tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XIV- QISM...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi

I - II -

III - IV -

V - VI -

VII - VIII -

IX - X -

XI - XII -

XIII - Qismlar...

XIV - Qism...

Tongda turib, shaharga qaytishga taraddut ko`rdim. Hujjatlar, jamg`armamdagi barcha pullarimni va bazni narsalarni sumkaga joyladim. To`g`ri oyimni yonlariga kirdim. Tavob qilib, so`ng qarshilariga cho`kka tushib o`tirdim.

- Oyi, duo qiling...

Oyim biroz hayron, termulib qoldilar. So`ng yuzlari yorishib jilmaydilar.

- Bugun imtixoning bormi? - so`radilar to`satdan, - Namuncha havotirlanasan bolam?

- Ha... Juda katta imtixon, qarshisida turibman...

- O`g`lim, vahima qilasan-a! Yaxshilab tayorlansang o`tib ketasan!..

Oyim, bu inistitutdagi imtixon deb o`yladilar. Lekin men, taqdirimni, kelajagimni hal qiladigan hayot imtixonini nazarda tutgandim.

- Qani! - qo`llarini duoga ochdilar, - Iloho omin... -deya, uzoqdan-uzoq duolari bilan menga oq yo`l tilab kuzatib qo`yishdilar.

``Kechiring onam!``

Shaharga kelgach, narsalarimni joyladim. Choyni ham naridan-beri ichdimu, Sarvarga: zarur ishim borligini bildirib, o`qishga oshiqdim.

- Ha, sanda birgap bor...

Sarvar allanimani sezgandek, kulib qo`ydi.

- Yaqinda bilasiz! -deb qo`yaqoldim.

O`zi asli, inistitutga ketayotib, Madina bilan gaplashib olmoqchi edim. Hali salonni ochmaganini ko`rdim. Uyiga kirishga jazim etmadim. Yaxshilab o`ylab puxta reja tuzib olgach keyin yuzlanishga qaror qildim.

Tushdan so`ng darslarni tugatib, tog`ri salonga keldim.

- Assalom alaykum, Barno opa... - dedim, qarshimda bulg`usi ammamizni ko`rib.

- Keling, Murodjon... -dedilar, andek izzatimni joyiga qo`yib.

Madinaga bir qarab, ko`z urushtirib olgach izn so`radim.

- Madinada bir og`iz gapim bor, agar ruhsat bersayz?

- Ho`p, mayli... - Madinaga yuzlandi, - Boraqol!

- Hop, tez qaytaman...

Madina eshitilar-eshitilmas ovoz chiqarib qo`ydida, tezgina yonimga chiqdi. Salomlashar ekan, hislarni yashrishga urundi. Biroq uddalay olmasdi, ko`zlari sevinchdan yonar, hamda qo`lidagi uzukni tinmay ushlab qo`yardi.

- Borib keldizmi? -dedi.

- Hmm... Ichkarida gaplashib olaylik...

- Hop, yuring!

Uyiga kirdik. Hayajon bilan og`zimga qarab qo`yar, o`zi esa savol berishga jazem etmasdi. Men ham oyimga bor gapni ayta olmaganimni, Madinaga qanday malum qilish haqida bosh qotirardim.

- Shir narsani isi kelyabdi?

- Bayramga to`rt pishirmoqchi edik, shunga bugun sinovga perok pishgandim... Yeysizmi?

- Albatta, sen taklif etsang yo`g` demayman.

- Hozir... -dediyu oshxonaga kirib ketdi.

Bu orada vannaga kirdim, qo`limni chaygani. Chiqishimga sochuq tutib turardi. Allanechuk shu lahza, bu manzara juda go`zal ko`rinib, yuragim boshqacha bo`lib ketdi.

- Nega kulyabsiz?

- O`zim... Hayol olib ketti, shu sanam mening umir yo`ldoshim bo`ladi, deya sevinganimdan, kulyabman...

- Inshiolloh, bo`ladi... -dedi, ko`zlarin yerga qadab pichirlagancha. - Stolga o`tiring! - o`z esa uyalib oshxonaga ketti.

