MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (VI- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi I -II -III -IV -V -[ Qismlar...
VI - Qism...
Shaxt bilan chiqib kelib mashinamga o`tirdim. Old oynaga urulayotgan yomg`ir tomchilariga tikilar ekanman, chalkash fikralaru, adoqsiz o`ylardan medamda qattiq og`riq turdi. Og`riq zo`ridan boshimni ko`tarolmay, peshonamni rul chanbaragiga bostdim.
``Madina, Madina!!!``
Cho`ntagidagi telefon qaltirab, qo`ng`iroq bo`layotganidan ogohlantirib, miyyamni egallab olgan o`ylarimni tarqatdi. Akam degan hayol bilan telefonga qaradim. Qo`ng`iroq qilayotgan, yashrin raqamdan qilayabdi.
``Tavba, eslagim hamoni hozir bo`ladi!``
Bir muddat ikkilanib turgach, u bilan ortiq gaplashmasak to`g`ri bo`ladi deb o`yladim. Telefonni esa o`rindiqqa uloqtirdim.
``Tuyg`ular, bilan o`ynashadigan yolg`onchini, so`zlarini eshitmayman...``
O`ylamayman deyman-u, ammo hayol u tomon olib ketaveradi. Peshonamni rul chanbaragiga qo`ygancha, yaqin bir soat ichida nimalar bo`lib o`tganini, tahlil qila boshladim.
Uni to`ngda ko`rdim, huddi bahor gullari kabi tarovatli, tong shamolidek o`ynoqi, beg`ubor, huzurbaxsh tuyg`ular og`ushida edi.
Qaytganimdan so`ng esa, unda yozni ko`rgandek bo`ldim. Yoz saratoni issig`idan, mehnatlardan horigan inson qiyofasida!
Keyin esa yurakni ezguvchi kuz fasliga guvoh bo`ldim. Sadirning qahrli shamollari. Madinani oydek chehrasga qora bulutlar uyumida to`daladi. Podvolda esa o`sha bultlar ko`zyoshga aylandilari.
Kutilmaganda kirib kelgan qishning kasriga men qoldim. Yuraklar haroratidan erigan qorlar ko`p sirlar yashira olmadi. Qisqa fursatda, tuyg`ulardan iborat to`rt fasilda yashagan bo`ldim.
Birdan mashina oynasi tiqirlab, hayollarim tumandek tarqab ketdi. Boshimni ko`tardim. Yomg`irdan o`zini, darvoza panasiga olib turgan, kichik yangam. Tezda oynanani tushirdim.
- Labbay, yanga?
- Ishizni bitqazib keldingizmi?
- Hmm...
- Akaeyizlar tayinlab ketuvdilar, ombordan ``V`` degan temirni olasiz ekan. Keyin o`ziz tunov kuni olib kelgan, Gel...... - yangamning, so`zlarini, o`rindiqda aridek g`o`ng`illab jiringlagan telefonim uzib qo`ydi. Shoshgancha telefonga qaradim. Yana o`sha yashrin raqam, birozgina zarda bilan o`rindiqqa tashladim. - Tinchikmi? -dedi, yangan bu keskin harakatimdan ajblanib.
- Ha, tinchlik.
- Ranggingiz oqarib ketibdimi?
- O`zi oppoq bolaman-u, yanga! - yolg`ondan bo`lsa ham tishimni oqini ko`rsatib qo`ydim, - Akam ``Val`` bilan ``Gilza`` deganmidi?
- Menimch, shunaqa deyishgandi!
Mashinadan tushdimda shefer panasidan borib, ombordan akam aytgan ehtiyot qismlarni olib, mashinaga yukladim.
- Muradjon. Anovi telefoningiz boyadan beri chaqrib yotibdi. Qaringchi akay emasmikanlar? -dedilar, hamon darvoza panasida turgan yangam.
- Boshqa birov... Men akamni yoniga ketyabman, oyimga aytib qo`yarsiz?
