tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (IV- QISM...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi I -II -III - Qismlar...

IV - Qism...

Kunlar o`ta boshladi, har kuni uni qo`ng`irog`ini kutardim. Ammo qattiq gapirib, dilini og`ritib qo`ydim shekili, boshqa qo`ng`iroq bo`lmadi.

* * *

Tong. Hayrli juma tonggi otdi. Turasolib bugungi sanaga bir qarab olarkanman:

``Ertaga tug`ulgan kunim...`` -deya suyunib oldim.

Oyim odat qilib olishgan, tug`ulgan kunimizda, uyda hadim quron o`qitadilar. Biroq bu safar bir kun avvalga surib, muborak juma kunida o`tqazishni niyat qilibdilar.

Doyimdidek hadimni risoladagidek o`tqazdik, barchani kuzatib qo`ydik.

Aka-ukalar ko`chadan hovliga kirarkanmiz, katta akam o`rtagizga kirib qo`llarini yelkalarimizga tashladi.

``Sizlar meni qanotimsiz!``

Akam doyim shu so`zlarni takidlaganida, yaxshi bir ishni boshlash taraddudida bo`ladi. Shu ish yuzasidan aka-ukalar maslaxat qilamiz. Akam yolg`iz o`tirishimiz uchun, bizni mehmonxona tomon boshladi.

- Dadasi. - yangam chaqirdi. - Qolgan oshni suzyabman, kelasizlarmi? -deya bizlarni ovqatlanishga chaqirdilar.

- Sizlar ayolla o`zlaring yeyaveringlar... Bizga ozroq suzib olib kelsang yetadi. Ukalarim bilan ikki qoshiqdan yeb bir o`tiramiz!

Aka-ukalar lagandagi oshni yeyarkanmiz, akalarim ma`noli, mehirli qarab oldidan chiqqan go`shlarni men yonimga surib qo`yishardi.

Oyimni, akalarimni mehri dadamni yo`qliklarini sezdirmaydi. Shunday chog`lari ollohga shukuralar aytaman, menga shunday jigarlarni bergani uchun.

Oshni yeb bo`lgach, akam choy ho`plarkan, gap ochdi:

- Murod nima qilasan endi?

- Bo`ldi, bugun ishga bormiman. Uydagi yumushlarni qilaman... - men jo`n ma`noda tushunibman.

- Yo`q, tushunmading! Maqsading nima? O`qisanmi?

- Eee yo`q! 12 yil o`qidim yetadi. Ishlayman...

- Qayerda?

- O`zimni ishimda...

- U ishing bo`maydi... -dedi akam.

- Voy nega?! Bilasizmi kecha tushgacha 14, tushdan keyin 19 ta isitgich yeg`dim... Akam har biri uchun 3200 so`mdan, 105 ming so`m oldim. Bir kunda yomonmas-ku!

Ikkivo akam ham kuldi. Katta akam mashina so`yadi. Kichigi mashina ehtiyot qismlarini remont qiladi. Topishlari zo`r, har halda meniki oldida.

- Sizlar kulmanglar, hammaham qo`ldan kelganini qiladi. Muhimi peshona terim halol. -dedim, kulganidan jahlim chiqib.

Yonimda o`ltirgan kichik akam, qo`lini yelkamga tashlab, bo`ynimdan siqib, battar ga`shimga tegdi.

- Bu ishing vaqtincha. Sen doyimiy ish o`rni haqida o`ylashing kerak. Buni uchun o`qishing kerak...

- Yo`q, o`qimiman... Hunar o`rganaman, sizlardek temir-tersak bilan shug`ullaman...

- Bizdek sovuq, issiq kunda temir changallama, moyga botma deyabman ukam...

O`qishga hushim yo`qligi uchun, akalarimning nasihatlari yoqmadi.

- Eeee...

- Ha, mayli bu masalani keyin bafurja o`ylab ko`ramiz...

Katta akam biroz o`ylanib turdida:

- Senga mashina olib beraymi? -dedi to`satdan.

