MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XII- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi
I - II -
III - IV -
V - VI -
VII - VIII -
IX - X -
XI - Qismlar...
XII - Qism...
Shodiyani, ``DAYUS!`` degan so`zidan ko`ngilga yoqimsiz hayollar o`rmaladi.
- Akasi kim o`z? - achiqlanib so`radim, - Madinaga qanday zulum qilgan?
- Olloh jazoyini bersin! - lablari qaltirab lanatlab, birmuddat jim bo`lib qoldi. Ko`zlarini yerga qadagancha, eshitilar-eshitilmas pichirladi. - Singlisiga shahvat ko`zi bilan qaragan, akalarni ollohim o`zi jozolasin...
- Iflos-s-s!
O`tirolmay o`rnimdan turib ketdim. G`azabimni chegarasi yo`qdek, bu narsani hazim qilolmasdim. Ayni damda, o`sha iblis saltanatidan chiqqan mahluq yonimda bo`lganida, uning qotiliga aylanishim aniq edi. Shodiya aytayotgan so`zlari inson a`qliga sig`maydi.
- Nomusidan qo`rqib, uyiga bormay qo`ydi... Ikki yil ammasi bilan yashadi... Keyin esa kutulmaganda, ammasi turmushga uzatvordi...
- Bo`ldi bas-s-s! - ortiq bardoshim yetmadi, - Shodiya endi ketaqol...
- Murod iltimos bu gaplarni, sizga aytganimni u bilmasin. Madina ikkimiz orasidagi sir edi...
- Bo`pti...
Bu gaplardan anchagacha o`zimga kelolmay yurdim. Birkun o`sha shaytonda duch kelsa nima qilishim haqida ko`p o`yladim...
* * *
Tuni bilan, shomol aralash yomg`ir yog`ib, qish yaqin qolganidan daraklab, havoni sovutib ketdi. Qalinroq kiyinib o`qishga otlandim. Bu kun yuragim juda sokin. Madina bilan ikki haftacha ko`rishmaganim uchun, uni juda sog`inganman. Bekat yoniga kelganda, oyog`im yurmay qoldi. Huddi aftobur kutayotgan yo`lovchidek o`rindiqqa joylashib oldim. Odamlar gavjumi ko`payib borardi, Madinadan esa darak yo`q. Bir necha daqiqa kutdim, ohiri sabrim tugab, to`g`ri uyiga chiqdimu eshigini qoqdim.
- Kim u?
- Murodman!
Shiriq-shiriq ettiyu, eshik ochildi. Qarshimda Shodiya turardi.
- Salom. Murod yaxshisiz?
- Salom... Madinani yoniga kelgandim...
- Hmmm... Daryolar sokinmi?
- Sokin...
Bir-birimizni tushunganimizdan, mamnun qarab kulib qo`ydi.
- Hozir bir daqida.
- Ho`p...
Sal o`tib Madina chiqdi.
- Assalom alaykum!
- Va`alykum assalom... Qalaysan?
- Tuzuk... O`ziz yaxshimisiz?
- Ha...
Diydor oni shirin, tillarga so`zlar kelmay, bir muddat turib qoldik. Bu orada Shodiya, sumkasini ko`targancha chiqib keldi.
- Murod sizni kutib turaymi? -dedi, inistitutga birga ketishga shama qilib.
- Birinch para, Husnud domlani maruzasi... -dedim, birinchi parani qoldirishimni bildirib.
- Haaa... Bo`lmasa sizlarni yolg`iz qoldiraman... - ``Hammasi yaxshi bo`ladi!`` degan ma`noda, Madinani yelkasini silab, qo`yadi. - Madinnn hali ko`rishamiz... -deya.
Shodiya zinadan tushib tashqariga chiqib ketgan. Madina jilmalmaygancha, ichkariga yo`l ko`rsatdi.
- Ichkariga yuring...
- Mayli. -deya uy ich kirdim. Nonushta qilib o`tirgan ekan dasturxon yozilgan.
- Marxamat o`tring...
