MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (VII- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi
I -
II -
III -
IV -
V -
VI - Qismlar...
VII - Qism...
``Men seni sevaman to abat, ey mangu azob, qonimga tashna muhabbat...``
Uning ovozidan yuragimga maysadek, titroq kirdi. Bir lahzaga, eski hotiralar og`ushida masrur qoldim.
``Hayryat, sirli qizni topdim!``
Ammo bundan hursand bo`lishni ham xafa bo`lishni ham bilmayman. Dafatan toyib ketib, peshoni urib olgandek, tilim aylanmay, sassiz jim qoldim. Uzoq davom etgan jimlikdan, tug`yonlar ham asta sokinlashdi.
- ``Sirli qiz, nihoyat do`sting ham esinga tushdim-a?``
- hozirgi holatda, uni do`stim deyishga tilim boradi holos. Ammo bu monosabat uchun, u tomondan, hech qanday sado kelmadi. - ``Sirli qiz, bilasanmi seni yo`qotib qo`yib, a`qildan ozayozdim!`` -dedim.
- ``Men juda afsusdaman!`` -dedi.
Nimalardan afsus chekayotganini, tahmin qilaman, ammo baribir so`radim:
- ``Nima uchun, sen afsus qilasan?``
- ``Haddimni bilmayabman...``
U bu so`zlarni, shunday bir istirob bilan aytdiki. Yuragim timtalangandek, achishib ketdi.
- ``Unday dema. Aslida haddini, bilmayotgan menman, sirli qiz.``
Aslida ham haddini bilmayotgan menman. Lekin ojizman histarimni boshqarishga. U hayollar saltanatda yozalgan senariyning, bosh qahramoni bo`lsa, ilojis har sahnada uning ishtiroki bo`laveradi.
- ``Nima qilay sirli qiz, sani yodimdan
o`chirolmayabman!``
- ``Namuncha menga azob berasiz?``
Dilimdagilarni vahtida aytmasam huddi qalbimda toshdek qotib qoladigandek. Tilimdan chiqsachi! Har so`zim uni battar ezilyabdi.
- ``Kechir, sirli qiz...``
Endi umuman gapirolmay qoldi. Telefondan past mungli yig`i ovozi kelardi.
- ``Sirli qiz... Qo`y yig`lama!`` -dedim, uni yupatishni istab.
- ``O`tinaman, menga azob bermang... Ortiq yig`latmen...`` - chuqur, chuqur nafasi tiqilib, hansirab, o`pkasini bosib oldi, - ``O`zimdan nafratlanib ketyabman... Men hudbin, nopok ayolman, vaqti-vaqti bilan o`zimni idora qilolmay qolayabman...``
- ``Men ham, sirli qiz!``
- ``Yolvorib so`rayman, meni o`z holim qo`ying, boshqa menga ishqiy o`yin qilmang... Bir lahzga o`zimni yo`qotib, sizga qo`ng`iroq qilsam, o`tinaman telefonizni ko`tarmang!``
Faqat, men hijon o`tida kuyyabman desam, u ham hissiyotlariga bandi ekan. U ayol yana kelin, u ikki karra ko`proq istirob chekayotgani, yurakni ezagidan yeg`isidan malum.
- ``Kechir... O`z ko`ng`limga malham izlab, seni ham arosatda qiynayabman. Kechir meni Madina, kechir...``
Uning ortiq bardoshi yetmadi, hech so`z aytmay, telefonini o`chirib qo`ydi. Shu lahzada unga qo`shilib men ham dod solib yig`lagim keladi.
``Vooh, bu qanday savdo, ko`ksimga joylashib olgan! Ko`hna ishqmi yoki shayton?``
O`z fikirlarimda, o`zim g`azablanib o`rnimdan qalqib turdim. Honamda boshimni changalagancha, telbadek, u-yoqdan-buyoqqa yuraman. Tilim lol, a`qlim hayron. Yuragim mudom istirobda.
Ishqi ilohiy!!!