- Mengami? -dedim, hayron bo`lib.

- Ha...

- Mashinani nima qilaman?... Yo`q, rostdanmi? - dedim, quloqlarimga ishonmay.

- Minasanmi?

- Ha, albatta...

Katta akam jahldor, qaysar bo`lgani bilan juda bir barkamol, unumli insonlar. Har bir ishni keyini o`ylab ko`radi. Reja tuzsa ko`p yillarga tuzadi. Aka-ukalar tez-tez kelajak rejalarni shunday muhokama qilamiz. Esimda Lasetti olganimizda ``Endi navbat Davronga`` -degandi.

- Akamchi? -dedim kichik akamga imlab qarab qo`yarkanman.

- Davronga, Lasetti...

- O`zizchi?

- Menga seni velasapeding... - hazillashib kuldi.

- Velasapedim menga qadrli... Unga arzurli qanaqa mashina olib berasiz? -dedim kulguga olib.

- Damas!

- Lasetti yoki Neksiya II bo`lsa yaxshi bo`larmidi-a?.. -akamga erkalik qildim. - Mazza qilib haydab yurardim! -dedim.

- Damasda ham mazza qilish yo`lini o`rgataman... -dedi, aka jiddiylashib.

- Qanday?

- Davron akangni ishlarni endi sen qilasan. Akang yengil yelpi ishlarga o`ralashib qolyabdi. Damasni minib, yugur-yugurlani bajarasan. Ho`sh eplaysanmi?

Kichik akam, asosan og`ir yuk mashinalar, tiraktorlarni kamyob ehtiyot qismlarini tamirlaydi. Bazida tishlari yedirlib, sinib ketgan shestirnalarni arzon sotib oladi. Payvantlab kemtigni to`ldiradi, toker dasgohida ishlov beradi, charxlab to`g`irlaydi va temerchiga olib borib sug`artirib, pishiqlab keladi.

Shu yo`l bilan arzon ammo deyari yangidan qolishmagan baquvat bo`lgan ehtiyoq qismlar tayorlaydi. O`ylashimcha bu vazifani bemalol eplayman.

- Roziman... Aaaa, akam nima qiladi? -dedim.

- Akang senga o`rgatadi va meni ishlarimni qiladi...

- Siz nima qilasiz?

- Men uyni tozalayman... Akanganni imoratini bitqazaman... Hudo xolasa, sen uylanguningcha bu uylarni senga bo`shatib berish uchun zamin hozirlayman...

Katta akam ishdan chiqqan yengil mashinalarni sotib olib, qisimlarga bo`lib yaroqlilarini temir bozorida sotardi. Juda ko`p mashina so`ygani sabab ko`chib chiqish uchun qurgan uyini, hovlisiyu, charbog`igacha zapchastlaru, temir-tersakka to`ldirdirib tashlagandi. Tozalash deganda shuni nazarda tutdi.

- Ertaga shanba, mashina bozoriga chiqamiz, seni nominga bitta Damas olamiz... O`ynab yurgani mas, yuk tashish uchun minasan, bo`ladimi?..

- Bo`lganda qandoq, roziman... Lekin boshliq kim bo`ladi? -dedim hazil qilib.

- Boshliq uchta bo`ladi. 1 oyim, 2 men, 3 Davron...

Yana akalarim ustimdan kuldi. Lekin baribir ularni yaxshi ko`raman...

* * *

Shanba tong otib ulgurmay akam uyg`otdi.

- Hayrli tong polvon.

- O`zizga ham aka... Vohli emasmi? -dedim, ko`zlarimni ochishga qiynalib.

- Yuzingni yuv. Pasport, piravangni olib chiq, mashinani qizdirib turaman...

Shu kuni mashina bozorni aylanib, ko`nglimizdagisini topdik. 1, 2 yil minilganu, ammo sifati yaxshi.

Nataryusda meni nomimga rasmiylashtirdik...

