MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (IX- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi
I -
II -
III -
IV -
V -
VI -
VII -
VIII - Qismlar...
IX - Qism...
Muhabbatning eng totli lahzasi bu sog`inch hissi va uning diydor oni bo`lsa kerak. Ayni damda yorimni quchib, bag`rimda, nafasimla erkalab turibmanu, lekin uni sog`inaman, sog`inch hissini bosa olmayman. Shunday tuyg`u ham bo`lar ekan!
Yuraglarimiz har duburida o`zora shivirlashayotgandek, biz esa ularga halal bermaslik uchun jimgina nafasimizni ichimizga yutamiz. Oniy lahzalar shunchalar, shirin va rohatbaxsh o`tadiki tariflamoq uchun so`zlar yetmaydi. Bu betakror tuyg`ularni his etish, ko`ngilda allanechuk sarxushlik uyg`otadi.
``Jonim, Madinam!``
Shivirlagancha og`ushimda erkalayman. Qani edi, yana biroz tursak, lekin vaqtida hislarni tizginlamaslik, oshiqlar boshiga turfa savdolar solganini ko`p bor eshitganmiz.
- Men borishim kerak... -deya, undan izin so`rayman.
- Ho`p mayli. Halizamon dugonam keladi... -deydi, qo`yib yuborishga shoshilmay.
Biz asta ajralishdik. U endi ko`zlarimga tik qarolmay nigohlarini yashiradi. Uni betoqat qilmaslik uchun, o`zimni majburlab eshik tomon yuraman.
- Ertagacha...
- Ertagacha, Madinam...
Hislarim eshikdan o`tishga qo`ymaydi, a`qlim ketishim tarafdori. Yaxshiyam oyoqlarimni a`qlim boshqaradi.
* * *
Yotog`imiza go`yo bulutlarda suzib keldim. Kirganimda Sarvar jag`ini ushlagancha kitob varoqlab o`tirardi.
- Gumma qani? -dedi qo`lim qurug`ligini ko`rib.
- Gumma yo`q.
- Yeb keldingmi nafsinga? - achchiq qilib kitobini yopdi, - Yaramas, odammasakansanu?
- Hey inson, o`zim ham hech nima yemadim...
- Qulog`ing og`zingda-ku?
- O`zi shundoq... -deya kiravatimga cho`zildim. - Eeey... Sarvar aka, bilsayz edi, bu dunyoda taomdanda shirinroq narsalar borligini.
- Nima ekan? - astoydil, o`tirib oldi, - Nima yeding? -dedi, ishtaxa bilan yutunib qo`yarkan.
- Diydor...
- Sani toming joyidamas...
O`rnidan turdiyu, kitobini qo`lida o`ynatib eshik tomon yurdi.
- Ha, Sarvar aka?!
- Menam bir aylanib kelay...
- Asalizi oldigami?
- Sen bilan gaplashib to`zin topmiman, menga o`sha Asalim tuzukroq...
``Demak darslarimni tayorlab olish vaqtim keldi...``
Sarvar kitobni ovozini chiqarib o`qiydi. Menga esa aksincha, tinchlikni maqulroq. Shuni uchun u yo`qligida darlarimni tayorlab olishga odatlanganman.
Sarvar o`zi martd zo`r inson, ozgina to`pori, qo`polligini inobatga olmasa.
Birga shu xonani ijaraga olgan vaqtimiz, qo`shni qiz Asal bilan tanishib qolgan edi. Eri o`zbek, xotini rus millatiga mansub qo`shnilarimizni, do`mboqqina, yoqimtoy, shadgina qizi bor ekan. Sarvar ikkisida ham ozginadan devonalik borligi sababmi, bir-biriga juda maqul tushib qoldi. Karidorda soatlab suhbatlar qurib charchamaydilar.
Sarvar chiqib ketdi. Xona uzra yoyilgan jimlikdan foydalanib, darslarni tayorlashga kirishdim. Bilmadim qancha vaqt o`tdi, kitobdan boshimni ko`tardim.
