tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XVI- QISM...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi

I - II -

III - IV -

V - VI -

VII - VIII -

IX - X -

XI - XII -

XIII - XIV -

XV - Qismlar...

XVI - Qism...

Ibodat qilayotgan ayolimni ko`rib meni o`zgacha, yurug` hislar qurshab oldi. U bilan oyla qurganimizdan buyon, turli holatlarda, tez-tez duolar aytayotganini eshit qolardim, lekin nomoz o`qiyotgani birinchi bor ko`rib turishim edi. Ruku`, sajdaga borishlari, oyatlar pichirlab bag`oyat teran laffuz qishi, meni sehrlab qo`ydi, go`yo.

Ko`rinib turibdi, nomoz o`qishni kech, yoki bugun o`rgan ayolga o`xshamasdi, jufti halolim.

Qo`llarini duoga ochganda, turgan yerimda cho`kka tushib men ham qo`llarimni duoga ochdim. Uning ko`zida yosh bilan, Parvardigordan - ``Jufti halolimni!`` deb duo boshlaganini eshitib, butun vujudim, ilohiy bir tuyg`udan titrab ketdi. Ko`zlarim oldidagi tasvir mavjlanib, qaroqlarimga yosh quyuldi. Juftuhalolimning pichirlab, uzundan-uzoq aytayotgan duolari, qulog`imga elas-elas eshitib turardi, ollohga iltijo qilganisayin, ko`zyoshlarim sel bo`lib oqardi, sira tutolmasdim.

O`zi uchun ollahdan hech narsa so`ramadi.

``Jufti halolimga!`` der edi.

Duolarini tugatgach, men ham yuzimga kaftlarimni bostim, tomchilar kaftim ortiga berkitdim. Ko`zyoshlardan kaftlarim nam bo`ldi. Madina ibodatni yakunlab o`rnidan turdi. Meni ko`rib birzum, jim turib qoldi.

- Assalom alaykum! - deya oyoq uchida, yaqinlashdi.

- Jazokallohu xayron, - qalbimda kechayotgan tuyg`ularimni tariflashga til ojiz, - Va`aykum assalom. Ibodating qabul bo`lsin, azizam...

Nechundur hijolat tortgandek boshini egib oldi. Huddi uning nomoz o`qishimga men qarshidek! Bu hol turishidan, ko`nglim g`ashlandi.

``Azizam boshingni ko`tar!`` demoqchi bo`lib yaqinlashgandim. Biroq dilimga boshqa o`y keldi.

``O`zing kechir tangrim!``

Bolaligimdan oyim nomoz o`qishni o`rgatgan edilar. Yoshlikgimda men ham, oyimning o`gitlariga quloq tutib, besh vaqt nomoz o`qirdim. Biroq keyinchalik, o`smirlik davrlarim, o`qish, ish deb, ko`cha kezib, taxorat olishga erinib, dangasilik, hudbinlik qilib bora-bora o`qimay qo`ygandim. Afsus!

Ayolimning ko`zyoshlardan yuvulgan bokira nigohlariga, qarashgada o`zimda kuch topolmay, ko`zlarimni olib qochdim.

``Tavba qildim... Rabbim o`zing kechir, mendek osiy bandangni!``

Asta Madina tomon qo`l cho`zdim, peshonasidan opib yuziga yuzimni bosdim.

- Shu sonyadan boshlab, senga munosib bo`laman. Ollohim amir qilgan, o`z farzlarimni bekamikus bajarishga harakat qilaman! - asta bag`rimga bosdim, - Olloh bergan sinovlarda sabirli bo`lib... Haq yo`lda yurib, o`zidan shafqat so`raymiz! -dedim.

- Men! - shivirladi, - Men... - biroq so`zini tomog`iga tiqilib, ko`ksimga yuzini boshdi. Belimdan asta quchdi.

Huddi farishtani quchib turgandek, ilohiy hislanini tuydim. Ko`nglimga yorug`lik to`lgandek, yengil tortdim.

``Ollohga behisob shukurlar bo`lsin. Sendek jufti halol bergani uchun!``

Birdan yig`lab yubordi!