Shu kun, hayotimdagi eng zo`r tug`ulgan kun bo`ldi. Tug`ulgan kun ziyfatiga, mashinani qulluq bo`lsini qo`shilib ketdi. Yaqinlarim, do`stlarimni chaqirib nishonladik. Eng quvontirgani akalarim, oylada mening ham katta o`rnim borligiga ishontirayotgani, to`g`ri yo`lga yo`naltirayotgani edi...

* * *

Kech bolib, qolgandi. Endi meni ham, mashinam borligidan juda hursand edim. Mashinamda o`rindiqni yotqizib, magnitafon eshitib yotgandim. Telefonim jiringladi, qarasam yashirin raqam. Asta kok tugmani bosdim.

- ``Assalom a`laykum...``

Shodiyonaga to`la kunimning yakuni yanaham totli bo`ladi deb sira o`ylamgan edim. Sirli qizning, hayajoni jo`shib turgan, yoqimli titroq ovozlarini eshitib, ko`nglimdagi gard yuvulgandek, yengil his qildim. Bir necha sonya, uning hayajon ila tez-tez olayotgan nafasiga quloq tutib qolibman.

- ``Allooo, meni eshityabsizmi?`` -dedi.

- ``Himm!``

O`ylanib qoldim. Balki uni kimligini bilib olganimni aytsammi?! Yoki hechnima bo`lmagandek gaplashaversammi?!

- ``Yaxshimisiz?`` -dedi, uzoq jimib qolganimdan so`ng.

- ``Bundan yaxshi bo`lmaydi, sirli qiz!... Aytgande, Va`alykum assalom...``

- ``Bor bo`ling-e-e-e!``

Hursandligidan zavqlanib kuldi.

Uni senariysi bo`yicha davom etaverayin, kezi kelganda, yotib bilan aytarman tanib olganimni, hozirchi sir - sirligicha qolaqolaversin deb qaror qildim.

- ``Sirli qiz, dilingni og`ritib qo`ydimmi?``

- ``Yo`q!``

- ``Nega unda qo`ng`iroq qilmay, qo`yding? Ahir sog`inib qo`yding-ku?``

- ``Rahmiz keldimi?!`` -dedi, souqqina qilib.

- ``Seni faristadek qizsan...``

Uning ``Rahmiz keldimi?`` deganidan keyin, dilimda kelgan so`zlarni hech ikkilanmay tilimga chiqardim. Ochig`i budan boshqa javob ham yo`q edi.

- ``Men... Men... Farishta emasman... Men shunchaki sizni!``

Unga bergan tarifimdan, tasirlanib ketdi chog`i, ovozidagi titroq kesin oshib ketdi.

- ``Sirli qiz... Sen ko`ngli toza qizsan.``

- ``Men... Shunchaki sizni tabriklamoqchi edim... Umriz uzoq bo`lsin, ilohim g`am ko`rman!!!``

- ``Rahmat, sirli qiz...``

- ``Hayr...`` -dedi, og`ir hursin qo`yarkan.

- ``Sirli qiz...``

- ``Labbey.``

- ``Qo`ng`iroq qilib turgin... Mendan kimni qidirgan bo`lsan, ushani topasan...``

U, xayrli tun tilab telefonini o`chirdi. Sal o`tib esa, menga atalgan to`rtlik sherni SMS qilib jo`natdi.

* * *

Odatda qizlar bilan munosabat o`rnatishda juda ehtiyotkorman. Oyim boshdan-bosh shu narsani takidlab kelishgan:

``Hech biringa, o`zing yoqtirganni olib bermayman, kelinlarimni o`zim topaman, bekorga qizlarni umidvor qilmalaring!``

Oyim bu gaplari chinligini, har ikkala akalarimni uylagan vaqtlarida isbotlashgan.

Bir necha haftaki, kunda-kunora sirli qiz bilan telefonlashardik. Suhbatlarimiz turli, mavzularda samimiy va qizg`in bo`lardi. Kun o`tgani sayin, bir-birimizga bog`lanib qola boshladik. Lekin u hamon o`zini sirli tutishda davom etardi. Menga nisbatan, tuyg`ulari qay darajada, qalbida qanday hislar kechadi?

