MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (XVIII- QISM...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...
Avvalgi
I - II -
III - IV -
V - VI -
VII - VIII -
IX - X -
XI - XII -
XIII - XIV -
XV - XVI -
XVII - Qismlar...
XVIII - Qism...
Do`ktir ogohlantirib: hotiningiz juda tasirchan ekan, tushkunlik tushib qolmasin, degan edi.
- Madina... - yoniga cho`kkalab o`tirib, muloylik bilan qo`lidan tutdim, - Bu yerda nega berkinib olding? Jonim tur, bu yerdan chiq!
U go`yo hech nimani his etmayotgandek! Hayolimga uyqusrab kirib oldimi, degan o`y keldi. Nigohlari juda hissiz, bir nuqtaga tikilib, lablari pichirlaydi, lekin uni chiqmaydi, so`zlariga tushunmayman. Shikafdan chiqarib, yotoqqo olib kirdim.
- Jonim o`zinga kel, qo`rqitma meni!
O`ziga keltirmoqchi edim, lekin meni eshitmayotganini, umuman his qilmayotgani sezdim. Yuragimni vahimali, qurquv bosdi. Asta quchoqlab, boshini ko`ksimga bosdim.
- Madina! - yuzlaridan silab, chakkasidan o`pdim, - Biror nima degin?
Ichimdan turib kelgan qaltiroq, vujudimni jumbushga keltirdi. Tomog`imga achchiq bir narsa tiqib qoldi.
``Nahotki qo`limdan hech narsa kelmasa?!``
O`zimni shunchalar, ojiz, notovon sezardim. Qani edi, yonimda oyim bo`lsalar! Har narsaga yechim topoaoladigan akam bo`lsa, to`g`ri yo`l ko`rsatar edilar.
``Eeeey rabbim, o`zing shifo ber! Yolvoraman, uni istiroblardan halos qil!``
Ozroq o`tirgach, o`ziga keldi shekili, ko`zlari jovdirab menga qarab qo`ydi. Shundayam bir og`iz so`z aytmay, g`ujanak bo`lib yotib oldi.
Nima qilarimni bilmay, boshqa xonaga chiqdim. O`ylab, o`ylab Barno opaga aytishga qaror qildim. Ohirgi paytlarda, o`zlari ham Madinani ahvolidan tashvishda, uyga tez-tez kelib ketayotgan edilar. Ularga qo`ng`iroq qildim.
- ``Bezovta qilmadimmi, opa?``
- ``Nima bo`ldi tinchlikmi?``
- ``Madinani ahvoli, yaxshimas! Nima qilarimni bilmayabman. Uymizga kelsangiz bo`lardi!``
- ``Hozir boraman!``
Yarim tun bo`lishiga qaramay, 20 minutga qolmay yetib keldilar.
- Qarang opa, hech nimani his qilmayabdi? - dedim, ulardan najot kutib.
- Vohima qilmang, yaxshi bo`ladi... - deya yoniga kirib ketdilar.
Ko`p, kutishga sabrim yetmay, yonlariga kirdim. Barno opa ham chiqib, yoniga yotib olibdilar. Kirganimdan so`ng istihola qilib o`tirib oldilar. Bir qo`llari bilan, Madinani yelkasini silar, ikkinchisi bilan qo`lin tutib olgan edilar.
- Uhlab qoldi! - deya pichirladilar.
- Opa... Uni ahvoli meni juda tashvishga solyabdi... - devonni chetiga o`tirdim, - O`tib ketadi deb o`ylagandim, aksincha kundan-kun yomonlashyabdi. Ayniqsa bugun, juda qo`rqitib yubordi... Shikafni ichiga berkinib olibdi... -dedim.
Barno opa diqqat bilan tingladi, so`ng biroz o`yga tolib qoldi.
- Avval ham shunday bo`lgandi, - hursinib qo`ydilar, - Oyisi olamdan o`tganda ham, bir necha kun telbaga o`shxab qolgandi...
- Keyin qanday tuzalgan? - shoshib so`radim, - Qanday davo topgansiz?