Stulga o`tirarkanman, darsturxon chetida, (Asperin) turgani ko`rdim.
- Kim betob?
- Men... Ertalabdan salgina bo`shim og`rigandi...
- Olloh shifo bersin...
- Rahmat. Endi yaxshi!
- Sen uchun hursandman...
- Vooy nega o`tiribsiz? - piyoladagi asalni yoniga surdi, - Asaldan oling... - deya, non bo`laklarini oldimga qo`ydi.
- Doyim nonushtada asal yerkansanda? Shunga o`zing ham, so`zing ham shirin! -dedim, suhbatni ham shirin davon ettirish istagida.
- Hmmm! - iliqqandek, kulumsiradi, - Pochcham, asalari boqadilar...
- Hoynaxoy, ona asalari, ammang bo`lsa ko`rak-a? -dedim, kulib.
- Yana boshladizmi! - yolg`ondan qoshlarini chimirdi, - Qovog`ariday chaqib olisiz-a?
- Go`zalim, men qovog`arimanmi?
- Oq-qora! - ustimdagi yo`l-yo`l sivitirimga ishora qilib kuldi, - Buguncha...
- Unda sen...
- Haaa, men... -yolg`ondan po`pisa, qilganday gavdasini oldinga tashlab, dasturxondagi pichoqni qo`liga oldi, qoshini tez-tez qoqqancha. - Ho`sh men, qanaqa ariman? -dedi.
- Yo`q-yo`q siz arimassiz... - o`zimni po`pisasidan qo`rqandek, ko`rsatdim, - Siz kapalaksiz, farishtanikidek jajji qanotlari bor, o`zi beozor dilkash kapalak. Mening kapalagim...
Qiyosimdan ko`zlari sevinchdan yonib ketdi.
- Eeee! -ko`zlarini qisib, labini qiyshaytirdi, - Bo`meydi!...
- Nega endi?
- Umm, umm! - ko`rsatgich barmog`ini lik-killatdi, -Qovog`ari bilan go`zal kapalak!!! Tabiyat qonuniga to`g`ri kelmaydi, ular bir-birini sevolmidi!...
- Bo`ldi, go`zalim... Unda tabiyat qonuniga moskeladigan, insonligimizcha qolamiz... Murod Madina bo`lib...
- Kelishdik... - birdan allanima yodiga tushgandek o`rnida turdi, - Ha aytgandek...
Borib, yotoq devani chetiga o`tirgancha, sumkasini qo`liga oldi. Ochishga urundiyu, ocholmay g`ulduradi ``Nimmabalo buzilibdi shekili!`` dedi.
O`rnimdan turib yoniga borib o`tirdim.
- Buyoqqa berginchi!
- Ochilmayabdi! - sumkani qo`limga tutqazdi, - O`sha kuni suratlar menda qolib ketibdi...
Bir ikki harakat bilan sumkachasi ilgagini bo`shatib berdi. Ichidan o`sha kungi suratlarni olib, bir-bir ko`z tashlab chiqa boshladi.
- Qarang sifati, zo`r chiqqan!
- Ha... - qo`limga olib, bir-bir qaradim, suratda ham alamzadaligim bilinib qolgan. - Yaxshi chiqmagan, tashlab yubor.. Boshqa safar yangittan tushamiz...
- Nega tashlar ekanman? Bularni hammasini albomga solib, asrab qo`yaman... - suratlarda tikilgancha, bosh barmog`i bilan, suratdagi aksimni siypaladi, - Bular men uchun qadirli... -deya shivirladi.
Qo`limni yelkasidan oshirib, o`zimga tortdim.
- Kechir dilhunligim uchun...
Tanasi bo`shashib, boshini yelkamga oxista suyadi. Peshonasidan o`pib, muhabbatimnilar erkaladim.
- Kechir meni Madinam...
- Shodiya hammasini aytib berdi... Undan ranjimeng...
- Bo`ldi o`tmishni, unatamiz... Nima bo`lsa, ortta qoldi, oldimizda kelajak bor...
- Ha...