``Shirin so`zlaringa jonim qurbon.``

Likopchada perok, choynak piyolani olib kelib dasturxonga qo`ydi.

- Marqamat olin...

- Rahmat, Madinam...

Maqtab, mahtab ikki bo`lakni tushurdim.

- Qo`llaring dart ko`rmasin juda mazali, bo`libdi...

- O`sh bo`lsin!

- Madinam, menga turmushga chiqganingdan so`ng ham, shunday mazali taomlar pishirib berasanmi?

- Albatta... Hurkuni mazali taomlar pishirib, qoshizda parvona bo`laman...

Erkalanib gapirishidan yada, zavqlanib ketdim.

- Farzandchi? Menga shirindan-shakar farzandlar, dunyoga keltirib berasanmi?

Uyalganidan yuzuni kaftlari bilan to`sib oldi.

- Uyalma jonim, yolg`izmiz-ku?

- Inshiolloh... O`zizdek o`g`il farzandlar... -dedi, yuzini salgina ocharkan, bazo`r ovozi pichrillab.

- Va onasidek go`zal qizaloqlar ham...

- Inshiolloh... -deya o`rnidan turib oshxonaga kirib ketdi.

Ortidan kirdim va asta quchoqladim.

- Menga ishonasanmi?

- Hamisha...

- Boshimizga sinovlar kelsa, bardoshing yetadimi?

- Ha, qo`limdan tutib turganizni, his qilsam bas...

- Yur unda baxtimizni qonunlashtirib kelaylik...

Boshini ko`tarib, yuzimga tik boqdi. Ko`zlaridagi ma`noni o`qib olishim qiyin emasdi.

- Kechir, oyimga aytolmadim...

- Tushundim. - yutinib oldi, - Endi nima qilamiz?

- Turmush qurib, keyin oylamga malum qilamiz...

- Yo`q, ahir bu noto`g`ri, aytmasak bizdan battar jahillari chiqadi...

- Hozir aytsak, oyim meni tushunmaydilar. Chunki allaqachon menga juft bo`lishga nomzod qizni topib qo`yishgan!

- Eee ollohim... -dedi, chuqur hursunib.

- Menga ishon, boshqa narsani o`ylama... Birinchi qadamni tashlash vaqti keldi. O`z, yo`lizni topamiz. Yur hozir nigohimizni qonunlashtirib olish uchun, ariza topshirib kelamiz!

Roziligini bildirib, boshini qimirlatib qo`ydi.

- Pasportingni olvol...

- Ho`p...

Bir yomoning, bir yaxshisi borli ham rost ekan. Yaxshiyam Sadir, nikohni qonunlashtirmagan ekan. Bu esa hujjatlarni tog`irlashlashimizga yengillik berdi. Hafta davomida, tibbiy ko`rik, yana boshqa hujjatli ishlarni, hullas hammasini qoydasiga binoan bajardik...

* * *

Bu orada bir yarim oy o`tdi. Endi guvohlarimiz bilan borib, nikoh sharnomasini tuzsak kifoya edi.

Hammasi rejalarim bo`yicha bir tekisda davom etardi. Bundan tashqari rejamda kichikroq to`y marosimini o`tqazish, ijaraga uy topish ham bor edi. Asosiy maqsadim, albatta Madinani oppoq kelin libosida, ko`rish.

Pullarmni hisob-kitob qilib o`tirgan vaqtim, Sarvar kelib qold.

- O`oooh... - katta pulni qo`limda ko`rib, hayratlandi. - Nima balooo! Kimnidur tunadingmi?

- Ha, Akbarov Murodni seyfini!

- Hazillashma, rostakamiga so`rayabman?

- O`zimniki, bilmasmidiz pul yig`ishimni?

- Bilmas ekanman! - qiziqsinib yonimga o`tirdi. - Endi bu pulni nima qilasan?

- Uylanaman!

- Tabriklayman. Kimga?

- Madinaga.

- O`sha salondagi qizgaya?

