tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (III - QISM...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi I -II - Qismlar...

III - Qism...

Ha to`g`ri topibman! Hoynahoy Fotima. Qiz tushmagur yuqori sinflarga o`tib jon kirib, sevgi, muhabbat haqida o`ylay boshladi shekili.

Biroz yurganimdan so`ng boyagi yashrin no`mer yana qo`ng`iroq qildi.

- ``Meni akamni qayoqdan taniysiz?``

- ``Menga odobli qizlar yoqadi. Tunda bollarga qo`ng`iroq qiladigan qizlarni yon ko`raman!`` -dedim. Fotima chindan meni yaxship ko`rib qolib qo`ng`iroq qilayotgan bo`lsa, bu gapimdan so`ng esini yig`ib oladi deb o`yladim.

- ``O`zizda to`rtta ekan-u, yana odobli qiz haqida gapirishizga o`laymi! Babnik!`` -dedi, battar haqorat qilib.

``Babnik, babnik!`` deyishidan yana ikkilanib qoldim. Egizaklar men bilan tortinmay gaplashaveradi. Lekin to`g`ridan-to`g`i xotinboz deya olishmas!

- ``Siz meni akamni taniysizmi?``

- ``Agar akangni ismi Dilbek bo`lsa, taniyman...``

- ``Hudoga shukur...`` -dedi.

O`ylashimcha chindan qovun tushurdim.

- ``Seni tanimadim yaxshi qiz, kimsan o`zi?`` -dedim.

- ``Siz birla suhbat qurmoqlikni ihtiyor aylagan bir sohibjamol!``

Obbo, sohibjomol kitobiy qilib oldi-ku!

- ``Tavba, tavba!``

- ``Nega tavba qilursiz?``

- ``Bizlar gunohkorlar, tavba qilmoq, ohiratin o`ylag`an bandaga hosdir!`` -dedim.

O`zimcha ohiratni eslatib, tunda ko`ngli begona yigit bilan suxbat qilishni istagan, notanish qizni insofga chaqirmoqchi bo`ldim.

Nazarim nishonni aniq oldim, uni o`chdi. Lekin telefonni o`chirmadi. Men ham qizil tugmani bosmadim. Uyga yetib kelgandim, darvozani tiqirlatmasdan xovliga kirdim. Ayvon yoniga bordimda, past ovozda oyimni chaqirdim.

- Oyi keldim...

- Soat necha bo`ldi?

- Ha, palon bo`libdi... -dedim.

- Sayoq o`g`lim, yonimga kelingchi!

- Oyi juda charchadim. Erta ishga boraman... -dedim, ichib olganim uchun oyimga bildirib qo`yishdan qo`rqib.

- Mayli, ertalab bo`laversinchi!.. -dedilar birozgina jahallari chiqib.

- Yaxshi dam oling...

Oyimga hayrli tun tilab shundoq ortimga o`g`rilsam ostonada, jiyanim uyqusiragancha tuvakda o`ltiribdi. Tepasida yangam bosh chayqab qarab turubdi. Yangam hushyor ichganimni darov bilib qoldilar.

- Iltimos akamga aytmen. Bir bo`libqoldida!

- Ho`p, faqat shu safar...

Xonamga kirdim, qarasam telefondagi notanish qiz hamon a`loqada.

- ``A`loo, sohibjamol shuyerdamisan?``

- ``Yonizdaman!``

- ``Nega ovzlariz chaqmay, gun bo`lib qoldingiz sohibjamol?``

- ``Ustimdan kulmang!``

- ``Kulmayabman... Kulayotgan o`zingku!``

Oraga ozgina skunat cho`kdi. So`ng ovozida qaltiroq turib ingillab gapirdi.

- ``Gunohim siz bilan suxbatlashishni istaganimmi?``

Telefondagi ovozidan, yig`lab yuborgani angladim.

- ``Yig`layabsanmi, sohibjamol?``

- ``Himm!``

- ``G`alati qiz ekansanu! Tavba namuncha ko`ng`ling bo`sh bo`lmasa?``

- ``O`zi shunaqa!`` -dedida uvvillab yig`lashda davom etdi.