Ko`zlarimni yumib, uni qattiqroq o`zimga tortim.
``Kapalakdek beozorim!``
Kelajak haqida shirin orzular hayollarni to`ldira boshladi. Oppoq kelin libosida, beshik quchgan holatda... Har lavhalarda baxtiyor qiyofada gavdalanadi.
Surat qog`ozlarini ishqalanishidan chiqqan ovoz, hayol olamidan hayotga qaytargandek bo`ldi. U o`ziga tegishli to`rtasini ajratib, qolgan to`rtasini asta tizamga qo`ydi.
- Bular sizniki...
- Kerakmas...
- Nimaga? -dedi, boshini ko`tardi. - Meni suratim kerakmasmi? - Yo`q... - ko`zlariga termulib, yuzlarini, sochlarini ohista siypaladim, - Chunki, surating yuragimda bor... Surating kerak bo`lsa, hayollarimdan topib olaveraman. Shuni uchunam, shu kungacha hecham suratingni so`ramaganman, yonimda ham olib yurmayman...
Boshini teparoq ko`tarib, labini ohista yuzimga boshdi. So`ng yanaham qattiqroq suyanib, pichirladi:
- Sizni sevaman...
* * *
Fevral oyi o`rtalari, Shodiya Madina ikkimizni tug`ulgan kuniga taklif qildi. Tug`ulgan kunini uyida noshonladi. Biz bordik, sovgalarni topshirdik yedik, o`yn-kulgu qildik. Shu tariqa vaqit allamahal bo`lganini bilmay qolibmiz. Hamma tarqadi. Madina ikkimiz taksida uyga qaytdik. Bizga shunday tuyuldimi, negadur juda tez uyga yetib keldik. Bu xolat ikkimizga ham uncha yoqamadi. Tez ajralishni istamay do`m tagida suhbatlashib turib qoldik. Madinamni diydoriga to`yolmayabmanu, vaqtlaram esa qastlashgandek juda tez o`tadi. Ko`p turganimizdan, uning badanidan sovuq o`tib, yelkalari bilinar-bilinmas titrayotganini sezdim.
- Sovuqqotdingmi?
- Yo`q...
Qaltirab turubdiyu, ajralgisi kelmay, aldaydi.
- Bor uyinga kiraqo, qara soat ham tungi 1:00 dan oshibdi...
- Darovva? -deya norozilangan bo`ldi.
- Ha. Qara ko`chadan bizdan boshqa hechkim yo`q!
Atrofga olazarak nazar tashlarkan, jilmaygancha yelka qisdi. Negadur shu holati ko`zimga olovdek ko`rinib ketdi. Birlahza o`zimni tutolmay, unga yaqinlashdi. Qip-qizil labiga labim qo`ndirdim. U esa, ko`zlarini qattiq yumib, haykaldek qotib qoldi. Dam o`tmay yuzlari olmadek qizarib ketti.
- B-b-birnchi b-bo`sa... - onasi musqaymoqqa bergan, pulni yo`qotgan qizchadek, ko`zlari jovdirab ketti. - B-b-birnchi bo`sam... -dedi, hayajondan ovozi qaltirab.
Hecham labidan o`pich olmagan edim, shunga biroz dovdirab qoldi.
- Qaytarib beraymi, bo`sangni? -dedim, o`zimni hotirjam tutib.
- Yooo, shunchaki...
- Yoqib ketdiyu, shunchaki deysan!
Bu gaplarimdan sal dadillashdi.
- So`ramizmi oldin? -dedi, o`pkalanib.
- So`rasam o`ptirarmiding?
- Chiqqq! - tilini chiqqillati. - Balki... -dedi, labini kafti bilan to`sib.
- Asalim, bo`sang hozir juda kerak edi. Uyga yetib olgunimcha yo`ldoshim bo`ladi...
- Bo`lmasa jo`nang tezroq, lablarizni cho`zormay...
- Ho`p...
U kirib ketgach, yotoqqa shoshdim. Bo`sa tamidan lablarim yonardi. Vujudimni lazzatbaxsh hislar churmab olgandi. Buni tariflash mushkul.