- O`z-o`zidan yaxshi bo`lib ketgandi!
- Nega endi bo`lmayabdi? Ruhshunosga ko`rsatdik, dorilarini vaqtida ichyabdi! Lekin nega foydasi bo`lmayabdi?
- Bilmadim, bilmadim... -deya, ojizgina bosh chayqadilar.
- O`ylashgayam qo`rqaman, bu ketishda esi og`ib qolmasaydi! Opa biror nima qilsak bo`lmaydimi?
- Erta bo`loversinchi, yaxshi ruhshunosga olib boramiz.
- Hop...
Madina avtohalokatga uchrgagan kundan buyon, ongimga bir o`y joylashib olgan, birzum ham tinchlik bermasdi. Boshimizga tushgan falokatlarni, olloh nima uchun bizga ravo ko`rdi? Qay gunohlarimiz uchun?
Javob bitta, oyimni orzu, umidlarini paymoq qilib, dillarini qattiq og`ritganman!
- Balkim, eskichasiga qaratarmiz? - dedilar, Barno opa, sekingina shivirlab.
- Bunisi hayolimga kelmabdi! - qatiyat bilan o`rnimdan turdim, - Iltimos opa, siz qarab turing... Men ikki soatlarda kelaman...
- Qayoqqa ketyabsiz?
- Oyimni olib kelaman! - dedim.
Oyim ko`pni ko`rganlar, bu masalada oyim yechim topa oladilar, ulardan iltimos qilaman, degan o`yda yo`lga taraddutlandim.
- Tong otsa borarsiz? - dedilar, bemahalda yo`lga chiqishimni istamay.
- Hozir bormasam, tongacha o`zim ham aqildan ozaman opa!
- Qishlog`izga ketadigan yo`l juda rasvo-ku? - havotirlandilar, - Qo`ying Murodjon, tong yorishsin ertaga boraqoling!
- Yo`q... - tezda ustimga kiydimu, eshik tomon yurdim, - Hovotir olmang...
Barno opa: ``Yo`ling, behatar bo`lsin!`` degancha duo qilib qoldilar. Istagim juda kuchli bo`lgani uchunmi, qishloqqa tez yetib keldi. Darvoza ichkaridan berkitilgan. Odatda ichkaridan qovun kattaligidagi toshni tanba qilib qo`yilardi. Biroz kuch bilan itarilsa eshik ochiladi.
Eshikni ochib ichkariga kirdim. Darvoza sal tiriqlagan edi, kichik yangan eshitibdi shekili ostonada paydo bo`ldi.
- Murodjon?
- Assalom alaykum! Ha men yanga! - ko`rsatkich barmog`imni labimga qo`ydim, - Akamga ndameng... Oyimni yonlariga keldim...
Oyimni eshiklarini asta chertdim, ichkaridan oyimni ovozlari eshitildi.
- Murodjon senmisan, o`g`lim?
- Ha... - ko`rmasdan menligimni bilganlar. Oyimni ichki sezgisidan lol qolib, tasirlandim, - Ha, menman...
- Eshik tagida turmasdan, ichkariga kir o`g`lim! - o`rindan yotgan ekanlar, o`rnilaridan turib, o`tirib oldilar, - Kelaqol bolam...
Asta somlashkib, oyimni yonlariga cho`kkalab o`tirdim.
- Menligimni qaydan bilib olasiz-a, oyi?
- Ko`nglim sezadi... - mehir bilan birmuddat termuldilar, - Nima bo`ldi, o`g`lim?
- Sizni ko`rgani keldim! - dabdurisdan aytolmadim, - Sizni sog`indim judayam...
- Bolajonim... - deya qo`llarini oldinga cho`zdilar, o`zlariga chorlab. - Kelaqol...
Yoshboladek oyimga talpindim. Mehribon qo`llari, yuzlarimga tekkani hamoni, ruhimda anchagina yengillik sezildi.
- Sizni sog`indim... - qo`llarini mahkam tutdim, - O`tinaman oyi, men bilan boring...