- ``Sog`lig`ing joyidami, telba qiz?``

U javob qaytarmay yig`layverdi. Orada bir, ikki daqiqa yig`lab oldi. Men esa jim eshitib yotaverdim.

- ``A`looooo uxlab qolmadizmi?`` -dedi yumshoq ohangda.

- ``Sen surnaychi uyqu bermayabsanku, qanday uhlayin notanish qiz!``

- ``Ho`p unda yaxshi dam oling!``

- ``Yo`q to`xta, kimliging ayt kimsan o`zi?``

- ``O`ziz o`ylab ko`ring! Men borishim kerak!``

- ``Qiynamasdan, o`zing aytaqolgin...``

- ``Yo`o`o`! Bu sir bo`laqosin!``

- ``Sir bo`sa, sirda!``

- ``Hayrli tun yaxshi tushlar ko`ring!``

- ``Senga ham hayli tun, notanish qiz!``

- ``Ertaga 22:00 qo`ng`iroq qilaman!``

- ``Hey!`` -degancha qoldim, telefon o`chdi.

Qani endi notanish qiz, haqida o`ylamasam edi!

Kim u o`zi?

Ismimni qaydan biladi?

Nega menga qo`ng`iroq qilib qoldi?

Nega yig`ladi?

O`ylab o`yimga yetolmay uxlab qolibman. Ertasiga ham, kun botgunga qadar, o`sha notanish qiz haqida o`ylab yurdim. Yuzlab tahminlarga bordim, biroq aniq javob topolmadim.

Ishimdaku vaqtim bir amallab o`tgandi, uyga qaytgach go`yo soat yurmay qoldi. Bir necha soat bemani seryallarni ko`rib o`tirdim. Ko`chaga oyim chiqardagi, kecha kech qaytganimni jazosiga. Ilojsiz oyim bilan biroz suhbatlashib, telvezir ko`rdik. Qarasam soat 22:00 yaqinlashib qolibdi. Oyimga hayrli tun tilab xonaga kirib ketdim. Kiravatda yotgancha, telefon ekranida ko`rsatib turgan soatdan ko`zimni uzmadim. Har sonyada o`chib yonayotgan nuqtani sanar edim.

22:58 telefon qaltirab ketdi. Ekranda raqamlar ko`rinmayabdi. Ko`k tugmani bosib asta qulog`imga qo`ydim. Yoqimli skunat, notanish qizning hayajonga to`la nafasini shundoq sezib turardim. Bir necha sonyalik skunatdan so`ng uning ovozi eshitildi:

- ``Assalomu alaykum!``

- ``Va`alykum assalom, notanish sohibjamol!``

U bilan muloyim gaplashib, kimligini aniqlab olishni niyat qildim. Huddi yaqin tanishimde, sog`lig`i, ishlari, o`qishlarigacha so`rab, quyuq salomlashdim.

- ``Meni sog`inib qolmadizmi?`` -deya kuldi.

- ``Sog`indim, kun bo`yi seni o`yladim. Qachon kech bo`ladi, suhbatimga ofishta sohibjamol telefon qiladi deb kutdim!``

- ``Vooy o`ldirdizku!`` -deb kuldi.

- ``Hayryat bugun yig`lashmasdan, kulishar ekanmizda?``

- ``Himm...`` -uning shu tastiqi negadur, og`ir botdi, - ``Bu sizga bog`liq!`` -dedi.

- ``Albatta menga bog`liqda. Ahir seni kimligingni bilmay gaplashyabman, ahmoqqa o`xshab!``

Notanish qiz yana jim bo`lib qoldi.

- ``Kul, mazza qilib kulib ol!``

Uning skut saqlashidan jahlim chiqib ketdi. Sharta qizil tugmani bosib qo`ydim.