``Hudoga shukur, nasib qilsa ertaga besh baxo cho`ntakda!``
Kiravatga cho`zildim. Shom quyoshi, derazamizdan mo`ralab xonamizni qizg`ich yog`dulariga to`ldirdi. Qalbimga nurli hissiyotlar quyula boshladi. O`z-o`zidan yuragim jo`shib, yuzimni tabassum egalladi. Qo`shiq tinglab, hirgoya qilgim kelib ketdi.
``Qani edi, radio bo`lganda!``
Yodimga tushdi, telefonda ham radio borligi. Shosha-pisha naushnikni uladim va sevimli to`lqinlarimni izladim. Birdan hafsalam tushib ketadi. To`lqinni topolmaganimdan emas, yoqimli hotiralar yana jonlanib, sirli qizni qumsab ketganim sabab.
``Eeee attang... Nega telefoning bormi deya so`ramadim?!``
Madinadan no`merini so`rash hayolimga kelmagani, alam qiladi. Attang qilib peshonamga urib qo`ydim. Betoqat o`rnimdan turib, yura boshladim. Hademay qosh qorayadi.
``Qani endi tezroq erta kelsaydi!``
Deraza qarshisida turgancha, ertangi kunmni tasovur qilaman. Xona urza sokinlik hukmron. Sokinlikka quloq tutaman, turli tovushlar qulog`imga chalinadi. Manashu tovushlar ichidan, Madinamni dilkash ovozini tinglash umidida izlayman.
Beyxos karidordan, qah-qah urayotgan yigit-qiz ovozi hayolimni buzdi. Sal o`tib kulgu o`rnini shivir-shivir ovozlar, hiring-hiringlar bosdi. Rosti bunday shovqinda hoyol surolmaganimdan, asabim buzib ketdi. Zarda bilan eshikni ochib tashqariga chiqdim.
- Heee, akam. Kechki ovqatni qilmaymizmi, qorin ochib kettiku?!
Suhbatlarini buzganim uchun, Asal humrab qo`ydida, araz qilgandek nari ketdi. Sarvar men tomonga yurarkan, ``Suhbatti betiga tepding!`` deganday bosh chayqardi.
Eshik yoniga kelganda, to`xtab Asalga, qandaydur qiliqlar qildi. Uyoqdan esa, qizni qah-qahi eshitildi. Jimgina stolga belimni tirab, ularni zavqlanib kuzatdim.
- Ayni qiziq joyda bezovta qilding... -eshikni yoparkan opkaladi, - Asalimni hafa qilding...
- Sarvar aka, o`yin qilib tobora chuqurlashib ketmayabsizmi?.. Bu ketishda Asalxonni boshini aylantirib qo`ysiz. Ertaga Nadya hola tomog`izdan olmasin ``Kuyovim bo`lib qolasan!`` deb, o`ylab ko`ring yana...
- Haya!!! - boshini qarashlab qo`ydi, - Nima ovqat qilamiz?
- Bilmadim... - yelka qisdim, - Povur sizku?
- Yana menmi?!
- Menam bekor turmiman, xonani tozalayman...
Boshida har bir ishni navbat bilan qilishga kelishib olgan edik. Lekin tuxum qaynashishdan boshqa ovqatni eplay olmas ekanman. Sarvar esa, tug`ma oshpaz suv tuz sepib qaynatsayam mazali bo`ladi. Biroq u kunda ovqatni pishirgani uchun, mendan ham, har kuni xona tozalashimni, idish tovoqni haftada uch kun yuvishni talab qilardi. Aslida shunday bo`lgani ham adolatdan.
Boshida pollatta ko`tish, xona tozalab, deraza artish erish tuyulardi. Lekin bora-bor o`z ishimni ustasi bo`lib ketdim. Har qalay og`il bola bo`lsakham, xonamiz uncha-buncha qizbolani xonasidan ozoda va sarishtali...
Xonamizda ikkita kiravat, bitta stol, ikki kursi, bitta shikaf, Saratov deb nomlanga muzlatgich va yarim soatdan so`ng ekrani yorishadigan Jinlipu degan telvizirimiz bor. Ha, yana ikki sohibjamol ayol ham. Ishva bil boqayotgan Rayhonayu, nazlanib turgan Lolaxonni suratlari, devorimizni bezagan...