- Kechiring! Barcha g`am-tashvishlarizga sababchi menman!

- Kechirim so`rama, - erkalab, yelkalarini siladim, - Har gal o`zingni ayblasang, ichimdan bir narsa uzulib ketgandek bo`ladi. Sendan o`tinchim ortiq, o`zingni ayblama! Qarshingda o`zimni notovan, nochor kishidek his qilishimga, majbur qilma, azizam!

Boshini irg`ab qo`yarkan, ohista ko`ksimg yuzini qo`yib, mahzun pichirladi.

- Cho`riz bo`lib, hizmatizni qilay, umrim ohirigacha haqqizga duo qilay begim! - ko`ksimga kaftini tirab, asta siladi, - Tog`im bo`lib, hamisha yonimda turing ilohim!

- Ilohim, azizam ilohim... - kipriklarida osilb turgan durdek donalarni, barmoqlarim uchida sidirib oldim. - Ortiq yeg`lama! Ishon... Mana ko`rasan, hali hammasi yaxshi bo`ladi. Oylamiz bizni, tushunishadi...

- Yo`q, qabul qilishmaydi!

- Umidim yarmi senda. Sen umidsizlanma! Men ishonaman, Olloh bor, u ko`rib turadi... Faqat sen ham ishon azizam, ishon...

Ishonaman, bir kun sinovlar ham tugaydi. Oyim ham, akam ham kechiradi. Ollohdan so`raymiz, ularni diliga solsin.

* * *

Hammasi asta iziga tusha boshladi. Pochchamizning tavsiyasi bilan, bir savdogarni yuklarini tashib berishga yollandim. Mashinam bor, ombordan yuklarni bozor rastalariga tarqatib beraman, yana bazi yumushlar bajaraman. Mashina o`zimniki bo`lgani uchun yaxshigina haq olaman. Madina esa, Barno opaga ko`maklashib salonda ishlay boshladi.

- Begim turing! - bomdot nomozidan so`ng, qayta o`ringa yotgandim, uhlab qolibman. - Turing ishga kech qolasiz! -deya uyg`otdi.

- Tong ottimi? -dedim, uyqudan bazo`r ko`zimni ochib.

- Qachoni edi!.. Soat 8:00 da ketaman devdiz?! Bo`ling turaqoling, yuvunib, kiyinib, choy ichib olishga 10 daqiqa vaqtiz bor... -dedi.

- Eeeeh, azizam! Nega vohliroq uyg`otmading-aaa? - o`rnimdan turdim, vannaga shoshdim. - Ko`ylagimni dazmolladingmi?...

- Allaqachon tayyor...

Yuvunib, kiyinib, taranib bo`lgunimcha, qolgan 10 daqiqa vaqtim ham tugadi.

- Nonushta tayyor kelaqoling!

- Endi jonim nonushtani o`zing yeysan... - telefonni soatiga qaradim, - Men tezroq ishga borishim kerak! -dedim.

- Hali voqtiz bor! - yo`limni to`sib, ayyorona jilmaydi. - Barcha soatlarni 30 daqiqa oldinga surib qo`ygandim... -dedi, zavqlanib kulib.

- Aaaa! - kulgani uchun, yolg`ondan qovog`imni soldim, - Rostdanmi? -dedi.

- Hmm! - qovog` uyganimni ko`rib, yuzidagi tabbassumi g`oyib bo`ldi, - Men...

- Ustimdan kulyabsanmi? - keskin so`zini ilib ketdim, - Indamagan sari, jaaa!

- Yo`q, undaymas... - dedi.

- Bilasanmi hozir seeennn! - ovozimni dag`allashtirdim, o`zimi asabiy ko`rsatdim, shu asnoda undagi o`zgarishni ham kuzatdim. - Hozir sen... Zo`r ish qlding, jonim! -dedim kulib.

- Vooy... Yolg`ondan jahil qilayotganmidiz? -dedi.

- Ha... Qalay, bajjahil er obrizga yaxshi kirdimmi?

