MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (V- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi I -II -III -IV - Qismlar...
V - Qism...
Yangamning so`zlaridan so`ng, hammalarini nigohi menga qadaldi. O`zim ham biroz shunarsiz holatdan, turib qoldim.
- Menimi? -dedim, hayratimni yashirar ekanman, yangamdan izoh kutib.
- Ha, sizni chaqiryabdi! -dedi yangam, labini qeyshaytirgancha yelka qisib.
- Menda nima ishlari bor ekan?
- Zarur dedi, bilmadim!
Yelka qisib turgan yangani ko`rib, joyimdan asta qimirladim, ammo akamning o`tkir nigohlaridan, yam turgan holatda qotib qoldim.
- Qaramisanmi? -dedilar oyim.
- Hozir... -dedimda, shoshib eshik tomon odimladim.
Darvoza eshigini ochgan hamonim, huddi tog` shabasi misol, yoqimli ifor yuzimga uruldi va qarshimda, havorang bayramona libos kiyib olgan qo`shni kelin zohir bo`ldi. Uning, o`ynoqi tabassumiyu, go`zal kiprik qoqishlaridan, qalbim mastona, tuyg`ular og`usida qolib ketdim.
Arang hushimni yegib olarkanman, uning quyosh otashi jo bo`lgan ko`rlariga boqib:
- Keling... -dedim.
- Assalom alaykum...
Boyagidanda otashin tabassum bilan, qaroqlarini jovdiratib yuz ko`zimga bir-bir nazar tashlab oldi.
Har safar hurmat yuzasidan, o`zim birinchi bo`lib salom berardim. Lekin bu safar u birinchi bo`lgani, allanechuk o`zimga bo`lgan ishonchimni oshirib, sevintirib yubordi. Hissiyotlar og`ushiga, tezgina shung`ib ketganimdan, uning qo`l cho`zib turgani kechroq sezdim. Asta qo`lini siqarkanman, uning o`zini tutishidan, huddi yaqin tanishlardek, samimiyat yuzaga chiqqandek bo`ldi.
- Va`alaykum assalom...
Uning shodlikdan yorishib turgan chehrasiga qarab, qo`llarini uzoq vaqit siqib turaveribman. Bir muddat shu zayl turib qoldik. O`yinqarog`lik qilganday, qo`llarimizni havoda 3, 4 bor siklitib oldida, quvnoq ohangda:
- Yaxshimisiz? -dedi.
- Shukur, - bunchalik xursandligini sababini bilishga oshiqib so`radim: - Tinchlimi kelin opa, og`zingiz qulog`izda?
Qoshlarini salgina uyib, o`pakalangannamo ohangda gapirdi:
- Qachongacha ``Kelin opa`` deysiz? - ko`zlarini salgina qisgancha birzum o`ylanib qoldi, - Immmm... Ahir sizdan 87 kunlik kichkinaman-ku! Iltimos ``Kelin opa`` demasdan, Madina deyaqoling?
``Yoo rabbim. Bu qanday baxt-a? Salkam yarim yilda, o`zim sevgan insonni ismini eshitdim!``
- Madina... - hayrat bilan bu go`zal isimni aytar ekanman, sohibasiga qaradim. - Qanday gapiz bor edi, Madina? -dedim ovozim temttini bir parda pastlatib.
- Iltimosim bor edi!..
- Qulog`im sizda, agar qo`limdan kelsa jonim bilan...
- Bozordan non olib kelib berolasmi?
- Non?
- Ha, non! Iltimos...
Ko`zlari mo`ltirab, qarab turardi. Qarashlarida o`zimga nisbatan, iliqlikni sezayotganim uchun, hazil qilishga botindim.
- O`ziz yopaqolsayz bo`lmaydimi? Zo`r nonvoysiz-ku!
Hazilimdan uyalib, yanoqlari olmadek qizarib ketdi. Kafti bilan labini to`sib ``Yo`q!`` deganday bosh chayqadi.
- Allabatta olib kelib beraman... -dedim.
