tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XV- QISM...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi

I - II -

III - IV -

V - VI -

VII - VIII -

IX - X -

XI - XII -

XIII - XIV - Qismlar...

XV - Qism...

Butun tanam, muzlab qoldi, go`yo hozir jonim chiqib ketayotgandek tuyuldi.

- Megajinnn! - oyim g`azab bilan Madimga qaradilar, - Ko`zingni suzmay...

- Oyi men hammasini tu-u-ush... - so`zimni aytib, ulgurmadim, yuzimga tushgan tarsakidan ko`zlarim jimirlab ketdi.

- Yaramas... - dedi akam ham vajohat bilan yoqamdam olib. Akamga qarshilik qilmadim, battar g`azabi ortmasin deb. To`g`ri kelgan yerib, bir-ikki yaxshilab tushurdi.

- Urmeng... - Madina ham yonimni olib, akamni qo`liga yopishdi, - Bo`ldi urmeng!

- Qoch hozir sen ham kaltak yeysan! - dedi akam o`shirib, qaltis harakat bilan, Madinani nariga itarvordi.

- Akaaaa! Unga tegmeng... - akamni qo`llaridan yuluqib chiqdimu, polga o`tirib qolgan Madinani turg`azishga tutundim, - Uuu... Uuu homilador... - oyimga, akamga qarab, nazarim unga ziyon yetqazib qo`yishadigandek tuyulardi.

Oyim, bu gapimdan keyin, majolsiz yelkalari bilan devorga suyanib qoldilar. Sal o`tib, oyimni g`azabdan qaltiragan ovozi eshitildi:

- Nima qilib qo`yding, be`yuzlar?

- Oyi... - ko`zlariga qarolmay boshimni egdim, tizzalarim o`zimni tutolmay cho`kkalab qoldim, - Juftim halol, oyi...

Boshimda sirqiragan og`riq paydo bo`ldi, sonya sayin zo`rayib, qulg`im shang`illab qoldi. Akam birnima deb gapirardi, lekin uni gaplarini ilg`ab ololmasdim. Bir muddat o`tib Madinani iltijoli yig`i ovzidan o`zimga keldim.

- Iltimos ularni, qarg`ameng... - yig`lab oyimni qo`llarini ushlab olib yalinardi, - Hamma ayib menda, ularni qarg`amen... Ahir o`z o`g`lizlaru?

Dafatan nima ro`y berayotgani tushunmadim. So`ng esa hammasi, shu kungacha bo`lgan voqealar bir-bir ko`z oldimdan o`ta boshladi. Vujudimni yaqimsiz titroq, sovuq ter qopladi. Barchasi inobatga olibmanu, lekin oyimni yonlarida hamisha ojiz ekanimni unutibman...

Vaziyatni idrok etgan bo`lsam, oyim jahil ustida qarg`ab yuborishlari mumkun ekan. Madina esa meni duoyubat bo`lishimdan qo`rqib yig`lagancha oyimga bunday qilmasliklarini so`rab yalinib, yolvorardi.

- Ahir o`z o`g`lingizku, qarg`ameng?!

- Megajin... Ityaloq sen o`g`limni mendan tortib olning? - oyim qo`llarini siltab, Madinani o`zlaridan nari qildilar, - Ikki dunyo o`g`lim sen bilan yashamaydi... Yo`qsa...

- Ha, ha... - Madina ko`zyoshlarini tez-tez artib olarkan, oyimning so`zlarini ilib ketdi, - O`g`lizni, o`zizga qaytarib berman!.. - dedi.

- O`zi shundog`am sendey, be`yuz bilan qolmaydi... - oyim hokimona ohangda hitob qildilar, - O`g`limni boshqasiga uylayman...

- Ho`p... Ho`p, roziman... Siz nima desayz shunday bo`ladi...

Madina shu lahzadayoq barchasidan kechib bo`lganday, oyimni shartlariga ko`nib qo`yaqoldi.

- O`g`limdan umid qilma?

- Yoq, aslo umid qilmayman... Hech narsa davo qilmayman... Faqat ularni qarg`ameng, hammasiga men aybdorman...