- Qo`rqitvordiz! - chuqur nafas olib, chiqazdi. - Rostdan jahliz chiqib ketibdi, deb o`ylabman... -dedi hursunib.

- Farishtan, eringdan nega qo`rqasan? Menam shunchaki hazillashdim, jahlim chiqqan paytda, o`zingni qanday tutishingni ko`rmoqchi edim!

Jilmayib, kuldim. - Ooo-o-o! - hazilimdan, endi uing qoshlari tutashdi, qo`lini musht qildi, - Hotinizni jahli chiqqandachi? - dedi, o`zini biroz jahildor ko`rsatib.

- Bu holatda men... - yuzidan chup etib o`pib qo`ydim, - Mundoq qilaman... Aniq bilaman, yoqimli tabassum va o`pichdan suyukli yorim moydek erib ketadi... Harqalay eringni urmasang kerak-aa? -dedim, hazilomus jilmayib.

Yuzi yal-yal yonib, jilmaydi. Qo`lini cho`zib yoqamni to`g`irlab, tugmchani asta taqdi.

- Har kuni, narida-beri choy ichasizmi, yo`qmi shoshib ketyabsiz! Bugun, bemolol gaplashib, nonushta qilgim kelgandi... Soatlarni ham shunchun srib qo`ygandim! - nonushtaga o`tirarkanmiz kulib, erkalanib gapirdi, - Aslida, haqqim bor-ku, begimni yonimda ko`proq bo`lishga?

- Albatta, jonim...

Odatdagidek, qo`llari shirin, jufti halolimning totli taomlaridan, tanam yayrab tanovul qildim.

- Qo`llaring dard ko`rmasin jonim...

- Osh bo`lsin... - telefonni soatiga bir qarab oldi, - Begim 5 daqiqa vaqtiz qoldi!

- Unda yaxshi qol, men ketishim kerak... - dasturxon haqqiga duo o`qib, o`rnimdan turdim, - Jonim, o`zingni ehtiyot qil... Barno opaga salom ayt!

- Begim haligi! -dedi, bir narsa deyishga chog`lanib.

- Gapir, biror narsa kerakmi? Qaytishimda obkelaman.

- Umm yo`q... Anovi devonni tagidagi pullarni nima qilasiz?

Akam bergan pullarni qayerga qo`yishimni bilmay, yotoq devonimiz tagiga yashirib qo`ygandim.

- Bilmadim o`zim ham hayronman! Sen nima qilmoqchi eding?

- Hechnima... -dedi, havotirlanayotganini sezdirib.

- Qo`rqyabsanmi? - bosh irg`agani ko`rib, kulib yubordim. - Boyxonim bo`lib, pullar ustida yotmisanmi, mazza qib?

- Juda katta pul, shaytonga o`xsharkan! Yurakka vohima solyabdi. Biror joyga berkitib qo`ying! -dedi.

- O`zing berkitib qo`yayoq?

- Qayoqqa?

- Sandig`inga!

- Sandig`im yo`g`uuu?

- Yo`q bo`lsa sotvolamiz, faqat keyinroq, - soatga qaradim. - Ahh jonim, meni kech qoldiryabsan! Ketishim kerak...

- Tushlikka kelasizmi?

- Harakat qilaman. Javobimni telefon qilib aytaman jonim...

- Yaxshi boring...

Madinam, soatni surib qo`yib zo`r ish qildi. Bu kungi nonushtani bemalol, mazza qilib tanovul qildim.

Ohh mening go`zal, malagim shunchalar qattiq sevadiki, bazan baxtdan boshim aylanib qoldi.

``Boringa shukur jonim!``

Iloji boricha ko`chada ovqatlanmaslikka harakat qilaman. Tushlikda ham uyda, rafiqat bilan birga o`tishni maqul ko`raman. Tushga yaqin qolgandi, do`konlardan qaytgan, mahsulotlarni omborga olib kelayotgan edim. Yo`lim uyim yonidan o`tadi. To`xtab, Madinaga qo`ng`iroq qildim. Ovqati tayyor bo`lsa, biryo`la tushlik qilib olish maqsadida.