- 10 ta yog`lik patir, 20 ta obi non...
Qo`lidagi dasta pulni uzatdi. Pulni olarkanman:
- Bugun mehmonlar keladimi? -dedim.
Labini bir chetini tishlagancha boshini qimirlatdi. Shu lahzada, hursandligi sababini tushungandek bo`ldim. Hayolan tug`ulgan kunim va hozir kun orasidagi sanalarni hisoblay boshladim. Tahminan u aytgandek kunlar chiqdi.
- Bugun tug`ulgan kuningizmi? -so`radim. U tastiq tariqasida, keng yoyilgan labini kafti bilan to`sib, ko`zlarini pirpiratdi. - Unday bo`lsa tabrigimni qabul qiling...
- Rahmat...
- Ha, sovg`asiga qarzdorman...
- Ho`p, shu vadangizni eslab qolaman...
Hursandligi uchum yoki menga erkalik qildimi! Ortiga qayrilarkan, ko`zini qisib, sho`xchan nigohlar o`yinini qildi. Uyi tomon odimlar ekan, tez-tez ortiga qarab qo`yardi.
``Tavba... Hissiyotlarini yashirmadi. Huddi qizboladek nozli, ishvali boqib, yuragimni tilib ketadiya! Ko`zlaridagi o`t sevgimidi, yoki shunday tuyuldimi???``
Ortidan armonimni g`ijimlagandek, pullarni ham mahkam changallagancha og`ir hursunib, yurak hovurimni bosdim.
Uyga qaytib kirdim. Yana o`sha savol bilan boqqan nigohlar. Asta joyimga o`tirar ekanman, qovog`ini solib turgan akamga qarab, oyimga gapirdim:
- Kelin opa: ``Non olib kelib bering!`` deb iltimos qilyabdi...
- Nima! Sadir o`libdimi?
Birdan akam ichayotgan piyolasini, xontaxta ustiga duqqullatib urdi.
- Bilmadim, -deb hotirjam yelka qisdim. Nonushta qilishda davom etdim.
- Sen nima deding?
Oyim ham qizib so`radilar.
- Yo`q dermidim oyi, iltimos qilib turganidan keyin!!! -oyimdan, ijozat so`ragandek qarab. - Bugun uylariga mehmonlar keladi shekilli! -deb qo`shib qo`ydim.
Oyimdan sado bo`lmagach, nonushta qilishda davom etdim. Choylarini ichib bo`lishgan akalarim bugungu kunlarga mo`ljallangan ishlarni maslahat qila boshladi. Ularni o`zoro qizg`in suxbatiga, oyim qo`llarini duoga ochib nuqta qo`ydilar.
Uzundan-uzoq o`qilgan duolardan so`ng, yuzimizga fotiha tortdik. Oyim birinchi bo`lib, menga yuzlandilar.
- Otirmasdan tezgina olib kelib beraqol. Yana mehmonlari keladigan bo`lsa, kechikib qolmasin...
- Ho`p bo`ladi...
Tezda turib, mashinani yurg`azdim. Bozorga borib kelishimga, yarim soat kifoya qildi. Mashinamni darvoza yoniga qo`ydimda, avval hovlimizga bir ko`z tashlab oldi. Akalarim allaqachon chiqib ketgan. O`ylashimcha Madina endi nonini olgani chiqmasa kerak!!! Dedak o`zim olib kirib berishimga to`g`ri keladi. Selafan paketlarga solingan nonlarni ko`tarib, ularni uyi tomon yurdim. Kutub turgan ekanmi, chaqirmasimdan qarshimda paydo bo`ldi.
Tongda ko`tarilgan quyoshni, bazorga borib kelgunimcha yuzini qora bulut qoplagan edi. Go`yoki ob-havo afzoyi uning chehrasiga ko`chgandi. Allanechuk ruhi cho`kkan, boyagi kayfiyatdan asar ham qolmagandi.
- Tinchlikmi nima bo`ldi? -dedim.
- Hechnaima...