- Nima bo`ldi o`zi? G`am yelkangni bosib qo`yibdi-ku! - havotirli ko`zlarini tikdilar, - Madina tuzukmi?
- Farzandimiz... Yorug` dunyoni ko`rishga ulgurmadi... - dedim, alam bilan, ko`zimga kelayotgan yoshni ichimga yutib.
Oyim ham bir muddat, esankirab qoldilar. So`ng dalda berib, yelkamni siladilar.
- Ko`rganing shu bo`lsin... - dedilar, kuyunib.
- Men bilan yuring oyijon, Madinaga juda keraksiz...
- Hop, o`g`lim...
Oyim, hovliga chiqib, akamlarimni chaqirdila va men bilan ketayotganlarini bir, haftacha biz bilan turishlarini aytdilar. Akalarim etiroz bildirmadi. Oyimni olib, uyga qaytdim. Yo`l-yo`lakay bo`lgan voqealarni hammasini so`zlab berdim.
* * *
Oyim ertasi kuniyoq, Madinani eskichasiga qaratishdi, uyda is chiqarishdi.
- O`g`lim, sen ishingdan qolma... Xotininga o`zimga qarab turaman... - dedilar.
- Ho`p, oyi...
Madinani oyimga tashlab, o`zim avvalgidek ishimga chiqib ketdim. Bu orada uch-to`rt kun o`tti. Madinani ahvoli asta yaxshilana boshladi. Ishga kuzatib, kutib oladigan. Juda kamgap bo`lib qolgan bo`lsada, oyim bilan bir chiroyli o`tirishardi.
To`satdan sutga chaqruv keldi. Sut haqida oyimga aytmadim. Barno opa, ularni erlari (pochcha) bilan davogar sifatida sutga bordik. Barno opa, aytganidek yutqazdik. Yaramaslar hammasini pishitib bo`lishibdi. Advakati ustomon ekan, hammasi alg`ov-dalg`ov qilib tashladi. Taksis ham ularga yon bosdi, guvohlar ham mujmal, ohir oqibat bari baxitsiz xodisa bo`lib chiqdi. Hunob bo`lib uyga qaytdim.
Uyga keldim, uyda tinchlik bo`lgani uchun, dabdurisdan shovqin solib chaqirmadim. Asta yotoqxonga, bosh suqdim.
Oyim devonda o`tiribdilar, Madina esa oyimni tizzalariga bo`sh qo`ygancha uhlab yotibdi. Oyim ko`z oynak taqqancha, bir qo`llarida sheriy kitob o`qib, ikkinchisi bilan Madinani boshini silab o`tirar edilar. Bu manzaradan to`lqinlanib, eshik tagida turib qoldim. Birozgina vaqt o`tib, oyim meni payqadilar.
- Qachon kelding? - dedilar, jilmayib.
- Hozirgina...
Oyoq uchuda borib yonlariga chiqib o`tirdim.
- Kayfiyating tushgan nima bo`ldi?
- Anovi avarya qilgan kishini sutga bergandik, puldor kishi ekan, yo`lini topib o`z foydasiga hal qildi.
- Endi nima qilmoqchisan?
- Qayta sutga beraman... Kechirmayman, jazosini olishi kerak u!
- Qo`y og`lim, jazolaganing bilan hammasi avvalgi holiga qaytib qolmaydi. Kechrimli bo`l, toshu, tarozisini qiladigan zot u yoqda. Sen kechir, ko`ngling ham taskin topadi...
- To`g`ri aytasiz!
- Barakalla...
Oyimni qo`llaridagi kitobchaga imlab kuldim.
- Nima o`qiyabsiz?
- Ma`noli sherlari bor ekan... Bir ko`z yugurtirib qo`ydim-da!
- Yoqdimi?
- Ota qadri, haqida yozilgani, yoqdi...
- Keliniz ham sher qoralab turadi...
- Rosdanmi? - jilmayib, Madinaga mehirli ko`z tashlab qo`ydilar.
Jilmayib, oyimni tizzasiga bosh qo`yib yotgan, Madinaga ishora qilib, gap qotdim.
- Kelinizni allalab uhlatib qo`yibsizku, oyi?