Xona toza bo`lsada, baribir yana bir bor, artib tozalay boshladim. Sarvar esa oshxonada, telefoni qulog`ida, kimdur bilan gaplashib sho`rva qaynatardi.
Nohos qulog`imga, ``Madina!`` degani eshitildi. Ichim shuv etib, ko`z oldimdan qora bultlar suzib o`tib ketdi. Qanday borib qo`lidan telefonni olganimni bilmay qoldim.
- ``Aloooo, Madina!``
- ``Aloo, kim bu?``
Ovozi boshqacha!
- Telefonni buyoqqa ber... -dedi Sarvar.
- Kim bu?
Telefonni undan, yashirdim.
- Nima ishing bor...
- Sarvar aka, jahlimni chiqarmang!
- Esingni yedingmi uka?
Telefonni qulog`imga tutdim.
- ``Madina?``
- ``Ha men, Madinaman... Akbarov sizmisiz?``
Tap etib miyyaga urdi. Telefonni Sarvarga qaytardim.
- Bu kursdoshimiz, Mamatqulva Madina ekan!
- Astog`firulloh... - yoqqasini tishlab qo`ydi Sarvar, - Nima, yaxshi ko`rasanmi? -dedi telefonga imlab, pichirlab.
- Boshqasini... Boshqasini...
Shumshayib oshxonadan qaytib chiqarkanman, Sarvarni gaplari qulog`imga chalindi.
- Ha, ha o`sha... Bilmadim nima jin urdi, bugun o`zidamas... Manam, shuni aytaman qon chiqarvorish kerak...
Parishon kursiga o`tirdim.
``Jin ursin, nima qildim o`zi?``
Ikki sonya, Madinadan shufqa qildim. Tekshirib ko`rganim esa dilimni og`ritdi. O`zimni yomon ko`rib ketdim. O`rnimdan turib devorga ilingan kuzguga qaradim, girt ahmuoqman, uni ismini eshitib o`zimni yo`qotib qo`ydim. Huddi bu dunyoda, bitta uning ismini Madina!..
Sarvar chiqib keldi, tajublanib kulib turibdi. O`zimni hotirjat tutushga harak qilib, ko`zguda so`chimni to`g`irlagan bo`ldim. Sarvar bir gap aytmoqchidek.
- Odam ko`rmagammisiz?
- Sen vapshem o`zinga o`xshamayabsan! O`zini tutishing, cho`ta g`alatisan. Qayerga borib, nima qilib kelding? - kuldi, - Ahaaa, bittasini topgansan, to`g`rimi?
- Shunaqa desayam bo`ladi!
- Shoshma... Demak ismi Madina a? Qattan topding? -dedi, og`zini suvi qochib.
Ko`zlari yonib afti ayyor tus olganidan sezdim, hayoliga buzuq fikir keldi.
- Siz o`ylagan narsa emas! Shunchaki birinchi muhabbatimni uchratdim...
- O`ooo... Keyinchi?
- Bo`ldi, uyog`i shaxsiy hudud...
To`g`risi sherigim ishonchi inson bo`lsada, ichimdagi tug`yonlarimni tushunishiga a`qlim yetmaydi. Keyin his-tuyg`ularimni kimgadur doston qilgim kelmadi.
Kechki ovqatdan keyin, biroz televizir ko`rgan, kitob vaqolagan bo`ldik. Shu bilan tun oqib kela boshladi. Sarvar bir u, bir bu tomonga ag`darilgan bo`ldiyu pinakka ketdi. Tun skunatida anglab bo`lmas sehir borday, tun keldi deguncha, hayolot dunyoyim sarib bir eshik ochiladi. Ko`zlarimni yumgan holda, o`sha eshik tomon odimlayman. Tunning ajib allasi yuragimni qamragan holda, nigohlarimga berkitilgan uning suratlari, ko`z oldida namoyon bo`la boshlaydi...