Nega bizga bunday muhabbat berildi? Azoblash uchunmi? Yoringni joning ortiq sevsangu, ammo visolga umid qilmoq, mumkun bo`lmasa! Unga yetmoq uchun bir qadam ham tashlash imkonsiz bo`lsa!
Bordiyu visolga zarracha umid bog`lasa, buning uchun avval gunohlar ummonini suzib o`tishinga to`g`ri kelsa...
O`ylab-o`ylab shunga ishongim kelib ketadi. Yuragimizga kirib olgan ishq, o`zi bilan soyadek shaytonni ham ergashtirib kelgan, ekan!
Nahot endi, bir umur shu shayton bilan kurashib yashasak. Yurakda armon bilan, yurakda gumon bilan, qalb pora, dil yara bo`lib-a???
Yodimda bir safar muhabbat haqidagi filmda ko`rganman. Kamon, paykon ko`targan muhabbat farishtalari bo`ladi. Ular yigit va qiz tomon o`q uzishadi, oqibatta ikki inson o`rtasida muhabbat paydo bo`ldi.
O`ylab qolaman, agar anashu kabi farishlar chindan bo`lsa, demak sevgi farishtasi, juft tanlashda yanglishgan!!!
* * *
Ishdan qaytayotgan edim. Yo`lda uch nafar, qishloqdashlarimni ko`rib, o`lib ketish maqsadida to`xtadim. Ular orasida, mahalla rayisini kotibasi, mahalla posponi va yana bir ayol ber edi. Mashinaga o`tirishar ekan, pospon kulvordi:
- Zamira opa ko`rdizmi niyatni holisligini? - menga qarab, kotiba opaga murojat qildi: - Aytmabidim devonani ishini hudo o`nglabdi deb?
- Nima gap To`xir aka? -so`radim qiziqib: - Bashoratiz o`ngidan keldimi, deyman?
- Kelganda qandoq... Boyadan beri mashina kutamiz. Anoshu damas bizi qishloqdanov deb turgandim... - Toxir aka, qayoqdagi gaplarni ayta boshladim. Gapira-gapira birdan to`xtab kuldida cho`ntagida bir dasta qog`oz olib, bir donasini menga uzatdi. - Aytgandeb bu senga?
- Nima ekan bu? -qo`limga olib, bir ko`z tashlab oldim, - Chaqruv qog`ozimi?
- Estaga soat 9:00 da, tekshirovdan o`tgani borasizlar!
- Yo`g`e! -hursand bo`ldim, - Harbiy hizmatga opketadimi?
- Teksiruvdan keyin malum bo`ladi...
Chaqruv qog`ozini, cho`ntagimga solib qo`ydim. Toxir aka, yana turli tuman mavzularda, gapira boshladilar. Toxir aka bilan suxbat quraman-u, orqa o`rindiqdagi ayollar g`iybati qulog`imga chalinadi. Pichirlashib gapirganlari uchun, elas, elas eshitaman. Sadir hofiz haqida qizg`in suhbat qurishdi, orada qarg`ab ham qo`yishadi...
* * *
Qishloqdan 20, 25 ga yaqin bollar chaqirilibdi. Bazilarimiz bir necha oy avval ham tekshiruvdan o`tgan edik.
Bu galgisi oddiy esdi. Bizdan tashqari tumanimizdan salkam 250 yaqin bollar, tibbiy ko`rikdan o`tish uchun to`planishibdi. Hammamizni ikkita aftabusga (tiqib) tibbiy kamesya tekshiruvi uchun rayonga olib ketishdi. Yetib borganimizdan so`ng, 3, 4 soatlab kutishimiz to`g`ri keldi. Tekshiruv boshlandi, hammani yechintir obdon ko`rikdan o`tqazishdi.
Ertalab quyosh ko`ringani uchun yupun kiyingan edim. Tushgan keyin havo bir sovidyu, hammayoqni qorabulut qopladi. Kamiga abet qilib olishimizga ham ruhsat berishmadi.
Bir nechta tanishlarim, rayonga borishlari mumkunligini o`ylamagan ekanmi, yo`lkironi kamroq olishibdi. Aftabusni kirosi uchun, ularga ham to`lib yuborishiga to`g`ri kelib, o`zimda mo`ljaldan oz qoldi.
