MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (X- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi
I -
II -
III -
IV -
V -
VI -
VII -
VIII -
IX - Qismlar...
X - Qism...
Oz fursat, ko`zlarida hayrat uchquni yonib, menga tikilgan qizni, dam o`tmay nigohlaridagi chog` so`ndi. Yuzini samimiy tabassum egalladi.
- Salom...
- Salom!
- Meni ismim Shodiya... -deya qo`llarini uzatdi.
- Meni ismim Murod, - ohista qo`lini siqdim, - Sizni taniyman... -dedim.
- Qayoqdan taniysiz? -ko`zlari yonib so`radi.
- Adabiyot fakulteti faxri bo`lgan qizni, kim ham tanimaydi?
Kuldi:
- Tanishganimdan, mamnunman... -deb qo`limni havoda bir siltab, qo`ydi.
Qizdagi chiroy, shu bilan birga dadillik biroz cho`chitadi. Lekin o`zimni hotirjam tutushga harakat qilaman.
- Men ham hursandman!
- Biroz vaqtiz bo`lsa gaplashib olardik?
To`g`risi kutulmagan taklifga nima deb javob qaytarishni bilmay qoldim. U esa javob kutgandek, sho`xchan tabassum bilan nigohlarini uzmasdi.
- Mayli. -dedim.
- Uchunchi paradan so`ng, yo`lni u yuzidagi kafeda o`tirsak nima deysiz? -dedi, o`zi joy tanlab.
- Ho`p...
- Bo`lmasa hali ko`rishamiz. -dedida, narida turgan dugonalariga qo`shilib darsiga kirib ketdi.
Hayron qoldim to`g`risi. Menda qanday gapi bo`lishi mumkun?! Darslar tugashini kutdim. Uchunchi paradan so`ng, aytilgan joyga borib kuta boshladim. U inistitut hovlisida ko`rindi. Ikki dunonasi orasida kelarkan, nazarimda menga qiyo ham boqmay o`tib ketadigandek tuyulardi. Biroq kafega yaqin kelganda dugonalaridan ajrab men tomonga yurdi. Jilmaygancha yaqinlashar ekan, qaytadan salomlashdi.
- Kuttirib qo`yganim uchun uzur...
- Hechqisi yo`q. -dedim, ichkariga yo`l ko`rsatib.
Stolga o`tirib, bir finjondan qahva va shirinlik buyurdik. O`zi indamagani uchun, men ham jim o`tirmay deb u-yoq-bu yoqdan gapirgan, hol-ahvolini so`ragan bo`ldim.
- Gapim bor degandiz? -dedim, salgina gaplar bilan qizishib olganimizdan so`ng.
- Ha... Yaqinda bilimdonlar bellashuvi bo`ladi. Siz ham meni jomoamda bo`lsayz degandim...
Judayam kutulmagan taklif bo`ldi. Keyin, odatda bunday narsalar e`lon qilinardi!
- Hayronman, bu taklifizdan!..
- Yo`q denang.
O`tkir nigohlari ko`p o`ylashimga yo`l qo`ymadi.
- Maylikuya... Lekin mendan ham bilimli talabar ko`pku? Nega aynan men?!
- O`zizga ishonmaysizmi?
- Ishonaman... Biroq, avval bunday tadbirlarda qatnashmaganman. Pant berib qo`yamasaydim!
- Hovotir olmang... Bir-birimizni to`ldirib turamiz. Agar ho`p desayz ikkimiz ertadan tayorgarlikni boshlaymiz...
Biroz o`ylab ko`rdim: bilimimga ishonaman. Balki tayorgarlikdan so`ng, yanaham sayqallanar. Har qalay, o`zimni ko`rsatishga, bekorga inistitutda yurmaganimni bilib olishimga imkonyat.
- Roziman... -dedim, o`zimdagi maylga qarshi chiqmay.
- Bir oy vaqtimiz bor. Avvalgi jomam bilan qatnashamiz. Hozircha ular o`zlari tayorlanishadi. Biz ikkimiz esa ertadan, kutboxona, birga tayorlanamiz, rozimisiz?
- Albatta...
Shundan so`ng suhbatimiz uzoq cho`zilmadi.
* * *
Tun bostirib kela boshladi. Yaxshiyam tun bora. Inson kechasi o`zi bilan o`zi dardlashgani vaqt topadi. Yuragiga quloq tutadi, o`tqazgan kuni tahlil qiladi. Kiravatimda yotgancha, o`yga tolaman. Kafedagi uchrashuv ko`z oldimdan ketmaydi. Qizdagi shahtni, ishonchi ko`rib, rozilik berib yubordim. Ammo ishonchini oqlay olarmikinman, deya cho`chiman?!
Hayollarimni bo`lib telefon jiringladi.
``Dilkashim o`zimni?``
Doyimgidek, muhtoj paytim hozir bo`ladi.
-``Esitaman asalim!`` -deya telefonni qulog`imga tutdim.
Sarvar boshini ko`tarib qaradi. Nazarimda Madinamni, ``asalim!`` deya erkalaganimni eshitib boshqacha tushundi.
- Yotaverin, sizni Asaliz emas, bu meni asalim... -dedim, pichirlagancha izoh berib. Shu bilan uni oldiga gaplashishni istamay, oyog`imga shippagimni kishib karidorga chiqdi. Karidorda eho borligi yoqmay, ko`cha tomonga yurdim. Chiqasolib, taxta o`rindiqqa o`tirdim.
- ``Bezovta qildimmi?`` -dedi, hijolatli erka ohangda.
- ``Aslo...`` - qo`shib qo`ydi, - ``Har daqiqa shunday bezovta qilsang ham mayliga!``
- ``Unda sizni, o`qishdan chalg`itib qo`ymanda. Bunday qilishim, sizga yomonlik tilaganim barobar!..``
- ``O`zimni a`qilligim...``
U meni hamisha, hayratga soladi. Tushuna olishi, meni manfatimni o`zinikidan ustin qo`yishi! Sevgilimni so`zlaridan to`lqinlanib, o`rindiqqa yotib oldim. Osmon shu qadar tiniqki, milyardlarb yulduzlar sochilib, ajib bir manzarani ko`rish mumkun.
- ``Oh, Madinam! Derazadan tashqariga bir qaragina. Falakni naqadar go`zalligini ko`rasan!``
Kuldi:
- ``O`zim ham tashqarida o`tiribman!``
- ``Nega?``
- ``Uyda mehmonim bor, siz bilgan yolg`iz qolgim kelgandi! Aaa, o`zizchi?``
- ``Bilasanu, chin oshiqlarning istagi, doyim bir hil bo`ladi! Men ham sen bilan yolg`iz qolishni istagandim. Qaragina qanday mazara, bir osmon ostida, huddi yonimda o`tirgandeksan!``
- ``Chunki, hayolim, yuragim hamisha sizni bilan-ku?`` -dedi, ehtiros bilan shivirlab.
Uning so`zlaridan vujudimni, ajib bir hissiyot churmab oldi. Ayni damda bu olamda mendanda baxtiyor, yigit bo`lmasa kerak.
- ``Ollohga shukur, go`zalim boringa shukur!``
- ``Borizga shukur...``
O`z hislarimizdan o`zimiz masrur, sassiz skunat ichida qoldik. Ko`zlarimni yulduzli osmondan uzmayman. Yulduzlardan Madinamning chehrasini chizishga urunaman. Oshiq uchun, yoqimli laxzalardan biri, osmonni to`ldirib turgan yulduzli tun og`ushiga singib ketish bo`lsa kerak! Aslida ko`plab shiqlar ko`ngliga sirdosh bo`lgan ham, mana shu cheksiz osmon, sanoqsiz yulduzlar.
- ``Azizam seni yaxshi ko`raman...`` - hislarimni izhor qilaman.
- ``Men esa sizdan ham ko`proq...`` -pichirladi, - ``Baxslashib ovora bo`lmang, barbir menga teng kololmaysiz?``
Bu tuyg`ularini shu qadar nazokat, ishonch bilan so`yladiki, uning so`zlari shaksiz ishondim.
- ``Bilaman, azizam...``
Tez yengilganimdan, ishq bobida undan keyinda turishimni tan olganimdan, uning zavqi oshib kuladi.
- ``Bugun nimalar qilding?`` -dedi, doyimiy savoli bilan, uni suxbatga chorlab.
- ``Bilasizu, har kungidek salonda bo`ldim...`` - biroz erkalanib, araz qildi, - ``Ertalab ko`rishdikku! Huddi bir yil ko`rmagandek, har gal: bugun nima qilding? deb so`raysiz-a?``
Uning huddi shunday javobini kutgandim. Menga uni erkalanib, araz qilgandagi, ovozi mayinlashib ketishi yoqadi. Bundan quvonaman, huzurlanaman, kulaman.
- ``Qiziqda...`` - ``Kulmen! Undan ko`ra o`ziz nimalar qilginiz haqizda gapring?``
- ``Kun bo`yi, o`qishda bo`ldim. Charchab kelganim yetmagandek, ayni chog`da, sevgilimni ko`nglini hushlayabman!`` - deya kuldim. Shu payt kafedagi uchrashuv yodimga tushdi. - ``Madina... Bugun menga bir taklif aytishdi.``
- ``Qanday?``
- ``Bilimlar bellashuvida qatnashish!``
- ``Siz nima dediz?``
- ``Ha, dedim. Biroq ikkilanib turubman!``
- ``Yo`q, ikkilanmeng. Siz albatta qatnashing,`` - dedi, undab, - ``Men sizga ishonaman...``
Uning daldasi, nechundur o`zimga bo`lgan ishonchni oshirdi. Endi teran his etdim, men buni uddalayman.
- ``Gap yo`q, sen ayting endiyam qatnashaman!``
Suhbatni ozgin hazil bilan yanada qizitishni istadim. Shu tariqa biroz, ishq-muhabbatdan chetlashib, hazil-huzul bilan kayfiyatni hushlab oldik. Shudring tushib, yelkalarimga sovuq urgandek etim jun-jukdi.
- ``Madina.``
- ``Labbay!``
- ``Haliyam tasharidamisan?``
- ``Ha!``
- ``Sovuqatib qolmadingmi?``
- ``Salgina!``
- ``Boraqol, uyga kir. Qolgani ertaga gaplashamiz!``
- ``Ho`p, yaxshi dam olin.``
- ``Hayrli tun...``
* * *
Bilimlar bellashuvi! Bu haqida oz-moz bilar edim. Inistitutdagi bir, domla tashkil qilgan. Bahis huddi, Zakovat intelektuval o`yinidagidek bo`ladi. Faqat ikki, uchta jamola bir vaqtda bellashadi. Shu bilan savollar soni bir muncha ko`proq, ham savollarni yarmi, talabalarga o`tilgan dasliklar asosida tuzuladi. Ochig`i shu chog`gacha o`zim kirib ko`rmaganman.
Hullas Shodiya bilan kelishganimizdek, darslardan so`ng kutubxonada kitob vaqolab tayorlana boshladik.
Shodiya turliy darliklarni yonimga qo`yadida, savol beradi, men esa o`sha kitoblar ichidan javob qidirishim kerak edi. To`g`risini tan oladigan bo`lsan, g`ir bo`lmagan ish ekan. Ikk, uch kun o`tib ketgan bo`lsada, biror nima o`rgandim deya olmasdim. Shodiya shu qadar, qiziquvchanlik bilan savol ketidan savol yog`diradi. Bu savollar bilimni oshirish uchun bo`lsa maylikuya! Lekin yarmidan ko`p savoli shaxsiy masalada. Keyin bu tayorgarlikka ham o`xshamasdi, nuqul pichirlashib, kulushib gaplashib o`tirardik.
Kun davomida bir necha bor ko`rishar edik. U bilan doyim gaplashib, kulishib turishimiz, e`teborni torta boshladi. Bazi yigitlar ko`zida hasad, barilarda havas, qizlarda esa ma`noli pichir-pichirlar. Bu kabi munosabatlar meni tashvishga sola boshladi. Shodiya esa aksincha bunga moyillik bildirgandek jilmayib qo`yaqolar edi.
``Nahot meni, yaxshi ko`rib qoldi?``
Ishongim kelmaydi, a`qilli o`zini tutib olgan qizda, shunga kulib qo`ysa kerak deyman. Ammo o`zini yaqin tutishidan, ikkilanib qolaman. Ko`zlariga qarashga harakat qilaman. Lekin unda sevgini uchquni ko`rinmaydi. Huddi hislarin pinhon tutayotgandek!
Madinamni birgina nigohida muhabbatning bor olovi ko`rinadi. Shodiya esa, boshqacha qiz! O`zimcha ikkiovini taqqoslayman. Balki qizlarning tuyg`ulari ham har-hil bo`lar?
Umid qilib qolaman-ki, bu yaqinligimizdan hech qanday uchqun chiqmaydi! O`zimni esa shu gaplarga ishontirishga, harakat qilaman...
Shanba kuni, o`qishdan chiqgach, Shodiya bilan kafeda uzoq gaplashib o`tirdik. O`zini har safargidan juda boshqacha tutdi. Allanechuk kamgap, o`zim gapirmasam, u inday o`tiraverardi. Keyin: dushanba kuni ko`rishasha kelishib tarqaldik.
Qishloqa borib, uydagilarni ko`rib kelishni maqsad qilganim uchun, yo`l-yo`lakay Madina bilan hayrlashib oldim. Yotoqxonani Sarvarga topshirdimu, qishloqqa jo`nadim.
Taksida ketarkanman, nohos kastumim cho`ntagiga qo`limni soldim. Allanday qog`oz qo`limga ilindi. Ammo taksis bilan gaplashib ketayotganim boyis, qog`ozni ochib qaramandim. Qishloqqa yetib keldim. Uydagilarni sog`inganman, yonlarida bo`lishni istadim. Qo`ldan kelgancha bazi yumushlarga qarashdim. Hash-pash deguncha qosh qoraydi. Kechki ovqatdan so`ng, daydib jo`ralarimni yo`qlab kelish maqsadida ko`chaga chiqib ketdim. Jo`ralar bilan ko`rishib, ko`ngil yozib uyga qaytar ekanman, yo`l-yo`lakay Madinam bilan telefonlashib, suhbatlashib olishgayam ulgurdim. Uyga kelgach Madina bilan g`oyibona diydor onimizga nuqta qo`yib, hayrlashdik.
So`ng, oyim oldiga kirib u bilan biroz o`tiribdim, o`qishlarim, shaxardagi hayot haqida hisobat berdim. Keyin o`z xonamga qaytib chiqdim. Doyimgidek avval radroni qulog`ini buradim. O`qishdan kelgan chog`im, usti-boshimni kiravat ustida qoldirgan edim. Yotishdan avval kastumimni olib shikafga joylarkanman, taksida ko`rgan qog`ozim yodimga tushdi. Cho`ntagimdan qog`izni olib yoydim. Bir ko`z yugurtirib chiqdimu, bu sevgi maktubi ekanligini bilib, karaht bir holatda, kiravatga o`tirib qoldim.
``Qanaqasiga? Ahir bo`lishi mumkunmas!``
Ko`zlarimga ishonmay qayta o`qib chiqa boshladim.
`` Men uchun aziz insonga...
Qalbimdagi sof tuyg`ular ila sizga bu maktubni yozmoqlik, siz bilan muhabbatning shirin hayollarida diydorlashmoqlik uchun qo`limga qalam oldim.
O`tinaman, meni hayosizlakda ayiblamang!
Sizni ilk ko`rgan chog`im, qalbimga sevgi atalmish tuyg`u tashrif buyurgani, uning beqiyos go`zalligini tuydim. Ishqdan devona qizning, mana o`sha kundurki, qalbli qiynoqda!..
Sizga g`alati tuyular, biroq ishqning dardi yoqimli, ham og`riqli bo`lar ekan. Buning esa hach qanday davosi yo`q... Qancha izlamay davosini topolmayabman... O`sh kundurki, ishqim sabab o`zligimni yo`qotib qo`ydim. Go`yo ichimda o`zga inson yashayotgandek. U har lahza siz tomon talpinadi.
Ayting endi bu qiz nima qilsin?..
Yig`laymi yoki kulaymi?..
O`zimni, o`zim taniy olmayabman. Tunlari halovatimni yo`qotib qo`yganman. Sirdoshim shu tun, dardkashim shu tun, istagim tun. Chunki tundagina, uyg`oq yuragim ila yolg`iz qolaman, hayol suraman. Hayollarimda shirin orzularim ro`yobini ko`raman. Ammo... Ammo bularning barchasi mening hayollarim ekaning tushunganimda, umidsizlikka tushub qolaman...
Yolvoraman, sevgisini pinhon tutolmay qo`liga qalam olgan, ojizani aybga buyurmang...
SHODIYA. ``
Qo`limdagi maktubni qayta-qayta o`qib chiqaman. Ko`z oldimdan esa Madina ketmaydi...
Ha Shodiya be`boxo qiz, uni tengi yo`q! Biroq men uchun qalbimda birgina o`rib bor, uni ham allaqachon Madinam uchun tortiq etganman. Madinam! U bor yurakda bo`shqasiga mutloqa joy yo`q...
Biroq Shodiyani o`ylab ko`zimga uyqu kelmaydi. Chindan muhabbat hechkimga shavqat qilmas ekan! Shodiyadek qiz ishq domiga ilinib, sevgisini oshkor etishga o`zida kuch topibdi!..
Qiz bola bo`laturib birinchi bo`lib dil izhorini ayta olish uchun, unga qanchalik ulkan jasorat bo`lishi kerak?!
Tasavvur qilish juda mushkul! Yuragimni bir istirob tinmay qiynoqqa soladi. O`ylaveraman, o`ylayveraman ammo o`yimga yetolmayman. Ahir u qizga qanday aytaman, boshqasini sevishimni?!
Mayli bir ilojini topib, aytdim ham deylik, biroq shunday qiz, sevgisi rat etilgani bilib qay ahvolga tusharkin?!
Dam olish kunim qanday o`tgani o`zimga ayon. Adog`i yo`q savollaru, ularga javob izlab mijja qoqmadim.
Dushanba kuni odatdagidan kechroq shaharga jo`nadim. Yotoqqa kelgach, Sarvarni qistoviga ham qaramay o`qishga bormadim. Lekin sababsiz dars qoldirish mumkun emas. Ilojsiz hafsalasizlik bilan ikkinchi paraga borish uchun taraddutlandim.
Eshikni qulflayotgan paytim, telefonim jiringladi.
- ``Eshitaman, Madinam!``
- ``Yaxshi yetib kevoldizmi?``
- ``Ha keldim!``
- ``Ertalab kutdim, nega kelmadiz?``
- ``O`zim yaqindagina keldim. O`qishga ham ikkinch paraga ketayabman.``
- ``Hmmm... Bugun ammamni boshqa ishlari ber ekan, salonga kelmadilar!..``
- ``Nihoyat erkinlikka chiqibsanda?`` -uchrashishimizga imkon topilganidan hursand bo`ldim, - ``Buni nishonlamasak bo`lmaydi!..``
- ``Boring eeee! Nima men qamoqdan chiqdimmi?`` -dedi.
- ``Bir o`xshatishda, Madinam... Undan ko`ra qayerga olib boray shundan gapir?``
- ``Bilmasammm...``
- ``Soat 15:00 da, saloningni berkit. Ko`ngil yozib, ikkimiz mazza qilb bog`ni aylnaib kelamiz, rozimisan?``
Kuldi:
- ``Hmmm. Kutaman!``
* * *
Inistitutga borgach, Shodiyani bir-ikki bor ko`rdim, biroq unga yuzlanishdan o`zimni tortib turdim. Darslar tugagach, uni zaindan tushaverishda dugonalari davrasida ko`rdim. Meni ko`rib o`ziga chorlar ekan, dugonalari orasidan chiqib men tomon yaqinlashdi. Hech narsa bo`lmagandek odattagidek salomlashdi.
- Salom...
- Salom, qalaysiz Shodiya?
- Yaxshi... - chehrasi doyimgidek sho`xchan, tabassumi o`ynoqi, unda hech qanday, sevgidan kuyayotgan qiz alomatlari ko`rinmaydi. - O`qidizmi yangi yozgan maqolam matbuotda chop etildi? -dedi, suyunchilab.
- Yo`q, hali ulgurmadim... -dedim, biroz hijolat tortib.
U shoshgancha, sumkachasidan planshetini olib, o`sha maqola nusxasini menga ko`rsata va uning mazmuni tushuntira boshladi. Shu bilan birga, asta qadam tashlagancha kutubxona tomon yura boshladi. Uning hech bir so`zi qulog`imga kirmasdi. Butun hayolimni u yozgan maktubdagi hissiyotlarga limmo-lim jumlar egallab olgandi. Qachondur uchallamiz ham o`tta kuymasligimiz uchun, hammasini issig`ida shu bugunoq hal qilish haqida o`ylardim. Lekin bu ishni Shodiyani yuragini sindirmagan holda, qanday uddalashni bilmasdim...
Kutubxona eshigiga yaqinlashganda to`xtadim. Keng zalning u boshi gaplashib olish uchun xoliroq joy bo`lib ko`rindi. Asta o`sha tomon yurdim, o`z-o`zidan Shodiya ham. Burchakdagi deraza qarshisada to`xtadik. Shodiya hamon, yozgan maqolasining ma`nosi, maqsadi haqida bayon qilardi. U har jumlani, o`ziga bo`lgan ishonch, ozgincha ehtiros bilan, hattoki andak asibiylik bilan tushuntirardi. Gapirayotganida goh-goh jilmayib qo`yar, ozgin qonsiz yuzi banogoh yorishar, porloq, ma`nodor ko`zlarida ilohiy bir o`t lovullardi. Lekin bu nigohlar menga yaxshi tanish muhabbatdan emas, o`z yutug`i, o`z faxridan yorishganini ilg`ash qiyin emasdi. Hatto berilib ketganidan, uning so`zlari zarrcha eshitmayganimni payqamasdi.
- Shodiya! -deya uning so`zlarini bo`ldim.
- Ha!
- Men sizni jamoayzda qatnashmayman. Umuman bilimlar bo`llashuda bo`lmayman...
- Nega? -dedi, bunga zarracha parvo qilmagandek jilmayib.
- O`zim shu qarorga keldim...
U yelka qisib qo`ydida planshetini sumkasiga sola boshladi. Bu orada men ham uning maktubini cho`ntagimdan olib, unga uzatdim.
- Shodiya, adashmasan bu sizniki. Menimcha yanglishib meni cho`ntagimga tushib qolgan... Yaxshiyam sevgan qizim ko`rib qolmadi... - buni hazilomuz tushuntirmoqchi edim, biroq notog`ri tushunishi mumkunligini o`ylab to`g`risini aytdim. - Hafa bo`lmang, mendek g`azib sizga munosib emas. Sizni yoningizda chinakam shaxzodalar tursa yarashadi... Meni sevganim bor. Uni juda yaxshi ko`raman... -dedim.
- Yanglishib emas... - u shum qizlardek, zavqini yashirmay kuldi, - Ataylab...
- Bu hazil edimi? -dedim, uni tushunib, tushunmay.
- Ha, hazil...
Kimnidur chuv tushurgan sho`xchan, boladek labini to`sgancha kulardi. Avvaliga bu holat menga ham kulguli tuyuldi. Balki shunday hazil qilish, jamoamiz odati bo`lsa kerak deb o`yladim ham.
- Sinov... - bir muddat o`tib, xatni maydalab yirtarkan, o`z ishiga izoh berdi. - O`tgan hafta nogoh shovqindan uyg`onib ketdim. Derazadan qarasa siz bir qiz bilan turgan ediz...
Qayerda qiz bilan turganim haqida o`ylay boshladim. Keyin esimga tushdi, Madina bilan tongda ko`rishganim. O`shanda uyda mehmonlarim, dugonam, jiyanim bor degandi.
Undan chiqdi Madinani dugonasi Shodiya ekanda?..
Yodimga tushdi bir gal ammasiga tomosha ko`rsatib, telefonda ``Shodiya`` degan edi. Madinani dugonasi va men bilgan Shodiyaning, bir qiz bo`lib chiqishi. Hatto tasavurimning bir chetiga ham kelmagandi.
- Sinabsizlarda?
- Ha, sinovdan o`tdiz... -dedi, o`z ishidan fahir tuygandek sho`x jilmayib.
``Demak sinashibdilarda? Sevgimni sinashdi!``
Chap ko`ksimda og`irlik his qildim. So`ng yuragim ostidadan sovuqlik butan tanam bo`ylab yoyila boshladi. Alam, nafrat, ho`rlik barchasi bir lahzada vujudimni egallab oldi.
Ko`z oldimdam, Madinani turli holatlardagi yuz ifodalar bir-bir o`ta boshladi.
``Nahot sevgimni chinligiga ishonmadi?``
Ikki dugona bir bo`lib muhabbatimni boshqa bir yong`on sevgi bilan sinashgani, juda alam qilardi! Nahot shufqa qilgan, nohot ishonmagan!
Men doyim o`z muhabbatimga ilohiy tuyg`u deb qsrab, uni eng aziz tuyg`u sifati qadirlardim. Sinovga muhtoj bo`ladi deb bir lahza ham o`ylmasdim.
``Sinadingmi? Madinam...``
Yomon og`rir ekan. Shu chog`ga qadar bunchalar azob va og`riqqa duchor bo`lmagan edim. Nahotki insonni tig`siz, jarohatsiz azoblash mumkun bo`lsa. Yana eng nozik a`zoying yurakdan-a?
``Sinovingdan o`tqazib ko`ribsan, demak mendek borlig`ing bilan sevmas ekansan!!!``
Juda alam qilgani. Sevgimni ko`ra olmagani. Ahar men borimni berib sevdim, o`zimdan ham qizg`andim. Qancha fursatlar bo`lgan bo`lmasan jismiga hisonat qilmadim, hech qachon yomon ko`ngilda unga qo`l cho`zmadim. Ahir chin sevgi shu emasmi?
Chap yuzimda o`rmalab tushayotgan, bir dona tomchi, o`zimga keltirdi. Shundagina qarshimda o`z ishidan hijolat boqib turgan qizga ko`zim tushdi.
Qalbimni bosgan alam o`rnini nafrat egalladi.
``Shodiya!``
Men unga juda yuqori boxo beribman. O`zganing tuyg`usini sinash uchun, tasircham maktublar bita olishga qodir istedodiga ming lanat!
Bir necha kun, tomosha qo`yishga yetgan sabrlarga lanat!
Makkoraning yolg`on maktubiga shunchalar ishondimki! Uni avaylab, qalbini sindirb qo`yishm mumkunligini o`ylab, tunlarimni uyqusiz o`tqazibman!!!
Hozir qarshimda inistitut faxri bo`lgan qizni emas. Chiroyli, miyyasi o`rnida kampuyter o`rnatilgan ammo yuraksiz qo`g`irchoq bir qizni ko`rardim.
- Bu... Bu shunchaki, - endi o`z ishidan uyaldi chog`i bosini egib oldi. - Men shunchaki... - so`z topolmaganidan, shunchakidan nariga o`tolmay qoldi.
- Seni ko`risni istamayman... Iloji bo`lsa dugonangga ham ayt, sevganingni boplab o`ynatdim, lekin sinovdan o`tmadi degin!
- Ja-a-ahli-i-iz chi-i-iqma-a-asin... - pichirlab, ovozi