- Ha...

- Qoyil...

- Qoyil qolishga shoshmang hozir... Avval ayting kuyovjo`ram bo`lasizmi?

- Bo`laman... Lekin o`rtog`laring yo`qmi?

- Bor qishloqda! Ammo ular to`yga kelmaydi...

- Nega? To`y qatta bo`ladi? - dedi hayron bo`lib.

- To`yni pinhona pinhona o`tqazamiz, bugun esa nikoh shartnomasini imzolagani boramiz. Siz guvoh bo`lasiz...

- Hazillashmayabsanmi?

- Qachon sizga hazil qilgandim?

- Qoyil... Endi rosdan ham qoyil qoldim. Biroq men bu bemani ishga bosh suqmayman!

- To`rt yildan buyon aka-ukadek birga yashayabmiz. Shunday muhim pallada, yolg`izlatib qo`ymang... -uni ko`ndirishga urundim. - Hudo hohlasa, Asalxonga uylanganizda hammasini qaytaraman! -dedim hazil qo`shib.

- Bo`pti raziman, ammo bilib qo`y, meni boshim baloqaga qolmasin?

- Qo`rqmen, hamma javobgarlikni o`z zimmamga olaman...

- Hozir kiyinaymi?

- Ha, kiyining ketdik...

* * *

Hammasi o`ylagimdanda juda tez o`tdi. Bizni Akbarovlar oylasi deb e`lon qilib, qo`limiz nikoh guvohnomamizni topshirishdi. Nikohimizni rasmiylashtirgan ayolga minnadorchilik bildirdigu, qaytib chiqdik. Avvalo, yonimizda turgan, Sarvar va Shodiya bilan xursanchiligimizni baham ko`rib, kichikroq dasturxon ustida nishonladik.

So`ng Shodiyani kuzatib uyga qaytarkanmiz, Madina qo`limadan tutib:

- Begim endi mima qilamiz? -dedi, bizdan salgina oldinda segaret chekib ketayotgan Sarvarga eshittirmaslik uchun pichirlab.

- Meni qanday chaqirding, jonim?

- Begim!..

Sevgilimni tilidan birinchi bor ``BEGIM`` deb murojat etganini eshitdim. Kitoblarda o`qib qolardim, bazan kinolarda ko`rganman-u, his qilmas edim. Bu so`zning, yor yuragidan chiqqan mahalda, yigit qalbini qanchali yashnatib, unga juda katta kuch berishini, sevgilimning titroq lablariyu, hayodan yerga qadalgan ko`zlariga qarab, bu so`z qudratini his qildim. Ayni damda tog`ni talqon qilishga qodir quvvatga ega bolganimni sezdim.

- Yana bir marta ayt...

- Begim!..

- Yana.

- Begim!..

- Gulim o`zimni...

Oldindan Sarvarni ovozi eshitildi:

- Pinhona oyla qurganlarni shunaqa tomi ketib qolarkanda? -dedi, kinoya qildi.

- Heeey birovlarni gapiga quloq solmay, qadamizni tezlating...

- Hali to`laqonli er-xotin emassanlar. Kelinni uyiga kuzatib tezroq ortimda yetib ol... Begim, Gulim deb yurmasdan!

Sarvarni hali shariy nikoh o`qitmaganimizga shama qilib qo`ydida, qadamini tezlatdi.

- Endi nima qilamiz? - so`radi Madina.

- Endi birinch navbatda ijaraga uy topamiz... Keyin to`y qilamiz, kichikroq davrada. Seni oppoq libosda ko`rmoqchiman...

- Hammasini bir o`zimiz eplolmimiz... Pochcham va ammamga aytaylik, yo`l-yo`riq ko`rsatishadi. Baribir tepamizda kattalar turmasa bo`lmidi. Pochcha ho`p yaxshi insonlar, meni o`z qizlaridek ko`rishgan, dadam o`rnida, oq fotihalarni olsam yaxshi bo`lardi...

- Mayli jonim... Yur hoziroq uylariga boramiz...