Hullas, kechki soat 19:30 atrfida bizni shahar markazida tushurishdi. Eplaganlar taksida qolganlar piyoda qishloqqa qaytdik. Uyga yetib kelganimda soat 20:00 dan oshgan edi. Ochlik, to`satdan hovoni sovugani, biroz etimni uvushtiribdi.
Kamlik qilgandek, uyga qaytgach, mahallamizni PATSANSIYASI remon bo`layotgani, uyda to`k yo`qligini bildim. Kechki taomni, eski AKAMLIYATORga ulangan perinoska yorug`ida eplashtirdim.
Bugun, erta to`kni ulashmasliklarini bilib, seryal ko`ruvchilar ham yotog`iga oshdi.
Oyim bilan ozroq suhbatlashib o`tirdim. Sovuq o`tibdimi, boshim og`rib issig`im chiqaboshladi. Oyimga hayrli tun tilab yotog`imga jo`nadim. Yo`l, yo`lakay oshxona, tortmadan shag`am olib xonamga kirdim. Biroz muddat shag`am yorug`ida yotdim, uyqu elay boshladi. Shag`amni puflab o`chirdimu, uyquga ketdim.
Shovqundan, uyqum buzuldi. Atrof zimiston, dafatan hech nimani idrok etolmadim. Momaqaldiroq gumburladi, osmonni qilichday tilib chaqqan chaqmoq atrofni birzum yoritib o`tdi. Yuzimni ter bosibdi, tanam isitma zo`ridan olovday lovullayabdi. Tomog`im qurib, uyqusiragancha derazaga tikildim. Shu payt tokchada vizzilayotgan telefon ovozi qulog`imga chalindi. Ko`zimni uyqudan ocholmay, paypaslanib qo`limga olgunimcha, chaqruv to`xtadi. Ekranga bir nazar tashladimu, yurug` nurdan ko`zimlarim qamashdi. Ilg`aganim uchta ko`tarilmagan chaqruvlar borligi edi. Ko`zimni uqalab, to kimligini bilgunimcha, yana chaqruv boshladi. Ko`k tugamani bosdimu, qulog`imga tutdim:
- ``Alooo!``
- ``Aloo, aloo... Eshityabsizmi?``
Uyoqdan kelgan hovliqda hiqqildoq ovoz Madinaga tegishliligini bilib, hushyor tortdim.
- ``Nima bo`ldi, Madina?`` -uning, dimiqqan, salgina hansiroq ovozidan, nimadur bo`lgandi. - ``Tinchlikmi?.. Ovozing tashvishli?``
- ``Ahhh!`` - baqirvordi. Ayni shu lahzada osmon gumburlagandi, - ``Telefonni o`chirib qo`ymang... Qo`rqib ketyabman!`` -dedi, qurquvdan titraq tutgan ovozda.
- ``O`chib qo`ymayman... Madina qo`rqma, bu shunchaki momaqaldiroq...`` - nega qo`rqadi, o`zi? Hayolimdan o`tdi. - ``Yolg`izmisan?``
- ``Himm...``
- ``Qani?`` -dedim, ismini aytmay, erini so`rab.
- ``Kecha ketgancha, qaytmadilar...`` -dedi, pichirlab.
Suxbatga erini aralashtirganim uchunmi, oraga sovuqqina skunat cho`kdi. Shu payt yana momoqaldiroq, gumburlab, chaqmoqdan atrof yorishdi. U yana ``hi`` deb seskanib ketdi.
- ``Gapring... Gapring, ovozizni eshitib turay!``
Hayronman, aqlim muzlab, tilim qotgandek, hayolimga tuzukroq gap ham kelmaydi. Boshqa paytlaru, gaplar o`zi quyulib kelaverardi!
- ``Nimani gapiray?``
- ``Bilmadim, nima bo`lsa ham, jim turmang iltimos... Qo`rqib ketyabman...``
- ``Qo`rqma Madina... Chiroqlini yoqib qo`y...``
Bir lahzaga to`k, yo`qligi, yodimdan ko`tarilibdi.
