tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (II - QISM...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi I -Qism...

II - Qism...

Hecham ayol kishini yonida bunchayin dovdirab qolmagan edim. Uning nigohlarida o`zgacha sexr borde go`yo.

- Shumi kelin opa?

Yaqinlashib unga qaray, yurak hovurimni bosib olishga urundim. Gaz balonni ko`tarib ikki metirlar beriga oldim.

- Ha mana shu, -o`rnidan qo`zg`adi, - To`g`irlab berasizmi?

Indamasam yonimgacha kelib oladigandek, shiddat bilan o`rnidan qo`zg`aldi.

- Siz qimirlamang. Men o`zim hozir ko`raman... -dedim.

- Sen o`ltir qizim, -oyim kelin qo`lidan ushab joyiga o`tqizdilar va kulib: - Voy booo qizim! Balaning ham o`zinga o`xshab nozikkina ekan-ku! Buning tezda tugab qolmaydimi? -dedilar.

U esa yelka qisib qo`yarkan, hasratlangan ko`yi oyimga dardini to`kishga kirishib ketdi:

- Holajon, bular to`yda bo`lmasa ko`chada to`yib keladilar. Ovqatni ham o`zimga yarasha bir yegulik tayorlayman, -dedi.

- Unday ekan ovqat qilib nima qilasan-a? Ha biznikiga chiqaver. Birgalashim o`tiramiz...

- Bular...

Kelin kutulmagan taklifga qanday javob qaytarishni bilmay kalovlanib qoldi.

Oyim sodda oqko`ngil insonlar. Kelinni o`zlariga yaqin olib senlab, yelkasini silagancha, taklif qilardilar. Qarasam kelin noqulay ahvolda, oyimni taklifini rat etolmayabdi. Oyimni chalg`itish uchun aralashdim.

- Kelin opa, bunizga nima bo`lyabdi o`zi?

- Aaaa! - u dik etib o`rnidan turdi. Maqsadimni anglaganday o`zicha shoshilib tushuntira boshladi. - Anovi buraydigani, anaqasi bo`shab qolibdi!

Detallarni nomini topalmay, o`sha kuni aytgan gaplarimni takrorladi.

- Shurfimi? -dedim men ham talmovsirab, uni ajabtovur hovluqmaligidan to`lqinlanib.

- Ha, him o`sha shurpi. Anaqa bilan burab mustaxkamlash kerakde...

- Atverka... Bajaramiz kelin opa.

Yana savolga tutib chalg`itishda davom etgan bo`lardim. Ammo baxtimga kichik yangam paydo bo`ldilar. Uy ichida yig`lab qolgan jiyanimni olib chiqib oyimga topshirdilar.

- Oyijon nevarangizga qarab turing, men shundoq ishtonchalarni chayib olayin.

- Beraqol...

Oyim shu kuyi, jiyanimni yupataman deb ovunib qoldilar. Kelin esa yana meni harakatimni kuzata boshladi. Men unga ortiqcha e`tibor bermagan kuyi, balondagi muammoni to`g`irlashda davom etdim.

Muommoni to`g`irlagach, zanglab qolgan garelkasini ham tozalab berishga qaror qildim. Buning uchun kichik shurfni bo`shatish kerak edi. Shurufni bo`shatish qiyin bo`lmadi, ammo zanglab ketgani sabab qayta o`rnatish mushkullik tug`dirardi. Hecham atvervka to`g`ri kelmas, to`g`ri kelsa balonni tutib turish uchun menga yana bir qo`l yetishmasdi.

Kuzatib turgani uchun, yordam kerakligini fahmlab kelin yonimga keldi.

- Qayerni ushlab turayin!

- Manabu narsani, - boshimni ko`tarib unga qarab oldim, - Qo`liz qora bo`ladida.