Holatini yashrishga urunib, jilmaydi. Ammo yuzidagi sohtalik, ko`zlariga qatgan istirob, menga birinchi ko`rishganimizdagi kelinni eslatib yubordi.
Bir nima bo`lgani, butun vujudim his etardi. Undan nigohlarimni uzmagan holda, qo`limdagilarni uzatdim.
- Mana olib keldim...
- Rahmat.
- Arzimaydi.
Kirib ketishga shoshmadi. Lablarin juflayni bir nima demoqchidek, ammo aytolmay ko`zlarini yashiradi. Yana qandaydur yordamim kerakligini his qilganim uchunam, ketishga shoshmaygina ortga tistarildim.
- To`xtang, - birdan oldinga intilib, tirsagimdan tutib qoldi, - Besh daqiqa vaqtingiz bormi?
- Vaqtim bor, lekin...
- Iltimos qarashvoring, - javobimni ham kutmay, ortidan yurishimni so`radi, - Yuraqoling...
Ichkariga kirib keta boshladi. Darvozaxonada Sadirni mashinasi turganini ko`rib, uyda u ham borligiga ishonchim oshgandan so`ngina asta Madinani ortidan ergashdim. Hovgiga kirdaganimda, hammasi risoladagidek emasligini ko`rdim. So`ri joyida emas, go`yo sudrab, yer ayvonga bir qismi kiritilgan.
So`rini old tomonida, chordana qurgancha yuzin kunbotar qaratib Sadir o`tirardi. Huddi tirnog`ini sindirib olgan, tannoz xonimday barmog`ini avaylab siypalardi.
- Yordamga chaqirdim... -dedi Madina past ovozda, eridan hayiqqandek orada masofa saqlab.
Sadir avval dushman nigohida, Madinaga so`ng menga qaradi. Bu orada Sadirga yaqin borib ulgurgandim.
- Kel Murod...
O`rnidan turib, pastdagi shippagini oyog`iga kiyarkan menga yuzlandi.
- Qandaysiz hofiz? -dedim.
G`azabini yashirishga urunar ekan, Madinaga qarab oldida bosh chayqadi va so`rashish uchun bilagini cho`zdi. Salomlashib bilagidan olarkanman, o`ng qo`l, ko`rsatkich barmog`i tirnog`i qontalash bo`lib qolgani ko`rdim.
- Tinchlikmi? Tirnog`izi chaqib oldizmi? -dedim.
- Anavu, tovuq miyya...
Eee, qayoqdanam so`radim! Bilmay olovga moy sepibman, Madinani avra astarini ag`darib haqoratlay ketdi. Madina ostoza panjarasini tutgancha, yonimizda sharmandalikdan boshini egib lom-lum demasdan turardi. Ahyon-ahyonda kipriklar ostidan, iltijoli qarab qo`yardi. Nihoyat, Sadir Madinani oyisini haqoratlaganidan keyin, unga ham jon kirgandek bo`lib Sadirga gap qaytardi.
- Men aytayin qilibmanmi? -yig`lagudek bo`lib ovozi bo`g`ilib ketdi. - Aydim-ku, kuchim yetmaydi deb... -dedida, chidolmay ters burulib, yugurgancha zinadan ko`tarib, uy ichiga kirib ketdi.
Sadir esa, hamon g`urulardi. Madina tomondan mehmon bo`lib kelayotgan qarindoshlari haqida gapirar, shu bilan birga urug`-aymog`idagi ayollarni avrati ochib so`kinardi. Men Sadirni bemaza aljirashlariga quloq tutgancha, bu yerda bo`lgan voqealarni o`zimcha tasovur qila boshladim.
De`duksiyamni ishga soladigan bo`lsam, so`rini nomutonosib joyda turishi, so`rining oyoqlaridan yerda qolgan sudralma iz, havo birozgina aynigani. Bundan kelib chiqadiki, ob-havoni aynigani ko`rib, er-xotin so`rini yer ayvon ostiga olib kirmoqchi bo`lishgan. Ammo uddalay olishmagan. Taxminimcha shunaqa bo`lgan.