- Ho`p... - yangan, kuzat qo`yish uchun biroz oldiroq chiqdilar. - Ukajon ehtiyot bo`lib haydang, asfalt ho`l bo`lib ulgurdi!.. -dedilar.
- Yoshbola emasman-ku?
Boyagi voqealar asorati, keraksiz vaqtda yuzaga chiqdi. Bilmay qoldim, yangamga qo`pol gapirganimni. Lekin tushunganim hamoni, kechrim so`rash niyatida ortimga qayrildim. Yangam hamon tajubli nigohini mendan uzmasdi.
- Yanga, qaytishda nima olib kelayin? -dedim, o`zimni odatdagidek tutib.
- Aaa? -dedilar, hayron bo`lib.
- Bodroq yoki pista! Qay biridan olay? -dedim.
Miyamga kelgani shular bo`ldi. Bilaman seryal ko`rayotganlarida, ermak qilib o`tirishni hush ko`radilar.
- Hmm... - jilmaydilar. Demak qo`polligimdan hafa bo`lmadilar, - Har ikkisidan olaqoling...
Mashinani yurg`azib, ketarkanman yon oyna orqali, ortimdan kuzatib qo`yayotgan yangamga ko`zim tushdi. Yuzlariga fotiha tortdilar, his qildim oq yo`l tiladilar. Bu holatdan oz bo`lsada ko`nglim yorishdi.
Yana bir bor oyimning tanlovlariga taqsinlay aytdim. Oyim xato qilmaydilar, akamlarga qanday juftlar tanlashgan! Aslida shunday ayollarni, farishtaga qiyoslasa yarashadi.
Men esa nima qilyabman! Hayotini, eng muhum pallasida, o`ylab qadam bosish o`rniga, ko`rib turib tikanni bosayotgan, osiyga bandaman.
Sevgi ilohiy. Uni olloh bandasing qalbiga joylar emish.
Lekin olloh nega ko`nglimga Madinani jo qildi? Nega aynan Madina? Yoki bu ishq emasmi? Bolmasa nega doyim u haqida o`ylayveraman?``
Yo`limda ketarkanman, har daqiqada, ko`tarilmagan chaqiruvlar soni otib borayotgan telefonimga qarab, ko`nglim battar hira tortdi.
``Sen qanday ayolsan o`zi? Namuncha telefon qilaverasan?``
Qishloqdan chiqqanim hamoni, yo`l yoqasiga to`xtadim.
Yigirmaga yaqin chaqruv! Yetmagandek yana davom etmoqda. Telefonni o`chirib tashlashga qo`lim bormaydi, olishga esa izzat-nafs yo`l qo`ymaydi.
``Bo`ldi yetar, ahir hammasi hal bo`ldi!``
Chala qolgan ohirgi suhbatimz, yodimni bant etti.
- Sirli qiz senmiding?
- Him... -deya tastiqladi.
Hayotim bir onda ostin ustun bo`lib ketdi. Shu lahzadagi uning tastiq tariqasida aytgan ``Him!`` so`zi - yaqin insonimni bu olamdan ketgani haqidagi sovuq xabar singari, qulog`larim ostida jarangladi.
- Shayton ekansiz ``Kelin opa!`` -dedim, kinoya bilan.
- Unday demang, iltimos!
Yana ko`zyoshi quyulib kela boshladi. Endi bu ko`zyoshlar yuragimda rahim-shavqat tuyg`ularini eman, aksincha nafratni uyg`otardi.
- Ustamon ekansiz!
Uni o`zimdan nari itardim. Ortiq ko`rishni istamaganim uchun, tezroq yonidan ketishni xoxladim.
- Iltimos... -degancha qo`limdan ushlab oldi.
Qo`limni bir siltadimi uni o`zimdan nari qildim. Ammo ketishimga to`sqinlik qila boshladi. Hech qo`llarimni qo`yib yuborishni istamas edi.
- Iltimos meni eshiting, -zorlanib yalina boshladi, - Nega... Nega buncha jahliz chiqyabdi? Ahir kimligimni bilishni juda istagan edingiz-ku?
- Koshki edi, bir umur bilmaganimda.