- He-e-e, mega... - oyim Madina jirkanch bir mahluqdey qarab g`udurlab qo`ydilarda, - Yurlaring... -dedilar buyrug` ohangida.

Oyog`larim muzlab qolgandi, yelkamni to`nna, to`nna yuk bosib turgandek bazo`r o`rnimdan turdim.

- Ketaqoling... - Madina telbanamo jilmaydi, - Keting, meni o`ylamen ketavering... Sizdan umrim ohiricha roziman!

Yuargim allanga bo`lib yonardi. Nafasim tezlashib, tomog`imga allanima tiqilib. Og`zim qurib tilim tag`nagimga yopish qoldi. Unga aytish uchun, birorta ham so`z kelmasdi.

- Mendan havotir olman, o`zimga ziyon yetqazmayman, - ko`zlarimdagi ma`noni o`qib olib, qorni asta ushlab qo`ydi, - Keting... Ortiq meni deb oyizlarni norizo qilman... Baxtli bo`ling!..

Har kuni kuzatib qo`ygandek, kulib eshikkacha kuzatib qo`ydi. Kulib qarab turadi. Lekin u ham to`lib turgani, o`ziga dalda berish uchungina zo`raki jilmayotgani shundoq sezilib turardim...

Mashini old o`rindig`iga qanday o`tirganimni eslolmayman.

- Orsiz! - orqa o`rindiqdan oyimning, istirobga to`lgan titroq ovozi keldi, - Be`yuz, orsiz! -dedilar.

Ortimga qaradim, oyim yuzlarini oyna tomonga burib oldilar va yana meni orsizlikda aybladilar. Akamga qaradim, shu qadar mendan nafratlanayotgandiki, hatto yuzimga ham qaramasdi.

Yo`l davomida, akam ham oyim ham ko`p bora ``Orsiz!`` tamg`asini peshonamga yopishtirib kelishdi.

Faqatgina qishloqqa kelganimdagina, bu tamg`aning zalvorini, yangalarim ko`ziga qarab his qildim. Endi ularning nazlida, izzat-nafsi yo`q, juvonga uylanib olgan orsiz yigit bo`lib ulgurgan ekanman. Oyladagi qadir-qiymatim ham qolmagandi go`yo... Orsiz bo`lish shundey bo`larkanda?

Ikki kun qanday o`tgani o`zimga ayan. Hayolimdan birzumgaham Madina ketmas, hayrlashayotganda aytgan so`zlari mudom qulog`im ostida jaranglardi.

``Nahotki, xato yo`l tanladim? Endi nima qilaman... Vadam nima bo`ladi?``

Turib-turib o`zimni lanatlayman. Qarshimda ikkita yo`l, ammo ikkisi ham baxtga olib bormaydi. Oyimning rayiga qarab, Madinani shu xoliga tashlab boshqasiga uylansam, unga bergan qasamim urub ketadi. Oyimni norozi qilib, Madinani yoniga ketsan ham baxt topolmaymiz!

Qismat yo`lim shu qadar chigalki, mutloqa yechim yo`q...

* * *

Katta yangam kechki ovqatga chaqirgani xonamga kirgan edilar. Shu boxona biroz yonmda o`tirib, uydagi ob-havolardan, oz-moz xabardor qilgan bo`ldilar. Aytishlaricha, oyim meni yonimga borishlaridan bir kun avval, Barchinoyga sovchi bo`lib, uning ota-onasidan ijobiy javob olib chiqishgan ekanlar.

Bu xabar o`zi shundog`am, Madinamni oldida ayibdorligimdan yonayotgan yuragimga, moy sepgandek bo`ldi.

``Nahotki Otabekni qismati boshimga tushsa?``

Otabek ham pinhona ota-onasini rizoligisiz Kumushga uylanib olib xato qilgandi. Ohir oqibat, bu xatoning badalini, suyukli Kumushini hayoti bilan to`lagandi.