- Mayliga... -deya kaftlari bilan orqa etagini sidirgancha tizzalarini bukib, yonimga engashdi. U juda yaqin kelgani tufayli, uning bo`yi dimog`imga uruldi. Yana avvalgidek ajib hissiyotdan vujudim to`lqinlanib ketdi. Beyhos balonni aylantirib yubordim, oqibatda uning to`r matoli yengi garelkani zanglagan temiriga ilinib qoldi. Shoshgancha unga yordam beraman deb qo`llarini ushlab olibman. Yetmaganiga barmoqlarim ham ko`kragiga tegib ketdi. O`zim hijolat bo`lib:

- Kelin opa siz qo`yaqoling o`zim! -dedim.

U lablarini ko`ng yoyib jilmayib qo`yarkan:

- Ho`p! -degancha oyimni yonlariga ketdi.

To`g`irlab bo`lgach, olov yoqib kiranni ishlashini tekshib ko`rdim.

- Kelin opa, mana bo`ldi. Endi qo`rqmay qozon qaynataverasiz, hodo hohlasa endi yonib ketmaydi.

- Qo`liz dard ko`rmasin, rahmat...

- Arzimidi...

U uyiga kirib ketishga taraddutlanganini oyimga namoyish qilib qo`lini duoga ochdi.

- Duo qiling hala...

- Turasanmi?

- Kirayin ovqat qilaman...

- O`tirsang bo`lardi, xozir ovqatimiz pishadi. Birga-birga ovqatlanardik?

- Rahmat hola, boshqa safar...

- Omin yurtimiz tinch bo`lsin, tan sihatlik hotirjamlik bersin. Sen ham qo`shganing bilan qo`sha qari, omin...

Kelin yuziga fotixa tortarkan, yana bir bor menga jilmayib minnaddorona qarab qo`ydi.

- Mayli, bizanikiga ham kiring hola... -deya balonni ko`tarishga chog`landi.

- Qo`y qizim sen ko`tarma, - oyim buyruq ohangida menga imladilar, - Ol sen...

Oyimning buyrug`iga itoat qilib, baloni oldimda, eshik tomon yurdim. Kelin esa, kir chayayotgan kichik yangan, oshxonada ovqat qilayotgan katta yangam bilan hayrlashgancha ortimdan ergashdi.

Ko`chaga chiqishimiz bilan, yelkamga qo`lini qo`yib e`tiborimni tortib:

- Oyingiz tenggi yo`q ayol ekanlar... -dedi, to`lqinlanib kulib qarab.

- Oyim dunyoda yagonalarda... -dedim.

- Ha, tog`ri, hammaning ham oyisi bo`lsin ekan.

Bu gapi bilan oyisi yo`qligiga shama qildi. Kayfiyati tushib homush bo`lib qoldi.

Shu kuyi ularni xovlisiga kirdik. Darvozaxonada mashina yo`qligini ko`rib, Sadir hofizni uyda emasligini tushundim.

- Kelin opa! Hofiz uydamasmi?

- ``To`yim bor!`` deb peshinda chiqib ketgandilar.

- Ha...

Balonni joyiga o`rnatib qo`yarkanman, kelin uyda yolg`iz bo`lsa ko`p qolishim no to`g`riligini anglab, tezda qaytishga chog`landim.

- Kelin opa, men qaytdim...

- To`xteng... -dedi keskin ohangda to`xtatib.

- Labbay... - unga qaradim. U esa gapini yo`qotib qo`ydi yoki gapini o`ylab olmasdan meni to`xtatib qo`ygandi. Bir necha sonya o`ylanib jim turib qoldi.

- Biror yumishiz bormi?

- Perog yeysizmi? -dedi muloyim jilmayib.

Men ham bu kutulmagan taklifga nima deb javob qaytarishni bilmay qoldim. - Yeysizmi? o`zim pishirganman.

- Rahmat, qornim to`q... -dedim tezroq ketishni istab.

- Boya ochman degandiz-ku?!

- Ha... Rosti kelin opa, shirinlikni hushlamayman.

- Siz men pishirgandan bir yeb ko`ring, fikriz o`zgaradi.

``Yaqin olib ilinyabdi, bir bo`lak yesam o`lmasman! U ham hursand bo`lar.``

- Mayli bir bo`lak...