Yo`limizni burim, to`g`ri ammasini uyiga bordik. Eshikni qalin moylovli qotmadan kelgan kishi ochdi. Hush qarshilab ichkariga taklif qildi. Xontaxta atrofiga o`tirdim. Salom alikdan so`ng, Madina meni pochchasiga tanishtirdi.

- Kuyovizlar... Biz turmush qurdik... -dedi, guvohnomani asta ammasini yoniga qo`yib.

Pochchasi guvohnomani qo`liga olarkan, hammaga bir-bir ko`z qirini tashlab oldi. So`ng og`ir hursundi:

- Bu nima qilganing? Singillaringa shunday o`rnak bo`lyabsanmi? - Madinani koyiy boshladi, - Men seni a`qilli-husli qiz desam... Aqalli bir og`iz bizdan so`ramadinghammi? Biz senga begonamizmi Madina?

- Kechring... -dedi, Madina iltijoli ortida qarab.

Pochchasi jahli chiqib o`rnidan turib narigi honaga o`tib ketdi. Ammasi esa, hotirjam miyg`ida jilmayib qo`ydi va erini ortidan chiqib ketdi. Harqalay o`n daqiqa o`tmay, erini ko`nglini yumshatib qaytarib keldi.

- Bizni kechiring, shunday yo`l tutushga to`g`ri keldi. - Madina menga qarab, imladi. - O`ziz ayting...

Hammasini nima uchun, pinhona uylanmoqchi bo`lganim, oyimning to`yga ko`nmasliklari sababini aytdim. Tushungan, diyonatli inson ekan pochchasi. Avval diqqat bilan tingladi. So`ng bu ishimiz noto`g`ri ekanligini aytib, bizni bu yo`ldan qaytarishga urundi. Biroq so`zimda qatiy turib oldim. To`y bosh bo`lishlarini, ulardan oq fotihalaridan boshqasi kerakmasligini so`radim. Ohiri ko`nishdan o`zga yo`l yo`qligini tushunib rozi bo`ldilar. Kichikroq to`y o`tqazishga, ijaraga uy topishga yordam berishlarini va Madinani sarposi, to`y harajatlarini, bir qismini ham zimmalariga olishlarini aytishdi. Faqat bir shart bilan, to`ydan keyin mojoro bo`ladigan bo`lsa hammasiga o`zimiz javobgar bo`lishligimiz haqida tilhat yozishimiz kerak edi...

* * *

2010 Yil 27-Aprel Seyshanba. To`y o`tqazish uchun hamma narsa tayyor bo`ldi.

Avval masjidda shariy nikoh o`qitdik. So`ng mashinada to`yxonaga yo`l oldik. Nari borsa 50 nafarga yaqin mehmonlar kelishgan. Orasida men taniganlardan, Shodiya, Sarvar yana uch to`rt, kursdoshim, Madinani dugonalariyu qarindoshlari bor edilar. O`yin kulgu 2, 3 soat davom etti... Kuchli hayajonda bo`lganim uchun, uyog`i juda tez fursatda o`tib ketdi.

Chimildiq. Unutilmas tuyg`ular og`ushida o`tgan visol kechasi, uzoq cho`zildi. Tonga yaqin, bir zumga ko`zim ilinibdi.

Behos uyg`onib ketdim. Madina tepada o`tirardi. Hayolchan bo`lgani uchun, dafatani uyg`onganimni payqamadi.

Uning xiyol ma`yus qora ko`zlarida tomchi yoshni ko`rib ko`nglimni allanechuk buzuldi. Umuman uning butun vujudida, ochiq, muloyim chehrasida, o`ychan tikilib turishida bo`lakcha bir g`amginlik bor edi. Meni ilg`adiyu, epchillik bilan ko`zyoshlarni sidirib tashladi va jilmaydi:

- Begim... -deya ohista barmoqlari bilan sochlarimni o`ynadi.

