tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (VIII- QISM...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi

I -

II -

III -

IV -

V -

VI -

VII - Qismlar...

VIII - Qism...

Uyga bir ahvolda qaytib kirdim. Huddi bu gaplarni barchasi hazilga o`xshaydi. Hech anovi ayolni aytgan so`zlarini hazim qilolmayman.

Suvga qarab, tomarqa boshida, o`yga tolib turgan edim. Yangam shoshib suv bosmasdan avval, osh ko`k tergani tomorqaga oraladilar. Suv bosmasdan tezroq, terishib yuboray degan hayolda yonlariga bordi.

- Yanga Sadir aka olamdan o`tib qolibdi, - opkalagan bo`ldim, - Bir og`iz aytmabsizlar! Hozir bilmasdan chaqirib kiribman...

- Siz eshitgansiz debmiz!

- Qayoqda... Hozir noqulay ahvolda qoldim...

- Bilmabmiz, ukajon.

- Soppa-sog` odam edi-ku, rahmatli?

- Bizam aniq bilmaymiz. Aytishlaricha ko`mir elab qo`yibdi!

Tushungan bo`lsam, Sadir aka rahmatli ko`mir isiga dimiqib qolgan.

- Uyidaya?

- Yo`q... Safarda ekan, jasadini o`sha yerdan opkelib qo`yishdi...

- Aaaa! Anavi uyida bir ayol yuribdi, bolasi ham bor... Ha rahmatlini ``dadamni`` degan bo`ldi?!

- U xotini!

- Xotini? Aaaa, haligi shaharli kelinchi?

- O`lganni ortidan yomonlash gunohku, lekin u insofsizni boshqa oylasi, bolasi ham bor ekan. Madina kelin ikkinchi xotin ekanligini bilib qolgach ketib qoldi... Bilmadim balkim o`sha kelinni baxtsiz qilgani uchunmi, bu ko`rguliklar!!!

Madina kelin ketib qolgach, ko`p o`tmay bu voqealar bo`lib ketdi...

- Ajrashib ketishganmidi?

- Menimcha shunday!

Sadir akani o`limidan, ko`nglim buzuldi. Madinani esa ketib qolganidan hafa bo`lishni ham hursand bo`lishni ham bilmayman. Lekin bir nasa aniq, men uni doyim qalbimda saqlayman. Siniq hotiralarimda qolgan, barcha suratlar qalbimning eng aziz yerida asrayman. Yana qachondur uni uchratsam, albatta undan uzur so`rayman, sevgi olovuda kuydurganim uchun. Yana rahmat ham aytaman, qalb eshigimni qoqqan, yagonam bo`lgani uchun...

* * *

Tushda yaqin meni mashinamni minib akam kirib keldi.

- Askar...

- Labbay aka!

- Qalay?

- Zo`r... -dedim, mashimanni taniyolmay. - Nima qildiz buni? Qoyil lekin...

O`rindiqlar o`zgartirilgan, salon bezatilgan... Huulas qo`g`irchaqdek.

- Aka endi bunda qanaqa qilib yuk tashiman?

- Yuk ortib, xor qilib nima qilamiz? Bu toychog`ing endi, bordi keldiga hizmat qiladi. O`zim nimib yuraman...

- Unda menga yangisidan olarkanmizda?

- Aaaa! Bu masalani keyin gaplashamiz. Hozir sen manbu, go`shni olginda marenatlab qo`y, abetga bir askarni qo`lidan kabob yeylik...

- Ho`p...

Akamni qo`lidagi, qora paketga solingan go`shni oldimda ishga kirishdim.

Bu orada to`g`onni berkitib kelishga ulgurdim. So`ng tayyor bo`lgan go`shni siqqa qadadim, ko`mir yoqib kuraga soldim.

Kavobni ishtaxani qitiqlovchi isi atrofga yoyildi.

- Yashavor askar!

Akalarim birin-birin yonimga kelishdi. Biri piyoz artishga, ikkinchi achchiq-chuchuk qilishga kirishdi.