- Meni eshiting. Dilimda yomon niyatim yo`q edi...
Ortiq uning bechorahol yalishlariga quloq solmay chiqib ketdim. Shularni hotirlar ekanman, telefonda navbatdagi chaqruv yangray boshladi.
``Ko`tarmasam, u savdoyi kechgacha davom ettiradi shekili?``
- ``Tinch qo`y endi?`` -dedim, telefonni ko`targanim hamoni.
- ``O`tinaman, meni eshiting...`` -hamon yeg`i aralash gapirardi: - ``Ichimdagilarni aytib olay, bir oz quloq tuting...``
- ``Ayt, qanday yolg`onlaring qoldi yana?``
- ``Sizga hech qachon yolg`on gapirmadim. Nima uchun yolg`onchiga chiqaryabsiz?!`` -dedi tez gapirganidan ovozi bog`ilib.
- ``Birinchi kundan yolg`on bilan boshlading... Yodingda bo`lsa, o`sha kechada aka deb chaqirding?``
Yodimda o`sha kuni, telefondan kelgan yoqimli ovozda o`xshashlik borligin sezgandim.
Balki u: ``Murod aka!`` deb murojat qilib, chalg`itib qo`ymaganida, qo`shni kelin ekanligini bilb olgan bo`larmidim. Agar gaplashayotganim, sirl qiz astida, qo`shni kelin ekanligini bilganimda, hech qachon bunchalik churrlashib ketmas edim.
- ``O`sha kuni... Esimda... O`ylab ko`ring, siz chindan ham mendan kuniga bo`lsada kattasiz-ku! Hurmatga loyiq insonligiz uchun aka dedim. Mayli agar shu yolg`on bo`lsa, ayib menda.``
- ``Hop buni tushundim. Ammo nega (Majruhman) deding? Soppa sog`sang-ku! Nega bunday deb aldading?``
O`shanda ``Majruhman!`` deb aldamaganida edi. Qalbimda; uinga nisbatan, g`arib ko`ngliga malham bo`lishdek ezgu tuyg`u uyg`onmas edi. Unga ishonmanga bo`lardim. Alam qilgani, o`zim uchun naqadar aziz bo`lgan tuyg`ularni oshkor etmas edim.
- ``Yana aytaman, sizga hech qachon yolg`on gapirmadim. Eslab ko`ring men sizga jismim majruh demagandimku?!``
U haqiqatdan yolg`on gapirmagandur! Lekin meni jahlimni chiqarayotgan yana boshqa sabab ham bor. Rosti gaplashayot insonim u bo`lib qolishini men uchun orzu edi. Unga bo`lgan muhabatim sabab, hatto sirli qizni Matluba deb yanglishganimda ham, uni Madina ruxsorida tasovur qilgandim.
- ``Madina, sen chindan ham majruhsan! Chunki qalbing majruh...`` -dedim.
Aslida qisman o`zim ham ayibdorman. U qancha qistamasin, tuyg`ularimni o`zga bilan baham ko`rmasligim kerak edi.
- ``Ha, ha... Qalbim majruhdur... Qalbimni yaralab majruh qilishgan... Ahir...`` - uning ovozida, kulguni ilg`aldim. Boshi uzra telbalik shamoli kezayotgandek. - ``Bunchalik menga jahil qilishizga sabab yo`q... Ahir, sirli qiz bilan baxtli edizku!.. Yodizdami, hayollar sohilida kezardik? Sirlashar edik. O`sha lahzada hayolan bo`lsada birda edik, baxtli edik-ku?``
Aynan shu alam qiladi. Koshki edi, sirlarini ochmaganda. O`zim uchun qadirli bo`lgan, o`sha SIRLI QIZNI yo`qotmas edi. Unga juda bog`lanib qolgandim.