Onasini emsin kim bo`sayam! Gaplashayotgan insoning seni tanisayu, o`zini tanitmasa. Bilib bo`ladimi aslida kim bo`lishi mumkun, balki suxbatimizni yozib olayotgandur! Erta birkun qarshimdan chiqib ustimdan kulsachi?

Shularni o`ylaganim sayin jahlim baqqat o`t olib ketaverdi.

Telefonning ovozini o`chirib, quvvatlagichga uladim. Uxlab olgunincha o`n daqiqa vaqt o`tdi, shu orada telefon ikki marotaba varaja tutgandek qaltiradi. Shu bilan uhlab qolibman. Erta turib, telefonga qaradim, uchta chaqruv, ikkita SMS kelibdi. Qiziqib SMS larni ochib o`qidam. Birida: nega jahlim chiqqanini so`rabdi. Ikkinchisida: kechrim so`rab, telefonni ko`tarishimni iltimos qilibdi.

Ayol dunyosi murakkab bular ekan. Huddi bokira tog` tabiyatiga o`xshaydi. Goh atrofni tuman qoplasa, goh quyoshli bo`ladi. Shamoli qayoqdan esadiyu, qachon yomg`ir yog`adi bari kutulmaganda ro`y beradi. Yaqinlashaman desang qochadi, qochsang yaqinlashmoqni istaydi.

* * *

Do`stlarim bilan kechki salqinda muzqaymoq yeb futbol ko`rib o`ltirgan edik. Telefonim jiringladi, qarasam yana o`sha notanish qiz. Holiroq joyga o`tib oldim.

- ``Assalom a`laykum!``

- ``Va`alykum assalom!``

- ``Kecha qanday ayib ish qildim! Nega jahliz chiqib ketdi o`zi?``

- ``O`zing o`ylab ko`rginchi?``

- ``Rosa o`yladim sabbini topolmadim!``

- ``Yaxshi o`ylamabsan, javobi judda oddiy-ku!``

- ``Keyinroq qo`ng`iroq qilaman. Hozir ketishim kerak!`` -dedi. Huddi kimdur kelib qolgandek telefonni tezgina o`chib. Haqiqatdan telba qiz ekan u, qiliqlari ham telbanano! O`zi suhbatga chorlaydiyu, yana o`zi dabduristdan nuqta qo`yadi.

Kun rosa dim bo`lib ketgan edi. Derazalarni ochib tashlasamda, issiqdan, lanati chivinlar dastidan uyqum kelmasdi. Kiravatimda yotgancha radioda bo`layotgan tunga eshittirishni tinglardim. Yana qo`ng`iroq bo`ldi, o`sha yashrin raqam. Soatga qarasam 23:10.

- ``A`loo!``

- ``Uhlab yotuvmidiz?`` -dedi pichirlab.

- ``Hali ulgurmovdim!``

- ``Kechrasiz telefonni qo`ymasam bo`lmasdi!`` -dedi, hijolat tortib, ovozi yanaham shivirlab.

- ``Hijolat bo`lma ko`nikib ulgurdim...`` -dedim kesatib.

- ``Uzur, zarur edida!..``

- ``Hijolat bo`lma, sendan hafa emasman...``

Oraga yana biroz skunat cho`kdi.

- ``Nima haqida gaplashayotgandik?`` -dedi, talmovsirab.

- ``Sen ismingni va kimligingni aytayotganding!``

- ``Yo`q! Unday emasdiyu.``

- ``Unda nimalar, demoqchi eding?``

Savollarimdan jahli chiqdimi, ``uhh`` tortib yubordi.

- ``Zerikib ketdingmi?`` -dedim.

- ``Namuncha, zardali gapiras? Gaplarim yoqmayabdimi?``

Notanish qizni bu gapidan keyin, kulib yuburdim.

- ``Kuing-kuling!`` -dedi zarda qilganday, ovozida keskinlik oshib.