- ``Alloo!``

- ``Jonim ovqating tayyor bo`ldimi?``

- ``Endigina unnadim!``

- ``Bo`lmasa, ishimni bitirib, qaytaman!``

- ``Shoshmen!``

- ``Ha jonim!``

- ``Aaaa! Oyim keluvdilar!``

- ``Oying?`` - hayron bo`ldim, uni oyisi olamdan o`tgandiyu! - ``Oyinglara?``

- ``Oyimiz!``

- ``Oyimlarmi?`` -dedim. Negadur ichim shuv etib ketdi.

- ``Haaa!``

- ``O`zi yaqnroqda edim! Hozir kiraman!`` -deya telefonni qo`ydim.

Oyim nega keldilar? Meni sog`inibmi? Balki hozir Madinani tuzlayotgandurlar!

Ko`nglimni vahima bosib uyga uchdim. Eshikdan kirdimu, qarshimda turgan sandiqni ko`rib hayron qoldim. Bu sandiq oyimni uylarida turardi, kelin uchun sarpo-suruq, latta-putta yeg`ardilar. Oyim bilan Madina oshxonada edilar. Oyim nimalarnidur tushuntirar, Madina tinglardi.

- Assalom alaykum!

- Va`alaykum assalom. - yuz-ko`zimga mehir bilan termuldilar va quchoqlarini ochdilar, - Yaxshimisan o`g`lim?

- Hush kepsiz oyijon!

Yoshboladek o`zimni quchoqlariga urdim. Oyimni mahkam quchgancha, hidlariga to`ydim. Hol, ahvollarini so`rab bo`lgach, tushlik dasturxoniga taklif qildim.

- Oyi akamlar, yangamlar, jiyanlarim yaxshimi?

- Hammalari yaxshi, yurishibdi...

- Yaxshi... - eshikdan kiraverishda turgan sandiqqa ishora qildim, - Oyi bu sandiqni siz opkeldizmi?

- Haaa... - oshxonada yurgan, Madinaga bir qarab oldilar, - Ichida kelinimga deb atadgan narsalarim bor... -dedilar.

Oyimning tillaridan ``KELINIM!`` degan so`zni eshitib, to`lqinlanib ketdim.

- Rahmat oyijon!

- Suyunma! - yana oshxona tomonga, yoqimsiz qarab husundilar, - Sandiqdagi barchasini, seni hotiningga atab yeg`gan edim... Endi bu sandiqqa ko`zim tushsa jahlim chiqayabdi... Attang, o`zim yoqtirmagan, kishiga nasib etgan ekan! - dedilar, birozgina alam bilan, pichirlab.

- Unday demang oyi! - qo`llarini ushlab, o`pib, yuzimga bosdim, - Nimani bersayz biz uchun tabarruk... Iltimos bunday norizolik bilan bermang, oyijon!

Oyim birzum termulib, bosh chayqadilar.

- Ehhh, bolajonim-a! Rozi bo`lmasan, qishloqdan opkeltirarmidim?! - mehirli qo`llari bilan qo`limni siladilar, - Roziman, o`g`lim... Biroq bu, sizlarni kechirdim degani emas!

- Mayli oyi... Umid qilaman, birkun kelib kechirasiz...

Usti boshim bir-bir nazar tashladilar, so`ng uyimizni har tarofiga.

- Durust! -dedilar, pichirlab.

Nazarimda Madinani saramjon sarishtaligi oyimga yoqdi.

- Madina choyni yangilavorgin... -dedim.

- Boyagina yangiladi, qo`y ovqatini qilaversin! -oshxodan shoshib chiqqqan Madinani to`xtatdilar, - Meni deb ovora bo`lma! Undan ko`ra, ovqatinga qara, eringni qorni ochgandur! -dedilar, qattiq qo`l qaynonaday, o`tkirlik bilan.

Madina, bir yutib olib, oyimga yuzlandi.

- Ovqat pishdi suzaveraymi? -dedi.

- Eringa suzib ber, meni qornim to`q! -dedilar jizzakilik qilgandek.

Madina nima deyishni bilmay, jim turib qoldi.

- Ozroq iching oyi! - qo`llaridan silab, ko`ngillarini yumshatishga urundim. - Kelinizni qo`llari judayam shirin... Oyijon yo`q demang!

- Ha, mayli... - iltimosimdan ko`ngillari yumshagandek, ovozlari mayinlashdi, - Yarim kosagina suzaqol... -dedi.

Oyimni rozlaridan, mendan ham ko`ra Madina hursand bo`lib ketdi. Tezda oshxonaga qaytib, ovqatni suzib keldi.

Kosamdagi ovqatni kovlar ekanman, ikki ko`zim oyimda edi. Bir qoshiq ovqatdan og`izlariga solib, so`ng mamnun bosh irg`ab qo`ydilar.

``Hayryat oyimga yoqdi?``

Ovqatni yeb bo`lgach, asta so`radim:

- Oyi, tavom yoqdimi sizga?

- Yaxshi... - Madinaga ko`z tashladilar, - Mazzali, qo`ling dark ko`rmasin...

Madinani ko`ngli ko`tarilib ketdi, dadillanib oyimga javob qaytardi.

- Osh bo`lsin, oyijon...

Madina quvonchini yashirmay jilmaydi. Ammo oyim unga ters, qovog` uydilar. O`ylashimcha ``Oyijon!`` degani yoqmadi. O`zi ko`rinib turibdi, oyim Madinani sirayam hushlamayabdilar. Biroq o`z martabalariga xos ravishda vazminlikni ushab turibdilar.

- Durust! - oyim so`zlarini davom ettirdilar, - Yaxshi sifatlaring ko`rinib turibdi... Uy tutishing, kiyinishing, hammasi maqul... - dedilar.

Shu payt telefonim jiringlab, oyimni so`zini bo`ldi. Qarasam ish joyimdan. Tushlik qilayotganim aytib, telefonni qo`ydim.

- Oyi meni, ishga chaqirishyabdi! -dedim.

- Bir daqiqa shoshma senga ham gapim bor! - deb Madinaga yuzlandilar va so`zlarini davom ettirdilar, - Maqtovimni boshqacha tushunma, senga qaynonama emas, bir holis ayol sifatida baxo beryabman...

Madina boshini irg`ab qo`yarkan, oyimdan uyalib boshin quyi soldi. Oyim birzum o`ychan unga termuldilar. Ayni damda nimalarni o`y surardilar, faqat o`zlariga ayon. Lekin his qilyabman, ko`ngillari yumshagan.

- Madina, seni kelinim deb aytolmayman, biroq bir keksa ona sifatida, nasihatlarim bor. - dedilar.

- Hmm, - bosh irg`adi, - qulog`im sizda oyi...

- Ering ketgandan keyin, aytaman! - dedilar.

Oyim shoshilmay piyoladagi choyni ho`pladilar. Shukrona aytib so`ng, qo`llarini duoga ochdilar. Dasturxon haqqiga duo aytia bo`lgach. Tezda idishlarni yig`ishtira boshlagan Madinani qo`lidan tutib to`xtatdilar:

- Shoshma, joyinga o`tir. - oyim menga qaradilar. - O`g`lim, akalaringa aytganlarimni sen ham takidlayman. Farzanddim sog`lam bo`lsin desang, xotingni ehtiyoq qil. Har bir so`zingni o`ylab gapir, og`ir ko`tarmasin, yomon ko`zlarda asragin!

Birdan Madina hiqqilladiyu, o`rnidan turib vannaxonaga tez kirib ketdi.

Uni tushunaman, bizni holatimizga tushib qolgan, har qanday juftlik, onasidan bu kabi so`zlari eshitishni orzu ham qilolmasa kerk!

- Kechirasiz oyi! - Madinani to`satdan, ko`zyosh bilan turib ketganiga izoh berdim, - G`amho`rligizdan ko`ngli bo`shab, to`lqinlanib ketti... - dedim.

- Ko`nglidan o`rgildim! - vannaxona tomonga ko`z tashlab, so`zlarini Madina eshitmasligi uchun ovozlari pastlatdilar, - Men ham ayol bo`lganim uchun, qornida seni farzandingni ko`tarib yurgani uchun, qattiq gapirmayabman. Bo`lmasaku!... -deya qo`l siltab qo`ydilar.