* * *
- Murod... Murod... Murod... - Sarvarni baqirig`idan uyg`onib ketdim, - Uyg`onsanchi endi...
Dafatan o`zimni anglolmay, o`rindan qo`zg`oldim. Go`yoki bir narsamni yo`qotib qo`ygandekman. Asta uyqu yoyilib, shuvurim tiniqlasha boshladi.
- Hayrli tong akam...
- Hayrli kun ukam, kech qolyabmiz! - jahil qilib, stullarni tog`irlaydi, - Bugun nonushtani kim tayorlashi keragidi?
- Ro`yxatga qaralab qo`yaqoling, boshqa gal o`rnizga men qilaman...
Hohlamaygina, yuzimni yuvish uchun, vannaxona tomon yurdim.
``Madina...``
Birdan uni ismi litimga keldiyu, yo`qotgan olmosimni topgandek quvonib ketdi. Uyog`i esa, reaktiv tezlikda rivojlarib ketdi. Yuvunib, kiyinib, taranib, nonushtani ham juda qisqa fursatlar ichida amalga oshirib tashladim.
- Murod, namuncha shoshasan? Men biroz tezroq bo`laylik degandim holos...
- Ha, ha...
Sherigimni gaplariga uncha e`tibor bermasdan, gumma pishiradigan ayolni mo`jaz o`shxonachasi yonida to`xtadim. Apteka yonidagi Salon ochiq. Ko`zlarimda muhabbat olovi chaqnab, yuragimni tutqunsiz hayajon qoplab ola boshladi...
``Ana uuu!``
U ham tun bo`yi kutgandur! Salon ostonasida turibdi.
- Murod, yurmisanmi?
- Siz ketaverin, iloji bo`lsa ortizga ham qaramang...
- Senchi?
- Men... Men apkekadan bitta dori olvolay...
- Aaaa! O`zin bilasan...
Hamrohim ketayotganiga ishonch hosil qilganimdan so`ng, qo`limni siltab Madinani e`tiborini o`zimga qaratdim. Meni ko`rib tanidiyu, mamnun jilmaygancha qo`l siltadi. Asta yo`ldan o`tab u tomon yurdim. Salon eshigi oldida turgancha mendan nigohini uzmay, kutardi. Nigohlaridan taralayotgan joziba, vujudimni qamrab ola boshladi. Qalbimda unga nisbatan kuchli, ehtiyojni seza boshladim. Nigohlarida sexr bordek, o`ziga ohangraboday tortadi. Hislarim tobora jo`sh uradi, a`qil o`rnini his-tuyg`ular egallab ola boshlaydi. Ihtiyorimni qo`ldan boy berayotganimni sezib toqatsizlanaman. O`z holatimdan o`zim hovotirga tusha boshlayman, ayni damda oyoqlarim ham madorsizlangandek! Har qadamda chuqur-chuqur nafas olgancha, o`zimni hotirjam tutushga harakat qilaman, ammo uddalay olmayman. Hayolimni bant etgan, ko`zlarimda o`t yoqqan, manzil tomon ildamlab boraman, tobora masofa yaqinlashadi. Shunda uning chehrasidagi namoyon bo`lgan hissiyotlari yaqqol ko`rina boshladi. Intikib boqayotgan, hayajon bosganidan o`zini qo`yarga joy topolmayotgani sezdim. Sabirsizlik qilganday, asta-asta zinalardan pastga tushib olardi. Ishqdan porlab turgan ko`zlari, yuragimga salgina hotirjamlik bo`xshlaydi. Ammo hamon tilimga hech bir so`z kelmaydi. Nuqul tomog`imga allanima tiqiladi. Masofa qo`l yetgulik darajada qisqargandi. Uning hayajonga to`lgan salomidan, joyimda to`xtab qoldim.
- Aa-s-salom alaykum!
Birzmgina gul-gul yotib turgan chehrasidan ko`z uzolmay qoldim.
- Va`alaykum assalom. Qalaysan? -deya shivrladim.
- Ya-a-axshi...