- Qo`ying yig`laman aka? -katta akam piyozni achchig`idan, ko`zyosh to`kayotganini ko`rib, hazillashib kuldim: - Hammani boshida bor...

- Shunaqa degin? -ishina tashladiyu, qo`limga pichoqni tutqazdi, - To`rg`a... -deya, buyurdiyu o`zi kartondan yasalgan yelpig`ichni olib kavob pishirishga o`tib oldi.

- Biz oddi askar bo`lsak, kamanderlar nima desa shuda...

Yolg`ondan jahil qilgandek, piyoz to`rg`ashga kirishdim.

- Ho`sh askar endi nima qilasan?

Bu safar akamning so`zlari ma`nosini tushundim.

- Niyatlar oliy aka... Hudo xolasa o`qiyman... Hizmat vaqtida legota oldim. Biror yil, yaxshi repititirda tayorlansan, nasib qo`shsa kirib ketaman...

- Inshaolloh... -dedi, kichik akam yelkamga qoqib, - Biz akam bilan o`qimoqchi edik. Afsus bizda imkon bo`lmadi... Mundoq qilamiz, ertadan repititir topamiz, tayorganlikni boshlaysan. Agar sen astoydil harakat qilsang, qo`lingni sovuq suvga urdurmayman. Hamma sharoyitni yaratib beramiz...

- Bo`ldi aka roziman...

Akamlarni ishonchidan yanada shijoatim, oshdi.

* * *

Yaxshi niyatda qilingan, harakatlar zoye ketmas ekan. Oyim, akalarimni yuzini yorug` qilib, talabalik minbariga ko`tarildim.

Elonlar taxtasida inistutuga, kirgan talabalar qatorida ism, familyanni o`qidimu, akamga qo`ng`iroq qildim.

- ``Akaaa! Tabriklang, kamina endi talaba...``

- ``Barakalla...``

- ``Aka, lekin kantirak...``

- ``Muhumi kirdingmi?``

- ``Ha...``

- ``Qolganini g`amini yema...``

Kantirak bo`lsada, muhumi endi talabaman. Oldimda ulkan maqsadlarim bor.

* * *

Inistitut yotoqxonasida o`rin qolmagani uchun, inistitut yaqinroq yerdan ijaraga bir xonalik joy topdik. Qo`shni qishloqlik bir kursdoshim bilan birga yaxshib, o`sha yerdan qatnab o`qiy boshladik.

* * *

Ikki bosqichga o`qiyotgan edik. Negadur ohirgi haftalarda asdoydil, o`qisam ham miyamga hech balo kirmay qoldi. Inistitutdan asabim buzulib qaytdim. Kelsam honadoshim, o`rinda cho`zilib yotibdi.

- Sarvar aka, turing bir shahar aylanib kelamiz!

(Honadoshim, mendan uch yoshga katta.)

- Qo`ysangchi!

- Yuring havo alishtirib, gumma yeb kelamiz...

- Tinch qo`ygin ukam, o`zi tishim og`rib nima qilarni bilmay yotibman... Menga tegama, bir tiniqib uhlab olay...

- Mayli akam, siz nima desayz shu... -usti boshimni alishtirdim. - Men bir daydib kelay, rezumiyimni tozalab, to`lib ketganidan hech nimani qabul qilmayabdi...

- Ketaqo... Lekin gummadan mengayab olib, kel...

- Gummadan ham yaxshi narsa opkelaman...

Ko`chaga chiqiboq o`yga toldim:

``Ko`ngil yozish uchun, qayoqqa borsam ekan? Haaa, birinchi yo`liqqan mashina qayoqqa yursa o`sha tomonga boraveraman!``

Birinchi ko`zim tushgan yuk mashina chap tomonga ketdi.

``Demak chap tomonga yuraman. Aytgandek bu tomonda kabob sotishardi!`` ishtaha bilan qimtinib qo`ydim, ``Lekin talabaga gumma ham bo`laveradi! Gummani esa o`ng tomonda sotishar edi!``

O`z qarorimni tejamkorlik sabab o`zgartirdimu, o`ng tomonga yo`l oldim.