- Boyaqish hozirgina uhladi... Beozorgina yotishinichi! - sochlaridan ohista silab, o`z bolalaridek erkalatdilar, - Bir chimdim, e`tibordan ko`ngli tog`dek ko`tarilib ketadiya? - dedilar.
- Boshidan og`ir kunlar o`tgan... Shuni uchunam, yo`qotishga dosh berolmayabdi... Oyi bilsayz edi, ko`ngli qanchlar pokligini! Aslida bunday azoblarga loyiq emas!
- Sinovlar ham o`tadi og`lim...
O`pkam to`lib, yuragimdagi so`zlar tilimga chiqdi.
- Oyijon, bizni kechring... Dilizni og`ritganimiz uchun, muhabbat deb ohirini o`ylamay qilgan xatolarimiz uchun kechring... - asta berigi tizzalariga, men ham boshimni qo`ydim, - Oq fotiha bering, ``Baxtli bo`lilar bolalarin!`` deb duo qiling... Bizni kechring... Siz kechurmagunizgacha bizni baxtimiz ko`karmaydi...
- Baxtli bo`lilar, - barvar ikkimizni ham, boshimizni siladilar, - Qo`sha qariylar, o`zlaringdan ko`payilar...
* * *
Dinimizdan har narsaga yechim topish mumkun. Ihlos bilan duo qilib ollohdan so`ralsa, tog`dek sabir ham, har qanday qayg`uga yupanch ham berguvchi o`zi. Bir necha kunda, oyim ruhshunoslar qilolganini bajarishdi. Madinani ruhini tozalay olishdi...
Oyim bir hafta, biz bilan turdilar. Keyin zarur ish bilan akam chaqirganlari uchun, qishloqqa qaytishdi.
Madina hali to`laligicha o`ziga kelib olmagani uchun, ovqat pishirish, kiyimlarni yuvishga qo`l urgani yo`q edi.
Yotishdan avval, dushga kirib so`ng, ertangi kun uchun kiyimlarimni tog`irlab qo`ymoqchi edim. Shikafda toza kiyimim qolmabdi. Madina o`ringa yotib ulgurgandi, bezovta qilgim kelmadi.
``Qani yigit, yotoqxonada o`z kiyimlaringni yuvarding! Bor-yo`g`i ikkita futbolka bo`lsa, chayib qo`yishham ishmi?!``
O`zimni-o`zim ruhlantirib, vannahonaga kirdim va tog`araga kiyimlarni soldim. Hash-pash degauncha, bitta futbolkamni yuvib bo`ldim. Endigina ikkinchisini solgandim. Ortimda sharpa borligini sezib, ters o`grilib qaradim. Madina ko`zida yosh bilan, bir oz tikilib turdiyu, yig`i ovozida shivirladi:
- Hotin bo`lmay o`lay!
Yengini shimarib, tog`araga yaqinlashdi. Qo`limni silqitib, asta chetga o`tdim.
``Nihoyat o`ziga kelibdi!``
O`zidan, o`zini jahli chiqib, menga e`tibor berolmaganidan, o`zini ayiblar g`uldurganch, tog`aradagi kiyimni ishqalardi. Asta vannani chetiga o`tirib kulib harakatlarini kuzatdim. Boshini ko`tarib, ko`zlari jovdirab nafasi qaltiradi.
- Oyim: o`g`lim senga omoat, degan edilar, - burnini tortib qoyarkan, lablarini bir cheti pir-piradi, - Issiq ovqat tutmasam, kiyimizni yuvmasam! Qanday xotin bo`ldim?!
- O`zimni mehribonim! - tog`aradagi ko`pikdan olib, yuzida ishqalab qo`ydim, - Bazi-bizida erkaliginga ko`z yummasam, menam qanday er bo`ldim?
Birzum harakatsiz, jum turdi.
- Begim, rahmat sizga!
- Nima uchun?
- Hammasi uchun... Doyim qo`llaganiz uchun... Yonimda turganiz uchun... - avvalgidek yoqimli jilmayib, shivirladi. - Sevganiz uchun...