- ``Kulgulida sohibjamol... Huddi yigitidan arablab turgan qizga o`xshab zarda qilyabsanda!``

- ``Ko`ngliga og`ir botadiyam demisiz-a?``

- ``Seni tanimasam! Ko`nglingga yoqadigan, so`zlarni topolmayabmanda!``

- ``Namuncha, meni kimligim shunchalik muhummi?``

- ``Albatta... Sen haqingda hech nimani bilmasam, ko`nglingda qanday shum niyating bor? Balki yoningda dugonang bordur, meni yetalab mazza qilib kulayotgandursizlar?``

- ``Siz o`ylagandek yomon qiz emasman. Ko`nglimda ham g`arazlik niyat yo`q!``

- ``Unda, o`zing haqingda biror malumot ber! Sen haqingda tasovur uyg`onsin. Kimsan, o`zi?``

- ``Bir qizda, keling sir bo`laqolsin!``

- ``Ho`p... Raqamimni qayerda olgansan?``

- ``Tasoduf tufayli. Kelib qolgan!``

- ``Meni yaxshi taniysanmi?``

- ``O`n martacha ko`rganman!``

- Menchi, seni taniymanmi?``

- ``Ha, taniysiz!``

- ``Ohirgi marotaba qayerda to`qnash kelganmiz?``

- ``Aytolmiman, bu sir!``

- ``Mega yaqinmisan, uzoqmi?``

- ``Siz qanday qarashizga bog`liq!``

- ``O`ziyam juda bir jumboqli, sirli qiz ekansan-a?``

U kuldi:

- ``Men ham savol bersam, maylimi?``

- ``Mayli!``

- ``Nimalarga qiziqasiz?..``

- ``Tunda notanish qizlar bilan suhbatlashishga!``

- ``Eeee, to`g`irlikcha gapring iltimos...``

- ``Men qiziqadigan narsalarga, sen tushunmasang kerak.``

- ``Himm... ``

- ``So`ra, so`rayver tortinma.``

- ``Immmm... Sevganiz bormi?``

Shu savoli juda yoqib ketdi. Ko`z oldimda qo`shni kelinning go`zal simosi paydo bo`ldi. Qalbim jo`shib, juda bir to`lqinlanib ketdim.

- ``Bu sir!``

Qalbimdan joy olgan inson haqida, kimgadur to`lib, toshib gapirgim kelayotgan bo`lsada. Uni o`zim tanimagan insonga aytgim kelmadi.

- ``O`o`-ho`o`! O`ziz ham sirli yigit ekansizu-a?`` -deya kuldi.

- ``Endi meni navbatim savol berish!`` -dedim.

Negadur sevganim bilan qiziqqanidan keyin, bu qiz bilan suhbatlashish yoqib borayotgandi.

- ``So`rang.``

- ``Sen nimalarga qiziqasan? O`zing haqingda gapir. Mayli isming, yoshing sir bo`laqolsin...``

- ``Oddiy o`zbek qiziman. Shu uydagi kundalik yumushlar... Yana hayol surishni xush ko`raman. Sher yod olish yaxshi ko`raman. Bazi-bazida sher qoralab turman...``

- ``Yo`g`ee!`` -negadur uni shoyiraligini eshitib quvonib ketdim. - ``O`zing yozgan sherlardan o`qib ber, iloji bo`lsa.`` -dedim.

Birdam jim turdida. So`ng judayam mahzum sher o`qiy boshladi. Rosti ``Oppoq bulut, qora tun, qalb nolasi!`` kabi so`zlardan boshqasi qulog`imga kirmadi. Uning har satirda dardi oshib, tobora kuchayib borayotgan tiroqli ovozi sexirlab qo`ydi. Undagi ohangga quloq tutarkanman:

``Hozir yig`lab yuboradi, hozir yig`laydi!`` -derdim.

Aytganimday sheri ohiriga yetmadi. Ikki, uch bor tutildiyu jim bo`lib qoldi.

- ``Yeg`layver uyalma. Tushunaman shoyir tabiyat insonlarni ko`ngli yumsoq bo`ladi...`` -dedim.

- ``Yig`laganim yuuq... Shunchaki ko`zimga bir nima kirdi...`` -dedi.