Do`st, hamdard yoki sevgi!

* * *

Odatdagidek, kunim yumushlarga boy o`tdi. Hali temir-tersak tashigan, hali qurilishdagi ustalarga kerakli narsalani olib kelgan, yetmaganiga bozor uchar tashvishi ham meni bo`ynimda...

Yoz kunlari issiq, yetmaganiga kun uzoq, chorchoqlar shundoq seziladi. Soatga qarayman, 22:00 oshdi deguncha; sirli qiz telefon qilsayu, yangi yozgan sherlaridan o`qib, yoqimli suhbatga chorlasa. U bilan miriqib suhbat qursam, charchoqlarim arisa!

Har tun hayolni shu kabi o`y bant etadi.

Honamga kirgach, kiravatga yotmasimdan avval, ventiltorni so`ng radioni qo`ydim. Shirinzabon boshlovchini yuraklarni hapqirtib yuboradigan manologlariga quloq tugancha, shirin ozular og`ida, qadirdonimni qo`ng`irog`ini kuta boshladim.

``Intiqlik``

Birdan boshlovchi o`qilayotgan sherdan to`lqinlanib ketdim. Huddi meni shu lahzadagi holatimga bag`ishlagandek.

Tuni bilan yoqqan yomg`irlar

Yuvib o`tdi tonglar yuzini.

Men izladim o`zim uchun sir

bo`lgan baxtning yorug` izini...

Keldimi deb sendan xabarlar

Eshiklarni necha bor ochdim...

Shu vaqtda telefon ovozini eshitib qoldim. Shoshgancha telefoni ko`tardim.

- ``Bormisan, sirli qiz?..``

- ``Assalom alaykum... Oldingizda kimdur bormi?``

- ``Va`alaykum assalom... Doyimgidek yolg`izmiz, seniu-men!``

- ``Qanday shovqun-u?``

- ``Eshitayotganing radio...`` -dedim.

Boshlovchi sherini yakunlagach qo`shiq qo`ydi, radioni ovozini pastlatib qo`ydimda, o`zimni shirali ovoz, sirdoshimga quloq tutdim. Doyimgidek savollar yog`dirishni boshlab yubordi.

- ``Bugin nimalar qildingiz?``

- ``Ooo-ho`o`, so`rama... Yaxshisi, o`zindan gapir, bugun nimalar qilding?``

- ``Siz ham so`ramang...`` -dedi, kulib.

- ``Yangilaridan yozdingmi?``

Har safar yangilaridan yozsa, darov maqtov eshitishni hohlab, o`qib berishga oshiqardi. Lekin bu safar o`zim so`radim.

- ``Yooo...``

- ``Nega, bugun ilhom parilaring kelmadimi?``

- ``Menga ilhom beruvchi inson o`ziz-ku!``

- ``Yo`g`ee?``

- ``Himm.``

-``Bo`lmasa eskilaridan bo`lsa ham to`rt qaror bo`lsin!``

- ``Qanday mavzuda bo`lsin?``

-``Hoo bir safar, (Asov Tuyg`ular) haqida o`qib berganingni...``

- ``Muhabbat haqida deng?``

- ``Faqat muhabbat... Yuraklarni junbushga keltiradiganlaridan bo`lsin, sirli qiz?``

- ``Bir daqiqa, yon daftarchamni olvolayin...``

Rosa yuraklarni muhabbat otashi kuydiradigan davirdamiz. Ikki og`iz, qofiyaga solingan his tuyg`ular ham sevgi tavasida qovrilayotgan yurakka zo`r malham bo`ladi. Ayniqsa bu kabi sheriy misralarni, shirali ovoz sohibasi o`qib bersa, yana ham kuchliroq tasir etadi.

- ``Mana topdim...``

Salgina tomoq qirib, ovozini sozlab olarkan, doyimgidek biroz jimib qoldi.

Lekin ayni shu paytda esa, radiodagi qo`shiq tugab, boshlovchi yangi sherni o`qiy boshladi.