Oyim chinakam farishta misol zotlar, har qanday holatda ham ohirani o`ylaydilara!

- Sizday ona yana kimda bora?

Telefonim yana jiringladi. Ko`tarib javob qildim. Tezroq borishim kerak ekan!

- Oyi ishga ketishim kerak. Tez qaytaman!

- Qaytib ovora bo`lma, Nazirboy mashinasida opkelgandi, gaz quydurgani ketdi, halizamon keladi, men ham u bilan qishloqqa qaytaman...

Nazirboy, yuk mashina haydaydi. Tushungan bo`lsam, oyim sandiqni uni mashinasida olib kelganlar.

- Oyi yana qachon bizni ko`rgani kelasiz?

- Bilmadim.

- Iltimos oyi tez-tez kelib turing...

Oyim (ha)yam, (yo`q)ham demadilar.

- Madinaaa! - chaqirdilar, u, vannadan uchib chiqdi. - Eringni kuzatib qo`y, ishga ketyabdi... -dedilar.

- Ho`p bo`ladi!

Asta Madina ikkimiz eshik tomon yurdik.

- Yaxshi borib, keling...

- O`zing ham yaxshi o`tir... Oyimni ko`ngillarini topishga harakat qil... Oyim jiddiy ko`rinsalarda aslida yumshoq ko`ngil insonlar. Gapirayotganlarida gaplarini bo`lma, buni yoqtirmaydilar. O`zingni o`zgacha ko`rsatma, boringcha ko`rin. Biror narsa so`rasalar, berkitma rostini aytaver, ho`pmi jonim?

- Ho`p.

Oyim bilan hayrlashib, ishimga chiqib ketdim. Biroq hayolim uyda qoldi. Oyim bizni ko`rgani kelishilari, bir sandiq Madinaga atab sarpo olib kelganlari, umid uchqunlarini yanda o`t oldirib yubordi. Bundan benihot hursanman.

Shu kun iloji boricha ishimni tezroq tugatishga harakat qildim. Kunni kech qilib, uyga qaytdim.

- Yaxshi keldizmi? -deya Madina qarshi oldi.

- Ha, - uy ichiga ko`z tashladim, - Oyim qachon ketdilar?

- Sez ketganizdan biroz o`tib...

- Yaxshi kuzatib qo`ydingmi?

- Hmmm! - labi pirpirab, ovozi qaltirab ketti, - Kuzatib qo`ydim!

- Ko`zlaring qizaribdi yig`ladingmi?

- Hmm!

- Nima dedilar oyim? Urushtilarmi?

- Yo`q!

- Gapirsanchi, yuragimni hovluqtirmay?

- Ayollarga bazi tavsiyalar, yanaaa!

Ovozi tiqilib, yeg`lab yubordi.

- Shu holosmi? Boshqa hechnarsa demadilarmi?

- ``O`g`lim senga omonat, bolamga yaxshi qara!`` dedilar. Kiyin esa! - hiqqillab yig`lasha davom etdi, - Keeeyn... Keyin, peshonamdan o`pib qo`ydilar...

- Bo`ldi jonim... - bag`rimga bosdim, - Aytgandimu senga, meni onam dunyoda yagonalar deb! Onam tengi yo`q ayollar...

- Buni qarang... - quchog`imdan chiqib, sandiqni ochdi, - Qarang oyim, nimalar olib kelibdilar!

Cho`kkalab o`tirib, sandiqdan oppoq matoga o`ralgan kitobni olib, o`pib ko`ziga surib so`ng menga uzatdi. Muqaddas kitobga hurmat ko`rsatib, so`ng asta joyiga qo`ydim. Sandiqda matolardan tashqari, idish tovoq, choynak piyolalar bor. Madina taxlangan, matolardan birini qo`liga olib, yig`lagancha gapirdi.

- Bularni tiktirib kiyasan dedilar...

- Albatta jonim, tikib kiy!

Idish tovoqlarga ishora qildi.