- ``Svet yo`q, hammayo zimiston, bo`lb yotibdi!..``
- ``Ha... Patsansiyamiz kuyub qolibdi. To`kni yo`qligi shundan... Yoqib qo`yish uchun fanar yoki shunga o`xshash narsa yo`qmidi?``
- ``Fanarimni quvatti tugab, o`chib qoldi...``
- ``Shag`amchi?`` -so`radim shoshib, - ``Shag`am ham yo`qmi?``
- ``Qayerdaligini topoldadim...``
- ``Bo`lmasam, o`rniga yotib ustingni yopib ol, uhlashga harakat qildi... Uhlab olguningda, telefonni qo`ymayman!``
- ``Faqatg gapirib turing, ovozizni eshitib turay ho`p?``
- ``Ho`p, ho`p, faqat yeg`lama. Qo`rqishinga sabab bo`lguvchi hechnarsa yo`q!...``
- ``Ho`p... Faqat gaprib turing. Borligizni his qilib turay.``
O`ylay-o`ylab, ishim haqida gap ochdim:
- ``Men nima ish qilishimni bilasanmi?``
Biroz ishimni, sir-sinoati haqida gapirdim. Keyin Patsansiyani ishlashi, nima uchun yog`i ozayib simlarib kuyib qolgani, yana tunov kuni salgina mashinamni turtib olib, imi-jimida pachog`ini tog`irlab qo`yganim, bugun tekshiruvdan o`tgani borganim... Hullas hayolimga kelganini, gapiraverdim, muhimi jim turmadim.
- ``Vuuu!`` -u yana bir cho`chib ketdi, - ``Telefonimni quvvati tugayabdi! Hozr uchib qoladi.``
- ``Aaaa!`` -o`rnimdan turib oldimu, nima qilishimni bilmayman. Birdan ko`zim telefon nuridan oqarib, tokchada turgan shag`amga tushdi. - ``Madina, quloqsol vahima qilma. Hozir senga shag`am olib chiqib beraman. Sen darvozaxonga chiq, tirqichidan uzotvoran...``
- ``Yo`q-yo`q qo`rqaman, tashqariga chiqmiman!``
- ``Qo`rqma, men darvoza yonida bo`laman, telefonni ham qo`ymayman...`` - shoshgancha ustimga sifartibkamni kiydim, shag`am bilan gugurtni oldimu, tashqariga otildim. - ``Chiq, chiqaver qo`rma, mana men ham ko`chaga chiqdim!``
Tezgina darvozasi yoniga keldim. Unga gapiramanu, ko`zim tirqich izlaydi. Darvoza tagi bitonlangan ekan, hatto barmog` ham sig`maydi.
- ``Aa-a-anu-u!`` -u yana qo`rquvda baqirvordi, - ``Aaa-n-n-oovi yerda, jun-jun-li odam qara-ab tu-ur-rib-diii!``
- ``Qo`rqma, men darvoza yonidaman! Eshikni och, u buta bo`lsa kerak!``
Mayda, yugurgan qadam tovushlari eshik yoniga keldi.
- ``Ochi-i-ing, ochi-i-ing eshikni!``
U juda qo`rqib ketganidan, ovozi bazo`r eshitilardi. Hatto eshik u tomondan ochilishini ham unutgandi. Uning qay taqlid, qo`rquvdaligini his qilib, shoshib qoldim.
- ``Jonim qo`rqma, men yoningdaman! Sen eshik u tomondan och...``
- ``Ochilmayabdi...``
Shirq-shirq, qildiyu eshikni ochdi. Ichkariga o`zimni urganimni bilaman, belimdan mahkam quchoqlab, yuzini ko`chsimga boshdi. Shu zahoti piqqillab yig`lab yubordi.
- Bo`ldi, men shuyerdaman!
U lom-lum demadi. Qo`yib yuborar deb o`ylagandim, yo`q aksincha har osmon gumburlaganda, belimdan yanada qattiqroq siqardi. Qo`limni asta yelkasiga qo`ydim, iyagimni boshi tiradim.