Qanday omadli insonman! Bir vaqtda ikkita. Har ikkisini ham eshitishni istadim. Rodioni-ku, ``Pauza`` qilib turib bo`lmaydi. Shuni uchun sirli qizni to`xtatdim.

- ``Shoshma, avval mabuni eshitaylik-a?``

Shoshgancha radio ovozini ko`tarib, telefonni yaqin olib bordim.

Senga bag`ishlayman

Kechalarimni,

Kunlarimni senga beraman...

Huzuringda bo`lmoqlik uchun

Osmonlardan

Yurib kelaman!

Ishq yog`dudur yurakka oqqan,

Qaydan bilsin zulmat sochganlar?

Bizni anglar, bizni ko`rarlar

Ko`zni yumib, dilni ochganlar!

Ovozingni eshitib turay!

Tuproqlarga berma jismingni...

Bu dunyoda borligingni ayt,

Ismingni ayt

Menga...

Ismingni!..

Ajoyib sher ekanligini ko`nglim sezgan ekan, sirli qizga eshittirib adashmadim.

Radioni ovozini batamom o`chirib, telefoni qulog`imga tutdim.

- ``Shoyira qiz, senga ham yoqdimi?``

- ``Himm...``

- ``Meni nomimdan aytildi desam bo`laveradi. Mahsus (Ismingni ayt!) degan sher...`` -dedim.

- ``Yo`q, bu ILTIJO... (Sen bormisan, orzumdagi Ishq?!) deyilgan sher...`` -dedi, sherni avval o`qiganiga shama qilib.

- ``Sirli qiz, meni hayron qilishda davom etyabsan!``

- ``Siz ham meni lol qildiz, sheriyatga berilibsiz. Hayronman endi mendayin havaskorni qoralamali, sizga yoqarmikin?`` -dedi hursunib qo`yarkan.

- ``Hafa bo`ldingmi?``

- ``Nega?``

- ``Ovozingda mahzunlik sezilyabdi... Sen o`zinga olma. Har gulni o`z ifori bor...`` -dedi.

Oraga ozroq sukun cho`kdi. Bu orada suv ichib olishga ulgurdim.

- ``Siz juda yomonsiz!`` -dedi, to`satdan salbiy hissiyotlari oshib.

- ``Yo`g`ee? Shunchalik yomonmi?`` -dedim, hayron.

- ``Ha... Siz odamni o`zizga bog`lab olasiz!``

- ``O`zing ham qolishmaysan sirli qiz, juda hudbinsan... Aytaymi nega?``

- ``Himmm...``

- ``Sen meni raqamimni bilasan, men esa yo`q. Sen ko`ngling istagan vaqtingda menga qo`ng`iroq qila olasan, men esa seni kutaman...``

- ``Keling boshqa mavzuga o`taylik...`` -dedi, doyimgidek osongina qutulib.

- ``Ho`p... Ishq muhabbat haqida gaplashamizmi?`` -dedim, mavzuni davom ettirishni istab.

- ``Ko`nglimdagi aytdiz...`` -dedi kulib.

- ``Boshlayqol bo`lmasam.``

Biroz o`ylab oldi.

- ``Chin, ishq kirib borganmi yuragizga? His qilganmisiz? O`sha lahzalarda ko`nglizdan qanday hislar o`tgan?``

Avvallari ham sevgan insonim haqida qiziqqan. Biroq har gal, ikkilanar edim. Bordiyu meni sevib qolgan bo`lsa, boshqa inson haqida eshitish ko`ngliga og`ir botmasin derdim. Hozir shu haqida so`raganda, o`ylab qoldim. Balkim qo`yniga qo`l solib ko`rarman? Hissiyotlariga ozroq turtki bersam, yorib qolar!

- ``Ha, ko`p bo`lmagan...`` -dedim.

- ``O`sha baxtli qiz haqida aytib bering?`` -dedi, battar qiziquvchanlik bilan.