Ortiq sadirni vaysanishiga e`tibor bermagandek, so`rini chetini bir qo`lda sal ko`tarib qo`ydim. O`ziyam og`irgina ekan.
- Ayolizga shunday og`ir so`rini ko`tartirdizmi? -dedim.
Atayin ustidan kulganday, g`ururiga tegib ishshaydim. Sadir esa bu shamamga parvo ham qilmadi. Endi u; ayol kishi bilan bir ish qilib bo`lmasligi va uni deb bechora barmog`i so`ri bilan ayvon ustimi orasida qolib ketgani haqida gapira boshladi...
Biznikida ayollarga bo`lgan munosabat boshqacha. Sadirga quloq solib, Madina kirib ketgan eshikka zimdan ko`z tashlar ekanman. Yaqindagina uymizda bo`lgan voqea yodimga tushardi.
Kichik akam mashinada un olib kelibdi. Usti-boshiga, un yopishmasligi uchun, yangamga qopni u tomonidan ko`tarishib yurishga buyuribdi. Shu payt, nohos oyin ko`rib qolib akamni rosa vaysabdilar.
Sen xotingni avaylamaysan deb!..
Oyim qattiq talab qo`yadilar, akalarimga xotinlarini avaylashni, yangalarimga akalarini qadrlashlarini. Shuning uchunam, sevishmay turmush qurgan bo`lsalada, bir-birlariga mehirlari juda balant. Oyim qancha urushib bersalarda, yangalarim qadrlangalari uchun ham oyimni qattiq ezozlashadi. O`zlari ham ayollik baxtini tuyushadi. To`g`ri janjalsiz turmush bo`lmaydi. Akamlar ham bazida baqirib qo`yishadi, laekin bu janjal, huddi bir qattiq yo`talday tez o`tadi ketadi. Hechkimni avratiga mo`ralanilmaydi...
Ayol kishi, o`z izzatidan past ko`rilishning guvohi bo`larkanman, Sadirni haqoratli gaplaridan nihoyata g`ashim kelardi.
- Shu so`rini, ayvon ichiga qo`yish kerakmi? -dedim.
- Yaxshi bo`lardi, bunday buyog`iga yomg`irli kunlar ko`p bo`ladi...
- Keling bo`lmasa men ichkariga o`tib ko`tarayin, siz buyoqdan ko`taring...
Hash pash deguncha, so`rini joyiga o`rnatdik. Sadir qattiq azob chekayotgan insonday tirnog`ini ko`rsatdi.
- Nima qilsa bo`larkin, yomon og`riyabdiya?!
- Bilmadim, do`ktirga borarsiz? - shu arzimagan jarohatni vahimali qilib ko`rsatgani uchun, ustidan kuldim, - Balki kesib tashlash kerakdir... Bilib bo`ladimi suyakka o`tib ketsa!
- Yo`g`eee...
Hazillashayotganimni payqab, g`urrullagan ovoz chiqarib, yolg`ondan kulgan bo`ldi.
- Heyyy buyoqqa qara...
Bir zumda Madina ostonada paydo bo`ldi.
- Labbay!
- Kastuyumni olib chiq, meni ishlarim bor...
- Hali zamon kelishadi, shuyerda bo`lib turing! Yolg`iz kutib olmayin...
- A`qil o`rgatma...
Sadirni ayollarga bo`lgan momilasi guvoh bo`lib, akamni so`zlari hayolimdan o`tardi. Akam haq ekan, ko`cha ``ha-hu`` qilib, hazil-huzulga, muomilali inson bo`lib kerinsada, haqiqatdan buqalamun felli insondan yaxshilik kutush kerakmas ekan. Ayniqsa tug`ulgan kunida, tabriklar-u, izzat ikkron o`rniga tinmay haqorat eshitayotgan Madinaga qarab, yuragim qiyma-qiyma bo`lib ketdi. Boshini quyi solgancha, labi pirrirab bazo`r ovozi chiqadi. Qani endi shunday vakolatim bo`lganida edi. Sadirni har teshikka suqayotgan tasadduqiga yaxshilab bir tepgan bo`lardim.