``Bechoragina!``
Siynalar uning beytartib urayotgan yuragi, dupurini meni jismimga yetqazardi. Tinchlantrish maqsadida asta sochidan silab boshladim.
``Vooy qo`rqoq! Junbosgan odam bor deydimi?``
Atrofga ko`z tashladim, qayerda ekan u jun bosgan odam! Atrof zimiston, bazo`r ilg`ash mumkun. Diqqat bilan tomarqa ichida ko`rinayotgan sharpalarga qardim. O`ylaganimdek to`g`rida allaqanday buta, huddi qopqora odamga o`xshib turibdi.
Bolaligimda men ham juda qo`rqoq edim. Ko`zimga harbola, ajina-dev bo`lib ko`rinardi. O`shanda oyim bir duo o`rgatgan edilar. Asta pichirlab, Madinani nomidan o`sha duoni qaytara boshladim.
O`ylab jahlim chiqadi. Hayxottek hovlida, endigina 18 ga to`lgan kelinchakni tez-tez yolg`iz qolishi! Hadeb qo`rquvga tushish ham, insonga zarar yetqazadi:
``Olohim, shu zayifani o`z pahongida asra!``
Madinaga ichim achinib ketdi. Osmonning ham rahmi keldim, bulular yig`lab yubordi. Yoqimli yomg`ir isi qimog`imga uruldi. Asta ko`zlarim yumib oldim. Shig`alab yog`ayotgan, yomg`ir go`yo yurak torlarimizni chertayotgandek. Yuraklarimiz dupuridan yaralayotgan ohangga quloq tutgancha, sarhush jim turaverdik. U huddi uhlab qolgandek, yuragi sokin ura boshlagan. Hayol og`ushiga g`arq bo`lib qancha vaqt turdik bilmayman.
Huddi songi nafasini olayotgandek, qo`lidagi telefoni ``Pling-pilin`` qilib quvvati tugab o`chganidan darak berdi. Shundagina u qimirlab qo`ydi. Ko`zimni ochsam, tong yorishar chog` bo`libdi. Atrofni anchagina ilg`ash mumkun edi. Ko`zim o`sha, Madina: jun bosgan odam deb tarif bergan sharpada edi. Aslida hech qanday sharpa emas, shunchaki shaftoli daraxtining bir shoxi sinib pastga osilib qolgan ekan.
- Madina... Madina! -deya, yelkasini silab shivirladim.
U asta meni qo`yib yubordi. Boshini quyi solgancha, telefoniga bir qarab qo`ydida, asta qunushdi. Shundagina uni tungi kiyimda turganini ko`rdim. Qo`l uzatgan edim, teginadi deb o`yladi shekili, o`zini bir qadam ortga oldi.
- Mana shag`am...
Qo`limda shag`am borligini ko`rib:
- Rahmat... -deya oldiyu, yana olazarak atrofga ko`z tashladi.
- O`zini-o`zing qo`rqitib vahimaga solasan. Ana qara sen aytgan junli odam... - o`sha tomonga, hayrat bilan qarab qo`ydi. - Qo`rqadigan hech narsa yo`q... Kalima qaytarishni bilasanmi?
- Bilaman... Lekin qo`rqanim uchun tilimga kelmadi...
- Oyim menga bir duo yod oldirgan edilar: A`uzu bikalimatillahit* * * -duoni, har bir so`zini donalab aytdim. - Esingda qoldimi?
- Yo`q... -dede, bosh chayqab.
- Senga SMS qilib yuboraman, shu duoni yodlab oldi va biror nimadan qo`rqaning hamoni qaytar, ollohni o`zi paohida asraydi...
``Ho`p.`` degandek bosh irg`adi. Ammo o`ychan telefoniga termuldi. Tushundim quvvati tugab o`chganidan tashvishda. Telefonimga qaradim, 3 dona quvvati qolibdi.
- Qo`lingdagini ber... - qo`lidan telefonini oldida, o`zimniki bilan batareyalarini alishtirdim, - Mana ol, menimcha bugun ham to`k kelmaydi. Telefoning zarur bo`lib qolishi mumkun...