``Mening badalim qanday bo`ladi?``

Tog`ni talqon qilg`udek kuching, o`zinga yarasha a`qling bo`lsa ham, onaga qarshi chiqib bo`larmidi?

To`g`ri choralar bordur, lekin bazi narlarni qo`llashga imon yo`l qo`ymaydi.

Oyim mendan jahli chiqqani uchun, bir og`iz ham gapirmadim. Oyimni, ranjigani, buni ustiga ilojsizlikdan yechim topolmayotganim, Madinani hayoli...

Ikki kun ichida murdadan farqim qolmadi.

``Baxtimdan sarhush edim-a!!!``

Qayg`uli kunda, baxtli oningni eslaverarkansan! To`yim kuni, u odatdagidanda g`o`zalroq edi. Oppoq libosda farishta kabi asta yurib yonimga kelganda, aqlimni biroz yo`qotgandek bo`lgandim. Yuragim shu qadar qattiq dupurlardik, ehtimol arshi-a`logacha eshitilgandur... Baxtli hayotni ozru qilgandim, sevgan insonim bilan qo`sha qarishni niyat qilgandim... Endi esa bularning barchasi sarobdek yo`qolib qoldi. Hammasiga yagona ayibdor taqdir, deya o`zimga tasalli beraman...

Tonga yaqin, mehirli qo`llar taftindan, uyg`onib ketdim. Ko`zim ochilib, tepamda oyim boshimni silab o`tirganlarini ko`rdim. Asta boshimni ko`tardim. Biroz mahzun termulib, afsus bilan bosh chayqab tebrandilar.

- Ee-e-e, sodda bolam-a! - ohista yelkamni siladilar, - Seni shu umidlarda o`stirganmidim? -dedilar, hafsalalari pir bo`lib.

- Kechring oyi! -dedim, bazo`r pichirlab.

Yana bir muddat o`ychan termuldilar.

- Rostdan uylandingmi?

- Hmm!

- Qanday jurat etding?

- Yaxshi ko`raman!

- O`sha be`yuzniya? Er ko`rgan bo`laturib, sodda yigitni aldab tegib olgan, hayosizniya?

- Oyi siz uni bilmisiz-ku!

- O`g`lim zaracha izzatnafsing yo`qmi? Ertaga uyalmaysanmi o`rtog`laring oldida? Yigtga qiz yarashadi, juvon emas!

- Oyi shundog`am qizbolaga uylandim... Siz bilsaydiz, uning boshidan qanday voqealar o`tganini? -deya qisqacha bo`lgan voqealarni so`zlab berdim. Oyim bosh chayqab qo`ydilar, ammo ishonmaganlari yuzlarida namoyon bo`ldi.

- Uni unut, u bizni oylaga to`g`ri kelmaydi...

- Qanday? Ahir u meni qonuniy xotim! -dedim, iltijoli qarab.

- Ajrashasan... O`zim senga, o`zimizga munosib qizga uylantiraman. Hudo xoxlasa, kuzni boshida to`yingni qilamiz, keyin hammasi unut bo`lib ketadi... -dedilar, battar yuragimni siqib.

- Barchinoygami?

- Meni, kelinim Barchinoydek muslima qiz bo`ladi. Qayoqdagi ityaloq emas! -dedilar birozgina jahil bilan.

- Oyi o`g`lizga yuqori baxo beryabsiz! Men Barchinoyni tirnog`iga ham arzimayman. Menga turmushga chiqsa, u bechora ham baxtsiz bo`ladi... Iltimos oyi, bu shashtizdan qayting! -dedim.

- Gap bitta... -deya o`rnilaridan turib, chiqib ketishga taraddutlandilar.

- Oyi, menga ishonmadiz... Lekin so`zlarim rost, men sizga aytgandek juvonga emas, bokira qizga uyaldim. O`ylayotganizdek, hech qanday nojo`ya ishlar qilmadik, yaratgan oldida qalbimiz pok... O`zizham bilasiz, chizgan chig`izdan chiqmaganman... Lekin shu safar...

- Senga nima deyisni ham bilmay qoldim og`lim. Hozir 4, 5 yoshli bola bo`lib qolganingda boplab adbingni berardim... Lekin aqlini tanigan yigitsan, ammo... Eee bolajonim-a!.. - dedilar.

- Qaniydi oyi... Yoshbola bo`lib qolsam, o`shanda ko`zyoshimni ichimga yutib o`tirmasdim. O`zimni eng hafsiz makskan bo`lgan, bag`rizga otardim... Afsus unday emasda oyijon!

Oyim xonani tark ettilar. Men esa yana o`rnimga yotdim.

Tushdan keyin, kichik yangam eshikni taqillatib bosh suqdi.

- Ukajon...

- Ha, yanga! -dedim.

- Sizni oyim bilan akam chaqiryabdilar...

- Nega yanga?

- Bilmadim, anchadan bera gaplashib o`tirgan edilar...

- Ho`p...

O`rnimdan turib, oyim va akam o`tirishgan xonaga kirdim. Salomlashib asta cho`kkalab ko`rpachaga o`tirdim. Akam o`ychan, oyim esa sal yumshagandek ko`rinadilar.

Bir qancha vaqt yoqimsiz skunat ichida o`tirdik. So`ng akam so`z ochdi.

- Murod ket, seni ortiq ko`rishni istamayman... - akam yonidagi kattakon og`ir sumkani, xontaxta ustiga qo`ydi, - Mana seni ulushing... Ortiq bu oylada haqqing qolmadi...

Avvaliga ket deganda, yonidan turib ketishimni so`rayabdi deb o`ylabman. Aslida akam uydan butunlay ketishimni aytayotgan ekan.

- Meni uydan haydayabsizmi? - hayrat bilan oyimga qaradim, - Oyi, bir nima desayschi?

- O`z yo`lingni tanlab bo`libsan, nimayam deyman...

- Oyi hazillashyabsizlarmi?

- Sumkada pul, mana mashinangni kaliti... - akam sumkani yonimga surdi, mashina kalitini esa qo`limga tutqazdi. - Ket yo`q, qishloqqa umuman qadamingni bosma. Ohirgi gap shu...

Umid bilan oyimga qaradim. Afsuski oyim ham akamni so`zlarini maqullab turardilar...

O`ylabmanki oylamagilar, meni juda yaxshi ko`radi, nima bo`lganda ham Madinani qabul qilishadi deb. Biroq unutib qo`yibman, akalarimga dadamdan orkashlik meros qolganini. Unutib qo`yibman, or-nomus, oyla shani har narsadan muhumligini.

- Aka, qanotimsan derediz-ku? Nima endi voz kechib yuboravorasizmi?

Akam zarda bilan o`rnidan turdida chiqib ketdi.

- Oyi, siz hammi? Shunchalar oson-a! Nima endi meni yomon ko`rib qoldizmi? Nahotki meni tushunishni istamaysiz?

- O`g`lim-aaa! Qaysi ona bolasini yomon ko`radi? Nega vos kechadi?

- Nega unda, akam ket, qaytib kelma desayam, indamayabsiz?!

- Senga ishongim kelyabdi... Lekin bizni g`aflatda qolg`irganing, ko`nglimni og`ritdi... O`shani tanlabsan bor o`sha bilan yashayqol... Biroq bilib qo`y, uni kelinim deb qabul qilolmayman. Bor yoniga boroqol. Mayli o`g`lim roziman, qornidagi farzanding uchun, o`sha farzanding yetimlikni ko`rmasin, uyoli tutmasin...

Oyimning bu so`zlaridan keyin o`zimni qarovsiz qolgan go`dekdek his qildim.

- Hop ketaman... - alam bilan, bosh irg`adim, - Faqat oyi, bizni qarg`amang? -dedim, negadur ko`zimga kelgan yosh qaroqlarimdan toshdek qotib qoldi.

- Senlarni nega qarg`amayman, esi yo`q?! - oyimning ham ko`zlari namlandi, ovozlari titradi, - Yaratgandan insof, so`rab duo qilaman. Joning omon bulgurlar... - chuqur hursunib, shivirladilar, - Akalaring sendan g`ururlanar edi, ularni ishonchiga hiyonat qilding, boshini egib qo`yding...

- Tushundim, oyi. Peshonamga shular bitilgan ekanda!.. Biroq men ham qalbim amriga quloq tutgandim hols!

- Demak ayb menda, senga tarbiya berishda adashibman!

- Unday demang, oyi...

- Bo`ldi bolam, ketsang tezroq ketaqol. Sog`insam o`zim borib ko`raman, -dedilar, yuzlarini teskari burib.

Mashinani kalitini changallagancha xoviga chiqdim. Darvozaxonada turgan damasimga ko`zim tushdi. Uni o`t oldirgani yurdim. Qarshimdan kichik akam chiqdi.

- Aka...

- Ahmoq ukam... -dedi, qo`lini siltab, uyiga kirib ketarkan.

- Davron aka... - deya to`xtatdim, - Akam bilan oyim uydan ket dedi. Endi siz ham voz kechib yuzizi burmang, akaaa!

- Sendan kechisharmidi, jahil ustida aytishyabdi-da! - vazminlik bilan, yelkamni qoqib qo`ydilar, - Qatta bo`lsang ham sog` bo`lsang bo`lgani, ukam...

- Rahmat aka.

- Yordam kerak bo`lsa, qo`ng`iroq qil...

- Ho`p, aka...

Kichik akamning so`zlari, sal bo`lsada ko`nglimga taskin berdi. Darvozani ochib, mashinani o`t oldirdim. Shu payt orqa eshik ochilib, katta akam bir sumka pulni o`rindiqqa qo`ydi.

- Kerakmas aka! -dedim.

- Seni haqqing... - eshikni zarda bilan berkitti, - Qarshimdan chiqsang salomlashib ovora bo`lma... -degancha ortiga qaytdi.

- Ho`p, aka...

Mashinani asta o`rnidan qo`zg`otdim va oynadan so`ngi bor haovliga ko`z tashlab hotiramga muhirlab oldim. Avval darvozdan o`tdim, ko`chadan chiqdim, so`ng qishloqdan. Tobora yaqinlarimdan uzoqlashib borardim, biroq jismimni bir bo`lagi ular bilan qoldi.

Oylam sevgimni xato deb kechirishmadi, or qilib! Ulardan hafa emasman, aksincha fahirlaman. Yagona ilinj bilan yashayman, birkun kechirib bizni to`g`ri tushunishadi!

* * *

Mashinani eshik yonida qoldirib, sumkadagi pulni olib, yuqori ko`tarildim. Eshikni ochmoqchi edim, negadur ichkaridan berkitilgan. Havotirim oshib, qo`ng`iroqni boshdim.

- Kim u? - ichkaridan Barno opani, katta qizi Baxtilani ovozi keldi!

- Men Murod akayzman...

- Opaaaa! - baqirib yubordiyu, eshikni ochdi. - Aka opam kasal bo`p qoldi! -dedi, havliqib, ko`zlari jovdirab.

Yotoqxona eshigida Madina paydo bo`ldi. Holsizlidan, bazor eshikka tayanib turardi. Lablari bir nima deb pichirladi ammo ovozi chiqmadi. Tezda borib, quchoqlab oldim.

- Qaytib keldim, jonim!

U butun gavdasini menga tashladi, qo`llari bo`ynimda omonat osilib qoldi. Yuragim bir qalqib ketdi.

- Jonim senga nima bo`ldi? Ko`zingni och! - u hushidan ketib qoldi. - Baxtila suv opkeling... -dedimu, Madinani ko`tarib yotoqxonaga olib kirib yotqizdim.

- Akaaaa! - vahima qilib baqirvordi, - Opam o`lib qoldilarmi? -dedi yig`lab.

Baxtilani yeg`lagani ko`rib o`zim ham qo`rqib ketdim. Oshxonaga yugurdim, jumrakdan bir sitakan suv olib kelib, Madinani yuziga sepdim. Hayryat ko`zlarini ochdi.

- Baxtila birnarsa topib yelping, opangizga toza havo kerak...

Baxtilaga buyurib, o`zim Madinani oyoq-qo`lini uqalay boshladim. Harakatimiz tezda samara bo`rdi. Madinani yuzida qon yugurdi.

- Jonim bir nima degin, qara jiyangini qo`rqitvording!

Nim tabassum bilan jiyaniga qaradi:

- Yaxshima, yig`lama shirinim! -dedi.

- Nima bo`ldi senga? -dedim, hayotirda yuzini silab.

- Akaaa! - Baxtila jovob qildi, - Opam ikkikundan beri, hechnima yemadi...

- Shunaqami? -dedim.

- Ha aka, hechnima yemadilar! - dedi, Baxtila shikoya qilib.

- Endi yeydi... - Madinani asta qo`lini siqib, - Yeysan-a jonim?

Kiprik qoqib, salgina bosh irg`adi.

- Baxtila qozonda ovqat bormi?

- Ha mastava! Faqat sovub qoldi...

- Unday bo`lsa, hozir men restarandan ovqat olib kelaman!

- Aka men borib kelaqolay, - aqilli qiz, opasini yonidan bo`lishim kerakligini sezib turib, - Siz opamga qarab turing, men tezda borib kelaman... -dedi.

- Yaxshi, hozir sizga pul... - boyagi sumkadagi pul eshimga tushdi, - Hozir bir sonya! -deb eshikka yugurdim.

Judda katta pulni shundoq, ostonda qoldiribman. Sumkani ko`tardim. Boya his qilmabman, juda og`ir ekan. Yotoqqa olib kirdim va o`sha yerda ochdim. Chamamda 40, 50 milliyon atrofida pul bor shekili!

Akam shunchalar sahovatliki! Meni yomon ko`radi deb o`ylaganimdan o`zim uyalib ketdim. Jigarini yaxshi ko`rmaganida, uydan shundoq haydagan bo`lardi. Akalarim mehridan yuragim allanechuk bo`lib ketdi. Lekin bu pullar ularni peshona terisi, ishlatishga qo`lim bormaydi. Sumkani devor yoniga qo`ydimu, javondagi o`zimni pulimdan oldib, Baxtilaga beldim.

- Oshxonada termes bo`lsa kerak. Opeyzga chuchvorani yoqsiz qilib quydurib keling... Menga ikki sih shashlik oling, o`zizga esa ko`ngliz tusaganini... Uchchalamiz birga ovqatlanamiz... -dedim.

- Ho`p bo`ldi aka, tezda borib kelaman...

- Ehtiyot bo`ling...

Baxtila shoshib ovqat olib kelgani ketdi. Men asta Madinani yoniga o`tirdim.

- O`z joningda qasting bormi? - ko`zimga bir qarab oldiyu, indamay boshini egdi, ohista yelkasidan quchdim, - Nega hechnarsa yemading?

- Yeyolmadim... - pichirlagancha, boshini yelkamga suyadi. - Sizsiz topog`imdan hechnarsa o`tmadi...

- Kechir azizam... - peshonasidan o`pib, bag`rimga qattiqroq bosdim, - O`zimga yuqori baxo beribman. Istamasamda baribir ko`pchilikka ozor berdim...

- Nega qaytib keldiz?

- Seni sog`indim...

- Aldayabsiz... Boshqa gap bo`lgan!

- Hech gap yo`q!

- Ruhiz ko`chkan, qalbiz istirob chekyabdi... Yashirmang hammasini sezib turibman!

- Riyokorlik qilmay, rostini aytaman. Oylamdagilar, sensiz o`likdan farqim qolmagani ko`rib, uydan ket dedi. Borib xoting bilan yasha dedi. Bolang tirik yetim o`smasin dedi!

- Kechiring... - ingrab yig`lab yubordi, - Kechring, meni deb bo`ldi hammasi...

- Bo`ldi jonim... Bunga sen aybdor emassan... Hechkim aybdor emas, bu taqdir... Taqdiru ilohiy. Peshonaga shuni yozgan. Sen yeg`lab o`zingni qiynama, - asta qorniga kaftimni qo`ydim, - Farzandimizni o`yla, uni sog`lig`ini o`yla... - kulib, uni erkaladim, - Onasi yig`lab, o`zi och qoldirsa, mittivoy qanday katta bo`ladi?

- Bolamiz bo`lishini qattan bildiz?

- O`sha kuni, Barno opa, senda alomatlari sezilayotganini aytagan edilar... Sen qachon aytmoqchi eding?

- Ha, endi... - ko`zyoshlarini artib, burnini tortib qo`ydi, - Begim siz dada bo`lasiz, test ijobiy chiqdi...

- Ollohimga behisob shukurlar bo`lsin...

Bechoraginam, ezilgan behol, ko`rinishda. Rosa ko`zyosh to`kkanidan, uyqusizlikdan ko`zlari qizarib ketibdi. Ko`zyoshlardan namlanga yuzlarini, barmog`larim bilan artib oldim, asta bag`rimga bosdim, barcha alamlarni unutishga urundim. Xona uzra, jim-jitlik yoyildi. Uzoq vaqit o`tirdik. Sukunatni eshikdan kirasolib, opasini chaqirgan Baxtilani ovozi buzdi.

- Opajon olib, keldim... - yotoqxona eshigidan bosh suqdi, - Akaaa, dasturxonni yozveraymi, yoki shu yerga suzib kelaymi?

- Dasturxonni yozavering, opayz o`sha yerga chiqadi.

- Chiqolmiman, boshim aylanib ketyabdi! -dedi Madina, beyhol ovozda.

- Yotoqxonada ovqatlanishlikdan xudoni o`zi asrasin... Tur jonim, seni o`zim olib chiqaman. - asta o`rnidan turg`azdim, xolsizlikdan chayqalib ketdi. - Hammasi ochlikdan jonim, qorningni to`qlasang, quvvatga kirib olasan...

Madinani olib chiqqunimcha, Baxtila dasturxoni yozib, ovqatni suzib qo`yibdi.

- Qara jonim, biram ajoyib jiyaning bor. Birzumda taomlarni muhayyo qildi.

- Rahmat asalim... - dedi, Baxtilaga minadorlik bildirib.

- Opa, aka endi men ketaqolay!

- Nega ketasiz birga ovqatlanardik? -dedim.

- Siz keldiz endi opamga o`ziz qarabab turasiz. Men kech tushmay uyga ketvolay! -dedi.

Qarasam juda astoydil, ketishni istayabdi. Opasi bilan meni yolg`iz qoldirmoqchi.

- O`zim mashinada oborib qo`yaman.

- O`zi birqadam-u, darov yetib olaman! Opamga qarayqoling...

Baxtila qol deyishimizga ham unamay chiqib ketdi. Madina ikkimiz yolg`iz qoldik. Avvallari yolg`izlik, biz uchun bayram edi. Endi bu yolg`izlik allechuk yoqimsiz tuyuldi. Sal quvnoqroq bo`lishga, uni ko`nglini ko`tarishga harakat qildim. Ishtaxasi bo`lmay, ovqat yeyishni istamasada, rayimni qaytarolmay, yarim kosa yegan bo`ldi. Boshi aylanib, xolsizlanayotgani aytganidan so`ng yana yotoqqa olib kirdim. Ko`ksimga boshini qo`yib, dam o`tmay uhlab qoldi. Men esa, miyyamni bant etgan o`ylardan uxlay olmasdim. Yarim tunga borib, xona isib ketdi. Buni ustiga qo`lim uvushib qoldi. Asta qo`limni boshini tagidan chiqarib, o`rniga yostiq qo`ydim. O`zim borib, derazanani ochdim. Tungi sokinlikda foydalanib, dilimdagi g`amlarni aritishga urundim. Ko`zim to`mpichka ustidagi qoralama daftarchaga tushdi. Ohirgi haftalarda sher mashq qila boshlagandi. Shodon kunlarda

O‘xshash hikoyalar