- Gulim, chimildiqdayam ko`zyosh to`kkaning nimasi? - asta ko`zlarida qolgan namlikni sidirdim, - Chimildiq muqaddas, bu oshyonda yaxshi narsal haqida o`ylash kerak, - unga o`ylama deymanu, o`zim qiynalaman, oyim, jigarlarim ko`z oldimdan ketmaydi, - Betakror tabassuming bilan, begingni qalbiga o`t yoq gulin, bu oshyonda, baxt bulog`idan, visol chashmasidan qalbimizni sug`oraylik...

Uning g`ash ko`nglini ko`tarishni istadim. Bo`sa olib, asta tizzasiga bosh qo`ydim, tunday qora, ipakdek mayin, manjuntol navdaladaridek uzun, sochlarini yuzimga surib o`ynadim.

- Madinam bugungi tun shunchalar yoqimli, shunchalar mazmunli, shunchalar yorug`ki, hatto bu yorug`lik ko`zlarimni qamashtirmoqda. Senga erishmoq pokiza visolingni, baxtdan porlagan vasling yetmoq yo`lida, zahmatlarimga sirdosh tun bu oqshon baxtimizga guvoh bo`lganidan mumnun, bizga kulib turgandek... -dedim ko`z qirimni derazaga tashlab.

- Bir necha kunki bedorsiz? -dedi.

Oylamni o`ylab havotirda yurganimga shamma qiligan bo`ldi. Rost ohirgi haftalar, to`y yaqinlashgani sayin, beydor bo`lib qoldim. Ammo bu bedorligim, birorta tashvishdan yori, qayg`udan emas, aksincha necha yillik orzuyimga baxtimga yaqinlashayotganimdan, unga erishaganimdan edi.

- Seni sevaman gulim, juftim halolim... -deya asta yuzlarini siladim, sochlaridan taralayotgan iforlarga qondim.

- Men baxtliman... - shivirladi, - Sizning umringizga yo`ldosh bo`lmoq, men uchun baxt... Meni tanlaganiz uchun, sevganiz uchun, ko`nglimizga pokiza ishq bergan parvardigorimga be`hisob shukurlar bo`lsin.

- Ollohimga shukur...

Yuzimga ko`z yosh tomib tushdi. Mening yuragim, mening baxtim, jufti halolim, o`z baxtidan sevinch ko`zyoshlarini to`kmoqda. Men baxtliman, baxtimdan olamga jar solib aytgim keldi. Asta to`shakka yotdik, boshini ko`ksimga qo`yib, pichirladi.

- Begim... Ollohimga umrbod ibodat qilib, shkrona aytshdan charchamiman...

* * *

Asta kunlar o`ta boshladi. Baxtimizdan masrur, tonglarni qarshi olardik, tunlarni intiq kutardik.

Har tun ko`zlarimni yumar ekanman: erta tong otganda, uyga borib, hammasini oyimga aytishni dilimga tugib qo`yardim. Ammo tong yorishgach, shashtim so`nib qolardi. Madinaga sezdirmaslikka, uning baxtdan yaralgan qobug`iga sindirib qo`yishdan qo`rqardim. Biroq kundan kun, teranroq his etardim, sekin portlovchi bo`mba ustida o`tirganimni...

Bu orada inistitut ham bitqarib, oldim. Tabiyki endi qishloqqa qaytishim kerak edi. Biroq Madinani tashlab ketolmayman. Shuning uchun, uydagilarga malum qilshim kerak edi.

Tong yorishib, endigina nunushta qilmoqchi edik, eshik jiringladi. Madina borib ochdi, Barno ammamiz kelibdilar.

- Assalom alaykum! -dedim.

- Va`alaykum assalom, Murojon yaxshi o`tiribsizlarmi? - qo`llaridagi sumkani, Madinaga tutdilar, - Ol buni issig`ida yeb olilar...

- Hush kelibsiz, Barno opa! - sumkaga imladim, - Ovora bo`lib nimalarni ko`tarib yuribsiz?

- Shashlik olgandim, sovutmasdan issig`ida yeb olilar...

Ularni dasturxonga taklif qildim. Bu orada Madina shashliklarni charqiga solib olib keldi. Burnini barmog`lari bilan to`sib olgandi.