- O`zizchi?
- Mashinada quvatlab olaman...
Ho`roz qichqiriqlari eshitila boshladi.
- Mana tong otyabdi, endi hech narsadan qo`rqmasang bo`ladi...
U yana sokin, atrfga ko`z tashladi.
- Qo`rqinchli tushdek, hammasi aridi!
- Madina, men kirib ketishim kerak, birov ko`rib qolsa, yomon hayolga boradi...
Ijozat bergandek, bosh irg`adi.
Asta darvozadan bosh chiqarib, atrofga sinchkov nazar tashladim. Hechkim yo`qligiga amin bo`lganimdan, so`ng chiqdimu, uyga qaytdim.
O`ringa yotib, qancha vaqt uhladim, bilmayman akamni ovozidan uyg`ondim.
- Hov ahmoq, matorni joyiga olib kirmabsanu? Qara yomg`irda bo`kibdi! - bir kun avval ehtiyot qismlarni sayqallash uchun, dasgohni tashqariga olib chiqqan edim, keyin og`irligi sabab olib kirish erinib joyida qoldirgandim. - Qara tez matorini ochib qurit...
``Eh palakat!``
Eh bu palakat, befayz kunimdagi palakatlarning boshlanishi ekan. Avval dasgoh mator edi. Yo`l boshiga chiqqanimda, mashinamni baloni bo`shab qoldi. Yetmaganiga doyim bizga temir yetqazib beradigan yigit bilan urushib qoldim. Kechga yaqin uyga qaytayotganimda, yo`limdan bir qancha jo`ralarim chiqdi. Akbar degan do`stim akalari bilan, 3 yil deganda Rossiyadan qaytibdi. O`rtog`larimni ortib, jo`ramizni ko`rgani bordik. Bizdan tashqari akalarini jo`ralari ham bor edi. O`zi bor yo`g`i 15 daqida o`tirdik. Shu vaqt ichida bir betayin nasha chekishga ulgurdi. Xanada bo`lganimiz uchun, nasha hidi meni ham kiyimimga o`rnab qolibdi.
Uyga kelsam akam - yomg`irdan so`ng hovlida ko`lmak bo`lgan yerlarga, tuproq tashlab tekislayotgan ekan. Yoniga borganim hamoni:
- Nasha chekdingmi? -dedi.
- Yo`q! - rat etdim, - Yonimda chakkan edi, o`nnab qolibdi.
Akam so`kib urisha ketdi, ``Nasha chakkanni yonida nima qilasan?`` deb.
Ertalabdan boshlangan palakatlar ketma-ketligi, buni ustiga Madinani ahvoli haqida ko`p o`ylagim. Asablarim rosa tortishgan edi, akamni tushunmagani battar asabimga tegdi.
- Zaybal... Qachongacha a`qil o`rtatasiz? -deb baqirganimni bilaman. Qo`lidagi lapakka dastasi, shitob bilan ko`kragimga tegdiyu, yerga quladim.
- Akangmanmi? - yana lapatkani niqtadi. - Sen to`g`ri yurib, to`g`ri turmas ekansan, o`lgunimcha tergayman, kerak bo`lsa uraman... Hee tirmizak...
Shovqin ko`tarildi, oyim kelib ajratdilar. Eng yomoni oyim ham meni emas, akamni oqlagani edi. Akam avvallariyam urardi, ammo aybim bo`lgandagina. Bu safargisi juda alam qildi. Ko`zimga yosh qalqidiyu, jahil qilib xonamga kirib ketdi. Kechki ovqatni ham yemadim, alam qilib kiravatda yotaverdim... Bir vaqt yana telefon jiringladi.
- ``Aloo!``
- ``Assalom alaykum!``
- ``Ha Madina... Va`alaykum...``
- ``Nima bo`ldi, ovoziz tashvishli?``
- ``Tinchlik...``
- ``Haligi, duoni jo`natmadiz!``
- ``Uzur yodimdan ko`tarilibdi... Aytib tursam yozib olasanmi?``
- ``Him, hozir varoq bilan ruchka olvolay...``
Duoni aytib turdim, u yozib oldi.
