirishib hayolimni chalg`itishga urunmay, udalashim juda mushkul edi. Uyga qaytdim, yotog`imda yotibman. Huddi kaktus tikalari ustida yotgandek, be halovat bo`laveraman. Ko`zga uyqu kelmaydi, shiftga termulgancha hotiralar olamimga singib ketdim. Bir lahza bo`lmasin qo`shni kelinni go`zal surati ko`z oldimdan ketmaydi. Istamayman ammo u haqida o`ylayveraman. Uning beyhol qarashlari, marjon-marjon ko`zyosh to`tib yig`lagani, ketar chog`im jilmayib qaragani!
Ayniqsa dimog`imga o`rnab qolgan yoqimli bo`ylari, har nafasda qayta-qayta tuygandek bo`laman. Eng yoqimli lahza, belidan tutganim, go`yo uning tafti hamon bilagimda qolgan edi!
``Qani edi, u mendan yoshroq, turmushga chiqmagan bo`lsaydi! Qani edi Sadir bu olamdan umuman yo`q bo`lib ketsa!
Astog`firulloh, astog`firulloh... Nimalar haqida o`ylayabman o`zi? Ahir u uning eri-ku! Esingni yeg` homhayol bo`lma!``
U haqida o`y surish yoqimli edi. Avvaliga men uchun beyziyondek tuyuldi, lekin bu xato ekan. Go`yo og`uga o`rganib qolgan, narkamandek a`qil xushimni yo`qotayotganimni tushundim. Miyamda bo`lmag`ur o`ylar paydo bo`la boshlashi yaxshilikka olib bormasligini his qilaboshladim. O`zgani ayoliga ko`ngil qo`yib, u haqida o`ylab yashash! Bu g`irt ahmoqlik!
Ikki, uch kun a`qil va beybosh yurak o`rtasida kurash kechdi. Esimni yig`ib qo`shni kelinni hayolimdan chiqarishga urundim. Uni o`ylamaslik, yurakka bo`ysunmaslikka harakat qildim.
Uni eslaganim hamoni:
``Bu sevgi emas, havas!`` -deya o`zimni ishontirishga urundim. Asta kun o`tib samarasi sezildi, shuvurim tiniqlasha xatoyimni anglay boshladim. Uyqumda ham halovat topdim.
Ammo...
Shu oradan bir haftacha vaqt o`tgandi, uyga kelsam ayvonda oyim, qo`shni kelin bilan suxbatlashib o`tirishardi. Unga e`tibor bermaslikka harakat qildim.
Oyim bilan salomlashdim.
- Yaxshi keldingmi o`g`lim?
- O`zlariz yaxshi o`ltiribsizlarmi?
U ham salomlashmoqchi bo`lib qarab turardi. Bu xolatda u bilan salomlashmaslik odobdan emas.
- Assalom alaykum! -dedim.
- Yaxshimisiz...
Ortiqcha gapdan, uning nigohlaridan qochdim.
- Oyi ovqat bo`ldimi? Qorin ochib ketdi. -dedim.
- Yangang hozirgina unnadi, ozgincha sabir qilgin, tayyor bo`ladi...
- Ho`p.
Endi xonamga ketmoqchi edim, oyim to`xtatdilar.
- Murodjon kelin opangni gaz baloni yaxshi yonmayotgan ekan! ``O`g`liz ko`rib berarmikinlar!`` -deb olib chiqibdi. Kiyimlarini alishtirib olgach, qarab bergin...
- Ho`p hozir...
Kiyimimni alishtirib, garajdan asboblarni olib chiqdim. Atrofga alangladim, baon oyim va qo`shni kelin o`ltirishgan ayvon yaqinida turardi.
Oyim har nimalar haqida gapirar edilar, kelinni ko`zlari esa menda. Ularga yaqinlashar ekanman, kelinni nigohlarida o`zgacha bir chaqinga ko`zim tushdi. Uning ko`zlaridan, o`zimga nisbatan iliqlik sezdim. Huddiki ko`p yillik qadirdoniga qaragandek boqardi. Bu safar hissiyotlarni jilovini mahkam ushlashga tirishdim. O`zgani ayoliga muhabbat ko`zida qaramay, bemani hayollarga bormaslikka urundim.
``O`sha kungi voqea sabab, opalarcha mehir bilan