- ``Mayli, hech qachon Madinani yuziga qarangan... Iltimos, sirli qizdan voz kechmang... U siz bilan qolsin o`tinaman, uni haydamang...``
Zorlanib yanishidan, u ham menga bog`lanib qolganini, tushunardim. Ammo nima qilay? Hammasini bilib, hech narsa bo`lmagandek, munosabatlarni davom ettiravermayman-ku? Qiz bo`lganida ham mayli, zarracha o`pkalamagan bo`lardim. Ammo baxtga qarshi, u turmush qurgan ayol, hatto sevsamham nopoklik qilolmayman...
- ``Bechoragina! O`sha sho`rlik sirli qizni ham qabirga ko`mding...`` -dedim, alam bilan yuragim kuyib ketardi, Sirli qizni yo`qotganim uchun.
- ``Voz kechar ekansiz! Endi Madina ham, sirli qiz ortidan ketaqolsin!`` -dedi.
So`zlarini shu qadar qattiyat bilan aytdigi, huddi vidalashayotgandek. Savdoyi o`zi joni bilan qo`rqitmoqchi.
- ``Bilganingni qil...``
Aytishga, aydim ammo o`zim qo`rqib ketdim. Hozir u shu qadar tushkinlikka tushgan ediki, qo`lidan har qanday ahmoqlik kelishi mumkun!
- ``Iltimos, a`qil bilan ish qil... Meni sevsang ahmoqlik qilma... Yolvoraman sevgimiz hurmati, men bir umurlik vijdon azobida, qiynalishimga yo`l qo`yma!``
Qattiq-qattiq ohangda, uning shahtini sindirish hayolida baqirdim.
- ``Nafratlanmeng... Ozroq umid bering?``
- ``Iltimos sen, ahmoqlik qilma! Hayotdan to`yib ketsang ham, yashash uchun sabab bo`ladi...``
- ``Demak mendan kechmaysiz-a?`` - yeg`lagancha, iltijoli yalinishda davom etdi, - ``Menga keraksan deb ayting! Jim turmang, ayting?``
Sirli qiz bo`lib gaplashgan vaqtlarida, oramizda qancha totli suhbatlar bo`lgan edi. Bir safar aytgan so`zlari, hayolimni bir chetidan o`tib ketdi.
``Siz juda yomonsiz, odamni o`zizga bog`lab olasiz.`` degan edi. O`shanda bu so`zlarni, shunchaki tasirlanib ketgani boyis aytdida deb o`ylagandim. Endi tushunyabman, ayol qalbi qanchalar tasirchan, beriluvcha bo`lishini. Mana endi, nohos ayriliq vaqti kelganda, yo`qotib qo`ymaslik uchun, aqlini unutib, savdoyiga allanib qolmoqda.
- ``Madina, meni eshiting.``
- ``Qulog`im sizda.``
O`ylab, hissiyotlardan yiroqlashib, a`qil bilan ish ko`rishga harakat qildim.
- ``Hammasi avvaldigek davom etishi, kerakmi?``
- ``Hmm!`` -dedi, hech ikkilanmay.
- ``Yo`q, bu yaxshimas kelin opa!`` -dedim, qatiyroq, balantroq ohangda.
- ``Ismim Madina...`` - ismini eslatdi, opkalanib, - ``Kelishgan edikku... Kelin opa desangiz, o`zimni noqulay sezaman...``
Haylimdan o`tayotgan fikrlarimni, unga ham tushunishni istardim. Avvalo hudo ko`rsatmasin, munosabatlarimizni uchi chiqgudek bo`lsa! Bilmadim yakuni qanday bo`ladi? Menku mayli yigitchilik deyishar, lekin unichi? Qishloqda bunday gap-so`zlar bir urchisa, ayolni badnom, adoyi tomom qiladi. Boshiga bunday balolar yog`ilgan ayol sharmandalikdan umrini ohirigacha qutulolmaydi. Aftag`firulloh bunaqa narsani o`ylashi o`zi, daxshatli...
Madina hissiyotlari bilan yashamoqda, oqibati haqida o`ylagani ham yo`q.