- ``Vooy jinnivoy!`` -o`zimni kuldan arang ushladim. - ``Yoningdagi odamni aldeysan, men ko`zyoshlaringa emas, ovozingdagi titroqdan bildim.``

Qovun tushirgani o`ziyam tushunib, kulib yubordi. Notanish qizning kulgusi, soddiligi, o`zini qiziquvchan ko`rsatishga urunishi. Negadur qo`shni kelinni eslatib yuborardi. Notanish qiz qiyofasi, tasavurimda shakillana boshladi. Uni, qo`shni kelin timsolida ko`ra boshladim. Bu esa notanish qizga bo`lgan qiziqishimni uyg`otdi.

Kulib turgani sabab, uzoq vaqt gapirmadi.

- ``Sirli qiz, nega jimsan? Gapirsangchi vaqt ketyabdi, valyuta ketyabdi...`` -dedim, uni suxbatga chorlab.

- ``Sizdan emas, mendan ketyabdiku!``

- ``Boyxonim, sentlarni ham uvoli bor.``

- ``Ko`p, bepul daqiqalar bor...``

- ``Ooo. Bizniki (vip!) degin?``

- ``Him...``

O`g`il bollar desang, bazi qizlar ham qolishmaydi. Bir oyga yetgulik pul to`lab qo`yadida, vaqtini qanday sarflashni bilmay, yigitlarga qo`ng`iroq qilishni boshlaydi. Telefonda o`zini ko`rinmagandan keyin, ko`ngil tubidagi shahvoniy nafs g`alayon boshlaydi. Bora-bora, ko`chada ko`rsang gapirolmay qaltirab qoladigan qiz ham, telefonda, internetda o`zlarini gulzordagi kapalakdek his qila boshlaydilar.

Hayolimga kelgan o`ylardan so`ng, qiz haqidagi fikrim salbiy tomonga o`zgara boshladi. O`zimniyam fikrlarim kalkashdi. Boshini aylantirib, uyat narsalar haqida gapirsammikin deb o`ylab ham qoldim. Lekin u meni tanigani uchun oqibatda o`zim sharmanda bo`lib qolishdan hayiqdim.

- ``Gapyo`q senga, qoyil qoldim... No`mering ham chiroyli bo`lsa kerak-a?``

- ``Ha-da!`` -dedi o`zgacha shaht bilan.

- ``O`zingni nominga olganmisan?``

- ``Ha, nimaga so`rayabsiz?``

- ``Ertaga ishga ketayotib, kanpanya ofesiga kiramanda, seni raqaming, kimligingni aniqlab olaman... Hayrli tun sirli qiz!`` -dedimda shartta telefonni o`chirdim.

Sinab ko`rsam yomon bo`lmasdi. Harqalay osmondan tushganday paydo bo`lsada, menga yopishib olsa. Yana o`zini juda sirli tutsa. Agar kimligini oshkor etishdan shunchaliq qo`rqsa. Yana qo`ng`iroq qiladi.

Bir qaqiqa ham bo`lmay qo`ng`iroq qildi.

- ``Alloo!``

- ``Eshitaman!`` -dedim hotirjam.

- ``Iltimos unday qilmang...`` -dedi bechorahol ovozga yalinib.

- ``Nega endi, haqqim yo`qmi?``

- ``Tanib qolsayz, keyin yuzuzga qarolmayman...``

- ``Qo`rqma, hechkim bilmaydi, sir saqlashni bilaman!``

- ``Iltimos... Iltimos... Bo`pti sizga boshqa qo`ng`iroq qilmayman.``

- ``Yo`q, nega sen bilan gaplashish menga yoqadi. So`zdan qaytish yo`q baribir kimligingni aniqlab olaman...`` -dedim.

Aslini olganda menga uning kimligi qiziq emasdi. Hozirda uning munchalik iltimos qilishi, allanimadan hadiksirashi, qiziqroq. Unga yanda bosim o`tqazishga undardi.