So`rini chetiga omonat o`tirdim. U esa zippillagancha oshxonasiga kirib ketdi. Sal o`tmay, patnis ko`tarib qaytib chiqdi. Xontaxta ustiga dasturxon yozib, patnis ustidagi neymatlarni dasturga qo`ydi.

- Ovora bo`lmang... -dedim likopchalardagi pechenyi, qant, mayizlarni ko`rib.

- Ovorasi borakanmi. - kattaroq likopdagi 7, 8 bo`lak perogni oldimga surdi. - Oling, tortinmang...

Perogni bir bo`lagini olib, og`zimga soldim. U esa nim tabassum qilgancha, fikrimni kutib og`zimga termuldi. Uning bu qadar diqqatini berib qarashi juda yoqdi. Shuni uchun bo`lakni yeb biturmagunimcha, javobimni aytishga shoshmadim. Sabirsizlik qilganday qoshlari qoqib, ko`zlari ma`noli jovdiray boshladi.

- Endi fikrim o`zgardi. Bugundan keyin shirinlikdan qatmayman. Ayniqsa siz tayorlagandan...

Bu javobim uni sevintirib yubordi. Ko`zlar porlab, beyg`ubor tabassumidan chehrasi yaxshnab ketdi.

- Osh bo`lsin. -choy quyib berish uchun piyolani qo`liga oldiyu, allanima yodiga tushub oshxona tomon bir qarab qo`ydi, - Sharbat ichasizmi?

- Yo`q, menga choy ham bo`la...

So`zlarimni eshitib o`ltirmadi ham, shoshgancha oshxona kirib (DENA) ko`tarib chiqdi.

- Rosayam mazali... -deya piyolaga quydi va tavoze bilan uzatdi.

- Rahmat...

Tirsaklarini xontaxtaga qo`ygancha, likopdagi magizdan bitta-bitta og`ziga solib chaynala boshladi. Ko`zlari menda. Nechundur bu safar nigohlaridan hayo ko`tarilgan. Huddi labarantga o`xshab, qorachiqlari mudom harakatda, har bir nuqtamga e`tibor bilan ko`z tashlardi. Chaynalishdan to`xtab unga qaradim. Nigohlari arosatda qolgandek, undagi ma`noni anglab bo`lmasdi.

Meni sezdi chog`i yuzlari qizardiyu, ko`zlariga hayo qaytib yerga qaradi.

- Yoshiz nechada? -dedi.

- Sizga qiziqmi?

- Endida!

- 18...

U yana bir lahza kulgancha, nazar tashlab oldi.

- Tinchlikmi kelin opa? -dedim kulayotgani sababini bilish uchun.

- Yoshizga nisbatan yoshroq ko`rinarkansiz.

- Yo`g`e!

- Bularni shogirdi, Boboxon ham 18 da. Lekin soqollarini o`rtirib 25, 30 yoshga o`xshaydi...

``Bu kelin yolg`iz o`ltiraverib, judayam gaplashishga muhtoj bo`lib qolibdi! Topgan mavzusinichi!``

Hayolimga kelgan o`ylardan yuzimga kulgu yugurdi.

- Siz nega kulyabsiz?

- Demak menam soqalimni o`stirsam katta ko`rinar ekanmanda?

- Balki...

Qoshini uchurib qo`ygancha, o`zi gapida o`zi zavqlanib kuldi. Beyg`ubor kulgusidan hali unda ham bolalik davri o`tib ketmagandek tuyuldi. Uning lablaridan chiqayotgan so`zlar. Eshitgan insonni zavqini oshiradi. Yuragi tubidagi sodda qizaloqning, adoqsiz tug`ulari yuroriga balqib chiqayotgandek. Ovoz ohangidagi allanechuk bakira sas, yoqimli ovozi, qalbim torlarini chertayotgandek go`yo, yana va yana shu sasni eshitgim keladi. Qanchali bemani mavzu bo`lmasin, uning mayin ovozini ko`proq eshitishni istaganim boyis suhbatni davom ettirdim.

- Soqol qo`yish menga to`g`ri kelmaydi. Agar kunora qirtishlamasam, o`zlari olib qo`yadilar...