- ``Shu senga qiziqmi?``

- ``Himm...``

- ``Keyin diling og`rib qolmaydimi?``

- ``Nega og`ridi?``

- ``Mobodo... Menda... O`zingni!!! Aaaa?``

Bu ishim to`g`rimi notog`rimi bilmadim. Harqalay menga ko`ngli, bormi yoki yo`qligiga shama qildim.

Farosatli qiz darov tushundi.

- ``Yo`q... Yo`q... Siz menga qadirli insonsiz... Ammo unday emas... Allaqachon zaynit etilgan...``

Shu savolni berib, juda to`g`ri qilganimni uning javobidan so`ng angladim. Hayryat nihoyat konglini ochdi. Tuyg`ulari do`stona ekan.

- ``O`sha inson haqida bilishni juda istardim?!`` -dedim.

- ``Sizga qiziqmi?``

- ``Harqalay, sirli qizga qanday inson yoqadi, qiziqda!``

Ajoyib muhitni sovutmasdan, nazoratni qo`limga oldim.

- ``Bu sir...`` -dedi.

- ``Nuqul senga savol bersan, yo kulasan yo sir deysan-a? Ammo menga savollarni qalashtirib tashlaysan? Qani tenglik? Adolat qani?`` -dedim, yolg`ontakam do`q urib.

- ``Ho`p!``

- ``Nozlanma... Uyalmay, sirlaringdan och... Sirli qizni, sirli sevgani haqidagi sirlardan bilayin...`` -dedim, yarim hazil, yarim chin qilib.

U kulgancha, toqatimni sinay boshladi.

- ``Bo`lsangchi endi, yuragim qizib ketyabdi...``

- ``U-u... U-u, yaxshi inson...`` -dedi.

Ayyor baribir aytmadi. O`zim ham ortiq qistovga olmadim. Harqalay qizbola, uyaladi.

- ``Yaxshi inson bo`lsa... Demak men emasligim aniq ekan-a?`` -dedim.

Kuldi:

- ``O`zizga past baxo bermang... Keling endi siz ayting. Bo`lajak kelnoyim haqida bilgim kelyobdi! Qanday insonlar, chiroyli bo`lsalar kerak-a?``

Savolidan qalbim zavqga to`ldi. O`z tasavurimda, men uchun idial ayol bo`lgan qo`shni kelin simosini yaratib ulgurgandim. Qalbim egasini chirgilarini chizishga juda onson edi, men uchun.

- ``U men uchun qalbim, bahori. U haqida o`ylashim bilan, borliqda turfa go`zallik, yorqin ranglarda chizila boshlaydi. Olam zarrin

nurlar va gullarga burkanib ketdi. Uning latofat qarshisida mast, bo`laman...``

- ``Qanday yaxshi! Ularni sevib qolganingizni his qilgan vaqtizda, qanday tuyg`ular tuygansiz?``

U yanada qiziqish bilan savol berishda davom etdi. Uning savollaridan, qalbim nechukdir bezovtalandi. Yana o`sha tuyg`ularni qayta tuya boshladim. Shu lahzalar, qo`shni kelinga bo`lgan cheksiz muhabbatim, yanada oshgandan-oshdi. Unga bo`lgan muhabbatimni, kimgadir ilinish hissi yuragimni batta, iskanjaga olaverardi. O`zim istamasmanda ammo tillarim qalbim egasini tariflashdan to`xtamasdi...

- ``Uning ovozi! Birinchi bor uning ovozidan to`lqinlanganman. Go`yo bir kuyni eshitganman... Uning ko`zlari! Ko`z qaroqlariga singib ketganman... Uning jamoli! Maftun qilgan, qoshiyu-ko`zlari, uzun qora sochlari...``

O`z tarifimdan o`zim tasirlanib ko`zlarimni yumib oldim. Hayol ummoni o`z qariga tortardi.