``Hamma narsa ham o`ndan bo`lgan yaxshi!`` deb o`zimga taskin ham berib qo`ydim.

Soy yoqasidagi, tanish gumma sotuvchi ayol. Yaqinlashganimni ko`rib, darov izzat ko`rsatdi.

- Kelin...

- Qaynog`idan, bering...

- Kelin ozroq o`tiraturing, hozir yog`ni dog`lab olayin...

Kursiga o`tirdim, ayolni hushmomilasidan ko`nglim tog`dek ko`tarib ketdi. Asta atrofga nazar tashladim. Yorqin ranglarga burkangan kuz fasli, allanechun qalbimni zavqa to`ldira boshladi. Shuncha vaqtdan beri shu yerdan o`tamanu, lekin hecham etibor bermagan ekanman. Bu yo`ldan juda ko`p qizlar yurishar ekan. Qisqa fursat ichida o`nlab qizlarga ko`zim tushdi.

``Bir biridan sharku bular?``

Jonon qizlarga qarab, hiyla sarhush tortaman. To`g`ridan o`tib kelayotgan ikkita qizga qaradim. Ulardan biri o`ta zamonaviy kiyingan, ko`zimga olovday lovullab ko`rinib ketdi. Zinmdan uning ortidan havas bilan qarab qolarkanman, birdan yuragimga mung o`rmalab kirayotgandeb bo`ldi. O`zimni hiyonatkor, aybdor his qilib ko`zlarimni yerga qadadim. Go`yo qalbimdagi Madina uchungina ochilgan muhabbat eshiklari, u yerda boshqasiga o`rin yo`q deyayotdek!

``Madina... Madinam...``

Vujudimni egallab olgan o`ylardan so`ng, o`tira olmadim, toqatim tog` bo`ldi.

- Opa hali tayyor bo`lmadimi?

- Hozir bo`lib qoldi... -dedi, ayol o`choqqa o`tin qalarekan. O`ylashimcha hali tayyor bo`lmaydi. Ko`zim yo`paradagi aptekaga tushdiyu o`rnimdan qo`zgaldim.

- Tayyor bo`lguncha bir aylanib kelaman...

Ayolni javobini kutamadim ham, yo`lni kesib u tomonga o`tdim. Xonadoshimni tish og`rig`iga birorta dori olish maqsadida aptekaga kirdim.

``Arzimagan dori 25 ming!!! Yaramas, qalloblar!``

Yaxshi niyatda aptekaga kirgandim, ammo dorilar qimmatligini bilib, hafsalam pir bo`lib qaytib chiqdim.

- Assalom alaykum...

- Vaalaykum assalom!

Avvaliga qarshimdan chiqib salomlashgan qizga uncha etib bermabman. Uch, to`rt qadam yurib, uning ovozi allanechuk tanishdek tuyuldiu, ortimga o`g`rildim.

- Madinaaa!

Yuragim shu qadar tez urdiki, bir lahzada kuchli hayajon vujudim, qamrab oldi. Ko`zlarim quvonchga to`lib ishqning olovidan porlab ketgandek bo`ldi.

- Sizmisiz?

Yuzida tabassum qotib, qolgan, ko`zlarini katta-katta ochgancha menga qarab turardi. Nigohlaridagi joziba, o`zi tomon ohangraboday tora boshladi.

- O`zingmisan?

Asta u tomon, qadamladim. Nigohlar to`qnashuvidan, dilbar tuyg`ular alvori, ko`nglimizni ajib bir dunyoga sari yetakladi. Qo`l yetar masofaga yetgada, uning nigohlarida, go`zal maskan yarala boshlagani ko`rdim. Bu masganda, Madinam ikkimiz bir lahza, ishq og`ushida yolg`iz qoldik.

- Nahotki bu sen bo`lsang? -dedim, pichirlab.

- Himmm...

Alaqanday ayolning ovozi, bizni orzular olamidan yerga qaytarib qo`ydi.

- Madish...

- Ho`, hozir... - u ayolga javob qaytardi, - Bir daqiqa kutib turing hozir kelaman...