- Kim?

- Volidam...

- Oyizlarmi?

- Ha...

- Voy nega?

- Soch soqali o`sganni hushlamaydilar. Hatto akalarimni ham...

- Oyizlar yumshoqko`ngil inson ekanlar-ku.

- Rost shunday, lekin farzand tarbiyasida Generaldan qolishmaydilar...

- Yaxshida...

Shu bilan mavzu ham yopildi. Endi boshqa mavzuga o`tmoq uchun og`iz juftladim. Ammo gap topolmay, kulib qararshdan uyog`iga o`tmadim.

- Him, tikilib qoldiz?!

Nozlanib jilmaydi.

- Bir gap aytsam ko`ngizga olmang kelin opa. O`ziz ham juda yosh ko`rinasiz...

- Rahmat...

Uyalib yuzi qizardi.

- Huddi hozizni yonida, qiziga o`xshab turasiz.

Lablari kuldi ammo ko`zlari mayus tortib ketdi. Shu ohirgi gapni no o`rin aytib qo`yganimni kech tushundim. U yana o`ychan bo`lib qoldi.

Boshimni salgina quyi solgancha piyoladagi sharbatdan ho`plarkanman, nigohim uning oyoqlariga tushdi. Oyoqlarini so`ri chetiga yeg`ib olgan. To`rpaypoq yupqaligidan ingichka barmoqlari shundoq ko`rinadi. Teparoqida lozimining poycha qismiga bejirim to`r bezak qo`yilgan. Lozimi, zarg`aldoq va feruzarangli, mayda gullar tasviri qorqin, rangda jimirlab turadigan harir shoyi matodan, yaxshilab termulsa oppoq oyoqlarini ilg`ash mumkum. Istamasamda ehtirosim jushib nigohimni boshqara olmay qoldim. Tizzasiga yetganimda uyog`i ko`ylagiga ulanib ketdi. Ko`ylagi ham lozimining matosidan bo`lib, undan farqli ikki qavat tikilgan edi. Ko`ylagi ichiki qismiga qaymoqrang mato qo`yilgan, bel qismi anchayin tor, ko`krak qismiga benihoy nafis bezaklar tushurulgan, turtub chiqqangan ko`kraklarga tarhf yo`q, ko`ylagining yenglariga ham to`rmatodan foydalanishgan. Ko`zlarim ko`kraklardan yuqoriga chiqdi. Oppoq bo`yinchasidaga tilla zanjir oziga juda yarashgan. Rumol ostidan peshonasiga tushgan sochlari ikki tomonga qayrilib quloqlar ortiga berkingan. Ingichka dihan, qizil yanoqlari, g`uncha lablar. Unda o`zgacha go`zallik, soddalik azgincha mayuslik mavjud. Bir so`z bilan aytganda a`qlni shoshiradi...

Fikrlarim chalg`ib, shuvurim hiralashib niyatim ayniyotganini o`zim fahmladim. Qo`limni duoga ochib yeb-ichganim haqqiga duo qildim. U ham menga qo`shib baravor yuziga fotixa tortarkan, ketishimga to`sqinlik qilib qo`limni ushlab oldi. Ammo shu zahoti qo`yib yubordi.

Bu ishidan o`zi uyalib, telbanamo jilmaymaygancha likopchaga ishora qildi.

- Ohirigachov yemadiz-ku?!

- Rahmat, kelin opa to`ydim.

- Ikki bo`lak yeb-a?!

- Maylimi kelin opa shu bo`lgani ham olvolsam? -dedim, uni hursand qilish uchun bir bo`lak perogni oldim.

- Shuginami? Hammasini ham olaqoling...

Mamnunlik bilan likopchani qo`limga tutqazdi.

- Rahmat, kelin opa.

Darvoza xonaga yetganda, uning go`zal husnini ko`rish maqsadida bir bor ortimga o`g`rildim. Hovli o`rtasida kuzatgancha turib qolgandi. Uning qiyofasini ko`rib yuragim jimirlab ketdi. U juda becharohol, ojiz ko`rinishga kirib ulguribdi. Yaqin kishisini, uzoq safarga jo`natayotgandek, ko`zlari multirardi.