- Onasi... ****! Hammasini...
Sadir yana jazavasi tutib so`kinib qo`ydi, barmog`ini ushlab.
- Hechqisi yo`q Sadir aka... Bunaqa vaziyatlar bizdayam ko`p bo`ladi. Mana qarang, menkin... - o`zim ham bir mahallar mix qoqaman deb, tirnog`imni ezib olgan edim. O`sha yerni unga ko`rsatdim. - Sal vaqtdan so`ng og`rimay qoladi...
Tinmay jig`i biyron bo`layotgani uchun, tinchlantirishga urundim. Avvaliga barmog`imga bir qarab olgach sal yumshagandek ko`rindi. Ikkimiz ham so`rini chetiga oltirdik. O`zimcha turli savollar berib uni chalg`ita boshladim.
- Ish buyurasanu, ortidan o`zing borasan! -deya g`ulduradi, o`rnidan qo`zgalib. Yaramasni hayoli hammon Madinada ekan. Zarda bilan, Madinani ortidan kirib ketdi. Ichkaridan Sadirni a`qil o`rgatishlariyu, haqoratli ovozlar shundoq hovliga chiqib turardi. Derazadan ko`zimni uzmasdim. Hira shira sharpalari ko`rinardi. Sadirni vajohatini ko`rib:
``Ishqilib qo`l ko`tarma, ablah...`` -derdim.
Oralarida malum masofani borligi, o`zimni bosib turishimga sabab bo`lardi. Sadirni sharpasini diqqa berib kuzatardim. Madinaga yaqinlashsa, hech ikkilanmay bostirib kirishga tayyor edim...
Hayryatki Sadir haqoratdan uyog`iga o`tmadi. Kastumini yelkasiga tashlagancha chiqib keldi. Uni ortidan boshini quyi solgancha Madina ham chiqdi. Uyalganidan hatto boshini ko`tara olmasdi. Sadir ostonani yarmiga tushdi va engashib tuflisini oyog`iga kiya boshladi. Tavonini yerga tepib-tepib qo`yarka Madinaga ma`noli, bir qarab qo`ydi. Shu qarashni o`ziyoq, qamchi urgandek bo`lib, bir seskanib qarash ma`nosi darov ilg`ab shoshib darvozaxonaga ketdi. Darvoza zulfunlarini tiriqlaganidan sezdim, mashinani chiqishiga eshiklarni ochayotganligini. Sadir tuflisini kiyib bo`lgach, devordagi kichikroq oynaga bir qarab oldida, men tomon yaqinlashdi. Labiga qistirilgan segaretni tutatar ekan, bir Madinaga, bir menga qarab dimog`ida kuldi. Qaddini g`oz kerib turishlaridan:
``Hotinni jilovini manabundoq, tutiladi!!!`` degan ma`noni o`qib olish qiyin emasdi.
Madina yaqinlashib kelar ekan, ovozi bazo`r chiqdi.
- Ovqatni solib qo`yaveraymi? -deya, yutunib oldi.
- O`zing bilasan! Yeydigan o`zingnikilar... -dedi Sadir kinoyali qilib, labini qiyshaytirib qo`yarkan.
- Qozonni osib berasizmi? -dedi. Madina boyagidanda yumshoqroq, mayinroq ovozda, yanaxam pichirlagandek.
- Molmisan? Shu ustiboshdaya? -qo`lini pahsa qilgancha bir o`dag`ayladi. Nigohi menga tushdiyu tishini oqi ko`rindi. - Ana Murod osib beradi... Bitta ukalik qilvorgin endi...
Rosa kuchga to`lgan vaqtdaman.
``Iflos men senga, malakmanmi?`` deb, yaxshilab tepkilagilarim kelib ketdi. Qonim qaynab, vujudimdagi qahir-g`azab keskin oshidi. Nafasim o`pkamga sig`may, tez-tez hansiray boshlaganimni sezdim. Tinmay gij-gijlab turgan shaytonga bo`yin egmaslikka tirishardim.