- Mayli, boraqol...

- Tez bo`laman... -degancha aptekani biqinidagi xonaga kirib ketdi.

U kirib ketgan xona tepasidagi reklamali yozuvlarga qaradim. Ayollar sartaroshxonasi!

Biroz muddat, turib ochiq eshikdan ichkari kuzatdim. Ko`zgu qarshisida bir ayol, Madina uning sochlariga ishlov bermoqda. Vaqti-vaqti bilan men tomonga qarab qo`yadi.

U yanada go`zallashib ketgan, avvalgidek mayuslikdan asar ham qolmagan. Uni doyim kelinchak libosida, rumolda ko`rganim uchunmi! Bu safargi egida oppoq sivitir, chiroyi turmaklab yelkasiga tashlangan sochlari, uni ko`zim anchayin yoshroq beg`ubor ko`rsatar edi.

Yo`lda turish noqulay bo`lgani uchun, aptekani zinasiga ko`tarilib oldim.

Hoynahoy meni ko`zgu orqali kuzatib turgan shekili, yo`q bo`lib qoldi deb o`yladimi, eshikdan shoshib chiqdib, zina ustida turgancha atrofga alangladi. Meni ko`rib, asta jilmaydi, ko`rsatkich barmog`ini yuqori ko`tarib:

- Yana bir daqiqa... -dedi.

- Ho`p... - bosh irg`adim, - Bemalol...

Orada ikki daqiqa o`tdimi yo`qmi, yana eshikdan bosh chiqarib menga bir qarab qo`ydi.

- Yana bir daqiqa... -bu safar ozgina noz bilan, erkalik bilan, - Bir daqiqa, ho`p!

Ichkaridan ayollarni hiringgi eshitildi.

- Yig`itcha hali ko`p kutasiz! -deyishdi, atayin menga eshitqizib, kulishib.

``Nimani ham bilasizlar! Kerak bo`lsa ming yil kutaman!``

Madinani shoshib qolgani sabab, tuyg`ularini yashira olmaganidan, ichkaridagi mijoz ayollari qochirim gaplar bilan uni ustidan kulishardi. Toqat bilan Madinani kutishda davom etdim. Orada 15 daqiqalar vaqt o`tib, Madina ishlarini tugatdi, ular qaytib chiqishdi. Klentlari ikkovi ham 30, 33 yosh atrfidagi ayollar. O`ziga yarashmagan kiyim, soch turmaklarda. Menga ayyoroa ko`z tashlab, bo`y bastimga chamalab, Madinaga qitmirona gaplar qila boshlashdi.

- Madish balosanu! Kesakdanam o`t chiqarkanda?

Madina salonini eshiklarin berkitarkan, ularni gaplaridan, yuzi qizardi. Jahli chiqayotganini namoyish qildi:

- Shuna gaplar qiselar, ikkinchi menga kemaylar!

- O`oo! Pismiq, tiliz chiqib qoptiku-a? - ayollar yana qiqirlab kulib uni battar noqulay ahvolga solishardi. - Madish, kim bu yigit?

Madina o`zin qanchalik, hotirjam tutushga harakat qilmasin, baribir betoqat bo`layotgani, tuyg`ularini oshkor qilib qo`yardi. Ayollar esa, uning bu tahlid hislari qarshisidi o`ng`aysiz turishidan, yanada zavq olishib, uni ustidan kulishardi. So`zlarni to`g`ridan-to`g`ri aytishmasada, baribir gap tagida gap bo`lardi. Ketishga shoshmay, Madina bilan o`rtamizda turib olishgandi.

Qarshimda turgan, bekorchilikdan nima qilari bilmay o`zgalar tuyg`usini kulguga solayotgan ayollarga rahmim kelib ketdi. O`zlari allambalo, kiyimlar kiyib, sochlarini madellardek turmaklab olishganu, ammo hayosiz nigohlari meni bo`y bastimni chamalashdanu, tillari esa hasaddan Madinani ustidan mazah qilishdan nari o`tmaydi. Chunki bilishadi, aslida o`zlari sariqchaqaga arzimasliklarini!