- ``Eey hudo... O`zi negayam sizga qo`ng`iroq qildim-a?!`` -dedi, afsuslanib.

- ``Rostdan nega qo`ng`iroq qilding o`zi?``

- ``Shunchaki!``

- ``Shunchaki - shunchaki bo`lmaydi. Shunchakini tagida qandaydur maqsad bor, bu aniq. Menga ham shu qiziqda sirli qiz!``

Uzoq o`yga cho`mib qoldi. Nimalarnidur o`ylar, ammo aytolmayotgani sezib turardi.

- ``Men majruhman...``

Undan har qanday javobni kutgandim lekin bunaqasini emas! Yuragim allanechuk g`alati bo`lib ketdi. Tilimga esa hech bir so`z kelmasdi. Uzoq davom etgan yoqimsiz jimlikdan so`ng u hayrlashdi va qisqa signal tovushi...

Hotiralarni yod olarkanman, hayolimga 11 palata, eshikdan kiraverishdagi kichikroq kravat, chap oyog`i gipis, peshonasi bint bilan bog`langan qiz tasviri paydo bo`laverardi.

* * *

Nonishtadan so`ng ishga ketishga shoshilmadim. Kichik yangam, jiyanimni oyimga berib, idishlarni yuvish uchun oshxonaga ketdilar. Jiyanimni injiqlik qilayotganini ko`rib, o`ynatish uchun qo`limga oldim. Biroz xovlini aylangach oshxona yoniga bordim. Yangam idish-tovoqlarni yuvayotgan edi.

- Hormang yanga?

- Bor, bo`ling...

Gapni nimadan boshlashni bilmay, o`ylay-o`ylay to`ydan gap ochdim.

- Yanaga, to`ylarizni video kasetasi turibdimi?

- Him, turibdi.

- Hammamiz o`tirib, ko`rsak bo`larkan-a?

- Ha, mayli ko`ramiz.

- Yanga to`y zo`r o`tgandi-a?

- Him...

- Haligi jiningiz, ajoyib sher aytgandi esizdami?

- Matlubami?

- Ha, o`sha.

Matluba 11, 12 yashar qiz edi. U bilan birinchi marta, akam va yangamning to`ylarida tanishgan edim. Uyatchang qiz, bo`lsada: qarindosh bo`larkanmiz, deya ko`nglini topa olgandim. Menda iliq tasurot qildirishiga yana bir sabab, to`yda: Holamga va Pochchamga bag`ishlayman, deya o`zi yozgan sherni o`qib bergani edi. Baxt, quvonch, tilaklarga boy sheri hammani hursand qilgandi.

Yangamga Matlubani surishtirganim g`alati tuyuldi chog`i, ma`noli kulib qo`ydilar. Gapni to`xtatib, jiyanimni ko`targancha hovlini bir aylanib keldim va yana talmovsirab gap qotdim:

- Aytgande yanga Matluba tuzalib ketganmi?

- Tuzalib ketgan... -qo`l harakatlari sekinlab, hiyla o`ylanib qoldilar, - Ha, tezalib ketgan... Lekin asorati qoldi... Ko`p yursa oqsoqlanib qoladi. Og`risa kerakda!!!

- Hassada yurmaydi-aa?

- Yo`q... Hassada bir muddat yurgan holos.

- Yanga Matluba jiyaniz uncha esololmayman, lekin judayam uyatchangroq qiz edi. Shunga hecham biznikiga kelamasa kerak-a?

- Vooy, aperatsiyadan so`ng, battar odomovi bo`lib qolgan!!!

- Do`ktirlar tizza ko`zi suyagini alishtirilganmi?

- Ha, shunday.

- Gaplashib turasizmi?

- Telefonlashib turamiz...

O`shanda yangam bir necha oylik kelin edilar. O`qishdan kelsam, akamni kutib xunob bo`lib o`tirgan ekanlar. Sababini so`rasam, jiyanlari aperatsiya bo`lib birnecha kundan buyon shifoxonada yotgan ekan. Yangam ovqatlarni pishirib, kiyinib olishgandilar. Ovqat sovib, vaqt o`tib ketishidan havotir olib turganlari uchun meni hamroh bo`lishimni so`radilar.