Sadirni buyruq ohangida ish buyurgani allanechuk izzat nafsimga tegib ketdi, mashina ortidan yurdim. Bu xonadondan tezroq chiqib ketish istagida edim.
Madina mashina chiqib ketgach eshikni yopib qo`yar ekan, ketayotganimni sezib yo`limni to`sdi. G`azabim be ihtiyor yuzaga chiqdi.
- Madina... Siz bilan yashayotgan kimsa inson emas, u g`irt cho`chqa... -dedim.
Asta boshini egib shivirladi:
- Haqorat qilmang!
Go`yo uni yonini olgandek. Uning bu so`zlaridan, battar jahlim chiqib ketdi. Yelkasini tutdimda, yon tomonga surib, yo`limni ochdim.
Eshikni tutquchini ushlaganim hamoni, ikki qo`llab bilagimdan tutib oldi.
Gapirmasdi, iltijoli ko`zlarini tikib turardi xolos.
- Mayli yuring Madina, o`sha qozonni olib chiqib beraman. Qayoqda o`zi qozon o`chog`iz? -deya xovli ichiga yurdim. U ham qadamma-qadam, ortimdan keldi. Boya non solingan selafan paketlarni zinani tepir panjaralariga ilgan edi. Pakeklarni olarkan, ovozi bog`ilib bazo`r gapirdi:
- Qozon... O`choq... Shu... Yerda... -dedida, zina ostidagi podvolga ishora qildi. O`zi esa zinadan yuqoriga ko`tarildi. Men ikki poydan iborat zindan pastga tushdim. Qarshimda namlikdan qiyshayib ketgan, taxta eshik turardi.
Ishimni tezroq bajarish maqsadida eshikni ikki, uch bor, kuch bilan qattiq-qattiq itardim. Lekin namlikdan ishib kesakkiga tiqilib qolgan eshik ochilmadi. Shunda qarshimda Sadir turgandek tasavur qildimda zarb bilan bir tepib eshikni ochdim. Dimog`imga zah va mog`or isi uruldi. Shifti bo`yimdan biroz balant bo`lgan nim qorong`u, podvolga kirdi. Ko`zim qorong`ulikka ko`nikkuncha bir muddat turdim. Asta atrofimdagi narsalarni ilg`ay boshladim. Hammayoq, qurulishdan keyin qolgan, lahtek yog`och taxtalar, biton, shag`al qoldiqlari. Nihoyat ikki metrlar naridagi qozon, o`choqqa ko`zim tushdi. Tezda ko`tarishka chog`landim.
Qozonni ahvolini ko`rib, shashtimdan qaytdim. Avval ishlatilganda olov rosa tutatib yoqilgan shekili, hatto qozon qulog`i ham qorayib ketgandi. Ushlash uchun, latta yoki qog`oz ahtarib atrofga alangladim.
Birdan eshikdan tushib, sal bo`lsada podvolni yoritib turgan yorug`lik ham hiralashib ketdi. Ters o`sha tomonga o`grildim. Yorug`likni to`sib turgan Madina ekan. - Qozon juda rasvo ekan, hozir olib chiqaman... -dedim.
Undan churq etgan ovoz chiqmadi. Faqatgina tez-tez, betartib nafas olayotgani sezilardi. Asta u tomon yaqinlashdim, qo`l cho`zsam yetkulik masofagacha. Eshikdan tushayotgan nur tog`ri yuziga tushgani boyis, chehrasini yaqqol ko`ra olardim. Ko`zlarida yosh buloq misol, limmo-lim, labini bir cheti mudon qaltirar, o`pkasi to`lib toshgan, bazo`r ko`zyoshlarini tiyib turardi.
Bunday manzarani ko`rish chidab turish naqadar azob. Shu lahzada, qalbi nechog`lik istirob chekayotganini, tirnoqlarim uchiga his eta boshladim! Ruhim esa unikidanda ming chandoq ko`proq azob chekardi...