Uning qo`llari taftini his qildim. Kaftlarini yuzimga so`ng labimga bosdim. Bu qo`llarni qo`yib yuborishni sira istamayman.
- Bugun betakrorsan...
Go`zalligini math etdim. Uyalib, ko`zlarini yerga qadadi, shu asnoda kipriklar ostidan, yo`lni nariga, beriga sarosimalik bilan ko`z tashlab qo`ydi. Shundagina yon-verimizda odamlar borligini payqadim. Qo`lini qo`yib yuborganim hamoni, yuzini yon tomonga burib, ko`chaga o`ychan tikilib qoldi. Apteka manglayida, bizni kuzatib turgan kishiga ko`zim tushdi. Ko`zlarimdagi ma`noni o`qigandek, o`ynoqi qadamlar bilan nari ketdi.
Madinani bilagidan ohista tutdim. Barmoqlarim bilan, barmoqlarini o`ynab, erkalagan bo`ldim.
- Uyaltirib qo`ydimmi? Mena hafa bo`ldingmi, azizam?..
U yuzini ko`tarib, men tomonga buruldi. Uning yupqa lablarida beozor, sohir tabassum o`ynadi. O`tli, shuning barobarida xurkak, hayoli ko`zlari banog`oh yarqiradi.
- Sizdan istasam ham, hafa bo`lmayman! - ko`zlari, yana pastga boqdi, - Yana bir marta, azizam deb chaqring!
O`zi uchun, muqaddas so`zni so`ragandek ohista pichirladi.
- Azizam... Jonim... Go`zalim... Madinam...
Ko`zlarimga hechnima ko`rinmaydi. Faqta u va men bordekmiz. Lekin, nogoh atrofda odamlar ko`payganini, ilg`alb o`zimni noqulay his qildim. Bekatdan nariroq, o`tkinchilar kamroq yuradigan boxchalar, undan ham naridagi hiyobon darahlari ko`zimga tashlandi.
- Yur hiyobon aylanib kelamiz...
- Inistitutga bormaysizmi?..
U juratsizgina etiroz bildirgandek, inistitut tomonga qarab qo`ydi.
Cho`ntagimdan telefonimni olib, soatiga qaradim. Halizamon darslar boshlandi.
- Telefoning bormi?
- Ha...
- Raqamingni ber...
- *** ** **!
- Haliroq telefon qilaman, ho`p?
- Ho`p kutaman... - U yana yo`l tomon, birzum tikildi, rangi o`chib ketdi. - Ammam...
- Ammang? - hayron bo`lib, atrofga alangladim.
- Ammam kelyabdi...
Negadur, judayam sarosimaga tushib qo`rqib ketdi.
- Ketaymi?
- Ha... - o`zini mendan nari oldi, - Ketaqoling... -degancha salon eshigi tomon yurdi.
``Ammasi azroyilmi?``
Istamasamda, uni noqulay ahvolda qoldirmaslik uchun, yo`limga ravona bo`ldim. Yo`lni kesib, o`tganimdan so`ngina ortimga o`grilib qaradim.
Ammasini ortidan ko`rdim. Bo`ychan, ozg`in ayol, unchalik ham azroyilga o`xshamaydi. Bilmadim nega qo`rqib ketdi, ammasini ko`rib?!
Kecha uni topganimdan juda sevingandim. Suyuligimni topdim, endi hech qanday to`siqlar bo`lmaydi! Istagan vaqtimiz diydorlashamiz, suhbatlashamiz, shahar kezamiz birga bo`lamiz deb o`ylagandim. Ammasidan qo`rqishini ko`rib, hoom orzu qilganimni tushundim.
Birpas ularni kuzatib turgach, inistitutga shoshdim...
* * *
Tushga yaqin tanafus payti, Madinani ovozini qumsab, bergan raqamini terdim.
- ``Aloo!`` - u tomondan, tiqilib yo`tolgan ovoz keldi. - ``Aloo Madinaaa!``
- ``Eshitaman...`` - bir tomoq qirib oldi, -``Shodiya qalaysan dugonajon!``
Tushundim, yonida bizni eshitishi mumkun bo`lgan kishi bor.