Nihoyat, ancha vaqt o`tib, uning tabassumini, entikib qarashlarini yana ko`ra boshladim. Bu juda quvonarli...
* * *
Hoyatimiz asta iziga tusha boshladi. Endi oyim hafta 1, 2 marta ko`rgani keladigan bo`ldilar. Madinaga ham kelinlaridek munosabatta bo`la boshladilar. Ishlarim ham asta yurishib ketdi.
Turop aka (Barno opani erlari) qandaydur bayram munosabati bilan uylariga taklif qilgan edilar. Juda shinavanda hazilkash inson. Gap orasida, shahar shovqunidan nolib qoldilar. O`zi yilning to`rdan, uch qismini tog`da asalari boqib o`tqazadi.
- Turop aka, tog`da yashash mazzadur-a?
- O`ooo`! - bosh chayqadi, - Hudo xohlasa, bohorda borasizlar... Sizlarga jannatni ko`rsataman!
- Albatta, boramiz... - gap orasida so`radim, - Aytgandek nega mashinayzni sotvordiz? Hali yangi edi!
- Zarur bo`lib qoldi. Bitta katta ish boshlayabman...
- Yaxshiku!
- Ha... Mana qizlarimni ham bo`yi yetib qolyabdi, daromatli ishni boshlasam bo`lmaydi...
- Qanday ish? - dedim qiziqib.
- Asalarichilik ho`jaligini tashkil qilmoqchiman. Buni uchun, anchagina asalari uyasini sotib olish kerak... - bosh chayqadilar, - Lekin bu ish uchun katta mablag` zarur!
- Kiridit olmaysizmi?
- Kiridit ham, birovdan olingan qarz bilan barobarda!
- Qancha pul kerak?
- Ancha! Hozircha yarmini topdhm?
- Sheriklikda qilmaysizmi?
- Sherik! - yelka qisib kuldilar, - Bir ikkita yaqinlarimga aytgan edim. Unamadi...
- Menam begonamasma-a? - ularga sherik bo`lishimni, taklifini aytdim.
- Puliz bormi?
- Topiladi!
- Mayli unda... - deya, mamnunlik bilan qabul qildilar.
Akam bergan pullarni qadirini yo`qotmasdan, bir qismini asalli ishga tikdim. Bozorda tog` asali qimmat turadi. Tolib aka: asalarichilikni ko`zini bilgan odam uchun, sezdaromad ekanligini, bir yilda o`rtaga tashlangan pullarimizni, chiqarib olishiga ishontirdilar. Ularga ishondim, chunki halol insonlar, buni ustiga haqiqiy asalari shinavandasi, ko`p yillik tajribaga egalar...
O`zlari qaraydigan bo`ldilar. Men esa ishimni qilaveraman, faqat vaqti-vaqti bilan qarashib tursam bo`lgani. Shunga yarasha, foydani bo`lishda, ularga biroz ko`proq ulush tegadigan bo`ldi...
Kelishgan holda, bismilloni aytib, yaxshi niyatda, asalarichilikka qo`l urdik.
* * *
Bahor keldi, bir necha kunga, Barno opalar bilan oylaviy tog`ga jo`nadik. Turop akalarni qishoqdagi, xonadoniga joylashdik.
Asalari uyalarini, turli yerlarga tarqatishga, yordam berishim kerak edi.
Rosti u yerlarni musaffo havosi, bokira tabiyati o`ziga maftun etib qo`ydi. Bir hafta yashab, shaharga qaytgim kelmay qoldi. Hatto shu qishloqdan, uchaska sotib olib, uy qursammikin deb o`ylab ham qoldim. Bahorda haqiqdan jannatga o`xshab ketarkan, u yerlar!
Turop akaga yordamlashdim. Ular menga, asalarilar bilan qanday muomila qilish yo`l, yo`rig`ini o`rgana boshladim.
Navro`z arafasi edi. Turop aka, zarur yumush bilan ketgandilar.