O`zi boryo`g`i ikkinchi bor ko`rishyabmiz, lekin oramizda mustaxkam ruhiy yaqinlik bordek. Uning qalbi, ruhi allanimadan istirobdaligini go`yo jismim birdek menam his etardim. Shu onda uni quchgim keldi. Lekin bu men uchun ilojsiz ish.

- Kelin opa, menga bior yumushiz bo`lsa tortinmay murojat qilavering, qo`limdan kelsa yordam beraman... -dedim. So`zlarim samimiyligi, uning chexrasi sal bo`lsada ochilishiga sabab bo`ldi.

- Ho`p rahmat...

- Aytgandek biznikiga ham kirib turing, yangalarin tilla ayollar...

Uyga qaytdim, ayvonda kechki ovqatga joy qilingandi. Akalarim ham dasturxon atrofida.

Oyim:

``Hayallab qolding?``

demaslaridan avval, o`zim aytdim.

- Kelin opani qo`li shirin ekan. Balonini to`g`irlab berganim uchun perog bilan siyladi... -deya qo`limdagi likopchani dasturxonga qo`ydim.

Katta akam bilan Sadir hofizni orasidan olamushuk o`tgan. Sadirni hushlamaydi, shunga menga bir o`qirayib qo`ydi. Shu bilan ovqatlanib bo`lgunimizgacha qo`shnilar haqida gap ochilmadi. Jiyanimning perog yegisi kelib, yangamga aytganidan keyin akam tilga kirdi:

- Murod qulog`ingga quyib ol, Sadir yaxshi inson emas, u bilan oldi-berdi qilma tushundingmi? -dedi, jiddiy ohangda.

- Nima deyabsan? Qo`shnilar orasida oz bo`lsada oldi-berdi bo`lmasa, bu dushmanlik bo`ladi... -oyim yonimni oldilar, - Sen Sadir bilan urushib qolgan bo`lsang, u seni ishing... Yordam so`ragan uni xotini edi... -dedilar.

- Kim bo`lsayam... Ahmoq bo`lmasa shunga tegarmidi? -dedi akam kelinga ham qora surtib.

Oylamizda akamning o`rni nechog`lik katta bo`lmasin, oyimdan juda qo`rqadi. Aygan gapi esa oyimga yoqmadi, akamni yelkasiga yengil shapati tushurdilar.

- O`chir... Hotinlarga o`xshab gap chaynamay! -dedi gazab bilan.

- Dadasi o`zi aytishadiyu, ``Bir yaxshiga, bir yomon`` deb!

Bazida yangamga qoyil qolaman, akam qanchalik jahldor ko`rinmasin hazil qilishga jurat etadi. Aytadigan gapni ham juda topadi. Gaplari ma`anosida; yaxshi deb o`zini yomon deb akamga ishora qildilar. Buni bir ajib ohangda, hazil aralash gapirdilarda akamni turtib qo`ydilar. Hammaning yuziga tabassum yugurdi. Shu bilan Sadi mavzusiga ham barxam berildi...

* * *

Orada ancha kun o`tib ketdi. Kollej, ish! Erta ketib kech kelardim. Faqatgina Piravaga imtixon topchiradigan kunlar ishga bormadim. Pirava olgan kunim, kechga yaqin taxminan soat 17:50, bunday vaqda hali quyosh tepada bo`ladi. Uyga keldim, tandir yonida bir ayol tandirga olov yoqib, oqartiryabdi. Ustida tandir bo`yiga borganda kiyib oladigan eski pilash, boshiga chandib rumol o`ragan, yuzini ham rumol bilan to`sgan go`yo (Ninja) kimligini taniyolmay ayvon tomon yurdim. Ayvonda surpa yozilgan, nariroqda yangam bir tog`ara ko`kat to`rg`ayabdi. Yo`paradagi oyimning xonalarini derazasi ochiq, ichkarida oyim asir ibodatidalar. Yangam bilan pichirlashib salomlashdim.