* * *
Ertalabda eshik taqqiladi. Borib eshikni ochdim. Qarshimda egniga shuba, boshiga telpak kiygan, sovuqdan ikki yuzi qizargan, yuz ko`rinishi Madinaga o`xshash ayol turardi. Bunchalik yaqindan ko`rmaganmanu, ammo Madinani ammasi ekanligi malum. Salomlashib ichkariga taklif qildim.
- Keling marhamat...
Yuzlari jiddiy, jahldorligi ko`rinib turibdi. Ikki qadam tashlab ichkariga kirdiyu, biroz zarda bilan eshigni berkitdi.
- Ismiz nima uka?
- Murod opa... -dedim muloyimlik bilan.
- Madinani ammasi bo`laman...
- Hush kelibsiz!
- Menga qarang uka! Jiyanimni boshini aylantirmang.
- Boshini aylantirmayabman, siz notog`ri tushunmang... Madinaga nisbatan hechqanday yomon niyatim yo`q!..
- Niyati yomon bo`lmagan yigit, yarim tunda qizni oldiga kelib, quchoqlab o`pib olmaydi... - g`azabno tikildi, - Sizni ogohlantirdim uka, keyngi safar boshqacha gaplashamiz...
Aybim bor, yana Madinaga onadek inson. Talashib, tortishib o`tirmadim.
- Ho`p, opa siz nima desayz shu...
- Shunday bo`ladi degan umiddaman! -deya, do`q urdida, chiqib ketdi.
Shoshgancha Madinaga qo`ng`iroq qildim.
- A`loo, Madina!
- Men sizni ogohlantirdim shekili? - telefondan ammasini ovozi keldi, - Qaytib bu raqamga telefon qilmang... -dedi.
``Lanati, endi shu yetmay turuvdi!``
* * *
Ammasi nazoratni oshirdi. Lekin izlagan ikon toparkan, o`tayotgan har kunimizdan rohat olib yashashda davom etdik. Imkon topuldi deguncha, yashrincha uchrashamiz, hiyobonda sayr qilamiz o`ynaymiz, kulamiz. Shu tariqa, yillar ham yeldek o`tib ketdi.
* * *
Inistitutdagi ohirgi o`quv yilim. Dekabir oyi. Yer quruq, osmon bulutli, havoda qor isi musoffolik bor. Inistitutdan chiqib, doyimiy uchrashuv joyimizga shoshaman. Biz uchun qadirdon bo`lib ulgurgan kursimizda Madina o`tirganini ko`rindim. Har safargidek mendan avvalroq kelib ulgurgan.
- Madinam... Kutib qolmadingmi? - yugurib kelganim uchun, nafas olishim tezlashgandi. - Oldinga qanot qoqib uchib keldim... - dedim, nafasimni rozlarkanman, men ham uni yoniga shoshganimni, aytib o`zimni oqlagan buldim.
- Assalom alaykum! -deya salomlashdi shu asnoda sirli kulib, ortiga nimanidur berkitdi.
- Va`alaykum assalom! - ohista burniga bormog`imni teqqazdim, - Madinam, qarashlariz boshqacha? - berkitgan narsasiga ishora qildim.
Kuldi:
- Bu sizga? -dedi, ortiga berkitilgan, narsani olib.
- Oooo! - taxlangan, yomshoq, junli ipdan to`qilgan sharfni ko`rdim, - Rahmat, go`zalim juda mehribonsan...
Epchillik bilan, qo`lidagi sharfni, bo`ynimga tashlab, tomog`im ostida bir aylantirib qo`ydi. O`zi esa, yarim qadam ortga tistarilib, ko`zlarin yarim qisgancha, yoqimli jilmayib qaradi.
- Yarashdimi? -dedim.
- Uumm! Zo`r! - ikkita bosh barmog`ini yuqori, ko`tarib. - Yigitimni o`zi zo`rda! - dedi, o`z so`zlaridan o`zi zavqlanib kulib.
Egnim qalin, yugurib kelganim uchun, isib ketgan edim. Lekin sevgilimni sovg`asi, e`tibori judayam yoqimli edi. Sharfni mamnun qabul qilarkanman. Mainnadorlik bildirish uchun ohista yuzidan silab qo`ydim.
Asta qishning rangsiz, ammo sirli bo`lgan tarovatili og`ushiga singib keta boshladik.
Biroz vaqt aylanib yurganimizdan so`ng asta qo`lini tutdim. Qo`llari sovuqdan muzdek bo`lib ketgandi. Shundan so`ng, yuzlariga usti boshiga bir-bir nazar tashlab yupun kiyingani, vujudida salgina titroq borligini payqadim.
E`tiborsizligimdan, yonida issiq kiyinganim, uni esa o`ylamaganimdan, o`zimni gunohkor his qildim.
Biroz vaqt avval:
- Kafega kiraylik! -deb so`ragandi. Undan: yana biroz aylanishimiz va yana ozroq yolg`iz qolishimizni so`ragan edim. O`zimni o`ylaganim uchun, ko`nglim buzuldim.
- Sovqatib qolibsanku?
Qo`llarini kaftlarim orasiga olib, nafasim bilan isitar ekanman, kiymlariga bir-bir nazar tashladim. Egnida bejirim qora kurtka, fason berib, chiroyga ishlov berilgani uchun cho`ntaklari qo`l solishga noqulay joylashtirilgan. Tizzaga yetar-yetmas yupka kiygan, oyog`ida esa tizzadan pasroq qo`nji balant etik. Lekin etik qo`nji va yupka orasi bir suyam, yupqa to`r paypoq ostidan tizalar bilinib turibdi.
Ko`nglimga nima kelgani tushungndek, hijolat bo`lib etagini pastga tortdi, tabiyki yetib bormadi.
- Chiq, chiq, chiq... Oliftani joni azobda! - dakki berdim, - Nega bu xolda ko`chaga chiqding?
- Kechring... O`zim ham uyatdaman!
- Heee... Sog`lik kerakmi o`zi?
- Kerak!
- Kerak bo`lsa, qalin kiyin ho`p?
- Ho`p...
Bo`ynimdagi sharfni olib, uning bo`yniga o`rab qo`ydim.
- Sovuq kunda qaytib yupun kiyinganingni ko`rmay... Yana kamiga uchrashuv joyiga doyim mendan avval kelvolasan-a?.. Sevganini kutib turish yigitga yarashadi...
Doyim kelishilgan vaqtdan avval uchrashuv joyiga kelib oladi. Uni kuttirganimdan hamisha hijolatda qolaman. Honasi kelganda shuniyam eslatib o`tdim.
- Shoshilamanda! -dedi, hijolati iljayib.
- Shoshilma, aksincha ataylab kechib kel... Menam toqat bilan dildorimni kutayin, har lahzada yo`linga qarab sog`inchdan yuragim orziqsin... Likkillab kellvolib, meni kutish lazzatidan muosvo qilaverma, ho`pmi?
- Ho`p... - qiqirlab kularvordi. - Juda ajoyibsizda!
- Asalim... So`zlarim yoqib ketti-a?
- Vuuy, judayam! -deya qo`llarimni qattiroq siqqancha, sevinib erkalandi.
- Yur, boyaga kafega kiramiz. Qorinni to`qlaymiz, ham isinib olamiz...
Ortga qaytib, hammayeri oynavant kafega kirdik. Oyna yonidagi stolga o`tib, bir bo`lakdan shirinlik va kofe buyurdik. Gaplashib o`tirib, hayolchan narigi stuldagi ikki sevishganga qarab qoldi.
- Ha, nima bo`ldi? Ular tanishingmi? -dedim.
- Ha... O`sha qiz bilan kollejda birga o`qizdik. Sevgan insoniga turmushga chiqibdi...
- Baxti bo`lishsin, bir-birlariga yarashgan juftlik...
- Baxtli bo`lishsin...
Yoqimsiz hotiralar og`ushida qoldi shekili, mahzun bo`lib qoldi. Ko`ngildan o`tayotgan istiroblarini his qildim.
- Yuring, ikkimiz yolg`iz qoladigan joylarga ketaylik...
- Yuraqol...
Kafedan chiqib, kinozalga kirdik. Kamediya kinodan keyin kayfiyatlar ko`tarilib, yana biroz aylandik. Uyga tezroq qaytish uchun taksi to`xtatdim.
``Ehhh, ammajonim, ammajonim!``
Taksida Madinani ammasi o`tirardi. Ikkimiz ham nima qilishni bo`lib qoldik.
- O`tirlaring... - kinoya qildi, - Sevishganlar...
Madina orqa o`rindiqqa, ammasini yoniga, men oldinga o`tirdim.
Taksis yonida indamadi. Madidani uyi yonida taksidan tushdik. Kutilmaganda yuzimga bir tarsaki tushirdi.
- Hiiimm! Amma, bu nima qilganiz? -dedi, Madina.
- O`chir ovozini! -jirkidi ammasi.
Nihoyatda jahlim chiqib ketdi, lekin shaytonga hay berib o`zimda jilmayishga kuch topdim. Shu tabassumim, ammasiga tasir qildi chog`i, holati o`zgardi.
- Kechirasiz... - hijolat tartib, ishiga izoh berdi, - Sizni ogohlantirgandim! -dedi.
- Opa... Madinani yaxshi ko`raman...
- Keyinchi? Keyin nima qilasiz? - bu savolida nimani nazarda tutayotganini tushunmay, qarab turaverdim. - Tarbiyali oylani farzandi bo`lsez kerak?! Nima qilasiz juvonni boshini aylntirib? Boring tengizni toping!
- Ammma unday demang! -dedi, Madina iltijoli yalinib.
- Ahmoq, senga nima deyabman, sen nima qilyabsan?! Keyin o`zing qiynasan...
- Opa, hech qachon unday bo`lmaydi...
- Qo`yin uka, hom hayllarni! Yo`lizdan qolmang... - Madinani jirkib qo`ltig`idan tutib, - Sen bilan uyda gaplashamiz! -dediyu o`zi bilan olib ketdi.
Shu kundan boshlab nazoratni juda kuchaytirib yubordi, deyarli ko`rishishga, telefonlashishga ham imkon yo`q...
* * *
Febral oyi, bohor erta kelayotgandek havo isib qoldi. Shanba kuni qishloqqa ketdim. Dam olish kunlari, akalarimga yordamlashdim. Bozorga yo`lim tushgandi. Yig`ib qo`ygan pullarimni qorabozorda dollarga alishtirib oldim.
Inistitutga kirganimdan boshlab pul yeg`ishni boshlagan edim. Har uyga kelganimda, ``O`g`lim o`qishda!`` deb oyim pul berardilar. Bundan tashqari akalarim pul beradi. Yangam esa, bir haftalik oziq-ovqatimni sumkaga solib, berib yuborardi. Hech ortiqcha pulga ehtiyojim bo`lmasdi. Stependiyam esa, mayda harajatlarga yetib ortardi. Keyin akalarim topgan, oyim pensiyasidan bergan pullarni bekorga ishlatib yuborishga vijdonim yo`l qo`ymasdi. Bir mo`ljalga yetganda, 100 dollarga alishtirib tashlab qo`yaverardim. Bular orasida tatilda ishlab topgan pullarim, ham anchagina edi. Shuncha yillar davonida hisob-kitobim bo`yicha 23, 24 dona yig`ilib qolgandi. Allbatta bu pullarni yaxshi niyatda, inistitutni tomomlagach yaxshi bir ishni boshlab, uydagillarni hayron qoldirish maqsadida jamg`arib borardim.
Kechqurin xonamga kirdim. Tokchamda dadam rahmatlida qolgan katta patipon turardi. Bu patipon, mana necha yildirki men uchun pul jamg`arib boradigan sevf vazifani o`tab berayotgan edi. 100 kuperolikni patipon tirqichidan solib qo`ydim-u, negadur sanog`idan adashganim tinchlik bermadi.
Ko`ngilda sanab anig`ini bilib qo`yish istagi tug`uldi. Atverkani olib, patiponni orqa qopqog`ini ochdim.
``Voy meni boyliklarim!``
Dollorlar chang bosib o`rganchak, uyalarga yopishib yotibdi. Huddi boylik topgan insondek sevinib, hammasi oldib sanay boshladim.
``Yooo huduoyim!``
Bugungisini qo`shib hisoblasam, naq 32 dona yig`ibman. Katta pulni ko`rdimu, qonim aynib qoldi. Hayolimga boshqa-boshqa rejalar kelib pullarni joyiga qaytib qo`ymadim...
* * *
TOPGANIM VA YO`QOTGANLARIM...
2010 yil, 1 Mart Dushanba...
Bu kunga juda uzoq tayorlandim. O`zimiz uchun qadirli maskanda. Hiyobondagi qadirdon kursudam. Necha kundurki Madina bilan ko`rishmadik, Shodiya orqali unga xabar yuborganman. Ha deganda kelavermaydi. Yo`ldan ko`zimni uzmayman. Hayolan u bilan suhbat quraman.
`` Madinam, shu kungacha ko`p o`ylaganman. Sendagi qaysi joziba meni maftun etgan, bilmayman. Balkim yonib turgan jayron ko`zlaring. Ehtimol chiroyli jilmayishing, yoki yuzlaringga naqsh solgan hayo chizgilari! Bilganim shu sendagi jamiyki borliq meni asir aylagan. Yuragimga quloq tutaman, betinim seni ismingni takrorlab urayotgan yuragimda muhabbatning navosi jarang sochadi. Oromimni o`g`irlagan kapalagim. Qodir Hudoyimdan yolvorib, senga erishmoqlikni so`radim. Bugun, bugun sendan birgina so`zni aytishingni so`rayman. Hayollarimni band etgan, gul yuzli farishtam. Sen bugun o`sha so`zni ayt, birgina so`z ROZIMAN degin!.. ``
Qo`limdagi alvon rangli qutichani, avaylab tomosha qilaman. Birdan u hiyobon boshidagi yo`lakda ko`rindi.
``Yuragimning malikasi, mening erka gulim, Madinam!``
Egnida havorang, etagi uzun ko`ylak. Sochlari silliq taralib, orqaga tashlab olgan. Bahor havosi tasir etganmi, lablarida bahoriy chiroy yashnagan, ranglari yanada oydin, o`zi yanda yosh, chiroyli bo`lib ketgan.
- Assalom alaykum!
- Va`alaykum assalom... Bahorni o`zi bilan olib kelgan, bahoroydek latofatli, go`zalsan Madinam!
- Rahmat...
- Kel azizam shu kursida o`tiraylik...
- Ho`p...
Kursiga o`tirdik.
- O`tgan ku-u-u...
- Jimmm! - nimadur demoqchi edi, labiga barmog`imni qo`yib to`xtatdim, - Chin oshiqlar, so`zsiz bir-birlarini ishora, birgina ko`z qarashi bilan ham tushuna olishar ekan! Bizham biroz jim o`tiraylik...
Kulib, boshini sarak-sarak qildi. Nigohlarimga dosh bo`rolmay, ko`zlarini u yoq, bu yoqqa olib qochishi, jimgina kulib turishi. Bunday onda, u benihoya latofatli bo`lib ketadi. Menga asli shular kerak, men aynan shu qiyofasini qalbimga muhirlab olmoqchi edim.
- Madinam, senga necha bor sevaman deb aytganman!
- Bilmadim, sanamagan ekanman...
- Aslida hech qancha, shu yillar davomida nari borsa 10, 15 marta-a?
Hayron bo`lib, qarab yelka qisdi.
- Balkim...
- Bu so`zlarni senga har kun, har sonya aytgim keladi. Lekin, menga yuragimdagi bu so`zlar