Shu boyis vagonda tunab qoldim, bir o`zim. Ertalabda turib, bazi yumushlarni bajarib bo`lgach, vagondan to`shak olib chiqib maysa ustiga tashladim. Soya-salqinga yonboshladim. Maysalar isi dimog`imga uradi, biroz narida ariqchada suv shirdiraydi, boshqa tomonda, asalarilar g`ung`ullaydi, qushlar chug`uri quloqqa yoqimli eshitiladi, yo`paramada qishloq ko`rinadi... Betakror manzara!
Bu mazraga ko`rk bo`lib, yolg`iz oyoq so`qmoqda, tuguncha ko`targan ayol paydo bo`ldi.
``Vooy Madinam!``
Farishtamga ko`ylak, lozim juda yarashadida. Soddalik, bug`uborlik barq uradi chiroyida, ko`rib ko`zim quvonadi.
Ko`p kutmadim, yengi qadam tovushlari, maysalar shitiri eshitildi.
- Begim! - dedi vagonni yoniga kelib.
- Buyerdaman! - o`zimni ko`rsatdim, - Ehtiyot bo`l, ari chaqibolmasin...
Vagonni aylanib, yonimga keldi.
- Assalom alaykum...
- Va`alykum assalom! Hush ko`rdik, azizam...
- Hushvaht bo`ling, azizim!
Ko`ylak lozimini yengi kiyibdi.
- Qani beshni tashlang! - qo`l cho`zib, qollaridan tutdim, - Qulluq bo`lsin, yangi ko`ylaklar, juda yarashibdi...
- Rahmat... - dedi, erkalanib kulib.
Vagonda qolganim sabab, bir kecha ko`rishmadik. Unga qarab, huddi bir yil ko`rishmagandek tuyuldi. Bir kechada o`zgarib qolgan, yanda ochilib ketgan. Yetmish ikki tomirimda muhabbatim qon bo`lib oqa boshladi.
- Jonim senga aytovmidim?
- Nimani?
- Seni sevaman deb?
Kulib, boshini irg`adi. So`ng ko`rpachaga cho`kkalab o`tirib, tugunchasini ocha boshladi.
- Qo`lizni yuving, sizga ko`ksomsa opkeldim! Bir kosa chakki ham! - dedi, tugunchani ochganida, dimog`imga tandirda yopilgan, ko`ksomsa ifori urilib, ishtaxamni qitiqladi.
- O`o`o`! Zo`r-ku?
Biroz narida oqayotgan, ariqcha tomon shoshdim. Ariqdagi suvga qo`limni yuvib, kelib o`tirdim. Madina esa vagonga kirib ketgandi, shuni uchun, yeyishga shoshilmadim. Avval isiga to`yib, ishtaxani yuqori cho`qqiga olib chiqishni istadim.
Madina vagondan termes bilan piyola olib kelib yonimga o`tirdi.
Uning nazokat bilan harakatlanishi, sirli ko`z tashlab qo`yishlari, mudom jilmayishini ko`rib. Uning baxtiyorligidan, yuragim allanechuk zavqlandi.
- Jonim o`zing pishirdingmi?
- Hmm! Oling, chakkiga surib, sovutmasdan yeyaqolin...
Maydalangan, qalampir, tuz qo`shib qoyilmoqon tayorlangan chakkiga, somsani bir chetinib botirib og`zimga soldim.
- Qoyilmoqom... - somsalardan birini uning ham qo`liga tutqazdim. - O`zing ham ol, jonim!
- Ho`p... - termesdagi yalpisli choydan piyolaga, quyib tavoze bilan uzatdi, - Shifobaxsh choydan iching...
Qo`limga piyolani tutqazib, o`zi yelkamga suyandi, bir nima demoqchidek og`zimga termuldi.
- Birornima demoqchimisan?
- Uum-umm! - degancha bosh chayqadi.
- Aytaver... Ko`ylakmi? - barmog`im bilan burnini sal turtib qo`ydim, - Navro`zga o`sha ko`ylakni olib beraymi?
- Yo`q, kerakmas!
- Hafa bo`ldingmi? Jonim o`sha kuni pulim kamroq edi!
Bu yoqqa kelmasimizdan avval, bozorga tushgan edik. O`zib-yozib bir chiroyli ko`ylakka havasi ketib, olib berishimni so`ragandi. Aksiga olib, pulim kam edi. Pul kamligini aytgani uyaldimmi, bilmadim!
``Senga yarashmaydi!`` deb olibbermagandim.
- Ko`ylak kerakmas, boshqa narsa!
- Nima, boshqa?
- Haligi... - labini tishlagancha, bir lahza istagini aytolmay turdi, - Sho`r boooodr! -deya pichirladi.
- Sho`r nima? - dedim, so`zlarini ohirini juda past ovozda aytgani uchun tushunmay!
Gavdasini biroz roslab, qorniga ishora qildi va qo`limni ushlab ohista qorni qo`ydi.
- Yooo tangrimmmm! - baqirib yubordim, - Rosdanmi?
- Ha... - ko`zlarida, sevinch yoshlari yarqiradi, - Siz dada bo`lasiz begim!
``Ollohimga behisob shukur, bo`lsin!``
* * *
Oradan 7 oy o`tti, to`g`riqxona eshigi yonida betoqat yurardim, yuqori qavat derazasiga termulardim. Meni nomimdan, kirib ketgan hamshira, yuzida tabassum bilan yugurib chiqdi.
- Suyunchi, o`g`il muborak papasha?
- O`zlari qanday?
- Ona ham, bola ham sog`lom!
- Tilizga shakar, opamisiz, singilmisiz borim sizniki... - hursand bo`lganimdan cho`ntagimdagi bor pullarimni, suyunchisiga hamshirani qo`liga tutqazdim, - Ularni ko`rmoqchiman?
- Do`ktirdan so`raysiz!
Bir necha daqiqalardan keyin, do`ktirdan ruhsat olib, ularni yoniga ko`rib, farzandimni jannan ifori bo`ylaridan hidlab, Madinamga rahmat aytdim. Baxtiyorligimni, hislarimni so`z bilan ifodalay olmayman!
Chiqgach, bir chetga o`tib oyimga qo`ng`iroq qildim.
- ``Alooo! Oyi...``
- ``Ha, o`g`lim!``
Negadur o`pkam to`lib, ketti.
- ``Oyi... Oyi buvi bo`ldiz... O`g`il nabira muborak!``
Oyim sevinib duo qildilar. Sog`lig`larini so`rab, so`ng uzundan-uzoq duolar bilan, farzandimga, ayolimga uzuq umir, sog`liq, baxt, sodat tiladilar.
Qancha urunmay ko`zyoshlarimni tutolmadim.
- ``Yig`layabsanmi?``
- ``Ha, quvonganimdan!``
- ``Oylang baxtiga sog` bo`l o`g`lim...``
- ``Rahmat oyi... Ayting nabirangizga qanday isim qo`yaylik?``
- ``Shamsiddin... Katta bobongni ismlari! Ma`nosi: Dinning quyoshi, nuri, yog`dusi degani!``
- ``Rahmat oyijon!``
* * *
Oradan, ikki oy o`tdi. Uyimizga oylamizni chaqirganmiz, chiroyli dasturxon yozganmiz. Farzandimizni galma-gal qo`lga ko`taramiz, qo`limizdan birzum qo`ymaymiz. Ko`zlarimiz eshikka mahtal, tiqir etgan tovushdan ikkimiz ham allanechuk bo`lib ketamiz...
- Kechikishyabdi? -deyman.
- Yo`g`eee! Hali vohliku... -deya, taskin beradi, - Betoqat belavermang, oyim olib boraman deyishdiku?
Soat millari 8:30 dan oshganda. Eshik qo`ng`irog`i chalindi. Shoshgancha eshikni ochdim. Oyim, yonlarida kichik akam, ikki yangam va jiyanlarim. Salomlashib ichkariga takif qilim. Hammalari Madina bilan iliq ko`rishib, salomlashib so`ng farzandimni qo`llariga olishdi...
Zinada qadam tovushlari eshitildi, ortimga og`rildim, katta akam!