- Yaxshi keldizmi qaynijon, nima bo`ldi?..

- Suyunchi yanga, - piravani yangamga uzatdim, - Oldim nihoyat...

- Barakalla...

- Yanga nega ko`k maydalayabsiz? Somsa yeymizmi?

- Xonimga...

Hayron bo`lib tandirga o`t yoqayotgan ayolga bir qarab oldim.

- Kim u?

- Qo`shni kelin...

- Biznikida nima qilyabdi?

- Non yopishni o`rgatyabman...

- Yo`g`eee!

Bu orada oyim nomozlarini o`qib qaytib chiqishdi. Oyim bilan salomlashib piravani qo`llariga tutqazdimu, surpa tepasida o`ltirishni ep ko`rmay, nafas roslab olishimni aytib, xonamga ketdim.

Pardalar, derazalarni ochib qo`ydim, kiravatimga yonboshladim. To`rida tandir, tandir bo`yidagi kelin harakatlarini kuzatdim. Umirda birinchi marta non yopayotgan shekili! Yangam 5, 6 sinfda o`qiydigan qizchaga o`rgatayotgandek javrab-javrab qo`yar edilar. Noni pishgach savatga uzub keldi. Shu payt oyim chaqirdilar.

- Labbay oyi!

- Murojon manabui olib kirib ber...

Oyim sumkadagi unga ishora qildilar. Nazarimda kelin opa non uchun keragidan ko`proq un olib chiqqandi.

Savat ko`tarib turgan kelin opa bilan salomlashdim.

- Assalom alaykum. Kelin opa...

- Yaxshimisiz!

Ko`zim savatdagi nonlarga tushdi. Biri qovunsimon, ikkinchisi tushib ketgan yana ikkita bir-birini ustiga minib qo`shaloq bo`lib qolibdi.

- Qalay zo`rmi? -dedi zavqi o`ziga sig`may.

- 2, 6, 8, 10... -o`zimni kulgudan tiyolmadim, - Atiga o`nta non yopibsiz-ku, shundan 4 taginasi sog` qolibdi! Yana zo`rmi deysiz kelin opa! Yangam 20 ta yopibham bir-biriga yopishtirmasdi... -deb yubordim.

- Hali yangida... -dedilar oyim.

Kelin opa bir menga bir nonlar, bir yangamga qaraydi.

Ayvon chetida turgan, sumkadagi unni oldim. Kelin tutub turgan savatni tag qismiga qo`l suqdim.

- Buniyam beraqoling. Qo`llariz toyib qolmasin.

Bir qo`limda un solingan sumka, ikkinchisida savat ko`chaga chiqdim. Ortimdan oyim bilan hayrlashib kelin ham chiqdi. Birdan yelkamga musht tushurdi. Qarasam qoshlarini chimirib turibdi.

- Gunohim nima? -yana bir musht soldi. - Esizni yedizmi kelin opa?

- Biz kivartirda turganmiz, -jahli chiqib kelib, hatto avval yashagan adresiga aytdi, - Hayotimda endi non yopdim. Men qishloqda o`smaganman, nonni sotib olardik...

Menga jahil qilishi, yelkamga mushlashi, bu oddiy xolat emasdi. Bizlar go`yo yanada yaqinlashib borayotgandik.

- Shu gapimga hafa bo`ldizmi?

- Hafa bo`ldim... -ovoz ohangi o`zgarib, yana bir musht o`qtaldiyu, ammo urmadi. - Qishloq qizlaridek, bu kabi ishlarda o`quvimiz bo`lmasada. Biz ham o`ynab yurmaganmiz...

- Unda nima qilgansiz? -dedim kulib.

- Men, stilistman.

Bilaman u soch turmaklar ekan. Ammo bu ajoyib muhitni buzmaslik uchun talmovsirab hazil qilishda davom etdim.

- Buni aybi yo`q kelin opa, tozalovchilik ham halol ish... -dedim.

- Voy... Stilist nimaligini bilasizmi?

- Ko`cha tozalovchida...