- ``Obbo, aktirasayee! Tomosha qo`yyabsizmi?``
- ``Ha... Ammmam bilan tushlik qilayotgan edik...`` - ammasi bilan pichirlashib oldi, -``Amman solom aytyabdilar dugonajon!``
- ``Salomat bo`lsinlar. Murodjonni ham salomini yetqazing, jonim!``
Ortiq bu tomoshani davom ettirgim, uni dugonasi bo`lib gaplashgim kelmadi.
- ``Rol o`ynab qiynalib qolma, hol qolganingda telefon qilarsan?``
- ``Ho`p...``
Maruzalar, bazan shovqinli, bazan sokin o`tgan darslar tugadi nihoyat. Endigina inistitut eshigidan chiqqan edim. Telefon jiringladi.
- ``Aloo... Madinaxon, qulog`im sizda?`` -dedim, kesatgandek, boyagi ishi uchun.
- ``Kechirasiz, shunday gaplashishga majbur bo`ldim. Ammam yonimda edilar!`` -dedi, doyimgidek muloyim yalinchoq ohangda.
- ``Endichi? Yoningda hechkim yo`qmi?``
- ``Ha yolg`iz... Bir bo`lib qoldida!``
- ``Umid qilaman-ki, endi dugonang bo`lib gaplashmayman-a?``
U kuldi:
- ``Ko`nglizga olmen, boshqa qaytarilmaydi.``
- ``Quloqqa hunuk eshitilar ekan! Lekin baloday aktirisasan, so`zlaringda tutulmading ham a?``
Kuldi:
- ``Hmmm...``
Zavqlanib kulishidan, ko`ngildagi gardlar aridi.
- ``Ho`sh azizam endi nima qilamiz? Birorta joyda o`tiramizmi?``
- ``Borolmasam kerak!`` -dedi, dami ichigi tushgandek.
- ``Nimaga?``
- ``Ammam salonda, kun bo`yi yonimda bo`ladilar!`` - havotirdan ovozi yanada shivirladi.
- ``Zorim boru, zo`rim yo`q!``
- ``Kechiring iltimos...``
- ``Kechirim so`rama, seni qiyin ahvolda qoldirmoqchi emasman...``
- ``Rahmat to`g`ri tushunganiz uchun.``
- ``Qaniydi ammangni bir ko`rsam edim.``
- ``Nima uchun?``
- ``Jiyanini yuragini olib qo`ygan ayol, qanday ekan qiziqda?!``
- ``Xato o`ylaybsiz, qo`rqanim sababi!`` - hursindi, ovozi mayuslashdi, - ``Ularni dilini og`ritishni istamayman... Ammam bu dunyodagi eng yaqinim. Ular men uchun ham ona, ham ustoz, ham sirdoshim... Yarim yil, avval meni turmushga uzatmoqchi edilar. Qattiq qarshilik qildim. Ularga: erkak zotidan nafratlanishimni, hech qachon tushmushga chiqmay tog` o`tishimni aytgandim... Kechagi kungacha, siz bilan qayta uchrashishga, umid qilmagandim. Keyin siz haqizda, ammamga aytmaganman, ayta olmasdim ham... Ammamdan qo`rqmayman, shunchaki ranjitishni istamayman.``
- ``Seni tushundim.``
- ``Iltimos qilsam, ko`nglizga olmaysizmi?``
- ``Avval aytginchi...``
- ``Haligi... Menga telefon qilmasayz!``
- ``Tushunmadim?`` - kutulmagan iltimosidan hayron bo`lib.