Yo`q demay, yangam bilan yo`lovchi mashinada kasalxonaga oltlandik. Yetib borganimizdan so`ng, kasalxona yaqinidagi yemakxonadan qiyma kavob olvolishni hohladik. Baxtga qarshi hali pishmagan, biroz kutishimiz kerak ekan. Erkaklar yonida yangamni kutishlarini istamadim. Ularni bemor yoniga kirgazib yubordim. Kavob pishgach, yangam aytgan 11 palatani topib bordim. Eshikdan kirarkanman, kichikroq kravatda yotgan, bir oyog`i qalin gipis, peshonasiga bint bog`langan qizga ko`zim tushdi. Ko`rgan odamni rahmi keladi. Bechora qancha azob chekkani, nigohlaridan malum. Ko`zlari to`la yosh ikki chakkasini seldek yuvib ketgan. Unga qo`shib yangam ham yig`lab o`ltiribdi. Men bilan ketma-ket, bir quvnoq hamshira ham kirib keldi. Ayollar bilan tez til topishib ketaman. Hamshiraga bir ikkita gap qistirgandim, munosib javob qaytardi. Hazil-mutoyiba boshlanib palataga fayz kirdi. Hazillarimizdan Matlubani ham yuziga qon yugurdi. Palatadan chiqayotganimizda uning tabassum bilan hayrlashganini ko`rgandim.

- Yanga... -yangamga erkalik qilib, kulib so`radim, - Men haqimda so`rab turadimi?

Kuldilar:

- Ha...

``Ha`` so`zini shunchaki aytdilarmi, yoki rastdan so`raydi buni bilmadim, lekin bir narsaga aminman, sirli qiz, bu o`sha men bilgan Matluba. Chunki hamma belgilar unga mos kelmoqda. Shoyira, meni tanishi, aytganidek nari borsa 10, 15 marta ko`rishganmiz. Yoshi ham bir yosh kichik...

Yangam bilan gaplashib olganimdan so`ng, Matlubani boshidan o`tgan voqealar, tafsilotlaridan ozmi-ko`pmi xabardor bo`ldim. Matluba o`ziga oshiq bir yigitchani qaltis hazili tufayli, maktab zinasidan yeqilib tushgan. Yeqilganida tizzasini ko`zini suyagi, zina qirrasiga qattiq urulgan, oqibatda suyak parchalanib ketgan ekan. Shifokorlar murakkab jarrohlik operatsiyasini o`tqazib, suyaklarni qayta terib chiqishgan. Matluba uzoq vaqt gipisda yurgan, ammo suyak narmal holatida bitmagan. Og`riqlar kuchayaverganidan so`ng, yana bir operatsiya o`tqazilgan. Bu safar suyakni, suniysiga alishtirganlar. Matluba tuzalgan, ammo suniy azo, baribir tanaga begona, qabul qilishi qiyin. Matluba uzoqroq yursa haligacha og`rib qolar ekan.

Qizbolani yosh joni uchun shuncha azob! Og`riqlar ham, bazan inson ruhini cho`ktirib qo`yadi. Balkim shungadur uning gap ko`tarolmasligi. Sherlarida aytilayotgan yolg`izlik, baxtdan umid izlashi, mahzunlikni math etilishi. Nafaqat jismi balki qalbiham ozorlanganidan darak berar edi.

Matlubani tushunishga harakat qilganim sayin vijdon azobi qiynoqqa solardi. Balkim hamdard bo`la oladigan inson izlagandur. Meni tanlagani, bu menga ishonish mumkun deb bilganidami?!

Uni o`ylab, istab-istamay ko`nglimga bir niyat tugub qo`ydim. Endi telefon qilsa, dilini og`ritmayman, chegaradan chiqmagan holda u istagan do`st, hamdard, taqdir bo`lsa umur yo`ldoshi ham bo`laman...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar