MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XVII- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi
I - II -
III - IV -
V - VI -
VII - VIII -
IX - X -
XI - XII -
XIII - XIV -
XV - XVI - Qismlar...
XVII - Qism...
Do`ktir shovqin ko`tarmasligimizni talab qildi. Barno opa qo`limdan tutib ogancha, u kishini bilan ururushganimdan foyda yo`qligini, g`azabdan foyda yo`qligi, ishi uchun qonun oldida javob berishini aytib, tinchlantirdi.
- Do`ktir xotinimni yoniga kirsam bo`ladimi?
- Narkoz tarqasa, palataga olamiz, shunda kirib ko`rasiz... Hozir bizda yo`q bazi dorilarni yozib beraman, topib kelishiz kerak, - dediyu, jadallagancha xonasiga kirib ketdi.
Barno opa ikkimiz, do`ktirni ketida orqama-ketin, xonasiga kirdik.
- Hotinimni ahvoli qanday do`ktir?
Nazarimda avvalroq Barno opaga aytgan shekili, ularga ma`noli ko`z tashlab qo`ydi. Barno opa esa boshini egib olgancha, ko`zlari bilan yer chizdi.
- Hotinizni miyyasi chayqalgan, chap oyog`ini son qismi suyagi dars ketgan. - do`ktir biroz jimib, og`ir hursundi. - Afsus... Homilasi nobut bo`ldi...
Do`ktirni so`zlaridan keyin, huddi balant binodan qulab, tushgandek, butun tanam og`riqdan zirqirab ketdi.
- Nima?
Qattiq zarbadan, o`zimni yo`qotib qo`ydim. Bir necha sonya nima qilayotganimni, o`zim bilmay qoldim. Ko`z oldimdan, Madinani kulgusi, vaqti-vaqti bilan oynaga qarab, mehir bilan qornini silab qo`yishlari, qorniga kaftini qo`yib erkalaganimda, boshini yelkamga suyab sevinishlari, barcha yoqimli hotiralar tasviri bir-bir ongimda shakllana boshladi.
Uzoq-uzoqdan Barno opa va do`ktirni ovozlari elas-elas qulog`imga eshitilib, asta hushum tartibga kela boshladi.
O`zimni idrok eta boshlaganimda, xonani betartib bo`lib ketgani ko`rib, men qilganimni tushundim. Biroq qanday bo`ldi bilmayman, nazarimda do`ktirni stolini ustini sidirib tashlabman.
- O`zizni bosing uka. -dedi do`ktir, xolatimni tushgani uchun, qo`polligimga ortiqcha e`tiroz bildirmay.
- Qanday? - baqirdim, - Yaramaslar...
- Murodjon o`zizni keling! - deya Barno opa tinchlantirishga urundi.
- Siz tushunmayabsiz! - Barno opani bir siltab o`zimdan nari itardim, - Endi, Madina nima qiladi?
Do`ktir ham, Barno opa ham, tillarini yutgandek jim qolishdi. Do`ktirni xonasidan chiqgach, nigohlarim bilan boyagi erkakni izladim. Biroq topa olmadim. Alam bilan, Baxtila o`tirgan, kursiga kelib o`tirdim. Hayolimni turli yoqimsiz o`ylar bant etgan. O`z o`ylarimdan o`zimni vohima bosadi. Boshimni egib, ko`zlarimni yumgancha mo`jiza ro`y berishini kutaman, uyg`onsamu bularni hammasi yoqimsiz tush bo`lib chiqishini istayman! Ammo fahmim yetadi, bu tush emasligiga. Qancha o`tirdim bilmayman! Hilor hididan o`zimga keldim. Pollatta ko`tarib, yo`lakni artayotgan ayol, muloyimlik bilan nariga o`tib turishimni so`radi. O`rnimdan turib, deraza yoniga bordim. Yonimga Baxtila ham kelib turib oldi. Boya e`tibor bermabman, qo`li gipis ekan!
- Sizga nima qildi?
- Opam bilan birga, Paliknikaga ketayotgan edik...
Hiqqilab yig`lagancha, bo`lgan voqa tafsilotini aytib berdi.
Madina haftada bir bor, Paliknikaga borib, tekshiruvdan o`tib turardi. Bu safar ham o`sha maqsadda Baxtila ikkisi ko`chaga chiqishibdi. Taksiga o`tirishibdi, chorrahadan o`tayotgan vaqtlarida qizil chiroqda o`tib kelgan, boshqa mashina yon tomondan urubdi.
Yonimizga Barno opa ham keldi. Qiziga uyga ketaverishini aytib, song menga yuzlandi.
- Murodjon boshizda shu balo ham bor ekan, sabirli bo`ling... Sizlarga og`ir, ammo o`zizni tutib olmasangiz bo`lmaydi... Hozir Madinaga hardoyimidanda ko`proq daldangiz kerak...
Boshimda, ``Nega? Nega? Nega?`` degan yuzlab savollar bor. Biroq bularni hech biriga javob yo`qligini bilaman. Madinam o`ziga kelsa, qay ahvolga tushadi! O`ylashga ham qo`rqaman. Lekin Barno opani haq. Barcha qayg`ularni ichimga yutib, sirtimga chiqarmasligim kerak.
- Ho`p opa. - alam bilan bosh, irg`adim.
- Qayoqqa? - dedilar, do`ktirni xonasiga kirmoqchiligimni ko`rib.
- Do`ktir dori yozib beraman degandi?
- Mana! - qo`lidagi buklangan qog`ozni, uzatdi, - Kamyob dori ekan, topib keling...
- Qayoqdan bo`lsa ham, topib kelaman... - qog`zni qo`limga oldim, - Iltimos, siz yonida bo`lib turing.
Shifoxondan chiqib, yan atrofdagi dorixonalarga kirdim. Rostdan juda kamyob dori ekan, o`nlab dorixonalarga kirib, oxiri bazadan topdim. Bu orada ancha vaqt o`tib ketdi. Shifoxonga qaytib kelganimda, Madina o`ziga kelgani, palataga olishganini bildim. U yotgan palataga kirdim. Barno opa unga dalda berib yonida o`tirardi. Madinani ko`rib bir lahza turib qoldim. Oyog`i ustiga choyshob yopigan. Peshonasi va bilagiga bint bilan bog`landgan. Bir ahvolda majolsiz, menga ko`z tikdi. Barno opa meni, ko`rib stulni bo`shatdi. Asta stulga o`tirdim. Ko`zlari iltijoli boqib, lablari titradi. Uning ko`ngliga taskin beradigan biror so`z ham kelamdi, tilimga. Qo`limni cho`zim choyshob ustidan gipslangan oyog`ini ushladim. Istihola qilib, choyshobni yananaxam yuqoriroq turdi va qo`limdan, tutib oldi. Qo`llarini kaftlarim orasiga olib yuzimga bostim.
- Hali ko`rmagandek bo`lib ketasan...
O`ng qo`lini, qorni ustiga qo`yib shavqattalab ko`zlarini menga tikdi.
- Kechiring... - dedi, majolsiz sasda.
- Siqilma...
Ma`noli kipriq qoqib, qo`yar ekan, lablarini tishlagancha, ko`zlarini yashirib, devor tomonga salgina yuzini burdi. Menga qarashga bardoshi yetmadimi, ko`zlarini yumib oldi.
Jismining bir bo`lagidan, o`zi istamay ayrilgan Madinamga, dalda berish uchun, tilimga so`z kelmaydi. Qo`limdan kelgani, boshini silab qoshida o`tirish. Bu orada og`riqlarni qoldiradigan, dorilar tasirida uhlab qoldi. Ikki soatlar chamasi, dori tasiri tarqadi shekili, uyg`ongani hamoni bezovtalanib og`riqlar zo`ridan ingray boshladi. Tezda do`ktirni chaqirdim, hamshiralar o`kol qilgani kirishdi. Shundan so`ng, meni karidorga chiqarib yuborishdi.
Karidorda o`rindiqda o`tirgan Barno opaga ko`zim tushdi, bir ahvolda, kutib o`tirgadi. Ularni ahvolini ko`rib, betoqat bo`lib ketdim. Madina o`z qiziday kuyunib, ko`zyosh to`kayotgan edilar. Yonlariga yaqinlashganimdagina meni payqadilar va ko`zyoshlarini yashirdilar.
- Opa, endi ketaversangiz ham bo`ladi. Madinani yonida o`zim bo`laman! -dedim.
- Ha ketaman, lekin bu ayollar palatasi, siz baribir yonida o`tirolmasiz, - o`zlarini o`nglab, dardkashlik bilan yelkamni siladilar. - Uyga borib, ovqat pishirib, kechga yaqin qaytib kelaman. Bu kech yonida o`zim qolaman. - dedilar.
- Ho`p, rahmat sizga!
Barno opa uyiga ketgach, yana do`ktirni yoniga kirdim. Madinani holati haqida batafsil bilish uchun. Rengen tasvirlarini ko`rsatdi. Jarohatlar u qadar hafli emas ekan. Ichki organlarga ham shikast yemabdi. Genekolik bilan gaplashganini, u: Madina yana farzand ko`rishi mumkunligini aytibdi. Hozircha eng muhimi, uni tushkunlikka tushib qolmasligi ekan. Do`ktirni so`zlaridan ancha yengil tortdim. Bazi tavsiyalarni berdi, so`ng Madinani palatasiga qaytdim. Yanida bo`lib, ruhan dalda bo`lay dedim.
- Murodjon! Madina uhlab qoldimi? -deya Barno opa palataga kirib keldi. Shundagina kech bo`lib qolganini payqadim.
- Ha, uhlab qoldi!
Ovqat pishirib olib kelibdilar. Kosaga suzib, tompichka ustiga, bitta non bilan qo`ydilar.
- Kelin, ovqat yeb oling... -dedilar.
- Yo`q, rahmat opa. Ishtaham yo`q! -deya rat etdim.
- Yeb olmasez bo`maydi... - qo`yarga-qo`ymay majburladilar.
Bu holatda tomog`imdan qil ham o`tmaydi. Ammo suyukligimni yonda tog` bo`lib turishim uchun ham quvvat kerak.
Yonimizdagi kiravatda o`rta yoshli, ayol ham yotardi. Unga ham ayol kishi bo`lgan yaqini qarab turgandi. Madinani yonida tuni bilan qolishim noto`rilini tushunib, karidorga chiqib oldim. Kursuda o`tirgancha, Madinamga shifo so`rab duo qildim.
- Siz uyga ketaqoling, ertaga Madinani kiyimlaridan olib kelasiz. Bugun yonida o`zim qolaman. - dedilar, Barno opa chiqib.
- Ho`p. Telefonim yonimda bo`ladi. Agar biror narsa zarur bo`lsa, yoki uyg`onib meni so`rasa qo`ng`iroq qiling, darov yetib kelaman...
Barno opaga tayinlab, o`zim uyga qaytdim. Eshik tagida turibmanu, ichkariga kirishga yuragim chopmaydi. Chuniki bilaman bu oqshon,
``Yaxshi keldizmi begim?`` degan so`zlarni eshitmayman.
Uzoq vaqt zinda o`tirdim. Qo`shnilarni ma`noli qarab o`tishlaridan keyin, ilojsiz eshikni ochdim. Uyda yo`qligini bilaman, ammo nigohlarim uni izlaydi.
``Ee-e-voh, Madinamsiz xonadanim munchalaram befayz, bo`lmasa?!``
Biroz o`tirib o`zimga kelib olgach, qazo qilingan nomozlarni o`qish uchun taraddut ko`rdim. Hufton ibodatidan so`ng, yotoqqa bir o`zim kirgim kelmadi. Xona o`rtasida gilam ustiga cho`zildim. Qayg`uli o`tgan kunning zalvoridan qovoqlarim og`irlashib ko`zlarimni yumdim, shu zaylda yotib uyqu elabdi.
- Begim turing... Uyg`oning!
Uning ovozidan uyg`onib ketdim.
- Madinaaaa... Jonim! -deb yubordim, behos.
Dafatan atrofni anglay olmadim, gilam ustida uxlab qolganim sabab. Keyin Madina shifoxonada ekanligi yodimga tushdi. O`rnimdan turib, stol ustida tinmay Madinani ovozi yangrayotgan telefonga qaradim. Bomdot vaqti bo`lganidan ogohlantiruvchi budennik! Musiqasi o`rniga ovozni yozib o`rnatib qo`yibdi. O`zi o`chmaguncha, suyukligimni ovozini tingladim...
``Rahmat jonim!``
Telefonimga, bir necha kunlik nomoz taqvimni erinmay, kalendariga belgib chiqibdi. Qachon ulgurgan bilmayman! Tongda uyg`onishga qiynalishimni biladi. Hammasini oldindan sezgandek!
Bomdot nomozidan so`ng, tong yorishini kutushga sabrim yetmadi. Kiyimlaridan olib sumkaga soldimu, kasalxonaga jo`nadim. Ohirgi besh kun, huddi shu zalda o`tdi...
Do`ktir navbatdagi tekshiruvga kirganda, uyga javob berishini aytdi va xonasiga chaqirdi.
- Do`ktir yana bir necha kun yotib, nazoratizda bo`lsa degandim? - dedim, do`ktirni xonasiga kirib.
- Hotiniz ancha tuzuk... - do`ktir yaqinroq o`tirib oldi, - O`rtangizdagi rishtalar, havas qilgudek... Hotiniz sizga juda bog`lanib qolgan, yonida bo`lgan vaqtiz hotirjam, lekin yo`qligizda juda asabiy, bo`lib qoladi... Kasalxonadan ko`ra, o`zi ko`nikkan muhitda bo`lgani, ancha foydaliroq!
- Tushunarli, lekin o`kollarichi?
- O`kollar tugadi... Dori yozib beraman, shularni o`z vaqtida ichib tursa, tuzalib ketadi...
- Rahmat do`ktir.
Shu kuniyoq Madinani olib uyga qaytdik. Olib kirib, stulga o`tqazdim. Ko`nglini ko`tarishni istadim.
- Mana bekam, uyinga ham kelding, - uyni har yoqlariga ishora qildi, - Sen yo`g`ingda hech qayerni to`zg`atmadim, qadringga yetib, ozoda saqladim... Erkak kishi uchun katta jasorat-a? -dedim.
Behuda hayollardan chalg`itish uchun, boshqa mavzu ham yo`q edi.
- Hmm, yaxshi! - bosh irg`ab, atrofga ko`z tashlab qo`ydi.
- Jonim kasalxonada, hilor hididan rosa bezigan bo`lsang kerak-a? - shifoxodan chiqsa, ovunishiga yordam beradi degan o`yda, ikki kun avval gul do`konidan to`rtta tuvakchada gul olib kelib, deraza tokchalriga qo`ygandim. - Jonim tokchalarga bir qaragin...
U hissiz, tokchaga nigohini tashladi.
- Gullaringni yana to`rttaga ko`paytirib qo`ydim, - tezda chiroyli gullari ochilgan tuvaklardan birini olib yoniga qo`ydim, - Mana...
Barmoqlarini gul yaproqlariga ohista teqqazgan bo`ldi.
- Chiroylia? Senga yoqdimi?
- Ha-a! -dedi.
Nazarimda gul olib xato qilibman. Gullarga qarab, ko`ngli buzulib ezilgandek tuyuldi.
- Jonim hozir bitta choy qo`ysam. Ikkovimiz bir choyho`rlik qilaymizmi? - dedim.
Hozir ayolimga juda og`ir, lekin men bo`sh kelmayman. Qanday bo`lmasin, dardlarini aritishga harakat qilaman. O`rnimdan turib, oshxona tomonga yurganimda, ortimdan sassiz ovozi keldi.
- Oyog`im og`rib ketti...
- Qayeri? - dedimu, ortimga qaytib, gipis oyog`ini ushladim.
- Yotgim kelmaydi! - dedi, boyagidanam past ovozda.
- Yotishga hali vohliku, jonim kel yana biroz o`tiraylik... - dedim.
- Kirib yotoqolay, iltimos! - dedi, ko`zlari iltijoli boqib.
- Ho`p, jonim! - ko`tarib olib kirib qo`yishga chog`landim, - Kel bo`ynimdan quch...
Ko`ksimga qo`lini tirab, o`zidan nari itardi.
- O`zim... Hassani beraqoling! - dedi.
Uning bu harakatidan: erimga malol kelmay deb o`ylayotganini sezdirib qo`ydi. Ko`kragimdan itarish uchun cho`zgan qo`li, ko`ksimni cho`qdek kuydurib yubordi. Rayiga qaramay, bir qo`limni yelkasidan, ikkinchisini oyog`lari tagidan o`tqazib, dars ko`tarib oldim.
- Hassani olib kelmayman, qaytarib kasalxonaga tashlab kelaman... - ko`targan holatda, birzum jovdiragan ko`zlariga termuldim, - Erimga malol keladi, deb hayolingni bir chetiga ham kelmagin, ho`pmi? -dedim, biroz qo`pollik bilan bir siltab.
- Aa-a-y-y... Ho-o-op! -dedi, bo`ynimdan mahkam quchgancha.
Nafasi hovluqqancha, itotkorona kipriq qoqib qo`ydi. Birzumga dilim og`rib, qo`pollik qilganim uchun, kechirim so`ragandek, peshonasiga labimni bosib opib qo`ydim. Yotoqxonaga olib, kirdim. Devonni chega avaylab o`tqizdimu, o`zim yoniga chiqib, qarshisiga chordana qurib o`tirib odim.
- Menda shunday bir qobilyat bor... - u diqqatini menga qaratdi, - Senga qaradim deguncha fikralingni o`qib olaveraman... Nima deyishimni sezganday boshini salgina egib kiprik ostidan qaradi.
- Zinhor erimga malol kelib qolaman, deb o`ylama... Jonim birgina nigohingda, nimalarni o`ylayotganingni, his qilaman... Men uchun, juda azizsan... Begonalarcha birgina qarashing yuragimga nayza bo`lib sanchiladi... - qo`limni cho`zib, gipislab qo`yilgan oyog` kaftlarini uqalay boshladim, - Hotinimni hizmatini qilish, men uchun uyat emas. Nima istagin bor bo`lsa, bekorchi hayollarga bormay, meni aytgin ho`pmi? - dedim.
- Hop!
Jiddiy bo`lib yuragini siqmay deb, asta oyog`ini qitiqlab hazillashishni istadim. Oyog`ini tortmomchi bo`ldi, ammo gipisda bo`lgani uchun tortib ololmadi.
- Qitiqlamang? -dedi.
- Qitiqlamaymabmanu, massaj qilyabman!
- Iltimos, unday qimeng! - dedi, qitiqdanmi yuzida bir lahzaga tabassum zohir bo`lib.
- Jonim kel... - o`rnimdan turib, orqasiga o`tdim, - Boshing chayqalib, ikki kun qimirlamay yotib, yelkalaring ham achishib ketgandur-a? -deb yelkalarini asta, uqaladim.
- Qo`ying kerakmas!
- Unda nima qilishimni istaysan?
- Hechnarsa!
Bir qarashda, oyog`i gipisligini inobatga olmasa hamma yeri sog`lom, lekin kamgap bo`lib qolgani meni havotirga solardi. Jinday o`z holiga tashlab qo`ysam, o`z istirobilari chirmovug`iga o`ralashib qoladigandek edi! Shuni uchun, holi joniga qo`ymasdim.
- Jonim qorin, juda ochib kettiyu! - dedim.
- Aaaa! - o`zidan hijolat bo`lib, gipis oyog`ini ushlagancha bir muddat jim turib qoldi, - Qorniz ochqadimi? - dedi, ko`zlari multirab.
- Ha, judayam! Ko`chani ovqatidan ichim chiqmadi, seni ovqatlaringni sog`indim...
- Oshxonaga olib borasizmi? - oyog`ini pastga tushurib, turushga o`nglandi, - Darov biror taom tayorlab beraman. - dedi.
Madinam oyog`da turolmaydiyu, ammo men uchun taom pishirmoqchi. Ruhi ham jismi og`rib turgan pallada, joniga azob berib, oshxonada qiynab, taom pishirtirmoqdan ko`ra, non bilan suv ichib qo`yaqolishim maqul. Ammo maqsadim, uni qanday bo`lmasin chalg`itish, o`z bilan o`zini yolg`iz qoldirmaslik!
- Qiynalib qolsangchi?
- Yo`q, qiynalmayman!
- Unda stulda o`tirib o`rgatib turasan, o`zim tayorlayman. Bo`ladimi shunday qilsak?
- Hmm!
- Kel, jonim ko`tarib, oshxonaga olib kiraman!
Madida stulda o`tirib, sabzavotlarni artib, to`rg`ab berdi. Hullas o`rgatib turdi. Men esa uydagi bor mahsulotlardan ajabtovur taom tayorladik.
- Ho`sh qalay? - dedim.
O`zi, yaxshi oshpazlar erkak kishidan chiqadi, degan gap yuradi. Biroq men bu gapga uncha ishonmayman. Negadur men pishirgan taomlarim hecham maromiga yetmaydi.
- Rostini aytaymi? - dedi, kuygan, chala pishgan birnechta kartoshkalarni likopni chetiga ajratib.
- Yaxshisi aytma! Jonim, hudoyim biladi: bu bola shunaqa bemaza taomlar pishirib mahsulotlarni uvol qilmasin deb, sendek qo`li shirin, umir yo`ldoshni, juftim qilib yaratgan... O`zimcha shunday o`ylaymanda... - dedim.
- Hmm, - mahsulotlarga, ichi achib chayqalib qo`ydi, - Balki! Lekin shuni ham yevordiz-a? -dedi, likopchani bo`shatib qo`yganimni ko`rib.
- Bo`ri hom yeb o`libdimi? - deya o`zimni oqlagan bo`ldi.
O`zi qornim unchalik ochham emasdi. Biroq unga ochman, deb aytgaim uchun, chala pishgan, kuyganlari ham yeb tashladim. Muhimi qornim to`qganini bilib, hotirjam bo`lsa bas.
- Qo`y jonim, idishlarni o`zim yuvib qo`yaman, - o`tirgan yerida, idishlarni yig`ayotganini ko`rib, qo`lidan oldim, - Senga boshqa ish bor...
- Qanday?
- Hozir, - shikafni ochib, ko`ylakni oldim va imi-jimida bitta tugmasini yulib oldim, - Shuni qadab bergin jonim... - deya ko`ylak va igna ipni qo`liga tutqazdim.
U tugmachani qadash bilan andarmon bo`lguncha, men idishlarni yuvib qo`ydim.
- Mana tugmachani qadab qo`ydim.
- Barakalla, qo`ling dart ko`rmasin azizammm!
Erkalb minnadorlik bildirdim. Yonidagi stulga o`tirdim.
- Ho`sh jonim, uhlash vaqtigacha bir yarim soat vaqt bor, bu vaqtni nima qilib o`tqazamiz?
- Yuvunib olsam bo`lardi!
- Vooy, oyog`ing gips-ku?!
- Suv teqqazmayman, iltimos vannaga opkirib qo`ying...
- Qiynalib qolmisanmi?
- Yo`q...
- Ho`p jonim!
Vannaga olib kirdim, o`tirishi uchun tog`arani to`ntarib, gipis oyog`iga suv teqqazmasligi uchun, chelakni to`ntarib qo`yib berdim. Halatini, sochiqni olib kirib berdim.
- Bo`ldi siz chiqib turing endi... - dedi.
- Eringdandam uyalasan-a? - deya kuib qo`ydimu, uni yolg`iz qoldirdim.
Deraza yonida turib, tashqarini tomosha qilayotgan edim. Barno opa qo`ng`iroq qilib qoldi.
- ``Yaxshi, o`tiribsizlarmi?``
- ``Yaxshi!``
- ``Madinani ahvoli qanday?``
- ``Yaxshi, birga ovqat qilib yeb oldik. Endi vannaga kirib ketdi...``
- ``Ha-a! Yaxshi bo`pti, o`zi nafasim qaytib ketyabdi, deyayotgan edi!``
- ``Hozircha, hammasi narmal holatda!``
- ``Yaxshi...`` - birzum jimib, ovozlaridagi mayinlik yo`qoldi, - ``Murodjon men anovilarni sutga berdim!``
- ``Ha, yaxshi qilibsiz!``
- ``Lekin, Murodjon!``
Barno opa, sutga berganlarini aytdilaru, ammo ular badavlat oyla ekani, qutulish uchun allaqachon harakatni boshlagani, taksisni ham pul bilan rozi qilishgani, yaqindagina ularni oldiga borib, arizani qaytib olish evaziga pul taklif qilgani, hali zamon menga ham uchrashishlari mumkunligini aytishdi. Keyin umudsizlangandek, bizni imkonimiz pastligini qo`shib qo`yishdi.
Barno opadan o`sha kishilarni aderisini so`rab bilib oldim.
O`sha yaramasni qonun oldida javob berishini judayam istayman. Biroq hozir men uchun, Madinani yonida bo`lish muhumroq. Ko`rinib turibdi, osonliqcha jon beradiganga o`xshamaydi, sutma-sut rosa sudirasa kerak?!
- Begim qaravoring! - vannahonadan ovozi keldi.
- Bo`ldimi?
- Hmm!
Eplab yuvunib, ustiga kiyib olibdi. Ko`tarib, yotoqqa olib kirdim. Otirib olgancha, schiga o`ralgan sochuqni olib, toza qurimagan sochlarini tarab, chigilini yoza boshladi. Zimdan kuzatib o`tirar ekanman, yuzi sal bo`lsada yorishgani ko`rib, ko`nglim hotirjam tortdi.
``Hudoyim o`zinga shukur!``
Buyog`iga hammasi iziga tushib ketishiga ishonib, ko`ngil hotirjam uyquga ketdim. Yarim tunda negadur uyqum o`chdi. Madina esa tinch uyquda. O`yga toldim, hayollar olib ketdi, Barno opa bilan telefonda bo`lgan suhbat o`ylarimni bant etgan. Qanday yo`l tutsam, uni jazolay olishim mumkunligi haqida bosh qotirdim...
Birdan Madina bir seskanib uyg`onib ketti. Boshini ko`tarib o`tirib olarkan, ikki qo`llab qornini ushladi. Dam o`tmay, ingroq ovozi chiqib kafti bilan og`zini to`sib oldi.
- Nima bo`ldi jonim? - havotirda o`rnimdan turib ketdim, - Biror joying og`riyabdimi?
Nafasini ichiga yutgancha bosh chayqadi.
- Yaxshiman! - deya bazo`r pichirlab qo`yarkan, menga orqa qilib yotib oldi.
Ortidan quchib oldim. Menga sezdirmaslikka urundi, ammo yelkalari titrab soatlab unsiz yig`lab chiqdi.
Kunduzgi kayfiyatidan hammasi o`z iziga tushadi deb o`ylagan edim. Yo`q adashibman, uning ruhiy holati men o`ylagandan ancha yomonroq ekan. Osongina, dardini unutaolmas ekan.
Bu holat, har kuni takrorlana boshladi. Kun davomida uning qalb yaralarini malham qo`yishga urunaman, ammo tunga borib bu yaralar yangilanadi.
Uch hafta o`tgach, do`ktirni ruhsati bilan gipsni olib tashladik. Shu bilan jismidagi jarohatlar bitti. Ammo ruhiy holati kundan, kun yomonlashib boraverdi. Bu orada, do`ktirni tasvsiyasi bilan