- ``Madina. Ahir haqiqatku, kelin martbasidaligiz?`` - u jim bo`lib qoldi. Balki endi teranroq o`ylab ko`rar. Anchagina yumshoqlik bilan so`zlarimni davom ettirdim: - ``Mayli telefonni qo`yaman. Siz sog`lom fikrlab ko`ring, agar munosabatlarimizni davom ettirishi to`g`ri deb hisoblasez, telefon qiling...``
* * *
Kun davomida zimmamga yuklangan bir qancha yumushlarimni bajarib, taxminan soat 15:00, 16:00 orasida uyga qaytdim. Mashinani eshik yoniga qo`yib, tamirlash kerak bo`lgan, temir-tersaklarni ombordan tashiy boshladim. Shu paytda Sadirni eshigi yoniga notashish Matis rusumidagi mashina kelib to`xtadi. Undan qalin moylovli kimsa tushiyu, Sadirni uyiga kirib ketdi. Yuragimni vahima bosdi, hayolimga turli daxshatli o`ylar kela boshladi. O`rindiqqa o`tirib oldimda, yurak xovuchlab kuta boshladim.
Oradan 10, 15 daqiqa vaqt o`tib, boyagi erkak o`zi bilan 3, 4 kishini ergashtirib chiqdi. Ulardan ikkitasi o`rta yoshli ayol, yoshgina qizaloq va uni ko`tarib olgan yana bir erkak kishi bor edi. Bular o`sha, ertalab kelishi kutilayotgan mehmonlar, demak ular ham uylariga qaytishmoqda. Ularni kuzatib qo`yish uchun Sadir bilan Madina ham chiqishdi.
``Hayryat...``
Madinani ko`rib ko`nglim taskin topdi. U yana baxtli ayol qiyofasida, qarndoshlarini kuzatib, hayrlashardi. Uni zimdan kuzatishda davom etdim. Qarindoshlari yonida, o`zini baxtli ko`rsatish onson bo`lmasa kerak!!!
Matiz ketgach, Sadir darov kirib ketdi. Madina esa, Matizdagilarni ortidan biroz vaqt kuzatib turib qoldi. So`ng uyiga kirib ketarkan, meni mashinada o`tirganligimni ilg`adi.
``Hammasini tushundim...`` degan ma`noda salgina bosh qimirlatib, ko`z tashlab qo`ydi.
``Hudoga shukur... Sen kuchli va aqlli, iboli va hayoli ayolsan!``
Ishonchim komil, unda bu sifatlarni hammasi bor, hissiyotlarini tizginlab olishga kuchi yetadi. Qachondur loyqa suv ham allabatta tinadi. Hali barchasi iziga tushadi, muhimi biroz vaqt, undan uzoqroq yurishim qayta qalbiga olov yoqmasligim kerak...
* * *
Boshqa qo`ng`iroq qilmadi, kunlar asta o`ta boshladi.
Birinchi uch kunlikni, o`zimda unga nafrat uyg`otish va yuragimdan haydab chiqarishga sarf etdim. Lelin afsuski buni aksi bo`ldi, qancha urunmay hech qachon undan nafratlana olmas ekanman. Keyingi kunlarda, hammasiga balogardon, qilbimizda yashayotgan, ``Ishq!`` deb atalmish tuyg`uni, aybdor deb o`zimni ishontirib, Madinani oqlay boshladim. Keyin esa o`ylarimdan quvvat olib, har lahzada ulg`ayib borayotgan ishq, o`ziga ``Sog`inch!`` deb atalmish hamrohini chorlab oldi. Ikkovi birlashib vujudimni butkul egalik qilish payiga tushushdi. Kun o`tganisayin, buni uddasidan chiqa boshladilar.
Miyamni g`ovlatib, butun borlig`imni parokanda aylashga qast qilishgan, tug`ularni yuragimdan quvib chiqarmoqqa harchand urinmayin befoyda! Ular Madinani oydek ruhsorini, qalbim devorlarida o`yib chizmoqdalar. O`zora pichirlashib, uning ismini takrorlaydilar va meni ham shunday qilmoqlikka majbur qiladilar.
``Madina... Madina... Madina...``
Kunda, kun-ora allaqanday tasoduflar sabab, ko`z-ko`zga tushib qoladi. Ikkimiz ham tuyg`ularimizni sezdirmallikka harakat qilamiz. Sog`inch azobi, yurakni har maqomda soladi. Men esa bunga davo topolmay halakman...
* * *
Kechki ovqatdan keyin. Katta yangam, menga bir qarab olib, akamgga murojat qildilar.
- Dadasi, ertaga Murodjonga ruhsat berasizmi?
O`tgan kuni menga ham, aytgan edilar: mahalladagi ayollar yeg`ilishib (Sakkey ota)ga ziyoratga bormoqchi ekanlar. Borguvchilar soni ko`payib, ikkita damas kerak bo`lib qolib. Yangamga: akamdan so`rang deb qo`yaqolgan edim.
- Nega? -dedi akam.
- Tunov kuni aytganim. Ertaga ziyorat boradigan bo`lib turibmiz! Boruvchilar soni biroz oshib ketdi...
- Mayliga-ku, lekin o`rindiqlarni o`rnatish kerak... Keyin Murod hali uzoq masofaga chiqmagan. Yollarni past balantini bilarmikin?!
Damasda odam tashimaganimgami, akam uncha ishonqiramadilar.
- Ikkinchi haydovchimiz, Huriyat opani eri, Durman tog`a. Ular oldinda ketadilar, Murodjon orqadan yuradilar... - yangan menga qaradilar, - Shunday qilsak bo`ladimi?
- Bo`ladi yanga... - akamga qaradim, - Aka, men mashinani yuvib, o`rindiqlarni o`rnatib qo`yayin-a?
- Ha, mayli...
* * *
Tong yoshirmay, yo`lga tarudditlandik. Ayollar yo`l bo`yiga yig`ilishibdi. Ayollarni bir qismi, Durman tog`ani mashinasida edi. Yangalarimdan tashqari, yana ikki ayol meni mashinamga chiqishdi. Durman tog`a oldinda, men ortlaridan, yo`lga chiqdik. To`ng yorishganda esa manzilimizga yetib bordik.
Hammalari vag`ir-vug`ur qilib gaplashib turganlari sabab, unchayin e`tebor bermagan edi. Keyin beyhos, Durman tog`ani mashinasida kelgan ayollar ichida Madina ham borligini ko`rdim. Ko`rdimu, allanechuk yuragim orziqib ketdi. Yonimdan o`tib ketar ekan, kipriklar ostidan qarab, salomlashib qo`ydi.
Ayollar ichkaridan joy olishdi. Durmon tog`a ikkimiz, qozon o`choqlar yonidagi hujraga joylashdik.
Durman tog`a, eski shafyorlardan, bunday ziyoratlarga juda ko`p borgan, tajribali inson. Doyim ayollarga: sizlar bemalol ziyoratlarni qilaveringlar, men osh qilib beramman! -der ekanlar.
Durman tog`ani qulog`i og`irroq, to`lagina inson, kam harakat bo`lgani uchun sal ko`proq harakat qilsa, hansirab qoladi.
Ko`nglimdan o`tqazdim: bu gavda bilan o`choq boshiga qandoq borarkanlar! -deb, ulgurmay, o`zlaridan boshliq yasab olib, menga ham ishlar buyurib, boshliq qiyfasiga kirib oldilar.
- Murodjon, sen kartoshka, piyozni artib, maydala. Birinchisiga sho`rva, ikkinchisiga osh qilamiz! -dedilar.
Hecham oshxonaga aralashmaganim uchun artib, to`rg`ashda uquvim yo`qroq edi. Ammo, Durman tog`aga yoshini hurmati, gap qaytara olmadim. Pichoqni olib kartoshkani, arta boshladim.
- Voy-vo`o`! Kartoshkani shunaqa tozalaydimi? -dedilar, po`chog`ini qalin artvorganimni ko`rsatib.
- Tog`a pichoq o`tmas ekanda... -dedim, pichoqni tig`iga bosh barmog`imni qirib.
- Mana manabu pichoqda art, - kissalaridan qayrilma pichoq oldilar. - ehtiyot bo`l juda o`tkur...