``Sizlar qalbi mudroq ayollar... Sizlar sevganmisiz? Qalb daftaringizni zarvaroqlariga, oltin harflar bilan: MENI SEVGAN INSONIM BOR!!! deya yozganmisiz? Yo`q sizlar sevish, sevilish muqaddas tuyg`ularning, qanchalik go`zal ekanligini, yurak u bilan yashashini zarracha ham his etmagansiz!``

Hayolan bo`lsada, bu ikki ayollarga shu so`zlarni aytdim, aytgim keldi.

- Madish... ``Erkak zotini yomon ko`raman!`` deysan, demak aldar ekansanda? Ha mana sendayam bor ekanuuu! Ko`rishing bilan oyog`i kuygan tovuqday tipirchilab qolding-a?

- Holajonlarim, izzatiz bitti, endi ketaqolilar... -dedim, ohiri sabir kosam to`lib.

- Hola? Hov uka og`zizga qarab gapring! -dedi, ovzlari jiddiylashib.

Ayollarga: yoshsiz, deyishsa yoqadi, ammo yoshini katta qilib aytishsa hafa bo`lishadi.

- Voyy! - iloji boricha ularga hayrat bilan qarashga harakat qildim, usti boshiga sinchkov qarab oldim, - Oyimdanam qariga o`xshaysizku? Faqat betizga allanimalar surtib olibsiz... Ha 40 yoshli ayolga hola deyiladima, hola...

Ularga qanchalik og`ir botti, tirishgan yuzlaridanu, bir-biriga qarab qo`yishidan sezdim.

- O`chir ovozingni surbet... - bitta semizrog`i tutaqib ketdi, - G`ilaymisan?..

Oman maza qildim, huddi turmaklagan sochlariga o`t qo`ygandek rohatlandim.

- Hola haqorat qilmang, - kichikroq, undan yoshroq, sherigiga qaradim, - Hola, singlizga ayting haqorat qilmasin, yo`qsa o`zimga jovob bermayman...

- Yur Mucho ko`rib turubsanu, ataylab qilyabdi...

- Ha, akarachaka oyog`larizni ko`z-ko`z qilmangda suring, Mucho hola. -dedim, uni battar asabiga tegib...

U tutoqib, jazavaga tushdi va so`kina boshladi. Ochig`i shu payt o`zimdan uyalib ketdim, hecham ayol kishi bilan gap tashamagan edim, ayniqsa bunday shallaqilar bilan. Baralla onasini shaniga ikki og`iz iliq so`z aytganimni bilmay qoldim.

- Yuring, unga teng bo`lmang... - Madina qo`limdan tortib ketdi, - Uyoqqa qaramang, baqirib-baqrib o`zi ketadi.

- He, onangni emgirlar! -dedim, karidorga kirib to`xtaganimiz hamoni.

- Qo`yovring, ular o`zi shunaqa!

- Tasqaralar... Shu taviyalarga, o`zingni masxara qildirib o`tiribsan-a? -dedim, dakki bergandek, - Kim o`zi ular?

- Klentlarim... -dedi, ayibdordek boshini egib.

- Klent bo`lmay... Hurmatingni qilmasa, umuman hizmat qilma... Eshakka yo`l-yo`l chizganing bilan u zebra bo`bqomaydi, tushundingmi?

- Ho`p... - u kuldi, - Jahliz chiqmasin!

- Seni ustingdan kuladiyu, qanday jahlim chiqmaydi?

U boshini sarak-sarak qilib, kuldi. Uning kulgani ma`nosiga tushunmadim. Birdan o`zimni his qildim. Avvaliga karedorda qanday kepqolganimiz haqida, keyin esa boshqa narsalar haqida o`yladim.

``Tavba... O`zi uch yildan oshganda Madinani topgan bo`lsam, yana qanday vaziyatda! Unga a`qil o`rgatishimchi!``

- Ha, nima? - men ham jilmayib qaradim, shu bilan o`ng`aysiz holatimdan chiqib olish uchun - Nega kulasan? -dedim.