- Ha, nima bo`ldi? -dedim.

- Hechnima! - burnini jiyirib, oshxonaga qaytdi, - Hidi o`tkir ekan!

Ohirgi kunlada o`tkir hidlarga tasirchan bo`lib qolganini va o`tgan kungi ishi yodimga tushdi. Yana shashlik hididan burnuni jiyirganini ammamiz noto`g`ri tushunmasinlar deb gap ochdim.

- Barno opa, o`zi jiyaniz ohirgi kunlarda o`tkir hidlarga tasirchan bo`lib qolgan, - Madina oshxonadaligidan foydalanib, shikoyat qilgan bo`ldim, - O`tgan kuni, atir upalariyu, bo`yanchig`larigacha paketga solib ahlat chelakka tashlab yubordi. Nima qilganing desam, hididan ko`ngli ozib ketayotyotgan ekan...

Barno opa, miyg`ida jilmaydilarda bir zum oshxonaga termuldilar. So`ng boshlarini biroz men tomon egdib pichirladilar.

- Buyog`iga Madinani ehtiyot qilasiz!

- Nega? -dedim dabdurishdan, ma`nosiga tushunmay. Ular esa yana jilmaydilar, - Nohitki?

- Ha!

- Aa-a-a! - bir lahzga a`qlimni yo`qotib qo`ydim go`yo, - Madinammm! -deb baqirvordim.

- Ho`o! - oshxonadan uchib chiqdi, - Labbey!

Barno opani qo`llari yelkamga tegdi, ``Jim`` degan ma`noga ko`zlari bilan ishora qildilar. Shundagina o`zimga keldim va kuldim.

- Azizam choy berasanmi?

- Vooy, ana-ku! -dedi, yanimdagi, sovub qolmasligi uchun ustiga g`ilof kiydirib qo`yilgan choynakka ishora qilib, kulib.

- Ha, shuyda ekanuuu! - shoshib qolganimga izoh berdim, - Qarang, Barno opa, bir lahza Madinam bo`lmasa shunqa bo`lib qolaman. Yonimdagi narsa ham topolmayman... -dedim, gapni chalg`itib, o`zimni hotirjam tutish urunar ekanman.

Madina kulib, qarab boshini chayqab qo`yarkan, ammasiga qaradi:

- Amma, hozir shundoq kartoshkani quvurib olay... -deyu oshxonaga qaytdi.

Barno opa, bir muddat Madinani ortidan termulib qoldilar va ancha yumshoqlik bilan:

- Murodjon namuncha hovliqasiz? - yelkamni qoqib, hissiyotlarimni jilovlab olishimga undab, - Oldindan bildirib qo`ymangda, bundoq!

- Nega? - hayron bo`ldim, - Ahir... - hayajon zo`ridan so`zlarim tomog`imga tiqildi.

- Ko`rib turibman, baxtlisiz... Ilohim shu baxtilarga ko`z tegmasin... - asta jilmayib past ovozda pichirladilar, - Yaqin orada Madina o`z vujudidagi o`zgarishni sezadi. Va albatta buni sizga o`zi aytishni istaydi. Balki hozircha his qilayotgani yo`qdir. Dabdurisdan aytib, uni shoshiltirib qo`ymang...

- Ho`p, opa...

Vujudimni o`zgacha bir hissiyot churmab oldi, bu hislarni tarfiga hech bir so`z yo`q.

``Nahotki men dada bo`laman-a? Nahot jufti halolimning vujudida, muhabbatimiz nishonasi, zurriyodim rivojlanayotgan bo`lsa! Eee ollohim o`zinga ming shukurlar bo`lsin... Ehh bu nimasi!``

Negadur hursandligimdan ko`nglim yumshab, ko`zimga yosh ilina boshladi. Barno opani yonida, ko`z yoshimni ko`rsatishni istamay, o`rnimdan turdim.

- Siz o`tiraturing, opa! Men qo`limni chayib kelay!