Haqiqatdan, juda o`tkir pichoq ekan, hatto bosh barmog`imni tilib olganini sezmay ham qolibman.
- Uhh... -dedimu, barmog`imni og`zimga soldim.
- Eee... Jiyan juda noshut ekansanu-a? -dedilar.
- Tog`a men hayotta oshxonaga kirmaganman. Biznikida ayollar o`z ishini, erkaklar o`ziniki qiladi... -dedim, zarda bilan, ``Noshut`` deganlari uchun, jahlim chiqib.
Baribir ko`pni ko`rgan inson, gaplarimga miyg`ida kulib qo`yib, qo`limdagilarni oldilar.
- Jiyan, eng yaxshi oshpazlar erkaklardan chiqqan. Ayolni, erkakni ishi deyish yaramaydi...
- Uzur, tog`a qizib ketdim...
- Shunaqada, avval qizishasilar key...
Durman tog`ani so`zini bo`lib, tepamizga ayollari Huriyat hola keldilar. Er-xotin o`zaro maslahatga kirishgani ko`rib, qo`limni yuvish maqradida turib ketdim. Qaytib kelganimda esa, Huruyat hola: hozir qizlardan birini aytib yuboramam! -deyotgan edi.
- Jiyan, anovi qumg`onga sul quvib, o`chqqa qo`y, suv qaynat. Iddishlar va qozonni yuvib olish kerak... -deya buyruq berdilar.
``Ooboo... Hali idish-tovoq yuvdiradi shekilli!``
Durman tog`ani, buyruqlari yoqmasada noroziligimni bildirmay, aytilgan ishni bjarishga kirishdim. O`choqqa, qumg`on ilib qaynatayotgan edim. Ortimda yoqimli ovoz keldi, ters o`sha tomonga o`grildim.
Madina bir menga qarab olib, Durman tog`aga gapirdi:
- Amaki men nima qilayin?
``Ha, Huriyat hola, eng yoshrog`i deb, Madini yuboribdida? Lekin yaxshi qilibdilar!``
U bilan yana biroz yonma, yon tursak, sog`inch qiynoqlarda adoyi-tomon bo`lgan yurak sal bo`lsada taskin topar! Rosti Madini ko`rib quvonchdan, baqirvorgilarim kelib ketdi.
- Sen qizim, qozonni yuvib. O`zi tozzaki, baribir qaynoq suvda yuvulsa yaxshi bo`ladi... -dedi, Durman tog`a, yonginada turgan qozon-o`choqqa ishora qilib.
- Ho`p, bo`ladi amaki.
Madina, mamnunlib bilan bosh irg`rab, ustumdagi mixga ilib qo`yilgan partukni taqdi, yengini shimargancha yonimga keldi.
- Madina qalaysiz? -dedim pichirlab.
- Assalom, alaykum... -javob qaytardi, - O`ziz yaxshimisiz?
- Va`alykum assalom. Bo`ladi yaxshi...
Pichirlashib, salomlashib oldik. Madina qozonni yuvib oldi. Men bu orada, qumg`onni qaynatdim. Durman tog`a, ishlarni qilib bo`lganimizni ko`rib turib, yana buyruq berdi.
- Sen jiyan, qozonga suv quvib, tagiga olov yoq... - Madinaga murajat qildilar, - Ho`y qizim, sen sho`rva qilasan... O`zim o`rgatib turaman... -dedilar.
Madina, itoatkorona bosh irg`ab:
- Ho`p... -dedi.
Hullas zo`r, qo`mondaon buyrug`i ostida, qozon o`choq bilan janga jirishib ketdik. Madina sho`rvani masalliqlarini yuvib, chayib sola boshladi. Men esa, o`choq tagiga o`t yoqa boshladim.
Madina yonimda, o`zini noqulay sezayotgani ko`rdim. Mudom nigohlarini yaxshir, ko`zim tushgudek bo`lsa, hayajoni sezib qolardi. Hamma masalliqni solib bo`lgach, asta gap qotdim:
- Madina, sho`rva