- Ajabo! Sizga so`kinish yarashar ekan...

- Rosdan-a?

- Himm.

- Senga esa kulish yarashadi.

Kulib, hayo bilan ko`zlarini olib qochdi. Shu holatda ozroq turib qoldik.

- Madina.

- Hoo,..

Tepadan tushayotgan, rus millatiga mansub ayolni ko`rdimu, so`zlarimni yo`qotib qo`ydim. Ayol bizga e`tebor bermagandek yonimizdan o`tib ketdi.

- Shu yerda yashaysanmi?

- Himm... Yuring, kivartiramga, - zinaga imlab, - O`zim yolg`iz turaman...

U taklifni juda oddiy aytgani, g`ashimga tegdi.

- Hammani ham uyinga taklif qilaverasanmi?

Birdan qoshlari chimirib ketdi. Bir lahza nafasini ichi yutib qarab turdi.

- So`zlariz og`ir botti... - pichirladi, tez-tez kiprik qoqarkan, ko`zyoshini oqizmaslikka harakat qilib. Qo`limdan ushladida zidan yuqori boshladi. - Yuring...

Zina yarmiga yetganda, to`xtatdim.

- Hafa bo`ldingmi mendan?

- Yo`q. - jilmaydida, ko`zida yiltiragan tomchini tezgina artib oldi, - Sizdan istasam ham hafa bo`lolmayman...

Uning bu so`zlaridan, jo`shqinlanib ketdim. O`zimni ancha dadil his qildim. Lekin baribir yolg`iz ayolni xonasiga kirish odobdan emasligini tushunardim.

- Uyinga kirolmayman...

- Nega?

- Chunki... - tuzukroq gap topolmadim, - Chunki zarur ishim bor...

- Yo`q... -qo`limdan mahkamroq tutdi va jiddiy ohangda, - Bir piyola choy ichmay hech qayerga ketmaysiz... -dedi.

- Kechir... Lekin kirolmayman...

Uning shani haqida o`ylardim.

- Iltimos... - ko`zlari iltijoli boqib, pichirladi. - O`zi endi ko`rishdikku?

Bu qarashlaru, ovozlar sehri oldida hamisha ojiz qolganman, unga ihtiyorimni topshirdimu ortidan yurdim. Ikkinchi qavatga chiqdik.

- Mana, manashu yerda yashayman... - u kaliti bilan eshikni ochdi, - Kiring kiravering, tortinmang...

Ichariga kirdim, xona o`rtacha, ammo juda ozoda va shinam. Xona havosini ham Madinadan keladigan yoqimli ifor tutgan.

- Siz o`tira turing, men gazga choy qo`yvoraman...

- Ho`p...

U shoshib oshxonaga kirib ketdi. Men asta xonga ko`z yugurtirdim. O`rtda stol, stul qo`yilgan. Ustida chiroyli dasturxon guldon bor. O`ng tomonda ikkita shikaf, oynavantligida chinni idishlar va ikki, uch dona yorliqlar, pastida 7, 8 dona sheriy kitoblar qo`yilgan. Yonidagi javonda kiyimlari tursa kerak! Qarshimda haris pardalar ilingan deraza. Deraza yoniga bordim inistitut kaftek ko`rinib turibdi. Tokchada ikki tuvakda gul, nafis yaproqlari mehir bilan qaralgani uchunmi gurgurab ketgan. Berigi tomonda, ozoda choyshoblar solingan, yotoq devoni...

- Madina yolg`iz o`zing turasanmi?

- Yo`q, tez-tez dugonam yotib qoladi. Boshqa vaqtlarda ammamni qizi kelib turadi...

U oshxonada turib javob qaytardi. Devonni yonidagi to`mpichka ustida allaqanday kitob turardi. Asta qo`limga oldim.

``ZEBO MIRZO. ISHQ (sherlari)``

Darvoqey Madina sher yozardi, sheriyat oshuftasi edi.

- Haliyam ijod qilib turibsanmi?