- ``Keyin siz nima qildingiz?``

Sirli qizni ovozida, sokinli va ehtiros sezila boshladi. Meni to`xtamay gapiraverishimni istardi. O`zimda ham moyillik yuqori edi. Kerak bo`lsa tongacha, qalbim sohibasini tarifu-tasnifini qilishga qodir edim. Go`yo qalbimda ehtiroslar bulog`i qaynay boshlagandi...

- ``Ishonasanmi! O`sha lahzada ko`z oldimda bir manzara paydo bo`ldi. U bilan yolg`iz, allaqanday manzilda qolib ketdik... Uzoq vaqt o`sha onda yurakda tug`ulgan tuyg`ular asiri bo`lib yurdim...``

- ``Ilohim yuragizga ko`chgan ishq sayli uzoq davom etsin...``

Tasirlanib ketganidan tilak bildirganini, o`zi ham bilmay qoldi. Lekin negadur yoragimga og`ir botdi. Chunki o`zgani ayoliga ko`ngil qo`yish, tilab olingan armon!

- ``Ayting isimlari nima, bo`lg`usi keloyimni?!``

- ``Uning ismi!..``

``Kelin opa!`` devaribmanu, ismini yodimdan chiqaribman. Shoshgancha hotiralarimni titkilay boshladim.

``To`yda mehmonlar so`zga chiqib ismlarin nima degan edi? Oyimchi? Yanalarim qanday murojar qilgandi?``

Yoo hudoyim. Shunaqasiyam bo`ladimi?! Sevgan insonimni ismini bilmasaaa!!!

- ``Ularni isimlari - Ozodami?``

- ``Yoo!``

- ``Unda Maftunami?``

Harchand o`ylasam ham uning ismini eslolmadim. Lekin bilganimda ham aytmagan bo`lardim.

- ``Bu sir!``

- ``Iltimos aytaqoling endi. Kelnoyimni ismlarini judayam bilgim kelyabdi?``

Sirli qiz qistovga olishdan to`xtamasdi. Yana ikki so`zni birida ``Kelinoyim!`` deyishi, battar yuragimni tilardi.

- ``Qizaloq, ortiq kelnoyim demagin!``

- ``Nega?``

- ``Chunki hech qachon kelinoying bo`lmaydi...``

- ``Nima uchun?``

- ``Chunki u turmushga chiqqan...``

- ``Afsus!``

- ``Hayrli tun senga!``

Suhbatimiz boshidan, tuyg`ular og`ushida parvoz qilayotgandik. Bundan qalblarimiz lazzat olardi. Lekin nohos shung`ush vaqti kelib, orzular olamidan real hayotga qaytganimizda, haqiqatni achchiq tamidan ko`ngil be huzur bo`lib ketdi. Suhbatning ham qaynovi o`lib, ko`nglim sokinlik istay boshladi. Shuni uchun sirli qizni savollari yoqmay, u bilan hayrlashdim.

- ``Hayrli tun, yaxshi tushlar ko`ring!``

- ``Senga ham hayrli tun sirli qiz... Sen bilan kunum ajoyib yakunlandi...``

Telefonni o`chirar ekanman, be hol kravatga cho`zildim. Alamdan ko`ksimga mushtladim.

``Bu qanday qismat?! Minglab qizlar turib, nega turmush qurgan ayolni suyding?``

Yetishmoqligim yuragimga tugulgan armon bo`lishini o`yladim deguncha tanamni sovuq ter bosadi. Usiz qanday yashayman?

Usiz hayot zavqsiz, olam nursiz, hatto qalb ham g`arib. Men uchun butun borliqimni egallab olgan bir so`z bor, u ham bo`lsan:

``Sen men uchun ARMONsan?..``

Kunlar yana bir tekisda o`taverdi. Ish va yana sirli qiz bilan adoqsiz suhbatlar...

* * *

OSHKOR BO`LGAN SIR...

Yoz ham o`tib kuz keldi. Oylaviy nonushta qilayotgan edik. Shu vaqt kimdur chaqirdi. Yangam yaqinroqda ekanlar chiqb kelgach, menga yuzlandi.

- ``Murodjon sizni qo`shni kelin so`rayabdi?..``

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar