MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XI- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi
I -
II -
III -
IV -
V -
VI -
VII -
VIII -
IX -
X - Qismlar...
XI - Qism...
Boshimni ko`targanimda Shodiya, yo`lok ohiriga yetib, endigia zina tomonga burilayotgan edi.
Ko`zim uning oppoq kaftasi, yelkasini o`ynayotgan sochlari va qo`llarida omonat ilinib turgan sumkasi ko`rdi.
``Yaramas qiz!``
Kutubxona eshigi oldida, bizni kuzatib turgan, yuqori kursda o`qiydigan ikkita qiz borligini ko`rdim.
- Tomosha yoqdimi? -dedim, zarda bilan. Ularga ham g`azabimdan bir uchqun sachratib.
- Ahmoq...
Biri bo`sh kelmay, haqoratladi, ikkinchi unisin qo`lidan tutib kutubxonaga olib kirib ketdi.
Barchasiga qo`l siltab qo`yar ekanman, bo`ynimga sirmoq bo`lib turgan, bo`yinbog`dan halos bo`lishga shoshdim...
* * *
Uyga qaytar qaytar chog`da na Madina, na Shodiya haqida o`yladim. Yagona istagim bu savdolardan og`ribyotgan boshim, uyqusizlakdan achishayotgan ko`zdim edi! Tezroq yotog`imga yetib olsamu, uhquga yotsam.
Miyamda shu kabi fikr o`rnab qolgandi, hozir bir tiniqib olsam, uyg`onganimda bachasi hotiramdan o`chib ketadi. Tana azolarim ham hammasidan toliqishgan, uyqu humoridan, hatto qovoqlarim har daqiqada vazninlashib borishardi.
Yotoqqa kelganimda, Sarvar dasturxon yozib, o`zi esa kiravatda telefon o`ynab yotgan edi.
- Nima bo`ldi? Itday kaltaklash odam o`xshaysan basharangdan! -dedi.
- O`zizni basharangiz ham qolishmaydi, tirish ketibdi...
- Qanaqasan-aaaa o`z! Non opkelmabsan-u? -dedi zara bilan. - Bugun kimni navbati edi?
- Meniki... - yana pastga tushib chiqishimni o`ylab, achchiqlandim, - Ha, Sarvar aka, hamma narsani taroziga solib tenglashtirib turasiz-a?
- Hisobli do`st ayrilmas. -kulgancha qo`llarini ikki tomonga keng yoydi, - Chapqillab borib kemasang bo`lmaydi. Mana pul... Ha, pulni seni qutichangdan oldim...
Bir-birimiz ishonganimiz sabab, pullarimzni qatta turishini bilamiz.
- Qani endi hisob do`st aqidasi? Kelishganmiz-ku, har narsa o`rta deb? -dedim.
- Ro`yxatga qoralab qo`yaman...
Pullarini tejab ishlatmagani boyis, cho`ntagi tez-tez bo`shab qoladi. Lekin juda halol, pul olsa tiyinigacha qaytaradi.
Sarvarga jahil qilgan bo`ldim, ammo pulni olib nonga borib keldim...
Muhabbatiyu, boshqasi hammasi o`z yo`liga, shu kundan boshlab faqat o`z g`amim haqida o`ylashga qaror qildim. Yaxshilab qorinni to`qlab, o`ringa yotdim. Boshim yostiqqa tegdiyu ko`zim ilindi.
Bir vaqt Sarvarning turtkilashidan uyg`onib ketdim.
- Murod, telefonga qara...
- Qani o`zi? -dedim, telefonimni izlab.
- Mana ol, boyadan beri ``ting-ting`` lab yotibdi... - Sarvar telefonimni qo`limga turardi, - Bir qiz seni so`rayabdi...
Telefonga qarasam, Sarvar allaqachon ko`k tugmani bosib ko`tarib qo`ygan ekan.
- ``A`looo!``
- ``Kutaverib, sarg`azib kettim-u, kelasizmi o`zi?``
- ``Nimaga?`` -dedim, dag`allik bilan.
- ``Soat 15:00 uchrashmoqchi edikku! Mana 15:30 bo`lyabdi, qachon kelasiz?`` -dedi, ozgincha araz, jindekkin erkalik bilan.
Shodiya bo`lgan voqeani hali beri aytmagan ko`rinadi. Hozir unga nima deyishga boshim qotti. Undan g`azabdaman, lekin baribir sevaman, ko`nglini og`ritsam o`zimni ikki karra ko`proq azoblandi. Shuni uchunan birdaniga qattiq gapirib, qahrimni sochishdan o`zimni tiydim.
- ``Nega indamisiz?``
- ``Nima deyishim kerak senga?``
- ``Shu vaqtda, uhlab yotibsizmi?``
- ``Ha...``
- ``Ahir bugun, biror joyda o`tirmoqchidikku! Esizdan chiqdimi?``
- ``Hozir seniga sarflashga, ortiqcha pulim yo`q!`` -dedim, hozir ko`nglim uni istamayotganini, shu so`zlar orqali ishora berib.
So`zlarim ma`nosin chaqqandek, bir muddat jim bo`lib qoldi va:
-
``Men uchun,`` - titroq ovozda shivirlab. - ``Bir bora kulib qarab, ikki og`iz shirin so`zizni ayamasez kifoya!``
``A`qildan ozdira!``
Bazida huddi farishtadek ko`rinib ketadi. Bazi qizlardek, biror narsa ham talib qilmaydi.
- ``Nima uchun jim turaverasiz? Kelavering hech narsani o`ylamay, ahir ertalab o`ziz vada berdizku!``
- ``Vada berganmidim?``
- ``Ha... Menam vadamga vafo qilib kutib turibman!``
Ertalab vaziyat boshqacha edi. Uni yonida ko`proq vaqt bo`laman deb juda quvangan edim. Lekin vada berdim barishim kerak, balki bu u bilan ohirgi uchrashuv bo`lar!!!
- ``Yaxshi hozir yetib boraman!``
- ``Ho`p, bekatta kutib turaman!``
* * *
Shoshmasdan, yuvinib, kiyinib, taranib piyoda sekin bekatga chiqib borgunimcha, soat ham 16:00 o`tib qolgandi.
Madinani aytganidek, bekatda kutib turardi. Ko`rinishidan bu kunga o`zgacha tayorgarlik ko`rgan. Egnida o`ziga juda yarashgan liboslar. Sochlarini turmaklagan, lablariga bo`yoqlar surtgan, olovdek bo`lib, toqat bilan kutib turardi.
Ko`rganimiz hamoni salomlashar ekan, qovog`ini salgina uyib kinoya qildi:
- Kuttirib qo`ymadimmi?
- Kechirasan!
- Mayli shu gal kechirdim... - jilmayib, qo`li bilan hiyobon tomonni ko`rsatdi, - Huuu, o`sha yerga boramizmi? Hozir u yer juda bahavo, chiroyli joy...
Boya pulim yo`q deganim uchunam, atayin bir qadamli masofadagi hiyobonni ko`rsatyabdi.
- Bahovo degin...
- Hm! -dedi gapini yarmini icha yutib.
Piyoda hiyobon tomonga yura boshladik. Cho`ntagimga qo`limni solib olgancha, lom-lum demayman. Madina bir-ikki og`zimga qarab, hol-ahvol so`ragan bo`ldi. Bugun doyimgidek ko`nglini olish bilan shug`ullanmaganim uchun, taajjuablanib qaraydi, dilkash so`zlar, yoqimli iboralar bilan suxbatni qizqirmoqchi bo`ladi. O`ynoqi qadam tashlab, yoqimli jilmayib qo`yadi. Xursandlidan, qaynab-jo`shib turgan qalb haroratining, yuqoriligi sabab, atayin sovuq monosabatta bo`layotganimniyam his etmaydi!..
Hiyobonga yaqin borib qolgan edik. Shirinliklar do`koni biqinidagi (Foto studiya) tomon imladi.
- Birga suratga tushaylik... Menda sizni bitta ham rasmiz yo`q!..
- Mayli, rasm kerak bo`lsa tushamiz.
``Balkim keyinchalik eslab yurarsan, manashu yigit meni yaxshi ko`rardi, deb!``
Foto studiyaga kirdik. Fotograf ayol bizni 3, 4 hil ko`rinishda suratga oldi. Ko`p kutturmay, darov ikki nusxadan chiqarib ham berdi.
Madina istagi juda tez fursatda amalga oshganida xursand, suratlarni qo`lidan qo`ymay qayta-qayta tomosha qilar, og`zi tinmay gapirardi. Yana qanday, har bir sheri misraladan donalab terib olgandek, shu qadar gariradiki ovoz ohanggi huddi buloq jilg`asidek quloqqa yoqimli eshitiladi. Uning so`zlarini buzgim kelmay ``ha, yo`q`` kabi qisqa javob qaytaraman.
Lekin bundan hursand bo`lmayman, yuragimni og`ir yuk bosadi. Shodiyani yozgan sevgi maktubidagi so`zlar hech hayolimdan ketmaydi.
Madinaga qarab ko`nglimdan o`tqazaman:
``Shoyiraliginga borasan, so`z bilan sexirlaysan!``
Tobora jahlim chiqayotgan bo`lmasin, negadur qattiq gapirib kayfiyatini buzgum kelmaydi. Qaytanga unga qo`shilib yolg`ondan, jilmaygan kulgan bo`laman. Riyo qilayotganindan esa vijdonim qiynalardi. Lekin baribir dildagi alamlar tarqamaydi.
Borar manzilini yo`qotganlardek, yo`laklardan borib-kelaveramiz. Madina yo`llarimizda yoyilgan turli-tuman, ko`ziga chiroyli ko`ringan daraxt barglarini terib oladi. Aylanib-aylanib hiyobonni bir chetidagi o`rindiqlardan biriga o`tirdik.
Qo`lidagi suratlarga, menga bir-bir qarab oldi.
- Bugun boshaqachasiz!
- Qanaqaman?
- Jid-d-d-diy, kbooorli! -dedi, atayin cho`zib gapirib. Birzum yuzimga termuldi. - Rangiz siniqqan, huddi betobdaysiz?
- Bunga ayibdor kim? -dedim, Shodiya bilan bo`lgan, suxbat girdobi hayolimga o`rnab, alamli hursinib.
- O`ziz! -dedi bexosdan kuyunchak bir ohangda, qarshimda turib, ikki kafti bilan yuzimni oxista tutib yaqin termuldi. Mayin barmoqlari ohista erkab, tikanakdek nish urib qolgan soqollarim ustida siypalandi. Shu damda uning nafasini ichiga yutib, issiq mehirli taftini, iforli, bo`ylani epnin misol yuzimga urilgan nafasini sezdim. Hayolchan ko`zlarimga tikilgancha jilmayib dardkash ohangda shivirladi. - Ko`zlariz qizarib ketibdi!
``Jonim bunday qarab turganingda, men sendan nafratla olmayman!!!``
Uning ma`sum, muloyim chehrasi, oydin ko`zlarida har qanday yigitni qalbini eritib yuboradigan bir olam go`zallikni ko`rdim. Bir lahzaga bo`lsada, qalbim yorishib, be`ihtiyor, minnadorlik hissi hissi bilan, yuzimni ushlab turgan qo`llarini ohista tutib, nazik barmoqlariga labimni bosdim va qo`llarini chap ko`ksimga ohista qo`ydim.
- Unday qilmang, bizga qarashyabdi! - dedi bexosdan, sehrli bir koyish ohangida.
Qollarini qo`yib yubordim, tillarga gap kelmay, uzoq davom etgan jimlikdan, ko`ngilga ajib zerikish xirsi oraladi. Zimdan atrofdagi odamlarni kuzatlar ekanman, ko`zlarimiz birzum to`qnashdi. Lab bo`yog`idan alvon tus olgan guncha lablar yoyilib, marvariddek tishlar yarqiradi, lablar ustida nozik tabassum o`ynadi. Qaroqlarida, o`z aksim, soyasi momoyon bo`ldi. Yuzi bilan ko`zi ham kulayotgandek, undan baxt ifori ufuriladi. Bexos boshini orqaga tasladi-da, osmonga termuldi.
- Hiiimmm! - ko`zlarini yumgancha, chuqur nafas olib ehtirosli shivirladi, - Hamma yerda, muhabbat...
- Qani, qayerda? - dedim.
- Aaaaa! Mana... - deya boya terib olgan hazon barglaridan birini kaftiga oldi, - Qarang huddi yurakchaga o`xshaydi! Qanday chiroyli-aa? -dedi, oddi yurakcha shaklini olgan, daraxt bargiga, qadirli narsasidek qarab.
- Endichi? - dedim, g`ijimlab, qo`llarini barg bilan qo`shib changallab.
- Vuuuy! -dedi, huddi qushchani g`ijimlab o`ldirib qo`ygandek, yuzi mayuslashib.
- Qaraginchi haliyam chiroylimi? -dedim.
- Eeee, nima qildiz? O`zi eng chiroylisini edi... -dedi bargni kaftimga tutqazib, birozgina araz bilan.
- Olaqol, bo`lmasam... - bargni tekislab, unga uzatdim. - Mana to`g`ri bo`ldi...
- Hammayeri sinib ketti-ku? Kerakmas endi!
- Menga jahil qilma, ahir seni kaftingda g`ijimladin-ku? -dedim unga uzatib.
- Qo`limni siz siqtiz-ku? Endi kerakmas... - deya nariga uloqtirib yubordi.
- Mobodo meni yuragim ham shunday sinib qolganini ko`rsang, keraksiz matahdek uloqtirib yuborasanmi?
O`zi ham, dugonasini qo`li bilan, sevgimni sinagandi. Uning ishonsizligidan, hozir mening yuragimda ham, o`sha bechora barknikidek izlar paydo bo`lgan. O`ylaganim sayin, alamimning haroratli, yujudimni yanada kuchliroq egallab olaveradi.
- Sizni yuragizni kim sindirarkan? -dedi.
- Masalan sen...
- Hech qachon, bunday bo`lmaydi... -dedi qatiyat bilan, boshini chayqab.
- Rostdanmi?
- Hmm...
- Meni shunchalik qattiq sevasanmi?
Uyalib ko`zlarini olib qochdi. Jilmayib boshini salgina qimirlatib qo`yarkan, humorlanib ko`z qirini tashladi:
- Ha...
- ``Sevgingni isbotla!`` desam isbotlay olasanmi?
Hayrat bilan birzum tikildi.
- Qanday?
- Bilmadim... - qarshimizdagi daraxtga ishora qildim. - Men seni o`z jonindan ziyoda sevaman... Agar so`zlarimga zarracha shufqang tug`ulib, isbotini talab qilsang, sevgimni qanchalik chinligi bilishni ishtasang! Buyur: ``Shu daraxtdan sakrang!`` deb ayt. Hudo shoxid, so`zsiz bajaraman... Buyur, ``Sevgizni isbotini ko`rmoqchiman!`` deb ayt. Muhabbatim haqqi, shu daraxtning eng tepasiga chiqib sakraymi...
U menga telbaga qaragandek, qarab turardi. Meni jinnilik qilyabdi deb o`yladi shekili, hatto yuzida kulgu zohir bo`ldi, ``Yo`q`` deganday bosh chayqadi.
- Qarashlaringdan ishonmayatganing ko`rinib turibdi? - vujudimda, telbanamo istaklar g`alayooni allaqachon boshlanib ulgurgandi, - Qo`rqma jonim birgina ``Ha.`` deyishing kifoya...
Allaqachon, yolg`ondan bo`lsada ``Ha!`` desa bas, daraxtga chiqib sakrayman, buyrug`ini bajarmasam, onam bergan sut xarom bo`lsin deya o`zimga-o`zim ont ichib ulgandim.
O`rnimdan turib, daraxtga chiqish uchun taraddutlandim. Niyatim jiddiyligini tushunib, qo`limdan ushlab oldi.
- Keragi yo`q, bo`ldi ishondim, - kulib joyimga o`tirishimni so`radi, - Telba ekansizu!.. Bilasizmi hozir shu daraxt tepasidan sakrasez, qanday jarohat o`lishiz mumkun?
- Bilmaysan, yurak jarohati oldida, bu hech narsa emas...
- Rostdan bugun, meni qo`rqityabsiz!
- Nega qo`rqasan, yoningda, sevgan insoning o`tiribdiku!
Jilmayib kaftimni siqqancha, ko`zlarimga tikildi. Asta yuzini siladim. Lablarida, ehtirosli titroq turdi.
``Hatta tasovur qilolmaysan Madinam, meni seni qanchalik sevishimni. Sen esa ehhh!...``
- Senchi, sevgingni chinligini isbotlash uchun nima qila olasan?
Labini keng yoyib kuldi:
- Nima qilay, ayting hammasini qilaman! -dedi, o`ziga ishonch bilan.
- Aytganimniya?
- So`zsiz! Jon dilim bilan! -dedi shivirlab.
- Hozir senga: Meni chindan sevsang, men bilan bir bo`l, deyman!..
- O`zi shundog`am, siz bilanmanku?
So`zlarim ma`nosini, uncha tushunmay, jilmaydi.
- To`shakda desamchi?
Tabassumdan yorishib turgan yuzini, birzumda hayrat egalladi. Lahzada yuzidan qon ketib, rangi dokadek oqarib ketdi. Bir muddat karah holda turgach, ko`zlarini yerga qadadi, ``Yo`q`` ma`noda bosh chayqadi.
- Jonim, demak sevmas ekansanda? -dedim shivirlab.
Tiliga so`z kelmay, ko`zlarini bir nuqtaga qadab, haykaldek qotib qoldi.
- Qo`rqama... Sevgisini bu yo`l bilan isbot qildirishni istaydigan nomord emasman. Rozi bo`lganingda ham, hech qachon harom yo`l bilan seni to`shakka olib bormayman, hatto hayollarimda ham...
Men ham huddi undek, Shodiyani qarshisida zabonsiz qolgandim. Endi o`ziyam his qilayotgandir, ko`nglining bir chetidan o`tgangan bo`lsa kerak: kayfini surib keyin tashlab ketamoqchi degan o`ylar!
Bo`ynimdan quchishga uyalmaydi, yaxshi ko`raman deya oladi. Biroq hayosiz emas, shu chog`gacha nigohlarida hirsning zarracha uchniqini ko`rmaganman. A`qli, hushi bor. Uni fazilatlarining barchasi ayon.
Biladi, ilk nomahram visolning o`ziyoq, sevishganlar orasini buzub yuborishini. Chunki birinchisidan keyin, hayo yo`qotilinadi. Hayosiz esa his domiga tusihb davomiyligni ko`paytirishdi. Harom yo`l orqali bu ish ko`p takrorlansa. Oshiqning mashuqqa nisbatan chanqoqligi so`nadi. Oqibatda, ishonchga pur yetadi. Ishonch, bir-biriga bo`lgan hurmatning zayflashuvi, o`rtadagi ziddiyatlarni ko`paytiradi. O`z-o`zidan ko`ngillar soviydi, bora-bara o`rtada mulzam, hech biriga keraksiz bo`lgan muhabbat ayibdor bo`lib qolaveradi...
- Mendan biror xatolik o`ttimi? - ko`zida yiltiragan, tomchilar yuzida sirpandi. - Menga ishonmayabsizmi?
- Aksincha, seni oldingda ishonchingni yo`qotib qo`ydimmi deb tashvishlanyabman... Yo`qsa, meni sin-n-n...
Ikki dugona sevgimni sinashganlarini yuziga aytib, bu ishlari og`ir botganini bildirgim kelmadi. Bor gapni aytishni Shodiyani o`ziga qoldirib qo`yaqoldim.
- Atrofdagilarni suhlanib qarishi, ko`nglimni ozdiryabdi... Charchadim, ketamizmi? -dedim.
- Ho`p ketaqolaylik!
- Ko`zyoshlaringni art, ko`rganlar: ``Nomard yigit qizni yig`latibdi!`` deb o`ylashmasin...
- Ho`p...
Rumolchasini olib, ko`zlarini artib oldi. Kayfiyati tushganidan, yuzi so`lg`inlashdi.
- Kulib qo`y... Tabassumingni yana bir bor ko`rsat...
Itoat qildi, lablari yoyildi ammo ko`zlar kulmadi. Uyga qaytadigan yo`l tomon, yurdik.
Yarim yo`lga kelgunimizgacha, deyarli bir og`iz ham gaplashmadik. Hayolchan ketayotgan edim, ohista tirsagi bilan turtib e`tiborimni tortdi.
- Meni havotirga solyabsiz... - ko`zlari jovdiradi, - Siz ertalab men ko`rgan, insonga o`xshamayabsiz! Qarashlariz nafratga to`la, so`zlaridan alamzadaligiz sezilyabdi... Avvalgidek muhabbatingiz taftini sezmayabman...
- Bugungi kun juda og`ir o`tti... - ichimdagini sirtimga chiqargim kelmadi. - Yaqinda sababini o`zing eshitasan... Iltimos hozir savol berma, asablarim rosa toliqqan...
Bu orada bekatga yetib qolgan edik. Archa ko`chatlari orasidan, salonni reklama taxtasi ko`zga tashlana boshladi. Buni Madina ham sezib, hayrlashishga taraddutlandi.
- Kechqurun qo`ng`iroq qilaman... - deya oramizga tushib ulgurgan sovuqlikni, bartaraf etish uchun yoqimli tabassumini ishga soldi.
- Ko`tarmasam, hafa bo`lma... Shu kunlarda, baxolarimda sezilarli pasayish bo`lyabdi...
- Ho`p, siz bemalol darslarizni qilavering. Men o`ziz qo`ng`iroq qilmagunizgacha, sizni bezovta qilmayman...
``Tanangda bor ekan, tomir, suyak, pay
Yashay ber taqdirning uyidan chiqmay.``
Qayoqdandur shu sherning parchalari yodimga tushdi. Balki bo`layotgan voqealarni hammasi taqdirga yozganidur!
U bilan xayrlashib, domlar orasidagi yaqin yo`ldan, yotoqqa qaydim.
* * *
O`zimga-o`zimga hudbin bo`laman, o`zimdan boshqasini sevmaynan, deb ishontirishga harakat qilib ikki kunni o`tqazib yubordim. Bu orada, o`zimni ham, Madina ham qiynab u bilan na telefonda gaplashmadim, va uchrashishga harakat qildim.
Lekin uchunchi kundan tushundim, Madina ikkimiz mustaxkam zanjirlar bilan bir-birimizga bog`langan ekanmiz. Uni ko`rmasam, bir bor ko`rmasam, devona bo`lib qolar ekanman.
Nonishta qilmay, o`qishga otlandim. Gumma sotuvchi ayolda to`rtta sotib oldimda, bekatga kelib o`tirdim. Gummalarni yeb bo`lgunimcha, Madina ham ishiga chiqdi. Salonni ochish uchun borarkan, ortiga o`g`rilib, bekatda o`tirganimni ko`rdi.
Haliham hovurim tushmabdi! Men tomonga kelayotgani ko`rib, o`rnimdan turib ketvordim. U esa hech narsani tushunmagan boladek, ortimdan qarangancha qolib ketdi...
Shu kunlar ichida, Shodiyani ham uchratmadim. Yo inistitutga kelmadi, yoki menga yo`liqishdan o`zini oldi...
* * *
Sarvar ikkalamiz telvizirda allaqaydan film ko`rib, abet qilib o`tirgandik. Birdan eshik tiqirlab qoldi. Yaqinroq o`tirgani uchun Sarvar qaragani ketdi. Sal o`tib xonada Shodiya paydo bo`ldi.
- Assalom alaykum!
- Va`alaykum assalom... Keling Shodiya...
- Gaplashib olsak bo`ladimi?
Ko`zimga balodek, ko`rinib turibdi-ku, broq Sarvarni yonida hurmatini joyiga qo`ydim.
- Keling marhamat...
O`z stulimni, bo`shatib bermoqchi edim, u esa kiravatimni bir chetiga o`tirishni maqul ko`rdi. Honaga bir ko`z yugurtib chiqgach, boshini quyi solib oldi, gapirishga shoshilmay Sarvarga 2, 3 bor qarab-qarab qo`ydi.
- Murod men tashqariga chiqib kelaman. -dedi Sarvar, vaziyatni tushib.
- Ho`p, akam!
Sarvar xonani tark etgach, Shodiyaga yuzlandim. Ruhi cho`kkan, ko`zlari qizargan, ko`zlarini tagi ko`kargan.
- Nimaga keldiz? -dedim.
- Sizdan uzur so`ramoqchiman... Iltimos kechring... -dedi.
- Kechirdim, bo`ldimi?
- Yomon niyatim yo`q edi, - ko`zlari namlandi, - O`sha kundan beri ich-etimni yeyman. Madinaga yaxshilik tilayman deb, bilmasdan endi topgan quvonchini tortib oldim... Ishoning unda hech qanday ayib yo`q, hammasini o`z qildim. Dugonamni aybi yo`q. Azbaraoyi uni o`ylaganim uchun, sizni sinamoqchi bo`lgandim... O`sha kuni sizni birinchi ko`rganimdayoq, hayron qoldim. Madina sir tutadigan, hayoliy yigitini huddi sizday tariflar edi... Ikkingizni birga ko`rib, u siz ekanligizni bilmasdim. U sez haqizda menga ham aytmagandi. Shunga bo`lsa kerak, undan biroz jahlim chiqdi sizni asil niyatizni unga ko`rsatib qo`ymoqchi edim... Sizga ishonolmadim, dugonamni aldab ketasiz deb o`yladim, shuni uchun o`z shanimni ham o`ylamay sinamoqchi, asil niyatizni bilmoqchi edim...
- Shu gaplarga ishonaymi?
U bir intildiyu, dasturxondan nonni oldi. Ko`zlarida o`t chaqnab ketdi.
- So`zlarimda zarracha yolg`on bo`lsa, non ursin...
- Qasam ichma... - qo`lidan nonni olib dasturxonga qo`ydim. - Nima xaqqing bor, oramizga tushushga... Ishonchinga loyiq bo`lmagan, nana ayb qildim?..
- Chunki siz... Madina...
So`zida tutilib qoldi. Bir nima demoqchiyu, ammo noto`g`ri gapni aytib qo`yishdan qo`rqib turibdi.
Ko`nglim sezardi, taxminan u aytolmayotgan so`zlar nimaligini.
``Siz uylanmagan yigit, dugonam esa turmush ko`rgan ayol!`` demoqchi. Anglashimcha dugonasidan, nafsim yo`lidan foydalanib keyin tashlab ketadi deb o`ylagan.
- Men ohirini o`ylamabman... Endi Madina ko`ziga ham qarolmayabman. U bechora esa hech nimani tushunmay derazadan qaraveradi... - Shodiyani ko`zlaridan yosh quyulib kelardi, - Meni deb, u aziyat chekmasin. Oldiga boring, iltimos...
Shodiyani so`zlarida zarracha riyo yo`q edi. Chindildan, dugonasi uchun qayg`urayotgani shundoq sezlb turardi. Borgansayin unga hurmatim osha boshladi.
- Shodiya bu ishiz bizni oramizni buzdi... Lekin, bir tomondan tog`ridur. Ko`ngli toza qilligizni tushundim...
- Rahmat... -dedi qo`limni ikki kafti orasiga olib, minnatdor bo`lgandek mahkam qisgancha. - Rahmat to`g`ri tushundiz... Madina juda ko`p azob chekkan, kulishniham unutib qo`ygandi... Yolvorib so`rayman, men