- Yo`q, unchalikmas!

- Nega enadi? Istedoding bor, uni isrof qilma!..

Kitobni varoqladim. Madina o`qiyotgan shekili, qaysidur sahifaga hatcho`p qistiribdi. To`g`ri o`sha sahifani ochdim.

``U ISHQ EDI...

Olis - olis edi osmonim,

Olis - olis orzum edingiz...

Yorug`-yorug` hayollarimdan

Yuragimga kirib keldingiz.``

- Ijodimda mahzunlik ko`payib ketti...

- Hudo hoxlasa, hali hayoting oldinda, yorug` kunlar ham keladi...

U jimib qoldi, men esa, sherga ko`z yugurtib, ichimda o`qishda davom etdim.

``O`tdi bahor,

O`tdi xazo`nlar,

Uzun tunlar ko`z yummay o`tdim.

Kelmasingiz bilsam-da, ammo

Kelasiz deb umidvor kutdim...

Bir men bildim,

bir Xudo bildi,

Unga ne deb sig`inganimni.

Hech kimsaga ayta olmadim

Sizni qanday sog`inganimni!..``

Oshxonadan choynak piyola ko`tarib chiqdi. Uni ko`rib, o`qiyotgan kitobimni yopdimu, joyiga qo`ydim. Bir lahza o`qigan sherim tasiriga tushib jim qoldim.

``Demak shundek sherlar o`qirkanda?``

Sekin unga yaqinlashdim, qanchalar sog`inch azobida qiynalgani, intikib ko`z tashlab qo`yishida namayon.

- Choy damladim... - asta stulga imladi, - Marhamat o`tring...

- Rahmat...

Bir muddat, tilga so`z kelmay, betoqat o`tirdi. So`ng, asta choyni qaytara boshladi.

- Oyizlar yaxshi yurishibdimi?

- Shukur tuzuklar...

- O`zgarib ketibsiz!

- Yaxshimi yo yomon tomonga?

- Albatta yaxshi.

- Sen esa hammo o`sha-o`shasan!

U kuldi:

- Hecham o`zgarmabmanmi?

- Salg`ina o`zgargandursan! Ammo ruhan hammon o`sha Madinasan...

Choydan quyib, tavoze bilan uzatdi.

- Bu yoqlada nimalar qilib yuribsiz?

- O`qiyabman...

- Yaxshiku, siz uchun hursandman...

- O`zingchi, nimalar bilan ovorasan?

- Boya ko`rganizdek, salonda ishlayabman...

- Ishin og`ir ekan...

- Unchalimas!

- Hopam deyaver, agar hamma mijozlaring, anavulardek bo`lsa!

- Ilojim qachna, bu yerni ijarasi ham kam emasda, baribir yaxshimi-yomonmi ishlash kerak...

- Qiynalib qolmayabsanmi?

- Yo`q... - bosh chayqadi, - O`zizdan gapring?

- Nimayam derdim, oddiy talaba hayoti, men ham ijarda turib o`qiyabman...

- Aytgandek, hizmatlarizga yaxshi borib kelvoldizmi?

- Ha, borib keldim... Qaytib kelgach, seni ketib qolganingni eshitdim...

- Hmmm, shunday bo`lib qoldi...

- Ko`p ishlar bo`lib ketibdi... Anovi rahmat o`tib qolibdi...

- Olamdan o`tganlarini keyin eshitdim... - salgina hursunib qo`yarkan, o`rnidan turib, oshxona tomon yurdi, - Yaxshi inson edilar... -deya pichirlab qo`ydi.

- Yaxshi inson degin! -o`rnimdan turib ketdim, - Koshki, bilmasam edi...

Sadirni hotirlaganimiz, suhbatimiz fayzini buzdi, Madinani u haqida iliq fikr aytgani esa, negadur g`ashimga tegdi. Izzatim bitganin tushungandek eshit tomon yurdim.

- Ketasizmi?

- Qaytishim kerak, vazifalarim bor...

- Qayerda turibsiz?

- Shu yaqin

O‘xshash hikoyalar