Qalbimni ezib, ruhiy istirob berayotgan tuyg`ularim, menga shunday ayon qilardiki. Men Madinaning aynan chiroyiga emas, uning istirob chekayotgan ruhiga, mahzun qalbiga oshiqligimni angladim.
- Madina... -deya uning hamdarlik istab boqayotgan ko`zlariga yanaham botinib qaradim. Qaroqlarida o`z aksim yarqirab, yuragimni hayajon bosdi. O`tli nafaslarimni o`pkamga dimlar ekanman, asta nozik yelkasidan tutdim.
Ko`zlarining bittagina qoqishi, mazjon-marjon ko`z yoshlarni, dona-donalab pastga oqizdi. Dunyo naqadar ko`zimga qorong`u bo`lib ketdi. Unga yaham yaqinlashib, yuzlarini kaftlarim orasiga olishga o`zimda kuch topdim.
- Yig`lama...
Bu so`zni iltijo qildek, shivirlabgina aytdim va asta bosh, barmoqlarim bilan ko`z yoshlarni sidirdim. Uyog`iga esa a`qildan mosvo bo`ldim, butun tanamni hislarim nozorat qila boshladi.
Avvaliga u ham o`zini tutolmay, ko`ksimga bosh qo`ygani his qildim. Ehtiyorsiz uzun sochlari osib turgan yeklarni, avaylab quchib oldim. U ham belimdan qattiq quchib olgancha yelkalari silkina-silkina ingillagan ovozda yig`lab yubordi. Yupatmoq uchun hech bir so`z topolmasdim. Tilim o`rniga yuragim, har dupurida, uning ismini takidlardi.
``Madina... Madina... Madina...``
Bilmadim qanchalik uzoq vaqt shu zaylda turdik. U nihoyat tilga kirdi.
- Men charchadim... Men charchadim... - tutulib, nafas olgancha, - Men charchadim, o`zimni baxtli ko`rsatishdan. Ortiq bardoshim yetmaydi...
Yupatmoq istab sochlaridan yuzlaridan silar ekanman, hislarim tilimga ko`chdi.
- Yeg`lama... Madina men seni juda yaxshi ko`raman!!!
Qo`llari belimdan yanada mhakam quchdi:
- Men ham sizni, juda juda yaxshi ko`raman...
Shu so`zlarni aytdiyu birdan qo`llari bo`shashib ketdi. Boshini ko`tarib, o`zida jilmayishga kuch topdi. Bir on ko`zlarimiz uzulmadi. So`ng birdan yuqoriga yugurdi. Padvol tepasidan eshitilgan mayda qadamlar dupur-dupuri yurakka ko`chdi...
Birpas hislarim og`ushida o`zim yolg`iz qolib ketdim. Tashqarida shitirlay boshlagan yomg`ir tovushidan, asta o`zimga keldim, qozonni qorasiga ham qaramay, bir qo`limga uni ikkinchi qo`limda o`choqni olib yuqoriga ko`tarildim. Haqiqatdan yomg`ir boshlab yuboribdi. Tezda qo`limdagilarni oshxona yonidagi, o`choq qo`yish uchun mo`ljallangan joyga o`rnatdim. Kaftlarim qozon kuyadan qopqora bo`lib ketgandi. Ortimda ovdosta ko`targan Madina paydo bo`ldi. Yanoqlari lov-lov yonar, uyalganidan ko`zlarini yerdan uzmasdi.
Ovdastani oldinga cho`zdi, asta qo`limga suv quya boshladi.
A`qil bilan o`ylab mushohada qilib ko`rarkanman, xato qilganimni anglay boshladim.
- Kechring Madina, hislarimni oshkor etmasligim kerak edi...
U og`ir husunib qo`yarkan, ko`zlarini yomg`ir shitirlatayotgan, anor butasidan olmagan holda lablari qimirladi.
Bir safar, sirli qiz aytib bergan: Yurak belanchagida orom olayotgan, ish haqidagi sherning, ehtirosi