- Bularni ishlatilar dedilar...

- Ha, jon... Oshxonada avaylab asrib ishlat!

- Manabuni qarang! - matolarni tagiga berkitilgan, kichikroq qutichani olib, ochdi, - Bularni menga olib kelibdilar...

Qutichada, bir juft sirg`a, uzuk va tilla zanjir bor edi. Cho`kkalab yoniga o`tirdim. Ko`zyoshlarini sidirib tashladim.

- Oyim tillarida aytasalar ham, seni kelin o`rnida qabul qila boshlabdilar... Esimda yangalarimga ham shunday hadiyalar qilgandilar... Jonim oyimni hadiyalari tabarruk, taqib ol hammasini...

O`zim qutichadan uzukni olib, barmog`iga soldim. Tilla zanjirni esa, bo`yinchasiga taqdim. Sirg`alarni olib, qo`liga tutqazdim.

- Jonim taqib ol...

- Ho`p... -deya qulog`lariga ildi.

- Yarashdi jonim, judayam!

Oyimning hadiyalaridan, shu qadar tasirlanib ketdi. Yuzini kafti bilan to`sib ho`ngrab yubordi.

- Nega yig`laysan-a? - quvonib kuldim, quchoqlab yupatishga urundim, - Hursand bo`lmaysanmi?

- O`zimdan uyalib ketyabman, qanday kelin bo`ldim... - hiqqiladi, - Judayam oyimlarni hizmatlarida bo`lib, duolarini olgim kelyabdi...

- Inshiolloh... Jonim, bir kun bu niyatlaring ham amalga oshadi. O`sha kunlar kelganda, yelib-yugurib hizmatlarida bo`lamiz, duolarini olamiz...

* * *

Nechundur ertalabdan, nohush uyg`ondim. Tushlarimga ham, alag`-jalag` narsalar kirdi. Yuvunib, taranib nonushta qildik. Bu kunga kelib, Madinani ham homilasi, sezilib qolgandi.

- Begim, tushlikka nima pishiray?

- O`zinga yoqqan taomni...

- Ho`p!

- Qaytishda nima olib kelay?

- Olma... - zavqtlanib kuldi, - Kecha olib kelganizni yeb tashladik!

- Barakalla, o`zimni olmaho`rim... - erkalab, yuzlaridan siladim, so`ng engashib qornidan o`pib, bag`rimga bosdim, - Meni farishtalarim... Boshqa hechnima kerakmasmi?

- Bugun Baxtila keladi...

- Yaxshi, opa singil gaplashib o`tirarkansizlarda?

- Ha... Qaytishizda muzqaymoq, soldirib keling. Kun ham rosa qizdiryabdi-da!

- Ho`p... Shuginami?

- Hmm!

- Bo`bti bo`lmasam, ehtiyot bo`lib o`tirgin...

Madina kuzatib qo`yarkan, negadur ko`nglim g`ash bo`lardi. Allani nima ro`y beradigandek tuyuladi. Mashinani ruliga o`tirishga ham biroz cho`chidim. G`ashlikning sababi yoqimsiz tush ko`rganim bo`lsa kerak, degan hayolga bordim.

Gazli ichimliklarni yuklab bozorga olib ketayotgan edim. Birdan, mashina chuqurga tushib o`ttiyu, yuragim behalovat bo`lib ketdi. Mashinani chetga olib to`xtatdim. Biroz o`tib, o`zimga kelib oldim. O`z holatimdan o`zim ham hayronman. Soppa-sog` bo`lsam!

Yukni tushurib, qaytayotgan edim. Telfonim jiringladi. Qarasam Barno opani no`meri. - ``Allo... Eshitaman opa!``

- ``Murodjon!`` -dedilar, ovozlari juda tashvishli.

- ``Tinchlikmi?``

- ``Shifoxonaga keling!``

- ``Nima bo`ldi?``

Yuragimni havotir bosdi, miyamga turli hayollar keldi.

- ``Kelavering!``

- ``Hozir boraman.``

Bir balo bo`lgani ko`nglim sezadi. Tinchik

O‘xshash hikoyalar