- ``Salonda, ammam bilan birga ishlaymiz. Kun davomida yonimda bo`ladilar... Ularga har safar tomosha ko`rsatishni istamayman. Shuni uchun siz emas, o`zim, holi qolgan vaqtlarimda qo`ng`iroq qilsam degandim...``
- ``Yana adolatsizlik, qilyabsan!`` - Shu damda, qalbim nochorday ko`rinib ketdi. O`rtamizdan allaqanday, begonalik pardasi tortilayotgandek. Tasovurimda, hozir: o`zim qo`ng`iroq qilaman, deb roziligimni oladiyu, qaytib hech qachon qo`ng`iroq qilmaydi. Men esa uni kutib beyruh-bemaqsad qolib ketadigandekman. - ``Yana bosh ro`lda o`zing... Adolatdan esam, Madinam... Oshig`ingni qiynama. Men ham istagan vaqtim, qoshingda bo`lsam, kunglim qumsaganda ovozingni eshitsam deyman!``
- ``Iltimos hols, buyruq emas. Siz ham istagan vaqtiz qo`ng`iroq qilavering.. Sizni ko`rishdan, siz bilan suhbatlashish mening ham yaona istagim. Albatta hohish bo`lsa imkonyat topiladi... Biroq imkon inzab yaqinlarim yonida izzatimni yo`qotmay deyman...``
- ``Bo`ldi, azizam tushundim. Hammasi sen istagandek bo`ladi...``
Birzumgina o`zimni o`ylab, uning istiroblari hisobga olmabman. Har ne bo`lganda ham u ayol-ku!
- ``Dilgirligim uchun kechring... Tushnganingizdan hursandman. Endi telefonni qo`yaman...``
- ``Ho`p. Qachon ko`rishamiz endi?``
- ``Bugungidek, har tongda, sizni kutaman. Har oqshom qo`ng`iroqlashsak bo`ladi... Yana ammamni ishi chiqib qolganda, ko`rishimiz mumkun...``
- ``Yashirnchaya?``
- ``Yuu.. Juda unchalimas...``
- ``Ho`p, azizam...``
Bir tomondan, shundoq bo`lgani ham yaxshi, vasliga yetishmog`im qanchalik qiyin bo`lsa. Muhabbat olovi ham shunchalik, otashin bo`ladi...
Muhimi har tongni kutaman, uni ko`rish umidada.
* * *
Hammasi, u aytgandek davom eta boshladi. Har kuni o`qishga ketayotib uchrashamiz. O`n daqiqa bo`lsa ham. Muhumi ikkimiz ham baxtiyormiz.
Shu orada bir haftacha vaqt o`tdi. Dam olish kuni, qishloqqa borib-kelishimga to`g`ri kelib qoldi.
Faqatgina bir kun. Uni ko`rmaganim uchun bu fursat shu qadar uzun cho`zilgandek tuyuldi. Uning vaslidan o`zgasiga ko`nmaydigan, yurakni ovutmog`im juda mushkul kechdi. Hatto u uchun olgan sovg`am ham, sevgidan ham ko`proq sog`inchdan azob chekayotgan yuzak taftini bosmadi.
Dushanba tong otmasdan, shaharga yo`l oldim. Tog`ri uning uyi yaqinida to`xtadim. Tong endigina yorisha boshlagan. Apeka zinasida o`tirgancha, unga qo`ng`iroq qildim.
- ``Aloo, eshitaman...`` -uning uyqusiragan ovozi eshitildi.
- ``Uyquchi, oshig`ingni intizor kuttirma?``
- ``Tishshsh... Hozir tushaman!``
- ``Tezroq, yo`qsa o`zim chiqaman!``
Qo`limdagi sovg`aga qayta-qayta tikilaman. Sovg`ani tezroq bersamu, uning sevinchini ko`rsam deyman.
Ko`p vaqt kuttirib quymadi, shoshib tushib keldi. Salomlashar ekan, unda yana havotir borligini payqadim.
- Bungun nimadan tashvishlanyabsan? Ahir erta keldim, ammang hali kelmasov?
- Bugun ikkita mehmonim bor... Dugonam bilan jiyanim...
- Oooo, hali ulardanam, pinhot tutasanmi?
- Ammamni qizi, jiyanimga ishonmayman. Chunki hali yosh...
- Unday bo`lsa, ko`zingni yuum...
Ko`zlarini katta-katta ochdi.
- O`pib olasizmi?
- Ruhsantingsiz o`pishga jurat etmasman!
O`zini