- ``Haliyam yolg`izmisan?``
- ``Tushdan so`ng, qo`ng`iroq qilgandim... Bugun ham kelolmas ekanlar!``
- ``Ha shunaqa degin?``
Lanati Sadir: shunday, hoting bo`lsayu, qachon qarama yolg`iz. Sadirni o`ylab jahlim chiqdi.
- ``Senga yaxshi maslahat beraymi?`` -dedim.
- ``Him, ayting!``
- ``Madina, u bilan yashama. Ket o`z uyinga ket. Seni hor qilyabdi!`` -dedim, ichim yonib.
U allanechuk o`ylanib qoldi. Va:
- ``Bunday maslahat kerakmas... Oylamni buzilishi istamayman...`` -dedi, ozgincha o`tkirlik bilan.
Uning so`zlaridan keyin, ichimda: ``Battar bo`l!`` degim keldiyu, ammo tilimni tiydim.
- ``Unda yaxshi, dam ol...`` -deya telefonni o`chirdim.
O`yga cho`mib yotgancha hayotimni taftish qilaman. Doyim omadi bo`lganman, hamisha ishlarim ilg`ari chopgan. Bugungi palalatlar marjoni esa! O`ylab o`yimga yetolmay, hovligga chiqdim. Oyimni xonalarida shag`am yonib turibdi. Og`ir kunlarda, onadan boshqa darddosh topilmaydi, bir qarashiyu, bir boshingni silaganda hamma dardlarni aritib yuboradi. Asta bordim, shag`am yorug`ida qandaydur kitbo o`qib o`tiribdilar.
- Oyi... -degancha kirib yonlariga o`tirdim.
- Qorning ochmi?
Kechki ovqatni yemaganimni bilib darov g`amimni yeydilar-a?
- Qornim to`q...
- Akangdan hafa bo`ldimgmi?
- Ha!
- Yomon urdimi?
- Yo`q, menga ishonmagani og`ir botdi...
- Hafa bo`lma, akang ham ukam, yaxshi bo`lsin deydida...
Ancha nasihatlar qildilar. Uzoq suhbatlashib o`tirdim. Ko`ngildagi tugunlar arib, ancha yengil tortdim.
- Bo`ldi endi o`g`lim kirib uhlayqol...
- Hop, oyi... -deb o`rnimdan qo`zg`oldim.
- Manabu kitobni tokchaga olib qo`ygin...
Turayotganimda, boya kirgan vaqtim o`qib o`tirgan kitoblarini tutqazdilar.
Menga tanish bo`lgan duolar kitobini, qo`limga olganim hamoni negadur yuragim shuv etib ketdi. Tokchaga qo`yarkanman, joynomoz ustida oppoq sochuqqa o`ralgan Quronu Karimga ko`zim tushdi. Endi yuragim tugul, tizzalarim ham qaltirab ketdi. Bolaligim ko`z oldimdan bir-bir o`ta boshladi. 11, 12 yoshimgacha manashu honada, oyim bilan yashaganman. O`sha kezlar, shu muqaddas kitoblardan menga turli, hadislar o`qib berar, birgalashib duolar, suralar yod olardik...
Oyimni xonalaridan bir ahvolda qaytib chiqdim. Muqaddas kitoblarni ko`rib yuragimu, oyog`imni qaltirashi bejiz emas. Chunki birovni hasmiga ko`ngil, qo`yib buni pinhon tutolmaganim va shayton izmiga kirib undan o`zimni tortolmaganimda deb bildim. To`satdan palakatlarni urchushiga ham sabab shu!
Vaqtida to`g`ri yo`lga qaytmasam, oqibati yomon bo`ladi.
O`zimga so`z berdam, endi Madina haqida o`ylamayman...
* * *
QAYTA TOPILGAN MUHABBAT...
Men Madinadan uzoqlashishga qaror qildim. Ammo uni o`zi meni topib olmasligi uchun, sim kartamni alishtirib oldim. Uni o`ylamaslikka harakat qildim...