- Men salonda ishlaganman... Qizlar sartaroshxonasida... Ee g`alcha...

- Endi kelin opa biz qishloqi g`alcha odam bo`lsak. Sizni shaharcha gaplarizni tushunmasak...

Bir oz turib, o`z-o`zidan kulib, o`z-o`ziga gapirgande g`ulduradi.

- Ko`cha tozalovchimish! -menga bir qarab olib, hiringlab kulib qo`ydi, - Uyat, faxsh ishda ishlarkan, deb o`ylamaganizga ham rahmat...

``Uyat, faxsh`` so`zlarini aytishga-aytdiyu o`zini yuzi qizardi.

Bu orada darvozasi yoniga kelib ulgurgandik.

- Yurin uyga, kuygan non bilan tagida olgan go`ja osh suzib beraman ichib ketasiz... -dedi kesatib qo`yarkan.

- Boshqa safar... Ushlang manabuni! -dedimda sumkani qo`liga tutqazdim. Qo`limdagi savatni boshiga qo`ydim. - Shu turishizda siz ham qishloq ayollariga o`xshab ketasiz...

Xayrlashib o`grildiyu ichkariga kirib ketdi. Shu topda (Stilist) masalasi hayolimga keldi. Yana bu Murod rostdanam g`alcha ekan deb o`ylamasin dedim.

- Hoy, kelin opa... -endigina 2, 3 metrlar ichkariga kirib ulgurgan edi. Boshida savat, yarim qayrilib yelkasi osha yuz burdi. - Sitilist nimaligini bilar edim. Shunchaki hazillashdim... -dedim. Boshini salgina chayqab jilmayib, kulib qo`ydi...

* * *

NOTANISH SIRLI QIZ...

Do`stim qo`ng`iroq qilib pirava olganim bilan tabrikladi. Yuvishimiz kerakligini aytdi. Rozi bo`ldim. Hullas bitta oq bo`tilka, 1kg go`sh olib o`ltiradigan bo`ldik. Bazi bazida 50x50 olishga ham to`g`ri kelib qoladi. Shunday kezlarda oyim, akalarimga bildirmaslik uchun uyga kech qaytib, to`g`ri yotoqqa kirib ketardim.

Do`stlarim bilan nishonlab bo`lgach uyga qaytayotgandim. Soat ham 23:20 bo`lib qolgandi. Telifonim jiringladi. Qarasam yashrin no`mer. Olib qulog`imga tutdim.

- ``A`loo eshitaman!``

- ``Assalom alaykum!`` -dedi ayol kishi.

Alik olishga shoshmadim. Hoynaxoy jo`ralarim hazil qilayabdi. Chunki biroz avval Sherzod qizbola ovozida Akromni ustidan rosa kulgandi.

- ``Qalaysiz?`` -dedim.

Negadur jim bo`lib qoldi. Indamay quloq tutib turaverdim.

- ``Meni tanidizmi?`` -dedi.

- ``Ha, siz o`shasiz, qoshi qora!``

- ``Rosdan tanidizmi? ``

- ``Albatta Xurshida tanidim!``

O`yladim Sher bilan Ali birga ketayotgan edi, hazil qilayotgan aynan ular ekanligiga shufha qilmasdim, shuning uchun atayin Alini sevgan qizini ismini aytdim.

- ``Yo`q adashdiz!`` -dedi. Ovozida salgina dadillik sezildi.

- ``Uzur Gulsanam seni tanimabman. Mana hozir jonim oldinga ketayabman!`` -dedim. Endi Sherzodni sevgan qizini ismini aytib.

U yana jim bo`lib qoldi.

``Ha Sher bilan Alini bopladim!`` deya hayol qildim.

- ``Hoy ikkoving maynavozchilikni yig`ishtir!`` -dedim.

- ``Murod aka, men hazil qilmayabman!`` -dedi, ayollarga hos iltijoli ohang. O`zim ham sezdim chindan ham ayol kishi edi.

- ``Ozoda senmi?`` -telefon jim, - ``Maftun, Shoyira,

O‘xshash hikoyalar