Vannaga kirib, yuz qo`limni yuvib, o`zimni bosib oldim. Chiqgunimcha Madina kartoshka, tovuq go`shti, tuxumni qovurib, oshko`klar bilan bezab ajabtovur, taom tayorlab stol endigina olib kelib qo`yayotgan ekan. Stulga o`tirarkanman, har tong ertalab chiroyli, hushtam taom pishirish uchun oshxonada kuymalanadigan jufti halolimdan fahirlanib ammasiga maqtadim.

- Barno opa... Baxti kulgan yigitmanda. - taomga ishora qildi, - Qo`llari birim shirin...

- Eeey! Ammami yonlarida uyaltirmasezchi? -dedi, uyalib.

Kulishib hush kayfiyatda nonushta qilib oldik. So`ng Barno opa, ketishga shaylandi. Ketar chog`da, birdan nimaga kelganlari yodlariga tushdimi, biroz hijolat tortib gap ochdilar.

- Mana chillaring ham o`tti. Murodjon ruhsat bersayz, Madina salonga chiqib yordamlashib tursa, bir o`zim qiynalib qolyabman!

Madinaga qaradim, o`qishga kuzatib, kelishimni kutib o`tiradi. Buni ustiga ovunadigan jiyani, sirdosh dugonasi ham kamnamo bo`lib qolishgan. Menga sezdermaydiyu, ammo zerikib qolayabdi.

- Mayli opa, o`zi istasa chiqaversin, qarshiligim yo`q... -dedim.

- Amma buguncha chiqmay qo`yaqolsam maylimi? -dedi.

- Mayli buguncha ishlarini bitqazib ol, ertaga ertalabdan salonga boraverasan!

Barno opa ketgach, ayolimga bo`lgan mehrim yanada oshib toshib ketdi. Quvonchimni o`zimga sig`dirolmay, ko`tarib oldim.

- Vooyy! Tushirin pastga! - dedi, kutilmagan harakatimdan, uyalib ketib.

- Yo`q... O`zimni xotinimsan, nima shu ayibmi?

- Birov ko`rib qoladi-ku!

- Bizni uyda, ikkimizdan boshqa hechkim yo`q-ku?

- Baribir...

Yolg`iz bo`lsakda, barib hijolat bo`ldi chog`i, araz qilgandek qoshlari tutashib ketdi. Sekin pastga tushurdim. Ayni damda bir lahzaga ham uni yolg`iz qo`yishni istamasdim.

- Azizam bugun, birorjoyga birib aylanib kelmaymizmi?

Birdan yuzi yorishib ketdi:

- Ha, boraylik...

- Bo`laqol, kiyimlaringni alishtir...

Soat 8:00 dan keyin chiqib ketganimizcha, rosa ko`ngil yozib, 17:00 ga yaqin uyga qaytdik. Tushlikni ham, kafeda qilgandik, shunga qorin biroz ochib qoldi.

- Azizam ovqatni tezlat!

- Ho`p bo`ladi...

Kiyimlarini alishtirib oshxonaga ketdi. Men esa devonga cho`zildim.

``Bugun qishloqqa ketishim kerak edi. Hech yo`q, telefon ham qilib qo`ymadim!``

Ko`nglimni g`ash qiladigan o`ylar fikri-hayolimni egallab ola boshldi. Shu xayollar og`ushida bir lahza, ko`zim ilinibdi. Eshik qo`ng`irog`idan uyg`onib ketdim. Qayta-qayta chalindi, Madina esa ochmaganidan keyin o`zim turdim. Madina oshxonadan eni chiqayotgan ekan, darov izoh berdi.

- Oshxamir yoyayotgandim o`ziz qaravoring...

- Ho`p, sen ishini qilaver! -dedim, shu bilan sabirsiz eshik qo`ng`irog`ini bosayotgan kishiga javob qaytardim. - Hozir, ketyabman...

Eshikni ochidu, qarshimda paydo bo`lgan oyim va akamni ko`rib shok holatiga tushdim. Oyim hovliqib

O‘xshash hikoyalar